Sening koʻzlaring menman
Fanficda kichik xatolik boʻldi. Bu uchun uzr soʻrayman, Fanficdagi qahramonlarining baʼzilarning ismlari yozilmagan ekan, mana bilishingiz kerak boʻlgan fanfic qahramonlarining ismlari roʻyxati:
- Butun dunyo qiroli Qirol Alistair
- Katta o‘g‘il — Katta qirol Qirol Valerius
- Kichik o‘g‘il — Kichik qirol Qirol Kaelen
- Katta qirolning birinchi rafiqasi — Birinchi qirolicha Morgana
- Katta qirolning ikkinchi rafiqasi — Ikkinchi qirolicha Glendora
- Ikkinchi qirolicha Glendoraning birinchi qizi — Birinchi malika Elowen
- Ikkinchi qirolicha Glendoraning ikkinchi qizi — Ikkinchi malika Valetiya
- Kichik qirol Qirol Kaelen qirolichasi — Kichik qirolicha Ezabella
- Kaelen va Ezabellaning shahzodasi — Shahzoda Jimin
Oradan besh kun o‘tdi. Vaqt go‘yoki qum soatidan oqayotgan daxshatli zarrachalardek tez o‘tib ketdi va ko‘p kutilgan ulug‘vor bazmga bor-yo‘g‘i ikki kun vaqt qoldi. Mana shu sanoqli ikki kun mobaynida qasr devorlari ortida pinhona hayot-mamot jangi kechar, fitna ishtirokchilari hamma narsani yakuniy nuqtaga keltirishlari shart edi.
Butun dunyo qiroli Qirol Alistair asos solgan va hozirda dabdabali bayram libosini kiygan ulkan saroyning har bir burchagi tilla va kumush bezaklar bilan jilolanardi. Butun saroy ahli oyoqqa turgan, xizmatkorlar tinimsiz yugurishar, eng tansiq taomlar tayyorlanar edi. Chunki bu shunchaki oddiy to‘y emas, butun imperiya tarixini va hokimiyat tizzimini o‘zgartirib yuboradigan nikoh kechasi edi. Taklifnomalar yer yuzining eng chekka burchaklarigacha yetib borgan, e’lonlar jarchilar tomonidan har bir shahar maydonida qayta-qayta o‘qilgan edi.
Butun dunyodan eng nufuzli zodagonlar, qadimiy sulolalar vakillari va qirollik oilasiga mansub oliynasab insonlar, eng aslzoda mehmonlar poytaxt poyiga yetib kela boshlashgandi. Qirollik o‘z tarixidagi eng ulkan va dabdabali bayramni qarshilashga tayyor turardi. Ammo bu yorqin chiroqlar va dabdaba ortida daxshatli zulmat pishib yetilayotganini hech kim bilmas edi.
Hozircha amaldagi hukmdor, ammo xastalik va qarilik tufayli zaiflashgan Katta qirol Qirol Valerius o‘zining yotoqxonasida o‘tirgancha, derazadan saroy hovlisidagi harakatlarni kuzatardi. Uning lablarida o‘sha kungi qari tulkiga xos daxshatli tabassum hamon o‘ynardi. U o‘zining jiyani Jiminni burchakka taqab qo‘yganiga, uni o‘zining "Mukammallik qonuni" girdobiga g‘arq qilganiga mutloqo amin edi. Qirol Valeriusning rejasiga ko‘ra, bu nikoh uning qizlari va sulolasi orqali taxtini saqlab qolishning yagona chorasi edi.
Biroq qasrning narigi qismida, tilla bezakli ulkan xonada amalda hokimiyatni qo‘lga kiritgan yosh Jimin va uning sherigi Bosh vazir yuzma-yuz turishardi.
Ikki kun, vazir, — dedi shahzoda Jimin ovozini pasaytirib, lekin har bir so‘ziga muzdek qat’iyat bag‘shlab. — Bor-yo‘g‘i tabib o‘z vazifasini mukammal bajarishi shart. O‘sha kuni saroyga butun dunyo zodagonlari keladi. Men amakimning ko‘z o‘ngida, butun xalq qarshisida uning shartlariga shunchaki taslim bo‘ladigan ahmoq emasman.
Bosh vazir asabiy ravishda soqolini silab, chuqur tin oldi:
Shahzodam, hamma narsa siz buyurgandek ketmoqda. Bosh tabib har kuni tunda malikaning xonasiga o‘sha maxfiy dorini hech kimga bildirmay olib kiryapti. Birinchi malika Elowen o‘zini birozgacha lohas va holsiz his qilyapti, ammo saroydagilar buni to‘y oldidan bo‘layotgan hayajon deb o‘ylashmoqda. Qirol Valerius ham, qirolichalar ham hech narsadan shubha qilayotganlari yo‘q.
Ayni o‘sha daqiqalarda, qasrning sharqiy qanotidagi muhtasham xonada Birinchi qirolicha Morgananing yo‘qligida, saroy to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ikkinchi qirolicha Glendora va uning Birinchi malika Elowen o‘tirishardi. Birinchi malika Elowenning yuzlari so‘nggi kunlarda biroz oqargan, ko‘zlarida esa g‘alati bir horg‘inlik bor edi.
