THE FINAL LEVEL OF HATRED
Nafratning soʻnggi darajasi
Nafrat-hamma his qila olgan tuygʻudir.
Minyoonsua
1-Qism
Zamonaviy dunyoda top-milliarderlar oilasi — bu shunchaki odamlar emas, ular hamma taniydigan eng mashhur insonlardir. Odamlar ularning ijtimoiy tarmoqlardagi mukammal suratlariga, qimmatbaho mashinalari va hashamatli hayotiga qarab, goʻyo ertakda yashashadi deb oʻylashadi. Ammo eng chiroyli narsalar ham ichkaridan juda tez chiriydi. Janob Kimning ulkan biznesi xuddi shunday edi: tashqaridan yaltiroq va havas qilarli, ichkaridan esa odamni tiriklayin yutib yuboradigan darajada shafqatsiz.
Bu oilada his-tuygʻular xuddi pullar kabi hisob-kitob qilinardi. Janob Kim oʻz oilasining milliardlik boyligini yanada kattalashtirish, biznes dunyosidagi mavqeini yoʻqotmaslik uchun ota-onasining aytganidan chiqolmadi. U oʻzidan koʻra ancha past, oʻzining darajasiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan bir qizga uylanishga majbur boʻldi. Janob Kim uchun bu nikoh — shunchaki shartnoma edi, xolos. U xotiniga hech qachon insondek qaramadi, u faqat nafrat sochadigan odam edi.
Uzoq kutilgan oʻgʻil tugʻilgan kecha shahar xususiy klinikasining eng qimmat VIP palatasida nafratning ilk urugʻi ekildi. Qiynoqli, soatlab davom etgan operatsiyadan soʻng, zoʻrgʻa nafas olayotgan ayol goʻdagining oppoq yuziga termildi. Uning mayda barmoqlaridan oʻpib, pichirladi: Taehyung.
Ammo palata eshigi shafqatsizlarcha ochilib, ichkariga Janob Kim kirib keldi. Uning yuzida ota boʻlganlik quvonchi yoki xotiniga nisbatan ozgina boʻlsa-da rahmat tuygʻusi yoʻq edi. Faqatgina jirkanish va kibr bor edi. Hali oʻziga kelmagan, tanasi ogʻriqdan qaltirayotgan ayolning vujudiga erining ayovsiz, ogʻir zarbalari tushdi. Hech qanday sababsiz... Shunchaki u oʻzining majburiy hayotidan nafratlanardi va bu gʻazabni ojiza ayoldan oldi. Ona oʻz bolasini bir marta toʻyib hidlay olmadi ham. Goʻdak endigina bir oylik boʻlganida, Janob Kim bergan jismoniy va ruhiy azoblarga, har kungi kamsitishlarga dosh berolmagan ona oʻz joniga qast qildi.
Haqiqat shuki, ba'zan senga eng yaqin boʻlishi kerak boʻlgan inson, hayotingni tugatish uchun birinchi boʻlib pichoq qayrayotgan odam boʻlib chiqadi.
Xotinining oʻlimi Janob Kim uchun fojia emas, shunchaki ortiqcha muammoning hal boʻlishi edi. U oʻlimdan soʻng hech narsa boʻlmagandek oʻzining boy hayotini, ishlarini davom ettirdi va koʻp oʻtmay oʻziga mos, badavlat va juda nufuzli oilaning qiziga uylandi.
Yangi rafiqa —Kim Xonim bu sovuq uyga qadam qoʻyganida, unga birinchi boʻlib Taehyungni koʻrsatishdi. Eri unga: "Bu bolani chetlashtir, u men uchun yoʻq", deb aytgan edi. Ammo yangi Kim Xonim boshqacha chiqdi. U tashqi dunyoning pullari bilan koʻzi koʻr boʻlib ketmagan ayol edi. Kichkina Taehyungning yetim, mungli koʻzlarini koʻrgach, yuragida haqiqiy onalik hissi uygʻondi. U erining taqiqlarini sindirib, goʻdakni bagʻriga bosdi. Otasi oʻz qonidan boʻlgan oʻgʻlini chetga surib qoʻyganda, bu oʻgay ona unga eng toza mehrni berdi. U Taehyung uchun oʻz hayotini tikishga ham tayyor edi.
