November 8, 2025

𝐂𝐫𝐢𝐦𝐬𝐨𝐧 𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞

"He was the danger I couldn't escape and the desire I couldn't resist."

Bir mahal qulog‘imga mashina dvigatelining g‘uvillash ovozi eshitildi. Ich-ichimdan quvonchimni yashira olmay, hatto aqldan ozar darajaga yetdim. Uzoqdan qora BMW ko‘rindi. Mashina yaqinlashgani sari umidim kuchaydi, men esa yo‘lning o‘rtasiga chiqib qo‘llarimni keng yoydim.

Ammo jin ursin, u mashina huddi ko‘zi ojiz odamnikidek to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustimga qarab kelardi, hatto sekinlashmadi ham. Yuragim ko‘kragimni yorib chiqayotgandek bo‘lib ketdi. Ko‘zlarimni mahkam yumdim, mashina yaqinlashib signal chalarkan, men bir qadam ham qimirlamadim.

Nihoyat, mashina shiddat bilan tormoz bosdi. G‘ildiraklarning chiyillashi quloqlarimni qomatga keltirdi.

Qo‘rquv bilan ko‘zlarimni asta-sekin ochganimda, ruldagi odamni ko'rib ko'zlarim kattalashib ketdi...

Jungkook

— Telbamisan?!
Mashina eshigidan tushgan erkak menga baqirib yubordi.
— Qoch yo‘limdan, aqldan ozgan qiz!

Yo hudo... bu aniq o‘sha — clubdagi yigit!
Jin ursin, faqat meni tanimasa bo‘ldi.

— H-haligi, janob... mazur tuting, ammo...

— Shoshma, sen haligi qizmisan?
U nigohini menga qadab, diqqat bilan qaradi. Shu payt yuragimni muz bosdi. Tamom bo‘ldim.

— Bu muhim emas, menga yordam bering! Meni bir telba quvib kelyapti, agar u meni tutib olsa...

— Hosh, menga nima?
U so‘zimni tugatishga ham qo‘ymadi.
— Yolimdan qoch, shoshilyapman. Muammolaringni o‘zing hal qil.

Jahlim chiqqanidan deyarli baqirib yubordim:
— Ikki og‘iz mastlikdagi so‘z uchun meni shunchaki shu o‘rmonda bir telba bilan tashlab ketmoqchimisiz?! Shunchaki shahargacha olib ketsangiz, nima o‘zgaradi?

To'g'ri u meni qutqarishga majbur emas lekin shunchaki yordam bersa ham hech narsa o'zgarmaydiku.

Uning betashvish, sovuq yuz ifodasiga qarab turib, uni shu joyning o‘zida parcha-parcha qilib tashlagim keldi. Qo‘llarim titradi. Ko‘zlarimni asabiylik bilan yumdim, yana ochdim — qarshimdagi ahmoq esa hanuz beparvo, ifodasiz nigoh bilan tikilib turardi. Keyin u mashinasiga o‘tirishga harakat qilarkan, yuragim birdan orqaga tortdi. Nima?! U meni rostdan ham shu yerda tashlab ketmoqchimi?!

— Shoshmang... janob, men sizga og‘zingizga siqqan pulni beraman! Oilamiz Koreyada juda nufuzli, otam sizni mukofotlaydi. Shunchaki siz bilan ketishimga ruhsat bering. Istalgan joyda tushirib qoldiring, faqat shu kimsasiz o‘rmonda meni tashlab ketmang...

Men uning kiymidan mahkam ushlab, deyarli yolvordim. Ishongim kelmaydi. Bu men emasman. Faqatgina oyoqlariga yiqilib, oyoqlarini o‘pmaganim qoldi. Bu yerdan bir amallab ketib olay. Keyin esa... bu ahmoqni tug‘ilganiga pushaymon qildirmasam Vinsent emasman!

— B*tch emasligingni chundim, ammo tilamchidek yopishishing nimasi? — dedi u muzdek ohangda.

U kiyimiga yopishgan qo‘llarimni dag‘al harakat bilan ajratib oldi. Yuragim o‘rtanib ketdi. Ha… gaplarim foyda bermadi. U so‘zsizgina mashinasiga o‘tirdi, eshikni qattiq yopdi. Nigohimda esa umid uchqunlari birin-ketin so‘nardi.

Ochiq-oydin edi: bu odamga pul kerak emas. Mening qo‘rquvli iltijolarim ham, otamning pullari ham unga hech qanday ta’sir qilmadi.

Mashinani ishga tushirayotib, u oynadan menga jilmayib qaradi va qo‘li bilan hayrlashdi. Yuragim qattiq siqildi. Meni shu yerda qoldirib ketayotgani unga zavq bag‘ishlayotgandek.

