Masked man
Keng va baland xona. Har bir jihozi qora rangda tanlangan. Tashqariga qaragan butun bir devorni egallagan ulkan oynadan shahar manzarasi ko'rinib turardi. Oyna oldidagi qulay kresloga suyanib, niqob taqqan bahaybat erkak sokin holda tashqariga tikilgancha o‘ychan edi. Uning ortida turgan odam nimadir deya gapirardi, ammo erkak orqasiga qayrilmas, faqat jim tinglar edi.
— Buning ortida kim turganini bilib kel, — dedi u nihoyat.
Niqob ovozini bo‘g‘iq va og‘ir qilar, lekin bu ohangning qattiqqo‘lligini kamaytirmasdi.
— Albatta, boss. Yigitlar ishga kirishgan. Tez orada natija bilan qaytaman, — dedi ortidagi kishi ehtirom bilan.
Javob o‘rniga sukut hukm surdi. Erkak kresloning yonidan qo‘lini chiqardi va oddiy bir ishora bilan: “Ketaver,” dedi. Bu imo tushunarli edi. O‘z so‘zining qabul qilinganini his qilgan yigit boshini egdi-da, xonani asta tark etdi.
Hukumat hech qachon insonlarni chinakamiga qadrlamaydi. Mansab va boylik insonni o‘zgartirmaydi; ular faqat uning asl yuzini oshkor etadi. Jamiyat allaqachon qat'iy ierarxiyaga bo‘lingan: boylar va mansabdor shaxslar kambag‘al va ojizlarni yo‘q qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan. Ularning bunday harakatlari ortida o‘z manfaati va hokimiyatga intilishlari yotadi.
Inson qancha yuqoriga ko‘tarilmasin, asl maqsadini unutishi tabiiydir. Hukumat esa begunoh insonlar taqdirini unutganiga allaqachon ko‘p vaqt bo‘lgan. Shu sababli men ulardan nafratlanaman va hech qachon ular oldida bosh egmaganman!
Men bu yerni yaratish uchun yillarimni sarfladim. Qo‘limdan kelganini ham, kelmaganini ham amalga oshirdim. Men o‘z imperiyamni qurib, uni mustahkam poydevorga asosladim. Bugun esa mening qudratim oldida hatto eng nufuzli davlat arboblari ham bosh egadi. Bu – mening kuchim, mening yo‘lim.
Bu yo‘l hech kim yurishga jur'at eta olmagan, hech kim bosib o‘tmagan yo‘l. Men ularga qarshi bevosita kurashmayman, lekin agar ularning tuban ishlarini bilib qolsam, ularni o‘z gunohlari botqog‘ida cho‘ktiraman.
Men ularning rejasini anglab yetgandekman. Agar bu men o‘ylagandek bo‘lsa, insoniyat mislsiz talofatga duch keladi. Buni to‘xtatish mening qo‘limda.
Kreslomni asta aylantirib, ish stolim tomon qaytdim. Chap tomonda joylashgan lazerli tugmachani bosdim.
— Menga Mayklni chaqiring, o'zi bilan birga kasallanganni ham olib kelsin, — dedim qat’iy ohangda.
Gapimni tugatib, qo‘limni tugmachadan uzdim.
Bir necha daqiqadan so‘ng xona eshigi taqilladi. Kirishga ruxsat berib, diqqatimni eshikka qaratdim. Hozir eshikdan qanday odam yoki mavjudot kirishi meni qattiq qiziqtirardi.
Eshik ochilib, ichkariga Maykl kirdi. Va undan tahminan ikki metir uzoqlikdagi men kutgan "odam" Uning qo‘l va oyoqlari zanjir bilan mahkamlangan, yuzi esa simli niqob bilan to‘silgan edi. Faqat ko‘zlari va nafas olishi uchun kichik teshiklar qoldirilgan, xolos. Bu holatda uni ko‘rganlar uni odam deb atashga botinolmasdi.
Uni yaqindan ko‘rishni xohlagan holda sekin qadam tashladim.
— Boss, u xavfli. Yaqinlashmasligingiz ma’qul, — dedi Maykl ogohlantiruvchi ohangda.
