January 5

Mine

Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash oson, lekin to'xtatish juda qiyin~

Episode 8

Jungkook shoshilinch ravishda pastki qavatga tushdi. Pastda hali to'liq tarqalib ulgurmagan xizmatchilar uni ko'riboq hushyor tortib, yana saf tortib tizildilar.

— U qayerda?.. SOOLIN QAYERDA?!

Jungkookning g'azabga to'la ovozi butun uyni larzaga soldi.

Jungkokning jahl otiga minishi yuzini dahshatli tusga kiritgan edi. Uning chaqnab turgan ko‘zlari xuddi xizmatkorlarning jonini sug‘urib olayotgandek edi. Xizmatkorlar esa qo‘rquvdan titray boshladilar.

Jungkook og‘ir nafaslar ostida javobni kutar ekan, xizmatkorlar orasidan yoshi kattarog‘i jur’at bilan mas’uliyatni zimmasiga olib, bir qadam oldinga chiqdi. Uning ko‘zlariga qarashga botinolmay, yerga tikilgancha past ovozda dedi:

— Kichik xonimdan 20 daqiqa avval xabar olganimizda, yuqorida, o‘z xonalarida rasm chizayotgan edilar.

— Sizlarga uni yolg‘iz qoldirmang, deb aytmaganmidim?! Nega xonasida yo‘q? Qayerga qarayapsizlar?!

Jungkookning g‘azabga to‘la baqirig‘i xonani yana larzaga soldi.

Keyingi daqiqada Jungkookning g‘azab bilan xonadagi shisha buyumlarni uloqtirib sindirgan ovozi jarangladi. Har bir sindirilgan buyum uning ichidagi portlayotgan jahlining aks-sadosi edi.

— Hoziroq... hoziroq uni toping! AGAR TOLA SOCHI TOKILADIGAN BO‘LSA, BARCHANGIZNI MAYDALAYMAN!

Jungkookning qahrli ovozi devorlarga urilib, xizmatkorlarni o‘z joyida qotirib qo‘ydi. Qo‘rquv ularga nafas olishga ham imkon bermayotgandek edi.

Besh daqiqadan so‘ng butun uyda qidiruv boshlandi. Uy juda katta bo‘lib, bir kishining yo‘qolishi hech kimni hayron qoldirmasdi. Uy atrofini va tashqarisini yigitlar tekshirib chiqdi, ichki qismini esa xizmatkor ayollar qidirdi.

Jungkook esa hammaga o‘z vazifalarini taqsimlab, ishxonasiga tomon yo‘l oldi. U yerda uy ichidagi barcha yashirin kameralarni kuzatish imkoniyati mavjud edi.

Jungkook qoshlarini chimirgan holda, Soolinning honasiga qo‘yilgan kamera yozuvlarini tekshirardi. U yarim soat oldingi tasvirlarga qaytarib, qizning harakatlarini diqqat bilan kuzatdi. Videoda, qiz asta-sekin eshik tomon yurdi, eshikni ochib, unga chiqib ketayotganini ko‘rdi.

Jungkook, kameralar orqali Soolinni zinadan tushayotgani va keyin bir zinaning orqasiga yashirinib olganini ko‘rdi. Bu harakatni kutmagan Jungkook, yanada qiziqish bilan uni kuzatishda davom etdi. Shu payt oshxonadan xizmatkorlar shoshilib chiqib, Jungkookni kutib olish uchun yo‘l olishdi. Shunda Soolin zinaning orqasidan chiqib, oshxonaga yugurib kirib ketdi.

Jungkook videoni tezlatib, hozirgi vaqtga yetkazdi. U, Soolinning oshxonadan chiqmaganini ko‘rib, shoshilinch tarzda pastki qavatga tushdi.

Oshxonada hech kim yo‘q edi, bu holat Jungkookning gazabini keltirib chiqardi va uning qoshlarini chimirdi. Kameralar orqali Soolinning oshxonaga kirganini ko‘rdi, ammo bu yerdan chiqmaganini ham. Birdan uning xayoliga orqa hovliga olib boruvchi eshik keldi, va u tomon borib, eshikning ochiq ekanini ko‘rdi. Bu eshik, Jungkookning buyrug‘iga ko‘ra, qulflangan bo‘lishi kerak edi. Uning gazabi yanada ortdi va tezda oshxonadan orqa hovliga chiqib ketdi.

Albatta, tun yarmiga yetgan edi, ammo uy atrofidagi chiroqlar hali ham yoritib turar, qorong‘ulikni yengib chiqayotganidek, uy atrofida yorug‘likni saqlab qolayotgandi.

