Jeon twins by Min Yoona
1997-yil Koreya Seul shahri. Ko'chalarda odamlar gavjum. Kimdirlar shoshilgancha yurib ketar edi. Yana kimdirlar judayam hotirjam ketar edi. Ko'cha biroz sovib qolgan ammo o'z issiqligini yo'qotmasdi. Osmonni bulut qoplagan deyarli quyosh ko'rinmasdi. Asta yomg'ir tomchilari tusha boshladi.
Janob Jeon va Jeon honim kutilgan kun keldi. Jeon honim oshxonada ish qilayotgandi. Birdan qornida og'riq turdi
- AZIZAMMM dedi bor ovozi bilan
Janob Jeon ayolini ovozini eshitib tez pasga tushdi. Xavotir bilan yoniga yaqinlashdi
- Azizam yaxshimisan nima bo'ldi
- Hozir tug'ib qoyaman tezroq mashinaga olib boring
- Aa.. Kelaqol
Janob Jeon ayolini qo'lida ko'tarib mashinaga soldi va mashinani katta tezlikda shifoxona tamon haydab ketdi. Qisqa fursatda shifoxona yetib keldi. Mashinadan tushib ayolini yana qo'liga olib shifoxona ichiga kirishdi
- YORDAM BERING ILTIMOSS TEZROQQQ
- Albatta janob mana bu yerga yotqizing
Janob Jeon aytilgan joyga yotqizdi. Hamshiralar Jeon honimni ichkariga olib kirib ketishdi. Janob Jeon ming xavotir ila eshik oldida kutib turar edi. Ayolini qichqirig'ini eshitib, yuragi ezilar edi. Birozdan keyin jim bo'lib qolishdi. Janob Jeon qo'rqib ketdi. Shunda birdan bola yig'isi eshitildi. Janob Jeon chuqur nafas olib shukronachilik bildirdi. Ko'p o'tmay hamshiralar chiqdi. Janob Jeon tez yugurib hamshira oldiga keldi
- Ayolingiz ham bolangiz ham sog'lom ammo...
- Ammo egizaklarni bittasi o'lik tug'ildi.
- Nima qanaqasiga yo'q bo'lishi mumkinmas hazillashdim hammasi yaxshi deb ayting
- Kechiring janob sabr tilaymiz ikkinchi egizak va ayolingiz uchun bardam bo'ling
- Hop rahmat ayolimni qachon ko'rsam bo'ladi
- Hozir palataga olamiz o'shanda ko'rsangiz bo'ladi
- Hop
Janob Jeonni yuragi siqilardi. Egizak farzandli bo'laman deb qancha hursand bo'lib yurgandi. Hatto ular uchun jajji kiyimlar ham olib qo'yishgandi. Janob Jeon yuragi huruj qilib qoldi va hushini yo'qotdi. Hamshiralar yordam bilan 1 soatga qolmay hushiga keldi. Darhol ayolini yoniga bordi. Jeon honim tinmay yig'i aralash bir xil gapni takrorlar edi. Uni ovozi judayam past chiqar edi. Janob Jeon uni eshita olish uchun biroz egildi. Aytayotgan gaplarni eshitib ko'zlari kattalashib ketdi.
- M...Men ik..ikkalasini ham yig'isini eshitdim M...Meni bolam tirik... u tirik... u tirik...
Janob Jeon g'azabdan ko'zi yondi. Ayolini yonida bo'lgan hammani so'roqqa tuta boshladi. Hech nima topa olmadi. Janob Jeon bu so'nggi umidi edi. Umidi asta sekin so'nib boriyotgandi lekin taslim bo'lgisi ham kelmasdi. "Bolangiz hali ham tirik uni hali ham yuragi uriyapti nafas oliyapti" degan gaplarni eshitishni hohlardi Ammo hamma hamshira, doktorlar bir xil gap aytar edi. Janob Jeonni madori qolmadi. Janob Jeon ayolini yoniga borib qo'llarida tutdi va sekin boshini qo'ydi. Janob Jeon va Jeon honim taslim bo'lishdi. Izlashni ham to'xtatishdi. Ular shunchaki yana bir farzandlari uchun yashashi keragligini tushunishdi. Ular o'lik chaqaloqni dafn qilishdi. Janob Jeon dafn qilishni hohlamas edi. Yuragini bir parchasini, quvonchini, umidino, ancha kutgan farzandini tuproqqa qo'yiyotgandi. Janob Jeon ko'zida yosh, qo'lidan hech nima kela olmasligini o'ylab yuragi siqilardi. Uni ushlab turgan yagona narsa egizak farzandlarni bittasi edi. Kunlar bir maromda davom etardi. Janob Jeon farzandiga Jungkook deb ism qo'ydi. Kunlar ortidan kunlar yillar ortidan yillar o'tar edi.
