Mine
Qorong‘i xonada tinimsiz azob va og‘riqdan to‘kilayotgan faryodlar yangrar, vahimali aks-sado atrofga yoyilardi. Aftidan, bu joy shahar chekkasida, odam kam yuradigan hududda joylashgan, qurilishi tugallanmagan uch qavatli bino edi.
Mana, bir soatdan beri qiynoqlar tinmagan. Har bir azobni jismu jonida his qilayotgan besh erkak alam bilan ingrar, og‘riqdan qaqshab, uning tezroq tugashini yurakdan istardi. Lekin qiynoq davom etardi…
— Janob, iltimos, meni o‘ldirmang! Meni o'lishga haqqim yo‘q... Uyda qari onam meni kutyapti. Ularning mendan boshqa hech kimi yo‘q... Iltimos, janob, meni kechiring! — erkak titroq ovozda yolvordi, umidsiz nigohlari qorong‘ilikka singib ketardi.
Jungkook esa jag‘larini g‘azab bilan qisib, oyoqlari ostida qaltirayotgan bandiga sovuq nigohini tikdi.
— Bu haqda endi o‘ylab qoldingmi? — u tishlari orasidan vishilladi, ovozi zaharga to‘la edi.
— Afsusdaman, iltimos, kechiring! Onam uchun... Iltimos, meni avf eting! — erkak titroq ovozda yolvordi, umidsizlikdan ovozi sinib ketdi.
Jungkook bu safar jahlining zabtiga chiday olmadi. U oyoqlari bilan qattiq zarba berdi. Zarbaga bardosh bera olmagan yigit og‘riqdan ingrab, yerga quladi.
— Iflos! — Jungkook nafrat bilan tishlarini g‘ijirlatdi. — Onangdan ikki yildan beri hatto xabar olmading! Endi bo‘lsa, boshingga kulfat tushgach, jonkuyar farzand rolini o‘ynayapsanmi? Pastkash! — uning ovozi sovuq va beayov edi.
— Bularning barchasi ular uchun edi! — erkak og‘riqdan ingrab, nafas rostlashga harakat qildi. — O‘sha la’nati dorilarni... onamni davolash uchun sotdim!
— Onang uchunmi…?! — Jungkook birdan xonani larzaga solib kulib yubordi. Uning kulgusi zaharxanda va beayov edi.
— Ikki yil onang uchun klublarda ko‘ngilxushlik qilib yashadingmi? — u istehzoli nigoh bilan yerdagi yigitga tikildi. — Haqiqiy jonkuyar o‘g‘illar ham bor ekan-da, shundaymi? Ko‘zimga yosh keldi... — Jungkookning ovozida nafrat aralash kinoya bor edi.
Bu yo‘lning oxiri edi. Jungkook uning barcha qing‘ir ishlari haqida allaqachon bilib olgan, endi arzimas bahonalar bilan suvdan quruq chiqa olmasdi. Ayniqsa, u endi Jungkookning qo‘lida ekan, hech kim uni qutqara olmasdi.
Yigit ortiq qochishning iloji yo‘qligini tushundi. So‘nggi ikki yil ichida nechta begunoh insonning umriga zomin bo‘lganini esladi. Balki, endi bularning javobini berish vaqti kelgandir...
U umidsiz nigohlarini yerga qadab, o‘limini kutishni maqul ko‘rdi. Qolganlar esa allaqachon taqdiriga tan bergan, hatto o‘limni intiqlik bilan kutardi — axir shu tariqa bu azoblardan tezroq qutulish mumkin edi.
Jungkookning ishorasi bilan atrofdagi chamasi yigirmattacha yigitlarning ikkitasi tashqariga chiqib ketdi va birozdan so‘ng qo‘llarida ikkita benzin bagi bilan qaytib keldi. Yerdagi yaradorlar esa behol ko‘zlarini ochib, nima bo‘layotganini anglashga urindi. Ammo ko‘z oldilaridagi manzara yuraklarini muzlatib yubordi. Kimdir titrab ketdi, kimdir esa umidsiz holda qochishga harakat qildi—behuda.
— Do‘stlarimiz biroz sovqotishibdi, — dedi Jungkook ohangida yengil istehzo bilan. — Qani, yigitlar, ularga g‘amxo‘rlik qilinglar.
U ikki qadam ortga yurib, sirli tabassum bilan jarayonni kuzata boshladi. Uning odamlariga esa bu so‘zlar yetarli edi. Yigitlar gapni anglab, bosh irg‘ashdi-da, besh erkakni sudrab, bir joyga to‘plab, mahkam bog‘lashga tushishdi. Ular o‘zlarini himoya qilish tugul, ovoz chiqarib qarshilik ham qila olmasdilar. Bog‘lash ishlari tugagach, ikkita yigit benzin idishlarini ko‘tarib, qaltirayotgan tanalar ustidan quyishga kirishdi.
Jungkook esa ularning umidsiz holatini sigarasidan tutatib, zavq bilan kuzatardi.
— Ko‘rishguncha. Unutilmas tun tilayman, — dedi Jungkook xotirjam ohangda.
