August 27, 2025

Jeon twins by Min Yoona

Jungkook uyiga yetib keldi. Kiyimlarini almashtirib yengil tamaddi qildi. Janob Jeon va Jeon honim hozir ular koreyada emasdilar. Jungkook qo'ng'iroq bo'ldi. Telefonda gaplashayotganda Jungkook o'zi emasdi u qandaydir o'zgarib u judayam ko'p jilmayar va mehribonlik bilan gapirar edi. Jungkook kayfiyati a'lo darajada uyidan chiqib mashinasiga minib qayoqqadir jo'nab ketdi.
Jungwo uyiga kelib biroz mashq qildi. Biroz mashqdan keyin Jungwo oilasi har hazl huzullar bilan ovqatlanardi. Janob Han birdan jiddiy gap boshladi

Jwdad: O'g'lim gapni cho'zishni yoqtirmayman biz seni uylantirmoqchimiz

Jw: Lekin kimga axir meni..

Janob Han Jungwo gapini kesdi

Jwdad:Bilaman sevgan qizing bor

Jw: Dada qayerdan bildingiz

Jwdad: Eshitdim va nima uchun u bilan yurganingni ham bilaman

Jw: ...

Jwdad: O'g'lim men senga shunday tarbiya berganmanmi aaa tez u bilan aloqani uz senga o'zim qancha kerak bo'lsa beraman o'sha pulni

Jw: ...

Jungwo stoldan turib ketdi. Jungkook bir kompaniya oldiga mashinasini to'xtatdi. Mashinadan tushib Kompaniyaga biroz qarab turdida biroz jilmaydi. Jungkook kompaniyaga kirdi va to'gri bir kabinetga bordi. U yerda bitta yigit o'tirardi. U yigit Jungkookni ko'rib telefonni qo'ydi.

Jk: Aka band edizmi

?: Yo'q kelaver

Jungkook bolalarcha akasini yoniga bordi. Jungkook akasini sochlarini to'zg'itib, qitiqlardi. Ular mazza qilib kulishib o'ynardilar. Huddiki hech qanday g'ami yo'q inson kabi. Bu inson - Jeon Jungkookni tutingan akasi Jung Hoseok edi. U judayam mehribon aka va qattiqqo'l ustoz edi. Jungkook 10 yosh paytidan uni har xil sport turlari bilan shug'ullantirardi. Nafaqat sport balki qurol ishlatish va mafialikni ham o'rgatgan Ular judayam qadirdon insonlar. Jungkookda bolalik bo'lmagan u juda tez katta bo'ldi. Shuning uchun ham Hoseok Jungkookni erkaliklariga va jinnilariga sabr qilardi. Har doim shunday qilgan payt 10 yoshli Jungkookni ko'rganday bo'ladi. Boshqalar oldida pinagini ham buzmadigan yigit Hoseokni oldida tanib bo'lmas darajada o'zgarardi. Jungkook va Hoseok birga har xil o'yinlar o'ynashdi.(G'alati a😅)

Jungkookni faqat Hoseokni yonida shunday ko'rish mumkin edi.

Jk: Hoy aka qarang buni chiroyli ekana

Jh: Hoy bu oddiy gulku buni oldin ham ko'rgansan

Jungkook bolalarcha arazlab oldi.

Jh: Hoy Jungkook bo'ldi arazlama bu oddiy gapku qara bu gul rostan chiroyli ekan

Jk: Ha rostan chiroyli

Jungkook qiyofasi jiddiylashdi sababi unga qo'ng'iroq bo'lgandi. Jungwodan
Telefonda

Jw: Yana bir bor Salom bandmasmisan

Jk: Salom yo'q nimaga edi

Jw: Senga muhim gapim bor &#^#^ mana shu manzilda bo'laman

JK: Hozir boraman

Jw: Hop

Jungkook qo'ng'iroqni yakunladi va Hoseokga yuzlandi

Jk: Aka men ketishim kerak keyinroq yana gaplashamiz

Jh: Hop lekin qayerga

Jk: Qiyofadoshimni oldiga

Jh: Nima qiyofadosh

Jk: ha bugun univerimizga kelibdi o'zi yaqinda Amerikadan kelgan ekan

Jhpov
Ha demak ko'rishibsizlarda ho'sh endi sirlarni ocha olar ekansizlarmi men faqat tomashabin bo'laman

Jk: Akaaaa nima bo'ldi nimani o'ylab qoldingiz yoki uni taniysizmi

Jh: shunchaki bugun chet eldan tovar kelishi kerak edi shuni o'ylayotgandim yoq uni tanimayman

Jk: Ha mayli unda ketdim

Jh: Hop

Jungkook chiqib ketdi. Jungkook kompaniyadan Jungwo aytgan manzilga yo'l oldi. Jungkook manzilga yetib keldi

Jungkook mashinadan tushdi. Avtoturargohdan chiqdi. Avtoturargoh yoniga kichik kafe borligini ko'rdi.