Ammo uning gaplari qulog‘imga deyarli yetib bormadi. Qarshimdagi insonning harakati cheklangan edi — qo‘llarini mahkam bog‘lagan uskunalar uni hatto bir qadam tashlashga ham majburlardi. Xonaning markaziga yetib kelguncha u kichik va qiynoqga to‘la qadamlar bilan zo‘rg‘a siljirdi.
Men unga yaqinlashdim. Nafasi og‘ir edi, hatto xonaning jimjitligini buzib yangrayotgandek tuyuldi. Uning yuzini berkitgan temir niqob ortida nafas olishidagi og‘riqni his qilish mumkin edi — bu og‘riq, go‘yo, nafaqat uning ichida, balki xonaning o‘zida ham aks sado berayotgandek edi.
Mayklning ogohlantiruvchi ovozi qulog‘imga yana yetdi, lekin men unga e’tibor bermadim. Unga yaqinroq kelib, yaxshilab o‘rganish niyatida qo‘limni cho‘zdim. Masofa shu qadar qisqa edi — hatto bir qadam ham emas.
Ammo birdan men kutmagan, yoki ich-ichimda kutgan hodisa sodir bo‘ldi. U to‘satdan quturib, menga tashlanishga harakat qildi. Barcha narsa bir lahzada sodir bo‘ldi. Shu payt uning keskin harakati va o‘tkir tirnoqlariga ko‘zim tushdi. Hayrat ichida muzlab qoldim.
Ha, u allaqachon inson emas edi. U endi mahluqqa aylangan edi.
Men darhol o‘zimni ortga tashladim va chap oyog‘im bilan kuchli zarba berib, uni o‘zimdan itarishga muvaffaq bo‘ldim. Harakatimda shoshqaloqlik va o‘zini himoya qilish instinkti aks etdi, ammo uning kuchi men kutganimdan ham xavfliroq edi.
U yerga yiqilar-yiqilmas yana o‘zini ustimga otib, menga hujum qilishga urindi. Harakatlari yirtqichning o‘lja ustiga tashlanishiga o‘xshardi. Shu payt Maykl qo‘lidagi pultni bosdi, va mahluqning tanasini o‘rab turgan uskunalardan kuchli tok o‘tdi. Elektr zarbasidan u birdan to‘xtadi va yerga qulab tushdi. Xonada qisqa sukut cho‘kdi, lekin havoda hali ham xavfning izi sezilib turardi.
— U endi allaqachon mahluq, Boss, — dedi Maykl sovuqqonlik bilan, qo‘lidagi pultni mahkam ushlagancha. Uning ovozidagi qat’iyat va haqiqat yuragimni bir lahza muzlatib qo‘ydi.
— Biz ularni o‘z holiga qaytarishimiz mumkinmi yoki yo‘q, buni aniqlashimiz kerak, — dedim qat’iy ovozda. — Shunga qadar ularning hech birini yo‘q qila olmaymiz.
So‘zlarim havoga osilib qoldi, xonani og‘ir bir sukunat bosdi. Har bir qaror, har bir harakat biz uchun o‘ta muhim edi.
— Noy hoziroq bu yerga kelsin, — dedim qat'iyat bilan.
Aylanib o'tib, o'z o'rnimni egalladim. Qarshimda buyruq kutib turgan Mayklga tik qarab, ovozimda hech qanday shubha yo'qligini ko'rsatdim. Bu vaziyatda har bir lahza qimmat edi, va men hech qanday kechikishga yo'l qo'ya olmasdim.
U boshini egib, buyruqni tasdiqladi. Qo‘lim bilan ketish ishorasini qilganimda, u yerda og‘ir nafas olib yotgan mahluqni pult yordamida nazorat qilib, asta-sekin xonadan olib chiqib ketdi. Xonada uning og‘ir nafaslaridan qolgan aks sado va zo‘riqish hissi hali ham sezilib turardi.
Ichimda jahl va qorong‘ulik o‘ziga o‘zini bo‘g‘ayotganini his qildim. Hozirgi vaziyat esa butunlay boshqacha edi. Bu mahluqni yaratuvchilar o‘zi aslida undan-da dahshatliroq edi – ular o‘zi mahluq bo‘lgan ekan. Bu fikr menda qorong‘u bir xavotirni uyg‘otdi, ammo shu bilan birga qasos olish istagimni ham kuchaytirdi.
