𝐌𝐈𝐍𝐄
Jungkook chaqqon harakat bilan old o‘rindiqdagi Soolinni quchog‘iga ko‘tarib, oyoqlari ustiga o‘tqazdi. Mashinani harakatlantirar ekan, Soolinning nozik qo‘llarini rulga qo‘ydi.
— Qani, endi omad tilayman, — dedi u past ovozda, tarang asab bilan.
Birdan bo‘lgan voqeadan Soolinning boshi gangib qoldi. O‘zini bosishga ulgurguncha, mashina allaqachon harakatga tushgandi. Rulni qattiq siqib, qo‘rquv va hayajon aralash mashinani boshqarishga urinardi.
— Jungkook, nima qilayapsiz? Rulni ushlang, men boshqara olmayman! — dedi titroq tovushda.
Ammo Jungkook uning so‘zlariga e’tibor bermay, ko‘zlarini yaltiratib, shahvoniy tabassum bilan javob qaytardi:
— Istaganingni berdim, endi esa sen istaganingcha hayda. Hamma o‘z istagini amalga oshirsin, sevgilim.
Soolin unga javob qaytarishga ulgurmay, belida uning kuchli qo‘llarini his qilib, irg‘ib ketdi. Lekin qarshilik ko‘rsatishga kuch topolmadi. Bor e’tiborini yo‘ldan uzmaslikka harakat qilib, rulni qattiq siqdi. Ammo shu payt, bo‘ynida Jungkookning issiq nafasi sezildi. Uning qo‘llari esa sekinlik bilan yuqorilab, yanada yovvoyilashib borardi. Ostida esa qattiq azo* botayotganini his qilib, og‘ir yutundi...
— J... Jungkook, bas qiling...
Soolin noqulaylik va qo‘rquv aralash ovozda iltijo qildi, ko‘zlari yoshlangan, bo‘g‘zida yig‘i tugun bo‘lib qolgandi.
Ammo Jungkook bu so‘zlarni eshitmagandek, harakatini davom ettirdi.
Jungkook avvaliga Soolinni yanada mahkam quchib, qo‘llarini rulga qattiqroq bosdi.
— Boshqaruv sening qo'lingda. Yo'l ravon. Faqat to'g'ri yur. Muvozanatni yo'qotma. Rulni qo'yib yuborma, — dedi u, qulog'iga pichirlab, ovozi yumshoq, ammo buyruqdek qat'iy edi.
Uning qo'llari Soolinning kichkina kaftlarini rulda ushlab turgandi. Qiz esa dovdirab, hech narsa deyolmasdi. Qo'rquvdan yuragi tez ura boshlagan, lablari titrardi.
— Ikkimizni birga halokatga uchratib qo'yma tagin, — dedi Jungkook xotirjam kinoya bilan jilmayib.
So'ng u boshini egib, Soolinning ochiq bo'yin sohasi tomon egildi va chuqur hidlab, lablari bilan mayin o'pdi.
Soolin titragancha Jungkookning bag'rida o'tirar, rulni qattiq siqib, diqqatini yo'lga qaratishga urinardi. Ammo Jungkookning tobora shahvoniylashayotgan harakatlari uning e'tiborini chalg'itar, noqulaylikni kuchaytirardi.
Keyingi daqiqada bo'ynidagi yumshoq, nam lablarning o'rnini birdaniga qattiq tishlar egalladi. Teriga chuqur botgan tishlashdan Soolin beixtiyor baqirib yubordi.
Jungkookning qo'llari Soolinning sonlari ustida sekin harakatlanar, so'ngra bel sohasi tomon ko'tarilib, haligacha hech kim teginmagan hududlarga yaqinlasha boshladi. Har bir harakati bilan u qizning shaxsiy hududini bosib o'tardi.
Jungkook vaqti-vaqti bilan sezdirmay rulga qarab qo'yardi. Tezlikni esa anchagina pasaytirgandi.
Kutilmaganda, Soolin go'yoki tok urgandek harakatlandi. Rulni qo'yib yuborib, qo'llarini qorniga bosdi-da, oldinga engashib qoldi. Yuzida esa og'riq aks etardi.
Jungkook bir lahzada rulni o'z qo'liga olib, mashinani yo'l chetiga tezlik bilan to'xtatdi.
