July 29, 2025

MENING QORA JANNATIM ~ MY BLACK PARADISE

21-epizod Final

• Kechikkan moychechaklar •

1-oy davomida hech kimning koʻziga koʻrinmagan Minso sabab hamma yer tinch edi. Hammaning yodidan sekin sekin chiqayotgan edi . Minsodan rostakamiga voz kechishgandi , endi Minsoni koʻrishni istamasdilar . U xoin , va xudbin sifatida eslab qolingandi. Bir mahalda Soni koʻchadagi oʻrindiqlardan birida oʻtirib atrofni kuzatardi. Birdan yoniga 13-12 yoshlar atorifidagi arab bolakay kelib oʻtirganiga avval e’tibor bermadi. Soʻng Soni bolakay unga qarab qarab turganiga e’tibor qaratdi . Bolakay bir bir Soniga qarab qoʻyardi nihoyat sekin qoʻlidan katta qora bloknotni sekin Soni tomonga surib qoʻydi. Soni hayron boʻlib bolakayga qaradi.
~Minso opam sizlar oʻylaganchalik yomon odam boʻlmagan
Soni ogʻiz juftlamasidan bolakay oʻrnidan turib ketdi. Soni tushunmasdan bloknotni qoʻliga olib ichini ochdi.

12/03/2025

~Bu 6- kundaligim ichimdagi kechinmalarni aytishga haqim yoʻqligi sabab qogʻozga tushirishga majburman. Avval kundalik tutadiganlarni axmoq deb hisoblardim lekin endi ularni tushunyabman, men ichimdagi koʻtarib yurgan yukni hech kimga aytolmasdim haqim yoʻq edi qoʻrqardim, kimdandir yordam soʻrashga. Endi esa oʻzimga yaqin ovunchoq topa oldim. Bogʻzimda tiqilib qolgan , kimgadir yorilgim kelyabdi. Aytolmayman haqim yoʻq , aytsam shu ondayoq hammasi tugaydi

Soni bu kundalik Minsoga tegishli ekanini koʻrib birma bir shoshilib varaqlay boshladi. Har bir varaqani oʻqib qizning koʻzlari oʻz kosa xonasidan chiqib ketardi. Nihoyat u 2-soat mobaynida yaqin shu 2-oy ichida sodir boʻlgan voqealarga yetib kelgach tap etib toʻxtadi.

24/06/2023
~Men uning farzandini oʻlishini istamaganman men hattoki uni farzandi borligini bilmasdim . Ahmoqlarga Soniga teginmaslikni aytgan edim ammo Mikel aslida u sabab Soning farzandi tushgan. Men istamagan edim , men rostdan uning bolasi tushishini xohlamaganman qanday qilib buni istashim mumkin oʻz doʻstimning bolasini qanday oʻldirishim mumkin men oyimni topishni istagan edim xolos barchasini oyimni topish uchun qilgandim. Edwardni yoʻq qilishim kerak edi. Sonning bolasini oʻlishiga sababchi boʻlgan Ikki yigitni oʻldirdim ammo hech narsani his qilmayabman , Soniga aytishim kerakdir . Ha u tushunadi meni , toʻgʻri biz oʻtmishda koʻp janjalashganmiz ammo u meni tushunadi. U menga ishonadi bu ishni men qilmaganligimi biladi. Men unga haqiqatni aytaman. Men aybsiz ekanimni aytishim kerak , men shunchaki uni ushlab turishim kerak edi . Lekin nega barchasi oʻzgarib ketdi.

23/07/2023
~Bir oy deganda yana shu eski va qadrli kundaligimga xat . Xoʻsh soʻngi yozganlarimda Soniga barchasini tushintirish uchun ketgandim lekin u menga ishonmadi , menimcha men adashdim u meni otdi. Xafa bolyabmanmi nega ? Xafa bolishga haqim yoq axir ozim aybdormanku . Lekin nega eshitmadi ekan meni. Men uni ogirlamaganimda bunday bolmasdi lekin men oyimni topishni istagandim . Mayli oyimni topishim bilan barcha haqiqatni aytaman . Aniq bilaman ular meni kechiradi aniq. Meni ular kechirishiga ishonaman yana ozroq harakat qilsam oyimni ham topib olaman kamgina qoldi. Ularnk ayblolmayman chunki ular haqiqatni bilmaydi , lekin bilishgach ishonchim komil meni toʻgʻri tushinishadi aslida bularning barchasini oyim uchun qilganimni . Oz qoldi yana ozroq

