Mine
Tong… Qish fasli bo‘lgani uchun tashqarida havo ancha salqin edi. Ammo uy ichida, yigitning bag‘rida orom olayotgan Soolin iliq va himoyalangan quchoqda miriqib uxlab yotardi.
Jungkook qizni mahkam bag‘riga bosgan, go‘yo birozgina bo‘sh qo‘ysa, u qo‘lidan sirg‘alib chiqib ketadigandek edi. Yigit uyquda bo‘lsa ham, xuddi yosh bola sevimli o‘yinchog‘ini quchoqlaganidek, Soolinning mitti tanasini mahkam bag‘riga bosib yotardi.
Quyoshning zaif, ammo iliq nurlari atrofga yorug‘lik taratib, honadagi zulmatni asta-sekin yo‘qota boshladi. Oltin rang nurlar qizning yuziga tushib, uning uzun kipriklarini nozik titratdi.
Soolin uyqusida injiqlanib, yengil harakatlar bilan qo‘llari bilan ko‘zlarini berkitdi. Ammo bu yetarli bo‘lmadi. U biroz qimirlarkan, tanasi qandaydir issiq va baquvvat quchog‘da asir ekanini anglab, harakat qilishga urindi. Qochishga harakat qilgan sari, unga mahkam o‘ralgan qo‘llarning kuchini yanada his qildi.
Oxiri, iloji qolmagach, munchoqdek ko‘zlarini erinchoqlik bilan ochdi va… bexosdan harakatdan to‘xtadi.
Jungkookning uyqudagi yuzini ko‘rib, beixtiyor unga tikilib qoldi. Odatiy dag‘allikdan xoli, sokin va osoyishta chehra… Odatda, sovuq va beparvo ko‘ringan yigit hozir boladek beg‘ubor tuyulardi. Bu manzara qizni beixtiyor mahliyo etdi, yuragi esa allanechuk notanish ohangda urib ketdi.
Soolin uning yonida o‘zini xavfsiz va qulay his qilardi, chunki Jungkook har doim unga nisbatan mehribon bo‘lgan. Yigitning sokin, ammo chuqur mehri allaqachon qizning yuragini ipsiz bog‘lab qo‘ygandi.
U ko‘rgan dramalardagi kelishgan yigitlar ham Jungkookning oldida hech narsa emas edi. Chunki Jungkook nafaqat tashqi go‘zalligi, balki qizga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan ham uni o‘ziga mahkam bog‘lab qo‘ygandi. U hech qanday shirin so‘z yoki va’dalarga muhtoj emasdi — uning harakatlari, nigohi va yonida bo‘lishining o‘zi hammasidan ortiq edi.
Ammo bir narsa qizning yuragini siqardi… Ota sog‘inchi.
Otasi uning hayotidagi eng muhim inson, eng ishonchli tayanch, bolaligidan beri mehr va himoya manbai edi. U har doim Soolin uchun nafaqat ota, balki qahramon ham bo‘lib kelgan. Eng muhimi esa, shu vaqtgacha Soolinning otasidan boshqa hech kimi bo‘lmagan…
Shuning uchun, Jungkookning bag‘rida bo‘lishiga qaramay, yuragida allaqanday bo‘shliq bor edi.
Otasi bilan o‘tgan xotiralar ko‘z oldida jonlanar, yuragidagi og‘riq esa yanada kuchayardi. Qanchalik intiq bo‘lmasin, qanchalik sog‘inmasin, bu sog‘inchni yengish qo‘lidan kelmasdi… Va aynan shu hissiyot uni ich-ichidan ezib borardi.
Bu haqda og‘iz ochishi bilan Jungkook butunlay o‘zgarar, jahl otiga minardi. U hech qachon tayinli javob bermas, mavzuni keskin yopardi.
Aslida, otasi va Jungkook o‘rtasida nima o‘tgan? Nega Jungkook uni og‘irlab kelib, endi mehribonchilik qilayotgandek tutyapti?
