August 22

He Want Slepp

1-qism

Luo Yang provinsiyasi markazida Kim Taehyung ( Tae ) ismini bilmagan odam yo'q edi.

Mish-mishlarga ko'ra, u rohib Bang Si hyuk tomonidan asrab olingan. Yetim bo'lgan va uning rahbarligi bilan Tae jang san'atlarini mukammal darajada tez mashq qilgan va o'rgangan edi.

Yigitning ajoyib jangovar mahorati haqida hamma bilar edi. Kimki Taega shon-sharaf, shuhrat yoki shunchaki qiziquvchanlik uchun da'vogarlik qilmoqchi bo'lsa, quyosh chiqishini boshqa hech qachon ko'ra olmas edi.

Qolaversa, u bor yo'g'i o'n ikki yoshida armiyaga borib, ko'plab sharafli harbiy xizmatni o'tagan. Shuning uchun sud uni jang maydoniga jo'natishda davom etgani ajablanarli emas edi.

O'z vazifasini bajarayotib, uning ma'muriy mavqei doimiy ravishda ikkinchi darajali ofitserlikdan buyuk general darajasiga ko'tarildi.

Ehtimol, ikkinchi darajali ofitserlikdan buyuk generalga o'tish yutug'i ba'zilar uchun unchalik katta ish bo'lmagandir.

Ammo butun mamlakat harbiy kuchining uchdan bir qismi uning kaftida bo'lgani uchun, odamlar uning atrofida ehtiyotkorlik bilan yurishlariga yetarli boʻldi.

Yaqinda yigirma besh yoshga kirgan Tae atrofida aylanib yurgan eng qiziqarli mish-mishlardan birini eshitib qoldi. Taening bitta sevgan qizi yoki kanizi yo'qligi haqida.

Bundan tashqari, u shahardagi biron bir go'zal xonim yoki mashhur ko'ngilochar joylarga bormasligi odamlar ichidagi mish mishni kuchaytirdi. Bir so'z bilan aytganda, u juda "toza" edi.

Ko'pincha Luo Yang shahri aholisi bu mish-mishlardan bo'sh vaqtlarida suhbatni boshlovchi gap sifatida ishlatishardi va ular generalning nima uchun bunchalik "toza" ekanligi haqida munozaralar qilishardi.

Shahar ichidagi kundalik hayot shunday edi.

———

Nozik, ammo baquvvat tana stulda o'tirar edi, aql-idrokni ko'rsatadigan nafis va kelishgan yuz hozirda hech qanday ifodani ko'rsatmasdi.

Kim Taehyung kitob o'qimoqda.

Bir varoqni tugatgandan so'ng, uning ingichka barmog'i qog'ozni ohista silab, keyingi sahifaga o'tkazar, ikkinchi qo'li esa stol ustiga qo'yib, imperator shifokoriga uning yurak urishini tekshirishga imkon berardi.

Imperator tabibi qo'lini buyun generalning qoʻlidan orqaga tortganida titrab ketdi. U buyuk sarkardaning qop-qora ko‘z qoplariga qaradi-da, ich-ichidan xo‘rsindi.

Shifokor ming‘irladi va bugun o‘zining omadsizligi va nega Syao saroyining bosh xizmatchisi uni bu yerga kelishni so‘ragani haqida shikoyat qildi oʻzicha.

Agar bu chaqiruv ertaroq sodir bo'lishini bilganida, kasallik ta'tilini so'rab, uyida bir oz dam olgan bo'lardi imperator tabibi.

Taehyung: Qanday ekan?

so‘radi juda xotirjam ovoz bilan Taehyung.

Imperator tabibi bir zum dovdirab qoldi va o‘ziga kelganida, ulug‘ sarkarda u bilan gaplashayotganini angladi.

Tabib: General, men sizni bu mamlakat uchun juda tashvishlanayotganingizdan qo'rqyapman, shuning uchun men sizning kuchingiz yo'qligidan hayron bo'lmadim. General g'amxo'rlik qilar ekan, men ishonaman ....

Gap boshladi imperator tabibi mulozamat bilan.

Taehyung: Sizdan so‘rayapman, qachon uxlay olaman?

Taehyung sabrsizlik bilan imperator shifokorining so'zlarini kesib tashladi.

Tabib: Bu... General uch kundan beri uxlamaganingiz uchun, men uyqu dori yozib beraman, balki yordam berar.

Taehyung: Jinseng, yashil mandarin qobig'i (qing pi), po'stlog'ining qobig'i (filodendron), anjelika, radix, sheng ma o'ti, zhi chao va shu kabi dorilarga o'xshash narsami?

Taehyung qoshlarini ko‘tardi.

Imperator shifokori peshonasidan ter tomayotganini sezdi. Imperator saroyida hamma, eng yuqori martabali amaldorlardan tortib, eng quyi mansabdor amaldorlargacha, umumiy uyquni ta'minlash imperator imtihonidan o'tishdan ko'ra qiyinroq ekanligini bilishardi.