Minso

23/12/2024
~Boʻshliq men hattoki hozir aynan nima deb yozishni bilmayman ham barchasi juda chalkashdi men bunday yakun kutmaganman men men chidolmayabman meni doim tinglaganing uchun senga raxmat qadrli kundaligim agar sen boʻlmaganingda bu ichimdagi toʻfoni kimga aytardim. Bu sahifa soʻngisi , ancha vaqt oʻzimga kelolmadim chunki tashlikot mening ustidam kulib chuv tushirganini bildim, aslida ular oyimni oʻldirib yuborishgan ekan. Aldanibman men aldandim . Mikel bu xabarni menga yetkizmasdan vafot etdi oʻzimga kelolmadim men Mikel yoniga borishga ulgura olmadim , uyga borganimda Mikelning jonsiz tanasi yotardi. Men yana bir yaqinimdan ayrildim. Hayot bunchalik beshavqat buni qabul qilolmayman. Oyim yoʻq ekan shuncha harakatning barchasi nima uchun edi , ortiq chidolmadim ruhiyatim charchagan edi. Kimning yelkasiga qoʻyib boshimni yigʻlay edi . Albatta Jungkook, qoʻgʻirchogini yoʻqotib qoʻygan boladek uning uyiga bordim va borganimdan afsuslandim lekin u togʻri yoʻlni koʻrsatdi. Chindan ham tirikligim boshqalarga ozor berdi yaqinlarimning oʻlimiga olib keldi. Lekin , ichimda armonim shunchaki u bilan juda birga boʻlgim kelgandi , unga toʻyolmadim hattoki boʻsa olib quchoqlashga ruxsat bermadi eng ogʻriqlisi ninaning oldida mening qoʻllarimdan siqib koʻchaga uloqtirgani oʻshanda uning koʻzlaridsn menga nisbatan sevgini izladim ammo topolmadim . Men har qanaqasida ham yutqazdim. Menda imkon bor edi lekin aytishdan endi foyda yoʻq. Jungkook va mening sevgi qissam bunday yakunlanmasligi kerak edi . Nahotki u nafratlanadi mendan ? U meni sevmaydi , u menga ishonmaydi . Iltimos … qani edi vaqtni ortga qaytara olganimda exx jin ursin endi bularni aytishdan nima naf ? Barbir bizda hamma narsani tugadi , va endi bu hayot ham endi men uchun oʻz ranglarini yoʻqotdi. Jungkookni bunda ayblamayman chunki u aytgandek qoʻrqoqman, menga qoʻl uzatgan vaqtida uni qoʻlidan tutmaganman , bir marta harakat qilganimda tashkilot oyimni yoʻq qilish bilan tahdid qilgan edi. Qanday tavvakal qilishim mumkin edi ? Men oyisini yoʻqotib qoʻygan bola edim bu huvvilab qolgan dunyoda meni ushlab turadigan hech kim qolmadi. Mikel ham oyim ham men sabab oʻldi . Yusufni ham hayotini barbod qilishim niyatim yoʻq.
Yusufni ishonchli qoʻllarga topshirdim uni tashkilot bilmaydi hech boʻlmaganda u tirik qolishi kerak hech boʻlmaganda mendek zolimdan u yaxshilik koʻrishi kerak. Soni men hech qachon uni oʻldirishga urinmaganman , Jungkookni ham oʻldirishga urinmaganman aslida tashkilot allaqachon uni oʻldirishim kerakligini aytgan edi ammo men barchasini hammamizga mos keladigan yoʻlini izlagandim natijada esa barchasini oʻzim yutqazdim. Barchasi uchun senga raxmat . Oʻtgan umrim uchun afsusda emasman , shikoyat ham qilmayman zero menga bir ushoq kabi baxt berilsa ham men uni qadrlardim. Bir umrlik goʻzal xotira boʻlib qolganing uchun raxmat Jungkook , dunyoga qayta kelsam seni yana qayta sevardim . Vaqtim ham tugalanmoqda Nihoyat mening sahifam ham tugadi ….. Tamom !