Jungkook Jungwoni oldiga borib o'tirdi.

Jk: Ho'sh nega chaqirganding

Jw: Men ota-onamga aytishim kerak deb o'ylayapman

Jk: Nega birdan axir biz kelishgandikku hali kelishganimizga 1 kun ham bo'lmadi Nega fikring bunchalik tez o'zgardi.

Jungwo gapirmoqchi bo'ldi ammo ularni yoniga afissiant kelib keb qoldi.

X: Nimadir buyurtma qilasizmi

Jk/Jw: Muz solingan Amerikano

X: Hop mayli

Afissiant u yerni tark etdi

Jw: Ho'sh meni uylantirishmoqchi ikkalamiz o'xshashligi esa bu ularni biroz bo'lsada chalg'itadi

Jk: Ho'sh men roziman lekin oldin DNK qilamiz

Jw: Hop qachon

Jk: Ertaga

Jw: Hop

Jk: Unda men ketdim

Jw: Muz solingan Amerikanongchi

Jk: U... ha mayli

Jungkook qaytib joyiga o'tirdi. Ularni buyurtmasi yetib keldi.

Jung Yn 22 yoshdasiz. Universitetda 2 kurs talabasisiz. Siz judayam go'zal edingiz. Sizning tim qora ko‘zlar, uzun va qayrilma kipriklar har bir qarashingizda sir, har bir jilvangingizda joziba bor edi. Sochlaringiz ham o‘zingizga yarashardi.Yelkangizga tushib turuvchi tekis, qorong‘i tun kabi tovlanib turgan silliq tolalar.
Siz hozirda Amerikada o'qiyapsiz.
Sizning bitta akangiz bor. Kichkina paytingizdan beri Amerikada yashab ulg'aygansiz akangiz tez-tez yoningizga borar edi. Siz o'zizni vataninguz Koreyani rossayam ko'rgingiz kelardi. Yalinib yolvorsangiz ham akangiz ruxsat bermasdi. Siz bundan hayron bo'lar edingiz va nega ruxsat bermayapti deb o'ylanardingiz. Bugun ham akangizga telefon qilib so'rashga qaror qildingiz.

Yn: Salom akajon yaxshimsiz

?: Salom yaxshi o'zingchi kichkintoy

Yn: Ha yaxshi akaaa iltimosss Koreyaga boray sog'ndim u yoqlarni va sizni

?: Men senga avval ham aytganman hozir ham aytaman yo'q kelmaysan

Yn: Lekin negaaa aka agar hozir ruxsat bermasangiz o'zimni o'ldiraman va umuman meni qaytib ko'rmaysiz

Akangizni yuragi chiqib ketay dedi. Chunki borlig'i dunyosi siz edingiz. Eng nozik joyi bu siz edingiz. Siz ham buni yaxshi bilganingiz uchun shunday tahdid qildingiz.

?: HOOYY ahmoq unday qilmaaaa jinni boldingmii

Yn: Unda ruxsat beringggg

?: Mayli kelishing mumkin men hujjatlaringni Koreya universitetiga ko'chiraman Qaysida o'qish hohlaysan

Yn: KNU Koreya milliy universitetida

?: Hop yaxshi bugun senga chipta sotib olaman kechki reysga tayyorlan

Yn: Hop rahmat akajon sizni judayam judayam yaxshi ko'raman

?: Hop men ham seni yaxshi ko'raman telefonni qo'yishim kerak hayr ko'rishguncha

Yn: Hop ko'rishguncha

Siz hursandligingizda u yoqdan buyoqqa sakrab tushishni boshladingiz. Kechgacha kiyimlaringizni yig'ib bo'ldingiz. Kechga yaqin eshingiz taqilladi

Yn: Kim u

?: Honim men yetkazib beruvchiman sizga buyurtma olib keldim

Siz eshikni ochdingiz. Yetkazib beruvchi bir qog'ozga qo'l qoydirtirib bitta quticha berdi. O'zi esa u yerni tark etdi. Siz borib divanga o'tirdingiz.

Yn: Ho'sh bu nima ekan nahot bilet bo'lsa

Siz shoshilgancha ochdingiz. Qarasangiz rostan ham bilet ekan. Siz hursand bo'lib ketdingiz. Bilet kechki soat 11ga ekan. Siz kiyinib tayyorlana boshladingiz. 10dan o'tib uyingizdan chiqib ketdingiz. Siz judayam hursand edingiz. Yarim soatlik yo'ldan keyin airaportga yetib keldingiz. Airaportga kirdingiz. Ro'yxatdan o'tdingiz. Samalyotga ham joylashidingiz. Quvonchingiz ichingizga sig'mas edi. Samalyot uchadigan vaqt bo'ldi. Samalyot yuqoriga ko'tarila boshladi.