U bir necha soniya ularning dahshatga to‘la nigohlarini kuzatdi-da, qo‘lidagi sigarani ularning ustiga uloqtirdi. Bir lahzada olov alanga oldi, mahkam bog‘langan tanalar orasidan vahimali qichqiriqlar yangradi. Jungkook esa yuzida mamnuniyat tabassumi bilan ularning jon talvasasida tipirchilashlarini kuzatdi. Go‘yo u bu lahzalardan rohat olayotganday edi. Bir necha soniyadan so‘ng u xonani tark etdi, ortidan esa odamlari chiqib ketdi.
Jeon Jungkook shunday edi. Buni hamma bilardi. U bilan o‘yin o‘ynash—go‘yo o‘z qo‘ling bilan jahannamda o‘zingga joy hozirlash bilan barobar edi. Chunki Jeon—haqiqiy iblis. U shunchaki yo‘q qilmaydi. U uchun yo‘qotishning o‘zi kamlik qiladi—u odamni tiriklayin mahv etib, tug‘ilganiga pushaymon qilmaguncha tinchimaydi.
Bu uning uchun murakkab ish emasdi. Aksincha, rohatli edi. Taslim bo‘lgan odamlarning umidsizligi, ich-etini yeb turgan qo‘rquvi, najot izlab zorlangan nigohlari—bularning bari Jungkookni aqldan ozdirardi.
Allaqachon tun yarmidan o‘tgan, soat chamasi 02:00 lar atrofida edi. Jungkook nihoyat uyga qaytdi. Bugungi ishlari haddan tashqari ko‘payib, uni charchatgandi. Hozir u faqat bitta narsani istardi—o‘sha yoqimli iforni his qilish. Bu istak uni tezroq u bilan yuzlashishga chorlayotgandi.
Mashinadan tushib, uy tomon og‘ir qadamlar bilan yurib ketdi. Har doimgidek yuzida sovuq ifoda aks etgan. Uyga kirishi bilan xizmatkorlar uni qarshi olishdi, ammo ularni e’tiborsiz qoldirib, birinchi bergan savoli:
Ehtimol, u hozir allaqachon uxlab yotgandir. Odatda bu payt u miriqib uxlar edi. Ammo Jungkook bunga shunchaki ishonib ketmadi—u aniq javob kutdi. Kerakli ma’lumotlarni olgach, zinalardan yuqoriga ko‘tarila boshladi.
Kerakli xona eshigi yoniga kelgach, ehtiyotkorlik bilan eshikni ochdi—uni uyg‘otib qo‘ymaslik uchun shovqinsiz harakat qilardi. Ammo xonada chiroq yoniq edi. Bu esa uni biroz hayron qoldirdi.
Asta xonaga kirdi va dars stolida allanimalarni chizish bilan band bo‘lgan kichkina jissani ko‘rdi. U shu qadar o‘z ishiga berilib ketgandiki, Jungkookning xonaga kirganini ham sezmagan edi.
Jungkook asta qizga yaqinlashib, biroz egildi va metin qo‘llari bilan uning nozik belidan ohista quchib oldi. Kutilmagan teginishdan qiz beixtiyor cho‘chib tushdi.
— Tsshhh… — Jungkook uni tinchlantirib, yuzini qizning sochlariga ko‘mib, ko‘zlarini yumdi va chuqur nafas oldi.
Qizning butun vujudidan yengil titroq o‘tdi. Ha, ular orasidagi munosabat ancha iliq edi, ammo Jungkook hech qachon tunda bunday qilmasdi. U hech qachon qizni qo‘rqitadigan harakat qilmagan.
Qizning dimog‘iga spirtli ichimlikning o‘tkir hidi urildi. U beixtiyor burnini jiyirdi.
— Hm? — Jungkook o‘sha holatda past ovozda g‘o‘ldiradi.
Jungkook qaddini rostladi va dars stolini ko‘zdan kechirdi. U qiz chizgan rasmlarni qo‘liga olib, diqqat bilan varaqlay boshladi.
— Ho-oo-sh, quyon xonim, shu vaqtgacha uxlamay nimalar bilan band edi ekan? — u qiziqish bilan bir nechta qog‘ozni qo‘liga oldi.
Chizilgan tasvirlar g‘ayrioddiy edi—huddi mavjud bo‘lmagan, tasavvurga sig‘mas mavjudodlarning aksiga o‘xshardi. Jungkookning qoshlari biroz chimirildi.
— Bu nima? — so‘radi u, qizga qarab.
— Bu Soolinverse aholisi... — Qiz kiyimining etagini o‘ynagancha, biroz uyalib javob berdi.
— Nima? — Jungkook kulib yubordi, qo‘lidagi qog‘ozlarga yana bir bor nazar tashladi.
— Yo Xudoyim… — u boshini biroz chayqab, kulgisini tiyishga harakat qildi.
— Kulmang! Siz mening aholimni xafa qilyapsiz! Ularni menga qaytaring! — Qiz norozi ohangda, labini burushtirib, Jungkookning qo‘lidagi chizmalarni tortib oldi.
Jungkook hanuz o‘zini kulgidan tiyishga harakat qilardi.