Oradan 24 yil o'tdi
Janob Jeon o'g'lini o'zi hohlagandek tarbiyaladi. U judayam kelishgan va aqlli bo'lib ulg'aydi. Janob Jeon shu yoshigacha uni hamma narsadan borini berib himoya qildi. Yoshligidan ilmga chanqoq bo'lib ulg'aydi. Ota-onasini fahri va quvonchi bo'ldi. Hozirda Jungkook moliya sohasi bo'yicha eng nufuzli universitetda tahsil oliyapti Yoshligida maktabini faxri va yuzi bo'lsa, hozir esa universitet faxri va yuzi edi. Uni universitetda hamma tanir edi. Ammo uni sovuqqon harakteridan hech kim yaqin kela olmas edi.
Jungkook o'tkir nigoh va sovuqqon harakterga ega Jungkook har tong mashqlarni bajarishni hech qachon unutmaydigan inson. Bir soatlik mashgʻulotlardan keyin dush qabul qildi va universitetga ketishdan avval nonushta qildi. Jungkook doim sogʻlom turmush tarziga amal qilishni afzal koʻrgan inson. Hatto ovqatlanishda ham
Jungkook nonushtani tugatib mashinasini minib universitet haydab ketdi. Univsitet yaqin bo'lganligi sabab tezda yetib keldi va mashinasi univer oldiga to'xtadi.Shu payti yana bir mashina universitet oldiga kelib to'xtadi. Hech kimga e'tibor bermasdan kirib ketmoqchi edi ammo o'ziga o'xshash yigitni ko'rib to'xtab qoldi. Shunchaki bir biriga so'zsiz qarab qolishdi.
Ular shunday qarab turishar edi Hamma ularni aylanib o'tar, hamma hayratda edi.Ularni mashina signali hayolatdan hayotga qaytardi. Indamasdan ikkalasi ham ichkariga kirib ketishdi. Jungkookga o'xshash yigitni ismi Jungwo edi. U Han oilasini yagona mesorxo'ri edi
Jungwo ham Jungkook kabi sovuqqon lkn uni harakterida yumshoqlik bor edi. Jungwoo direktor xonasini qidira boshladi. Yo'lda ko'pchilik hayron bo'lardi. Kimdirlar Jungkook deb o'ylab qochardi. Jungwo direktor xonasini topib keldi va eshikni taqillatdi.
Ichkaridan "Kiring" degan ovozni eshitdi va eshikni ochib ichkariga kirdi. Direktor ham Jungkook deb o'ylab qoldi.
D: Nega kelganding Jungkook menda biron ishing bormi
JW: Salom xonim men Jungwooman bu yerda o'qish uchun kelgandim
D: Aaa Jungwoo kechirasan men seni bitta o'quvchi bilan adashtirib yuboribman
JW: Hech qisi yo'q men ham uni ko'rgandim va mana bu o'zim haqidagi hujjatlarim
Direktor hujjatlarni asta-sekin ko'zdan kechira boshladi. Uni ko'rib chiqib hayratdan yoqa ushladi. Chunki Jungkook va Jungwoo maktabdan to universitetdagi baho va ballarigacha bir hil edi. Direktor biroz Jungwooga qarab turdi. Keyin gap boshladi.
D: Yaxshi kelgan o'quvchilarni imtihon bilan qabul qilardim ammo sen meni hayratda qoldirdi. Men seni imtihonsiz qabul qilishga qaror qildim. Shunday ekan meni uyaltirib qo'yma
JW: Hop albatta rahmat xonim men bugundan o'qishni boshlayveraymi
D: Ha albatta 101 auditoriyada o'qiysan men o'zim professoringga aytaman endi ketishing mumkin
Jungwo xonani tark qildi. Hamma auditoriyalarda darslar boshlangandi. 101 auditoriya direktor xonasidan uzoq emasdi. Jungwo eshik oldiga bordi va eshikni ochdi
Jw: Kechirasiz kirsam bo'ladimi
Professor va talabalar nigohi Jungwoga qadaldi. Jungkook ham unga qaradi ammo qayta yozishda davom etdi. Professor uni Jungkook deb o'yladi
P: Kiraqol kech qoldingku Jungkook mayli o'tiraqol
Jw: Kechirasiz men Jungkook emas Jungwooman va bu yerda yangiman
P: Aaa ha mayli o'zingni tanishtir va o'tir
JW: Hop mayli... Men ismim Han Jungwo shu paytgacha Amerikada bo'lganman umid qilamanki kelishib ketamiz
P: Mayli Jungkook yonida joy bor ekan o'sha yerda o'tir
Jungwo professor aytgan joyga o'tirdi. Yana hamma e'tiborini o'qishga qaratishdi.