Men mahluqqa aylantirilgan har bir inson uchun ularga qattiq tovon to‘lataman. Bu qasos va adolat mening qattiq qarorimdir. Har bir jon uchun hisob-kitob kun keladi.
Hona eshigi taqilladi, men esa kirishga ruhsat berdim. Maykl ichkariga kirdi, yuzida qat’iyat va ishonch bilan. Uning qo‘lidagi pult hali ham mahkam tutib turardi. Bu dahshatli kurashda har bir harakat o‘z vazifasini bajarishga majbur edi.
Orqasidan Noy kirib keldi. Yuzida yerga qaratilgan, biroz afsuslanish ifodasi bor edi. U jim, lekin ko‘zlarida noto‘liq qarorlar va ichki jangga tushganini anglatadigan tortishuv bor edi. Hali hammasi o‘z so‘zimni kutayotgan edi.
— Maykl, tashqariga, — dedim qat’iy ovozda.
Maykl hech narsa demay boshini egib, bizni yolg‘iz qoldirdi. Uning jim turishi bilan xonada chuqur sukut cho‘kdi. Endi faqat men va Noy edik.
— Ahvol qanday? — deb takrorladim.
Uning jim turishi meni jahlimni chiqardi. Endi men o‘zim so‘rashga qaror qildim.
— Javob ber, — dedim qattiq ovozda. — Qayg‘u yoki afsus yo‘q, faqat haqiqatni ayt.
— Aytganlaringizni barchasini bajardim, Boss, — dedi Noy. — Lekin endi… ulardan hech narsani qaytarib bo‘lmaydi. Ularning vujudida insoniylikda iz ham qolmagan. Hatto yuraklari endi odamnikiga o‘xshamaydi.
Ularning xususiyatlarini o‘rganishga harakat qildim va bu masalada bir kunda ko‘p yo‘llar bilan haqiqatga yetdim.
— Maykl uni olib kelayotganda, u qo'lga tushgan, ular bizning maxsus nishonimizni ko‘rganidan so‘ng unga hech kim teginmagan. U vazifani bajargan holda, mahluqni labaratoryadan bu yerga olib kelgan. Ammo endi ular bundan xabarimiz borligini bilib olishdi va bu jarayonni tezlashtirishga harakat qilishadi. Ya’ni, endi mahluqlarni insonlarga qarata yo‘naltirishlari mumkin. Bu esa biz uchun yangi muammoni yaratadi.
Men allaqachon kechikkanimizni anglab turardim, ammo hozir afsuslanib o‘tirmaslik kerak edi.
— Kasallik yuqumlimi? — deb so‘radim.
— Ha, Boss, — dedi Noy qisqa javob berib.
— Yuqish turi qanday? — deb davom ettirdim.
— Tirnoqlar orqali. Ular issiq jonga yaqinlashganda quturishadi, — dedi Noy, ovozida xotirjamlik bor edi. — Tirnoqlari esa o‘sganda, hujumga o‘tadilar.
— Ularning ko‘zlari ko‘r, ammo eshitish qobiliyatlari juda kuchli, — dedi Noy. — Har bir xatti-harakatni ham eshitib olishadi.
— Hozirroq tayyorgarlikni boshlang. Ortiqcha vaqtimiz allaqachon yo‘q, — dedim qat’iy ovozda.
Noy boshini egib, harakatga o'tdi. Bu kurashda vaqt bizning eng yomon dushmanimiz edi. Har bir lahza muhim edi.
— Jin ursin, — past ovozda og‘zimdan haqorat chiqdi. Umid qilamanki men o'ylagan narsa emas, iltimos. Keyingi daqiqada esa muzlab qoldim. Orqamda kimdir bor.
