With you by Min Yoona
Ba’zan hayot bizni kutilmagan joylarda sinaydi. Uchrashuvlar tasodifiy tuyuladi, ammo ularning izlari yurakda abadiy qoladi.
Jimin bugun raqs mashg'ulotlari bilan mashg'ul edi. Jimin bugun yangi qo'shig'iga klipga tushishga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Jimin raqsida jozibani jamlagan edi. Uni raqsini his qilgan odam yuragi titraydigan darajada edi.
5 soatlik mashg'ulotlardan keyin Jimin biroz tamaddi qilib olish uchun to'xtadi. Jimin o'z jozibasini saqlash uchun doimiy dieta tutar edi. Lekin ba'zan bu dietalarni buzardi. Biroz tamaddi qilib yana raqs mashg'ulotlariga qaytdi. Jiminni yoniga suratga olishni boshlash uchun kelishgandi.
X: Jimin siz tayyormisiz raqs mashg'ulotlaringiz tugadi to'g'rimi
Jm: Ha to'g'ri keling boshlaylik suratga olishni
Jimin va suratga olish uchun kelganlar mashinaga minib ketishdi.
Jimin yangi qo'shiq ustida 4-5 kun ishladi. Jimin musiqalarini o'zi yozar edi. Nafaqat musiqasini hatto raqslarni ham o'zi yaratar va uning har bir raqsi qandaydir ma'noni anglatar edi. Jimin suratga olish joyiga yetib kelishdi.
Siz bugun o'qish kuningiz bo'lgani sabab o'qishga tayyorlaniyapsiz. Sizni o'qishingiz tushdan keyin bo'lganligi uchun siz hozir dars qilib o'tiribsiz. Siz tez-tezdan Jimin bergan albomga qarab qo'yardingiz. Siz shunday a'lo kayfiyat bilan dars qildingiz.
Tushlik payti siz o'zizga tteokboki qilib yedingiz. Bu sizning sevimli ovqatingiz bo'lgani uchun sira ham yeb to'ymas edingiz
Siz ovqatlanib bo'lib, o'qishga tayyorlana boshladingiz. Sizda haftasiga 3 yoki 2 kun o'qish bo'lardi. Qolgan kunlaringizni ishda yoki dam olib o'tkazar edingiz. Siz Jiminni konsertiga deb pul yig'ib yurar edingiz. Ortiqcha narsalarga sarflamasdingiz.
Siz sumkangizni olib uydan chiqib o'qishga yo'l oldiz. Jim va sokin holda o'ylanib ketar edingiz.
Nari pov
Qani edi yana u bilan to'qnash kelsam. Qani edi yana bir bor menga jilmayib qarasa Uni ko'zlarini ko'rgim kelyapti rossayam sog'indm uni To'g'ri hayot tasodiflarga to'la lekin bunday tasodiflar har doim ham bo'lavermaydi shunday ekan Nari o'zingni yig' sen hali o'qib ishlab ko'p pul topib albatta Jiminni konsertiga borasan hozir sen o'qishing kerak.
Siz o'zizga o'ziz dakki va dalda berardingiz. Hayollaringizdan chiqib yo'lda davom etdingiz. Telefoningizni olib Jiminni rasmlariga qarardingiz. Bu sizni ozgina bo'lsa ham tinchlantirardi. Universitetga ham yetib keldingiz. Kimdir sizni turtib yubordi. Yuragingizda ming hayajon bilan qaradingiz. Jimin emas boshqa odam ko'rganingizdan xafa bo'lib kettingiz. Bu Jungkook edi. Sizga tabassum bilan qarab turardi.
Jk: Ahh shu qo'polligingni sevamanda
Siz javob bermay ketib qoldingiz. Shunday yo'lingizni Taehyung to'sdi.
V: Ko'zlarim to'rt bo'lib kutib o'tirgandim
Taehyungni chetlab o'tmoqchi bo'lganingizda bilagingizdan tutib qoldi.
Nari: Esingni yeganmisan qoyib yubor
V: Ha esimni yedim telba bo'ldim Nari seni sevaman
Nari: sevmaa eshityapsanmi sevmaaa
Siz shunday deb ketib qoldingiz. Siz yo'lda ketar ekansiz. Boshqa hech kim chiqmasin deb duo qilardingiz. Shunda kimdir kitob uzatdi. Sizni ko'ziz quvnab ketdi. Bu Namjoon edi Siz unga qaradingiz. Yuzingizda hali ham tabassum.