O‘zingni asra, qizim, — dedi Ikkinchi qirolicha Glendora uning sovuq qo‘llaridan tutib. — Bu to‘y sening otang Qirol Valeriusning oxirgi va eng qat’iy xohishi. Shahzoda Jimin o‘ta kuchli va xavfli yigit, uning amalda qanchalik qudratli ekanini ko‘rding. Uning yonida har doim ehtiyotkor bo‘lishing kerak.
Birinchi malika Elowen o‘z vujudida boshlanayotgan va sirli dori tufayli tana a’zolarini sekin-asta so‘ndirayotgan darmonsizlikni sezsa-da, mag‘rurligi tufayli buni bildirmaslikka urindi:
Xavotir olmang, ona. Men bu saltanatning qonunlarini yaxshi bilaman. Otam men tufayli taxtni unga topshiradi. Men chidashim kerak.
U o‘zining ichidagi daxshatli bepushtlik va nuqson tuzog‘i allaqachon Bosh tabibning zaharli tomchilari orqali tomirlariga singib ulgurganini tasavvur ham qila olmasdi. Shahzoda Jimin amakisining "Nuqsonli insonlar bu dunyoda yashashi ortiqcha" degan qonunini aynan qirolning o‘z qiziga qarshi qurol qilib ishlatayotgandi.
Ikki kunlik muddat tugab borar ekan, qasr qorong‘uligida hamma o‘z pichog‘ini qayrayotgan edi. Shahzoda Jimin esa tunda yana qasrning o‘sha eng baland, unutilgan minorasiga ko‘tarildi. Sovuq shamol uning qora plashini hilpiratardi. Shahzoda Jimin xonaga kirib,
Pastda, mash’alalar nuri ostida dunyoning to‘rt tomonidan kelayotgan aslzodalarning dabdabali aravalari saroy darvozasidan ketma-ket kirib kelayotgani ko‘rinardi.
O‘yin boshlandi, amaki, — deb pichirladi shahzoda Jimin zulmat qa’riga, Qirol Valerius yotgan xona tomonga qarab. — Ikki kundan keyin sening mukammallik haqidagi dunyong mening poyimda parchalab tashlanadi.
Tayyorgarliklar qanchalik avjida bo‘lsa-da, saroy ahlini bir narsa qattiq o‘yga solardi: shahzoda Jiminning tanlovi oxir-oqibat qaysi malikaga tushishi hozircha mutloqo noma’lum edi. U Ikkinchi malika Valetiyani ham, pinhona dori berilayotgan Birinchi malika Elowenni ham hali rasman tanlamagan, o‘z qarorini ochiqlamagan edi.
Shu o‘ychanlik hukmron bo‘lib turgan bir paytda, kuni kechqurun shahzoda Jimin kutilmaganda qirollik oilasi a’zolari bilan birga maxsus kechki ziyofat uyushtirilishini amr qildi. Barcha xizmatkorlar bu buyruqni eshitib, daxshatli hayajon ichida tinim bilmay harakat qila boshladilar. Tayyorlangan ziyofat dasturxoni shu qadar katta, beqiyos va chiroyli bo‘lib, unda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q edi. Taomlar shunchalik turfa xil va ko‘zni qamashtiradigan qilib tayyorlangan ediki, ko‘rgan har bir insonning har bir taomdan tatib koʻrgisi kelardi.
Qirollik oilasi a’zolari tun yarmiga yaqinlashayotgani sababli allaqachon uyquga hozirlanayotgan bo‘lishlariga qaramay, bo‘lajak yosh hukmdor shahzoda Jiminning qat’iy buyrug‘i bilan ushbu kechki ovqatga chiqishga majbur bo‘lishdi. Ko‘p o‘tmay, qirollikning barcha oila a’zolari — ya’ni toshakdan zo‘rg‘a turg‘izilgan Qirol Valerius, uning yonida mag‘rur va hadiksirab turgan Ikkinchi qirolicha Glendora hamda ikki malika ulkan ovqatlanish zalidagi mahobatli dasturxon atrofidan joy olishdi.
Qirol Valerius va Ikkinchi qirolicha Glendora o‘z joylarini egallar ekan, ularga qarama-qarshi tomondan malikalar — Birinchi malika Elowen va Ikkinchi malika Valetiya joylashdi. Ular allaqachon shahzoda Jiminni — amaldagi yangi hukmdorni kutishayotgan edi.
Zaldagi og‘ir va vahimali sukunatni og‘ir qadam tovushlari buzdi. Shahzoda Jimin ulkan ovqatlanish xonasi bo‘ylab kirib kelar ekan, atrofidagilarga bir og‘iz ham so‘z demasdan, to‘ppa-to‘g‘ri borib o‘z joyini egalladi. U dasturxon to‘ridagi, qirollikning eng yuqori va haybatli stuliga borib o‘tirdi. Uning ortida, soyalar orasida pinhona rejaning ishtirokchilari — Bosh vazir va qo‘llari titrayotgan Bosh tabib hamda barcha saroy ayonlari tayyor turishardi. Ularning hammasi bu tungi ziyofat shunchaki uyushtirilmaganini sezib, quloqlarini ding qilib turishardi.
