Masked man
Quyosh botishi bilan zulmat keladi.
Lekin zulmat ichida ham yulduzlar charaqlaydi.
Kimdir yorug‘likni tanlaydi, kimdir zulmatni quchoqlaydi.
Har kim nurga intiladi,
Ammo faqat ozchilikgina zulmatni quchoqlab yashashni biladi.
Zulmatda qalb yolg‘onlardan halos bo‘ladi,
Va chinakam haqiqat o‘zini namoyon qiladi.
Sport zalining kiyinish xonasida qiz javondan kiyimlarini olib, sekin kiyimlarini almashtira boshladi. Shu payt dugonasi uning ismini chaqirdi. Qiz to‘xtab, bir zum o‘yladi va unga biroz hayron, biroz sergak yuz ifodasi bilan qaradi.
— Aiko, chindan ham u bilan jang qilmoqchimisan.?
Dugonam menga hayron va biroz xavotir bilan tikildi. U meni yaxshi biladi, qarorlarimni o‘zgartirish imkonsizligini tushunadi. Baribir, men o‘z aytganimni qilaman. Oxiri nima bo‘lishi menga qiziq emas.
— Nima, hazil deb o‘yladingmi? — dedim qat’iy ovozda, qarashimni undan uzmay.
— Sen aqldan ozgansan! Bu ahmoqlik! Qaysidir ahmoq uchun bunday qilolmaysan. Axir u o‘g‘il bola!
Dugonamning ovozida g‘azab va xavotir aralash edi. Uning gaplarining qaysidir qismi to‘g‘ri, lekin bu men uchun ahamiyatli emas. Men buni xohlayman. U o‘sha gaplari uchun javob berishi kerak. Men nima bo‘lmasin, o‘zim uchun buni amalga oshiraman.
— Men birinchi marta o‘g‘il bola bilan jang qilayotganim yo‘q, shuning uchun xavotir olishing asossiz, Caroline, — dedim qat’iy va sovuq ohangda. — U so'tak, juda kuchsiz. Men undan qo‘rqmayman.
U menga hafsalasiz qarab qo‘ydi va har doimgidek mening qaysarligim oldida yengilib, bosh irg‘adi. Rozi bo‘lishdan boshqa iloji yo‘q edi.
— Men uni birinchi raunddayoq o‘ziga kela olmaydigan qilaman, — dedim ishonch bilan. — Jarohatlar ahamiyatsiz. U o‘sha gaplari uchun albatta pushaymon qiladi.
So‘zimni tugatib, mag‘rur tik turgancha unga qaradim. Bu qarorimdan qaytishim mumkin emas edi.
"Men unga yetarlicha imkoniyat berdim. Buni inkor etolmaydi. Ammo u o‘z yo‘lidan qaytmadi. Endi esa bu imkoniyatlarning hammasi tugadi. Men bundan to‘liq foydalanaman.
Uni o‘ziga o‘xshagan ahmoq do‘stlari oldida sharmanda qilaman. Boshqalar ham bilib qo‘ysin: har bir harakatning, har bir so‘zning javobi bor. Va men o‘sha javobni o‘zim yetkazaman."
Rimga ko‘tarilar ekanman, u yerda turgan o‘sha ahmoqning tirjaygan chehrasini ko‘rdim. U allaqachon shu yerdaligini va jangga tayyor ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Meni kutayotgani aniq edi. Atrofga ko‘z yugurtirdim — yigirma-otizdan ortiq odam kelgan, balki undan ham ko‘p. Albatta, bu yerda qiz bola va o‘g‘il bolaning olishuvini ko‘rishni istaydiganlar topiladi.
Bu joy unchalik mashhur emas, odatda ko‘p odam yig‘ilmaydi. Men buni yaxshi bilaman, axir bu yerda ancha vaqtdan beri shug‘ullanaman. Ammo bugun boshqacha. Bugun bizning jangni tomosha qilish uchun odamlar to‘planibdi. Tomoshabinlar orasida, albatta, o‘sha ahmoqning do‘stlari ham bor. Lekin bu menga ahamiyatsiz. Ularning ko‘z o‘ngida uni yer tishlatish — mana shu men uchun muhim.
Uning yalang‘och tanasini ko‘rib ichimda jirkanch bir hissiyot uyg‘ondi. U kiyimsiz edi, belida faqat kalta shortik, yoqimsiz sochlari esa orqaga yig‘ib qo‘yilgandi. Lekin eng jirkanch tomoni uning yuzidagi masxaraomuz kulgu va o‘zini tutishidagi mag‘rurlik edi.
Menga bunday yigitlar yoqmaydi. Unda yetarlicha mushaklar ham yo‘q, faqat bekorchilik va o‘zini ko‘rsatishga bo‘lgan intilish. Uning bu qiyofasi faqat ko‘nglimni behuzur qilishga xizmat qilardi.
Ikkimizning ham qo‘limizda boks qo‘lqoplari, tayyorgarlik tugagan. Hakam oldimizga kelib, so‘z boshladi. Eng qizig‘i, bu jangda hech qanday qoida yo‘q edi. Ha, bu uning talabi. U shuni xohlagan. Menga bu yondashuv yoqdi. Bu shuni anglatadiki, men uni istaganimcha do‘pposlashga haqliman.
Ichimda mag‘rur ishonch bor edi. Bu jangni men boshlayman va uni mag‘lubiyatga mahkum etaman. Umid qilamanki, bu o‘ylarimni haqiqatga aylantira olaman. Endi bu faqat vaqt masalasi.
Dastlab, u harakatga tushdi. Tezlik bilan oldinga o‘tdi, zarbalarini kuchli, lekin hisob-kitobsiz berardi. Birinchi zarbasini osonlikcha chetlab o‘tdim, ammo ikkinchisi yelkamga tegdi. Og‘riqni his qildim, lekin ichimda birgina o‘y bor edi: Bu o‘yin hali tugamadi.
