June 11, 2025

MY BLACK PARADISE | MENING QORA JANNATIM

14-qism

Iblis doimo oʻz farishtasini himoya qiladi ~

MY BLACK PARADISE | MENING QORA JANNATIM

14- qism

Bir soatdan uyning u boshidan bu boshigacha tinmay yurayotgan Jungkook eshikdan koʻzlarini uzmasdi. Nihoyat eshik ochilib, qoʻlida xushsiz Minsoni koʻtarib kelgam Edwardni koʻrgach Jungkook u tomonga yugurib qizni uni qoʻlidan tortib oldi. Minsoni bagʻriga bosib yuzlaridan ushlab uni koʻzdan kechirdi.
~Ziddi zaharga qarshi dori ichirdim 2-3 soatlarda oʻziga keladi . Soni qayerda ?
Jungkook Minsoni peshonasidan oʻpdida uni dast koʻtarib divanga yotqizib qoʻyib ortga jaxl bilan borib Edwardga bir musht tushirdi.
~Sen hayvon qanday jur’at qilding menikiga koʻz olaytirishga
~Jungkook tashkilot qoidalarini bilmaydigandek gapirma men majbur edim. Agar sevganingni qutqarib qolganimdan xabar topishsa ular meni tirik qoʻymaydi.
~Xursandman ikkinchi marta kimningdir ayolini oʻgirlamaysan
~Soni qayerda ? Javob ber unga nimadir dedingmi
~Sening asl yuzingni bilmaydi chamamda qanday qotil ekanligingni
~Unga nima qilding
Edward Jungkookning yengidan ushlab oʻziga tortdi
~Sevgilingni olib bu yerdan yoʻqol ikkingizni ham boʻlmasa timdalab tashlayman
~U qayerda ?
~Yuqoridagi xonada
Jungkook Edwardni itarib Minsoni koʻtargancha birinchi qavatdagi uzun yoʻllaka singib ketdi.
Edward xonaga kirgach , oppoq yotoqni Sonining kuygan tanasidan chiqan qonlar rasvo qilgandi.
~Soni jin ursin.
Edward sekin kelib qizning oldiga tiz choʻkib uning tanasiga tegishga qoʻrqdi. Soni ogʻriqlardan xushidan ketgan edi , Edward qizga teginishga ozroq qoʻrqib uning yonida oʻtirdi


~Koʻzlarimni ochganimda katta xonada edim . Men qayerdaman . Yoki oʻldimi bu tushmi tushunolmayabman. Oyoq qoʻllarimni gʻoyoki his qilmayotgandekman. Sekin oʻzimni koʻtardim bu yer qayer , jin ursin bu yerdan qochishim kerak. Oʻrnimdan turib , xonadan chiqib uzun yoʻlakdan yugura boshladim . Katta eshik tomonga endi yaqinlashganimdan ortimdan kelgan ovoz tufayli toʻxtadim
~Minso
~Jungkook
Ortimga qarab nihoyat Jungkookni koʻrgach u tomonga borib yugurib quchoqlab oldim
~Sen roʻyo emassan shundaymi ? Men tirikmanmi
~Meni kechir seni ertaroq qutqara olmaganim uchun
Jungkook meni qattiqroq bagʻriga bosdi .
~Jungkook men juda qoʻrqib ketdim
~Bilaman bilaman sevgilim meni kechir bu uchun sen bularni koʻrmasliging kerak edi
~Ular ular menga qon ichirishdi , odam qonini ichirishdi . Aaaaaa hazm qilolmayabman
~Tinchlannn u hech qanaqa qon emas edi . Qara sen tiriksan
~Ular kim edi Jungkook , mendan nima istashdi
~Sendan emas mendan istashdi , seni mendan tortib olishmoqchi boʻlishdi
~iltimos meni boshqa bunaqa qoʻyib yuborma . Men juda qoʻriqb ketdim Jungkook . Ular juda vaxshiy edi , koʻz oʻngimda bitta erkakni akulalarga yem qilishdi
Minso toʻxtamasdan yigʻlab qoʻrquv aralash gapirdi .
~Boʻldi boʻldi boshqa hech qayerga seni qoʻyib yubormayman tshhhh men yoningdaman , men seni ularning qoʻlidan oldim qara.
Jungkook qizni belidan koʻtarib , oyoqlarini oʻzini beliga oʻrab divanga oʻtirdi.
~Meni bagʻrimdasan , hech kim seni mendan tortib ololmaydi hech kim.
~Mening goʻzalim , mening kichik farishtam , mening pariyim
Minso yigitni boʻynidan quchib oldi. Jungkook qizning boʻynidan sekin oʻpib chuqur hidladi .
~Seni sevaman
~Men oʻldim deb oʻylagan edim
~Aslo men tirik ekanman sen oʻlmaysan oʻlishinga yoʻl qoʻymayman
Jungkook Minsoni yuzini ikki qoʻli bilan ushlab oʻziga qaratdi.
~Mening yovoyi farishtam
~Sening bagʻringda ekanimdan juda xursandman
~Boshqa hech qachon bunday boʻlmaydi
~Ular kim edi , sendan nima istashadi
~Buning tarixi uzun
~Bizda uzun tun bor
Jungkook xoʻrsinib qoʻydi , soʻng qizga qayta qaradi .
~Men ulardan biri boʻlganman
~Nima
~Hammasini tushintiraman bu bir necha yillar avval boʻlgan bolaligimda , men onamni yoʻqotgach , koʻchada hech vaqosiz qoldim . Keyin esa bir erkak keldi qora kiyinib olgandi , u menga kelib umringni oxirgacha boy va badavlat boʻlib yashashni istaysanmi dedi men yosh edim atigi 12-yoshda onamni yoʻqotganimdan soʻng pulsizlikda qiynalib qolgandim.