Yillar oʻtdi. Xonim Kim eriga yana bir oʻgʻil va keyinchalik bir qiz tugʻib berdi. Janob Kim bu yangi farzandlarini boshiga koʻtarar, ularning har bir injiqligini pul bilan qondirardi. Taehyung esa u uchun shunchaki keraksiz bir buyum kabi edi — bor, ammo hech qanday qiymatga ega emas. Biroq ona farzandlarini hech qachon ajratmadi, u uchtasiga ham birdek qaradi, birdek mehr berdi.
Taehyung 7 yoshga toʻlganida, u atrofidagi hayot qanchalik soxta va iflos ekanini biladigan darajada aqlli bola edi. U Kim Xonim uning haqiqiy onasi emasligini bilardi. Lekin uni dunyodagi har qanday insondan koʻra koʻproq yaxshi koʻrardi. Chunki bu qaqshatqich sovuq uydagi yagona iliq quyosh shu ayol edi.
Ammo Janob Kimning yuragidagi zahar yillar davomida kichik uka va singilning ham ongiga quyildi. Otasining Taehyungni kamsitishini koʻrib ulgʻaygan bolalar, sekin-asta akalarini begonalashtirib, unga xoʻjayindek qarashni boshladilar. 7 yoshli bola oʻz uyida mutlaqo yolgʻiz qoldi.
Nihoyat, Janob Kim soʻnggi qarorini aytdi. U Taehyungni muzdek kabinetiga chaqirib, unga sovuqqonlik bilan tikildi:
— Sen bu yerdan ketasan. Fransiyaga. Oʻsha yerda yashaysan va eng nufuzli maktabda oʻqiysan, — dedi u xuddi kerak boʻlmagan eski kiyimni chetga olib tashlayotgandek xotirjamlik bilan.
Ona dod solib yigʻladi, erining qarshisiga tiz choʻkdi, 7 yoshli bolani bagʻridan yulib olmasliklarini soʻradi. Ammo milliarderning gapi qonun edi. U Taehyungning koʻzlariga qarab soʻnggi shartni aytdi:
— Qachonki mening ulkan biznesimni, kompaniyalarimni boshqara oladigan, mening darajamga yetadigan mukammal odam boʻlib qaytsang, seni oʻgʻlim deb tan olaman. Aks holda, sen men uchun hech kimsan.
Bolalik — bu kelajakning poydevori. Va agar u poydevorga faqat nafrat va azob quyilgan boʻlsa, undan faqat shafqatsiz qasoskor yetishib chiqadi.
Shunday qilib, Taehyung oʻzining yagona suyanchi boʻlgan onasidan, oilasidan va shahridan yiroqqa — Fransiyaning sovuq va begona muhitiga yuborildi. U yerda uni hech kim quchoq ochib kutib olgani yoʻq. Ammo u yigʻlamadi. Uning ichida shunday bir nafrat olovi yondiki, bu narsa uni eng aʼlochi, eng kuchli va eng sovuqqon boʻlishga majbur qildi. U yuksala boshladi. Chunki u bir kun kelib qaytishini va bu hamma boylikni otasining qoʻlidan tortib olishini bilardi...
Yillar xuddi taqvim varaqlaridek birin ketin tarixga aylanaverdi, lekin bu uydagi sovuqlik zarracha oʻzgarmadi. Taehyung begona yurtda, Fransiyaning muzdek havosida yolgʻiz ulgʻaydi. U shunchaki oʻqigani yoʻq, u tomirlaridagi nafratni tirik saqlash uchun yashadi. Har bir imtihonda, har bir sinovda faqat birinchi boʻldi. Undan keyingi oʻrinlar u uchun oʻlim bilan barobar edi.
Oʻqishni eng yuqori natijalar bilan tamomlagan kunida ham uning koʻzlarida quvonch koʻrmadim. Negaligini bilasizmi? Chunki u diplomini qoʻliga olganida ham, ich-ichidan: "Otam baribir meni qabul qilmasa-chi, oʻsha maxluq baribir meni itday koʻchaga haydasachi?" degan vahima bilan yashardi. Bu qoʻrquv uni yanada shafqatsizroq boʻlishga majbur qildi.