Soni oʻqigan kundaligi qoʻlidan tushib ketdi . Sanaga qaradi 1-oy avval yozilgan oxirgi sahifa Soni kundaligini olib uy ichiga yugurdi. Uy ichida mexmonada Jungkook Nina Edward uchlasi gaplashib turganida eshik oldida rangi oqarib ketgan qizni koʻrib oʻrnidan turishdi.
~Nima boʻldi ?
~Minso
Jungkook Minso ismini eshitib sekin oʻrnidan turdi.
~Nima Minso ?! Yana oʻyin boshlabdimi ?

~Nima qildi Minsoga
Edward Soni tomonga yugurdi. Soni qoʻlidagi kundalikni uzatdi. Soni zoʻrga nafas olgancha Edwardni qoʻlidan tutdi
~Sal avval bir bolakay kelib menga buni berdida minso sizlar oʻylaganchalik yomon odam emas edi deb ketdi .
Jungkook bu gapini eshitib sekin Soni oldiga otildi .
~Nima bu
~Minsoning kundaligi unda hamma haqiqat yozilgan. Bizga aytmagan haqiqatlari barchasini oyisini topish uchun qilgan ekan , oyisini topgach bizga haqiqatni aytmoqchi boʻlgan. Iflosman men iflosman u menga aytgandi nega men uni eshitmadim nima uchun men uni gaplariga ishonmadim
Sonining baqirigʻidan Edward qizni ushlab oldi.
~Nimalar deyabsan, tinchlanib ol tushunolmayabman Soni
~Oyisini tashkilot oʻldirgan ekan , buni minsodan yashirib uni ishga solishgan. Unga tahdid qilib kelishgan , onasini berish evaziga uni aldashgan
~Nima ?
Jungkook hayrat bilan Soniga qaradi.
~Keyin uni yonida yuradigan yigit onasini oʻlimini bilgach Minsoga aytishga ulgirgan ammo u yigitniyam oʻldirishgan . 1-oy avval sening uyinga kelgan kechada u menikiga ham kelgandi. Mendan yordam soʻragandi . U mendan yordam soʻragandi nega men uni eshitmadim nega men uni eshitmadimaaaa . U mening oyoqlarimga yiqilgandi u menga haqiqatni aytmoqchi edi . Uni topinglar iltimos faqat oʻlmagan boʻlsin iltimos Edward Minsoni top
~Yoʻq yoʻq barchasi boʻlishi mumkinmas. Chalaksh kundalikni ber