— U meni zo'rlaydi ! — jon holatda mashina eshigini ochishga harakat qilar ekanman u bir qoshini ko'tardi, ammo hali ham o'sha hotirjam ifoda.

— Muhimi orqangga qilishiga yo'l qo'yma babyyyy~ O'zingni asra...— U kozini qisib qo'ygancha ketishga shaylanar ekan, ohiri mashinani yo'lini tanam bilan to'sishga yana majbur bo'ldim. U esa hafsalasiz ho'rsinib qo'ydi.

— Il.ltomos..U o'ldiradi meni.. — U mening sohta masum nigohimga qaragancha koftamdan sezilarli shishib turgan ko'kraklarimga nigohini qadadi...so'ng tilini og'iz bo'shlig'ida aylantirgancha yana ko'zlarimga yaramas nigoh bilan qaradi.

Uning bunday qarashlaridan allaqachon asabiylasha boshladim, ammo hozir buning vaqti emas. U mening yagona imkonim.

— Mmm...kel shartnoma tuzamiz...Seni shu yerdan olib ketaman, evaziga esa mashinada kichik raund qilamiz.. Bo'lmasa uni qo'liga o'zim seni tutqazaman...

Birdan eshitgan so'zlarimdan ko'zlarim kattalashdi.. Qarshimdagi yigit sog' emas.. Ammo taqibchim meni tutsa bo'laklarga boladi !

Ohiri sabrim tugadi. Bu — mening chegaram edi va u allaqachon uni bosib o‘tdi. O'lsam ham, endi o‘zimni bu telbaga ortiq horlatmayman.

Yoldan chetga o‘tib, unga yo‘l ochdim.

— Marhamat, ketishing mumkin. Borgan joying — jahannam bo‘lsin! — dedim yuzimga asabiy tabassumni siqib chiqarar ekanman.

Tishlarimni g‘irchillatib gapirar ekanman, yuragim gup-gup urar, qo‘llarim titrardi. Uning sovuq-surbetliligi, betashvishligi meni ich-ichimdan yondirar edi. Ammo u hali ham kulardi.

— Unda jahannamda ko‘rishguncha, mushukcham, — dedi u ko‘zini qisib, yoqimsiz jilmayib.

Bu jilmayish — tamom meni masxara qilish edi. Chindan ham u meni shunchalar ahmoq deb o‘ylaydimi?

Uzoqlashib borayotgan mashinaga qaragancha yuzimda hamon g‘ayritabiiy bir kulgu paydo bo‘ldi. Ammo ichimda bo‘ron ko‘tarilgan edi.

Shunda qo‘limni shimimga qistirilgan, boyagina undan yolvorib kiyimiga yopishgan paytim uning belidan og‘irlagan to‘pponchamga cho‘zdim. Sovuq temirni ushlaganimda yuragimdagi g‘azabga kuchli, sovuq bir qat’iyat qo‘shildi.

Vinsent

Qurolni sinchkovlik bilan kuzatar ekanman, bu galvars oddiy inson emasligini darhol angladim. Otam tufayli qurol ishlatishni, ularning har birini farqlashni yaxshi bilaman. Qurolning o‘q joyini tekshirib chiqdim — to‘la. Shu payt qalin o‘rmon ichidan tobora yaqinlashayotgan shovqin eshitila boshladi.

Ha, demak o‘sha telba qochganimni sezib, ortimdan kelmoqda. Yaxshi, bu safar men ojiza emasman — endi qurollanganman.

Chuqur nafas oldim. Yuragim gursillab urar, lekin diqqatimni butunlay o‘sha ovozga qaratdim. Daraxtlar orasida qorong‘ulik sukunatni yutib yuborgandek, ammo shovqin tobora yaqinlashar, har bir yaproq shitirlashi yuragimni seskantirardi.

Unga qarshi qurol ishlatmaslik uchun hozircha eng to‘g‘ri yo‘l — bu yerdan g‘oyib bo‘lish. Oyog‘imni qo‘limga olib yugurib ketishni istayman, ammo bu o‘rmondan mashinasiz chiqishning iloji yo‘q. Bu joyda na yo‘lovchi, na boshqa mashina o‘tadi.

Ich-ichimda g‘alati his — men uni bu ahvolga tushishiga sababchi bo‘lganimni bilaman. Chunki u ilgari butunlay boshqacha edi… Ko‘zlarida nafrat emas, issiqlik bor edi. Endi esa… endi u butunlay boshqa odam.

Lekin hozir kechirim, pushaymon yoki o‘tganlarni eslash vaqti emas. Hozir men tirik qolishim kerak. Balki bu hudbinlikdir, lekin bu haqiqat — men o‘zim uchun birinchi o‘rindaman. Oldin ham shunday bo‘lgan, hozir ham, keyin ham shunday bo‘ladi.

