MENING QORA JANNATIM ~ MY BLACK PARADISE
• Mahluqlar tugʻilmaydi ular yaratiladi . •
~Bunday qilolmaydi deb oʻylagan edingmi ? Men ham sen menga bunday qilolmaysan deb oʻylagan eding lekin sen qilding va men ham qildim.
Soni toʻponchani otib yerda qonga belanib yotgan qizdan uzoqlasha boshladi. Yuqoridan oʻq ovozini eshitgan Edward zinalardan chiqayotganda Soniga duch keldi
~Nima qildi senga u senga hech narsa qilmadimi
~Yoʻq men uni otdim , endi esa ketaylik
~U yuqoridami
~Ketaylik iltimos
~Yur ketdik
Edward Sonining qoʻlidan yetaklagancha pastga tushib ketdi. Mashinaga oʻtirgach Sonining qoʻllari qaltirashni boshladi.
~U oʻlib qolsachi
Edward yonida qoʻrquvdan qaltirayotgan qizning qoʻllaridan tutdi
~Uning oʻzi buni istadi , sen aybdor emassan
~Tez yordamga qoʻngʻiroq qil, bilaman u juda ifloslik qildi ammo uni oʻlimi menga kerak emas . Iltimos uni qutqarishsin
~Soni
~Edward tez yordamga qoʻngʻiroq qil
Edward qattiq uh tortib tez yordamga qoʻngʻiroq qildi .
~Boʻldi qildim endi ketamiz xoʻpmi
Pov Minso
~Yerda yotarkanman koʻzlarimni sekin ochdim, tanamdagi ogʻriqlar juda kuchli edi , endi men men chidolmayman. Tanam bardosh berolmaydi lekin oʻlishni istamayman kurashishim kerak halli onamni topolmadim onamni topmasdan oʻlolmayman . Shuncha zarbalar va tanamdagi ogʻriq osmonga qaradim nihoyat oʻlayotgan boʻlsam. Birdan tepamda paydo boʻlgan Jungkookni koʻrib hayron qoldim. U tezda meni koʻtarib oldi.
~Nima qilyabsan
Sekin gapirdim
~Sendan nafratlanaman ammo seni oʻlishinga jim qarab turolmayman
~Nega , nega shuncha ishdan soʻng ham
~Chunki senga nisbatan boʻlgan his tuygʻulatim haqiqat. Men seni sevaman , sen qanchalik vaxshiy boʻlma barbir seni oʻlishingni istamayman . Seni sevaman
~Hah
Minso sekin kulgancha koʻzlarini yumdi tanasidagi kuchli ogʻriqdan xushidan ayrildi Jungkook Minsoni koʻtarib mashinasiga ortib tezda shifoxonaga haydadi.
3-soatlik operasiyadan soʻng Minsoni oddiy palataga olishdi. Jungkook palatada Minsoning yonida uning momotaloq boʻb ketgan yuziga termulib oʻtirdi. Birdan eshik ochilgach ortiga qaradi . Nina sekin kelib Jungkookning qarshisiga joylashdi soʻng xushsiz yotgan qizga qaradi.
~U koʻpga bormaydi tana charchagan, yaralari bitmasdan turib koʻp marta jaroxatlandi. Koʻp toblangan boʻlsada u inson , tanasi dosh berolmaydi
~U oʻlmaydi chunki men bunga yoʻl qoʻymayman
~Tirik qolsa ham birga boʻlolmaysan
~Ilojini qilaman , hamma narsani iloji bor . Nina halli ham mana shu yerimda umid bor tushunyabsanmi . Men uni shunchaki tashlab qoʻyolmayman axir uni sevaman
~Lekin u barbir senga xiyonat qiladi, uning tashkilotdan chiqgisi yoʻq. Chiqan taqdirda ham uning yakuni barbir oʻlim har qanaqa yoʻlda uni oʻlim kutib turibdi . Vaziyat boʻldi deguncha u seni yoʻq qilishga harakat qiladi.
~Nina
~Yaxshi Jungkook men seni ogohlantirdim , koʻzlaring sevgidan koʻr boʻlgani koʻrinib turibdi . Lekin aqlingni ham unitib qoʻyma , u oddiy qiz emas bilasan
~Uni sevaman Nina , buni tasvirlab berolmayman . Haqiqatni bilsamda oʻzimni aldayabman chunki uni yoʻqotishni istamayman
Nina oʻrnidan turib Jungkookning yelkasiga qoqib qoʻyib palatani tark etdi.
•
Tanamdagi kuchli ogʻriqdan koʻzlarimni sekin ochdim , qoʻllarimdan tutib uhlab yotgan Jungkookni koʻrdim . Uni sevaman ayni damda bagʻriga kirsamu barcha narsalarni unutsam. Hamma narsani unga aytib bersam. Sekin oʻrnimdan turishga harakat qildim. Birdan Jungkook uygʻonib ketib qoʻlimdan tutib oldi.