Soʻng men u erkakning taklifga rozi boʻlgandim
Ular meni Italiaga olib kelishdi , soʻngra meni tarbiyalashdi . Bu yashirin tashkilot edi . Ha Italianing eng katta yashirin tashkiloti.
~Ular nima qilishadi -?
~Ular meni qasamyod qildirishdi , ularning biriga aylanishim uchun men oddiy soldota edim ya’ni kichik mafioz . Xiyonat qilganlarning jazosi oʻlim bilan jazolanardi . Lekin men eng katta boshliqning sevimlisiga aylanganim sabab u meni oʻldira olmadi. Men chiqib ketdim chunki u tashkilotdagi topshiriqlar haddan tashqari vaxshiylashib bormoqda edi. Buni inson emas hayvon qilardi. Men tashkilotdan chiqishga ruxsat soʻradim ammo menga rusxat berishmadi , bu xoinlik deb hisoblanib oʻldirish bilan taxdid qilishdi .
~Lekin sen ketding qanday qilib bunday tark etding , ular seni tinch qoʻymaydi. Barbir izma iz seni ta’qib qilishadi
~Bilaman , ammo men ortiq bu ishlarni qilmoqchi emasman . Ortiq hayvondek boʻlishni istamayman
~Nima deyishni ham bilmayman , u juda katta tashkilotmi ? Ya’ni Massonlar haqida eshitganmisan
~Yoʻq yoʻq Massonlar kabi emas. Massonlar yashashga ham qoʻyishmaydi ammo Sitsilya mafiasi ham anchagina keng tarqalgan koʻp yetim bolalar va oʻgirlab kelgan bolalar bunga e’tiqod qilishadi evaziga bizga boylik, shuxrat berishadi
~La’nati u yerda doʻstlaring boʻlmaganmi ?
~Yoʻq , arslon doim yagona boʻlgan , men oʻtgan kunlarni eslashni istamayman. Men maxluqa aylangandim odamlarning oʻlimini koʻrib rohatlanardim rahm va shavqat menda yoʻq edi
~Yoʻq
~Mendan qoʻrqma , ammo men seni uchratdim . Sen buni tushunmassan, ammo senga kelganda barcha ishni pachavasini chiqarsang ham men senga hech qachon qoʻpollik qilmayman hech qachon , sen mening yakkayu yagona durimsan . Katta ifloslangan dengizdan topib olgan yagona duru gavharimsan , sen oʻzing ham buni tushunmaysan menga qanchalik qadrli va suyukli odamga aylanib qolganingni.
Jungkook Minsoning sochlarini qulogʻi ortiga olib qoʻydi.
~Seni ranjitgan odam, bu dunyoda 1 soat ham ortiq yasholmaydi. Mening olmosim
~Jungkook hayoting tartibsiz , qachongacha bunday yashaysan doim shunday qoʻrqib yuramanmi endi . Agar ulgurolmay qolsangchi keyingi safar
~Hayotimdagi yagona tartibsizlik sensan va bu menga yoqadi, ulgurmaslik haqida gapirma sen bu dunyoni tark etolmaysan toki men tirik ekanman .
~Jungkook bu hazl emas edi
~Hayotingni buzyabman bilaman, lekin endi seni yolgʻiz qoʻyib yubora olmayman. Oʻzing ketishni istasang ham ketkizishga qoʻymayman , bir umr yonimda qolasan
~Kunlar kelib seni oʻzing ketmoqchi boʻlsang ?
~Menmi ? Hech qachon ayniqsa seni tashlab ketmayman seni tashlab ketishimga sabab yoʻq
~Ketma tashlab , ketma oʻzingni ham men uchun asra . Qoʻrqyabman seni oʻlib qolishingdan
~Nega birdan bunday deyabsan
~Endi hayotimda haqiqiy erkakni topdim , uni yoʻqotib qoʻyishni istamayabman
~Yoʻqotmaysan kela qol bagʻrimga .


