October 20

Mine

Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash osson, lekin to'xtatish juda qiyin~

- kichik honim~ uhlab olishingiz kerak. Ahir ha demay tong otadi, - hizmatchi Jung honim bir necha soatdan buyon qaysar qizaloqga gap uqtira olmay chuqur ho'rsindi.

Bu gaplarning hech biriga e'tibor bermay sevimli drammasini tomosha qilishda davom etayotgan Soolin, qo'ynini va yon tomonidagi stolni to'ldirgan shrinliklardan tatib ko'rishni kanda qilmasdi.

Gaplari yana havoga uchganini bilgan Jung honim asta qizning yoniga o'tirdi va avrashga o'tdi.

- Soolinaa~ ertaga sizning o'qituvchilargiz keladi va sizni dars honangizda kutishadi. Ammo siz juda kech bo'lganiga qaramay hali ham uhlamayotganingiz uchun erta tura olmaysiz va darslaringizga qatnasha olmaysiz.

Soolin unga bir bor qarab qo'ydi va yana nigohini qarshisidagi ulkan ekranga qartdi.

Qizning kech bo'lganda qaysarligi tutgan va hozir unga dars bilan yechim topib bo'lmasligini Jung honim bilardi.

Jung honim boshqa hizmatchilarni ko'z ishorasi orqali chiqishlarini buyurdi. Hizmatchilar chiqishganiga ishonch hosil qilgan Jung honim qizga yaqinroq keldi. Soolin hali ham unga e'tibor bermay shirinlik bilan og'zini to'ldirib dramma tomosha qilardi.

- agar ertaga otangiz kelsa va darslarga e'tiborsizlik qilayotkaningiz hamda juda ko'p zararli taomlar tanavvul qilayotganingizdan habar topsalar sizdan aniq hafa bo'ladilar, albatta ularga bu haqda men habar bermayman ammo ustozlaringiz dadangizga sizdan shikoyat qilishlari mumkun, - yuziga biroz qayg'u yugurtirib, sokin ovozda Soolinni avrashga urundi, Jung honim Soolinni qanday avrash kerakligini bilardi. Ammo bu ham har doim ish bermaydi.

- uhlashni hohlamayman! Dadamdan esa aslida hozir men hafaman! Shunday ekan dadam vadalarida turib, tezroq kelishlari va meni tabiat qo'yniga olib chiqmagunlariga qadar men ham o'z bilganimni qilishda davom etaman...!

Pov Soolin:
Bugun erta uyg'onganimga qaramay hali ham uyqim kelmasdi. Bugun dadam keladilar deb o'ylagan edim, chunki kecha men hafa bo'lganimni ko'rdilar va odatda men hafa bo'lganimni bilsalar tezda yetib kelar edilar, men ulardan juda hafa bo'ldim va ochlik e'lon qilmoqchi edim ammo men ovqatlarsiz tura olmayman. Shunday ekan men boshqacharoq usulni qo'llayman. Men shunchaki istaganimni qilaman va meyyordan o'tsa ham istaganimcha shirinlik yeb istamagunimga qadar uhlamayman! Menda isyon qilish uchun yetarlicha sabab bor ekan nega endi men bundan foydalanmayman?!