U kutilmagan ishni qildi — otasining eshigini tilanib borishni xohlamadi. Hali endigina oʻn sakkiz yoshga toʻlganida, oʻzining shaxsiy ishini boshladi. Odamlar oʻn sakkiz yoshida shunchaki oʻyin-kulgi qilib yurganda, Taehyung tunlarni uxlamay, tishini tishiga qoʻyib mehnat qilardi. Atigi ikki yil... Atigi ikki yil ichida u shaharning qoq markazida oʻzining ulkan, muhtasham binosini qad rostladi. U biznes olamining eng yuqori choʻqqisiga shunchalik tez koʻtarildiki, buni koʻrgan odamlar yoqasini ushlardi.
Oʻgʻlining bu muvaffaqiyatini, oʻsha ulkan binoni eshitgan Janob Kimning munosabati birdan oʻzgardi. U endi davralarda, boylar oʻrtasida oʻgʻli bilan faxrlanib gapiradigan boʻldi. "Bu mening qonim, mening oʻgʻlim" deb maqtanardi. Ammo bu shunchaki tashqi koʻrinish edi. Janob Kim oʻsha-oʻsha shafqatsiz, yuragida zarracha odamiylik qolmagan toshbagʻir maxluqligicha qolgandi. U faqat kuchlilarni tan olardi, Taehyung esa endi juda kuchli edi.
Taehyung chetda oʻz imperiyasini qurayotgan bir vaqtda, bu yerdagi Kimlar xonadonida mutlaqo boshqa manzara hukmron edi. Kichik oʻgʻil — yosh janob ulgʻaydi, ammo u sira akasiga oʻxshamasdi. Tarbiyasi butkul buzilgan, pul va kibr koʻzini koʻr qilgan bir nusxa boʻlib yetishdi. Kim xonim tunu kun yigʻlab, unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishga qancha urinmasin, foydasi boʻlmadi. Chunki orqasida otasidek togʻdek suyanchigʻi bor edi. Janob Kim har bir iflosligini pul bilan yopib, uni battar taltaytirib yuborgandi. Bola oʻz bilganidan qolmas, odamlarni it oʻrnida koʻrmasdi. Yosh xonim, ya'ni yosh janobning singlisi ham xuddi shunday edi. Ular otasining soyasida yashab, tarbiyasiz, kibrli va surbet boʻlib ulgʻayishdi. Bu uyning ichi tashqaridan jannatdek koʻrinsa-da, aslida tarbiyasi buzilgan maxluqlar uyasiga aylanib boʻlgandi.
Bu dunyoda hamma narsaning oʻz narxi bor. Janob Kimning muhtasham saroyida ham yashashning narxi juda qimmat edi — u yerda omon qolish uchun odam oʻzligini, gʻururini butkul oʻldirishi kerak. Shisha va poʻlatdan qurilgan qimmatbaho devorlar ortida, quyosh nuri hech qachon tushmaydigan burchaklarda xizmatkorlarning hayoti oʻtardi. Oʻsha yerda yashayotgan bir baxtsiz ona va uning qizi — Yuna bor edi.
Yunaning onasi yoshligida bir erkakni jinni boʻlib sevadigan boʻldi. Koʻzlari koʻr edi uning. Ota-onasi oyoq tirab qarshilik qilganda, "U bilan birga ochdan oʻlishga ham tayyorman!" deb, hamma yaqinlaridan, oilasidan kechib oʻsha pastkash erkak bilan ketdi. Shoshilganidan hatto qonuniy nikohdan ham oʻtishmadi. Ayol oʻzini baxtli deb oʻyladi, to qornidagi goʻdak dunyoga kelguncha. Erkak oʻgʻil kutar edi, uning erkaklik kibrini koʻklarga koʻtaradigan voris soʻrardi. Ammo tugʻuruqxonada shifokorlar uning qoʻliga qizchani tutqazishganda, u iflosning basharasi qotib qoldi. Erkak oʻylab ham oʻtirmadi.Ertasiga ertalab hech narsa demasdan, xotinini ham, beshikdagi goʻdakni ham shifoxonaning sovuq karavotida tashlab, pullarni olib butkul gʻoyib boʻldi. Goʻdak oʻgʻil emas, qiz boʻlib tugʻilgani uchun oʻz qonidan kechib ketdi, it.