Jungkook har bir burchakni diqqat bilan kuzatib borar ekan, birdan qulog'iga yaqin joydan noma'lum bir tovush eshitildi.

Ovozning qayerdan kelayotganini aniqlash uchun atrofni diqqat bilan tekshirgan Jungkook, tovushning tomdan kelayotganini anglab, nazarini yuqoriga, tomga qaratdi.

Tomda o‘tirgan qizni ko‘rgan Jungkookning aqli chalg‘ib, birdaniga shoshib qoldi.

Qiz tomdagi nimanidir qattiq quchoqlab, uning yonidan ag'darilib tushmaslik uchun bor kuchini sarflar edi. Har bir harakatida ehtiyotkorlik va xavotir sezilardi.

Jungkook, aqlini yig‘ib, omborga tezda yaqinlashdi.

— "SOOLIN!"

Qiz, uning ovozini eshitib, birdan pastga qaradi.

— Jungkook

Qizning ko‘zlarida umid chaqnadi.

— Ahmoq qiz, u yerda nima qilyapsan? — uning ovozi g‘azab va xavotir bilan jarangladi.

— M... m... men... — qizning ovozi titradi.

Yigit asabiylik bilan peshonasini ishqaladi, ko‘zlari bilan qizni sinchkovlik bilan kuzatar edi.

— Yana qanday bahona topmoqchisan? — uning ovozi sovuq va talabchan yangradi.

— Shunchaki… meni pastga tushishimga yordam bering! — qiz o‘jarlik bilan talab qildi.

Yigit uning gapi ustidan kulib qo‘ydi va qo‘lini yon cho‘ntagiga tiqdi.

— Nega endi? U yerga qanday chiqqan bo‘lsang, shunday tush. Umid qilamanki, yuqoriga chiqishdan oldin tushish haqida ham o‘ylagansan, — dedi u kinoya bilan.

Qizning hafsalasi pir bo‘ldi, lekin yana o‘jarlik bilan o‘zini tutib oldi va joyidan siljidi.

— Yaxshi, yordam bermasangiz ham, o‘zim eplayman! — dedi qat'iyat bilan.

U asta-sekin o‘rnidan turib, tomning qiyshiq qismlari ustidan yurishga tushdi. Biroq hali ikki qadam ham tashlamay, oyog‘i qayrilib ketdi va muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqilib o‘tirdi.

— Soolin, shoshma... qimirlama..! — yigitning ovozi havotir bilan jarangladi. Qizning yiqilib tushishi uning yuragiga xavotir solgan edi.

Jungkook atrofga qaraganida, allaqachon bir necha odamlari atrofiga yig‘ilgan edi. Ularning yuzidagi qiziqish va hayrat aralash nigohlar uni g‘azablantirdi.

— Nimani tomosha qilyapsiz?! — u o‘tkir nigohlarini yig‘ilganlarga tikdi. — Hoziroq narvon keltiring!

Yigitning qattiq baqirishi ularni o‘ziga keltirdi. Odamlari shoshib, harakatga tushishdi.

Jungkook esa ko‘zini qizdan uzmas, uning xavfsizligini ta’minlash uchun bir soniya ham beparvo bo‘lishni istamasdi.

Bir necha daqiqa o‘tmay, qo‘riqchilar narvon keltirishdi. Jungkook narvonga qadam qo‘yib, Soolin tomon yuqoriladi. U qizga yaqinlashgach, uning yonida tiz cho‘kib, qo‘lini ushladi.

— Qani, bu yoqqa kel. Asta, — dedi u yumshoq, ammo qat'iy ohangda.

Jungkook qizning qo‘lini tutganida, uning qo‘llarining sovuqdan mazdak tortganini his qildi. Soolin yupqa kiyimda kechki sovuq shamol ostida ancha vaqt qolib ketgandi.

Qiz tomdan ehtiyotkorlik bilan uzildi va Jungkookning bag‘riga mahkam yopishdi. U sovuqdan titrab, yigitni quchoqladi, ammo bu quchoq nafaqat sovuqdan, balki ichidagi qo‘rquvdan ham edi.

Jungkook uni mehr bilan avaylab quchdi.

