STIGMA
Maxsus xizmatchilar , offiserlar , tergovchilar va kommisarlarga to'lgan bu davlat bo'limda har payt jinoyatchilar so'roq qilinar va o'z hukmlarni olar , bazida esa qiynoqga solinar va kerakli jazoni olardilar ammo adolat ustida turuvchi deya nomlangan bu binoda...chirkin ishlar ham bo'lar va ayni damda 8D xonasida tergovchining so'roqlari emas , ehtirosli nolalari eshitilardi.
Tergov o'rindiqlardan biriga tiralgan qiz , u bilan birga aloqa qilayotgan jinoyatchining bo'yniga o'z qo'llarni bog'lar ekan , bu ishning eng so'nggi lazzatini his qilish istagi bilan unga talpinalardi.
– Tergovchi xonim sakirashni ham bilar ekanda!? – deya qizning sochlarini changalladi va quloqlariga pichirladi – istaganingni olish uchun , ko'proq sakra!
Uning aytganlarini so'zsiz bajargan tergovch ish yakunida holsiz o'zni yana o'rindiqga tashladi va kishanglangan qo'llari bilan unga mazahomuz ifoda bilan qarab turgan erkakga :
– Sizdek la'nati sabab ham men ham jinoyatchi bo'lganimga ishongim kelmaydi... – ammo bu uni zarracha ham e'tborini tortmadi. Kishanlangan qo'llari bilan qizning oldiga yurib kelgan bu shaxs qo'llarini unga uzatdi.
– Miyeon‐aa , qo'limni ozod qil. – qiz hech ikkilanishsiz undan kishanlarni yechdi , ammo hali hamon o'zini 3oydan beri unga bag'ishlayotgan jinoyatchiga ham ehtiros ham nafrat bilan qaradi.
– Buni qachongacha davom ettirmoqchisiz? – qo'llariga sigaret tutgan bu insonga qarashdan zerikmagan holda so'radi.
– Hammasini! Biz bilan o'yin o'ynashni. Seuldagi har bir qottilikga aloqangiz qo'shilishini. Qachon bulardan zerikasiz?
– Bugun Byeol Galleriyasida ham qotillik bo'lishini senga aytgan edimi? Aloqamiz orqali chalg'idim essiz. – deya u qizga e'tbor bermay sigaret chekishni davom etdi va qo'liga kichik nam salfetkalardan birini olib , Miyeon tomon yana bir bor yaqin keldi , egildi va qo'lidagi namlikni uning nozik joylariga bosdi‐yu – Bu ishni bosdi-bosdi qilasan babe. Kelishdikmi? Hech qanday muzorakalarsiz 2hafta ichida ishni yopasan.
– Ammo..– U ostidagi bosim bilan erkakga qaradi va lablaridan chiqgan so'zlarni zo'rg'a balandlati. – Ishni menga berishmasa , buni iloji yoq...
– Unda..keyngi safar bu xo'l ifloslik... qizil qon bo'lib ostingdan oqishni ta'minlayman!
Seul markazida joylashgan ammo hech ham gavjum bo'lmagan Byeol Galeriyasida bugun , SKY universtetlari tomonidan yaratilgan asarlar ko'rgazmasi bo'lib o'tardi. Shu sabab ham bugun tongdan buyon talablar bu yerda mashaqattli mehnatlarni amalga oshirishardi. Guruhlarga bo'lingan bu insonlar , o'zgacha uslub bilan turli xil haykallaru , suratlarni joylashtirishar va bu orada mazmunli vaqt o'tkazishardi ammo..ular orasida ajralib turgan bir qiz o'zi yaratgan ulkan asarni markazdan jim kuzatar va har qaraganda o'zi bundan ma'no qidirishga shoshardi.
– Nuna? Nega bunday tiklib qoldingiz? – o'zidan bir kurs kichik bo'lgan bu yosh yigit Sorining oldiga yaqinlashar ekan qo'lidagi kichik haykalni suratning chap tomondagi o'rinlaridan biriga qo'ydi va qizning oldiga turib olib , o'zi ham suratga tikildi.