Rm: Bu kitob senga yoqadi deb o'yladim
Siz zo'rg'a yo'q dedingiz. Chunki kitoblarni rossa o'qishni yoqtirar edingiz. Qanday janrda bo'lishidan qat'iy nazar. Ammo muommo bu pul Siz Jiminni konserti uchun yig'ardingiz.
Rm: Yo'q bu shunchaki do'stona sen bilan do'st bo'lishni hohlayman
Rm: Meni ismim Kim Namjoon sendan bir kurs yuqori kursda o'qiman
Nari: : Meni ismim Nari Lee Nari
Rm: Tanishganimdan hursandman endi esa ko'rishguncha keyinroq gaplashamiz
Nari: Men ham hursandman kitob uchun rahmat
Siz o'z auditoriyangiz tamon ketdingiz. Taehyung va Jungkook ko'zlarida g'azab va rashq bilan qarab turar edi. Taehyung Namjoon bilan Jungkook esa siz bilan birga o'qiydi.
Siz borib joyingizga o'tirdingiz va narsalaringizni olib bir nimalar yozib o'tirardingiz. Orada Jiminni rasmlariga qarab qo'yardingiz. Ba'zan hayollarga berilib ketardingiz. Siz hayol surib o'tirar ekansiz. Yoningizga kelib o'tirgan insonni sezmadingiz. Jimin bilan shunday hayollar surar edingizki uni o'ylab bahtiyor bo'lib ketardingiz. Professor talabalar bilan salomlashib davomad(kim bor yoki yo'q shuni bilish uchun) Hammani ismini bir chekkadan o'qiy boshladi. Navbat sizga kelgandi. Siz esa hali ham hayol surib o'tirardingiz.
Yoningizga kelib o'tirgan yigit bu Jung Hoseok edi. Siz uni taniysiz va gaplashib turardingiz. Hoseok sizni sevmas edi. Shunchaki do'st yoki tanish sifatida gaplashardingiz. Hoseok sizni chuqur hayol surib o'tirganingizni ko'rib havotirlandi.
Siz uni turtganidan real hayotga qaytgandingiz.
Nari: Hobi qachon kelding sezmay qolibman
Faqat siz Hobi deb chaqirardingiz
Jh: ancha bo'ldi hatto Professor ham keldi bo'l hozir seni navbating keladi davomad qilyapti
Siz tabassum qildingiz. Siz har kimga ham tabassum qilavermas edingiz. Universitetda dugonalaringiz yo'q edi. Hamma sizni takabbur deb bilardi. Jungkook esa faqat sizni kuzatardi.
O'n daqiqada professor ishini tugatdi. Darslarni boshlab yubordi. Bugun faqat ma'ruza tingladingiz. Quloqlaringiz eshitishni hohlamasdi. Borib yotog'ingizga borib uhlasangiz. Ammo darsga ham bee'tibor emasdingiz. Kerakli joylarni belgilab va yozib borar edingiz. 2 para tugadi va sizlarga tanaffus berildi.
Jh: Yuraqol birga ovqatlanamiz yoki tashqariga aylanib qaytamiz o'zimni stulga yopishib qolganday his qilyapman ( sal kulguliroq qilib yoza olmadm)
Siz Hoseokni gapidan kulib yubordingiz.
Ikkalangiz tashqariga aylangani chiqdingiz. Chiqibsiz hamki Taehyung urilib ketdingiz.
Nari: Lanati jin ursin ko'zingga qara
Shunday deb jahl qilib ketib qoldingiz. Taehyung hatto gapirishga ham ulgurmay qoldi
Hoseok ishlari bilan universitetdan chiqib ketdi. Siz yolg'iz universitet bog'ini aylanardingiz. Qo'lingizda Namjoon bergan kitob, shu yerdagi stullarga o'tirdingiz va kitobni varaqlay boshladingiz.
Siz kitobga shu qadar berilib ketdingizki Jungkookni kelganini sezmay qoldingiz.
