𝐂𝐫𝐢𝐦𝐬𝐨𝐧 𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞
Tun yarimlagan, ko'chalar esa jimjitlikka cho'mgan, faqat uzoqdan eshitilayotgan mashinalar shovqini shu sukunatni buzib turardi. Ammo Chikagoning mashhur tungi klubida butunlay boshqa manzara — devorlarni larzaga solgan baland musiqa, raqs maydonini jilvalantirgan rang-barang chiroqlar. Yoshlar kulgu va shovqinga burkangancha, qo'llarida spirtli ichimliklar bilan hayot tashvishlarini unutgandek, o'zlarini shu jazavali oqimga tashlab, erkinlik zavqini raqsda ifoda etardi.
Klubning ikkinchi qavatidagi VIP bo‘limida esa butunlay boshqa muhit hukm surardi. Yonma-yon joylashgan xonalardan turli xil nolalar, qattiq nafaslar va keskin so‘kinishlar eshitilib, bu joyning sirli va shu bilan birga vahimali havo bilan to‘lib-toshganini his qildirardi.
Qatorma qator joylashgan xonalarning biriga, hurmatli mijozdek butkul qora kiyimda kirib kelgan inson esa , bu jirkanch ovozlarga e'tbor bermay yorqin qizg'ish rangdagi shavxonaviy libos kiygan " qondiruvchi " si tomon qadam tashladi va . . .
— Bularni barchasini yech! — u buyruq ohangida gapirar ekan , qiz hali o'ziga tegib ulgurmagan yigitga hayron holda qarab , barcha kiymlarni marmar polga yechib tashlab yubordi va sekinlik bilan yigitning oldiga yaqinlashdi.
— Istasangiz..sizni ham ortiqcha matolardan xalos qilishim mumkin! — u indamadi , shunchaki hech qanday so'zlarsiz , qizning yalang'och tanasini yotoq tomon itardi va uning ustiga soniyalarda chiqib oldi.
Ulkan kaftalarni uning ko'kraklari tomon olib borar ekan, hech qanday ayash tuyg'usiz qizni kuchli bosim bilan ezdi , uning ehtrosli nolalari daqiqalar davomida xonani to'ldirar ekan. Yigit qo'lidagi qora kishani , uning qo'llariga olib bordi va aynan shu nuqtadan pastlasha boshladi.
Uning qo'llari , qizning osti tomon qattiqroq kirar ekan , qiz ham og'riqdan , ham zavqdan ingray boshladi , bunga nisbatdan esa qizga o'lik nigohlar ila qaragan yigit , allaqachon nam bo'lgan joydan barmoqlarni olar ekan ularni ikkilanishsiz qizning lablari tomon olib bordi.
— Ularni og'zinga ol va so'ri!
Qizning zavqli nolalari , ostida butunlay egalik bilan haraktlanishni boshlagan jinsiy a'zo sabab sussayib borar ekan , atgi 20daqiqa o'tganiga qaramay , endi bu ovozlar yalinish ohangida chiqa boshladi. Ikki yonidan , qattiq ushlagan erkakning yelkalariga kishanlangan qo'llari bilan tirmasha olmagan qiz , beli va qorni atrofdagi tarflab bo'lmas jinsiy og'riq sabab og'ir nafas oldi va...
— Iltmos..iltmos biroz to'xtaylik janob! — u ostidagi namlika qaramay og'riq bilan qichqirar ekan , qizargan qo'llarini huddiki xojga bog'langan insondek silkitdi va eng so'nggida...ximoyalanishsiz bajarilgan aloqaning asosiy qismni yuzidagi taft ila sezdi. Bu iliqlik ma'nosini bilib ko'zni asta sekin ochgan qiz qo'liga shimni olgan insonga xansirab qarar ekan...uning shunchaki yuvinish xonasiga kirgan-yu , daqiqalarga qolmay hech nima bo'lmagandek u yerdan chiqanini shunchaki kuzatar ekan..bu gal yuzsizlarcha " u " ga murojat qildi.
— Janob...iltmos..qo'llarimni bo'shating. Yuvinishim kerak. — u yigitga gapirar ekan , kishanlangan qo'llariga tegan issiq taft sabab ozod bo'lganman deya o'yladi , ammo qo'llarini ikki barobar mahkamlanganini sezib , uning tepasida turgan shaxsga hayron holda tikildi.