Qirollik oilasi a’zolari ovqatlanishni boshlashdi. Biroq ziyofat vaqtida deyarli hech kim og‘iz ochmadi, faqatgina kumush idishlarning bir-biriga urilgan sovuq ovozi eshitilardi, xolos. Ular mana shu daxshatli va og‘ir jim-jitlikda ovqatlanib o‘tirisharkan, shahzoda Jimin birdan qadahini stolga qo‘ydi va qat’iy ovozda gap boshlab qoldi:
Siz menga shart qo‘ydingiz, qirolim, — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qirol Valeriusning o‘chib borayotgan ko‘zlariga sovuq tikilib. — Xalq oldida chiqib, qizlarimdan biriga uylanasiz, dedingiz. Men amaki sifatida vasiyatingizni va shartingizni hurmat qilaman... Lekin qizlaringizda biron-bir muammo yoki yashirin kasallik bo‘lsa-chi?
Bu daxshatli gapdan so‘ng ovqatlanish xonasidagi havo muzlab ketgandek bo‘ldi. Ikkinchi qirolicha Glendora daxshat ichida shahzodaga qaradi. Birinchi malika Elowen esa o‘z vujudidagi holsizlik bilan qo‘lidagi sanchqini tushirib yuborishiga sal qoldi.
shahzoda Jimin esa zarracha chekinmasdan, ataylab qirolning asabiga tegadigan, uning g‘ururini chil-parchin qiladigan mudhish gaplarini zaharxanda bilan davom ettirdi:
Axir siz, qirolim, shu vaqtgacha bitta ham o‘g‘il farzand ko‘ra olmadingiz. Balki bu la’natlangan qon qizlaringizga ham o‘tgandir? Balki bizning munosib malikalarimizda ham kelajakda farzand ko‘ra olmaslikdek shunday daxshatli nuqson bordir? Nuqsonli insonlar esa bu taxtga o‘tirishga haqli emas, to‘g‘rimi? Axir "Mukammallik qonuni"ni o‘zingiz yaratgansiz-ku, amaki?
Zaldagi butun saroy ayonlari va Bosh vazir bu gaplarni o‘z quloqlari bilan eshitib, daxshatdan qotib qolishdi. Shahzoda o‘yinni hamma ayonlar qarshisida ochiqchasiga boshlagan edi.
Sen qanday insonsanki, bu gaplarni menga aytishga jurʼat etding?! — deya baqira ketdi qirol.
Qirol Valerius gʻazabdan yonib, o‘zini tiya olmay stulidan turib ketdi-da, Shahzoda Jimin tomon bostirib kela boshladi. Har bir qadami qasrdagi sovuq toshlarda aks sado berar, uning titrayotgan qo‘llari g‘azabdan musht bo‘lib tugilgandi.
Sen qanday qilib ular haqida bunday deya olasan?! Qizlarimizda hech qanaqa nuqson yoʻqligi aniq! Ular shafqatsiz qonunlarim oldida ham, butun dunyo ko‘z o‘ngida ham mukammaldir! — deb bo‘g‘ildi qirol. Uning ovozi butun zal bo‘ylab daxshatli va vahimali aks sado berdi.
Zaldagi barcha saroy ayonlari, qo‘riqchilar va Bosh vazir nafasini yutib, chorasiz qotib qolishgandi. Hech kim g‘azab otiga mingan hukmdor va uning qarshisida sovuqqonlik bilan o‘tirgan yosh bo‘rining o‘rtasiga tushishga botinolmasdi. Ikkinchi qirolicha Glendora daxshat ichida erining ortidan ergashdi, biroq Qirol Valeriusni to‘xtatishning imkoni yo‘q edi.
Qirol Valerius to‘ppa-to‘g‘ri dasturxon to‘riga yetib kelib, Shahzoda Jiminning ro‘parasida to‘xtadi. Ikki hukmdorning nigohlari yuzma-yuz keldi. Qirolning ko‘zlarida yillar davomida to‘plangan shafqatsiz hokimiyat olovi yongan bo‘lsa, Shahzoda Jiminning ko‘zlarida muzdek sovuq qat’iyat va g‘alaba jilvasi bor edi.
Shahzoda Jimin hatto joyidan qo‘zg‘almadi ham. U stuliga biroz suyangancha, uning tomon bostirib kelgan amakisiga xotirjamlik bilan tikildi. U o‘z tuzog‘ining naqadar mukammal ishlayotganini ko‘rib, ich-ichidan kulayotgan edi.
Shahzoda Jimin unga kinoyali kulgi bilan javob qaytardi. Uning bu sovuq jilmayishi Qirol Valeriusning g‘azabdan yonayotgan chehrasiga olov purflagandek bo‘ldi.