Jungkook otasini yoqtirmasligi aniq, ammo buning sababi nima?
Bu savollar Soolinning tinchini buzardi. Yuragining tubida, eng qorong‘i burchagida bir tuyg‘u bor edi: haqiqatni bilishidan qo‘rqardi…
Soolin o‘z hayollari og‘ushida cho‘kib, Jungkookning uyg‘onganini payqamadi. Hatto yigitning ko‘zlari unga tikilib turganini ham sezmas, hayollari osmonlarda kezardi.
Jungkook esa hech qanday shoshilmasdan, bir necha daqiqa davomida qizga termulib turdi. Soolinning nigohlari uning lablarida to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, hayoli butkul boshqa joyda edi.
Yigit buni tushunib, yuzida yengil tabassum paydo bo‘ldi. U asta qizning yuziga yanayam yaqinlashib past va yoqimli ovozda pichirladi:
— Tatib ko‘rishni xohlaysanmi?
Jungkookning bo‘g‘iq ovozi xayol surib ketgan Soolinni birdan hushiga qaytardi…
— A… nima? Kechirasiz, xayol surib qolibman. Nimadir dedingizmi?
Jungkookning lablari yengil jilmaydi. U yana past ovozda gapirdi:
Soolin beixtiyor entikdi va yuziga qon yugurdi. U shoshib boshini boshqa tomonga burib, ko‘zlarini olib qochdi.
U asta-sekin yigitdan uzoqlashishga harakat qildi, ammo Jungkook buni sezishi bilan uni yanada mahkam bag‘riga tortdi.
— M-men shunchaki biroz uyqusiradim… Siz o‘ylagandek emas. Iltimos, qo‘yib yuboring… Qornim och, ovqatlanishni istayman!
Qiz tipirchilab, uning quchog‘idan chiqishga urinardi. Ammo Jungkook shunchaki buni kulib kuzatdi, ammo qo‘llarining mahkamligini susaytirmadi.
— Yaxshi, yaxshi, tipirchilashni bas qil…
— Qornim och deyapman! Qo‘yib yuboring, yo‘qsa sizni yeyman!
Soolin tipirchilashdan to‘xtamas, norozilik bilan mayin chinqirar edi. Ammo bu gaplari Jungkookning kulgisini qo‘zg‘adi.
Yigit kafti bilan yuzini yengil silab, xotirjam ohangda pichirladi:
— Oh… bilasanmi, men qarshi emasman, quyoncha.
U qizning bo‘yniga egilib, lablari bilan yengil tegib o‘tdi. Soolin esa beixtiyor titrab ketdi.
Jungkook kutmagan voqea sodir bo‘ldi.
Soolin to‘satdan qarshilik ko‘rsatishga o‘tdi va chaqqonlik bilan yigitning yelkasiga egilib, qattiq tishlab oldi.
— Ah! — Jungkook og‘riqdan qattiqroq nafas oldi, lekin uning yuzida asabiylashish emas, balki qiziqish aks etdi.
Soolin esa shoshib orqaga tislandi. U Jungkookning yelkasida paydo bo‘lgan tish iziga ko‘zi tushgach, ichida biroz vahimaga tushdi, ammo o‘zini dadil tutishga harakat qildi.
— Men ogohlantirgan edim, — dedi qiz lablarini burishtirib.
Jungkook og‘riqni e’tiborsiz qoldirib, sekin boshini qimirlatdi va qoshlarini biroz ko‘tarib, sezdirmasdan jilmaydi.
— Hmm… demak, rostan ham meni yeyishni istagan ekansan, — dedi u hazil aralash, yelkasini uqalarkan. — Qani, ko‘raylikchi, keyingi safar qanchalik jasoratli bo‘lasan?
U qizning dag‘dag‘asidan zerrecha cho‘chimay, yana Soolinga yaqinlashdi…
Soolin xavfni sezib, eshik tomon yugurishga shaylanib uch-to‘rt qadam tashlagandi, biroq belida Jungkookning qattiq qo‘llarini his qildi.
