Mine
Tong otganiga qaramay to'shakda farishta ka'bi uhlayotgan qiz tushlar saltanatida kezmoqda.
Shu vaqt eshikning taqqillashi va hizmatchining ovozi qizni yuzi burushishiga sabab bo'ldi. Derazadan tushayotgan yorug'lik ham go'yo uni uyg'onishga majburlab ko'ziga tushardi. Ko'zlarini ochishni istamay boshini yostiq ichiga berkitdi.
- honim, - hizmatchi eshik taqqilatish mobaynida gapirdi, - honim meni eshityapsizmi.? janob sizni tayyorlanib pastga tushishingizni buyurdilar. Honim~, - hizmatchi gaplari havoga uchganini bilib asta honaga kirdi.
Yuzini yostiq bilan berkitgan qiz tomon borib yana past ovozda murojaat qildi, ammo javob kelmagach qiz qattiq uyqudaligini bildi. Uyg'otish maqsadida uning yelkasiga qo'lini qo'ydi va asta silkidi.
- honim iltimos uyg'oning, - qiz agar uni uyg'otib nonushtaga olib tushmasa Jungkook uning aytganini qilmagani uchun nima bo'lishini taxmin qildi va astoydil qizni uyg'otishga kirishdi.
- Chxve honim iltimos, yana biroz uhlashni hohlayman, meni. Meni bezovta qilmang, - qizning yostiq ostidan aytgan past ovoziga hizmatchi chunmadi va yana ishida davom etdi.
Qiz uni uhlashiga qo'ymayotgan insonga jahil aralash boshini ko'tarib endi gapiraman deyayotganida u notanish odamligini yarim yumiq ko'zlari bilan ko'rdi va og'zini yumdi. Hizmatchi ayol qiz uyg'onganini ko'rib biroz ortga chekindi va tazim qildi.
- honim sizni bezovta qilganim uchun uzur so'rayman. Janob Jeon sizni hoziroq tayyorlanib pastga tushishingizni buyurdilar, - qiz ko'zini qo'llari yordamida ishqaladi va atrofga alanglab holatni tushunishga harakat qildi va kechagi voqealar miyyasida eski kaseta singari aylandi.
- honim men sizga tayyorlanishingiz uchun yordam beraman, - hizmatkorning gaplaridan hayolini yig'ib unga yuzlanidi.
- buning hojati yo'q ketayvering, - qiz inkor etdi va to'shakdan tushdi, - yuvinish hona tomon yo'l olar ekan ortidan hali ham boshini egik saqlagan holda hizmatchi ayol gap boshladi.
- honim siz uchun yangi kiyimlar hozirladik, istaganingizni kiyishingiz mumkun, - hizmatchi ayol kiyinish honasiga ishora qildi.
~~~
- bugun u bilan uchrashaman, ishonchim komil u men tomonda bo'ladi. - mashinada hotirjam ovozda gaplashayotgan yigit goh gohida oynadan atrofga nazar tashlab qo'l soatiga ko'z yugurtirardi.
- ammo unga ko'p ishonmang janob, u hozir qanday holda bolsa ham oldin u bilan do'st va hamkor bo'lgan. - telefon ortidan biroz havotir aralash gapirdi yogit.
- men kimga qay darajada ishonish mumkunligini juda yaxshi bilaman. Sen esa tezroq men aytgan ishlarni hal qil va bu yerga kel, bu yerda ham sen uchun ba'zi ishlar bor
- chunarli, unda ikki uch kunlarda men ham ortingizdan yetib boraman
- ha yana... - yigit biroz taxtadi, tomog'ini qirdi va davom etdi, - haligi qiz...u haqda biror malumot topdingmi.?
- yo'q janob, u qiz haqida hech qanday malumot yo'q, hatto shifohonalarda ham u tug'ulganligi haqida biror hujjat yo'q - yigitning hafsalasi pir bo'lgan ka'bi ho'rsindi.
- yaxshi, - yigit qisqa javob berdi va aloqani yakunladi
Nahot u qiz haqida biror malumot yo'q. Uni nima uchun Min Suho bunchalar yashirin saqlagan.? U rostan ham uning qizimi.? Nima uchun bu qiz haqida barchasi bu qadar chigal va mahfiy.? Jin ursin*.....
Yigit asabiy sochini orqaga taradi.