Men orqamga qarashga ulgurmasimdan kimdir og‘zimni tutib, meni ichkariga tortib kirdi. Harakat qilib, chiqishga urinardim, lekin barcha harakatim bekor ketdi. So‘ng qulflangan eshikning ovozi eshitildi. Sarosimaga tushib, bor kuchim bilan qo‘llaridan chiqishga urindim. Ammo shu daqiqada nimanidir ko‘rib, o‘zimni butunlay yiqilgan kabi his qildim. Biz uyda yolg‘iz emas edik…
Honada mendan boshqa uch kishi bor edi, hammasi o‘g‘il bolalar. Men atrofimni o‘rab olishganini sezdim. Yuzi berkitilgan edi, kim ekanlarini bilolmasdim, lekin ular mening kim ekanimni bilishayotgandek tuyuldi. Hozir bu ahamiyatli emas, hozir mening o‘zimni himoya qilishim muhim. Baqirib yordam so‘rashning foydasi yo‘q, chunki hech kim eshitmaydi. Shunday ekan, hozir hammasi o‘z qo‘limda.
Qurquvimi ularga sezdirmasligim kerak.
— Yo, Xudoyim, — dedim kulganchalik.
— Nima, mendan shu qadar qo‘rqdingizmi? Uch kishi bo‘lib kelipsizlar. Ochig‘i, o‘zimni juda kuchli his qilyapman.
— Men sizlarni qanday qilib cho‘chitib qo‘ydim yoki nima, birortangiz mendan kaltak yeganmisiz? — dedim kulgancha, ulardan birma-bir ko‘z yugurtirib.
— Yaxshi, savolni o‘zgartiraman, kimsizlar? — dedim jiddiy ohangda, ularga qattiq qarab.
Shunda meni uyga itargan yigit yuzidagi niqobni yechdi. Jin ursin* Caroline haq ekan. Bu rostdan ham men dopposlagan o‘sha tonka, o‘zi kela olmay yoniga itlarini olibdi.
— Qizaloq, nahot shu qadar tez unutding? — dedi u men tomon jirkanch tabassum bilan.
— Haa, ammo sen unutolmagan ko‘rinasan, albatta bu osonlikcha unutiladigan narsa emasdi, — dedim, men ham u kabi tabassum qilgancha. Men uni bu gaplar bilan gururiga tegdim, aslida allaqachon men uning gururini o‘sha jangda o‘zi bilan birga yo‘q qilgandim.
Yuzi jiddiy tus oldi. Uning jahli birdan yuqori darajaga chiqdi.
Haa, men tilimni tiyolmayman.
Qiz o‘zini o‘zi tinchlantirishga harakat qildi. Jarohatlari og‘riq berib, harakat qilishda qiynalayotgan edi, lekin u zaiflikka berilib qolmaslikka harakat qilardi. Ularning uyiga bostirib kirishgan uch nafar bola uning oldiga kelib qolgan edi.
Birinchi bola pichoq bilan hujum qildi, lekin qiz uning zarbasini bloklab, pichoqni tortib oldi va orqasidan shiddat bilan yerga yiqitdi. Ikkinchi bola tayoq bilan urmoqchi bo‘ldi, lekin u ham nasibasidan qolmadi — qiz unga zarba berib, uni yiqitdi.
So‘nggi bola qo‘lida pichoq bilan qolgan edi. U qo‘rquvdan titragancha, o‘z jarohatini ko‘rgan holda hujum qildi. Qiz uning zarbasini yana qaytarib, pichoqni o‘ziga tortdi va so‘nggi marta zarba berdi
Men hozir ular bilan yuzma-yuz bo‘lishim kerakligini angladim. Agar hozir ularni yo‘q qilmasam, keyinchalik ular ko‘payib, qaytib kelishlari aniq edi. Bu tahdidni butunlay yo‘q qilish uchun qattiq qaror qildim.
Honamga shoshilib kirdim va dadamdan qolgan yagona qurolni qo‘limga oldim. Bu qurol uning menga qoldirgan so‘nggi merosi bo‘lib, mening xavfsizligim va himoyam uchun mo‘ljallangan edi. Uning ahamiyati men uchun misli ko‘rilmagan edi.
Ularning oldilariga qaytganimda esa, ular hali ham o‘zlarini anglashga urinib, shunchaki hayot uchun kurashishar edi. Ammo men bilardim – endi ularni to‘xtatish faqat mening qo‘limda.
