August 11, 2025

MENING QORA JANNATIM 2- FASL

Flashback 1-oy avval.
~Oʻzimni pastga otish uchun koʻzlarimni yumdim. Ortimdan qarsak ovozlari eshtilgach birdan joyimda toʻxtatdim.
~Kadr suratga olindi. Yaxshi rol oʻynading Minso . Menimcha zoʻr serial chiqardi chindanam juda ta’sirli nihoya shunday emasmi ?
Minso ortidan kelgan ovozda tezda burildi.
~Sen ? Bu yerda nima qilyabsan nimaga bunaqa gaplar gapiryabsan
~Koʻrishmaganimizga ancha boʻldi shunday emasmi advakat xonimcha ?
~Aqldan ozdingmi nimalar deb valdirayabsan
~Ajoyib oʻyin boʻldi lekin oʻyin men istasamgina tugaydi Minso
~Young Do nimalar deb aljirayabsan
~Jihyeon ya’ni Sammara
~Sammara ? Sen sen nimalar deb aljirayabsan
~Sen oʻldirigan odam tashkilotning eng kattasi emasdi u shunchaki oʻyinchi edi azizam
Young Do Minsoni oldiga kelib aylanib qizni ortidan uni jarlikdan uzoqroqa itardi yerga yiqilgan Minso oʻrnidan turdi.
~Iflos nimalar deb aljirayabsan
~Oʻyining boshida men turgandim , barchasi mening rejam boʻyicha ketayotgandi kutmagan eding shundaymi ?
~Sen son of bitch !
Minso oʻrnidan turib Young Doni yoqasidan siqimlab oldi.
~Sen itvacha barchasini ustida sen turibsanmi
~Sevding , sevilding ikkisini ham senga men berdim mening sovgʻam qani edi ?
Young Do iljaygancha Minsoning belidan qoʻllarini oʻtkazdi. Minso Young Doni itarib oʻzi jarlik tomonga yugurganda yigit uni belidan ushlab tutib oldi.
~Oh yoʻq yoʻq , yoʻq azizam faqat hozirmas qachonki men istasamgina oʻlasan. Seni shuncha kun bekorga tirik qoldirdimi ?
~Sen nima istaysan aqldan ozgan hayvon
~Hech narsa faqat seni
Young do qizni yerga itarib yubordi Minso orqa tomonga sekinlik bilan siljina boshladi.
~Bizni buyuk ishlar kutyabdi.
~Young Do bas qil
~Jihyeon azizam meni Jihyeon deb chaqir . Bu axmoqona ismni sen sabab oʻylab topgandim
Minso unga egilgan Young Doni yuziga tuproq sochib oʻrnidan turib yugurdi.
~Aaaaahhhhhh, uni ushlang
Young Do tezda koʻzini pirpiratib qochib ketayotgan qiz tomonga qarab yugurdi. Minso oyoq ostidagi tosh sabab yerga yiqilib tushdi. Ortidan kelgan Young Doni koʻrgan qiz qoʻrquvdan qimirlay olmadi. Young do qizni keskin koʻtarib yelkasiga ortdi. Minso tinmay tipirchilashni boshladi yigit baland ovozda kulgancha qizning ortiga bir shapaloq sekingina urib qoʻydi.
~Oʻzinga kerakli yukning ogʻirligi boʻlmaydi deb shunga aytishsa kerak.
~Qoʻyib yubor meni telba
~Uyga borsak sen istagancha quvlashmashoq oʻynaymiz
Young Do qizni mashina ichiga itarib yuborib oʻzi ham mashina ichiga oʻtirdi. Minso tipirchilashni boshlaganda Young do qizning oyoqlaridan tutib oldi.
~Mikel va oyingni oldiga arab bolakayni ham qoʻshilishini istaysanmi ?
Minso Young Doni gaplaridan qimirlolmay qoldi .
~Shibal sen iflos
~Uyga borsak albatta sovgʻamni olaman
Young Do Minsoning ochiq oyogʻidan oʻpib olgach qiz oyogʻini birdan tortib oldi.