Axir siz yillar mobaynida farzand koʻrmadingiz, farzand koʻrganingizda ham oʻgʻil koʻra olmadingiz-ku? Ertaga men ham oʻgʻil koʻra olmasam-chi? Sizning nomingizni va sulolangizni bitiradigan zurriyot qolmasa-chi? Agarda qizingiz menga ham oʻgʻil tugʻib bera olmasa-chi? Axir bu butun qirollik uchun haqiqiy sharmandalik boʻladi-ku! — dedi Shahzoda Jimin. Har bir so‘zini ataylab dona-dona, zaharxanda bilan gapirarkan, uning nigohi Birinchi malika Elowenning tobora oqarib borayotgan yuziga tushdi.
Zaldagi sukunat shunchalik og‘irlashdiki, go‘yo devorlar ham bu daxshatli haqiqat yukidan qulab tushadigandek edi. Qirol Valeriusning nafas olishi tezlashdi, lablari asabiy titray boshladi. Yosh shahzoda uning eng og‘riqli nuqtasiga — o‘g‘il voris ko‘ra olmaganiga butun saroy ayonlari ko‘z o‘ngida pichoq urgan edi.
Siz ularda nuqson yoʻq, deyapsiz. Balki buni sinab koʻrishimiz kerakdir, nima deb oʻylaysiz? — deya davom etdi Shahzoda Jimin, stulidan asta qo‘zg‘alib va amakisining ko‘zlariga tik qarab. — Siz shu qadar oʻzingizga qattiq ishonasizmi? Unda keling, ularni tekshiruvdan oʻtkazaylik! Agarda ularda rostdan ham hech qanday nuqson topilmasa va sogʻlom deb topilishsa, men oʻshandagina ularga uylanishga roziman, yaʼni malikalaringizdan birini nikohimga olaman.
Shahzoda Jimin gapini tugatib, ma’noli jilmayib qo‘ydi.
Bu shunchaki taklif emas, ochiqchasiga o‘rnatilgan o‘lim tuzog‘i edi. Bosh tabib orqali Birinchi malika Elowenning qoniga singdirilgan zahar tekshiruvda o‘z natijasini ko‘rsatishi muqarrar edi. Qirol Valerius o‘zining shafqatsiz "Mukammallik qonuni" asiriga aylanib borayotganini sezsa-da, butun saroy ayonlari va Bosh vazir qarshisida chekinishga g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi.
Ikkinchi qirolicha Glendora daxshat ichida erining yengidan tortdi, ammo Qirol Valerius Shahzoda Jiminning bu sovuq va g‘olibona nigohiga dosh berolmay, g‘azab aralash chorasizlik girdobiga g‘arq bo‘layotgan edi.
Shahzoda Jimin lablarida o‘sha sovuq tabassum bilan Qirol Valeriusga tikilib turar ekan, qirolning bu soʻzlardan g‘azabi rosa qaynab chiqdi. Uning tomirlarida qon gurillab urar, yuzlari qizarib ketgandi. Biroq u butun saroy ayonlari va Bosh vazir qarshisida o‘zining ojizligini bildirmaslik uchun bor kuchini yig‘ib, o‘zini bosishga harakat qildi va tishlari orasidan shunday javob berdi:
Mayli, nima ham derdim! Men ishonamanki, qizlarimning hech qanday nuqsoni yoʻq va qancha tekshiruvdan oʻtkazilmasin, baribir hech qanday muammo topilmaydi. Xohlaganingcha tekshir, xohlaganingni qil! Lekin baribir qizlarimdan biriga uylanasan, chunki ularda hech qanday nuqson yoʻq! — deya bo‘g‘iq ovozda shart kesdi qirol.
Ertasi kuni tongda, Shahzoda Jiminning buyrug‘i bilan qasrning maxfiy tabiblar xonasida daxshatli tekshiruvlar boshlandi. Hamma nafasini yutib natijani kutardi. Bosh tabib o‘zining makkor va qora ilmlarini ishga solib, avval kichik malikani, soʻngra katta malikani sinchiklab tekshirishga kirishdi.
Kichik malika Valetiya tekshiruvdan oq va begubor chiqdi. Unda hech qanday nuqson topisholmadi, u butunlay sogʻlom va benuqson edi. Biroq navbat bir necha kundan beri zaharli giyohlar bilan pinhona zaharlanayotgan katta malikaga kelganida, reja o‘zining daxshatli yakuniga yetdi.
Katta malika Elowenni tekshirib bo‘lgan Bosh tabib qo‘llari qaltiragan holda, chuqur vahima bilan hammaning oldiga chiqdi. Qirol Valerius, Shahzoda Jimin, Bosh vazir va butun saroy ayonlari huzurida u o‘ta sovuq va mudhish xabarni maʼlum qildi:
Oliynasab qirolim, afsuski... katta malika Elowen bepusht boʻlib, hech qachon farzand koʻra olmas ekan! Uning tanasida davosiz nuqson bor!