Qo‘limdagi qurolni ko‘rib, yuzlarida qorong‘u, sukunat bo‘ldi. Ularning rangi oqarib, har biri o‘z joyida qotib qoldi.
Qurol uchiga ovoz chiqarmaslik moslamasini o‘rnatdim. Ular nima bo‘layotganini anglab, darhol eshik tomon qochishga urinib ketishdi, ammo birdan ular o‘zlarini eshikni qulflaganligini esladilar. Endi bu o‘sha qulflar ularning o‘ziga qarshi ishlay boshladi.
Ko‘p o‘ylab otirmay, ularga o‘q uzdim. Moljalni aniq aniqlashim tufayli o‘q ularning boshini teshib o‘tdi – og‘riqsiz va tez hal bo‘lishni ta’minladi.
Men o‘zimni shu tarzda tinchlantirdim: bu faqat o‘zimning xavfsizligim uchun qilindi, va bu qilishim kerak bo‘lgan ish edi. Shu so‘zlar bilan o‘zimni bosishga harakat qildim.
Endi faqatgina bitta ish qoldi – murdalarni yo‘qotib, uyni tozalash.
Taxminan ellikdan ortiq tish-tirnog‘igacha qurollangan, baland bo‘yli va mushakdor bahaybat yigitlar saf tortib turishardi. Ularning barchasi yuzlarini niqob bilan berkitgan, ko‘zlarida qat’iyat va tayyorgarlik zohir edi. Hammasi jim, faqat bir narsani – bossning buyrug‘ini kutishardi. Hamma shay va hushyor.
Birdan ichkariga kutilgan odam – boss kirib keldi. U jang kiyimida edi. Bu manzarani ko‘rganlarning ko‘pchiligi biroz hayratga tushdi. Chunki odatda boss hech qachon janglarda yoki operatsiyalarda bevosita ishtirok etmasdi. Ammo bugun vaziyat boshqacha edi.
— Demak, hamma tayyor? — Bossning chuqur va yo‘g‘on ovozi jimlikni buzdi.
Hammaning e’tibori darhol unga qaratildi. Hech kim indamay, buyruqni kutib turardi.
— Boss, bu unchalik qiyin mashg‘ulot emas, — dedi Maykl uning yoniga yaqinlashib, past ovozda. — Biz bundan ham murakkab vaziyatlarni osonlikcha hal qilganmiz.
— Qarorlarim qachondan beri muhokama qilinadigan bo‘ldi? — dedi Boss keskin ohangda. Uning nigohlari sovuq va xavfli edi. — O‘zingga yuklangan ishing bilan shug‘ullan, Maykl.
Bu gapdan so‘ng Maykl bosh egib, ortga chekindi. U so‘zning davomiga hojat yo‘qligini yaxshi anglab turardi. Bossning qat’iyati hammani yana sukutga cho‘mdirdi.
— Hamma vertolyotlarga! — Bossning qat’iy va baland buyrug‘i atrofni larzaga soldi.
Buyruqni eshitgan zahoti hamma tezgina harakatga tushdi. Birin-ketin vertolyotlarga joylashish boshlandi. Hech kim vaqtni boy bermas, hamma o‘ziga belgilangan vazifani aniq bajarardi.
Boss ham ulardan biriga chiqdi. Uning yonida, odatdagidek, Maykl ham bor edi. Tom qismidagi vertolyotlar birin-ketin shovqin bilan osmonga ko‘tarila boshladi. Havo qudratli dvigatellarning gumburlashi va sirtdagi keskinlik bilan to‘lib toshgan edi.
Vertolyotlar tez fursatda ko‘zlangan manzilga yetib keldi. Bu joy odamlarga butkul noma’lum va mahfiy hudud edi. Hatto uzoqdan kuzatishning o‘zi ham imkonsiz edi. Ular hech qanday ogohlantirish yoki ruxsatsiz hudud chegarasini kesib o‘tib, ichki qismning istalgan nuqtasiga bemalol qo‘ndilar.