Hozirgi kun

Katta boʻsh xonada yumshoq matrasdan boshqa hech narsa yoʻq edi. Minso matras ustida boshini changalab oʻtirgandi birdan eshik ochilishi bilan yon tomonga qaradi. Young Do qoʻlida patnis bilan kirib keldi. Minso oʻrnidan qimirlamay oʻtirdi. Young Do qizning yoniga oʻtirdi
~Ovqatlanib olishing kerak.
Minso indamadi jimgina devorga termulib oʻtiraverdi.
~Minso oʻzing uchun boʻlmasa ham farzandimiz uchun
~Bas qil hech qanaqa farzand yoʻq
~Qorningda bolam bor , uni nobud boʻlishini istaysanmi
Minso boshini changalab olib yigʻlay boshladi.
~Qornimdagi hayvon sening bolang meniki emas , imkon boʻlganida uni ham seni ham oʻldirardim qotil
~Onangni oʻlimida meni qoʻlim yoʻq ! Buni bilasan barchasini Jungkook qilgan
~Vujudimda koʻtarib yurgan axlatni yoʻq boʻlishini istayman. Sendek hayvonni bolasini dunyoga keltirmayman . Undan koʻra oʻlib ketganim afzal
Young Do qizning koʻzlariga qarab turdida yuzini birdan chetga burdi.
~Ovqatlanib olasan ! Oʻzing uchun boʻlmasa ham bolam uchun majbur qilaman
~Hayvonsan vujudimdagi iflos bolang ham oʻlib ketishini istayman . Barchangizdan nafratlanaman hammangizdan razillar vaxshiylar .
Minso qarshisida turgan ovqatni toʻkib yubordi . Young do jaxl bilan qizning yuzidan ushlab oʻziga tortdi.
~ Seni sevganim uchun ham
~Sevgi bu sevgi emas
Minso lablari qaltiragancha Young doni yuziga tupurdi.
~Sen oyimni oʻldirding , sen Mikelni oʻldirding barchasini sen qilgansan .
~Buni men qilmaganman buni Jungkook qilgan
~Ishonmayman
~Yaxshi oʻzing oʻz koʻzlaring bilan koʻr unda.
Young Do Minsoni qoʻlidan sudragancha xonadan olib chiqdi. Oʻzining shaxsiy xonasiga yetib kelgan yigit Minsoni oldinga itarib yuborib qoʻlini qoʻyib yubordi. Tezlik bilan kompyuterni ochib Minsoni qarshisiga itarib yubordi. Minso qaltiragancha kompyuter oldiga yaqinlashdi. Ekranda Young Do va uni qarshisida qoʻrquvdan qaltirab turgan ayol turardi. Minso tezda kompyuterni oʻzi tomonga tortib oldi. Nechi yillardan buyon izlagan oyisining chehrasini koʻrdi.
~Oyim tirikmi oyim tirikmi iltimos , agar tirik boʻlsa menga ularni qaytarib ber . Hamma aytgan ishingni qilaman
~Men uni sen uchun himoya qilayotgandim ammo oʻsha Jungkook topilib kelib barchasini barbod qilgan
~Nimalar deyabsan
~Videoni koʻrsang tushunasan

Videoda Young Do ayolning qarshisiga joylashdi.
~Xonim men sizga yordam beraman , qizingiz bilan uchrashishga ammo menga bir gapni aytishingiz kerak
~Nimani ?
~Bu odamni taniysizmi ?
Young Do qoʻlidagi telefonini olib Minsoning oyisiga koʻrsatdi.
~Taniyman bu Jeon Jungkook
Ayol dona dona qilib talafuz qildi.
~Qayerdan taniysiz
~U mening yonimga kelgandi , va u menga tahdid qildi. Minsoning oldiga qaytmasligim uchun , agar bunga urinsam meni oʻldirishini aytdi
~Qoʻrqmang men sizni himoya qilaman
Video birdan oʻchgach Minsoning qoʻlidagi kompyuter yerga tushib ketdi
~Ha Minso sen oʻylaganchalik emas shundaymi ? Jungkook oʻyin ichida oʻyin qilgan. Barcha rejalaringni bilgan . Sen emas u seni oʻz oʻynida oʻynatdi.
Minso ortga bir qadam tashladi.
~Bu haqiqatlarni esa doʻsting Soni va uning suyukli sevgilisi ham bilgan. Ular qoyilmaqom rol oʻynagan , sen ularni meni boshimga yetaklab kelishingni istagan. Mikel esa oʻsha tunda xato eshitdi men oyingni himoya qilolmadim kechir meni.
Young Do Minso tomonga yaqinlashib uni qoʻlidan sekin tutdi. Qiz unga anqayib qaradi
~Men qoʻrqdim seni yoʻqotishdan shu sababli ham hayotinga oddiy yigit boʻlib kirgim keldi senga yaqinroq boʻlishni istadim.
~Aldayabsan
~Oʻzing koʻrding oying Jungkookni tanishini tan oldi. U boshidanoq reja qilgan seni oʻynatgan , sendan vosita sifatida foydalangan bu haqiqatlarni esa dugonang ham bilardi
~Yolgʻon gapiryabsan ishonmayman
~Afsuski ular shunday , Mikelni ham tashkilot odamlari emas Jungkookning odamlari yoʻq qilgan xabarni Mikel nomidan yozishgan. Oʻzing oʻylab koʻr Mikelni qoʻlga olsak telefonini olmasmidik? Bularni barchasi Jungkookni rejasi boʻyicha ketgan u seni bizga qarshi qoʻymoqchi boʻlgan
~Yoʻq yoʻq aldayabsan ishonmayman
~Aldamayabman sen uchun afsusdaman .