Odatda faqatgina bir kishi taomlanadigan bu dasturhonda endilinda ikki kishi nonushta qilmoqda. Ammo tinchlik hali ham odatdagidek, yigitning nigohlari hali ham qizda sayr qilmoqda, go'yo ko'zlar faqat unga boqishni istaydi.
- menda ba'zi savollar bor.. - nonushta qilishdan to'xtagan qiz nigohini undan ko'zini uzmay tikilayotgan yigitga qaratdi.
- davom et - yigit yuz ifodasini o'zgartirmagan holda tikilishda davom etib javob berdi.
Qiz biroz bundan hijolat bo'ldi va noqulaylikni his qildi.
- dadamni bu yerdaligimdan habarlari borligini aytdingiz, ular qachon meni olib ketish uchun keladilar.?
Yigit biroz asabiylashdi qoshlari biroz chirildi va ko'zlarini boshqa tomon yo'naltirdi. Biroz ho'rsinar ekan nigohini yana unga savol nazari bilan tikilib turgan qiz tomon ko'chirdi.
- demak qachon ketishing seni qiziqtirmoqda.?! - yigitning yuzi qizning yuziga yaqin keldi. Qiz uning o'tkir nigohidan va unga juda yaqin bo'lgan yuzi tufayli yanada noqulayligi ortdi.
- unda eshit va boshqa menga bunday savol aslo bera ko'rma.....bu yerdan qachon " men ruhsat bersamga keta olasan" endi tushunarlimi .?!
- unga qadar sen shu yerda qolasan.! - yigit qo'shimcha qildi.
- demak men sizning mahbusingizman, shundaymi? Siz qachon hohlasangiz o'shandagina chiqa olaman?! Siz kimsiz o'zi a? Mendan nima istay....
- aslida ham shunday ediku...nega endi norozisan, huddiki bu sen uchun yangilikdek, - qizning gaplarini yigitning kesatiq aralash gaplari kesib tashladi.
Qiz savol nazari bilan yigitga tikilishda davom etdi.
- sen shundoq ham shu vaqtga qadar asira ka'bi yashading va endi bu sen uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Otang seni juda yaxshi asira qilib katta qilgan shunday emasmi.? Shunchaki odatdagidek yasha va ahmoqona savollarni bas qil. - yigit so'zlarini jiddiy takidladi va nonushta dasturhonini ham honani ham tark etdi. Qiz esa bir so'z deya olmadi va kayfiyati tishkunlashi. Yigitning aytgan gaplari uning mitti yuragiga igna sanchgan ka'bi og'riq berdi.
Jungkook kampanyaga kelganiga ham ancha bo'ldi ammo hayoli ishda emasdi. Uning kayfiyati juda yomon, har doimgi sovuq va jahldor boahliqdan ham yomonroq edi. Kelganidan buyon hammani tindirmayotgandi. Har bir kichik sabab tufayli ular qattiq jazolanishmoqda. Yoki bazilari kabi ishdan haydalmoqdalar. Hozir hammaning qo'rquvi Jungkook edi, ya'ni uning hozirgi qattiq g'azabi. Aslida yigit uning bu g'azabi kimga nisbatanligini o'zi ham bolmasdi, ammo ertalabgi gaplari miyyasida aylanar ekan gaplarini tahlil qilib kichik qizaloqga nisbatan bu gaplar og'ir ekanligini chundi. Va demak u o'z so'zlaridan afsuslanar ekan g'azabi ham aslida o'ziga qaratilgandi. Ammo shu bilan birga Jungkook kimning ko'ngli bilan, hafa bo'lish va uning gapi kimgadir og'ir botishi haqida o'ylayfigan odam emasdi.! U har doim qattiq qo'l va vahshiy bo'lgan. Lekin hozir u qiz uchun qayg'urib o'zidan nafratlanayotgani.....
Kun bo'yi uyni aylanib chiqqan qiz, Jungkookning ruxsati bilan orqa bo'g'da vaqt o'tkazardi. Hizmatchi honim Soolin uchun Jungkookga qo'ng'iroq qilib bu uchun ruxsat olgandi. Aslida Jungkook u bog'ga kirish uchun hammaga ham ruxsat bermasdi. Ammo qiz uchun u bir zumda rozi bo'ldi va ruxsat berdi.