~Uygʻondingmi
~Nima qilyabsan
~Koʻp qimirlama tanang ortiq bardosh berolmasligi mumkin
~Nega meni qutqarib qolding .
~Javobini bilasan
~Bilmayman javob ber , yoki nima oʻzing oʻz qoʻllaring bilan oʻldirishni istaysanmi
~Sening oʻlimingdan faqatgina azoblashinishim mumkin
~Savsatani bas qil
~Minso menga ishonishing mumkin
Jungkook qizning qoʻllaridan tutib oldi.
~Buni nimadir evaziga qilayotganingni his qilib turibman. Ular senga nimani va’da qilishdi. Menga ayt
Jungkook Minsoni qoʻllaridan tutgancha bir qoʻli bilan Minsoni yuzidan siladi
~Bunday qilolmayman yoʻq
~Qoʻrqma men senga yordam beraman , seni himoya qilaman menga ishon.
~Ular juda kuchli seni kuching yetmaydi , meni tinch qoʻy. Seni oʻldirishim kerak
Minso qarshisida turgan yigitning koʻzlariga tik qaradi.
~Unda hoziroq oʻldir
Jungkook choʻntagidan kichik xanjarni olib Minsoga uzatdi. Qiz xanjarga soʻng unga tikilib turgan Jungkookka qaradi .
~Boʻl senga berilgan topshiriqni yakunla
Jungkook xanjarni yaqinroq tutdi Minsoga
~Senga ol dedim
Minso Jungkookka qarab turarkan kutilmaganda yigitni qoʻlini surib uni yuzidan tutib oʻziga tortdi. Uzoq sogʻinch bilan olingan boʻsa edi bu Jungkook qizni yaralariga tegmasdan extiyotkorona uning boʻynimdan ushlab qattiqroq oʻpdi. Lablar ajralgach Jungkook peshonasini qizning peshonasiga tiradi.
~Sening bu lablaring meni jaxxanam oʻti kabi yondirmoqda.
~Menga haqiqatni ayt , seni himoya qilishga kuchim yetadi.
~Yoʻq unday qilolmayman
~Minso meni yaxshilab eshit sevgilim , qara sen meni sevgilimsan . Men ham seni sevaman sen ham meni sevasan shundaymi ?
Jungkook qarshisidagi qizning koʻzlariga qaradi
~Jungkook men seni sevmayman
~Aldama , undan sal avvalgi boʻsachi bu nima uchun edi
~Bu shunchaki seni chalgʻitish uchun , menga vazifam muhim
~Aldayabsan , qoʻrqyabsan ular senga nima deb tahdid qilishyabdi. Men bilaman qara Minso men ham sendek tashkilotdanmam faqat tashkilotlarimiz turli xil . Ammo ular bosib berishni boshlaydi .
~Yoʻq aytolmayman agar aytsam ular oʻldirishadi
Minso Jungkookni itardi. Jungkook tezda qizning qoʻlidan tutib oldi
~Menga haqiqatni ayt men rostdan senga yordam beraman
~Men ular menga
Minso endi haqiqatni Jungkookka aytmoqchiligida palataning derazasidan oʻziga tanish boʻlgan chehrani koʻrgach birdan jim boʻldi.
~Hozir emas keyinroq iltimos ozroq dam olmoqchiman
~Yaxshi yaxshi men kutaman , men seni kutaman javobini aytishingni tushunib turibman
~Meni yolgʻiz qoldira olasanmi
~Haa
Jungkook sekin xonadan chiqib ketdi, 5-daqiqadan keyin xonaga qora niqobli erkak kirdi.
~Men unga hech narsa aytmadim
~Lekin aytmoqchi eding shundaymi ?
~Yoʻq chin soʻzim
~Oyingni oʻldirishimni istaysanmi
~Yoʻq yoʻq meni kechiring men boshqa xato qilmayman
~Vaqting tugab bormoqda
Erkak Minsoning iyagidan qattiq siqib unga yaqin keldi.
~Bitta xato va oyingni jasadini koʻz oldinga tashlayman va itlar uni tanasini qanday boʻlaklarga boʻlishini oʻz koʻzing bilan koʻrasan
Minso koʻzlaridagi yoshlari yuzini yuvib yubordi.
~Menga yana bir imkon bering
~Tezroq oʻsha vasiyatnomani qoʻlga kirit
~Tushundim
Minso tishlarini gʻichirlatgancha qarshisidagi erkakka qarab yigʻladi. Erkak qizning yuzini itarib niqobini qayta yuziga taqancha xonadan tez chiqib ketdi. Shiftga qarab yigʻlagan qiz koʻz yoshlarini artib tashlab koʻzlarini qattiq yumdi.
