Mine
Hashamat va ulug‘vorlikni namoyon etuvchi baland bino yonida qora rangli mashina asta to‘xtadi. Mashinadan sovuqqon nigohli, ammo hayratomuz darajada kelishgan, uzun bo‘yli bir yigit chiqdi. Uning harakati va tashqi qiyofasi odamda beixtiyor ehtirom uyg‘otardi.
U qora ko‘zoynagini xotirjamlik bilan yechdi va bir lahza bino fasadini sinchiklab kuzatdi. So‘ngra o‘ziga xos ishonch bilan qadam tashlab, binoga kirib ketdi. Uning har bir harakati qat'iyat va sovuqqonlikni ifoda etardi.
— Hayrli kun, janob. Sizga qanday yordam bera olaman? — dedi kotiba, eshikdan kirib kelgan notanish yigitni samimiy va hushmuomalalik bilan qarshi olib. Uning ovozi xushyoqimli va odobi yuksak edi, biroq yigitning sovuq nigohi unga bir lahza noqulaylik keltirganday tuyuldi.
— Jeon Jungkook. Menga u kerak. Ish borasida u bilan gaplashishim kerak, — dedi yigit sovuq va qat'iy ohangda. Uning ovozi shunchalik o‘tkir ediki, kotiba bir lahza dovdirab qoldi, ammo o‘zini qo‘lga olib, muloyim ohangda javob qaytarishga shaylandi.
— Kechirasiz, ammo hozir janob Jeon bu yerda emaslar, — dedi kotiba, hushmuomalalikni saqlagan holda. Uning ovozi muloyim edi, lekin yigitning qat'iy nigohi ostida biroz taraddud sezilayotgandek tuyulardi.
— Nega? U bu yerning boshlig‘i emasmi? Shunchalik kech kelib, xodimlariga o‘rnak bo‘ladimi? — dedi yigit kinoyali ohangda. Uning yuzida istehzoli tabassum paydo bo‘lib, bir lahza yuzida o‘ynadi.
— Unda unga qo‘ng‘iroq qiling va men kelganimni yetkazing, — deb davom etdi u qat'iyat bilan, nigohlarida sabrsizlik alomati porlab.
– Janob Jeon odatda har doim vaqtidan oldin shu yerda bo'ladilar, ammo bu safar biroz kechikdilar. O‘ylashimcha, buning albatta biror sababi bor. Hatto sabab topilmasa ham, u kishi o‘zlarining hojayin ekanliklarini unutmagan holda, bu qarorni mustaqil qabul qilgan bo‘lishlari mumkin, – kotiba ohangiga qat’iyat qo‘shib gapirdi. Unga begona kishi kelib, hojayinini tanqid qilishga jur’at etgani yoqmadi.
– Kotiba xonim, mening kelganimni unga yetkazsangiz yaxshi bo‘lardi. Men ham bekorchi emasman, agar kelsa, kutaman, yoki ketaman, – dedi u sovuq va keskin ohangda.
– Yaxshi, janob, biroz kuting, – deya, kotiba asabiy yuz ifodasi bilan telefonga qo‘l uzatdi.
– Hayirli kun, Janob Jeon. Bezovta qilganim uchun uzr, sizni bir janob sorab keldilar, – deya, kotiba Frensisdan ko‘zini chetga olib, g‘ashak tutgan holda muloqot qildi.
– Hozir, janob, – dedi kotiba, yonidagi varoqdan bugungi uchrashuvlarni tekshirib.
– Kechirasiz, janob, ism-sharfingizni ayta olasizmi? – deya, kotiba varoqdan boshini ko‘targan holda, qulog‘idagi telefonni yelkasi tomon biroz tushirib, qarshisidagi betoqat bo‘lib turgan yigit tomon yuzlandi.
– Roche Frensis, – dedi yigit, sovuq ohangda javob berib.
Kotiba javob olgach, goshakni yana qulog‘iga olib keldi va qog‘ozdan yana qidira boshladi.
– Ha, janob, tonggi uchrashuvlar qatorida ekan, roppa-rosa yarim soatdan so‘ng, – dedi kotiba, qog‘ozda ko‘zini tez-tez yugurtirib.