Bu gap zalda xuddi chaqmoqdek portladi. Ikkinchi qirolicha Glendora faryod urib, hushidan ketishiga sal qoldi. Qirol Valeriusning esa bundan koʻzlari kosasidan chiqib ketgudek boʻldi. U o‘zi yaratgan, yillar davomida minglab begunoh insonlarni yo‘q qilgan "Mukammallik qonuni" bugun o‘zining suyukli qizini qurbon qilganini eshitib, daxshat va g‘azab ichida nima qilishini bilmay, oʻrnidan otilib turdi. Uning butun tanasi qaltirar, bu mudhish haqiqat uning imperiyasini poydevoridan silkita boshlagan edi.
Bunday boʻlishi mumkin emas! Sen yolgʻon gapiryapsan! Qanday qilib mening qizim bepusht boʻlishi mumkin?! Axir shuncha vaqtdan beri sogʻ-salomat yurgan inson, qanday qilib endi tekshiruvga kelganda birdaniga shunday boʻlib qolishi mumkin?! Sen aniq yolgʻon gapiryapsan! — deya butun qasrni larzaga keltirib o‘shqirdi qirol.
Qirol Valerius gʻazab va daxshatdan aqlini yo‘qotayozgan edi. U qon qusajakdek bo‘g‘ilib, ko‘zlarini sanchqidek jiyaniga qaratdi:
Bu sening ishing! Sen uni allaqachon shunday qilishi uchun tabibni sotib olgansan! Sen tabibga bunday deyishni oldindan buyurgansan! — deya baqirib, asabiylashdi. — Bu uyushtirilgan fitna! Men senga aslo ishonmayman! Mening qizim sop-pa-sogʻlom, men bunga aminman! — deya oʻshqirdi qirol. Uning barmog‘i Shahzoda Jiminning ko‘ksiga qaratilgan, ammo g‘olibona o‘tirgan yosh bo‘rining zarracha ham chehrasi o‘zgarmasdi.
Shahzoda Jimin o‘rnidan ohasta turdi-da, unga yaqinlashib, lablaridagi zaharxanda tabassum bilan gap boshladi:
Demak, siz meni tabibni sotib olgan va uni bu gaplarni aytishga majburlagan deb oʻylaysizda? Axir bu oʻzingizning bosh tabibingiz-ku! Shuncha vaqt sizning sogʻligingizga qaragan, sadoqat bilan xizmat qilgan bosh tabibingiz shu gaplarni aytyapti. Nima, unga ishonmaysizmi? Bosh tabibingiz sizga yolgʻon gapirmasa kerak? Yoki u men uchun ishlaydi deb oʻylaysizmi?
Shahzoda Jimin o‘z so‘zlarining ta’sirini kuchaytirish uchun zalda to‘plangan hamma ayonlarga bir-bir qarab chiqdi. Bosh vazir qabrdek jimlikda bosh irg‘ab turar, sharmandalik girdobida qolgan Ikkinchi qirolicha Glendora esa yig‘lashdan o‘zini tiya olmasdi. Birinchi malika Elowen esa zahar ta’siridan tobora holsizlanib, onasining yelkasiga suyanib qolgandi.
Yaxshi, unda saroy tabiblarining hammasini huzuringizga chaqirtiraman, — deya davom etdi Shahzoda Jimin, ovoziga mutloq hukmdorlik haybatini berib. — Siz ular ichidan oʻzingiz xohlagan, oʻzingiz tanlagan va eng mohir deb bilgan birorta tabibni tanlab olasiz. Oʻsha tabib ham malikani qaytadan tekshirib koʻradi. Agar malika rostdan ham kasal boʻlib chiqsa va menga farzand tugʻib bera olmaydigan boʻlsa, men malikaga uylanishdan mutlaqo voz kechaman! — dedi shahzoda ma’noli jilmayib.
U bu gapni shunchalik xotirjamlik bilan aytdiki, Qirol Valeriusning ichiga daxshatli g‘ulg‘ula tushdi. Yosh shahzoda o‘ziga shu qadar ishonayotgan ediki, demak, tuzoq allaqachon mudhish tarzda yopilgan edi. Bosh tabib bergan zahar malika Elowenning vujudini shu qadar zarb bilan buzgan ediki, endi saroyning eng muqaddas tabibi tekshirganda ham undan farzand ko‘ra olmaslik nuqsonidan boshqa hech narsa chiqmasligi aniq edi.
Qirol Valerius o‘zining shafqatsiz "Mukammallik qonuni" — ya’ni "nuqsonli insonlar imperiyada yashashga haqli emas" degan qonuni ostida o‘z qizini qonli qurbon qilib berish ostonasida turardi.
Yaxshi, unda tabiblarning hammasini huzurimga chorla! Ular ichidan oʻzimga yoqqanini va oʻzim eng koʻp ishonganini tanlab olaman! Oʻylaymanki, sen ularni ham sotib olishga ulgurmagansan, — dedi qirol shubha va gʻazab bilan.