1-soatdan soʻng palataga kirgan Jungkookni koʻrgach sekin oʻrnidan qoʻzgaldi.
~Men tayorman
~Yaxshi seni eshtaman
~Tashkilot qanaqadir vasiyatnomani istayabdi va bu senda ekanligini aytishdi. Uni olib borsam meni tirik qoldirishni aytishdi.
~Ming la’nat uni senga berolmayman
~Bilaman shu sababli ham uni olishim kerak . Aslida biz juda koʻpchilikmiz .
~Yoʻq yoʻq u hujjat ichidagi haqiqatni men ham bilmayman ammo bu tashkilotning qattiq buyrugʻi
~Lekin men uni olib bormasam ular meni oʻldirishlarini aytdi
~Yoʻlini topamiz
~Menda reja bor , vasiyatnomani menga vaqtinchalik berasan men uni yetkazadigan odamga beraman va biz uni oʻldiramiz . Muhimi men vazifamni bajargan boʻlaman ya’ni vasiyatnomani yetkazgan boʻlaman
~Ya’ni
~Men oʻz vazifamni bajarsam mendan keyingi odamga qolgan masulyat yuklanadi u vasiyatnomani qoʻldan boy bersa u jazolanadi men emas
~Demak senga vasiyatnomani beraman sen esa unga , va qaytadan unga hujm qilamiz shundaymi?
~Ha shunday
~Tavvakal qilolmayman
~Jungkook kechir lekin men majburman
~Qoʻrqma sen uchun roziman vasiyatnomani qachon berishing kerak
~Keyingi 1-hafta ichida yetkizishim kerak
~Qilamiz sen uchun hammasini qilaman
Jungkook qizni peshonasidan oʻpib qoʻydi.
Pov Minso.
~Men buni qilishim kerak edi, men uni aldashga majburman . Chunki menga onam kerak. Meni kechir Jungkook men buni qilishim kerak chunki sen ham meni himoya qilolmaysan .
• 3-soatdan soʻng
~Aqldan ozdingmi Jungkook unga berolmaysan bu hujjatni
~Ammo qilishim kerak
~Meni yaxshilab eshit bu hujjat evaziga hayoting qoʻyilgan sen ont ichgansan . Shu sababdan ham tashkilotdan keting. Unga ishonma bilaman sevasan ammo meni aytdi dersan u senga yana xiyonat qilib ketadi
~Lekin Nina
~Seni tushinib turibman bu sevgi degan ogʻuga oʻralashib qolding. Lekin Jungkook har doim ham sevgi qornimizni toʻqlamaydi. Ba’zan biz notogʻri insonlar ham tanlab qoʻyamiz . Bilaman koʻzlaringa Minso juda ilojsiz va nochordek koʻrinyabdi lekin u sen oʻylaganchalik emas. U xudbin Jungkook xato qilishga haqqimiz yoʻq . Meni aytdi deysan u seni oylamasdan turib hujjatni olib qochadi
~Unda nima qilay Nina ?
~Hujjatni soxtalashtiramiz , u ishonishi uchun barchasini u ishlagan reja boʻyicha qilamiz
~Agar chindanam u bizni aldamagan boʻlsachi ?
~Oʻshanda uni qutqaramiz ammo tekshirish kerak barbir
~Yaxshi Nina
~Jungkook sen mening akamdeksan seni yoʻqotishni istamayman. Bu chirkin dunyoda turli xil insonlarni koʻrib pishib ketganman
~Fikrlaringni inobatga olaman chindan ham uni sinab koʻrish kerak. Agar sinovimdan oʻtsa umrim evaziga boʻlib ham uni himoya qilaman
~Ha agar oʻta olsa.
•
~Nima haqida oʻylayabsan
~Uni kechirolmayman Edward
~Hammasi joyida Soni , sen uni kechirishing shart emas
~Undan nafratlanaman qanday qilib mendan foydalanishi mumkin. Men uni doʻstim deb bilardim
~Soni uni hissiz qilib tarbiyalashgan odatda bunaqa jossuslarda hech qanaqa hissiyot tushunchasi boʻlmaydi. Ularni vazifani yakunlash uchun kerak boʻlsa oʻz jonidan ham voz kechishga tayor . Bu yoʻlga kirish shayton bilan bitim tuzishdek gap. Ularga oila, doʻstlik, sevgi degan tushunchalar yot
~Lekin Edward men undan buni kutmaganman. Men halli biz ham bir birimiz uchun jonimizni beradigan doʻstlar deb oʻylagandim
~Balki oʻtmishda boʻlgansiz uni aybloymayman chunki u manqurtga aylanib boʻlgan sen esa uni hayotingdan chiqarishing kerak
~U yuragimda qob ketgan juda katta dogʻ. U qoldirgan ogʻriqni unutolmayman uning xiyonatini unutolmayman farzandimni oʻldirganini unutolmayman.