Jungkook shoshilib Sonining qoʻlidan kundalikni olib oxirgi sahifslarni varaqlay boshladi koʻzlariga ishonmasdan kundalikni qayta oʻqib chiqa boshladi oʻqib boʻlgach kundalik qoʻlidan tushib ketdi.
~Yoʻq bunday qilolmaydi , bunday qilmagan boʻl oʻtinaman yoʻq . Balki bu yana oʻyindir ?
~ Qanaqa oʻyin Jungkook u 1-oydan beri yoʻq u qayerda u iltimos uni top Edward . Agar unga niamdir boʻlgan boʻlsa oʻzimni kechirolmayman nega uni eshitmadim. Nega menga haqiqatni aytishga kelganda eshitmadim. Men ahmoqlik qildim men eshtishim kerak edi
~U hech narsa qilmagan , buni senga kim berdi ??
~Bir bolakay , rasmi bor kundalik ichida Minso bilan tushgan
Jungkook kundalij ichidagi bolakayni rasmini koʻrgach koʻchaga yugurdi . 1-soatdan keyin yugurib kelgan yigit uyga kirdi
~Kameralardan uni taksiga minib ketganini koʻrdim manzilni aniqladim oʻsha yerga boramiz
~Msnam boraman
Soni oʻrnidan turdi .
Uydan shoshilib toʻrt kishi chiqib ketdi. Kichik oddiy uyda bogʻlarga suv berayotgan erkak uy oldidagi odamlarni koʻrgach sekin avzoyi buzilib qoʻrquv bosdi.
~Nima kerak ?
Jungkook qoʻlidagi Minso va Yusufni suratini erkakka koʻrsatdi
~Shu bola va qiz shu yerdami? Iltimos ayting
Erkak Minso va yusufni rasmini koʻrgach birdan duduqlangancha gapirdi
~Yoʻq yoʻq men tanimayman bularni
~Lekin bolakayni shu yerga kirib ketganini koʻrishgan
Erkak qoʻrqib ortga bir qadam tashadi
~Sizlarga aytyabmanku bu yerda bunaqa odamlar yoʻq krting politsiya chaqiraman
~Iltimos bilsangiz ayting men bu qizni doʻstiman . U bilan 1-oydan beri gaplashnadim u shu yerdami ?
Soni erkak tomonga bir qadam qoʻydi
~Yoʻq deyabmanku
Uydan chiqan Yusufni koʻrgan erkak koʻzlari kosaxonasidan chiqib ektdi.
~Amaki ular yomon odamlar emas bular minso opamning rostdanam doʻstlari men ularni taniyman
~Jungkook yusufni oldiga borib tiz choʻkib qoʻllaridan tutdi
~Bolakay Minso opang qayerda ?
Yusuf sekin qoʻlini koʻtarib yuqorini koʻrsatdi
Jungkook yuqoriga qarab tushunmadi
~2 qavatdami ? 2 qavatdami Minso
~Minso opam Mikel akam va oyilarining oldida
Bu gapni eshitgan Soni birdan yerga oʻtirib qoldi.
Iltimos uyga kiraylik erkak noiloj uyga taklif qildi.


~1-oy avval Minso menga Yusuf va anchagina pul berib ketdi. Men Minso bilan 4-yil avvalcha tanishganman koʻchada oʻgʻirlik qilganimda tanishib qolgan edik shundan beri yordsm berardi, 1-oy avval kelib qoʻlimga katta pul va yusufni katta qilsihimni soʻrab ketdi.
~Qayerga ketganini bilmaysizmi?
Erkak sekin boshini quyi egdi.
~U oxirgi marta vidolashayotganini aytdi va boshqa umuman qaytib kelmssligini
~Yoʻq
Jungkook oʻrnidan turib ketdi,
~Bunday boʻlishi kerak emss nega nega yoʻq. Balki u qasos olgani ketgandir ? Toʻgʻrimi u qaytar

~Minsoni oʻlganlar roʻyxatidan qidirish kerak
~Uningni oʻchir u oʻlmagan !
Soni bor ovozda Ninaga baqirdi.
~Tushunib turibman bu ogʻriqli lekin biz uning jasadini topishimiz kerak . Hozir aql bilan ish tutish kerak
~Nina bas qil oʻtinaman hozir seni oʻldirib qoʻyaman
Jungkook yalingan ohangda qizga qaradi.
~Nina togʻri aytyabdi agar oʻliklar roʻyxatida uning ismi boʻlmasa demak u tashkilotni tutqunida yoki tirik ekanligini bilamiz qidirish kerak. U tirikmi yoʻqmi shuni aniqlash kerak
3-soatdan soʻng

~Ismlar ichidan ismi chiqmadi , yoʻq
~Xudoga shukr demak u tirik , topamiz uni
Soni sekin asabiy oʻrindiqa oʻtirdi.
~Morngniyam koʻrish kerak agar u yerda ham topilmasa demak u tirik
4-soat mobaybida Italiadagi barcha oʻlik xonalardan Minsoni jasadini topilmagach Jungkookning ishonchi ozroq ortdi u Minsoning tirikligiga ishondi, har bir chiqan jasadni Minso boʻlmasligini duo qildi. Soʻngi oʻlikxonaga kelgan 4-kishi oʻliklarni birma bir koʻrishdi.