Ayol bagʻrida bir kunlik bola bilan koʻchada qoldi. Orqaga yoʻl yoʻq, ota-onasining eshigiga borishga yuzi chidamasdi. Oldinda esa faqat ochlik va oʻlim. Chorasiz qolgan ona yigʻlayotgan goʻdagini koʻtarib, Kimlar xonadoniga xizmatkor boʻlib ishga kirdi. Yillar shu xoʻrlik ichida oʻtdi.
Aslida, Janob Kim ham, Kim xonim ham bu xizmatkor ayolga va uning qizi Yunaga yomon munosabatda emasdi. Ular bu ikki ojizani hurmat qilishar, mehnatini qadrlab, vaqtida haqini toʻlashardi. Muammo ularda emas, balki ularning ortidan kelayotgan tarbiyasiz yirtqichlarda edi.
Bir kuni saroyning ulkan oshxonasida oʻn toʻrt yoshli Yuna onasining yonida turib, pol artayotgan edi. Qoʻllari sovuq suvdan qizarib ketgan, tizzalari ogʻriqdan qaltirardi. Shu payt eshikni tepib, Janob Kimning taltaygan, tarbiyasi buzilgan oʻgʻli — yosh janob kirib keldi. Orqasidan esa kibrli yosh xonim ergashib olgandi. Yosh janobning qoʻlida qimmatbaho sharbat bor edi. U Yunaning onasi arang yaltiratib artib qoʻygan polga qarab, ataylab stakandagi hamma narsani toʻkib yubordi.
Toʻgʻri art, ssen iflos jonzot, — dedi yosh janob labini burib, onaning yuziga qarab.
— Mana shu yerda dogʻ qolibdi. Koʻzing qayerda sseni?
Ona shosha-pisha tiz choʻkdi, uning yoshli koʻzlari polga toʻkildi.
— Kechirasiz, yosh janob... Hozir, hozir boshqadan artib yuboraman, — dedi ovozi qaltirab.
Yosh xonim esa chekkada turib, baland ovozda kulib yubordi:
— Akajon, bularga gapirish befoyda. Koʻchadagi tilanchilar baribir iflosligicha qoladi. Ularning qoni shunaqa, pastkash!
Yuna onasining bu qadar yerga urilishini, bu ikki yosh boyvachchaning surbetligini koʻrib, ichida nimadir uzilib ketgandek boʻldi. U qoʻlidagi latta bilan yosh janobga tikilib, tishlarini gʻijirlatdi. Buni koʻrgan bola battar quturdi. U yaqinlashib, Yunaning sochidan qattiq ushladi va boshini pastga qaratib, oʻsha oʻzi toʻkkan iflos suvga deyarli tiqib yuborayozdi.
Ona bolaning oyoqlariga yopishib, yigʻlab yolvordi:
— Yosh janob, iltimos, u hali bola, tushunmaydi! Uni qoʻyib yuboring!
Shu payt shovqinni eshitib, xonaga Kim xonim va Janob Kim kirib kelishdi. Kim xonim oʻgʻlining bu vahshiyligini koʻrib, dahshatga tushdi. U yugurib kelib, yosh janobni chetga tortdi va uning yuziga tarsaki tushirdi:
— Nima qilyapsan, iflos?! Senga shunaqa tarbiya bergandimmi?! Bular ham inson! Qachon odam boʻlasanlar senlar?! — deb baqirdi Kim xonim oʻgʻli va qiziga qarab.
Biroq, Janob Kimning reaksiyasi butkul boshqacha boʻldi. U xizmatkorlarni oʻzi hurmat qilsa-da, farzandlarining kibri sinishini zarracha xohlamasdi. U shafqatsiz koʻzlari bilan xizmatkor ayolga tikildi:
— Bolalarimning injiqligiga chidab yashasang, yasha. Yoqmasa, eshik ochiq, — dedi u sovuqqonlik bilan.