Shahzoda Jimin esa xotirjamlik bilan uning soʻzini boʻldi:
Bu qanday ahmoqlik boʻldi?! Aytdim-ku, oʻzingiz xohlagan tabibni tanlayvering! Qanday qilib men bunday qilishim mumkin?! Axir hozirgacha haqiqiy qirol sizsiz, men esa hali taxtga oʻtirganim yoʻq! Siz menga hali hokimiyatni topshirmadingiz ham. Shunday qudratli qirol boʻla turib, qanday qilib saroy tabiblari sizdan qoʻrqmay, menga boʻyinsunib, sizga xiyonat qilishlari mumkin?! — dedi shahzoda oʻzini oqlab va kinoya bilan.
Qirol Valerius shahzodaning bu mantiqli gaplaridan so‘ng unga ishongandek harakat qildi va saroyda turgan tabiblarning birini tanlashga qaror qildi. Vaqt oʻtishi bilan dabdabali taxt xonasiga saroyda xizmat qiladigan barcha tabiblar birma-bir yigʻila boshlashdi. Ularning har biri imperiyaning eng yetuk tabiblari edi.
Qirol Valerius ularni sinchkovlik bilan, o‘tkir ko‘zlari bilan kuzatar ekan, ularning ichida nisbatan yosh, boshini yerga egib turgan, hatto vahimali muhitdan boshini koʻtarishga ham qoʻrqayotgan bir yosh tabibni koʻrib qoldi. Qirol bu yosh yigit hali saroy o‘yinlariga aralashmagan, Shahzoda Jimin uni o‘z tomoniga og‘dirishga ulgurmagan deb o‘yladi va uni o‘ziga tanlab oldi.
Qirol Valerius o‘sha yosh tabibning ro‘parasiga kelib, uning darmonsiz yelkasidan qisdi va ko‘zlariga qarab vahshiyona pichirladi:
Sen mening qizimni koʻrasan va hech kimga hech qanaqa yolgʻon gapirmaysan! Qizim sogʻlommi yoki yoʻq — buni menga aniq aytasan! Nima boʻlishidan qatʼi nazar, faqat toʻgʻrisini aytasan! Agarda xiyonat qiladigan boʻlsang yoki yolgʻon gapiradigan boʻlsang, qasam ichamanki, mana shu qoʻllarim bilan oʻzingni oʻldiraman! — dedi qirol poʻpisa qilib.
Yosh tabib daxshatli po‘pisadan butun tanasi bilan titrab ketdi va qo‘rquv ichida ta’zim qildi. U Qirol Valerius va Shahzoda Jimin o‘rtasidagi bu qonli shaxmat taxtasida o‘zining hayoti qil uchida turganini yaxshi anglab yetgan edi. Taxt xonasining bir chetida turgan Bosh vazir va Bosh tabib esa o‘zaro ma’noli ko‘z urishtirib qo‘yishdi. Tuzoq mukammal edi — zahar allaqachon Birinchi malika Elowenning tomirlarida o‘z ishini qilib bo‘lgan, endi kim tekshirmasin, natija o‘zgarmas edi.
Ozgina vaqt oʻtar-oʻtmas, oʻsha yosh tabib ham tekshiruv xonasidan chiqib keldi va Qirol Valeriusga taʼzim qilgancha, hammaning oldida, yaʼni taxt xonasida soʻz boshladi:
Qirolim, afsuski, meni kechiring... Menga faqat bor haqiqatni aytishni buyurgan edingiz. Malikamiz rostdan ham farzand koʻra olmas ekanlar. Bunga sabab shahzoda emas, balki muammo qizingizning oʻzida ekan. Qizingiz hech qachon farzand koʻra olmaydi, hech qachon ona boʻla olmaydi! Bu gaplarni toʻgʻri aytishimni oʻzingiz soʻragandingiz, meni afv eting, iltimos, qirolim! — deya tabib qoʻrquvdan titragancha tiz choʻkdi.
Bu qanday bemaʼnilik boʻldi?! Axir qizim shu vaqtgacha sogʻ edi-ku, men ishonmayman! — dedi qirol baqirib. Uning ovozi vahima va mag'lubiyat ohanglariga burkangan edi.
Axir qirolim, oʻzingiz tanlagan tabib sizga bor haqiqatni aytyapti, bunga qanday ishonmasligingiz mumkin? — dedi Shahzoda Jimin uning ustidan kesatib kulib. U qo'llarini ko'ksiga chalishtirgancha, amakisining butkul tushovga tushganini tomosha qilardi.
Qirol Valerius biroz oʻyga botib qoldi, uning miyasida ming xil reja aylanar, o'zi yaratgan shafqatsiz qonun o'z oilasini bo'g'ib o'ldirayotganini tushunib, so'nggi bor chora izlashga urindi. Undan soʻng esa hammaning oldida yana gap boshladi:
Yaxshi, demak, birinchi qizim sogʻlom emas va u farzand koʻra olmaydi. Sen unga uylanishdan bosh tortyapsan. Yaxshi, unda ikkinchi qizimni senga beraman, ikkinchi qizimga uylanasan! — dedi u Ikkinchi qirolicha Glendoraning Ikkinchi malika Valetiyaga ishora qilib.