Soolin hanuz qornini siqib, yuzini burishtirgancha ingrardi.
— Soolin, menga qara… Nima bo'ldi? – dedi Jungkook bezovta ohangda, uning yelkasiga engashib.
Jungkook esa uni bag'ridan qo'yib yubormasdan, mashinani keskin harakatga keltirdi va uy tomon tezlikni oshirdi. Chap qo'li bilan Soolinning belidan mahkam quchib olgan, o'ng qo'li esa rulni qat'iyat bilan boshqarardi.
Soolin esa engashganicha, qornini qo'llari bilan mahkam siqib, og'riq asta-sekin bosilishini kutar, ko‘zlarini yumgancha jim o'tirardi. Bu jimlik esa Jungkookni yanada havotirini oshirib, asabiylashtirardi.
Mashina uy yaqinlashganda darvoza oldidagi qo'riqchilar darhol hushyor tortib, mashinani ko'rishi bilan eshikni shoshilinch ochib berishdi.
Jungkook hovliga kirar ekan, mashinani uy kirish eshigiga yaqin joyda to'xtatdi. Hech ikkilanmay, oyoqlarida o'tirgan Soolinni quchog'iga ko'tardi. Qadamlarini keng va qat'iy tashlab, to'g'ri yotoqxona tomon yo'l oldi.
Soolin esa hamon jim, uning bag'rida go'yo butunlay hushsizdek sokin yotardi.
Jungkook xona eshigini oyog'i bilan ocharkan, nigohi Soolinga tushdi. Qizning ko'rinishi biroz yaxshilangandek edi, ammo Jungkookning xavotiri hanuz so‘nmagandi. Bir necha marta bergan savollariga javob ololmaganidan, uning sabri ham tugay boshlagan edi.
U Soolinni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa yotqizdi. Biroq qiz asta-sekin yon tomoniga yumalab, yotoqning narigi burchagiga borib, yostiqni quchoqlagancha unga teskari yuzlanib yotib oldi.
Buni ko'rib, Jungkookning asabi yanada oshdi. U bir lahza sukut saqladi, so'ng telefonini qo'liga olib, ataylab Soolin eshitishi uchun xona ichida qo'ng'iroq qilishga qaror qildi.
Chaqiruv yuborilishi bilan javob berildi.
— Hayirli tong, janob Jeon, — telefon ortidan ayol kishining mayin ovozi eshitildi. Tong yaqinlashib kelayotgani sabab u shunday salom berdi.
Ayol kishini ovozini eshitgan Soolinning yumiq ko'zlari ochilib, suhbatni diqqat bilan tinglay boshladi.
— Uydamisan yoki kasalxonada? — Jungkookning ovozida yashirilmagan asabiylik jarangladi.
Kasalxona so'zini eshitishi bilan Soolin beixtiyor sergak tortdi.
— Seni olib ketishlari uchun odam yuboraman. Tezda kel, — dedi Jungkook keskin ohangda, ayolning gapini oxiriga yetkazishga ham qo'ymay.
Shu zahoti goshakni qo'yib qo'ydi.
Jungkook odamlaridan biriga qo'ng'iroq qilib:
— Doktorni uyidan olib kel, — dedi qat'iyat bilan buyruq ohangda.
Bu so'zlarni eshitishi bilan Soolin bir zumda Jungkook tomon o'girildi.
— N..nega? — titroq, mo'ltiragan nigoh bilan so'radi u.
Ammo Jungkook eshitmagandek qo'ng'iroqni yakunlab, go'yoki gap bo'lmagandek jim qoldi.
— Doktor nega kerak?.. — Soolin yana takrorladi, ovozida xavotir kuchayib.
Jungkook hech narsa demadi. Shu payt birdan Soolinning ust-boshiga qarab, hali ham ho'l kiyimlarda ekanini ko'rib, ko'zlarini asabiy yumdi. Havotiri sabab uning kiyimini almashtirishni butkul unutgandi.
U kiyinish xonasiga kirib, Soolin uchun quruq kiyimlar olib chiqdi.
— Buyoqqa kel, — dedi u buyruq ohangida.
Soolin Jungkook va uning qo'lida turgan kiyimlarga qarab qo'ydi.