Keyin esa xotiniga — Kim xonimga qayrildi. Uning koʻzlarida vahshiy bir gʻazab yondi. Janob Kim xotinining sochidan changallab, oʻzining shaxsiy xonasi tomon sudrab ketdi. Oʻsha kecha yopiq eshiklar ortidan Kim xonimning ayanchli faryodlari va Janob Kimning ogʻir, shafqatsiz zarbalari eshitilib turdi. U xotinini qoniga belab kaltaklarkan, qulogʻiga pichirlardi: — Mening farzandlarimga qoʻl koʻtarishga qanday hadding sigʻdi, ssen ahmoq xotin?! Ularni urushishga seni haqqing yoʻq!
Eshik ortida esa Yuna yerda, oʻsha iflos suvning ichiga yiqilgancha yotardi. Uning koʻzlarida yosh yoʻq edi. Faqatgina qora, tubsiz va inson oʻylashga ham qoʻrqadigan nafrat olovi yona boshladi. U yerdagi latta kabi ezilgan onasiga, ichkarida kaltaklanayotgan yaxshi ayol Kim xonimga va oʻzlarini Xudo deb hisoblayotgan bu oilaning maxluqlar haqida oʻylardi.
Bu dunyoda ba'zilar oltin taxtda oʻtirib vahshiylashadi, boshqalar esa oʻsha taxt poyida, yerga toʻkilgan qon va koʻzyosh ichida nafratdan maxluqqa aylanadi.
Yuna oʻsha kuni tushundi: agar u hozir kuchli boʻlmasa, bu odamlar uning onasini ham, oʻzini ham tiriklayin parchalab tashlashadi. Uning ichida bitta qaror qatʼiylashdi — u bu uydagi hamma boylarni bir kun kelib oʻz oyoqlari ostida sudralishga majbur qiladi.
Tungi soat o‘n ikkiga yaqinlashgani sayin, Kimlar xonadonining dabdabali dahlizlari tirik odam yashamaydigan ulkan, muzdek qabrga o‘xshab qolardi. Hamma chiroqlar o‘chirilgan, faqat shisha devorlardan tushayotgan oy nuri polga g‘alati, uzun soyalar tashlardi.
Yuna o‘n sakkiz yoshga to‘lgan o‘sha bahorda uning tengdoshlari kelajak orzulari, nufuzli universitetlar haqida gaplashishardi. Yunaning ham o‘qishga kirish, bu jahannamdan qutulish niyati bor edi. Ammo taqdir uning orzulari ustidan shunchaki kulgandek bo‘ldi. Uyidagi sharoit, aniqrog‘i, onasining kundan-kunga og‘irlashib, to‘shakka mixlanib borayotgan ahvoli unga boshqa yo‘l qoldirmadi. Onasiga har kuni juda qimmat dorilar kerak edi. Agar o‘sha dorilar o‘z vaqtida ichilmasa, u ayol nafas olishdan to‘xtashini Yuna yaxshi bilardi. Pul... Hamma narsa pullarning iflos hidi bilan o‘lchanadigan dunyoda Yuna o‘zini ikki barobar ko‘proq qiynashga majbur bo‘ldi.
U kunduzi o‘z ishini qilsa, kechasi bilan soat o‘n ikkigacha qo‘shimcha ishlar uchun navbatchilikda qolardi. Bu vaqtda odatda bitta ham xizmatkor ishlamas, hamma o‘zining xonasiga kirib ketgan bo‘lardi. Biroq kibrli Kimlar oilasi uchun yarim tunda ham quldek xizmat qiladigan tirik qul kerak edi. Va aynan Yuna, hamma narsadan voz kechib, shu og‘ir ishni o‘z bo‘yniga oldi. Unga hozir or-nomus emas, har qanday yo‘l bilan topiladigan ko‘p pul kerak edi.