– Eng zo'r ish sizniki ekanligini o'ylayabsizmi nuna?
– Aksincha , haykaltaroshlik bo'yicha ko'rgazmaga tayyorlanmaganimga afsuslanmoqdaman. – deya quruq javob berdi.
– O'zingizdan buncha nolimang nuna. Menimcha ham bu haykallardan ko'ra ancha ta'sirliroq asar..ammo
– Nima ammo? – deya yigitga o'z nigohini ko'chirdi.
– ammo..bu biroz qo'rqinchilidek. Lekin jozibali. Na farishta na inson. Bundayin uslub juda ko'p qo'llanganligi rost. Shu sabab hissiy jihatdan bo'lsa ham ko'plar realistik suratlarni chizishdi ammo siz , doimgidek g'alati.
– Buning o'z ma'nosi bor...ammo barcha o'ziga kerakli ma'noni yaratishi kerak. Shu sabab ham tavsif yozmadim...
Soatlar ketidan soatlar o'tib galeriyadagi bu ajoyib ko'rgazma o'z nihoyasiga yetar ekan. Tushdan keyin bu yerda yolg'iz qolgan talablar bugungi ajoyib kuni nishonlash uchun kechgi bazim qilish va birga ovqatlanish uchun tamadi xonaga borishga shaylanadi.
– Sen biz bilan bormaysanmi Sori? – deya so'radi uning guruhdoshlaridan biri.
– Jungwoo va Sarang ham men kabi guruh yetakchilari edi. Ammo bildingizki ularni muhim ishlari chiqib qolib bu yerdan ketishdi. Ammo bir nechta hujjatlar va kerakli ma'lumotlarni tayyorlab universtetlarga jo'natishimiz kerak. Shu sabab bugun men sizlar bilan borolmayman.
– qo'ysangchi kwon xonim! Bundayin fidokorlik kerak emas.
– Bu fidokorlik emas..ammo ertaga tongacha barchasini hal qilishim kerak. Har holda sizlar bilan borsam mast bo'lib aniq gap eshitaman. — deya ular bilan hayrlashdi va oxirgi bor zaldagi ko'rgazmalarga tikilib arxiv deya nomlangan , ombordek xona tomon keta boshladi.
[ Ichki giyohvandlikka qarshi kurash bo'limi. ]
Bugun ham Seul politsiya mahkamasida kundalik ishlar davom etar edi. Ayniqsa, mahkamaning 4-qavatida joylashgan Giyohvand moddalar bo‘yicha bo‘limda kech tushganiga qaramay ishlar kamaymas , aksincha ko'payar edi
Har kim o'z ishi bilan band , telefon qo'ng'irqolariga javob berishar , maxsus guruhlar bilan topishirqlarga jonashar va ekspirtiza ishlarni o'tkazar edilar.
Ularning orasida bo'lgan tergovchi Miyeon biroz chetga tortilgan edi. U yengil kashandalikga qaram bo'lmasa-da, barmoqlaridagi sigaretni taqiqlangan bo'lsada chekar , ichida to'lib-toshgan fikrlar bilan yondirilmagan tamaki kabi so‘nib borardi. Uning nigohlari ko'rpa ustiga tashlab qo‘yilgan qizil faylga qadalgandi — bu faylda oxirgi ikki hafta ichida tutilgan bir nechta giyohvand moddalar kontrabandasiga oid ishlar qayd etilgan, ularning deyarli barchasida bir xil tuzilma va shubhali tafsilotlar bor edi. Juda tanish izlar...
– Hali ham tergov bo'limdan qochib , shu yerda turibsanmi? – degan ovoz qizning orqasidan eshitildi.
Miyeon o'girildi. Bu uni muntazam asabiylashtiradigan, biroq qandaydir sababsiz o‘ziga tortadigan tergovchi — Jeon edi. Uning rasmiiy lavozimi "senior detective", ammo aksariyat hodimlar unga shunchaki "Jeon" deb murojaat qilishar, sabab shaxsiy hayoti, o‘ziga xos tergov uslublari va mahkamada mavjud bo‘lgan g'ayrioddiy shon-shuhrati tufayli edi.