Ammo qirolim, ikkinchi qizingiz hali 15 yoshda, balogʻat yoshiga ham toʻlmagan. Men qanday qilib unga uylanishim mumkin? Biroz ulgʻaysin, undan keyin uylanaman, — dedi Shahzoda Jimin xotirjamgina.
Yaxshi, unda oʻzingni koʻp koʻrsatmay, sabr qil, u ulgʻaysin. Sen esa u vaqtgacha taxtni kuta turasan! — deya kesatib gapirdi qirol. U hali ham vaziyat uning nazoratida deb o'ylayotgan edi.
Bu qanday bemaʼnilik?! Men sizdan taxtni berasizmi yoki yoʻq deb soʻrayotganim yoʻq! Taxt allaqachon meniki va men uni sizdan butunlay tortib oldim! Sizning menga shart qoʻyishga hech qanday haqqingiz yoʻq! Haddingizdan oshsangiz, sizni hozirning oʻzida zindonga qamatib tashlashim mumkin, bunga hech kim qarshi chiqa olmaydi!
Taxt xonasidagi ayonlar va Bosh vazir shahzodaning ortida xuddi qora devordek qat'iy turishardi. Saroy qo'riqchilari esa allaqachon qilichlarining dastasiga qo'l yuborishgan, ammo ularning tig'i qirolga qaratilgan edi. Qirol Valerius daxshat ichida atrofga qaradi — u butkul yolg'iz qolgandi.
Axir bu yerda allaqachon men eng qudratli insonga aylandim, sizdan ustunligimni isbotladim! Men allaqachon sizdan ustuvorman va sizni magʻlub etdim! Endi esa qanday qilib menga shart qoʻyishingiz mumkin?! — deya hayqirdi Shahzoda Jimin, uning ovozida otasi Qirol Kaelenning qasosi va yillar davomida to'plangan nafrat aks sado berardi. — Siz endi oʻsha qudratli qirol emassiz, siz allaqachon ojiz bir qariyaga aylanib boʻldingiz! Men endi bu yerda butkul hukmdorman! Menga qanday shart qoʻyishingizdan qatʼi nazar, men allaqachon qirol boʻlib boʻldim va kelayotgan mana shu 1 kun ichida haqiqiy qirolga aylanaman, taxtga oʻtirish marosimim boʻladi!
Shahzodaning bu shiddatli gaplari butun zal ahlini titratib yubordi. Shahzoda Jimin g‘olibona va mag‘rur qadamlar bilan xonani tark etdi. Uning ortidan faqatgina uning ulug‘vor soyasi va ayonlarning qo‘rquv to‘la nigohlari ergashdi. Qirol Valerius ham g‘azab va alam ichida, lablarini tishlagancha o‘z xonasiga yoʻl oldi. Undagi mag‘rurlik hali ham sinmagan, mag‘lubiyatni tan olish niyati yo‘q edi.
Endi mana shu sanoqli 1 kun ichida nima sodir bo‘lishi hamma uchun mutloqo nomaʼlum edi. Qirol Valerius o‘z fikrida qatʼiy qolmoqchi edi; u bo‘lajak bazm kuni, ya'ni taxtni topshirish kechasida hammaning ko‘z o‘ngida katta bir tomosha uyushtirish, jiyanini butun dunyo zodagonlari qarshisida sharmanda qilish rejasini tuzayotgan edi. Shahzoda Jimin esa, o‘z navbatida, qirol boshlagan bu xavfli o‘yinga qanday qarshi javob qaytarish va uning oxirgi nafasini ham qanday bo‘g‘ish, uni butunlay qanday mot qilish haqida bosh qotirardi. Uning o‘ylari oxiriga yetmas, Qirol Valerius esa saroyda qanday dahshatli sahnani sahnalashtirishni rejalashtirayotganini, qaysi maxfiy sirni ochmoqchi ekanini tasavvur qilardi.
Vaqt shiddat bilan oʻtdi. Tunlar ortidan tiniq kunlar almashib, qonli va tashvishli rejalar bilan oʻtgan tayyorgarlik kunlari goʻyoki bir zumda tugab qolgandek bo‘ldi. Va nihoyat, oʻsha buyuk kun, imperiya tarixidagi eng ulug‘vor sana yetib keldi — Shahzoda Jimin rasman taxt yoshiga toʻldi. U endi qonunan Butun dunyo qiroli Qirol Alistair qoldirgan imperiyaning mutloq egasiga aylanishi kerak edi.
Shahzoda Jimin tongda uygʻonib, egniga o‘zining shohona qora liboslarini kiygancha butun saroyni kezib yurar ekan, hamma narsa marosim uchun mukammal darajada tayyorligini ko‘rdi. Taomlar juda chiroyli tortilgan, ulkan saroy esa beqiyos darajada dabdaba va dabdabali bezatilgan edi. Saroy shunday ulugʻvor koʻrinishga kelgandiki, goʻyo u har bir kelgan imperator, qirol va aslzodani oʻzgacha jalb qilish, ularni qasr qudrati bilan qo‘rqitish uchun maxsus yaratilgandek edi. Qasr shunchalik keng ediki, unga goʻyoki butun mamlakat aholisi sigʻib ketadigandek tuyulardi.