U Soolinni ehtiyotlik bilan narvondan pastga olib tushdi.

~~~

— Xo‘sh, endi gapirasanmi? — dedi Jungkook sabrsizlik bilan, nigohini qizdan uzmay.

U kamin oldidagi yumshoq divanda, yopinchiqqa o‘ranib olgan Soolinni kuzatardi. Qizning qo‘lida iliq sutli qahva bor edi. Lekin u hali ham biror so‘z aytishga shoshilmasdi, faqat finjonning issiq tutqichini barmoqlari bilan ezg‘ilardi.

Jungkookning sabri tugayotgan edi. Uning ovozida yengil g‘azab va xavotir aralashgan ohang sezildi.

— Nima uchun tomga chiqding? O‘zingga zarar yetkazishing mumkinligini o‘ylamadingmi?

Soolin boshini egdi.

— Haligi, men shunchaki...

— Chaynalma, nima shunchaki? Nega yarim tunda oshxonadagi yashirin eshikdan otib tomga chiqib olding? — yigitning yuzi jiddiylashdi, va qizga yaqin keldi.

— Nima, yoki qochishga urindingmi?

— Yo‘q, yo‘q, unday emas, — qiz keskin rad etdi.

— Men shunchaki honada juda zerikdim va pastga, oshxonaga tushishga qaror qildim. Keyin ularni qayoqqadur shoshishayotganini ko‘rdim, va ular ketgandan so‘ng haligi... oshxonaga shirinlik uchun bordim. Shunchaki biroz shokolad yemoqchi edim, xolos. Keyin oshxona eshigi ochiq edi, yaqinlashganda mushuk ovozini eshitdim. U tashqarida, tomda edi. Havo juda sovuq, u esa juda kichik. Men unga yordam bermoqchi edim. Uni olib tushish uchun daraxt orqali chiqdim, ammo mushukchaga yaqinlashganimda u qochib ketdi. Qasam ichaman, men unga hech narsa qilmagandim hali. Shunchaki unga yordam bermoqchi edim... Keyin esa o‘zim tusha olmay, o‘sha yerda qolib ketdim...

Qiz past ovozda, finjonni ushlab, yuzini yerga qaragan holda gapirar edi.

Sovuq tufayli burni namlangan va har bir gapida pushti burunchasini tortib qo‘yardi.

— Nima? — Jungkook bir daqiqaga qizning aytganlarini miyyasida tahlil qilib, qarshisidagi qizga ahmoqqa qaragandek qaradi.

— Sen... — dedi u, og‘ir nafas olib, asabiy tarzda barmoqlari bilan sochini ortga tarab.

— Nima, men? Men yomon ish qilmadim, — qiz qollarini ko‘ksiga bog‘lab, qilgan ishidan faxrlanib, ko‘zlarini kaminga ko‘chirdi.

Soolin

— sen qiz osmondan yoki shifokorlarni qo'lidan tushkansan

— Sen sog' emassan.

— Ha-ha, menga ishon, menimcha, miyyangda muammo bor.

Yigit qizning ustidan kulishda davom etdi.

— Hech ham unday emas, men juda aqilliman. Agar bilsangiz, meni dadam doimo "aqilli qizim" deb aytadilar.

Qiz lablarini shishirgancha, norozi ohangda.

Qizning bu yoqimtoy harakatlari Jungkookni aqildan ozdirardi.

— Seni hatto o'sha kichkina mushukchalik ham aqling yo'q. Aqlimga sig'dira olmayapman, rostan ham shunday qilganingga. Ha, yana, agar biror narsani yeyishni hohlasang, shunchaki hizmatkorlarga ayt, men ularga aynan shu ishlarni qilishlari uchun haq to'layman.

— Men to'rt xil tilda gaplasha olaman va barcha fanlardan juda alohida bilimga egaman.

Qiz ozidan fahrlandi, mushukchaga aqlini taqqoslashgani uchun jahl qilgan holda javob qaytardi.

Jungkook honani to'ldirib kulib yubordi.

— Sen allaqachon 18 yoshdasan, ammo nazarimda miyya faoliyating o'sish darajasi 5 yoshingda to'xtagan.

Jungkookga qizning yosh bola harakatlari va yoqimtoy qiliqlari yoqayotgani uchun u yanada jahlini chiqarishga kirishdi.

— Ha-ha, juda kulguli! Kulishda davom eting, hayirli tun!

Qiz jahldan, ustidagi yopinchiqni kuch bilan yerga tashladi. Jungkook uning bu qilig'idan yanada rohatlanib, kulgusini yashirmay, ochiqchasiga qizning ustidan kulardi.

– Men honamga ketyapman, sizga esa hayirli tun, – dedi qiz, ikki qadam tashlashga ulgurmay, o'zini Jungkookning keng yelkalarida ko'rdi.

– Nima qilyapsiz? Meni tushiring!

Jungkook zinalardan yuqoriga ko'tarila boshladi.

– 5 yoshli qizaloqlar uchun bu zinalar juda xavfli, – dedi u, jiddiy yuz bilan, ammo hazil aralashtirib.

Qiz, tippirchilab, tushirilishini talab qilar ekan, Jungkook uning ortiga yengil bir shapaloq urdi va qiz tinchib qoldi.

– Aqlli qizaloq, shunday davom et, – dedi Jungkook, yuzida kulgu belgilari paydo bo'ldi.

Tipa shunaqa kotarb ketvotti🌚