– Tushunarli, janob, – dedi kotiba itoatkorlik bilan javob qaytarib, telefonning narigi tomonidan qo‘ng‘iroq yakunlandi.
– Kechirasiz, janob, Janob Jeon bir soatdan so‘ng kelar ekanlar, – dedi kotiba. – Unga qadar shu yerda kutishingiz mumkin. Sizga qahva, choy yoki sharbat taklif qila olaman. Agar istasangiz, uchrashuvni bekor qilib, boshqa kunga ko‘chirishingiz mumkin. Noqulaylik uchun uzr so‘rayman.
Qizning so‘zlari tugashiga ulgurmasdan, yigit yuzini burib, eshik tomon odimladi.
– Odamlarim sen haqingda aytganida doim ishga juda vahli kelishingni aytishgandi. Nima o‘zgargan? Kun tartibingni o‘zgartirib qo‘ydingmi? Nima seni uyga bog‘lab qo‘ydi? Hatto tunlari uydasan. Mafia boshligini o‘sha sirli qizcha uyga bog‘lab qo‘ydimi? Bu qizga bo‘lgan qiziqishim ortmoqda, – dedi yigit, o‘ziga eshitadigan ohangda takidladi va yuzida sirli tabassum bilan mashinasini egarladi. Keyingi daqiqada mashina bu yerni tark etdi.
— Jin ursin, uhlash uchun juda kech emasmi, hali ham uhlayotganiga ishonolmayman.— Nonushta dasturxonida yolg‘iz o‘tirgan yigit sabrsiz qol soatiga qaradi.
So'ng, uning hali chiqmasligini bilib, atrofida yig'ilgan hizmatchilardan biriga qarab, uni uyg'otishni va nonushtaga olib tushishni buyurdi.
Yorug‘lik qizning qovoqlari ostiga sekinlik bilan kira boshladi. U ko‘zlarini ochishga urinib, kipriklarini bir necha marta pirillatdi. Boshida atrof jimjitdek tuyuldi, ammo keyin quloqlari eng mayin tovushlarni eshitdi: uzoqdan kelayotgan qushlar sayrashi, deraza orqali kirgan shabada esganida pardalarning shiviri.
Ko‘zlarini asta-sekin ochganida, avval yorug‘lik ko‘zlarini qamashtirdi, ammo bir zum o‘tib, atrofdagi manzara ko‘rina boshladi. Nafasi biroz tezgina edi, go‘yo u allaqanday tushdan uyg‘ongan va tushda ko‘rgan sirli voqealar hali ongidan chiqib ulgurmagandek. Yostig‘ining qulayligi va atrofdagi sokinlik unga o‘zini xavfsiz his qildirardi.
Endigina uyg‘onib, atrofga nazar tashlay boshlagan qizning xayolini birdan eshik taqillashi buzdi. Tinchlikni yorib o‘tgan bu tovush uni hushyor tortishga majbur qildi.
— Kiring, — qizning mayin ovozi eshitildi.
Bu so‘zlardan so‘ng xona eshigi ohista ochilib, ichkariga xizmatchi qiz kirib keldi. U ehtiyotkor qadamlar bilan qiz tomon yaqinlashdi, yuzida esa odatdagi xushmuomala tabassum aks etardi.
— Hayrli tong, kichik xonim, — dedi xizmatchi qiz egilib, hurmat bilan salom berarkan.
— Hayrli... — qiz hali to‘liq uyg‘onmagan holda,
— Xonim, sizni bezovta qilganim uchun uzr so‘rayman, lekin janob sizni nonushtada kutmoqdalar, — dedi xizmatchi qiz muloyimlik bilan va yana bir bor bosh egdi.
— Yaxshi, hozir, — dedi qiz eringan ohangda.
U asta-sekin yotog‘idan turib, boshi bilan sochlarini to‘g‘rilab qo‘ydi va charchoqni yengmoqchi bo‘lgancha yuvinish xonasi tomon yo‘l oldi.
Yuvinish xonasidan chiqqanimda uyqum ancha yozilgandi. Salqin dushning tetiklantiruvchi ta’siri o‘zini ko‘rsatdi. Xonaga qaytganimda esa boyagi qiz hali ham shu yerda turganini ko‘rdim.