~Soni menga qara , bilaman bu biz uchun katta yoʻqotish. Lekin bizda halli vaqt bor ota-ona boʻlishimiz uchun. Bu ogʻir ilk farzandimizni yoʻqotganimiz
~Senga ishonishim kerak edi, sen meni ogohlantirgan eding. Oʻzimni aybdir his qilyabman tom ma’noda farzandimni vafot etishiga ham meni hissam bor
~Yoʻq umuman sen unga ishongansan holos va bu sening aybing emas .
Edward qizni bagʻriga qattiq bosdi.
1-haftda davomida Mikel kasalxonaga yaqinlasha olmadi shu sabab u Minso bilan yuvinish xonasidagina yoki xamshiralar orqali gaplashdi. Minso sekin oyoqa turib oldi Jungkook esa u kutgan kun yaqinlashayotganini koʻrib xavotirlana boshladi.
~Bugun manzilni berishdimi?
~Ha eski mashina chiqariladigan keyinchalik yonib ketgan zavod
~Yaxshi demak oʻsha yerda uchrashasan
~shunday hujjatni rostdan ham menga berasanmi?
~Menga ishonmaysanmi
~Ishonaman
~Seni sevaman seni juda qattiq sevaman, umid qilamanki sen ham mening ishonchimni suv istemol qilmaysan.
~Zavodga yolgʻiz oʻzim kiraman u yerdan chiqib ketsam soʻngra u yerga qaytadan kirib u erkakni yoʻq qilishingiz mumkin
~Xoʻp
~Faqat bu ishda meni qoʻlim borligi bilinmasligi kerak agar buni ular sezsa meni yoʻq qilishi mumkin
~Soʻz beraman
•
Katta xilvat omborxonaga yetib kelgan Minso mashinadan tushdida ozroq uzroq boʻlgan omborxona ichkariga kirib ketdi.
Pov Jungkook.
~Mashinamni sekin omborxonaning orqa tomoniga oʻtkazdim. U yerdan kuzatib turarkanman Minso orqa tomonda turgan mashinaga oʻtirib orqa eshikdan qochib ketdi. Qoʻllarim rulda edi negadir muzlab ketdim men unga ishongan edim. Men chindanam unga ishongan edim. Birdan mashina eshiklari ochilgani sabab xayollarim boʻlindi.
~Men senga aytgandimku
~Endi uning qizigʻi yoʻq . Muhimi u soxta hujjatni olib ketdi
~Jungkook u qiz rostdan senga arzimaydi sening ishonchinga sening haloliginga
~Unga nisbatan faqatgina nafratni his qilyabman holos .
~Buni undan oldinroq qilishing kerak u seni yoʻq qilmasidan
~Endi meni yoʻq qilolmaydi , chunki u soxta hujjatni olib ketdi
•
Xonadan birdan oʻq ovozi yangragach qiz qoʻrqib ketdi.
~Axmoq seni aldashdimi
~Men bilmagandim meni kechiring u sezib qolganini chindan bilmagan edim
~Soʻngi imkonyatni ham boy berding. Senga nechi marotaba imkonyat bergandim
Erkak qarshisidagi qizni yuzidan bir shapaloq urdi, qayta ikkinchisidan urdi. Soʻngra qizni sochidan tortib devolga yuzi bilan zarba berdi.
~Oyingni shuncha kun asrab kelganimni qara hoziroq uni oʻldiraman
~Yoʻq yoʻq janob kechiring iltimos qilaman men olib kelaman osha hujjatni bugunoq topaman iltimos menga yana 1-hafta muxlat bering oʻtinim soʻrayman
Minso tiz choʻkib erkakka yolvordi.
~Juda kech bu vazifani boshqaga topshiraman. Modomiki shuni ham eplab qilolmagan ekansan
~Yoʻq yoʻq iltimos menga ishoning bu safar aniq olib kelaman menga muhlat bering
Minso qoʻllarini bir biriga ishqalab tinmay yolvorishni boshladi.
~Iltimos faqat oyimga hech narsa qilmang oʻtinim soʻrayman
~Imkonyating tugadi
~Soʻngi bor chindanam sizga olib kelaman kerak boʻlsa barchasini oʻldiraman faqatgina soʻngi imkon iltimos soʻngi marta
Erkak oyogʻi ostida tiz choʻkib oʻtirgan qizni oyogʻi bilan itarib yubordida eshik oldiga borib ortiga qaradi.
~Soʻngi imkonyat , bu safar ham xato qilsang onangni qorasini ham koʻrmaysan 1- hafta emas 1-kecha bu safar . Xatoyingni toʻgʻirlash uchun senda 1-kecha bor
erkak eshikni yopgancha chiqib ketdi. Minso koʻz yoshlarini artib endi nima qilishi kerakligini oʻyladi.