Kun bo'yi uyni aylanib chiqqan qiz, Jungkookning ruxsati bilan orqa bo'g'da vaqt o'tkazardi. Hizmatchi honim Soolin uchun Jungkookga qo'ng'iroq qilib bu uchun ruxsat olgandi. Aslida Jungkook u bog'ga kirish uchun hammaga ham ruxsat bermasdi. Ammo qiz uchun u bir zumda rozi bo'ldi va ruxsat berdi.
Kun bo'yi uyni aylanib chiqqan qiz, Jungkookning ruxsati bilan orqa bo'g'da vaqt o'tkazardi. Hizmatchi honim Soolin uchun Jungkookga qo'ng'iroq qilib bu uchun ruxsat olgandi. Aslida Jungkook u bog'ga kirish uchun hammaga ham ruxsat bermasdi. Ammo qiz uchun u bir zumda rozi bo'ldi va ruxsat berdi.
Kech ham tushdi ammo qiz hali ham homush holatda bog'da joylashgan o'rindiqda homush holda gullarga termulgancha hayol surardi.
Jungkook uyga qaytdi va hizmatchidan Soolin bugun nimalar qilgani haqida so'radi.
Uning hali ham bog'daligini eshitgach oldiga borishga qaror qildi.
Bog'ga yaqinlashar ekan salqin bo'lishiga qaramay yupun kiyimda, tushkun kayfiyatda gullarga termulib turgan qizni ko'rib yana ham aybdorlik hissi ortdi.
Bu vaqtda bog'da havo yanayam salqin bo'lishini bilgani uchun yopinchiqni o'zi bilan olib keldi.
Qiz hayol bilan bo'lgani uchun Jungkook kelganini payqamadi, lekin Jungkook uni yopinchiq bilan o'raganida biroz cho'chib tushdi va tezlikda unga qaradi.
- nega hali ham uhlamading.? - yigit qizning yonidan joy olish barobarida gapirdi, - havo salqin nega bu uerda hali ham o'tiripsan.?
- juda ko'p savol beryapsiz janob, menga bunday yigitlar yoqmaydi, - qiz huddi yigit kecha aytgan gaplarini o'ziga qaytardi. Jungkookning biroz oldingi jiddiy qiyofasini qizning so'zlaridan so'ng o'zgardi. U yengil kulib qo'ydi va hali ham gullardan nigohini uzmay o'sha tomon o'ychang tikilgan qizga qaradi.
Jungkook Soolinga biroz tikilib qoldi va buni Soolin ham sezdi. Soolin shunchi yigitning ko'zlariga nigohini ko'chirdi va shunchaki qarab turayverdi.
Yigitni yana o'sha hohish va egalik hissi o'rab oldi. Dimog'iga urilib unda har hil hislarni uyg'otayotgan vanilla ifori....yigit o'zini boshqarishi kerak, va agar bu u uchun qiyin bo'layotgan bo'lsa ham.!
- nazarimda....men senga nisbatan hato qildim, - yigit etiborini qizning jamolidan uzoqlashtirishga urunib bo'dagi gullarga ko'z yugurtirish mobaynida gapirdi.
- yani meni nonushtada senga aytgan so'zlarim hato edi, senga bunday demasligim kerak edi - yigit hatosiga iqror bo'ldi.
Qiz esa sukut bilan javob berdi.
- men bu gaplarni o'ylamay gapirdim va nazarimda ko'ngli gni og'ritdim,
- unuting, siz shunchaki haqiqatni aytdingiz. Meni dilimni og'ritgani sizning so'zlaringiz haqiqatligi va bunda sizni ayblash hato bo'ladi, - qiz shu qadar sokin va mayin ovozda gapirar ekan yigit uning so'zlari qanday bo'lmasin uning ovozini yana ham ko'proqneshitgisi kelardi.
- nima bo'lganda ham uzur so'rayman, endi esa ichkariga kir va dam ol, - yigit qizning so'lg'in yuziga qaradi.
- odatda menga nisbatan uzur so'rash usuli boshqacharoq bo'ladi, - yigitning yuzi savol nazarida qizga qaratildi.
- shunchaki kechirim so'ramang, va uning o'rniga meni shirinlik bilan mehmon qiling, - qizning biroz oldingi tushkun holatidan asar ham qolmadi va o'rnini o'yinqaroqlik va tabassum egalladi.
Beihtoyor yigitning ham yuziga tabassum oraladi.
- yaxshi men hoziroq aybimni yivaman, unda kettik kichik honim~