— Siz hali ham shu yerdasizmi? — dedim biroz hayrat bilan.
— Kechiring, xonim, lekin men janobning buyrug‘ini bajarishim kerak. Nonushtaga sizni o‘zim kuzatib qo‘yaman, — dedi u muloyimlik bilan, yana bir bor bosh egarkan.
"Tavba, buning nima keragi bor?" ichimda o‘yladim, lekin uning hijolat chekayotganini ko‘rib indamadim. Qizning xijolati ortidan tezroq bo‘lishim kerakligini tushunib, gardirob tomon yo‘l oldim.
Gardirobni ochganimda undagi kiyimlar mening uslubimga mos ekani darhol sezildi. Tanlashga vaqtim yo‘qligi sabab, qo‘limga birinchi tushgan kiyimni kiydim va uni soch turmagimga moslashga harakat qildim. Kiyinib bo‘lgach, xizmatchi qizning hamrohligida nonushta uchun pastga tushdim.
Janob notanish meni kutayotgani hayratlanarli edi. “Nima, uning biror muhim ishi bormi?” deb o‘yladim ichimda.
Orqaga qaytib, o‘zim uchun tayyorlangan stulga o‘tirdim. Bu joy janob Jeonga qarama-qarshi edi.
— Senga ham hayrli tong, — dedi o‘zining yo‘g‘on ovozida, menga ko‘zlarini uzmay.
Men uning bu tikilishidan noqulay his qilardim, lekin u esa ko‘zlarini mendan uzmaslikni davom ettirdi.
— Hammasi joyidami, kecha asabiy eding — dedi u menga savol berar ekan. Men uning kechagi tunni nazarda tutayotganini sezdim. Shunday bo‘lsa-da, bu haqda gaplashish kerakmi, deb o‘yladim. Menimcha, bu mavzuni cho‘zishning keragi yo‘q. Hatto eslashni istamayman.
— Hammasi joyida, — qisqa javob berdim.
— Unda yaxshi, agar nimadir bezovta qilsa, menga aytishing mumkin, nima istasang ham, — dedi u mehribonlik bilan.
Men uning ko‘zlariga bir zum tikilib qoldim. U juda samimiy edi. Bu ko‘zlarga qarash menga yoqayotgandi. Nega bilmayman, lekin ular meni o‘ziga tortib, unda uzoq vaqt qolishga majbur qildi. Gap nima haqida bo‘layotganini, uning so‘zlari qanday ma’no kasb etayotganini tushunmasdim, faqat uning qora ko‘zlariga tikilib qolgandim.
Hatto nima haqida gaplashayotganimizni unutib yubordim. Faqat uning samimiy ko‘zlariga sehirlanib qolgan edim.
Qiziq, u men haqimda nima his qiladi ekan? Uning barcha xayollari, sirli tabiatiga cheksiz qiziqishim bor. Uni ismidan boshqa hech narsa bilmayman. Biroq, uning yaxshi odamligini sezish qiyin emas. Uning kichik mehribonligi ham meni shu darajada o‘ziga tortadiki, uni unutib yuborishim uchun yetarli bo‘ladimi, degan savol tug‘iladi.
Ammo... Men shu yerda butunlay begona o‘yinlarda, sirli muhitda o‘zimni topganimni his qilaman. Bu dunyoda qanchalik yo‘q bo‘lganimni bilmayman, lekin uning atrofida borliq har zamon boshqa tovushda, boshqa ohangda jaranglayotgandek tuyuladi.
O‘zimni o‘zgacha xayollarda, sirli tuyg‘ular ichida topib, unga nima his qilayotganim haqida aniq javob topa olmayapman. Uff... Men chindan ham juda begona o‘ylar girdobida qolganman.
Oh, jin ursin! Hali ham unga uyatsizlarcha tikilib turibman. Es-hushimga kelganimda esa ko‘zlarimni undan olib qochdim va ovqatlanishga shoshildim.
Uning yengil kulgisini eshitdim. U meni ustimdan kulganmi, deb o‘ylab, ich-ichimdan biroz asabiylashdim. Biroq o‘zimni shunday holatda saqlashga harakat qilib, uning shirin tabassumini ko‘z oldimga keltirib, bu hursandchilikni ichimda saqladim.