Pov Minso .
~Reja kerak menga reja kerak. Kim menga yordam bera oladi hozir Soni ha Sonidan yordam soʻrayman. Ming la’nat jungkook meni aldabdi . Iflos endi nima qilaman . Tangrim oʻzing menga yoʻl koʻrsat bunchalik qiyin boʻlmasa yashash . Men qilishim kerak bularni qilishim kerak . Bor kuchimni toʻplab olib Sonini yoniga bordim.2-soatdan soʻng ular turgan uyni aniqladim. Atrof qoʻriqchilar bilan oʻralgandi nima qilishni bilmay unga qoʻngʻiroq qildim. 5-daqiqaga tushishga koʻndirdim ortimdan nihoyat uning ovozini eshitgach u tomonga bordim. Qarshisida sekin tiz choʻkdim
~Nima qilyabsan ?
~Soni sendan boshqa hech kim yordam bermaydi menga
~Tur oʻrningdan notavon
~Menga oʻsha hujjatni topib ber Soni iltimos . Iltimos u hujjat menga kerak bilasanmi ularni qoʻlida oyim bor oyimni tutqinlikdan tutishyabdi agar olib bormasam ular oyimni oʻldirish bikan tahdid qildi. Tushunyabsanmi ? Oilam men buni oyim uchun qildim Soni yordam ber iltimos
Men uning oyoqlaridan tutib oldim
~Menga qara shuncha ishdan soʻng senga ishonaman deb oʻylaysanmi ? Jungkookni qanday aldaganingdan xabarim bor
~Soni meni eshit toʻgʻri koʻp xudbinlik qildim lekin lekin oʻsha hujjat kerak menga . Meni eshit men sening farzandingni oʻldirmaganman men ularga senga teginmasligini aytgandim ont ichaman xudo haqqi menga yordam ber. Yolgʻon gapirmayabman ishon menga . Soʻngi soʻngi umidim sensan Soni
~Uyalsang boʻlardi , senga ishonish ? Sen sotqinsan sen maxluqsan. Ruhingni sotgansan sen . Begunohlarni oʻlimiga sababchi boʻlgansan
~Nima deb oʻylasang oʻylaver ammo yordam ber iltimos , xoxlaganingcha taqirla
~Menga qara xudbinling seni bir kun yoʻq qiladi . Sendek qotilga yordam bermayman
Soni ortini oʻgirib ketmoqchiligida Minso oʻrnidan tezda turib uni yelkasidan oʻziga qaratdi.
~Ifloslanmasdan meni eshit , xudbinlik qilmadim tushundingmi menga yordam ber deyabman nega meni tinglamaysan ablax . Senga rost gapiryabmab deyabman ? Nega oʻzingdan jabrdiydani yasab olding. Farzanding oʻlimida qoʻlim yoʻq
~Aqldan ozganmisan qoʻyib yubor meni , hayvon
Soni Minsoning yuziga tarsaki tushirdi
~Menga yordam berasanmi yoki kuch ishlataymi
~Mana nega senga yordam bermayman darrov tahdid qilyabsan
~Majburman majbur qilyabsan meni tinglamayabsan boshqalar mayli axir sen doʻstimsanku menga ishonishing kerak
~Afsuski endi biz doʻstlar emasmimiz sendek begunoh odamlarning qonini toʻkadigan vaxshiy bilan doʻst boʻlmayman oʻz maqsading yoʻlida hech narsadan tonmaysan . Sendan nafratlanaman Minso
~Soni iltimos meni eshit osha hujjat menga kerak soʻz beraman bu safar chindan rost gapiryabman . Axir hamma ham 2 imkonyatga egaku
~Lekin sen 2-imkonyatga ham arzimaysan . Senga yordam bermayman qilgan ishlaringdan soʻng oʻsha otib ketgan kunimda oʻlishingni istagandim
Soni Minsoni itarib qoʻrgon tomonga qarab ketdi.
Pov Minso.
~Boshim ishlamay qoldi , nima qilarimi bilmay qoldim. Chunki hozir oʻsha hujjatni olmasam boʻlmaydi. Mikel bilan gaplashishim kerak. Nega kerakli vaqtda bu ham telefonini koʻtarmaydi. Ming la’nat ming la’nat kuni boʻyi oʻzi nega u koʻrinmadi. Asabiy oʻrnimdan turgancha mashinani oʻt oʻldirib yashirin uyimizga ketdim. Uyga kirishim bilan hamma yoq jim jit edi.
Yana qayta Mikelga qoʻngʻiroq qildim mexmonxonadan eshtilgan ovozdan telefonini olib yoqdim.
Yoqanimda mening raqamimning chatlariga joʻnatilmagan xabarini oʻqib qoʻlimdagi telefonim yerga tushib ketdi.
