ππππππππππ
π²πΎπ ππΎππππ πΎππ ππππ π ππΊππΊπππππΊπ...
2025 yil 10 dekabr, Koreya, Busan.
β Ho'sh nimalar qilishga urinyabsan!? - yigit asabiy ammo hotirjamligini saqlab savol berdi.
Yuzlari momataloq holda, chuqur jarohat tasiridan to'shakka mixlangan yigit gapirish uchun og'iz juftladi.
β Su.. - kimningdir ismini takrorladiyu ammo og'riq tufayli yuzlari burushdi.
Jungkookning yuziga keng tabbasum yoyildi.
β Yaxshi kel men senga aytaman, qamoq xonadan qochmoqchi bo'lding! β Jungkook qo'llarini yigitning qorniga bo'rtib qolgan qavatlangan matolar ustiga bosdi ogriqdan yigitning yuzlari qizarar ekan mamnun bo'lgan Jungkook gapini davom etdi.
β Qochding ham deylik, uni topa olaman deb o'ylaysanmi!? O'zgartirish kiritamiz, o'lgan odamni topa olasanmi!? Shunchaki taslim bo'l, seni bu panjaralar ortidan mendan boshqa hech kim qutqara olmaydi.
Qo'llarini matodan olarkan, mato allaqachon qizil qonga burkangandi. Yigitning og'riqdan bo'rtib chiqgan bo'yin tomirlari sekin tinchidi. Nafaqat yuz tuzilishidagi qon talash bo'lib shishgan qismlar, balki butun tanasi ko'karish va bindlardan iborat bo'lgan yigitga so'ngi bor qaragan Jungkook, yo'nalishini eshik tomon qaratdi, eshikdan chiqganidan ortidan ergashgan sanoqli tansoqchilar va yigit hamshiralaridan biriga palitsiya ofetserlari bilan turgan eshikka belgi berdi.
β Jarohati ochilib ketibdi β hamshiraning iltifot bilan tazim berishini kutib ham o'tirmagan yigit tezda shifoxonani tark etdi.
Harbiy bo'linma eshiklari o'z boshliqlari kelgani haqida habar berib ketma ket mashinalar kirishiga imkon yaratar ekan, mashinadan tushgan Jungkookni ko'rgan hamma ehtirom ko'rsatdi.
Tansoqchilariga orqasidan kelmasligini takidlab, o'ziga tanish bo'lgan xonaga kirar ekan " General mayor " so'zini chetlab o'tdi. So'ngi daqiqalar ichida qarshisida paydo bo'lgan biroz keksa erkak va qo'qqisdan yuziga kelib tegkan tarsakidan orqaga tisarildi.
β Nimalar qilyabsan!? Nega uni tinimsiz taqib qildiryabsan, bir necha bor pichoq urdirib itdek kaltaklatib qutulishga umid qilyabsanmi!? β Jungkookni keskin o'z otasini so'zlarini kesib tashladi.
β Ishlarimga aralashmang, ota. Bu meni qarorim. Istasam o'ldiraman istasam qamatan. Meni bu yo'lda to'xtata olmaysiz, bu mening kurashim.
β Kimni deb bunday ishlarga qo'l uryabsan? O'lgan insonni debmi!? β yigitning qo'llari musht tugildi.
β Bas qiling! Uni ismini, u haqida bo'lgan voqealarni hech birini tilingizga ham olmaysiz. Uni hatto o'ligi ham meniki! β eshikni kuch bilan yopilishi xonada yoqimsiz aks sado berdi. Keksa Jeon asabiy qo'lini stolga urdi. Xonada qolgan askarlardan biriga jiddiy ohangda buyruq berdi.
β Uni kuzatishga odam jo'nat, har qadamidan xabardor bo'lay! - tushunganini bildirgan askar xonadan chiqib ketdi.
Otasini xonasidan chiqgan Jungkook keng va viqorli ko'rinadigan, o'ziga hoslik va yuzidagi xotirjamlik bilan maxsus bo'linmadan uzoqlashdi.
Uni ko'rgan ikki askarning uning jiddiylik tus olgan yuziga qarab, yuzlarini burishtirgancha gap boshlashdi.
β Eshitishim buyicha u generalni yagona arzandasi, 2 yil oldin bir qizga uylangandi, aytishlaricha u qizni o'z qullari bilan o'ldirgan ekan.