~~~

— Soyun, senga hammasi yaxshi bo‘ladi deb aytolmayman, ammo menga ishon, senga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymayman.

Yigitning gaplaridan qiz bir oz o‘ylab qoldi va qarshisidagi undan javob kutayotgan yigitga nazar tashladi. U qizning bolaligidan do‘sti bo‘lsa ham, qiz unga nisbatan ko‘proq narsani, dostlikdan ko‘ra chuqurroq tuyg‘ularni his etardi. Ammo buni yashirardi, chunki yo‘qotishdan qo‘rqar edi. Shundoq ham ular o‘zgalariga nisbatan yaqin emas, va agar unga his-tuyg‘ularini aytsa, butunlay uzoqlashib ketishlari mumkin edi. Shuning uchun Soyun, Fransisga nisbatan bo‘lgan tuyg‘ularini yashirishga majbur edi.

— Yaxshi, men roziman, —
Qiz nihoyat rozilik berdi. Aslida, yigit uning roziligini allaqachon bilardi, chunki qiz unga hech qachon rad javobini bermagan.

— Ajoyib, rahmat Soyun. Menga yordam berishingni bilardim.
Yigit yuziga tabassum solib, qizni bahriga bosdi.
Qiz iliqlikni his qildi, va bu iliqlikning hech qachon uni tark etmasligini, doim uning bilan bo‘lishini istardi. Ammo bu istak faqat bir tomonlama edi.

Soyun

Yigit qizni bag‘ridan bo‘shatar ekan, yana nigohlari to‘qnashdi.

— Frensis, o‘sha qiz senga nima uchun kerak o‘zi? Jungkook tufayli undan foydalanishing to‘g‘ri emas, nazarimda, — dedi Soyun tashvish bilan.

Frensis uning gapini sal bo‘lsa-da jiddiy qabul qilganday bosh irg‘adi:
— Soyun, men unga shunchaki yordam bermoqchiman. Bu uning uchun ham yaxshi.

Soyun hafsalasiz atrofga ko‘z yugurtirdi. Nigohlaridagi bezovtalik yashirinmadi:
— Negadir ko‘nglim notinch... Kel, shu ishni boshlamay, tugatib qo‘ya qolaylik. Jungkook juda qudratli ekanini bilasan. U bilan yillar davomida birga ishlayapman. Hech kim hali-hanuz uni yengolmagan.

Frensisning nigohlari qat'iy edi:
— Menga ishon, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz unga kutilmagan joydan zarba beramiz.

Soyunning yonoqlaridagi qaltirash sezilib turardi:
— Ammo qizaloq-chi? Unga nima qilasan?

Frensis chuqur nafas oldi va sovuqqina ohangda javob berdi:
— Uni otasiga topshiraman. Qizaloqqa achinmaysanmi? Kim bilsin, hozir o‘sha marazning qo‘lida qanday ahvolda ekan...

— Seningcha, Janob Jeon unga nimadir qiladimi? — Soyun xavotir bilan so‘radi.

Frensis esa istehzoli kulimsirab, yelkasini qisdi:
— Soyun, sen chindan ham Jungkook uni mehribonchilik uchun olib ketgan, deb o‘ylaysanmi? Aqldan ozdingmi? U shu kungacha nimalar qilmagan, bilasan-ku! Agar qiz hali tirik bo‘lsa, bu o‘ziga yarasha yangilik. Va, albatta, buning sababi bor.