Shu on butun dunyoyim quladi naznimda , boʻlishi mumkin emas qanaqasiga bunday boʻlishi mumkin ? Yoʻq bu xabar yolgʻon Mikel Mikel shu yerdamisan javob ber men uni qidirib hamma xonalarni koʻrdim birma bir xonalarni koʻrarkanman barchasi boʻsh edi nihoyat yuvinish xonasidan suvni shildiradigan eshtilgani uchun eshikni ochganimda yuvinish xonasiga osib qoʻyilgan Mikelning jonsiz tanasini koʻrgach yerga tizamda bilan yiqilib bor ovozimda baqirdim.
~MIKELLLLLLLLLL Mikellllllllllll
10-daqiqadan soʻng.
Mikelning jonsiz tanasini bagʻriga bosib oʻtirgan qiz , uni har har zamonda siltab qoʻyardi.
Pov Minso.
~U oddiy odam emas edi Mikel mening butun dunyoyim edi . U meni shu olamga olib kirib meni bu olamda yagona himoya qilgan inson edi. Uni mendan tortib olishdi, chidolmayman yoʻq . Yoʻq ichimdagi bu katta boʻshliqni qanday toʻldirishni bilmayabman. Nega nima uchun bunday qilishdi. Meni aldashgan ekan meni barbod qilishdi. Yoʻq chidolmayman. Aaaaaaaaaaaaaa
Mikel
Mikelning Minsoga joʻnatmoqchi ammo ulgura olmay qolgan xabarida .
~Minso tezroq bu yerdan qochish kerak. Afsuski ular bizni aldabdi onangni allaqachon oʻldirishgani haqidagi xabarni eshtib qoldim hozir ular meni taqib qilib kelishmoqda ularni chalgʻitib turaaman, Yusufni ham yashirib qoʻydim oʻsha bogʻbonning uyida . Xabarimni olgach menga javob yozma . menga nimadir boʻlsa qaygʻurma bu mening seni bu iflos olamga olib kirganimning tovoni . Qarzimni shu tariqa uzyabman. Aytgancha avval aytmagan edim , seni sevaman men uchun ham yasha . Ehh seni soʻngi bor bagʻrimga bosishga ulgurolmadim uchrashguncha, kuchli boʻl, ertaroq harakat qilmaganim uchun afsusdaman, uchraguncha seni kutib qolaman.
Oyoqlarim oʻz oʻziga boʻysunmay nima qilarini bilmadi. Ikki soat Mikelning jonsiz tanasini oldida oʻtirdim, soʻngra bilmayman yigʻlash uchun yelka qidirdimi? Oyoqlarim oʻziga boʻysunmay Jungkookning uyiga boshladi. Eshikni taqilatsam ham barbir ochmasligini bilganim uchun derazasidan kirdim.
Oshxonaga kirarkanman birdan boʻynimdan siqan qoʻllar meni muzlatgichga tiradi.
~Nega kelding ? Qaysi yuz bilan kelding oldimga
~Jungkook
Jungkook Minsoni qoʻyib yuborib undan uzoqlashdi.
Minso sekin yurib kelib qarshisida turgan yigitning yuzlaridan sekin ushladi , soʻng yigitning ochiq boʻynidan chuqur hidlab uni oʻpdi. Jungkook yuzini chetga burdi. Minso Jungkookning boʻynidan sekin pastlashib yigitni yuzini oʻziga qaratib uni oʻpish uchun yaqinlashdi lekin Jungkookning qattiq qoʻllari uni ortga itarib yubordi .
~Teginma menga jirkanchli lablaringni tekizma
~Jungkook
~Oʻyin qilishdan toʻxtaysanmi yoki yoʻq javob ber
~Men seni sogʻindim
~Sogʻinma yoʻqol hayotimdan . Xohlagan vaqting kelib meni oʻyinchoq qilolmaysan va senga nistaban boʻlgan hislarim endi yoʻq barchasi nafrat seni yuzingni ham koʻrishni istamayman. Dona dona qilib aytaman hayotimdan chiqib ket. Seni uchratgan kunimga ming la’nat oʻsha ilk uchrashuvimizga ming la’nat qamalib ketsam yaxshiroq edi. Sen bilan oʻtgan har kun har bir ondan nafratlanaman , chunki sen arzimaydigan arzon insonsan qoʻrqosan
~Meni eshtishing kerak , men senga tushintirishga keldim. Nima uchun bularni qilganimni aytgani keldim
~Tushintirish keragi yoʻq hayotimni rasvo qilma . Tushunarli qilib aytaman ikki qulogʻing bilan ham eshtib ol
HA-YO-TIM-DAN CHI-QIB KET . SENI YUZING , ISMINGNI UNUTISHNI ISTAYMAN. Hayotimdan yoʻq boʻlib ketsang umuman boʻlmagandek , hoziroq ket boʻlmasa seni shu yerda oʻldirib qoʻyaman hoziroq ket dedim senga .