Soolin chizmalarni tartib bilan joylashtirib, so‘ng o‘rnidan turdi va yotoq tomon yo‘l oldi.
Jungkookning nigohlari uni sinchkovlik bilan kuzatardi. Yorqin terisini o‘rab turgan moviy pijama, yelkalari uzra yoyilgan jingalak sochlari—bularning barchasi uning ko‘z o‘ngida yanada jozibali ko‘rinardi.
Jungkook o‘zini yotoqqa tashladi va chuqur nafas oldi.
— Hoy! — Endigina yotoqga joylashayotgan qiz norozi ohangda unga qaradi.
— Nima? Shu ahvolda yana men bilan yotmoqchimisiz?
— Ahvolimga nima qilibdi? Qolaversa, bu mening uyim, xohlagan joyimda uxlayman, — u o‘ziga xos beparvolik bilan gapirdi. — Shundoq ham har tun kresloda seni kuzatib o‘tiraverib, bo‘ynim og‘riyapti. O‘ylab qarasam, seni shu yerdan yotib ham kuzatish mumkin ekan. Qolaversa, qulayroq...
Jungkook chap qo‘liga tayanib yonboshladi va qizga tabassum bilan boqdi.
— Nima?! Bir yotoqda uhlaymizmi? — Qizning ovozi norozilik ohangida yangradi.
— Xo‘sh, nima qilibdi? — Jungkook beparvo yelka qisdi.
— Sizningcha, bu biroz ortiqcha emasmi?
Jungkookning lablarida ayyorona tabassum paydo bo‘ldi.
— Yo‘q… nima yoki tunda o‘zingni boshqara olmay qolishingdan qo‘rqyapsanmi?
— Hoy-hoy, nimalar deyapsiz?! Nega unday qilar ekanman? — Qizning yuzi birdan qizarib ketdi.
— Men yetarlicha kelishganman. Har qanday qiz ham mening oldimda o‘zini boshqara olmasligi aniq, — dedi Jungkook, yanada ishonch bilan.
— Men har qanday qiz emasman, Janob Jeon, — dedi qiz, nigohlarini undan olib qochib.
— Yaxshi, unda nima muammo, quyon xonim?
— Hech qanday! — Qiz g‘azabini yashirmadi va jahl bilan ko‘rpa ichiga kirib ketdi.
Jungkook kulimsirab unga qaradi.
— Shu ahvolda uhlamasangiz kerak, har holda...
— Nima, kiyimsiz uhlashimni xohlaysanmi?!
Jungkook ustki kiyimini yechib, qora ko‘ylagining tugmalarini asta-bo‘shata boshladi.
— Hoy-hoy! To‘xtang! Men buni nazarda tutmadim! Yuvinib chiqing dedim!
Jungkook kulib qo‘ydi va hech qanday e’tirozsiz yuvinish xonasiga yo‘l oldi.
Oradan yigirma daqiqa o‘tib, Jungkook yuvinish xonasidan chiqdi va yotoqqa asta joylashdi.
— Bugun o‘yin o‘ynamoqchi edik, ammo siz mast holda keldingiz… Nima, endi o‘ynamaymizmi? Men sizni deyarli bir kun kutdim, — dedi Soolin, ko‘rpa ichidan chiqib, o‘tirib oldi.
Jungkook biroz iljayib unga qaradi.
— Ha-a, lekin o‘yin o‘ynash xavfli bo‘lishi mumkin…
— Nega? — Soolin tushunmay, qiziqib so‘radi.
— Chunki o‘yin shartlariga muvofiq, yutganning har qanday istagi bajariladi.
Jungkook qoshlarini ko‘tarib, yana iljaydi.
— O‘zing aytmadingmi, meni mastsiz deb? Nima, agar men yutsam, mening mast holatimdagi istaklarimni bajarishga tayyormisan?
U qizga yaqinroq kelib, nigohlarini uning ko‘zlariga qadadi.
Qizning yanoqlari qip-qizil olma kabi qizarib ketdi.
— Ha-li-gi… — U gap topishga harakat qildi.
— Xo‘sh? — Jungkook yanada yaqinlashdi, ovozi past, ammo qiziqarli ohangda yangradi.
— Voz kechdim! Men uxlamoqchiman! Chiziqdan o‘tmang..!
Qiz yigitni o‘zidan yengilgina itarib, yotoq ustida barmog‘i bilan oralariga chiziq chizdi va joyiga yotib oldi.
U ko‘zlarini yumib, hozirgi vaziyatni unutishga va tezroq uxlab qolishga harakat qildi. Ammo birdan metin qo‘llarning belidan o‘ralganini his qilib, seskanib ketdi.
Jungkook qizni mahkam bag‘riga tortdi va yuzini bo‘yniga ko‘mdi.
— Tsshhh… Ismimni juda chiroyli talaffuz qilasan, lekin hozir uxla, quyoncham… Yoki bo'ri seni yeb qo'yadi, — Jungkook uning qulog‘iga yaqin egilib, past ovozda pichirladi.
Qiz qulog‘iga urilayotgan qaynoq nafasdan butun vujudi bilan titrab ketdi va ko‘zlarini chirt yumdi.