Atrof sukunatga cho‘mgan, bu joyning sirliligi va xavfli jozibasi har bir harakatda sezilib turardi. Vertolyotlarning parvoz shovqini bosilgach, atrof yana tinchlikka cho‘mdi, ammo bu tinchlik faqat xavfli vaziyatdan oldingi sokinlikka o‘xshardi.
Bu yerga yaqinlashgan har qanday odam o‘ldiriladi. Ammo buni qilish oson emas, chunki vertolyotlaridan ularni tanigan, masofadan ham kimligi aniqlanib boladi. Ularning qarshisiga chiqishga hech kim jur’at etmaydi. Chunki ular – "Blackstorm". Hech kim "Blackstorm"ga qarshi chiqishga jur’at etmaydi.
Kutilmagan va ehtimol kutilgan mehmonlarni qarshi olish uchun bino tashqarisiga, hovliga chiqishdi.
Vertolyotlardan qurollangan yigitlar yerga tushib saf tortishdi, va binodan chiqqan askarlar ularga tazim qilishdi. Ammo mehmonlar vertolyotlar oldida, ularga e’tibor bermasdan, mag‘rur tik holatda bossning chiqishini kutdilar.
Vertolyotdan kutilgan odam tushishi bilan hamma sergaklandi. Uning aurasidan atrofga sirli va dahshatli tuyg‘ular yoyildi. Uni endi ko‘rib turgan askarlar uning bahaybat va salobatli ko‘rinishidan hayratda qoldilar.
Uning kimligini fahmlaganlarida darrov tazim bilan ortga chekinib, uzoqlashdilar. "Blackstorm" boshlig‘ining hatto nomi atalmaganida hammani cho‘chitadi, va ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlarida hayratda qoldilar.
Og‘ir va ishonchli qadamlar bilan bino ichkarisiga kirdi, ortidan esa o‘nga yaqin odamlari ergashdi.
— Bu yerga kelganimning sababini allaqachon bilasan, shunday emasmi?
Ichkariga qadam qo‘yishi bilan unga ta'zim qilayotgan davlat vaziri va unga o‘xshash amaldorlarni ko‘rib, qat’iy ohangda gap boshladi.
— Bu yerga shaxsan kelganingiz biz uchun sharaf. Kelganingiz sababini esa, nazarimda, bilaman. Bir necha kun oldin sizning odamingiz kelgan edi, biz ularga ehtirom ko‘rsatdik va hech qanday hurmatsizlik qilmadik, deb o‘ylaymiz. Agar ular bizdan hafa bo‘lgan bo‘lsalar va siz shu sabab kelgan bo‘lsangiz, uzr so‘raymiz, — deya boshini ko‘tarmasdan, Blackstormning ko‘zlariga qarashga jur’at etmay gapirdi.
Ammo bu gaplar faqat bir pardoz edi, chunki Blackstormning bu yerga kelish sababini allaqachon hamma bilardi, faqat bilmaganlikka olishga majbur edilar.
— Yaxshi, demak uni ko‘rgansiz. Unda u o‘zi bilan olib ketgan narsani ham ko‘rgansiz, shundaymi? Yoki siz mening odamimni, Blackstorm a’zosini, nazoratsiz qoldirdingizmi? E’tiborsizlik qilishga jur’at etdingizmi?
Boss ularning buni tan olmasliklarini yaxshi bilar edi. Ammo bu safar ularni haqiqatni bo‘yniga olishga majbur qildi.
Bossning jahli chiqqanini sezgan zahoti ular qo‘rquvdan qaltirab ketdilar, biroq buni bildirmaslikka bor kuchlarini sarfladilar. Ularning qarshisida buyuk bir erkak va uning sadoqatli odamlaridan iborat kuch turgan edi. Unga nisbatan e’tiborsizlik yoki hurmatsizlik qilish – kim bo‘lishidan qat’i nazar, xoh vazir, xoh boshqa, hech kimning jur’atiga sig‘mas edi.
— Albatta, unday emas, — dedi biri shosha-pisha.
— Biz ularni ehtirom bilan kuzatib qo‘ydik va ularga to‘liq e’tibor qaratdik. Ularning qo‘llarida qandaydir... mahluqqa o‘xshash narsa bor edi. Ammo biz buni nimaligini so‘rashga jur’at etmadik, — deya titroq ovozda gapirdi.