Soolin

Soolin qat'iy ohangda takidlar ekan, o'zi aytganidek o'z bilganidan qolmay dramani tomosha qilishda davom etar ekan Jung honim uning qaysarligidan chuqur ho'rsindi va umidsizlik bilan o'rnidan turib honada qizni yolg'iz qoldirdi. Hech qancha vaqt o'tmay, sal oldin honani tark etgan ikki hizmatchi qiz honaga qaytdi. Soolinning qaysarligi tufayli hizmatchilar ham mana tun yarmlab tongga yaqinlashar ekan hali ham uhlashmagan. Soolinni esa hatti bir honada yolg'iz qoldirish qatiyan taqiqlangan va u uhlamagunga qadar hech kim uhlamaydi.

~~~

Mashinalar uyga yaqinlashar ekan Jungkook ularga to'xtashni buyurdi. Mashinalar uy yaqinida to'xtar ekan Jungkookning buyrug'i bilan hamma mashinalardan tushib Jungkookning atrofiga yig'ildi va Jungkookni diqqat bilan tinglay boshlashdi.

- uy ichiga men va Minhodan boshqa hech kim kirmaydi! Sizlarning ishingiz shunchaki qo'riqchilarni yo'q qilish..!

- ortiqcha shovqin ko'tarmang va ishni bitirgach atrofni tozalang, - Jungkook qatiy buyrug' berdi va barcha itoatkorona bosh egdi. Jungkook hamaga bir bir ko'z tashlab uy tomon nigohini ko'chirdi.

Jungkook

~~~

Janob Min omborning qorong'u honasida qo'lini arqonlardan bo'shatish uchun chiranar ekan barcha harakatlari zoya ketardi. Hayolida qizalog'ini Jungkookning qo'liga tushganini va qo'rquvdan titrayotganini keltirib ich etini yer edi. Hayoliga kelayotgan yomon hayollar uni joyida tinch o'tirishiga to'sqinlik qilardi. U qo'rqardi...qizi Jungkookdek vahshiy qo'lida hozir qanday ahvoldaligi haqida o'ylasa u aqildan ozardi.

Janob Min hozir har qanday yordamga muhtoj. U hozir bu yerdan qutulish uchun qo'lidan kelganini qilishga tayyor ammo hozir uning qo'lidan hech narsa kelmasdi va aynan shu hozir uni yanayam yomon ahvolga solardi.