Hoy-hoy, shoshma! Bu hammasi kechagi men birga u bilan xarid qilgan, shirinliklarim-ku.
Ko‘zlarim quvonchdan porladi. Bu hammasi emasdi. Keyingi daqiqada yuragim g‘upillab urildi — bu... bu kechagi shokoladli pasta edi.
Bu qanday sodir bo‘ldi, allaqachon miyyamda savollar to‘planib, ichki majlis boshlangandi.
— Buni juda yaxshi ko‘rasanmi, shundaymi? — dedi u meni sevimli ovozida so‘rab. Ko‘zlari esa hali ham ustimda sayr qilib turardi.
— Ha, juda ham, — dedim past ovozda, yanoqlarimning qizarib ketganini tasavvur qila olmadim.
U qo‘lini cho‘zib, mening kutmaganimni qildi — non ustiga shokoladli pastani surib, likopchamga qo‘ydi.
Men rad eta olmayman, uning menga nisbatan bu mehribonchiligi nima uchun, deb o‘ylardim. Chunki uning samimiyligi va tiniq tabassumi meni o‘ziga tortardi.
Restorandagi yumshoq yoritilgan muhitda qiz sabrsizlik bilan sherigini kutib o‘tirardi. U tez-tez bilagidagi soatga qarar, daqiqalarning qanday sekin o‘tayotganini his etardi. Bu uchrashuvni u anchadan beri intizorlik bilan kutgan edi. Qiz bu uchrashuv uchun ko‘p harakat qilgan, ammo yigit turli bahonalar bilan har safar uchrashuvni rad etardi. Bugun esa, nihoyat, imkoniyat paydo bo‘ldi — yigitning yig‘ilishi bekor qilinib, bir necha soat bo‘sh vaqt ajralganini qiz tasodifan kotibasi orqali bilib qoldi. Shu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildi.
Ko‘rinishidan, u o‘ziga ishongan va go‘zal ayol edi. U qimmatbaho liboslari va muloyim odobi bilan barchaning e’tiborini tortardi. Ammo uning ichki olami butunlay boshqacha edi. Qiz sodda, samimiy va o‘ziga xos jozibaga ega edi. Shu bilan birga, u aqlli va ishbilarmon edi — har bir qadamini aniq o‘ylab tashkillashtirishni bilardi. Uning ichidagi tabiiy jo‘shqinlik va qat’iyatni esa, faqat yaqinroq tanigan insonlargina sezishi mumkin edi.
Vanihoyat, u kutgan yigit ko‘rinish berdi. Restoran eshigidan kirib kelayotgan yigitni ko‘rib, uning yuragi gursillab ura boshladi. Hayajon tufayli o‘zini bosolmay, biroz dovdiragancha o‘rnidan turdi. Yillar davomida ko‘rishmagan "yaqini" bilan iliq salomlashish uchun u tomon intildi.
Yigit unga yaqinlashib kelar ekan, qo‘lini uzatdi. Bu harakatni kutmagan qiz bir lahzaga dovdirab qoldi, ammo uzatilgan qo‘lni muloyimlik bilan siqib qo‘ydi.
— Hayrli kun, ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi, shunday emasmi? — dedi u, hayajonini yashirishga urinib.
— Ha, shunday. Senga ham hayrli kun, Soyun, — deb yigit sovuq ohangda javob berdi. Uning ovozi begonalik va masofa bilan to‘lganday edi.
Oradan yarim soat o‘tdi. Ammo yigit hanuz sovuqqonligini yo‘qotmagan holda qiz bilan suhbatlashardi. U faqat ishga doir savollarga aniq va qisqa javob berar, qolganlarini esa e’tiborsiz qoldirardi.
Qiz suhbatni iliqroq tusga kiritishga, uzoqlashib ketgan yaqinlikni tiklashga urinar, biroq yigitning so‘zlari va ohangida masofa saqlash istagi yaqqol sezilardi. Uning bu muomalasi qizning yuragini ozor qilsa-da, u o‘zini tutdi, yuzidagi samimiy tabassumni saqlab turishga jon-jahdi bilan harakat qildi.