~soʻngi jasad turganda negadir Jungkook u jasad oldiga borgisi kelmadi. Sekin jasad tomonga yaqinlashib usti yopilgan oq matoni ochishga qoʻli qaltirardi. Nihoyat tirsagi bilan matoni ohista ko‘tarib, yuzini ochdi.
Bir zumga vaqt to‘xtab qolganday bo‘ldi.
Ko‘zlari yoshdan namlanib Jungkook sekin ortga qadam tashladi. Nafasi qisilganday yuragi joyidan ko‘chib tushdi. Oʻziga tanish boʻlgan oʻsha chehra Minso
Lekin bu ~ uning tirik tanasi emasdi.
Qizning rangi ohang-so‘nib ketgan marmor tusida edi. Tanasida hayotning sadosi umuman yoʻq . Sochlari chang va muzlagan ter tufayli peshonasiga yopishgan. Yuzida qandaydir sirli, og‘riqli sukunat hukmron edi ~ go‘yo o‘limning o‘zi uni sokin va beayov qilgandek
Lablar oqarib, suvsiz cho‘lda qurib qolgan gul kabi edi . Lablari ustida ko‘kish yaralar bor edi. Sochlari qoramtir tusga kirgan
Jungkook ortga qadam tashlamoqchi bo‘ldi, ammo yuragi betlamadi . Ko‘zlari yoshdan to‘lib ketdi.
~ Men kech qoldim
Endi bu tanaga na muhabbat, na Jungkookning afsuslari yetib borardi
Minso nahotki bu sensan ?
Ayt, sevgilim iltimos, ayt bu tush! Uyg‘onaylik, xo‘pmi? Men seni kechirmayman degandim Men sendan kechaman demagandim .U qizning peshonasiga yuzini bosdi.
~Minso seni sevardim . Hali ham sevaman. iltimos, ko‘zlaringni och faqat bir soniyaga. Aytgin Men seni tashlab ketmadim deb ayt bu hammasi hazl deb ayt

Jungkook yig‘lagancha kuldi. O‘zini to‘xtata olmadi
~Axir shunchaki ketmaysanku . Shunday emasmi?
Jungkook qizning jonsiz tanasini bagʻriga olgancha uni quchoqladi.
~Tur, Minso iltimos, tur.

Jungkook birdan jasadga yopishdi.
Qizning sovuq va muzlab qolgan tanasini bagʻriga bosdi.

~Men kechirim so‘ramoqchi edim, Minso. Men seni eshitmadim. Lekin endi, sen bu yerda sen
Sen uxlayapsan, to‘g‘rimi? Ha, shunchaki uxlayapsan. Men seni uyg‘otaman. Hozir.

U barmoqlari bilan qizning yuzini siladi. Sochlarini yuzidan ohista surdi.

~Sevgilim uyg‘on. Ko‘zlaringni och. . Bilasanmi, men endi jahl qilmayman. Hech qachon. Men seni eshitaman men seni himoya qilaman ishonaman chin yurakdan. Faqat uyg‘on Minso . Tur oʻrningdan Minso. Lekin muzlab qolgan qizning tanasidan umuman sado chiqmadi.
~Bilaman! Sen hazillashyapsan! Sen doim meni qiynashni yaxshi ko‘rasanku Minso . Ha, sen meni kechirishim uchun shunchaki o‘yin o‘ynayapsan, to‘g‘rimi?