— Doktor nega kerak?.. Agar gap men haqimda bo'lsa, men yaxshiman. Iltimos, qo'ng'iroq qilib kelmasligini ayting, — dedi u ko'zlarini mo'ltiratib, mayin iltimos ohangida.
Jungkook kiyimlarni yotoqqa qo'yib, sokin qadamlar bilan Soolinga yaqinlashdi. Ust-boshini almashtirishga chog'lanarkan, Soolin og'riqqa qaramay, beixtiyor ortga chekindi. Ko'zlarida qo'rquv aralash qat'iyat chaqnadi.
Bir lahzada kiyimlarni qo'liga olib, hech narsa demasdan, shoshilgancha kiyinish xonasiga yugurib kirib ketdi.
Jungkook qarshilik qilmadi, sokinlik bilan divanga o'tirib, uni kutdi. Oradan ikki daqiqa o'tmay, Soolin kiyimini almashtirib chiqdi. Og'riq zo'rligidan yotoqqa yotib oldi.
Jungkook jimgina, jiddiy chehrada uni kuzatardi.
— Jungkook~
Soolinning mayin ovozi sukunatni buzdi. Jungkook bir qoshini ko'tarib, nima demoqchiligini ko'zlari bilan so'radi.
— Doktor kelmasin...
Soolin ovozini yanada pasaytirib, iltijoli ohangda so'zladi.
Eshik taqillashi bilan Soolin beixtiyor o'rnidan turib, havotir bilan eshik tomon qaradi.
— Kirsam bo'ladimi?
Sal oldin telefon ortidan eshitilgan tanish ayol ovozi yana yangradi.
Soolin vahimaga tushgandek tezda Jungkookning oldiga yugurib bordi va uning quchog'iga kirib oldi.
— Kir, — dedi Jungkook sokin ovozda.
Eshik ochilib, ayol muloyim qadamlar bilan honaga kirdi.
— Hayirli tong, janob Jeon, — deya tazim qildi u.
So'ngra yuziga samimiy tabassum yugurtirib, Jungkookning qo'yniga kirib yopishib olgan, Jungkookning ko'ksiga yuzini yashirib mahkam quchib olgan Soolinga qaradi.
— Hayirli kun, kichik xonim, — dedi past ovozda, mayin ohangda yana kichik tazim qilib.
— Kunim hayrli bo'lishi uchun keting, — dedi Soolin shumtakalarcha, yuzida qaysar ifoda bilan.
Jungkook kulib yubormaslik uchun labini tishladi, ko'zlarida esa kulguni zo'rg'a yashirgan yaltillash paydo bo'ldi.
Doktor xonim esa kutilmagan javobdan biroz noqulay tortib, nigohini chetga oldi.
Jungkook asta o'rnidan turib, quchog'idagi Soolinni yotoqqa yotqizmoqchi bo'ldi. Ammo Soolin qarshilik qilib, yanada qattiqroq unga yopishib oldi.
— Ketsin... — Soolin Jungkookning bo'ynidan yanada mahkamroq quchib, qo'rquv aralash mayin ovozda pichirladi.
— Ketadi... seni tekshirib, davolagach ketadi, — dedi Jungkook qat'iy ohangda.
U Soolinni yotqizmoqchi bo'lib, asta-sekin bo'ynidan qo'llarini yechdi, beliga mahkam o'ralgan oyoqlarini ham ehtiyotkorlik bilan ajratib, tipirchilayotganiga qaramay majburan yotoqqa yotqizdi.
— Kasal emasman... qo'yib yuboring meni, — dedi Soolin tipirchilab.
Ammo Jungkook uni eshitmadi. Qizning qarshiliklariga qaramay, qo'lini Soolinning qorniga qo'yib, shifokorga yuzlandi:
— Mana shu yerida og'riq bor. Tekshir.
Jim kuzatib turgan shifokor darhol yonlariga kelib, tezlikda tekshirishga kirishdi.
Shifokor bir necha daqiqa sinchkovlik bilan tekshirarkan, so'ng biroz ikkilanib Jungkookga yuzlandi:
— Haligi... janob Jeon, iloji bo'lsa, biroz bizni yolg'iz qoldira olasizmi?.. — dedi u noqulaylik va yashirin xavotir ohangida.