~Meni eshting kerak sen aslida bilmaysan Jungkoook menga keraksan .
~Minso ketishing kerak , Jungkookka nisbatan xudbinlik qilma
Mehmonxonada kirib kelgan Nina Minsoning qoʻlaridan sekin tutdi. Minso jaxl ustida Ninaning qoʻlarini itarib tashladi shu sabab Nina ortga qoqilib ketishga oz qoldi
~Menga qara ishlarimizga aralashma bu Jungkook va mening oʻrtamdagi masala !
~Sen nima qilyabsana ??????
Jungkook jaxl ustida Minsoning qoʻlidan siqimlab ushlab oldi.
~Oʻzing ketmas ekansan oʻzim ketkizaman !
Jungkook qizni qoʻlidan qattiq siqancha eshik tomonga sudradi eshikni ochib Minsoni tashqariga itarib yubordi.
~Agar oʻzingni hurmat qilsang boshqa bu yerga kelmaysan ! Tushun endi biz degan narsa yoʻq sen va men degani bor .
Jungkookning koʻzlariga termulib qolgan Minso eshik yopilishi bilan devorga sekin suyandi.
Keyin esa yoʻlakdan uzoqlashdi.
Pov Minso.
~Men onamning ham xunini olaman Mikelning ham xunini olaman.
Men albatta buni qilaman . Ularga haqiqatdan habarim borligini koʻrsatmadim. Bir kecha mobaynida reja tuzib chiqdim. Oʻzimni Mikelni oʻlimidan xabarsizdek tutdim. Oʻsha iflos barchasi uchun javob beradi. Men barchasi uchun qasos olaman. Nihoyat uni katta xilvat mexmonxonada kutarkanman eshikdan kirib kelishi bilan , u tomonga oʻgʻrildim.
~Umid qilamanki sen men aytgan hujjatni allaqachon topgansan.
~U shu yerda boʻladi tongda
~Nega meni bu yerga chaqirding
~Sen bilan tun oʻtkizish uchun
~Nima aqldan ozib qoldingmi ? Menga hujjatni keltir
~Men jiddiyman nahotki menga qiziqish bildirmasang . Ayniqsa bokira boʻlsam hech bir erkak egalik qilolmagan yosh va navqiron tanam bor .
~Ohhhhhhhh
Erkak ortiga qayrilib qizga qaradi. U qizga yaqinlashib endi qizning qizil koʻylak kiyib olganini payqadi sekin qizning yelkasidagi koʻylak iplarini pastga tashladi. Qizning tanasi faqat ichki kiyimlarda qolgandi erkak qizning yelkasidan sekin siladi. Qiz erkakni sekin yotoq tomonga itardi.
~Bu tun bizga hech kim halaqit bermasligini istayman
~Bu oqshom sening izningdaman
Erkak choʻntagidagi telefoni olib sekin oʻchirib qoʻydi. Erkak ustiga chiqib olgan qizning bellaridan ushlab oʻziga tortdi. Qiz erkaning boʻynidan sekin oʻpdi keyin esa yostiq ostidagi shipiristni olib erkakning boʻyniga tezlikda olib tiqib dorini joʻnatdi.
~Nihoyat seni yoʻq qilaman iblis
Minso qah qah otgancha kuldi erkak tezlikda uni itarib yubordi. Yotoqdan turishga harakat qilgan erkak turolmay yotoqa qayta yiqildi. Soʻngi manzarari boshi ustida unga qarab turgan qizning tanasi edi.
3-soatdan soʻng .
Koʻzlarini ochgan erkak oyoqlari stolga bogʻlab qoʻyilganini koʻrdi. Atrofda faqat basseyndan boshqa hech narsa yoʻq edi. Minso esa allaqachonlar kiyimlarini almashtirib basseynga nimadir quyayotganini koʻrgan erkak turish uchun qimirladi.
~Nima qilyabsan iflos
~Turdingmi hayvon
~Seni tirik qoʻyishmaydi kimga qarshi chiqaningni bilasanmi
~Xavotir olma seni oʻldirganimdan keyin meni topishadi
~Bunday qilolmaysan
~Nega qilolmas ekanman seni jaxxamga joʻnataman . Meni shuncha payt aldab kelding . Oyimni ham Mikelni ham oʻldirding . Seni yoqaman azizam seni burdalayman sen yaratgan maxluq nihoyat oʻzingni joningni oladi
Minso telbalarcha kulgancha erkakka yaqinlashdi.
~Sen foxishaning qizi qanday jurat qilding
Bu gaplarni eshitgan Minso erkakning yuziga bir musht tushirdi.