Uning yolg‘on gapira boshlashdan boshqa chorasi qolmagan edi. Bu esa uning uchun xavfli edi, juda xavfli. Chunki hozir uning hayoti go‘yo qil ustida osilib turgandek edi.
— Maykl, — Bossning baland, buyruq ohangidagi ovozi xonada yangradi.
Orqada saf tortgan o‘n kishidan biri, ya’ni Maykl, oldinga qadam tashladi.
— Boss, men u mahluqni shu binodan olib ketdim. Ularning ko‘z oldida. Bu binoda bunday mahluqlar juda ko‘p. Men o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, — dedi u qat’iyat bilan. — Ular odamlarni mahluqlarga aylantirishmoqda.
Xonaning sovuq sukunatiga Mayklning so‘zlari qo‘shilib, hammaga vahima va sirli xavf solardi.
— Binoda tintuv o‘tkazing, — dedi Boss qattiq va buyruq ohangida.
Uning buyrug‘i eshitilishi bilan tashqarida atrofni o‘rab olgan o'nbesh kishidan tashqari barcha darhol binoni tekshirishga kirishdi. Boss esa o‘z o‘rnidan jilmay, qarshisidagi kresloga sokinlik bilan o‘tirdi. Sovuq yuz ifodasi bilan tiz cho‘kib o‘tirgan yetti nafar amaldorga tikilib turar, go‘yo har birining yuragini nigohi bilan teshib o‘tayotgandek edi.
Yarim soatdan kamroq vaqt ichida tezkor tintuv yakuniga yetdi. Hamma bossning oldida saf tortib turar, Maykl esa bayonot berish uchun oldinga qadam bosdi.
— Binodan shubhali hech narsa topilmadi, — dedi u.
Yuzida qattiq jahl va tushkunlik bor edi.
Boss kech qolganini tushunib, yuragi muzladi, ammo buni hech kimga sezdirmadi. Yuzidagi o‘tkir jahldan qarshisidagi yuzida yovuz tabassum o‘ynab turgan holda, boshini egib turgan amaldorlarni tezkor o‘rnidan turib, kuch bilan tepib tashladi.
— QAYERDA? — Bossning baland va qahrli ovozi xonani larzaga soldi. Hatto uning o‘z odamlari ham bunaqa gazabga dosh berolmasdi. Hech kim Bossning bu qadar qattiq jahliga chidab tura olmasdi.
Ularning javob sukuti uning qonini qaynatdi, sabrini tishlab to‘xtolmas qahr bilan tepkilar va so‘kishlarning ostida qoldi.
Bossning qahrli zarbalari ostida allaqachon chalajon holga kelgan amaldorlarni qon qopladi. Ularning har biri og‘riqdan qichqirishga jur’at etolmas, faqat bo‘ysunish bilan boshlarini egib, jazo nihoyasini kutardi.
Boss og‘ir nafas olar ekan, biroz tin oldi. So‘ng qo‘l ishorasi bilan odamlarga buyruq berdi va oxirgi bor amaldorlarga sovuq nigoh bilan qaradi. Oyoq kiyimidagi qon izlarini ko‘rib, g‘azab bilan so‘kindi. Shundan so‘ng, binoni tark etib, vertolyotga o‘tirdi.
Hududdagi barcha odamlar o'ldirildi. Amaldorlar esa hushsiz holatda maxsus joyga olib ketildi.
Uchta murdani to‘rtinchi qavatdan hech kimga bildirmay olib tushish qanchalar qiyin bo‘lganini ayta olaman. Jin ursin barchasini! — ichimda g‘azab bilan so‘kdim.
Ular hidlana boshlamasidan yo‘qotishim kerak edi. Caroline’ni aldash esa juda oson bo‘ldi, shu sabab u menga to‘siq bo‘lmadi. Ammo agar u bu ishlarni bilib qolsa... bu juda yomon tugashi aniq.
Nihoyat ko‘lga yetib keldim. Uch murdani sudrab borib, ko‘lga tashlab yubordim. Ammo ulardan biri suvga tushmay, ko‘l chetida qolib ketganini ko‘rib, asablarim taranglashdi.