Jungkookning qoshlarida g'azab uchqunlari porladi. U bir zum ham o‘ylamasdan, qat'iy va sovuq ohangda javob berdi:
— Ishingni qil, men bilan ishing bo'lmasin. Qayerda turishimni sen belgilaysanmi? — Jungkookning ovozi sovuq va qat'iy yangradi.
Shifokor cho'chib ketdi, qo'lidagi asboblarini ehtiyotkorlik bilan joyiga qo'yar ekan, muloyim ohangda izoh berdi:
— Kechiring, janob... men faqat ba'zi narsalarni kichik honimdan so'ramoqchi....
Jungkookning ko'zlari o'tkirlanib, keskinlik bilan javob qaytardi:
— Nima so'rasang, yonimda so'raysan.
Shifokor biroz sukut saqlab, yuzida majburiy tabassum bilan bosh irg'adi:
— Albatta. Kechiring, janob Jeon...
Soolin ayolning qo'lini va jihozlarini asta o'zidan itarib, Jungkookga yanada yopishishga urinar, ularning suhbatiga umuman e'tibor bermasdi.
Shifokor esa yuzida hijolat aralash past ovozda so'z boshladi:
— Kichik honim... haligi... sizda qizil kunlar* emasmi?
Jungkook esa xuddi hech narsa bo'lmagandek, jiddiy nigohini Soolinga qadab, javobini kutdi.
Soolin esa endi hijolatni yuz barobar kuchliroq sezdi. Nigohini yashirib, qo'llarini choyshab ichiga tortdi. Shifokor muloyim ohangda davom etdi:
— Men buni bilishim kerak, kichik honim. Shunda to'g'ri tashhis qo'ya olaman.
Soolinning lablari titrab, zo'rg'a so'z chiqdi:
Shu so'zdan keyin yuzlari lov etib qizarib, uyalganidan tezda choyshab ichiga yashirindi.
Jungkook yengil tortdi.
Shifokor unga dog'ri berib, Jungkookga xavotirli narsa yo'qligini bildirdi.
Jungkook esa, Soolin aslida, suvda o'ynab hamma kiyimini ho'l qilgani sabab sovuqotganini anglab yetdi. Odatda bunday kunlarda* o'zini issiq tutishi kerakligini bilardi. Og'riq esa tabiiy edi.
Shifokorni kuzatib, uni ketkazgach, Jungkook jim qadamlar bilan qayta Soolinning yoniga bordi.
Hali ham yopinchiq ichidan chiqmagan Soolinga qarab, Jungkook hayoliga kelgan ishidan yengil kulimsiradi.
— Ho'sh, Soolin... doktorning aytishicha, senga ukol zarur ekan, — dedi u sokin ohangda.
Soolin “ukol” so‘zini eshitishi bilan yopinchiq orasidan kallasini chiqarib, qo'rquvdan ko'zlari kattalashdi.
— Lekin havotir olma, quyoncham, — Jungkook ovozini mayinlashtirib davom etdi, — doktor honimdan uyalasan, to'g'rimi? Juda uyatchang qizligingni inobatga olib, uni jo'natib yubordim.
— Ro'stanmi? — Soolinning yuziga birdan quvonch tabassumi yugurdi. Ukoldan qutulganini o'ylab, yengil tortgandek bo'ldi.
Jungkook ham mayin jilmayib qo'ydi:
— Albatta... shuning uchun ukolni o'zim qilaman.
Shu so'zlardan so'ng Soolinning yuzidagi tabassum yorug'lik tezligida so'nib ketdi.
Jungkook yuzida sirli jilmayish bilan yuvinish honasiga yo'l oldi. U yerda allaqachon Soolinni “jazolash” uchun, faqat qo'rqitish maqsadida olib qo'yilgan ukol tayyor turardi.
— Bir daqiqa kutib tur, hopmi quyoncham, — dedi u ohista, honaga kirib ketar ekan.
Jungkook honadan chiqib yotoqqa qaradi-yu, Soolinning o‘rnida yo'qligini ko‘rib to‘xtab qoldi. Ko'zlari bir zumda keskinlashdi, ammo keyin tezda vaziyatni fahmlab oldi.