— Shoshma, qani buyoqqa kelchi.
Soolin bor ovozi bilan chiyillab, xonani boshiga ko‘tarib tipirchiladi, ammo Jungkookga bu holat yoqardi. Aksincha, u yana ham ko‘prog'ini istayotgandek edi.
— Qo‘yib yuboring meni! Qo‘yib yuboring!
Qizning noroziligini pisand ham qilmagan Jungkook uni yotoqqa tashladi. So‘ng qizning qo‘llarini boshi uzra mahkamlab, ustiga chiqdi, biroq og‘irligini tashlamay, uni ehtiyotkorlik bilan tutardi.
Qiz qo‘llarini ozod qilishga behuda urinayotgan edi, ammo Jungkook mahkam ushlab, uni qo‘yib yubormasdi. Bir necha soniya davomida jim turib, qizning yuziga sinchkovlik bilan tikildi.
Soolin bu nigohlardan qochishga harakat qilarkan, to‘satdan yigit egilib, yuzini uning bo‘yniga ko‘mdi. Qiz hali nima bo‘layotganini tushunishga ulgurmay, bo‘yniga botgan tishlarning achchiq og‘rig‘ini his qildi va beixtiyor qichqirib yubordi.
Ikki daqiqa davom etgan bu og‘riq qizning ko‘zlaridan marjondek yoshlarni to‘kdi. U ingranib, nafasini rostlashga harakat qilarkan, yuragi tez urardi.
Jungkook asta gavdasini ko‘tardi, ammo qizni hali ham ozod qilmadi. Ko‘z yoshlarini kaftlari bilan artarkan, uning titrayotgan yelkalarini erkalab siladi.
Soolin yig‘idan burnini tortib, past ovozda piqqillardi. Jungkook uning qizarib ketgan burun uchini mayin opib qo‘ydi-da, asta yotoqdan turib, yuvinish xonasiga yo‘l oldi.
Qiz esa sekin o‘rnidan turib, boshqa xonadagi yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oynaga tikilgancha, bo‘ynidagi tish izlariga nazar tashladi. U barmoqlari bilan asta tegib ko‘rdi va achchiq ohangda pichirladi:
— Hali qarab turing, Jungkook... Mana endi mendan ko‘rasiz.
O‘n besh daqiqadan so‘ng ular ovqatlanish stolida ro‘baro‘ kelishdi. Soolin Jungkookdan arazlagancha unga hatto bir qarashga ham yuragi betlamasdi. Ataylab sanchqini likopchaga qattiq urib, ovqatni yutayotganini bildirib yeb, lunjlarini to‘ldirib olgancha indamay ovqatlanardi.
Jungkook esa unga qiziqish bilan termulib, uning injiq qiliqlaridan zavqlanardi. Qizning har bir kichik norozilik ishorasi, hatto ovqatlanish tarzi ham yigitning yuziga tabassum yugurtirar, kulgusini bosish uchun lablarini tishlab o‘tirardi.
—O‘yin nima bo‘ldi, kichik xonim? – Jungkook gap ochdi.
— O‘yin albatta bo‘ladi! Va men yutganimda holingizga maymunlar yig‘laydi! – Soolin lablarini burib, o‘ziga ishonch bilan javob berdi.
Jungkook istehzoli jilmayib, kaftini iyagiga qo‘ydi.
— Yo Hudoyim! Qasosmi.? Hozirdan buncha qo‘rqitmasang! Tizzam qaltiray boshladi... – u ataylab ovozini pastlatib, qo‘rqqan odamdek ko‘zlarini katta ochdi.
Soolin esa labini tishlab, yigitning masxara qilayotganini anglab, qoshlarini chimirdi.
— Xayriyat, oxiri hammasini tushunib yetdingiz! Endi shaylaning, bugun sizga qiyin bo‘ladi, janob Jungkook!