Saroy xizmatkorlarining cheksiz mehnati va bu koʻzni qamashtiruvchi goʻzallikni koʻrib, Shahzoda Jiminning ko‘ngli biroz koʻtarildi, ich-ichidan yaqinlashayotgan g‘alabani his qilib xursand boʻldi.
Ayniqsa, saroyning markaziy qismi — yuqoridan pastga tushadigan muhtasham, tilla suvi yuritilgan zinapoyalar nihoyatda chiroyli bezatilgan edi. Zinalar turfa noyob gullar bilan burkangan, atrofiga eng qimmatbaho, shohona qizil gilamlar toʻshalgan edi. Goʻyoki bo‘lajak malika shu zinalardan latofat bilan tushib keladi-yu, yangi va yengilmas yangi qirolni qarshi oladi... Biroq o‘sha tushib keladigan go‘zal kim bo‘ladi? Rejalari barbod bo‘lgan va siri fosh etilgan Birinchi malika Elowenmi, yoki hali o‘yin nimaligini bilmaydigan 15 yoshli Ikkinchi malika Valetiyami? Yoxud Qirol Valerius butunlay boshqa bir daxshatli sahnani tayyorlab qo‘yganmidi?
Bunga saroy darvozalari ochilib, mehmonlar kirib kelishiga bir necha soat qolganda aniqlik kiritilishi kerak edi.
Allaqachon tong otib, kun mutloq yorishgach, Shahzoda Jimin shoshilmasdan tushlik qilib oldi. Soʻngra u nafaqat saroyning ichini, balki barcha keng zallarni va qasr atrofidagi yam-yashil bogʻlarni ham birma-bir aylanib chiqdi.
Shahzoda Jimin saroy hovlisini ohasta aylanib yurar ekan, birdan qasrning ulkan oltin suvi yuritilgan katta darvozalaridan birma-bir hashamatli aravalar kirib kela boshladi.Bular oddiy aravalar emas, balki eng oliynasab, imperiyaning eng yuqori tabaqasiga mansub boʻlgan, nihoyatda chiroyli va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan shohona ulovlar edi. Ketma-ket toʻrtta-beshtacha mana shunday dabdabali ot aravalari saroy hovlisiga kirib keldi. Boʻlajak qirol biroz hayrat va ichki bir qiziqish bilan aravalar tomon yaqinlashdi. Uning ortidan soyadek ergashgan qurolli soqchilar esa uni har qanday kutilmagan xavfdan himoya qilishga shay turgandek, uning har bir qadamiga qarab birga borishardi.
Shahzoda Jimin yuzida mutloq ishonch va shohona mardlik bilan oʻsha dabdabali ot aravalari tomon yurdi. Aravalar saroyning katta maydonidagi toʻxtash joyiga kelib sekin toʻxtadi. Ular toʻxtashi hamon, shahzoda chetroqda turib, eng markazdagi aravaning ichidan kim chiqishini ichki bir hayajon va intizorlik bilan kuta boshladi.
Markaziy aravaning eshigi ohasta ochilib, undan nihoyatda goʻzal, chehrasidan nur yog‘ilib turgan, ulugʻvor va mag‘rur bir inson tushib keldi. Uning egnidagi shohona liboslar va aslzodalarga xos viqorli yurishi butun hovlini qopladi. Goʻyoki boʻlajak qirol bu insonni butun umr kutgandek edi. Shahzoda Jimin uning yuzini koʻrishi bilan sovuq chehrasida bir necha kundan beri ilk bor samimiy quvonch va baxtiyor tabassum balqidi. U o‘zining daxshatli fitnalari-yu, taxt o‘yinlarini bir lahzaga unutgandek bo‘ldi.
Aravadan tushgan o‘sha ulug‘vor inson Shahzoda Jiminni koʻrishi bilanoq ko‘zlarida yosh bilan uni bagʻriga bosdi. Bu kutilmagan holat atrofdegilarning hammasini, hatto saroy ayonlarini ham hayratda qoldirdi. Ular bir-birlarini shunchalik qattiq, yillar davomida to‘plangan cheksiz sogʻinch bilan mahkam quchoqlashgan ediki, atrofda turgan soqchilar va xizmatkorlar boʻlajak qirolning bu yumshoq harakatidan, uning muzdek qonli yuragi bunday mehrga qodirligidan hayron boʻlib, chuqur oʻyga botib qolishgandi.
Shahzoda Jimin u insonning issiq quchogʻidan asta uzoqlashib, o‘zining shohona g‘ururini egib, unga chuqur va ehtirom ila taʼzim qildi. Uning ovozi hayajondan biroz titrab chiqdi:
Hush kelibsiz! ............................
Keyingi qismida koʻrishguncha!