~Aldayabsan aldayabsan yolgʻonchisan

~Oying seni baxtli boʻlishingni istagan edi. Buni senga berib qoʻyishimni aytgan edi.
Young Do choʻntagidan kichik qoʻlga qilinadigan bilak uzukni Minsoga uzatdi. Minso buni koʻrib yigʻlab yubordi. Young Do qizga yaqinlashib qizning yuzini koʻksiga bosdi.
~Sen ham onasan, farzandimizni himoya qilishimiz kerak . U ham onasiz sen kabi oʻsishini istamayman Minso . Bolamizga bunday taqdirni ravo koʻrma

9-oydan soʻng .

~9- oy kichik muddat emas Jungkook bu 1-yil degandek gap. Minsodan xat xabar yoʻq .
~U tirik men sezib turibman. Uni kimdir tutqinlikda saqlayabdi. Oʻyinga biz bilmagan oʻyinchi qoʻshilgan
Jungkook Ninani gaplarini boʻldi.
~Biz kutishimiz kerak. Minsoni oʻzi keladi yoki uni tutqunlikda tutgan odamni oʻzi olib boradi .
~Kutish bu axmoqlik u ogʻir axvolda boʻlsachi
Oraga aralashdi Soni
~Yoʻq u oʻlganida biz uni jasadini topardik. Kimgadir Minso kerakki u qizning oʻlimini rejalashtirgan
Edward qoʻlidagi sigarani sekin tutatdi.
~Kutishdan boshqa choramiz yoʻq . Jungkook aytgandek Minsoni oʻzi bizni topadi yoki olib boradi.

Xona allaqachon dimlanib ketgandi.
Minso qorin ustini changallagancha inqilab yotardi , Og‘riq ichkaridan yirttirardi shifokor ayol unga yana bir marta kuchan deb buyurdi , Minso harakat qilar tugʻruq unga qiyinchilik tugʻdirgandi. Minso boshini ortga tashlagancha bor ovozida baqirdi. Young Do qizning yonidan turib qoʻllaridan ushlab oldi.
~Yana ozroq sevgilim bardam boʻl
Minso nafrat bilan yuzini chetga burdi. Nafas olish og‘irlashib ketdi

Og‘riq to‘lqindek yana boshlandi.
~ KUCHAN .
~ Nafas ol, bo‘ldi, hammasi yaxshi boʻladi
Young do Minsoning qo‘lini ushlagancha xavotir bilan qizga qaradi . Minso undan qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi ammo kuchi yetmadi . Nihoyat Minsoning ogʻir chinqirigʻidan soʻng , bir muddat xona jim boʻlib qoldi. Minso holsiz boshini ortga tashladi.
So‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqning chinqirig‘i xonani to‘ldirdi.
~Tabriklayman oʻgil
Young Do shifokor tomon yurib bolani oldi. Ko‘zlariga qaradi. So‘ng Minso tomon bolani sekin koʻtarib olib keldi .
~Qara , oʻgʻlimiz xuddi oʻzing kabi .
Minso asta boshini burib Young Doga qaradi. Soʻng bolaga qaradi.
~Menga ogʻil sovgʻa qilganing uchun raxmat sevgilim .
Young Do bolani shifokorga berib Minsoning terlab ketgan peshonasidan oʻpib qoʻydi.
~ meni sevaman deysanmi ? Sen meni barbod qilding Young Do
~ Men seni barbod qilmadim men seni qayta yaratdim . Men bizni yaratdim. Seni , oʻzimni , farzandimizni . Sen endi menga tegishlisan. Bizga tegishlisan. Rafiqam , farzandimning onasi boʻlding .
Minso ortiq Young Doni yuziga qaramadi. . Faqat shiftga tikilib yotdi.
~Bu kunimdan oʻlganim afzal edi

