August 24, 2025

With you by Min Yoona

Ba’zan hayot bizni kutilmagan joylarda sinaydi. Uchrashuvlar tasodifiy tuyuladi, ammo ularning izlari yurakda abadiy qoladi.

Lee Nari 21 yoshdasiz. Universitet talabasisiz. Sizni go'zaligizni tengi yo'q edi. Universitetingizda sizga oshiq bo'lmagan yigit yo'q edi. Siz ularga e'tibor bermaysiz. Sizda biroz qaysarlik va sovuqqonlik bor edi. Sovuqqon bo'lsangizda sizni yuragingizni zabt etgan yigit bor edi. U Park Jimin 27 yoshda uncha mashxur bo'lmagan idol edi. U ma'noli qo'shiqlari bilan yuragingizni zabt etgan edi.

Park Jimin

Uncha mashxur bo'lmasada, qanchadan qancha yuraklarni zabt etgan edi. Uning yuragidan chiqqan so'zlari muhlislar yuragigacha yetib borar edi. Jimin nafaqat qo'shiqlari bilan balki tashqi ko'rinishi bilan ham muhlislar e'tiboriga tushgan edi. Jimin bu yo'l boshlanishida tashqi ko'rinishi sabab ko'plab heytlarga uchragan lekin to'xtab qolmay oldinga yurishda davom etgan. Shuncha harakatlardan keyin shu ko'rinishga yetib kelgandi. Jimin muloyim harakterli edi. U hech kimdan yordamini ayamas edi.

Unga muhlislik qilayotganingizga 3 yil bo'liyapti. Siz boshida shunchaki qo'shiqlari uchun muhlislik qilaman degandingiz. Ammo keyinchalik joningizni beradigan darajada oshiq bo'lgan edingiz. Siz uni konsertiga borishni hohlar edingiz. Ammo sizdagi muommo bu pul edi

O'qishingiz boshlanishiga ham oz muddat qolgandi. Siz o'zizga kerakli bo'lgan hamma narsani harid qildingiz. Siz bitta o'ziz yashaysiz. Ota-onangiz chet elda siz bilan umuman ishi yo'q edi. O'lasizmi qolasizmi ularni bu qiziqtirmas edi. Siz nega bundayligini tushunmas edingiz.

Narsalaringizni harid qilib uyingizga qaytingiz. Uyingiz kichkina shinam edi. Ota-onangiz tashlab ketgan pulga uy sotib olgan edingiz. O'qishdan bo'sh paytingizda bitta restaranda afissiant bo'lib ishlar edingiz. Bugun dam olish kuningiz edi. Narsalaringizni uyingizga tashlab o'zingiz yana sayr qilishga chiqib ketdingiz. Ko'cha bo'ylab sayr qilib yurar edingiz. Tasodifiy tarzda kimgadir urilib ketdingiz. Unga e'tibor bermadingiz ammo uni ovozi sizga tanish tuyuldi. Siz unga burilib qaradingiz. Uni ko'rib ko'zlaringiz kattalashib ketdi. U Jimin edi. Siz urilib ketgan inson Park Jimin edi. Siz yuragingiz guppilab ura boshladi. Uni nima deyayotganini ham eshitmayotgan edingiz.

Jm: Kechirasiz

N: A..aa ha mayli hech qisi yo'q iltimos dasxat qo'yib bering

Jm: Nima dasxat ha mayli hozir

Jimin sumkasidan o'z albomini oldi va uni ustiga o'z dasxatini qo'yib sizga uzatdi. Siz nima qilishni bilmay qoldingiz.

Jm: Mana buni oling bu mendan sizga sovg'a

N: Rahmat Jimin

Jm: Hop mayli

Jimin sizga jilmayib yo'lida davom etdi. Siz bu bo'lgan narsalarga hali ham ishongingiz kelmas edi. Qo'lingizdagi albomni mahkam quchoqlab oldingiz. Huddiki kimdir tortib oladigandek tuyulardi.

Jimin 💕

Siz albomni quchoqlagancha uyingizga qaytdingiz. Uyingizga bordingiz albomni qo'lingizdan qo'ymadiz. Divanda o'tirib hayol sura boshladiz
Nari pov
Nahotki rostan Jimin bo'lsa bu tushim emasa yo'q bu tush emas haqiqat edi. Uni ko'zlari meni ado qiladi. Yana shunday tasodif bo'lsa edi. Meni yuragim hali ham joyida emas. Nega bunchalik qattiq uryapti. Tinchlan iltimos tinchlanaqolgin

Siz shu gaplarni o'ylab qo'llaringizni ko'karingizga qo'yib yuragingizni tinchlantirishga harakat qilar edingiz. Tushlik vaqti bo'ldi. Siz o'ziz uchun biron nima tayyorlab yedingiz

Siz hayol surib ovqatlandingiz. Bugun siz uchun eng zo'r kun edi. Ovqatlanayotib ham albomni qo'lingizdan qo'ymadingiz.