Soni sekin koʻzlarini ochgach atrofga qaradi , oʻrnidan qimirlolmadi , eshikdan kirib kelgan Edwardni koʻrgan qiz jazavaga tushib ortga chekinmoqchi boʻldi
~Iltimos mendan qoʻrqma
~Sen kimsan aslida
~Soni , men senga hammasini tushintiraman
~Sen yolgʻonchisan , sen ham meni oʻsha koʻyga solgan hayvonlardeksan
~Unday emas u senga yolgʻon gapirgan
~Aldama , sen u yigitning sevgan qizini oʻgirlab ketgansan nima qilding u qizga . Nega oʻldirding axir men ham oʻlib ketardim
~Iltimos mendan qoʻrqmasliging kerak Soni. Men senga kim ekanligimni aytishim kerak edi bilaman ammo sen mendan qoʻrqasan deb oʻylagandim.
~Sendan shu siz ham qoʻrqyabman endi
~Qoʻrqma men butun dunyoga zarar bersam ham senga unday qilmayman Soni . Men hammani qoʻrqitardim ammo oʻzim qoʻrqib yashashni boshladim toki seni uchratganimdan beri , meni tashlab ketishingdan qoʻrqdim mening aslimni bilsang mendan nafratlanasan deb oʻyladim
~Sen qotilsan , sen vaxshiysan meni shu koʻyga sen solding
~Afsusdaman chin soʻzim seni azoblashni istamagan edim .
~Demak barchasi yolgʻon sen hech qanaqa talaba emassan , aslida mafia qotilsan oʻsha tunda ham aslida oʻzingni menga tasvirlab bergansan shundaymi

~Afsusdaman, seni oʻzimning bu versiyamda uchratmasligim kerak edi .

mendan kechma , mendan qoʻrqma .
~Qoʻyib yubor ket mendan yaqinlashma
~Soni bunday qilma
~Teginma menga