γ ‘ Men bilganim, Jungkook β u telba, sen u yigitni qanday kaltaklaganini ko'rmagansan, u yigit Jungkookning rafiqasini o'ldirishda ayblangan.
β Bularni qaysi biri to'g'ri hech kim bilmaydi. Qiziqish bilan ikkisi ham Jungkookni har bir qadamini kuzatdi to mashina changitib u yerni tark etmaguncha.
*Yigit yomg'ir sabab abgor ahvolga kelib bo'lgan, yomgir tomchilari sochlaridan sirgalib, tomchilaydi, lekin ayni damda bu uni qiziqtirmaydigandek, yagona maqsadi qo'llaridagi moychechaklarni himoyalash. Bir necha qabr rasadlaridan o'tgandan so'ng o'ziga tanish bo'lgan qabr yoniga yaqinlashdi "Jeon " familyasini o'qidiyu guyo uyerini o'qishga botinolmaydigandek og'ir yutindi.
Keng maydonda o'zining qora Porsche mashinasini haydab ketayotgan yigit, bir nechi bor qizil chiroqlarni o'tqazib yubordi. Kecha tinimsiz yog'gan qor tufayli mashina yo'llari biroz muzlagan, mashina shinasining yoqimsiz ovozi kichik bino qarshisida sirpangancha to'xtadi. Yigit biroz asabiylashgan ko'yi havfsizlik kamaridan yelkasini bo'shatib, mashinadan tushdi. Dimog'iga lablari orasiga qistirilgan tamaki ifori kelib urilib turar ekan. Yondirgichni cho'ntagiga solgancha sekin pichirladi
β Bu unga yoqmaydi! Bu unga zarar! β yigit qo'lidagi tamakini yerga tashladi.
Kichik ammo shinam uyga qadam qo'ydi. Kirish qismidan to'g'ri mehmon xonaga yo'nalib xonalarga nazar tashladi. O'ziga tanish bo'lgan insonni topolmagach, ikkinchi qavatga chiqib, yotoqxona eshigidan sekin muraladi va butunlay xonaga qadam qo'ydi. Oyoq uchida yurib yotoq yoniga cho'kkaladi. Par ko'rpa uzra singib ketgan, o'ralgan yarim tanasidan esa ancha kattalashgan qorni biroz bilinib turadi.
Yigit qizning qo'llarini sekin ammo yoqimli harakat bilan o'z qo'llari orasiga oldi. Qizning bilagiga behos ko'zlari tushar ekan chuqur chandiq bo'lib qolgan 2 chiziq. Yigit qizning yuzlariga e'tiborini qaratdi qurib qolgan lablar, shishib qoraygan ko'z qovog'i, benuqson yuzning rangpar tusi hukmron edi. Ochiq bo'ynida esa bir necha kun oldin o'zi qoldirgan qizg'ish tus olgan zasos* donalari. Qiz tomon yaqinlashib yuzida iliq bo'sa qoldirdi. Qizning tanasini ko'rpa bilan yaxshilab berkitgach, yana o'sha holatda, oyoq uchida xonadan chiqib ketdi. Xonaning eshigi yopilganligi haqida ovoz eshitilgan on chirt etib ko'zi ochilgan qiz, hapqirib urayotgan yuragiga qo'llarini bosdi.
β U yana shu yerda! - qiz sekinlik bilan o'rnidan turib eshikni qulflash uchun eshik tomon yaqinlashdi.
Eshik qarshi tomonga ochilib yigit xonaga qaytdi, birdan hovluqib qolgan qiz, sekin orqaga chekindi.
β Uhlayotganingda bunchalar sezgir bo'lmaysan. O'zingni uyquga solishing eng yaxshi yo'lmi azizam? - qizni yuzini silagan ko'yi so'zlarini davom etdi. Har bir teginishda qizning tanasi titrar ekan, yigit qizdan ko'zlarini uzmasdan, sekin qizning orqasiga o'tdi. Qizning sochlarini orqaga qo'llari yordamida tarab yig'ib qo'ydi. Qizning pijamasi sekinlik bilan sirgalib tushdi. Har bir teginishda titrayotgan qiz yigitning keyingi harakatini kuzatdi. Qizning ortidan mahkam quchgan yigit ochiq bo'yniga lablarini bosdi.