— Men bilan ishing tez tugadi , keyngi mijozlaringni ham tezroq qabul qil. — U shunday deya qizning sochlarini siladi va davom etdi.
— Mobodo seni kutib turgan yana besh xil jinsiy aloqadan omon qolsang , faxriy kasb egasi sifatida ertaga dam olasan. Yoqimli oqshom , go'zal foxisha.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
— Vinsent, bas qil, juda ko'p ichyapsan. Sen ko'tara olmasligingni bilamiz, yana ahmoqlik qilib, boshingga balo orttirasan. Ertasiga esa hech narsani eslay olmay kun bo'yi hunob bo'lib yotasan. Yetar, shuncha ichganing kifoya, — dedi dugonasi ogohlantirib.
Bar yonida o'tirgan qiz esa go'yo hech narsani eshitmaganday, qadahni yana qayta-qayta ko'targancha spirtli ichimlikni ichishda davom etardi. Mastlik ta'sirida u raqsga tushib, o‘zini musiqaga topshirgan, ammo uning allaqachon mast bo'lib qolganini sezgan dugonasi uni to'xtatishga jon-jahdi bilan urinardi.
— Stella, bu yerga muzokara yoki ish uchun kelmaganmiz, biroz bo'lsa ham ko'ngil ochsang-chi, — dedi u jilmayib. — Axir yaqinda ketaman, meni sog'inishing aniq.
Vinsent unga yuzida hech qanday ifoda sezilmagancha qarab turgan dugonasining yonoqlarini yengilgina chimchilab, ko'z qisdi va bir zumda olomon orasiga singib, boshqalar qatori raqsga tushib ketdi.
Stella esa unga bir qarab qo'ydi-da, ko‘ngilxushlik qilib, butun vujudi bilan raqsga berilib ketgan dugonasiga nigoh tashlab, charchagandek bir oh tortdi va so'ng qo'l soatiga qaradi.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
Sarxush holda aqildan ozgan kabi raqs tushar ekanman ortimdan kelib urilgan odam sabab muvozanatni yuqotib, yiqilishimga oz qoldi, ammo belimdan o'ralgan kuchli qo'llar meni tutib qoldi.
— ko'zinga qara ahmoq — dedim asabiy ohangda.
Qarshimdagi yigitning kelishgan chehrasiga endi e'tibor qaratdim.
Uning kelishgan yuziga mastlikdan ahmoqlarcha irjayib qarab turarkanman, u esa menga go‘yo haqiqiy ahmoqqa qaragandek sovuq nigoh tashlardi. Kutilmaganda u meni qo‘yib yubordi.
— F*ck, nima qilyapsan?! — deya baqirdim, yerda zo‘rg‘a o‘rnimdan turar ekanman. Og‘zimdan haqoratli so‘zlar tinmasdan chiqaverardi.
Men jahlim chiqqanda na o‘zimni, na tilimni jilovlay olaman — ayniqsa mastlik paytimda. O‘zimni zo‘rg‘a epaqaga keltirib, o‘sha telbaga jahl bilan zahrimni sochmoqchi bo‘lib u tomon qarar ekanman u allaqachon ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi. Jin ursin!
— Ahvoling joyidami? — yonimga shoshilinch yetib kelgan Stella so‘radi-da, qo'limga qaradi.
— Hammasi joyida, — dedim jahlimni tiymoqchi bo‘lib. Shunda bilsam, u meni tashlab yuborganida sahna chetidagi yorituvchi jihoz qo‘limni shilib ketgan ekan.
— Haligi kelishgan yigit kim edi o‘zi? — Stella ahmoqona irjayib so‘radi. Bu gapimni yanada jahlga soldi.
— Agar hamma kelishgan yigitlar shunday surbet va qo‘pol bo‘lsa, lezbiyanka bo‘lganim yaxshi, — dedim tishimni g‘ijirlatib.
— Hoy, qiz, ko‘nglimni aynitma! — dedi Stella istehzoli ohangda.