Butalar orasidan sekin-asta odam sharpasi ko‘rina boshladi. Har bir qadami bilan yuragim tezroq ura boshladi — u men tomon yaqinlashayotgan edi. Harakatlarida yirtqichona shiddat, ko‘zlarida esa chuqur nafrat va g‘azab porlardi.

Uning bu ko‘rinishi qonimni muzlatib yubordi. Nafasimni ichimga yutgancha bir qadam ortga tisarildim. Qorong‘ulikda u yanada dahshatli ko‘rinar, og‘ir nafaslari esa atrofni to‘ldirib, go‘yo yirtqich hayvon o‘z o‘ljasiga yaqinlashayotgandek tuyulardi.

Men esa shunchaki qotib qolgandim — qo‘rqinch, hayrat va ichimni kemirayotgan pushaymon birlashib, tomirlarimni muzlatib qo‘ygandi.

— Qanday hadding sigdi, ha?!
Jake tishlari orasidan vishillagancha menga yaqinlashardi. Har bir so‘zi g‘azabga to‘la, ovozidagi titroq esa ichidagi yovvoyi alamni yashira olmasdi.

— J...Jake, yaqinlashma, — dedim qo‘rquv bilan, qurolni ikki qo‘llab unga to‘g‘rilarkanman.

U bir lahza to‘xtadi. Nigohi qurolimda, keyin esa yuzimda. So‘ng lab burchaklari sekin yuqoriga ko‘tarilib, o‘sha tanish, lekin hozir dahshatli tuyulgan kulgisini chiqarib yubordi.

Uning kulgisi ormon jimligiga yoyildi — yirtqichning g‘olibona, jirkanch kulgisi. Shunda tanamni larzaga solgan haqiqatni his qildim: u endi avvalgidek Jake emasdi.

Qo‘llarim titrar, ammo qurolni yanada mahkam siqib ushlardim. Barmoqlarim oqargancha sovuq metallni siqib turdim.

— Meni shu qurol bilan o‘ldirasanmi, sevgilim? — dedi u past, ammo dahshatli osoyishta ovozda. Lablarida esa yirtqichona, iblisga xos tabassum o‘ynardi.

Uning ko‘zlari qorong‘ulikda chaqnardi. Har qadamida quruq yaproqlar g‘ijimlanib tovush chiqardi, bu esa yuragimni yanada siqardi.

— Men hazillashmayapman, Jake! — ovozim titradi, ammo o‘zimni dadil ko‘rsatishga urindim. — Yaqinlashma. Shunchaki ketishimga qo‘yib ber. Senga zarar yetkazmoqchi emasman.

Jake kuldi — bu kulgi ich-ichimni muzlatdi.
— To‘g‘ri aytding. Sen buni avval ham qilgansan. Qurolsiz meni tirik murdaga aylantirgansan. Endi esa yakunlamoqchimisan? — so‘zlarining har biri o‘tkir pichoqday yuragimga sanchilardi.

U har bir jumlasi bilan bir qadam yaqinlashar, men esa orqaga tisarilar, oyoqlarim ostidagi qum va yaproqlar shitir-shitir ovoz chiqarardi.

— Meni his-tuyg‘ularim bilan o‘ynading... — dedi u past ovozda, boshi biroz egilgancha. — Endi seni qo‘yib yuboraman deb o‘ylaysanmi? Seni... o‘zimniki qilmaguncha tinch qo‘ymayman.

Uning nigohi yovvoyi, ammo og‘riqqa to‘la edi. Shu nigohda nafaqat g‘azab, balki sinib ketgan muhabbat ham yashirin edi.

Jake

— Qiziq... qo‘lingda menga qarshi tutilgan quroling bilan ostingni* yirtganimda ham shu jasoratni saqlab qololasanmi... sen bilan o'tkazadigan to'rt raundimdan keyin ham mening qarshimda shunday mag'rur va tik oyoqda tura olasanmi?

Uning ovozidagi sovuq masxara yuragimni ezdi. Yana bir qadam tashladi — endi u mendan atigi 2 - 3 metr narida edi.

— Valdirashni bas qil... — dedim ovozimni qaltirashdan to‘xtata olmay.

Gapimni tugatmasimdan, u keskinlik bilan qo‘limga yopishmoqchi bo‘ldi. Men epchillik bilan chap berdim. Ammo u yana hujumga o‘tgach, boshqa ilojim qolmadi — tepkini bosdim.

O‘q ovozi o‘rmon jimligiga keskin sado berdi. Jake tizzalab yerga yiqildi. Ko‘zlari hanuz menga qadalgandi. Qorin tomonini bosib, titragan qo‘li bilan jarohatini bosdi...