Jk: Biz haqimizda o'qiyapsanmi
Jk: Hoyyy Narii (balandroq ovozda)
Nari: Nima nima hohlaysan ket halaqit bermaaa
Jungkook boshqa gapirmadi. Shunchaki sizni kuzatdi. Siz kitobni shunchalik tez o'qirdingizki davomi nima bo'lishiga rossa qiziqardingiz. Jungkook sizni yoningizdan jilmadi. Tanaffusga 20 daqiqa qolganda u sizni qayta chaqira boshladi
Jk: Nari yur ovqatlanib ol 20 daqiqa qoldi tanaffusga bundan keyin yana 2 yoki 3 para dars bo'ladi bo'laqol
Siz biroz bo'lsada Jkni eshitdingiz va unga qaradingiz
Jk: tanaffusga 20 daqiqa qoldi yuraqol ovqatlanamiz
Nari: Yo'q o'zim ovqatlanaman yo'qol
Siz shunday deb ketib qoldingiz.
Jungkook va Taehyung sizni sevgan yigitlar Siz ularga boricha qattiq gapirib qochishga harakat qilardingiz Chunki sizni yuragingizda boshqasi bor edi. Siz ularga umid berishni hohlamasdingiz. Siz oshxonaga bordingiz. O'zingizga ajratilgan patnisni oldingiz va salat, ovqatlaringizni solib bo'sh joyga o'tirdingiz.
Universitetingizda sizga berilgan ovqatlardan faqat korindok ko'proq yoqardi. Afsuski faqat bitta berardi. Qolganlari ham mazali deb bilardingiz ammo sizga korindok ko'proq yoqardi. Siz jim kitob o'qib ovqatlanib o'tirardingiz. Jungkook qarshingizdagi stulda o'tirdi. U sizga o'zini korindokini uzatdi.
Siz kitobdan boshingizni ko'tarib qaradingiz. Jungkook sizga tabassum bilan qarab turardi. Siz qancha hohlasangiz ham buni rad etdingiz.
Nari: Menga kerak emas o'zing ye
Nari: Senga o'zing yee dedim nega bu yerdasan o'zi
Siz patnisingizni oldingiz va qaradingiz. Namjoonni oldi bo'sh oldiga bordingiz.
Siz Namjoon bilan o'tirdingiz. Jungkook asabiy holatda sochlarini changallardi.
Suratga olish allaqachon boshlagan edi. Jimin va uni ortidagi raqqoslar raqsga tushishdi. Jimin o'z harakatlariji a'lo darajada bajarardi. Ammo orqadagi bitta raqqos xato qilib qo'ydi. Jimin biroz jahl qildi ammo bildirmadi.
X: Xato qilmaslikka harakat qilinglar
Jimin xato qilgan yigitni yoniga bordi.
Jm: Qara bu shunchaki raqs sen uni his qilib ritmga moslashsang u ham senga moslashadi. O'zingdan boshqa hech kimga e'tibor berma va raqsni his qil qani boshidan boshlaymiz
Yana boshidan suratga olish boshlandi. Boshqa hech kim xato qilmadi. Suratga olish ishlari 1 kunni oldi. Vanihoyat ular tugatishdi.
Jm: Suratga olish muvaffiqiyatli tugadi. Hammaga rahmat
X: Sizga ham endi hamma ketishi mumkin
Hamma tarqala boshladi. Suratga olish jamoasi ham narsalarini yig'di. Hammalari ovqatlanish uchun bir kafeda to'xtashdi. Birgalik kulgu va hazillar bilan ovqatlanishdi. Jimin ham ular orasida Birozdan keyin Jimin uyiga ketdi.
Siz kitobni berilib o'qir edingiz. Namjoon sizga qarab ovqatini yeyishda davom etardi.
Rm: Kitob o'qishni yaxshi ko'rasanmi deyman
Nari: Ha shunaqa ayniqsa qayg'uli va drammatik janrdagilarni yaqinda bir kitob ko'rgandim Dark Live bir nechta varog'ini o'qigandim ajoyib ekan
Rm: Ha bu kitobni allaqachon o'qib tugatganman hohlasang berib turaman
Siz kitobdan bosh ko'tarmagan holda javob berayotgandingiz. Namjoonni oxirgi gapidan ko'zlaringiz quvnab, yuzingizga tabassum yugurdi. Siz kitobdan bosh ko'tarib Namjoonga qaradingiz.