— Agar shunday bo‘lsa, shubhasiz seni boshingni aylantirardim, — dedim dugonamni jig‘iga tegish uchun sirli tabassum bilan unga yaqinlashib. Stella bir jinslilar muhabbatini jirkanchlik deb hisoblab, chin dildan nafratlanishini bilib qasddan jig'iga tegarkanman bu menga yoqardi.
— Vins, ko‘p ichib, aqldan ozganga o‘xshaysan, — dedi u ortga tisarilar ekan.
Men esa uning ortidan bostirib bora boshladim.
— Qani, kel endi, jonginam, biroz ko‘ngilxushlik qilamiz, — dedim tagjonlik qilgancha.
Dugonam esa so‘kinib, mendan qochishga urinar ekan, uning ortidan yetib borib, ketiga tarsaki tushirdim. U esa menga o'rta barmog'ini ko'rsatib jahl qilib ketib qoldi men esa bunga qarab kulgidan o'zimni tiyolmadim.
— Ajoyib tasodif, — ortimdan kelgan dag‘al, ammo tanish ovoz baland shovqin orasida ham eshitiladigan darajada yaqinlashdi.
Ortimga burilsam, qarshimda eski yigitim turardi.
— Ahvollar qalay? — dedi u beparvo ohangda.
— Jake? Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘lgandi, — dedim hayrat va biroz sovuqlik bilan.
— Shunday, kelganingni bilmasdim, — dedi u jilmayishga uringandek.
— Ko‘p bo‘lmadi, — dedim qisqa. — Ahvollar qalay?
— Doimgidek, — dedi u menga boshdan oyoq nazar solarkan: — o'zgarmapsan, hali ham o'sha o'shasan.
— Sen esa ancha o‘zgaribsan.
Uning ko‘z ostidagi qorayishlar, ozib-to‘zib ketgan qiyofasi meni larzaga soldi. Bir paytlar kelishgan va hushchaqchaq bo‘lgan sobiq yigitim narkotik va ichkilikka ruju qo‘yib, asta-sekin o‘zini yemirib yuborganini ko‘rib afsuslandim. Uni hech qachon sevmagan bo'lsamda u bilan o'tgan damlarim ajoyib o'tganini ayta olaman, ammo uni tashlab ketganimdan so‘ng u bu yo‘lga kirib ketgani haqida eshitgandim. Endi esa isbotini ko‘z o‘ngimda ko‘rib turardim.
Otasi esa dadamning eski do‘sti edi. Qarshimda esa otasining pulini shu yo‘llar bilan sovurayotgan ahmoq Jake turardi. Uni ko‘rib ham rahmim keldi, ham o'zini harob qilgan ahmoqdan biroz g'azablandim.
— Suhbatlashib, biroz ichishga nima deysan? Har holda eski tanishlarmiz, rad etmassan, deb o‘ylayman.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
— Bugun yetarlicha ichdim, o‘zing ichaver, men limonli suv olaman, — dedim bar yonida joylashib, barmenga ishora qilarkanman.
— Qo‘ysangchi, Vinnie, — dedi Jake qo‘limni qaytarib. — Axir yana qachon ko‘risharmiz? Kel, buguncha eski tanishlar sifatida biroz ko‘ngilxushlik qilaylik.
— Boshqa safar, Jake. Men bugun yetarlicha ko‘ngilxushlik qilib bo‘ldim, — dedim qat’iy ohangda.
Ammo allaqachon ichimliklarni stakanlarga quyib bo‘lgan Jake gaplarimni eshitmagandek, menga birini uzatdi.
— Ozgina ichsang hech nima qilmaydi. Qani, oldik!
Uni yaxshi bilaman — juda qaysar. Agar hozir ichmasam, meni qo‘yib yubormasligini anglab, horsingancha stakanni qo‘limga oldim-da, bir ko‘tarishda ichib yubordim.
Deyarli yarim soat davomida sobiq yigitim menga o‘z dardini to‘kib-sochdi. U gaplari bilan meni chindan ham zeriktirdi, ammo bu ahamiyatli emasdi. Muhimi — o‘zimni yo‘qotib borayotganim edi. Boshim qattiq og‘ridi, ko‘zlarimni ochib turishga qiynalardim.
Jake esa bunga ahmoqona, sirli bir tabassum bilan qarab turar, men esa uni xira, shira ko‘rardim. Bir zum o‘tib, ko‘zlarim butunlay yumildi.