Ukol so'zini eshitishi bilan qochoq quyonchasi, quyonni rasmini chizib, choyshab ostidan sirg'alib qochib ketganini anglagach, Jungkookning yuziga yengil tabassum yugurdi.
Jungkook yotoqxonadan chiqdi. Uy jimjit, tong otishiga ozgina qolgan edi. Hovlini va uy ichini yoritib turgan chiroqlar hali ham yonib turardi. U asta-sekin yurib, zina oldiga kelganda to'xtadi. Soolin uzoqqa ketmaganini u darrov fahmladi — quyonchasi uzoqqa qochishga jur'at etmasdi.
Jim turib atrofga nazar soldi, mayin shovqinlarni tingladi. Qochib ketgan quyonchasini topish Jungkook uchun qiyin emasdi, ammo u shoshilmadi. Yuzida yengil tabassum bilan, go'yo ovini qo'ldan chiqarmoqchi bo‘lmagan yirtqich misol, pastki qavat oshxonasi tomondan eshitilgan mayin shovqinga qarab kulimsiradi.
Oshxonaga tushgan Jungkook atrofni sokinlik bilan ko'zdan kechira boshladi. Har bir burchakni sinchiklab kuzatarkan, nigohi muzlatkich ortiga tushdi. Ana shunda, oq devor fonida ajralib turgan mayin soch tolalari uning e'tiborini tortdi.
Yuzida yengil, ammo xavfli jilmayish paydo bo'ldi. U bir necha qadam sekin yaqinlashar ekan, qochib yashirinayotgan mitti quyonchasini allaqachon tutib olganini bilsa ham, uni cho'chitib zavq olishni o'yladi.
Yaqinlashayotgan qadamlar tovushidan yuragi hapriqib ketgan Soolin xavfni sezib qoldi. Bir lahza ham o'ylanmay, qo'rqinch aralash jasorat bilan oshxonaning hovliga qaragan orqa eshigi tomon bor kuchi bilan yugurdi.
Eshikdan chiqishga ulguray deb qolganida, belidan mahkam o'ralgan kuchli qo'llar uni havoga ko'tardi. Bir lahza ichida bag'riga qamab olgan Jungkook uni qo'yib yubormaslikka yanada qat'iy intilardi. Soolin esa bor kuchi bilan tipirchilab qarshilik ko'rsatar, ammo uning ojizona harakatlari Jungkook uchun yanada yoqimli va zavqli edi.
— Shhh… qayerga qochsang ham, men seni baribir topaman, quyoncham, — Jungkook past ovozda, ammo hukmron ohangda pichirladi. — Mana shu shirin iforing dimog'imga urilib, meni sen tomon yetaklaydi.
U tipirchilayotgan Soolinning sochlarini yuziga yaqin olib, chuqur hidladi.
— Qo'yib yuboring meni! Hech qayerim og'rimayapti — Soolin baqirib, tipirchilashda davom etdi.
Jungkook esa lablarida yovvoyi tabassum bilan:
— Bilasanmi, mendan shunday qochganing sari men seni yanada ko'proq xohlayveraman, — dedi.
— O‘sha ukolingizni o'zingizga qilaman! — Soolin g'azab bilan tishlarini Jungkookning qo'liga botirdi.
Lekin natija kutganidek bo‘lmadi: Jungkookdan hech qanday og‘riq reaksiyasi sezilmadi. Aksincha, o'zining tishlari og'rib qoldi. Jungkook qo'lida qoldirgan kichik tish izlarini ko'rib yengil kulib qo'ydi.
— Ukol bo'lmaydi, — dedi u sovuq va bir oz zavqli ohangda, — lekin shumtakaliging va mendan qochganing uchun jazoga loyiqsan, quyoncham.
Uning keyingi so'zlari Soolinning yuragini muzlatdi:
— Yugurib shunchalik qochganinga qaraganda, rostan ham og'riq yo'qolganga o'xshaydi. Demak, mashinadagi ishimizni davom ettirishimiz mumkin.
Soolinning ko'zlari qo'rquvdan moshdek ochildi.
Jungkook esa uni yanada mahkam bag'riga bosib, yotoqxona tomon og'ir qadam tashladi…