Yuqoridan kelgan ovozdan boshimni Jungkookning yelkasidan koʻtardim.
~Sonimi bu kimning ovozi senam eshitdingmi
~Jin ursin Edward halli ham sevgilisini olib ketmagan koʻrinadi
~Bu ovoz bu ovoz u mening dugonamning ovozi
~Nima ?
Minso Jungkookning bagʻridan turib ikkinchi qavvatga chiqib xonaga bostirib kirdi. Yotoqda qoʻllari oyoqlari kuyib yotgan dugonasini koʻrdi .
~Sen
~Minso
~Bu yerda nima qilyabsan ?
~Senchi ?
~Men avval savol berdim va men yigitim bilan birgaman
~Meni uyimga joʻnatishga yordam ber
Soni dab durustdan bu gapni gapirdi.
~Bu yerda nima qilyabsan . Qoʻllaringa nima qildi kim seni bu axvolga soldi. Sen qildingmi hayvon
Minso yonida turgan Edwardning yoqasidan oldi . Eshikdan kirib kelgan Jungkook bir yotoqda yotgan Soniga bir Edwardning yoqasidan tutib olgan Minsoga qaradi .
~U emas bu qildi
Soni eshik yonida turgan Jungkookni koʻrsatdi.
~Nimalar boʻlyabdi bu yerda , u qiz senga kim boʻladi Minso
~U mening senga aytgan doʻstim nega unga bunday qilding Jungkook
~Men u sening doʻsting ekanini bilmasdim , Edward seni oʻgirlab ketgani uchun men ham uning sevgan qizini oʻgʻirladim
~Bas qiling hammangiz jin ursin. Bizni yolgʻiz qoldirding ikkingiz ham xonadan chiqing
Minso ohangini balandlatdi .
Edward va Jungkook xonadan chiqishganda Jungkook eshikni sekin yopdi.
~Nega yomon yigitlarga aralashib yuribsan
~Sendan ham shuni soʻrasak
~Bu mening hayotim Soni ! Sen Edwardni kimligini bilasanmi oʻzi ?
~Kechirasan Minso ustimdan kalaka qilyabsanmi ? Bu mening ham hayotim nima qilishni sendan soʻramayman . Sen uchrashib yurgan yigitdan koʻra ancha yaxshiroq !
~U haqida bunday gapirma sen uni bilmaysan . Axvolinga qara
~Sen bilan gap talashishni istamayman, meni uyga joʻnatishda yordam ber tamom bu soʻngi iltimosim
~Bu axvolda bir oʻzing ketolmasliging aniq
~Eplay olaman
~Oʻjarlik qilishni bas qil eplolmaysan
~Oradan shuncha vaqt oʻtdi sen esa hech narsa boʻlmagandek harakat qilyabsan
~Nima qilishimni istayabsan ? Nima qilishim kerak hozir
~Sen meni tashlab ketding , yarim yoʻlda qoldirib ketding .
~Hozir buni aytishni mavridimi ?
~Ha mavridi agar yana oʻlim bilan yuzlashadigan boʻlsam senga aytib qoʻyay , sen doʻstligimizni buzding va hech narsa boʻlmagandek qarshimdan chiqib harakat qilyabsan .
~Soni bas qil , asabimni buzma
~Bas qilmayman sen mening asabimni buzyabsan
~Men senga oʻchir dedim !
~Menga baqirma !

Ichkaridagi shovqindan ikki yigit ham ichkariga tezlik bilan kirishdi.
~Nimalar boʻlyabdi bu yerda
~Xonadan chiqing ikkingiz ham
~Soniga ovozingni balandlatmasdan gapir !
~Sen kimga baqiryabsan malun
Jungkook Edward tomon bormoqchiligida Minso yigitning koʻkragidan ushlab toʻxtatdi. Ularning suhbatini eshikdan hovliqib yugurib kelgan yordamchizi buzdi
~Nima boʻldi
~Tashkilot Minso xonimning oʻlmaganmigini Edwardning ularni chuv tushargani haqida xabar topibdi. Hozir odamlarni joʻnatayotgan ekan ular manzilni bilishadi , qochish kerak
~Nimalar boʻlyabdi
Soni alang jalang qib bir yigitga bir unga qarab turgan Minso va Jungkookka qaradi.
~Ketamiz
Jungkook Minsoni qoʻlidan tortib xonadan chiqmoqchi edi ammo qiz uni toʻxtatdi.
~Sonisiz hech qayerga ketmayman !
Jungkook bir Minsoga bir Edwardga qaradida chuqur nafas oldi
~Sevgan qizingni ol , hozir hammamiz har yoqa tarqalsak , oʻzimizni himoyasiz qoldiramiz shu uchun bir joyga yigʻilishimiz shart ,ortimdan kel
Jungkook qizni sudragancha xonadan olib chiqib ketdi. Edward Soni tomonga yaqinlashganda Soni qoʻli bilan toʻxtatdi.
~Yaqinlashma !
~Ketishimiz kerak tulkicham hozir oʻyin oʻynash vaqti emas, boʻlmasa hammamoz jaxxanamga ravona boʻlishimiz mumkin .

Guys koʻp kechikishlar bilan fanfic nihoyat yetib keldi. 1k+ reaksiya va 100+ fikr .