Darslar davom etardi. Professor darslarni tugatdi endi berilgan vazifalarni so'radi. Jungkook ca Jungwoo savollarga bir xil va bir vaqtda javob berar edi. Bunga butun talabalar hayron qolar edi. Shunday qilib ikki para dars ham tugadi. Hozir tanaffus berilgan edi. Jungwoo qiziqish o'lib qolay deyotgandi chunki o'ziga o'xshash yigit uni qiziqtirayotgandi. Egizakmizmi degan hayol ham bor edi unda
Jungwo Jungkook tamon burildi. Qarab turar edi. U huddi o'zini ko'zguga qarab turgandek his qildi. Shunda Jungwoni yoniga bitta talaba keldi.
S: Salom Jungwo meni ismim Suho do'st bo'lamizmi
S: Amerikada qanchadan buyon yashaysan Amerikalikmisan
JW: 26 yil davomida yashadim va yaqinda ko'chib o'tdik Yo'q koreyada dunyoga kelganligimni aytishgan
S: Haa 26 yil Unda Jungkookdan katta ekansan men sizlarni egizak deb o'ylagandim
JW: Haa Suho keyinroq gaplashsak maylimi hozir biroz darslarim bor edi
Suho ketdi. Jungkook ularni suxbatiga quloq tutib o'tirgandi. Chunki unga ham bu qiziq edida
Jungwo yana Jungkookga qaradi
Jk: Salom bilasan ikkimizda ham bir-nechta savollar bor shunday emasmi
Jw: Albatta shunaqa ho'sh boshlaysanmi
Jk: Ho'sh sen oilangda bitta farzandmisan
Jw: Ha Han oilasini yagona farzandiman o'zingchi
Jk: Yo'q meni egizagim bo'lgan ammo u tug'ilganida o'lik tug'ilgan. Ota-onam bu haqida aytishmagan tasodifan eshitib qolganman ismini Junghyun qo'ymoqchi bo'lishgan.
Jw: Jungkook bizni uchrashganimiz tasodif emas
Jk: albatta men 1997-yil 1 sentyabrda tug'ilganman
Jw: 1995 yil 1- sentyabr balki ovqatlanarmiz oshxonaga borib
Jungwoo va Jungkook bir harakat bilan narslarini yig'ishtirishdi va oshxonaga yo'l olishdi
Jungkook va Jungwoo bo'sh joyga borib o'tirishdi. Hammani nigohi ularda edi. Jungkook shu paytgacha oshxonaga tushmagandi. Bazilarni shu hayratga solsa bazilarni esa ikki o'xshash qiyofa hayratga soliyapti. Ular shunchaki jim ovqatlanishardi. Jungwoo o'sha jimlikni buzdi.
Jw: Birdan aytish notog'ri lekin kel do'st bo'lamiz shunda o'zimiz haqida ham yaxshiroq bilamiz
Yana jimlikda ovqatlanishda davom etishdi.
Suho o'z patnisini ko'tarib ular yoniga keldi.
Suho Jungkookni salom berganiga hayron bo'lib qoldi. Suho ularni yoniga o'tirdi. Yanayam jim bo'lib qoldi. Suho bundan zerikdi
S: Biron nima denglar zerikib o'laman hozir
Jk/Jw: Men ovqatlanganda gapirishni yomon ko'raman
Jungwo va Jungkook bir-birilarga qaradi. Atrofdagilar hayron bo'lishdi
Jk/Jw: Gapimni takrorlashni bas qil
Suho ularni ko'rib kulib yubordi. Jungwo va Jungkook ham kulib yuborishdi. Hamma butunlay hayron bo'lishdi. Jungkook shu paytgach umuman kulmagan hech kimga e'tibor bermaydigan yigit edi. Endi esa ular bilan kulishib gaplashiyapti.
X: Jungkook kuldi ayyy uni kulishi meni aqlda ozdiradi vayyy bunchaa zo'r kuladi yana kulishi uchun borimni berardim
X: Ehh uni kulishini ko'ra olmadimda menimcha chiroyli kuldi bu judayam ajoyib edida
Hamma o'zicha pichir-pichir qilishar edi. Suho ham hayron qoldi
S: Sen hozir kuldingmi chiroyli kularkansan nega buni yashirasan
Jw: Jungkook avval kulmaganmisan
Jungwo uni yelkasidan sekin urib qo'ydi.
S: U shu paytgacha umuman kulmagan hatto kimdirlar bilan gaplashmagan ham Oshxonaga ham bugun tushiyapti
Jw: Nimaa bunchalik yopiqsan Jungkook Ochilgin sal axir hayot zerikarli bo'ladikuu
Jw: Mayli dars boshlanay deyapti kettik
Jungwo Suho va Jungkook auditoriya qaytishdi. Yana darslar boshlandi. Yana 2 para darsdan keyin darslar tugadi.
Jungwo va Jungkook birgalikda universitetdan chiqishdi. Ikkalasi mashinasini oldiga borishdi.
JW: Jungkook kel buni ota-onamizga aytmay turamiz
Ular nomer almashishdi O'z mashinalariga o'tirib uylariga ketishdi.