4 soatlik parvozdan samalyot muvaffaqiyatli qo'ndi. Hamma birin-ketin tusha boshlashdi. Siz ham shular orasida tushdingiz. Sizdagi hissiyotni tasvirlab bo'lmas edi. O'zizni vataningizga qaytganingizga haliyam ishona olmas edingiz.

Sizni akangiz kutib oldi. Siz akangizni ko'rib oldiga yugurib borib, quchoqlab oldingiz. U ham sizni quchoqlab aylantirdi. Akangizni ismi Hoseok edi.

Yn: Akajon sizni judayam sog'indim

JH: Men ham sen sog'indim quyoshim

Sizlar akangizni uyiga bordingiz. Charchagangiz sabab uyiga borgan vaqti hech nima qilmasdan uhlab qoldingiz.

Jungwo va Jungkook kafedan birgalikda chiqib ketishdi. Jungkook bugun ish kamligi uchun kechgacha dars qildi. Kechqurun 1 soatlik mashqdan keyin dush qabul qilib uyquga ketdi. Jungwo bir ikkita ishlarini tugatib, u ham berilgan vazifalarni bajardi. U ham kechki mashqlarini qildi va uyquga ketdi

Erta tong

Jungkook uyg'onib yugurish uchun chiqib ketdi. Siz haliyam uhlayapsiz. Akangiz kelib yuzizdan o'pib uyg'otdi. Siz borib dush qabul qilib chiqdingiz. Akangiz bilan birga nonushta qildingiz. Akangiz allaqachon sizni hujjatlaringizni universitetga topshirib qo'ygandi. Universitetga borishga tayyorlana boshladingiz

Siz ochiq va kalta kiyinishni yomon ko'rardingiz. Akangiz ham bunga qarshi edi. Siz kiyinib chiqdingiz. Akangiz sizni universitetingizga tashlab qo'ydi. Siz universitetga kirdingiz. Siz direktor xonasini izlay boshladingiz. Oxiri direktor xonasini topdingiz. Direktor bilan gaplashib chiqdingiz. Siz o'z auditoriyangizga bordingiz. Professor ma'ruza o'qirdi. Siz eshikni taqillatdingiz.

Yn: Kirsam maylimi

P: Ha kiraver

Yn: Professor men bu yerda yangiman bugun keldim

P: Ho'sh isming nima

Yn: Yn ismim Jung Yn

P: Hop o'zingni tanishtir va o'tirishing mumkin

Yn: Salom meni ismim Yn kelishib ketamiz degan umiddaman

Siz bo'sh joyga borib o'tirdingiz. Professor ma'ruzalarni davom ettira boshladi. Siz butun hayolingizni o'qishga qaratdingiz.

Jungwo va Jungkookda bugun o'qish kuni emasdi. Shu sababli ikkalasi DNK qilish uchun shifoxona borishdi. Ikkalasida ham xavotir va hayajon bor edi. Ular shifoxona kirib, to'g'ri labaratoriya xonasiga borishdi. U yerda bir nechta shifokorlar bor edi. Jungkook ularga qarab gap boshladi.

Jk: Kechirasiz biz DNK qildirmoqchi edik

Sh: Kechirasiz janob biz sizlarni DNK qila olmaymiz

Jk: Lekin nega

Sh: Sababi bu buyruq

Jk: Kim berdi bu buyruqni

Sh: Adashmasam uni Jiwon edi

Jw: bu meni dadam lanati

Jk: Hozir bizni DNK qilasan yoki shu yerda o'lasan tanla

Shifokor Jungkook qilgan tahdiddan qo'rqib ketdi.

Sh: M...Mayli bizga soch tolalaringizdan bering va qoningizdan ham

Jk/Jw: Hop yaxshi

Jungkook va Jungwoo soch tolalaridan yulib berishdi. Keyin hamshira ularni qonidan oldi.

Sh: Siz tashqarida kutib turing yarim soatda tayyor bo'ladi.

Jk: Agar bir narsani o'zgartirib yoki xato qiladigan bo'lsang tamomsan

Jungkook qa'tiy va jiddiy ovozidan shifokor seskanib ketdi.
Shifokor ishini boshlab yubordi. Jungwo va Jungkook kutishni boshlashdi. Yarim soat ham tez o'tib ketdi. Shifokor chiqdi.

Jk: Nima bo'ldi.

Sh: Janob sizlar....