Ohirgi eshitganim esa qulog‘im ostida Jakening pichirlashi bo‘ldi:
"Kechir, Vinnie... ammo meni o‘zing majbur qilding."
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
Boshimda qattiq og‘riqni his qilgancha ko‘zlarimni ochishga urinar ekanman, kipriklarim shunchalar og‘ir ediki, ularni zo‘rg‘a ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldim. Og‘riqdan yuzim burishib ketdi. Bir zumda miyamda kechgan oxirgi hodisalar jonlandi va vahima bilan o‘rnimdan turib atrofga alanglay boshladim.
Yotoqxona. Yotoq o‘rtasida men yotibman. Qaltirab hayolimga kelgan eng yomon gumondan o‘zimni to‘xtatolmay, tezlikda ustimga qaradim. Agar u telba menga biror narsa qilgan bo‘lsa, buni kechira olmasdim. Ammo hanuz o‘z kiyimimda ekanimni ko‘rib, ichimdan yengil nafas chiqardim. Hammasi joyida. Lekin baribir... men qayerdaman?
— Nihoyat uyg‘onding, sevgilim, — eshikdan kirib kelgan sobiq yigitim Jake yuzida nosog‘lom kulgu bilan menga yaqinlashar edi. Uning belidan yuqorisi butunlay yalang‘och bo‘lgani uchun ko‘zlarimni tezda olib qochdim.
— Nega meni bu yerga olib kelding? Aqlingni yedingmi? Ichimligimga narsa solib hushsiz holimda olib qochish qayerdan chiqdi?! — deya o‘shqirdim.
— Sevgilim, asabiylashma. Stella allaqachon ketib qolgandi. Seni o‘sha mast holingda yolg‘iz qoldirish — katta xato bo‘lardi. Qolaversa, bizning hali oxiriga yetmagan ishlarimiz bor, to‘g‘rimi? — dedi u yaqinimga kelib, yuzimni silarkan, ikki ko‘zi lablarimda to‘xtalib qoldi.
— Qanaqasiga sevgilim? Mendan uzoq tur! — orqaga chekinib, qattiq ohangda javob qaytardim. — Bizning oramizda hech narsa qolmagan, buni o‘zing ham bilasan, Jake. Men seni hech qachon...
— OVOZINGNI O‘CHIR! — dedi u birdan baqirib. Uning dahshatli ovozi xonani larzaga soldi. Cho‘chib ketganimdan beixtiyor ortga tisarildim.
— Kechir, sevgilim... meni kechir, qizishib ketdim. Qo‘rqma mendan, maylimi? Mendan qo‘rqma, — dedi Jake birdan yumshoq ohangda, qo‘rquvdan titrayotganimni ko‘rib o‘ziga kelgandek. Narkotik ta’siridan qaltirayotgan qo‘llari bilan yuzimni silarkan, o‘zini psixopatlardek tutib, meni mahkam ushlab turardi.
— Ketishim kerak... Yaqinlashma menga, Jake, — dedim nafasi bo‘g‘ilib, o‘rnimdan turishga urinar ekanman.
Lekin u kutilmaganda meni qaytadan yotoqqa yiqitdi va og‘ir tanasini ustimga tashlab, qochib ketishimga yo‘l qoldirmadi. Nafasim tezlashib ketdi. Odatda hech kimdan qo‘rqmayman, ammo hozir qarshimda turgan odam — men bilgan eski Jake emasdi.
— Meni boshqa tark etolmaysan... bunga yo‘l qo‘ymayman, — deya xirilladi u, lablari mening lablarimdan atigi bir necha santimetr narida edi. Pichirlab gapirgan ovozining issiq nafasi yuzimga urilib, butun vujudimni titratdi.
Lablarini bo‘ynimga bosganida esa butun tanam junjikib ketdi. Telba kabi nafaslari tezlashib, og‘ir, betartib harakatlar qilarkan, ko‘zlarini yumib, bo‘ynimni lablari va yuzi bilan bezovta o‘ynardi.