Ko‘l juda chuqur edi, murdaning oldiga tushish esa xavfli edi. Biroq vaqt yo‘qligi va vaziyatning murakkabligi sababli ularni shu holatda qoldirishga majbur bo‘ldim.
Uyga eltuvchi qorong‘i yo‘ldan ketar ekanman, o‘ng tomondagi eski uy ichidan kelayotgan shovqin meni to‘xtatib qoldi. Bu kimningdir og‘riqdan qichqirayotgan ovozi edi, va u aniq bir ayolga tegishli edi. Qorong‘ilik ichida bu ovoz yanada qo‘rqinchli eshitilar, yuragimni bezovta bir hissiyot qamrab olardi.
Bir zumda fikrimda bir tasvir paydo bo‘ldi: bir erkak ayolni do‘pposlayapti, degan o‘y ichimni qattiq tirnadi. Buni shunchaki ko‘rib o‘tib ketishga vijdonim yo‘l qo‘ymaydi. Ayollarning zo‘ravonlikka uchrashi – bu eng gazablanarli holat!
Ayollarga qo‘l ko‘taradigan erkaklar... yo‘q, ular erkak emas! Bunday ifloslarning barchasini yer bilan yakson qilishni, ularning shafqatsizligini oxiriga yetkazishni istayman. G‘azabimni bosolmay, ichimda qaynayotgan dard meni harakatga chorlaydi.
Men boshqa kutolmadim. Bir lahza ham o‘ylanmasdan, uy tomon qadam tashladim. Ichimdagi g‘azab va adolat istagi meni harakatga undar, har bir qadamim tobora qat’iyatli bo‘lib borardi.
Uyga yaqinlashganim sari ayolning og‘riqdan qichqirayotgan ovozi yanada balandlashar, bu esa meni yanada tezroq harakat qilishga majbur qilardi. Ammo... shu payt qulog‘im boshqa bir narsani ilg‘adi. Bu qandaydir yirtqich hayvonning g‘irillashiga o‘xshardi.
"Ichkarida yirtqich hayvon bormi?!" degan o‘y miyamda chaqmoqdek chaqdi. Qaltirashga vaqt yo‘q edi. Kirish eshigiga yetib kelganimda, yaqin atrofdagi o‘tin yorishda foydalaniladigan boltani qo‘limga oldim. Nafasimni rostlab, o‘zimni tayyorlab, eshikni sekin ochdim va uy ichiga kirdim.
Ammo ichkariga kirganimda, umuman kutmagan manzara bilan yuzlashdim. Ayolning ovozi allaqachon tingan edi. U yerda qonga belangan holda yotardi. Ehtimol, u allaqachon hayotdan ko‘z yumgandi. Xona alg‘ov-dalg‘ov, oyna sinib ketgan, yerda mayda singan bo‘laklar sochilib yotardi.
Eng qo‘rqinchlisi esa uning jasadi ustida egilib turgan narsa edi — bahaybat, vahimali va mutlaqo notanish bir maxluq. U na inson edi, na yirtqich hayvon. Bu nomalum mahluq ayolning jasadini uzun tirnoqlari bilan nimtalayotgan edi.
Bu manzarani ko‘rishning o‘zi dahshatli edi. Ichimni vahima va muzday qo‘rquv qamradi. Hatto turgan joyimdan qimirlay olmadim. Nafas olishni ham unutgandek edim, go‘yo bu dahshat meni hayotdan uzib qo‘ygandek edi.
Shunda u to‘xtadi. Atrofni og‘ir, chuqur nafas olish ovozi bosdi. Bu ovoz shunchalar vahimali ediki, tanam muzlab qoldi. Shu payt men faqat bir narsani eshitardim: uning og‘ir nafas olishini va mening yuragimning vahimadan gurs-gurs urayotganini. Har bir zarb go‘yo qulog‘imda aks-sado berardi.
U menga o'girilgandagina uning dahshatli yuziga guvoh bo'ldim. Shu daqiqalarda hayolim o'ziga qaytgandek bo'ldi. U menga daxshatli nigoh bilan qarardi...