Xonadan chiqmadim oppoq shiftga qarab yotarkanman , bu hayotning menga qilgan eng katta shavqatsizligi edi. Oʻzimni yoʻq qilib tashlashga ham imkon bermaydi. Yuragimda katta nafrat bor , menga qilingan adolatsizlar uchun, Jungkookning sevganimdan qattiq afsuslanaman bu mening xatoyim edi . Hammasiga u sababchi onamni ham oʻldirgan , afsuski bu qafasdan qochib ketolmayabman . Zulukdek yopishib olgan Young Doni koʻrganim sari koʻnglim ayniyabdi. Qanday qilib men uning bolasini dunyoga keltirdim. U meni majbur qildi , ha u meni zoʻrladi. Bu sevgimas edi u meni zoʻrladi. Oʻzim tuqan bolani ham koʻrishni istamayman. U mening farzandim emas yoʻq .
Minsoning koʻzlaridan koʻz yoshlari yuzini yuvib tushdi.
Xudbinlikdir bu ammo rostdan ham menga Soni yordam berishi kerak edi. Vujudimda sevgiga ham doʻstlikka ham nisbatan nafrat bor . Bular boʻlmagan tushuncha aslida . Insonlarning asl yuzini eng yomon paytlaringda bilib olasan deganlari haqiqat. Eshik ochilib bagʻrida bola bilan Young Do kirib keldi.
~Uxlamoqchiman
~Bolani emizishing kerak Minso
~Yoʻq istamayman , chaqaloqlar uchun maxsus tayorlangan boʻtqa beringlar.
~Mayli sen nima desang shu.
Young Do xizmatkorini chaqirib bolani uni qoʻliga tutqazdi. Oʻzi asta sekin qizning yoniga kelib yotoqa oʻtirdi.
~Minso , qoʻlimdan kelgancha seni tushunishga harakat qilyabman
~Bolang ham oʻzing ham oʻlib ketishingni istayman. Sening farzandingni tuqandan koʻra hayvon tugʻsam boʻlmasmidi .
Minso bor kuchi bilan yotoqda unga qarab turgan yigitni itarib yubordi.
~Iflos it emgan nimadir desangchi
~Minso sevgilim tinchlan
~Meni bunday deb atama hayvon razil . Meni jirkanch tillaringa olma
~Tinchlan
Young Do oʻrnidan turib qizni bagʻriga bosmoqchi boʻldi. Minso qiya ochilgan eshik tomonga qarab yugirdi. Yoʻlakdan chiqan qiz chaqaloq ovozi chiqayotgan xonaga kirib belanchakda yigʻlayotgan goʻdakni qoʻliga oldida balkon tomonga yugirdi. Eshildam hansirab yugurib kelgan Young Do balkonda chaqaloqni ushlab turgan Minsoni koʻrib koʻzi kossa xonadan chiqib ketdi.
~Minso Minso
~Avval uni soʻngra seni oʻldiraman. Senga oʻxshagan iflos bu dunyonini zaxarlashiga yoʻl qoʻymayman
Minso chaqaloqni balkon panjarasidan chaqaloqni sekin chiqardi.
~Minso
Young Do Minso tomonga kelganda Minso keskin harakat qilib baqirdi.
~Yaqinlashma oʻylamasdan tashlab yuboraman
~Yoʻq yoʻq unday qilma , bilaman sen bunday emasanku. Bolada ayb yoʻq Minso. Axir u sening bolang unga qara nahotki uni oʻldirsang.
Minso qaltiragancha qoʻlida yigʻlayotgan chaqaloqa qaradi. Oppoqina chaqaloqni koʻziga qaragan qiz yuragida bolaga nisbatan nimadir jiz etdi. Birdan bolani bagʻriga qattiqroq bosib sekin yerga oʻtirdi.
~Qilolmayman qilolmayman
Young Do yugurib kelib yerda bolasini bagʻriga bosib oʻtirgan Minsoni ortidan quchdi.Minso bagʻrida yigʻlayotgan ogʻlini yuziga qarab turdi.
~Unga qara u xuddi oʻzingdek juda yoqimtoy. U begunoh mening qilmishlarim sabab begunoh bolamizga ziyon yetkazma.

Oradan 3-soat vaqt oʻtgach Minso bagʻrida uxlab qolgan oʻgʻlini sekin belanchaka yotqizdi ortidan kelib qizni quchgan Young Doni bagʻridan chiqishga harakat qildi.
~Imkon berishing kerak. Menga , oʻzinga bizga . Men senga hech qachon zarar yetkasmasligimni tushun. Sen va farzandimizga . Ikkingiz uchun hayotimni ham berishga tayorman butun dunyo uchun yozuv boʻlsam ham lekin senga nisbatan yozuvlik qilmayman Minso. Onangni oʻlmida qoʻlim yoʻq
~Lekin sen Jungkookdan uni himoya qilolmagansan . Boshidan menga kimligingni aytmagansan
~Haqiqatni bilganingni meni qabul qilmasding. Men kimligimni sir tutsamda senga nisbatan hislarimni sir tutmagandim . Sen qabul qilmagan eding
~Iltimos qoʻyib yubor meni
Minso Young Doni bagʻridan chiqdi.
~Yusuf iltimos Yusufni olib kel . Topib kel uni sendan birinchi va oxirgi iltimosim .
~Minso
~Agar meni xotining sifatida koʻrsang bu ishni qilasan