Qizi, ko'zining oqu qorasi hozir katta havf ostida va u hech narsa qila olmay shunchaki o'tiribdi. U bu holga tushgandan ko'ra o'limni avfzal ko'rardi. Balki Jungkookning niyyati ham asli shudir, uni o'lgandan battar holga solish~

~~~

Devorga o'rnatolgan va deyarli devordek keladigan televizor qarshisida o'tirgan Soolinning allaqachon uyqisi kelayotgandi. Televizorni juda baland ovozi u uhlab qolmasligi uchun Soolin tomonidan yanayam ko'tarildi. Hoziroq yumshoq o'rniga o'zini tashlab uyquga ketishni hohlardi ammo bo'sh kelmay o'z o'jarligida davom etardi.

Jung honim birinchi qavatda barcha ishlarini tugatib, divanda o'tirgancha ertaga janob Minga Soolinning tartibsizliklari haqida nima deb javob berish haqida o'ylar ekan tashqaridagi biroz shovqin uning etiborini tortdi. Atrofni oyna orqali tekshirar ekan nimadir hato ekanini sezdi. Biroz kuzatuvidan so'ng atrofdagi begona insonlarni payqagach zudlik bilan ikkinchi qavat tomon yugurdi. Soolin o'tirgan honaga yetib borar ekan eshikdan hovliqib kirdi.

Soolin nima bo'layotganini tushunmay eshikdan hovliqib kirib kelgan Jung honimga savol nigohi bilam qaradi.

Jung honim nima qilishni nima deyishni bilmasdi. U hozir Soolinni himoya qilishi kerak edi ammo qanday?! Soolinni qo'rqitib yubormaslik uchun qizni hech narsa bo'lmagani va shunchaki habar olish uchun kelganini aytib yolg'on gapirdi va shu honadan hech qayoqqa chiqmasligini Soolin va qolgan ikki hizmatchi qizga qattiq tayinladi.

Pov Soolin:
Eshikdan hovliqib kirib kelgan Jung honimning yuzida qo'rquv va hovotirni ko'rdim. U mendan nimanidir yashirayotgani aniq. Nega honadan chiqmasligimni aytdi? Juda qiziq...

Men drammani tomosha qilar ekanman hayollarim tashqarida edi. Tashqarida nima bo'layotgani meni juda qiziqtirardi. Men ortiq bu yerda jimgina o'tira olmayman.

Soolin televizorni o'chirdi va o'rnidan turib eshik tomon bordi ammo ikki hizmatchi qiz uning yo'lini to'sdi. Soolin ularga biroz qoshini chimirib savol nazari bilan qaradi.

- kechiring Soolin honim ammo Jung honim tashqariga chiqmasligingizni tayinladilar, - hizmatchi qizlardan biri pas ovozda boshini ekkancha gapirdi.

- tshunmadim siz...., - Soolinning jahil bilan aytayotgan gapini tashqaridagi baland nomalum ovoz kesib tashladi. Soolin va hizmatchi qizlar bir varakayga eshik tomon qarashdi va Soolin epchillik bilan eshikdan chiqib ketdi. Qizlar esa uning ortidan yugurishdi.

Soolin birinchi qavatga shoshilgancha tushar ekan ko'rgan manzarasidan joyida to'xtab qoldi. Zina oldida bir so'z demay turar ekan qarshisidagi notanish ikki yigit va ularning qarshisida qo'rquvdan titrayotgan o'nga yaqin hizmatchilar turar edi.
Soolinni payqagan Jungkook sovuq nigohini unga olib o'tdi.

Pov Jungkook:
Qarshimdagi bu qiz meni umuman kutmagan odam edi. Men bu yerga kelgunimga qadar bu uyda bo'lishi mumkun bo'lgan hamani hayolimdan o'tkazdim. Min Suhoning hammadan berkitgan siri. Balki uning jazmanlaridan biridir degan bemani o'y ham keldi. Ammo... Qarshimda menga tikilib turgan mitti qizaloq, biroz pastroq bo'y ...uzun va to'lqinsimon sochlar.... yorqin teri...tiniq yuz va shu bilan birga juda yoqimtoy...uzun kipriklar va mushukni eslatuvchi yoqimli va biroz katta ko'zlar....menga tikilib turar ekan ihtiyorsiz unga yaqinlashdim. Meni yaqinlashayotganimni sezgach bir qadam ortga qadam tashladi ammo nigohlarimiz hali ham bir biridan uzilmagan.

- s.siz kimsiz..? - Soolinning past va yoqimli ovozi yangragach yigit unga huddi gibnos tasiridagi odam singari qarab turardi.

- isming nima..? - qizning savolini etiborsiz qoldirib o'zinig yo'g'on va sovuq ovozida so'radi.

- S.soolin... , - qiz biroz qo'rquv bilan duduqlanib javob berdi.

Soolin

Jungkook qizga ko'zini uzmagan holda yana biroz yaqinlashdi.