Nari: Vaaauv buncha zo'r albatta hohlayman kitobga kelganda yo'q deya olmayman (kulib gapirdingiz)
Namjoon bu gapingizdan jilmaydi.
Nari: Sizni tabassumingiz ular juda chiroyli
Rm: Rahmat endi esa ovqatlan kech qolamiz bo'lmasa
Sizlar yana ovqaytlanishda davom etdingiz. Jungkook va Taehyung sizdan ko'zini uzmasdi. Ikkalasini ham ko'zlarida g'azab va rashq egallagandi. Chunki sovuqqon hechkimga e'tibor bermaydigan qiz boshqa bir yigitga kulib tabassum bilan gapirgan edingiz. Namjoon ham sizga termulguncha ovqatlanardi. Bu sizni g'ashingizga tegardi.
Nari: Yana qancha tikilib turmoqchisiz bu g'ashimga tegyapti
Rm: Aa.. men shunchaki kitob o'qigan insonni emotsiyalariga qiziqaman shunga qaragandim
Nari: Haa iltimos bildirmasdan qarang to'g'ridan to'g'ri qaraganiz biroz g'ashimga tegib asabiylashiyapman
Rm: Ha bo'ldingmi ovqatlanib yur ketamiz hozir yana darslar boshlanadi
Ikkalangiz turib patnislaringizni idish yuvish joyiga qo'ydingiz. Sizni ortingizdan Taehyung va Jungkook ham turishdi. Siz Namjoon bilan kulishib gaplashib ketardingiz. Namjoon sizni qanday kuldirishni bilib olgandi.
Namjoon sizni auditoriyangizga kuzatib qo'ydi.
Nari: Rahmat buni sizga ertaga topishiraman yarmiga keldim
Rm: Hop hohlagan payting topshirsang bo'ladi. Men esa ertaga senga Dark liveni olib kelaman
Siz qattiq hursand bo'lganingizdan o'ziz bilmagan holda Namjoonni quchoqlaganingizni bilmay qoldingiz. Namjoon tabassum qildi.
Nari: Meni kechiring men bilmay qoldim
Rm: Hech qisi yo'q menga yoqdi
Siz qizarib ketdingiz. Namjoon buni ko'rib tabassumi kengaydi.
Siz auditoriyaga kirib ketdingiz. Namjoon esa ketdi. Boshqalar ham birin-ketin kirib kela boshladi. Siz kitobni qo'yib darslaringiz bilan shug'ullana boshladingiz. Darsga 5 daqiqa qolganda Hoseok kirib keldi. Siz uni kelmaydi deb o'ylagandingiz.
Hoseok yana oldingizga kelib o'tirdi. Shunda Jungkook ham oldingizga o'tirishga qaror qilib kelgandi.
Jk: Qoch men bu yerda o'tirmoqchiman boshqa joyga o't
Jk: Men sendan hohlaysanmi demadm qoch dedim
Siz ularni orasiga tushdingiz.
Nari: Men Hoseok bilan o'tirishni hohlayman endi esa yo'qol
Jungkook indamay ketib qoldi. Lekin judayam asabiylashdi.
Jh: Ho'sh men yo'g'imda nima qilding
Nari: Bitta bola bilan tanishdim
Jh: Nima bu ajoyibku bizni sovuqqon qizimiz kimdir bilan tanishgan bo'lsa
Nari: Ha shunaqa Uni ismi Namjoon
JH: Ha uni taniyman avval ham ko'rgandim Ota-onam va uni ota-onalari do'stlar
Nari: Ha zo'rku mana bu kitobni u berdi
Jh: Ahh seni nozik joyingdan hujum qilishibdida(kulib)
Hoseok bilan hazil-huzullar bilan gaplashib o'tirardingiz. Darslar ham boshlandi. Siz ularni e'tibor bilan tinglardingiz. Hoseok ham bor e'tiborini darsga qaratgandi. Ora-orada sizga qarab qo'yar edi. Jungkook umuman darsga quloq solmas, faqat sizga qarab o'tirardi. Taehyungda ham shu holat edi. Namjoon bo'lda jimgina darslarga quloq solib o'tirar edi Ba'zan esa siz bo'lgan holatni eslab ichida tabassum qilib qo'yar edi. Darslar shunday davom etdi.