— Bilasanmi, Frensis, men bu yerda juda ko‘p tanishlar orttirdim va yaxshi ish topdim. Hozir juda katta kompaniyada ishlayapman, — dedi qiz, suhbatni jonlantirishga urinib. Uning ovozida oz bo‘lsa-da faxr va quvonch aks etardi.
— Ajoyib, sen uchun xursandman, Soyun, — deb yigit qisqagina javob berdi. Uning ohangi sovuqqina edi, xuddi bu gaplar unga hech qanday ta’sir qilmagandek.
— Sen o‘zgarmagansan... — Qiz kulimsiragan bo‘lsa-da, uning ich-ichidan hafsalasi pir bo‘lgani sezilib turardi.
— Ha, ba’zi odamlar hech qachon o‘zgarmaydi, — dedi u vazminlik bilan,
— Aslida sen ham o‘zgarmagansan, Soyun. biroz ko‘rinishing o‘zgargan, ammo xaraktering va o‘zingni tutishing o‘sha o‘sha, — dedi u.
— Hosh, qaysi kompaniyada ish yurityapsan? Qaysi kampaniya boshiga sendek kasofat qiz tushdi, — yengil kulib qo‘ydi yigit, hazil qilib. Qizni qalbini og‘ritishni istamay, u ham biroz qiziqish bildirgan bo'ldi yigit.
— Agar katta kompaniya bo‘lsa, men bilsam kerak, — qo‘shimcha qildi yigit.
Qizning ko‘zlariga jon kirdi. Boyardan buyon og‘zidan so‘z olishga qiynalayotgan insonidan bir bora bo‘lsa ham qiziqish va savol olgani qalbida kichkina umid o‘ynagan edi. U endi eski do‘stini topganday bo‘ldi. Javob berishga shoshildi.
— Jeon Industries kompaniyasi haqida bilishingga ishonchim komil, — dedi qiz.
Yigit uning so‘zlaridan hayratga tushdi, lekin yuzida hech qanday alomat sezdirmaslikka harakat qildi. Shu daqiqalarda miyasi turli xil fikrlar bilan to‘lib ketdi.
— Demak, Jeon kompaniyasi, — dedi yigit ayyor tabassum bilan.
— Ha, to‘g‘ri, sen bu kompaniyani bilasan, shundaymi? Bu juda katta kompaniya.
— Soyun, menimcha, ba’zi narsalar haqida gaplashib olishimiz kerak, — dedi yigit, qizga yaqinlashib, yuzida ayyor tabassum bilan.
Telefonning jiringlashi eshitilar ekan yigit bir zum o‘ylab, aloqaga javob berdi. Mashinaga joylashib, orqa o‘rindiqda qulay o‘tirarkan, ohista so‘zlarni davom ettirdi. Har bir so‘zida sirli ohang va ishonch bor edi.
— Janob Min, ajoyib yangilik bor, bu Jungkook bilan bog‘liq. Nazarimda men, bu masalaga yechim topdim.
— dedi yigit g'olibona jilmayib.
— Bir ozdan so‘ng yoningizda bo‘laman, — dedi.
Va keyingi daqiqada mashina ko'zlangan manzil tomon harakatlana boshladi.
Jungkook bugun ishlarining ko‘payib ketgani sababli uyga kechroq qaytdi. Charchoqdan uni eshik oldida tizilib turgan golda kutib turgan hizmatchilarga e’tibor ham bermay, yuqoriga chiqib ketdi. Zinalar bo‘ylab ko‘tarilar ekan, uning ko‘z oldida yuzaga kelgan holat, sog‘inchdan to‘lib-toshgan qalbini tinchlantirish haqida o‘ylardi. Kerakli xonasi eshigiga yetib kelib, taqillatdi. Ichkaridan javob bo‘lmagach, yana bir bor urdi – ammo hech qanday javob yo‘q. Endi uning yuragiga qandaydir vahima, shubha botib keldi. U honaga bosqinchilik bilan kirishga majbur bo‘ldi. Ichkariga kirib, xonani aylanib ko‘rganida, u joyda boshliqni ko‘rib, vahima yanada kuchaydi. O‘zini yuvinish xonasiga, so‘ng kiyinish xonasiga olib o‘tib borar ekan, ammo hech kimni ko‘rmasdi. Endi uning ichidagi vahima va qo‘rquv butun tanasini egalladi.