– Bu sabab kelgandim. – dedi Miyeon, nigohini undan olib, faylga qaytarkan.
– Giyohvand moddalarga qachondan qiziqib qolding? Senga qotillar ko'proq yoqmasmidi? – deya o'zning tartbsiz o'rindiqga o'tirdi.
– Bu yerda kelishgan ishchilar ko'paymoqda shu sabab...
– 3-koridorda hibsga olinganlardan biri hushiga keldi. Kimdir u bilan gaplashishi kerak. Miyeon, sen avvalgi so'roqda bor eding, davom ettirasanmi? – eshikdan shoshib kirib kelgan janob Oh qizga murojat qildi.
– Yaxshi. Unda fayllarni Jeonga qoldiramiz.
– Xojati yo'q. U barbir o'qimaydi.
Tergovchi ikki derazasiz, beton devorlardan iborat xonaga kirgach, shiftga osilgan birgina yoritgich faqat stulda o'tirgan hushsiz yigit yuzini yoritayotganini ko‘rdi. Uning bir ko'zi shishgan, lablari yorilgan. Ammo barmoqlari, bilaklari, bilinar-bilinmas qora izlar bilan qoplangan edi. Bundan bilinadki u o'ta – O'ta faol iste’molchi.
– Isming Kim Chanyul, to'g'rimi? – so'radi Miyeon,
Yigit bir narsa deymoqchi bo'ldi, ammo lablari orasidan faqat nafas chiqdi.
– Qachon so'nggi marta mahsulot qabul qilding?
– ...ha... kecha… lekin… bu... odatiy narsa edi… men faqat... Buyurtmachi boshqa edi...
– Qanday buyurtmachi? – u yigitga tikildi va xonadagi kameraga qaradi. Ha shavqatsiz xodimlar uni o'z nafsi orqali qiynagan. Aynan shuning uchun u juda itoatkor.
– Men... faqat... suratlar orasidan... bir paketni olishim kerak edi... surat... galereyada edi...
" Surat " " Galeriya " – bularning barchasi oddiy topishiriq emasligini Miyeon sezdi va bugungi jinsiy sherigidan olgan vazifasini yodga olib qo'llari chorasizlikdan bukuldi va xonadan tezda chiqib ketdi.
– Borishimiz kerakligi aniq. — deya telfonini quloqlaridan olgan Jeon qizga qaradi va – U yerda qotillik ham yuz bergan.
Kech tushgan, zal shiftidagi san’atga xos yumshoq yoritgichlar birin-ketin o‘chirilayotgan edi. Galereya tashrif buyuruvchilardan bo‘shab, atrof xuddi hushsiz teatr sahnasiga o‘xshab qolganiga ham naqd 2 soat bo'ldi.
Sori esa , pastki qavatdagi arxiv bo‘limida ish bilan band edi. Shu sabab hatto soatga ham qaramadi ammo . . .
Shiftga joylashtirilgan eski ventilyatorning g'ichirlashi ostida hujjat sahifalarini o'girayotganida, to'satdan tepada – asosiy zal tomonida – nimadir gursilladi. Juda aniq. Og‘ir narsa tushgandek. Ortidan yengilcha shitir-shitir, keyin esa... sokinlik. Tovushlar yana yo'qoldi.
Sori o'tirgan joyida qotib qoldi. Yuragi tez ura boshladi. Quloqlariga faqat yurak urishi va shivirlagandek bo‘lgan havodagi siyrak harakat eshitilardi. U ko'zlarini shiftga qadab, qimirlamasdan bir daqiqa kutdi. Keyin sekin turdi.
" Ehtimol, tashqi qo'riqchi bo‘lishi mumkin. Balki biror narsa tushib ketgandir " deb o'zini tinchlantirishga urindi. Lekin yuragidagi siqilish kamaymadi. Qizqonligi ustun keldi va asta tepaga chiqa boshladi.