4 para dars bo'ldi. Tashqarida allaqachon kech botgandi.
Hamma talabalar birin ketin audtoriyadan chiqa boshladi. Siz ham ular orasida chiqdingiz. Hoseok esa 2 paradan keyin javob olib ketgandi. Siz universitet eshigi oldida biroz to'xtab qoldingiz. Jungkook sizni ortingizdan chiqayotgandi. Sizni ko'rib oldingizga keldi.
Jk: Yur seni kuzatib qo'yaman kech botdi axir
Jk: Nega agar Namjoon aytganda hop degan bo'lar eding ammo nega menga yo'q deyapsan
V: Men ham shuni bilishni istayman
Taehyung ham suxbatga qo'shildi. Namjoon esa nariroqda sizni kutib turardi. Siz hech nima demasdan Namjoon oldiga bordingiz.
Ikkalangiz ketdingiz. Har doimgidek Taehyung va Jungkook sizni kuzatib qoldi.
Rm: Yur seni kuzatib qo'yaman yoningda yuradigan yigitni ko'rmayapman demak ketgan shundaymi
Nari: Ha Hoseok ketdi 2 para darsdan keyin
Rm: Menga o'zing haqingda gapirib ber
Rm: Bilmadm hayolimda faqat shu savol aylaniyapti
Nari: Mayli Men oddiy talabaman
Ota-onam yo'q aniqrog'i bor lekin meni yomon ko'rishadi. Mening eng yaqinim bu Hoseok boshqa yaqin olgan insonim yo'q O'zim yolg'iz yashayman Bo'sh vaqtlari restaranda afissiant bo'lib ishlayman Oilada 3 ta farzand edik ammo men birinchisiman qiz tug'ilganim uchun meni yoqtirishmagan ammo 16 yoshimgacha tarbiyalaganlar lekin yolg'iz boshqa uyda keyin esa meni tashlab chet elga ko'chib ketganlar Mendan keyingi farzand o'g'il uni ismi Seokjin edi adashmasam u ham katta yigit bo'lib qolgandir oxirgi marta oyim rasmini ko'rsatganlarida 5 yoshli bolakay edi. Oyim ketgandan keyin meni yonimda hech kim kelmay qo'ydi. Shu payti tushkunlikka tushib qoldim shu payti meni qutqarib qolgan bitta inson bor edi U ham bo'lsa Hoseok keyinchalik 18 yoshimda yana bir o'zimga yaqin olgan insonim paydo bo'ldi Bu Jimin u idol uning mativatsiyasi menga kuch berdi va uning tabassumi barcha-barchasini sevib qoldim
Namjoon sizni hech nima demay eshitar edi. Siz hatto yig'lab yuborgandingiz. Namjoon to'xtab sizni quchoqlab, sochlaringizdan siladi.
Rm: Bo'ldi meni kechir so'raganim uchun
Namjoon sizga achinardi. Nahot uni aybi qiz bola bo'lib tug'ilgani bo'lsa derdi. Siz Namjoonni quchog'ida o'zingizni hotirjam his qildingiz. Siz hayolingizda Hoseok aylanardi chunki u ham birinchi bor shunday quchoqlab ovutgandi. Siz sekin Namjoondan uzoqlashdingiz va yurishda davom etdingiz. Namjoon ham ortingizdan yurdi. Sizni bezovta qilmadi faqat ortingizdan yurib keldi.
Siz ora-ora ortga qarab qo'yardingiz. Siz joyingizda to'xtadingiz va ortga qaradingiz. Namjoon sizga yetib oldi.
Rm: Bezovta qilmaslik to'g'ri bo'ladi deb o'yladm
Nari: Uyimga yetib keldim rahmat sizga
Rm: Yaxshi raqamingni berasanmi gaplashib turardik
Nari: Sizga bir narsa aytishim kerak
Nari: Iltimos meni sevib qolmang Men yuragimda boshqasi bor men unga erishishimga ishonaman
Rm: Jimingami hop albatta men seni singlim yoki do'stim sifatida ko'raman
Nari: Hop rahmat sizga mana bu meni raqamim kerak bo'lsam yozarsiz
Siz jilmayib uyga kirib ketdingiz. Namjoon esa kirib ketishingizni kuzatib turdi. Keyin u ham uyiga ketdi.