Generalning tanasining o‘zi turli xil zaharlardan iborat, shuning uchun ham kuchli ta’sir ko‘rsatadigan dori vositalarini qo‘llagan holda ham uni behush holatga keltirish mumkin emas, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tabibning oʻtgan tajribalariga ko‘ra, agar generalning ko‘zlari ostidagi qora doiralar chuqurlashsa, bu uning fe’l-atvori yomonlashishini anglatardi.

Tabib: Generalning boshqa dono fikri bormi?

so‘radi imperator shifokori juda «kamtarona» ohangda

Endi uning ko'zlari ostidagi qora doiralar juda chuqur, bu uning kayfiyati qanday bo'lishiga qarab, bu holat juda xunuk bo'lishini anglatadi.

Taehyung: Mendan “dono” fikrimni so‘rayapsizmi?

Taehyung gapini qattiqroq ohanga keltirib tabibga qaradi.

Taehyungning sovuq ko'zlari shifokor tanasi boʻylab aylanib chiqdi va ovozining ohangi chuqurlashdi. Imperator shifokori buni eshitib, tanasi gandiraklab, uch qadam orqaga yurdi.

Bu general Taehyung... Nahotki, uning kayfiyati yomon bo‘lgani uchun Taehyung bu ahamiyatsiz imperator shifokorini qatil etish yoki etmaslik haqida o‘ylayotgan boʻlsa?!

Imperator shifokori umidsizlikka tushib, miyasidagi to'g'ridan-to'g'ri g'oyalarni topishga harakat qildi va tabassum qildi soʻng deyarli jim bo'lib, dedi:

Tabib: Bu uyqusizlikning bir usuli bor, balki general buni sinab ko'rar. Generalning tana harorati biroz sovuq bo'lib, to'g'ri uxlashni qiyinlashtirmoqda. Balki generalning tana harorati o'rtacha odamlar bilan bir xil bo'lishiga yo'l qo'yar shunda general osongina uxlab qolishi mumkindir.

Imperator shifokori bir zum to‘xtab, Taehyungning qiyofasi o‘zgarganmi yoki o‘zgarmaganligini bilishga urinib ko‘rdi va davom etdi:

Tabib: Qadimdan beri tana harorati issiq bo'lgan odamlar ko'pincha boshqalarni ham isitish qobiliyatiga ega boʻlganlar, balki general buni sinab ko'rishi mumkindir?

Han: Imperator doktori Chan, siz generalning jasadini kimdir isitsin, deyapsizmi?

Nihoyat, unchalik uzoq boʻlmagan Syao qarorgohining bosh xizmatchisi gapirdi.

Imperator shifokorining keksa yuzi birdan qizarib ketdi:

Tabib: General quchoqlash uchun yosh xizmatkorni topsa, keyin uning tanasi biroz iliq bo'lishi mumkin ...

Bang Si hyukning barcha odamlari general Taehyungning o'zini boshqara olishini va ayollarni yoqtirmasligini bilishardi.

Agar general bu usulni sinab koʻrmasa, general hali ham uxlay olmaydi, bu tabibning mas'uliyatiga kirmaydi chunki tabib bir chorasini aytdi va endi qolgan ishni generalning oʻzi xal qilib olsin.

Tabib bu haqda o'ylarkan, imperator shifokorining kayfiyati keskin yaxshilandi, u faqat bu muammoli muammodan qutulish va Syao qarorgohini imkon qadar tezroq tark etish haqida o'yladi.

To‘satdan Taehyung o‘rnidan turib, ularga choy berib turgan xizmatchi tomon yurdi.

Xizmatkor o'z vazifasini bajarayotganda, u biroz oldin generalga juda boshqacha nigoh bilan qarab turgandi. Taehyung xizmatchini ushlab, bagʻriga bosdi va mahkam quchoqladi va ko'zlarini yummoqchi bo'ldi.

Boshqa tomondan jag'lar yerga tushdi.

Bu haqiqatan ham ular bilgan, ayollarni yoqtirmaydigan general Taehyungmidi?

Imperator shifokori va bosh xonadon xizmatchisi Han o‘z koʻz oldidagi manzarani ko‘rib, dovdirab qolishdi. Ular oʻzlarini boshlariga yashin urgandek his qilishdi.

Ularning ikkalasi ham generalning erkak va ayol o'rtasidagi xatti-harakat haqida qayg'uradigan odam emasligini bilishardi, lekin uning hozirgi harakatlari bu hayratni tushuntirib bera olishmaydi.

Tabib: Men gallyutsinatsiyaga tushib qoldimmi? imperator shifokori Hanga qaradi va undan so'radi.

Han: Men... Yo‘q... Han qiynalib bosh chayqadi.

Ko‘p o‘tmay, Taehyung ko‘zlarini ochdi, xizmatkorni qo‘lidan qo‘yib yubordi va Hanga jiddiy chehra bilan gapirdi:

Taehyung: Keyingi safar uni semizroq bilan almashtiring. U juda ozg'in, u quchoqlaganda juda bo'sh.

Han: Hoʻp general...

Hanning og‘zi qimirladi.