U ko'rgazma zaliga kirganida havo o'zgarganini his qildi. Oddiy hidsiz, toza havoning o'rnini qandaydir achchiq va dim havo egallagan edi. Zaldagi chiroqlar o'chiq edi shu sabab ko'p narsalarni ko'rish imkoni bo'lmadi.
Ammo biroz yorug'lik sabab u o'rtadagi haykalning tushib ketganini va suratidan qandaydir suyuqlik oqayotganini payqadi.
Surat qizil suyuqlikka butunlay belangan. Xuddi hozirgina kimdir uni qon bilan yopib ketgandek. Pastga, polga esa tomchilar tushgan, ularning izlari zal bo‘ylab cho‘zilgan edi.
U qattiq yutindi. Har bir qadami og'ir, bo'g'uvchi edi. Rasmga yaqinlashgach, uning orqasidagi devor bo'shlig'i – kichik panjara ichidan nimadir ko'ziga tashlandi. U egilib qaradi. Ichkarida dorilar – kichik, oq plastik paketchalar. Ular son jihatdan ko'p edi, xuddi yashirilgan yukdek. Va aynan u bilan birga ishlagan qo'riqchi Kim Xojunning guvohnomasi ularning tagida edi.
Qo'lidagi telfoning chiroqni yoqib atrofga qaradi va butunlay qotib qoldi.
Eshik oldida , kirish maydonida , ikki jasad. Biri tashqi qo'riqchi, ikkinchisi esa ichkaridagi nazoratchi. Har ikkalasi ham bir xil tarzda – ko'krak sohasidan pichoq bilan zarb olgan , qo'llari teskari bog'langan edi. Ko'zlari ochiq, ammo hayotdan butunlay uzilgan.
Sori yurak urishini sezmay qoldi. Polda bir necha qadam ortga chekinarkan, birdan orqasidan nimadir borligini sezdi. Ammo o'girilishga ulgurmadi.
O'sha nimadir , nozik ammo og'riqli , bo'yin qismiga kirib bordi. Va uni gangitib qo'ydi
Pov.Sori
Bo'yin sohamda his qilgan og'riq sabab joyimdan qimirlay olmadim..begona ovoz..va tanamni qamrab olgan bu his sabab men huddi..huddi bu qoni suratga o'zim surtgan insondek edim..va u huddi buni bilgandek shunday dedi :
– Suratni qon bilan bezatgan sensan. To'g'rimi? — yoq bu men emasdim...ammo tirik qolish hissi va miyyamdagi hayyolar bilan unga qaradim va
Aynan qancha payt bu yerda o'tirganimni bilmayman...qora niqob taqgan bu shaxsdan ich - ichimdan qo'rqardim ammo.. menimcha dori ta'sirida buni hech bilintirmasdim...u menga faqatgina tikilib turaradi...uning ochiq oydin ko'ringan ko'zlaridagi xursandchilik meni qo'rqitardi. U menga yaqinlashib faqatgina bir narsani takrorlardi.
" Ularni sen o'ldirding shundaymi? Sen qotilsan. Tan olasanmi? "
Bu so'zlarni u kamida o'ttiz marotaba aytdi..qo'limdagi qonga qaradim. Men qotilmanmi? Ahr u shunday deyabdi? Tasdiqlangan gap doim rost bo'lar ekan...demak men es hushimni shunday yo'qotgan paytimda ularni o'ldirganmanmi...menimcha ha..men qotilman.
– Ularni sen o'ldirding. Shundaymi? – deya yana bir bor so'radi u...
Baland serena tovushlari , katta olamon va politsiya xodimlari galeriya ichiga kirib borishdi. Qorong'ulik qoplangan zal buyruq asosida chiroqlar nuri bilan yoritildi va ular....markazda joylashgan vayrona surat ostida jasadlar oldida o'tirgan qizga duch kelishdi va yaqinroq masofa ichidan faqatgina...uning shivirlashlarni eshitishdi. Miyeon bu yerda nima bo'lganini salkam anglasada kommisarlar oldidan o'tib qizga qurolini himoya sifatida o'qtardi va uni e'tborni jalb qilgan holda savol berdi.
– Xonim...ularni siz o'ldirdingizmi? — dedi u