Har daqiqa “sen menikisan” deya takrorlar, qilayotgan qarshiliklarim esa samarasiz bo‘lib borardi. U tobora qo‘polroq harakat qilmoqda, endi esa chegaralarni butunlay bosib o‘tayotgandi. Shu vaqtgacha ko‘plab munosabatlarda bo‘lganimga qaramay, hech kimga shaxsiy chegaralarimni buzishga va bunday yaqinlikka ruhsat bermagan edim. Lekin agar uni to‘xtatmasam, bu telbalikning oxiri nomusimning toptalishi bilan tugashi aniq edi. U butunlay aqldan ozgandek ko‘rinardi. Kuch bilan uni yenga olmasligimni anglab, boshqa yo‘lni tanladim.
Itarayotgan qo‘llarimni to‘xtatib, uning bo‘ynini silay boshladim. So‘ngra qo‘llarimni boynidan aylanib, uni quchoqlaganimda Jake birdan harakatini sekinlatdi. Rejam ish berayotganini ko‘rib, ichimda sevinib ketdim.
— Jake~ — qulog‘i ostida yoqimli ohangda pichirlab, — seni juda sog‘indim, sevgilim, — dedim va yuziga lablarimni asta ehtiros bilan bosdim.
U bir lahza hayratda qoldi, so‘ng o‘ziga kelib, yonoqlarimga lablarini qattiq bosdi.
Jin ursin, bu holat menga qanchalik jirkanch va og‘ir bo‘lmasin, mendan bosa ola boshlaganida javob qaytarishga majbur edim. Ammo uzoqqa cho‘zmay, havo yetmayotgandek ko'rsatib lablarimni ajratdim.
— Seni qanchalar sog‘inganman, hatto tasavvur qila olmaysan... har kecha sen haqingda o‘yladim, — dedi u meni bag‘riga qattiq bosib, yosh bola kabi yig‘i aralash ovozda.
— Men ham, sevgilim, — dedim soxta ohangda, o‘zimni go‘yo qayg‘uga cho‘mgan qilib ko‘rsatib.
— Meni kechir... men avvalroq qaytmoqchi edim, ammo sening ko‘zlaringga qanday qarashni bilmasdim. Jur’atim yetmadi. Yonimga kelganingda esa, o‘zimni endi senga loyiq emasligimni anglab, seni o‘zimdan itardim. Ammo ohiri iforingni yana his qilganimda o‘zimni ortiq boshqara olmadim, Jake~
Bu so‘zlarni soxta qayg‘u bilan aytar ekanman, uni yanada mahkam bag‘rimga bosdim. Ha, yolg‘on gapirib, uning ko'ngli hislari bilan o'ynashayotganimni, telba bilan xavfli o‘yin o‘ynayotganimni bilardim. Ammo ayni paytda bundan boshqa choram yo‘q edi.
U menga butunlay ishondi. Qo‘llari belimdan sirg‘alib tusharkan, shimimni yecha boshladi. Shu ondayoq ko‘zlarim moshdek ochildi. Qolimni tezda uning bilaklaridan ushlab to‘xtatdim. U boshini ko‘tarib, savol aralash nigoh bilan menga tikildi.
— Men… hali tayyor emasman, — dedim, o‘zimni uyalgandek ko‘zlarimni olib qochib, bolalarcha tortinchoq ohangda.
U sekin jilmaydi.
— Menga ishonishing mumkin, kichkintoy. Ishon, bu senga yoqadi.
— Jake, iltimos, meni tushun, — dedim ovozim titrab. — Seni sevaman… lekin ilk tunimiz bunday bo‘lishini istamayman. Bizning ilk visolimiz to‘yimiz kechasida bo‘lishini xohlayman. Kelajakda farzandlarimizga aytib beradigan chiroyli sarguzashtlarimiz bo‘lishini istayman.
“Farzandlar” so‘zi tilimdan chiqqan zahoti uning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. U meni bag‘riga qattiq bosib, soxta samimiylik bilan pichirladi.
Ammo uning ahmoqona mehribonligi allaqachon ko‘nglimni aynitib bo‘lgandi.
Bu noqulay holatdan tezroq qutulish uchun “qornim ochib ketdi”, deb bahona qildim. U esa kulimsirab, ochiq qornimdan o‘pib qo‘ydi-da, o‘rnidan turdi.
— O‘n daqiqada nonushta tayyor bo‘ladi. Sen sevadigan quymoqni pishirib beraman. Sen kiyimlaringni almashtirib, pastga tush, — dedi yuzimdan qisqa o‘pib chiqib ketarkan.