Bugun kuni bilan kayfiyatingiz a'lo bo'ldi. Albomni quchoqlagan holda uhlab qoldingiz. Har doimgidek tushingizda Jiminni ko'rdingiz. U sizni qo'llaringizdan ushlab sizga dalda berar yig'lama deyar edi. Siz o'zingiz nimaga yig'layotganingizni bilmas edingiz

Tushingiz bilan o'ngizda ham yig'layotgan edingiz. Jiminni qo'llari yuzingizdagi yoshni artib, dalda berar edi. U sizga qarab tabassum qilib qarab turar edi

Erta tong siz o'ziz hohlamay ko'zlaringizni ochdingiz. Ochingiz bilan albom ko'zingizga tushdi. Telefoningizni ochib soatga qaradingiz. Soat 7:30 ko'rsatar edi. Bugun o'qish yo'qligi uchun ishga boringiz kerak edi. O'riningizdan turib ishga ketishga tayyorlana boshladingiz
Ertalabdan nonushta qilish yoqmas edi. Shu sababli nonushta qilmay ishga jo'nab ketdingiz.

Ishga yetib keldingiz. Boshqaruvchiga kelganingizni aytdingiz. Siz har doimgidek ishlaringizni boshlab yubordingiz.
Sizdan boshqa yana 4 afissiant bor edi. Ularni bittasi sizni do'stingiz qolgani bilan uncha chiqishmas edingiz. Siz uni ham aka ham do'stingizday ko'rar edingiz. Uni ismi Yoongi sizdan bir kurs yuqori o'qir edi. Yoongi biroz qaysar lekin muloyim va mehribon edi. U tashqi tamondan sokin ko'rinar edi. Insonlarni gap bilan yediradigan qobilyati bor edi.

Yoongi

Ishlaringiz ancha kamaydi. Yoongi sizni yoningizga keldi.

S: Qalaysan puchuq

N: Yaxshi o'zingizchi

S: Yaxshi bugun o'qishing yoqmi

N: Yo'q

X: Hoy Nari qara mijoz keldi.

N: Hop hozir

Siz mijoz oldiga bordingiz. Nim tabassum va muloyimlik bilan xizmat ko'rsatingiz. Yoongi sizga qarab hayol surib o'tirar edi.
Yoongi pov
Yoona ham u kabi muloyim va mehribon lekin biroz yovvoyi tezroq sevgimni qabul qilsa bo'lardi uni judayam sog'indim uni ifori ahh meni aqldan ozdiradi. Yoona sen meniki bo'lishing kerak

Siz ishlaringizni tugatingiz kech ham botdi. Ishingiz soat 10 gacha edi. Soat endi 7 bo'lgandi. Siz jimgina ishingizni qilishda davom ettingiz. Yoongi ham o'z ishi bilan band edi. Siz ora-orada Jiminni rasmalariga qarab qo'yar edingiz. Uni bergan albomini eslab quvonib ketar edingiz.

Ishlaringizni tugatdingiz ketadigan vaqtingiz ham bo'ldi Restaran chiqib biroz muddat turib qoldingiz. Ortingizdan Yoongi ham chiqdi.

S: Hoy puchuq yur seni kuzatib qo'yaman

N: Mayli o'zi taksiga minmoqchidim

S: qiz bolada noz bo'ladi yoq shartm emas deyish ham yo'q senda

N: Nega shart emas ekan shart menda unday noz yo'q huh undan ko'ra tezroq mashinani haydang

S: Hop mana haydadim xonim

N: Shunday bo'lsin

S: ...

Sizlar kulishib ketar edingiz. Yoongini hayolida Yoona bo'lsa sizni hayolingiz Jiminda ketar edi. Siz Yoongini sevgan qizi bor yo'qligiga qiziqib qoldingiz.

N: Yoongi men sizni aka sifatida ko'raman shuning uchun ham jinniliklar qilaman

Y: Bemalol men ham seni singlim sifatida ko'raman

N: Aka sevganingiz bormi

Y: Nega birdan bu gap

N: O'zim shunchaki qiziqdim

Y: Ha bor

N: Ho'sh u bahtiyor qiz kim ekan

Y: Yoona

N: Yoona ismi chiroyli ekan

Y: Ha rahmat Ho'sh singiljon sendachi

N: Sevganim bor lekin u meni tanimaydi

S: Bu qanaqa sevgi seni tanimaydi nima u mashxurmi

N: Ha shunaqa mashxur

Y: Ho'sh u kim

N: Park Jimin idol Park Jimin

Y: Haa yaxshi mana uyingga ham keldik

N: Hop rahmat

Y: Yaxshi dam ol puchuq

N: Siz ham yaxshi dam oling

Y: Hop

Siz Yoongi bilan hayrlashib uyingizga kirib kettingiz Yoongi sizni kirib ketguningizcha qarab turdi. Siz uyga kirdingiz. Qorningiz to'q edi. Shu sababli uhlab qoldingiz.