Keyin qoʻlidagi ovozsiz toʻponcha bilan erkakning oyoqlariga soʻngra qoʻllariga oʻqni joyladi.
~AAAAAAA IFLOSSSS
~Baqir baqir seni osonlikcha oʻldirmayman seni yoʻq qilaman .
~Sen koʻpakdan tarqagan
~Jaxxanamda uchrashguncha
Minso birdan qoʻlidagi pichoqni olib erkakning boʻyniga tiqib qoʻydi. Soʻngra stulni hovuz oldiga olib kelib erkakni suvga irgʻitib yubordi. Hovuz yogʻa toʻldirilgani uchun qizning tashlagan bir dona gugurt choʻpi butun hovuzda yongʻin paydo qildi . Hovuz boshida erkakning yongan tanasiga qarab turarkan stol ustida turgan erkakning telefonni oldida uning koʻpaklariga habar joʻnatdi.
~Meni bezovta qilmang 2- kun oʻzim xabar qoldirishim bilan bogʻlaning .
Minso telefonni hovuz ichiga otib u uyerni tark etdi.
Pov Minso.
~Endi nima qilishim qiziq shunday emasmi ? Nimayam qilardim barchasi ayonku ichimdagi katta ogʻriqni tushintirib berolmayman . Oyimni koʻrish uchun qilgandim bularning barchasini oyim uchun qilgan edim. Afsuski uni allaqachon oʻldirishgan ekan. Endi oyimni topolmasamchi , uni u dunyodan topolmasamchi. men men yoʻq bu darajada hayot shavqatsizlik qilmasligi kerak edi butun hayotimni oyimni izlashga bagʻishladim birgina birgina yana bir bor uning yuzini koʻrishni juda qattiq xohlagandim. Oyi nahotki siz rostdan ham oʻlgan boʻlsangiz . Nahotki bularning barchasi haqiqiy boʻlsa.
Koʻz yoshlarimi sekin artib Yusufni koʻrishga bordim. Tun ekanligi uchun u uhlab yotgandi. Yusuf olib kelgan narsalar ichiga qaraganimda u kundaligimni ham qoldirib ketmaganini koʻrib kundaligimni olib unga soʻngi voqealar haqida yozib qoldira boshladim .
Soʻngra barchasini tugatgach , kundaligimni qayta yopib Yusufning yoniga uxlash uchun yotdim va uni qattiq quchoqladim .
~Yusuf menga qara
Minso yigit oldiga tiz choʻkib yuzlaridan siladi .
~Agar men qaytib kelmasam mensiz yigʻlama xoʻpmi. Men uzoqroq joyga ketyabman
~Qayerga qaytasizmi
~Yoʻq qaytolmayman bu uzoq safar lekin kun kelsa biz uchrashamiz men buni qilishim kerak
~Minso opa meni tashlab ketmang
~Yigʻlama menga qara sen kuchli erkak boʻlishing kerak . Kuchli va kelishgan, keyin hech qachon koʻchadagi odamlarga ishonib qolma .
Minso sekin yusufni yuzlaridan silashda davom etdi.
~Meni kechir ammo men buni qilishim kerak .
~Siz ketyabsiza shundaymi ? Oyim va ukalarim oldiga
~Ha ularga sendan salom aytib qoʻyaman va sen ularni juda sogʻinganingni aytaman
~Minso opa
Yusuf yigʻlagancha qizni quchoqlab oldi.
~Meni eshit agar meni xursand boʻlishimni istasang aytganlarimga quloq solasan.
~Seni sogʻinib qolaman
~Sizni yaxshi koʻraman minso opa . Siz juda juda yaxshi odamsiz
Yusuf yuzini olib Minsoning koʻzidan oqib tushgan yuzlarini sekin artib qoʻydi.
~Endi esa men ketishim kerak
~Ketmang Minso opa , iltimos ketmang
~Yoʻq yigʻlama men ketishim kerak , uyga kira qol endi. Yusuf ketishim shart azizam
•
Yusuf bilan xayrlashgach nihoyat bu xuvilab qolgan dunyoda barcha ishlarimi bitirdim. Yusufni ishonchli qoʻllarga topshirdim, endi esa sekingina ketsam ham boʻladi. Katta qoya toshlar ustiga chiqib oldim. Mayin shabada bu juda goʻzal manzara quyoshning botishi hech boʻlmaganda bu dunyoni tark etayotgan kunim nihoyatda goʻzal shunda omadim kelibdi.
Jungkook va Soni mendan nafratlanadi ularning ham hayotini barbod qildim uzr soʻrashga botina olmadim ammo ular uchun afsusdaman . Meni kechiringlar . Oyi Mikel nihoyat sizlar bilan birga boʻlaman . Koʻzlarimni yumdim bu yogʻi esa shamolning shuvilagan ovozi edi va hammasi tugadi.