Men shunchaki tomosha qilib turdim. Uning ko‘zlari yumila boshladi — jonsiz murda kabi tanasi yerga yiqildi. Qolimdagi qurolga tikildim; qo‘lim qaltirardi. Uni o‘ldirdimmi? — deb o‘ylab, uning yoniga bordim. Asta uning bo‘yniga sovuq, titrayotgan barmogimni tekkizib, nafas olishini tekshirdim. Juda susayib qolgan edi. Qon oqardi. Ko‘ftamni yechib, qonni to'xtatishga harakat qildim, so‘ng uni sudrab daraxtga suyab qo‘ydim. Tirik qolish ehtimoli past — men unga ortiqcha yordam bera olmadim. Ehtimol bu uning oxirgi manzili bo‘ldi.

O‘zimni yig‘ib olib, uy tomonga bor kuchim bilan yugurdim.

Uyga yetib, u yashiringan narsalarimni tezda topdim. Keyin mashina kalitini olib, darhol chiqib ketdim — bu yerni qancha tez tark etsamm, shuncha yaxshi.

Mashina ichiga o‘tirgach, avval telefonimni yoqib, otamning raqamini terdim. Allaqachon otam bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgandi. Uzoq ushlab o‘tirmasdan, otam javob berdi.

— Dada… — deb, ovozim titrab, qisqa qilib boshida hansiradim.

— Vinsent, ovozingga nima bo‘ldi? Qayerdasan? Nega telefoning o'chirilgan?

— Ota, men zudlik bilan Koreyaga qaytishim kerak.

— Yaxshi. Kotib Kan bilan gaplashdim — ishlarni hal qilasan. Lekin nima bo‘ldi? Yana nimani boshlading?

— Bordimda hammasini aytib beraman.

— Yaxshi. — otam qisqa javob berdi.

— Ha, aytgancha… manzil yuboraman. Odamlarga ayting, izlarimni tozalashsin.



















Quyuq o'rmon. Mayin shamol esishi ulkan daraxtlarning uchini qimirlatmoqda. O'rmon bo'ylab joylashgan uzun katta yo'ldan o'tayotgan mashina, bir necha daqiqalik yo'ldan so'ng burilishga yetib keldi. Keng va butalarning 2ta mashina yonma yon sig'ib kirishi uchun maxsus uzoqroq ekilganidan hosil bo'lgan yo'lak ko'rinadi. U mashinasini burib, ichkariga kirib bordi. Ko'p o'tmay, navigatorning "yetib kelganligi" haqidagi bildiruvchi signal sabab yigit mashinasini to'xtatdi. Bir necha metr uzoqlikda turgan qora mashina u kutgan insonniki ekanligini raqamiga qarab aniqlagach mashinasidan tushdi. Qimmat poyabzalning yashil va singan shoxlar ustiga bosilganidagi chiqadigan ovoz hamda viqor uning savlati qanchalik yuqori ekanligini belgilab bermoqda. Jeon Jungkook. Hatto qadam tashlashida ham boshqa insonlarda qorong'u qo'rquvlikni uyg'otadi.

Jungkook mashinaga tobora yaqinlashib borarkan, uning bir necha bor silkinishi va ichidagi ehtirosni qo'zg'atuvchi ovozlar allaqachon mashina ichidagi muhitni yaqqol sezdirardi.

– U kelguncha ulgurmaymiz deb o'ylayman, – dominantlikni qo'lga olgan kishi misoli erkakning ustida o'tirgan ayol, yigitning lablaridagi ho'l bo'sasini uzib boshini yuqoriga qaratib baqirib yubordi.
– Nega? – go'yoki savolning javobini bilmagandek tutdi o'zini yigit, qizning belidan tutib tanasiga monand moslashtirgancha.
– Chunki ko'prog'ini hohlayabman, - ochiqchasiga bildirgan istagini ikkisining ham kulgu ovozi bosib ketdi.

Mashina ichida bo'lsada gaplarni yaqqol eshitib turgan Jungkook, bir necha bor hansirash ila chiqqan nolalar tufayli yuzlarini burishtirdi. O'ylab o'tirmay mashina eshigini ochib yuborar ekan, tanasiga urilgan sovuqlikdan seskanib uni yopgan qiz, yigitning ko'ksidan uzoqlashgancha uni bekitdi.

– Jungkook?
– Aloqa tufayli quloqlaring tom bitganmi yoki shahar ichida miyyangni tashlab keldingmi? – u noroziligini bildirar ekan, yigit kiyimlarini qizni ustiga yopgancha, do'stiga "hozir" dedi.

#Davomi_bor...