- Qizaloq, o'zingni buncha qiynashing shart emas. Yutqazganingni hozirdan tan olsang, jang to'xtaydi va ikkimizni ajoyib bir tun kutmoqda, -dedi u, so'zlarini yuqoriga olib, yomon tabassum bilan.
Menga qarab, uning yuzida o‘sha yoqimsiz iljaydigan ifoda paydo bo‘ldi. Shu lahzada, ichimdagi gazab bilan butun tanam qaltirab ketdi, ammo u menga shunchaki ustimdan kulib turardi.
Olomon qichqirishda davom etdi, ularning aksariyati yigitni qo‘llab-quvvatlardi. Unga qaraganda men oddiyroq ko‘rinardim, u esa o‘zini g‘olibdek tutar edi. Ammo u nimanidir unutib qo‘ygandi: mag‘rurlik jang maydonida doimo eng katta zaiflikdir.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi. U menga zarba ustiga zarba berdi, lekin men sabr qildim. Men uning har bir harakatini o‘rganib borar, zaif tomonlarini izlar edim. Nihoyat, fursat keldi. U bir zarba uchun qo‘lini ko‘targan edi, lekin men undan oldin harakatga tushdim. Tezlik bilan yon tomonga o‘tib, qarshi zarbani berdim.
U qochishga harakat qildi, lekin menda hozir to‘xtashga sabab yo‘q edi. Bir zarba, yana bir zarba. Olomon endi jim edi. Ularning qichqiriqlari endi hayrat va ishonchsizlikka almashgan. Nihoyat, bir zarbam uning qaddini bukdi, u tiz cho‘kdi.
Atrof jim-jit bo‘lib qoldi. Hakam mening qo‘limni ko‘tarar ekan, ichimda faqat bir o‘y bor edi: Bu jangni u o‘zi boshlagan, men esa uni tugatdim.
U menga gazab bilan tikilardi. Albatta, u hozirgina barchaning oldida mag‘lub bo‘ldi, bu esa juda uyatli holat edi. Agar bu vaziyat qiz bola bilan sodir bo‘lsa, unda bu sharmandalikning cho‘qqisi hisoblanardi. Va mening maqsadim aynan shu edi — uni o‘zining o‘rni va kuchini yo‘qotishga majbur qilish.
Men atrofga yig‘ilgan odamlarni ko‘zdan kechirarkan, ular orasida Caroline’ni ko‘rdim. U menga tikilib turardi, uning yuzida yutganim uchun yengil nafas olayotgan aksini sezardim. Bir-birimizga ko‘z qisishdik va yengil tabassum qildik. Bu bir lahzada hamisha uchun o‘zgarmaydigan bir rishtani anglatardi, o‘sha momentda nafrat va birdamlik birlashgan edi.
Tun kirganda, ko‘chada Caroline va men uyimiz tomon ketardik. Bizning uyimizning yonmayonligi — bu aslida bizning yutug‘imiz edi. Men yolg‘iz yashardim, u esa qari buvisi bilan turar edi. Caroline meni yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qilardi, lekin uning yordamga muhtoj qari buvasi bor va uni doim yolg‘iz qoldira olmaydi. Bu men uchun muammo emas, chunki menga yolg‘iz yashash yoqadi. Yolg‘iz va erkin, hech kimga bog‘lanmasdan.
— Aiko, sen ehtiyot bo‘lishing kerak. George’dan har narsa kutsa bo‘ladi, u bu mag‘lubiyatni ko‘tara olmasligi aniq. U senga nimadir qilishidan qorqaman, — dedi dugonam, chap yonimda ketarkan, meni hayollarimdan hozirgi paytga qaytarib.
Uning yuzida yana havotir bor edi, va men bundan charchab, chirqirab nafas oldim. U mendan hovotir olmasligi kerak edi.
— Buni o'zim ham bilaman, lekin hovotir olma, u menga zarar yetkaza olmaydi, — deb ishonch bilan aytdim.
— Hatto u hozir qaysidir burchakda yig‘lab o‘tirgan bo‘lsa ham kerak, — Keyingi gapimdan ikkimiz ham kulib yubordik.
— Men uning o‘rnida bo‘lganimda, boshqa joyga ketar edim, — dedim, kulishda davom etib, kulganim uchun yuzimdagi ba'zi jarohatlar og‘riq hosil qilardi.
Uyga yetib keldim. Men tortinchi qavatda turardim, Caroline esa birinchi qavatda. Chontagimdan kalitni olib, eshikni ochishga urinar ekanman, eshik allaqachon ochiq ekanligini sezdim.
— George, nima qilmoqchisan?
Gazabdan yonayotgan dostimga savol berdim, lekin uning javobi o‘rniga faqat gazab bilan qarashni oldim
— Men bu b*tchga ko‘rsatib qo‘yaman, dedi yigit so‘kinib, vishillab
— Men uni afsuslantiraman, dedi yigit, ovozi g‘azabdan titrab. Telefonidagi shovqinli signal jarangladi
— Yaxshi, hozir boraman, meni kuting, dedi yigit telefonni olib, tezda kiyimlarini kiyib, ketishga tayyorlandi
— Jang halol bo‘ldi, qo‘ysangchi edi, George.
Dosti uni to‘xtatishga harakat qilarkan, yigit unga quloq solmadi.
— Jin ursin, — past ovozda og‘zimdan haqorat chiqdi. Umid qilamanki men o'ylagan narsa emas, iltimos. Keyingi daqiqada esa muzlab qoldim. Orqamda kimdir bor...