U xonadan chiqishi bilan yuzimdagi soxta tabassum ham so‘ndi. Ensam qotdi, ammo rejam ishlagani uchun ich-ichimdan yengil tortdim. Endi yagona maqsad — bu yerdan amallab qochish edi.
Atrofga qarasam, bu o‘sha ormon ichidagi uy edi. Biz o‘qishdan chiqib, do‘stlar bilan ba’zida dam olish uchun keladigan joy. Lanat bo‘lsin! Bu tomonda mashinalar deyarli o‘tmaydi. Lekin baribir yagona umidim bor edi — uni qandaydir yo‘l bilan chalg‘itib, mashina yo‘liga yetib olishim kerak.
Hayriyat, uning buzuq miyasida qayerdandir “mehribonlik” uyg‘onib, shkafda men uchun kiyimlar tayyorlab qo‘yilgan edi. Yugurishga qulay kiyimlardan birini olib, oyog‘imga krasofkalarni kiydim va ipini mahkam bog‘ladim — go‘yo ularning mustahkamligi mening yagona qutulish imkonimday.
Paski qavatga ehtiyotkorlik bilan, qadamlarimni his qildirmay tushdim. Jake oshxonada sport shimida, belidan yuqorisi yalang‘och holda ahmoqona qo‘shiq hirgoya qilib, berilib quymoq pishirardi. Qovurilayotgan moyning shitirlashi va uning shod kayfiyati mening yurak urishim bilan keskin zid edi.
Sezdirmay eshik tomon yo‘nalib, ovoz chiqarmaslik uchun nafasimni ham tutdim. Nihoyat, tashqariga chiqib oldim.
Tong hali yorishmagan, havo salqin edi. Osmon esa saharning to‘q ko‘k pardasiga o‘xshar, daraxtlar shoxlari qorong‘ilikda yanada tahdidli ko‘rinardi.
Oyoqlarimni qo‘lga olib, bor kuchim bilan yugura boshladim. Orqamga qaramaslikka harakat qildim — qo‘rqinchni kuchaytirishdan qo‘rqardim. U men qochganimni hali sezmagan deb umid qilaman. Nafasim tezlashdi, yuragim ko‘ksimni yorib chiqayotganday urardi. Mashina yo‘liga yetib olguncha to‘xtashga haqqim yo‘q edi.
Sport bilan shug‘ullanganimning foydasi bo‘lib, o‘ylaganimdan ham tezroq mashina yo‘liga yetib keldim. Ammo eng achinarlisi — atrofda bironta mashina yo‘q edi, hatto eng uzoqdan ham shovqin eshitilmasdi. Ichimda o‘zimni la’natlar ekanman, yo‘l bo‘ylab hansiragancha sekin yugurishda davom etdim.
Yolg‘iz umidim shunda ediki, shu payt aqldan ozgan bo‘lsa ham biror kishi kelib menga yordam qo‘lini cho‘zardi. Chunki agar Jake qo‘liga tushsam, u telba aldaganim uchun meni tirik qo‘ymasligi aniq edi.
Bir mahal qulog‘imga mashina dvigatelining g‘uvillash ovozi eshitildi. Ich-ichimdan quvonchimni yashira olmay, hatto aqldan ozar darajaga yetdim. Uzoqdan qora BMW ko‘rindi. Mashina yaqinlashgani sari umidim kuchaydi, men esa yo‘lning o‘rtasiga chiqib qo‘llarimni keng yoydim.
Ammo jin ursin, u mashina huddi ko‘zi ojiz odamnikidek to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustimga qarab kelardi, hatto sekinlashmadi ham. Yuragim ko‘kragimni yorib chiqayotgandek bo‘lib ketdi. Ko‘zlarimni mahkam yumdim, mashina yaqinlashib signal chalarkan, men bir qadam ham qimirlamadim.
Nihoyat, mashina shiddat bilan tormoz bosdi. G‘ildiraklarning chiyillashi quloqlarimni qomatga keltirdi.
Qo‘rquv bilan ko‘zlarimni asta-sekin ochganimda, ruldagi odamni ko'rib ko'zlarim kattalashib ketdi...