Soyunning ko‘zlari xavotir bilan chaqnadi, ammo Frensis davom etdi:
— O‘zing o‘yla: endigina 18 yoshga kirgan qizaloq... Ahvolini tasavvur qilsam, yuragim ezilib ketyapti. U yirtqich qo‘liga tushgan bo‘lsa, bundan yaxshilik kutishning o‘zi ahmoqlik.

~~~

— Hoy, quyoncha, sakrashni bas qilsang-chi! — dedi Jungkook kulimsirab, qizni tinchlantirmoqchi bo‘lib.

Ammo qiz yumshoq yotoq ustida qiqirlab, tinmay sakrardi:
— Jungkook! Keling siz ham! Bu juda ajoyib! — dedi u beg‘ubor quvonch bilan.

Jungkook uning shodon qiliqlarini kuzatib, yengil kuldi. Qizning beg‘uborligidan qalbi erib ketganday, uni sekin qo‘lidan tortdi:
— Bo‘ldi endi, quyoncha, uhlash vaqti keldi.

U qizni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa yotqizdi. Qizning kulgisi asta-sekin tinchlangan, ammo yuzidagi beg‘ubor tabassum hali ham qolgan edi.

Jungkook yotoq yonidagi stulni sekin tortib, unga o‘tirib joylashdi. Unga qarab yotgan qizning yuzidagi quvonch hali so‘nmagan edi. Jungkook uning beg‘ubor nigohlariga bir muddat termuldi, so‘ng muloyim ohangda gapirdi:

— Yum endi shu munchoq ko‘zlaringni...

Qiz yuzini yostiqqa bosib, nigohlarini Jungkookka tikdi. Bir oz jimlikdan so‘ng, uning ovozi xuddi shivirlashdek eshitildi:

— Nega har tun mening yonimdasiz? Siz uxlamaysizmi? Yoki meni tunda qochib ketadi, deb o‘ylaysizmi?

Jungkookning ko‘zlari o‘zgarmas, ammo ichki tuyg‘ulari chulg‘anib ketgandek edi. Qiz esa yengil kulib qo‘shib qo‘ydi:

— Agar shunday o‘ylayotgan bo‘lsangiz, havotir olmang. Men qochib ketmayman.

Jungkook lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi. Bir muddat qizning beg‘ubor so‘zlari qulog‘ida jaranglab turdi. Ammo u javob bermadi — shunchaki chuqur nafas olib, qizga tikilib o‘tirishda davom etdi. Nigohlarida o‘ziga xos sir bor edi, ammo bu sirni aytishga hali shoshilmasdi.

— Hoooy, nega shunchalik tikilib turaverasiz? — dedi qiz xijolat bo‘lib. — Bu qanchalar noqulayligini bilasizmi o‘zi?

Uning yuzi qizara boshladi. Buni sezgan qiz shoshib yuzini ko‘rpa bilan yopib oldi.

Jungkook kulimsirab, stulda biroz oldinga engashdi:
— Yashirinmang, quyoncha... Sizning qizarishingiz yanada yoqimtoy ko‘rinadi.

Qiz ko‘rpa tagidan xuddi norozilik bildirganday ovoz berdi:
— Bas qiling! Bunday gaplaringizni eshitishga hali tayyor emasman...

Jungkook yelkasini qisib, yana kulib qo‘ydi. Ammo qizning ko‘rpa tagida ham yuragi tez-tez urayotganini u yaxshi bilardi.

— Bo‘ldi endi, qani, chiq bu ko‘rpa tagidan, — dedi Jungkook yumshoq ohangda.

Qiz asta yuzini ochib, unga qaradi. Nigohlarida hali ham beg‘ubor qiziqish bor edi.
— Endi menga va’da berishing kerak, — dedi Jungkook bir oz jiddiylashib.

Qiz qiziqib uning gapining davomini kutdi:
— Mendan hech qachon qochib ketmaysan.

Qiz tabassum qilib, qoshlarini chimirdi:
— Agar qochib ketsam-chi? — deya hazillashdi.

Jungkook sekingina oldinga engashib, uning burniga qaradi:
— Unda mana shu mitti burunchangni tishlab olaman!

Bu gapdan qiz qiqillab kulib yubordi, ammo Jungkook hazilni chindan ham amalga oshirdi — uning burun uchini muloyim tishlab qo‘ydi va beozor qitiqlashni boshladi. Qiz tipirchilab, qochishga harakat qila boshladi:
— Bo‘ldi, bo‘ldi! Qoyib yuboring! Va... va’da beraman, sizdan qochib ketmayman!

Jungkook qoniqib jilmaydi va qizni asta yotqizib, ko‘rpasini tuzatdi. So‘ng muloyim ohangda, peshonasidan o‘pib qo‘yib, pichirladi:
— Aqlli qiz. Endi uxla...

Qiz ko‘zlarini yumarkan, yuzidagi beg‘ubor tabassum hali ham so‘nmagan edi. Jungkook esa uning tinch uyquga ketishini kuzatib, bir zum bo‘lsa-da, tinchlik topganday edi.

Jungkook

#Davomi_bor...