Jungkook Minsoning sovuq jasadni quchoqlagancha, yerga yotib oldi.
~U hali tirik. U uyg‘onadi. U albatta uygʻonadi
U meni kechiradi.
U meni kechiradi.
U meni kechiradi
Jungkookning ko‘zlari ogʻriqdan xiralashdi. Ong va haqiqat oralig‘idagi aralash ko‘z yoshlar, mayus illyuziya va ruhiy yorilish ichida Jungkook aqldan ozdi.
Endi bu dunyo unga begona.
U Minsoni quchib, o‘zi ham ruhiy o‘limni tanladi.
Soni eshik yonida titrab turardi. Uzoqdan Jungkookni Minsoni sovuq tanasini quchib oʻtirganini koʻrdi.
Soni Minsoni oldiga sekin yaqinlashdi. Ko‘zlari sekin mato ostidan chiqqan tanaga tushdi.
Bir lahzaga yuragi urmay qoldi.
Bu uning dugonasi Minso edi .
Bir umr eshitib, ko‘rib, yonida yurib, lekin hech qachon chin yurak bilan tushunmagan inson ~ do‘sti Minso
~Yo‘q bu bo‘lishi mumkin emas dedi
Jungkook hali ham joyidan qo‘zg‘almasdan jasadni bag‘riga bosgancha
~Bu yolg‘on Minso, uyg‘on bu hazil iltimos, uyg‘on
Soni lablari qurub qolgan rangalari oqarib ketgan dugonasiga qarab nihoyat yerga tizasi bilan yiqildi.
~agar vaqtni orqaga qaytara olganimda edi men seni eshita olganimda edi . Meni kech qoldim
Soni sekin Minsoning boshqa yelkasiga boshini qo‘ydi. Ular ikki taraflama bag‘riga bosgan Minsoning jasadi ~ faqatgina tanani emasdi, bir umr aytilmagan so‘zlar, tinglanmagan yurak, e’tiborsiz qoldirilgan iltijolarni quchoqlagan edilar.
~Men men seni eshitmadim menga aytganingda quloq solmadim 1-oy shu sovuqda yotdingmi
~Biz uni o‘ldirdik , biz uni yoʻq qildik.
Ular sukunatda qotib qolgan jasadni ikki taraflama quchoqlagancha qoldilar.
Atrof faqat sovuq havo, toshdevorlar, va kechikkan kechirimlar bilan toʻla edi. Soni boshini koʻtarib endi Minsoning yuziga qaramoqchi boʻlganida birdan baqirib yubordi
~Bu buni qarangalar bunga qaraa
Jungkook Sonini ovozini eshitmasdan qizni jasadini quchoqlagancha oʻtirardi.
~Minsoning boʻynidan xol yoʻq edi ammo bu jasadning boʻynida katta tugʻma xol bor .
Jungkook endi bu gapni eshitgach jasadni bagʻridan chiqarib qizning sochlarini bir tomonga qilib endi qizning boʻynini tekshirdi. Qizning boʻynida juda katta qora tugʻma hol bor edi. Uni sochlari bilan toʻsib qoʻyishgandi .
~Koʻzlarini och
Soni tiqilib shoshilib gapirdi.
~Nimalar deyabsan
~Koʻzlarini och bu Minsomas
Jungkook tezda jasadni yerga qoʻyib yumilgan koʻzlarini sekin ochdi.
~Hazel koʻz bu Minso emas u tirik
Soni ortga tisarildi.
~Menga umid berma Soni
~Oʻzing qara bu Minso emas uning koʻzlari tim mallarang edi bu qizning koʻzlari esa hazel uning yuzi Minsonikiga oʻxshash xolos .
~Bu Minso boʻlmasa uning oʻlimi soxtalashtirish kimga kerak boʻlib qoldi ?
Nina hayron oldinga bir qadam tashladi.
~Jasadni qayerdan olib kelishganini haqida soʻraymiz.
Jungkook oʻrnidan turib eshikdan chiqib ketdi. 10-daqiqadan keyin kirib kelgan yigit halli ham bir biriga savol bilan qarab turganlarga qaradi.
~Jasadni Aosta vodiysidan topishganini aytishdi
~Kundalik kundalik qani ? Minso qayerda oʻz joniga qasd qilishini yozgandi
Soni oʻrnidan tapirlab turib Jungkook tomonga yugurdi.
~Mashinada edi kundalik
Oʻlik xonadan uchib chiqan Jungkook mashinasida turgan kundalikni tezda varaqlab ocha boshladi soʻngi sahifada Abruzzo manzilini koʻrgach Soni tomonga oʻgʻrildi
~Qayer ?
~Manzillar boshqa boshqa u tirik Minso tirik
~Demak bu oʻyinda biz bilmagan boshqa oʻyinchi bor

1-fasl tugadi. 2-fasl uchun aytilgan editlarni yasab kelmasangiz tashlamayman. Erakalik ham ebi bilan guys .1k* reaksiya . 500+ comment va 50+ edit. Ignor qilin editlar yasab kelamsangiz xafa boʻlaman. Bir kishiyam yasasa boʻladi shu editni bunga 50- kishi keremas .