Ayni damda qizning noqulayligi ortdi va o'zini olishga harakat qildi. Avvallari hech ham his qilmagan bu hodisaning hissiyotlari u uchun begona bo'lgan yigit qizning uzoqlashishiga yo'l qoymadi. Qo'llarini qizning ingichka belidan o'tkazar ekan, qizni o'ziga tortdi. Qiz yigitning changalidan chiqish uchun harakat qilar ekan bunga baquvat qo'llar yo'l qo'ymasdi. Oradagi masofani yanayam qisqartirgan yigit qizdan taralayotgan vanilla iforidan ko'zlarini yumdi.

Ichida yonib yigitga begona hislarni taqdim etayotgan ulkan hohishga qarshi turishga kirishib ketdi. Jungkook bunday qila olmaydi.! Butun vujudini kichik qizaloq izmiga topshirib qo'yolmaydi. Bu uning shaxsiyatiga to'g'ri kelmaydi.! Osmon bo'lgan g'ururini chetka surib, qizga o'zini topshib qo'ya olmaydi..!

Yigit o'zini qo'lga oldi va qizdan uzoqlashdi, ammo butunlayga emas.

Jungkook nima bo'layotganini tushunmay o'zi va bu yoqimli qizga tushunarsiz nigoh bilan qarayotgan Minhoga yuzlandi va qizga ishora qilib o'zi chiqish eshigi tomon yo'naldi.

Minho qizga yaqinlashar ekan qiz uncha uzoq bo'lmagan yerda turgan hizmatchi Jung honim va Chxve honimlarning oldiga yugurdi va ortiga berkinib oldi. Minho hech qanday so'z demasdan qiz tomon yaqinlashar ekan Chxve honimlar uni ortiga yanayam yashirdilar.

- yolvoraman janob u hali kichkina, nima maqsadda uni olib ketmoqchisizlar bilamayman, ammo u begunoh, iltimos uni olib ketmanglar, - Chxve honimning yoshlari ancha o'tib qolganiga qaramay nabirasi tengi yigitga yalinardi, chunki Soolin uning qizidek gap edi.

Ayloning gapidan yuzida hech qanday reaksya ozgarmagan Minho qizga yaqinlashdi. Qiz o'zini undan olib qochdi.

Minho

- agar kuch ishlatishimni istamasangiz vaziyatni qiyinlashtirmang va men bilan yuring, aks holda kuch ishlatishga majbur bo'laman, - yigit qizni ogohlantirar ekan qiz ilojsizlikdan bunga rozi bo'ldi va asta bosh chayqadi. Qizning javobini olgach, yigit ikki qadam ortga yurdi va qizga chiqish eshigi tomon ishora qildi.

Tashqarida mashina ichida kutayotgan yigit hayolida o'ziga nima bo'layotgani haqida o'ylardi. Biroz oldin tuygan yoqimli iforni go'yo vujudi yana talab qilayotgandek. Yigit o'zini boshqarishga harakat qilardi. Shu payt mashina eshigi Minho tomonidan ochildi va ichkariga sal oldin Jungkook o'zini yuqotishiga sabab bo'lgan qiz kirib keldi. Minho Jungkookga boshini biroz egib eshikni yopar ekan Jungkookning ko'zlari qizning har bir qarichida sayir qilardi. Qiz yigitning nigohlaridan noqulayligi ortardi va yuzini yigitdan olib qochardi. Ammo yigitning nigohlarini hali ham o'zida his qilardi. Ko'p o'tmay mashina harakatlana boshladi.

Jungkook

Pov Soolin:

Qarshimdagi notanish yigit... menga huddi yeb yuborgudek tikilardi. Qancha nigohimni olib qochib o'zimni boshqarishga harakat qilmay menga tikilayotgan yigit tufayli noqulay bo'lardim. Men hozir nima bo'layotgani va nima bo'lishi haqida bilmasdim. Bu yigit kim o'zi va mendan nima hohlashi meni qiziqtirardi. Agar menga ziyon yetkazishga urunsachi...? otam qayerda... nega meni bu notanishlardan qutqarmayapdilar. Dadajon iltimos tezroq keling. Men juda qo'rqyapman...

~~~

Ish bitgani haqida habar olgan Jungkookning odamlari aloqani yakunladi va omborhona tomon odimlashdi. Ichkaridagi stulga bog'langan va chiranayverib kuchi qolmagan janob Min Suhoni qo'llarini bo'shatdilar. Qo'llari bo'shaganini sezgan janob Min ko'zlarini ochdi va sergak tortdi. Qo'lini yechgan yigitlar unga telefoni, mashina kalitini va boshqa buyumlarini yoniga tashlashdi va omborhonani tatk etishdi.

Janob Min o'zida kuch tolib shoshilgancha yerdagi narsalarni olib o'zini tashqariga otdi. Tashqaridagi mashinasini ko'rgach darhol uniga joylashda va yuqori tezlikda Soolin saqlanaydigan uyga shoshildi.

Ko'p o'tmay uyga yetib kelar ekan shoshilib mashinadan tushdi. Atrofda atrofni ko'zdan kechirar ekan qo'riqchilar yo'qligini va atrofdagi qonlarni ko'rgach allaqachon kech qolganini tushundi...

#Davomi_bor...