Soat millari tungi o‘n ikkiga yaqinlashganda, Yuna oshxonadagi oxirgi idishlarni artib bo‘ldi. Uning vujudi shu qadar charchagan ediki, barmoqlari latta ushlashga ham botina olmasdi. Kunduzgi og‘ir mehnat yetmagandek, kechasi bilan tik oyoqda turish uning bor-budini so‘rib olgandi. Ko‘zlariga og‘ir uyqu qo‘nar, endigina o‘sha siniq to‘shagiga shoshilib, bir necha soat bo‘lsa-da ko‘z yumishni o‘ylayotgandi. Charchoqdan oyoqlarini arang sudrab bosib, dahliz bo‘ylab ketayotganida, yuqori qavatdan yosh janobning xonasidan qo‘ng‘iroq ovozi chalindi.
Yana ish. Aynan o‘sha charchoq jonidan o‘tib, o‘lish yoqasiga kelgan lahzada.
Yunaning ichida shunday bir g‘azab va nafrat portladiki, u lablarini qonaguncha tishladi. Yuragi nafratdan shunchalik tez urardiki, agar qo‘lida pichoq bo‘lsa, tepada buyruq berayotgan o‘sha boyvachchani o‘ylab o‘tirmay bo‘g‘izlashga tayyor edi. Lekin u tishini tishiga qo‘ydi. Onasining xonasidagi dori qutilarini ko‘z oldiga keltirdi.
Yarim tunda yuqori qavatdagi o‘sha sovuq xonaga shakar qo‘shilmagan, achchiq qahva va ba'zi kichik hujjatlar solingan yukni olib chiqish kerak edi. Yuna titrayotgan qo‘llari bilan qahva qaynatdi. Qahvaning achchiq hidi uning nafrat bilan to‘lgan tomirlariga yopishib ketgandek bo‘ldi. Patnisni ko‘tarib, qadam-va qadam tepaga ko‘tarildi. Har bir pillapoya uning g‘ururini yanchib tashlayotgandek tuyulardi.
Nihoyat, o‘sha qorong‘u dahliz oxiridagi og‘ir, qora eshik qarshisida to‘xtadi. Xonadan hech qanday tovush eshitilmasdi, go‘yo u yerda odam emas, vahshiy bir maxluq o‘z o‘ljasini kutib yotgandek edi. Yuna chuqur nafas oldi, koʻzlaridagi g‘azab olovini yashirishga urinib, eshikni sekin uch marta taqillatdi.
Kiring, — eshitildi ichkaridan o‘sha tanish, odamning suyak-suyagigacha o‘tib ketadigan muzdek ovoz. Bu yosh janob edi.
Eshikni ochib ichkariga qadam qo‘ygan Yuna patnisni mahkam qisdi. Xonada faqat bitta kichik chiroq yonib turar, yigit esa oyna oldida, shahar chiroqlariga tikilib turgancha turardi. U orqasiga o‘g‘rilmay, sovuqqonlik bilan gap boshladi:
Kechikyapsan, Yuna. Mening uyimda pullar soniyalar bilan hisoblanishini bilmaysanmi?
Yuna patnisni stol ustiga qo‘yarkan, ovozini maksimal darajada sovuq va rasmiy tutishga urindi:
— Qahvangiz, yosh janob. Boshqa buyrug‘ingiz bo‘lmasa, men ketaman.
Ba'zan hayot senga shunday achchiq zarba beradiki, sen o‘sha og‘riqdan baqirishni ham unutasan. Chunki ichingdagi nafrat har qanday jismoniy kuyishdan kuchliroq bo‘ladi.
Qorong‘ulik xona burchaklariga qora zardobdek yoyilgan, sovuq havo esa o‘pkagacha yetib borib, nafasni bo‘g‘ardi. Xonada faqat bir-biriga urilayotgan tishlar va dahshatdan tezlashgan yurak urishining zaif sadosi eshitilardi.
Yuna bir qadam orqaga chekindi. Uning nigohida o‘lim oldi qo‘rquvi va so‘nggi ilinj aralashib ketgandi. U faqat bir narsani — ushbu tutqunlikdan, sovuq devorlar va uning zulmatga chulg‘angan soyasidan qochishni istardi. Ammo u eshik tomon talpingan lahzada, havodan keskir va shafqatsiz bir harakat yorib o‘tdi.
Yosh janob qizning ikkilanib bosgan qadamlarini yirtqichdek sezib, soniyalar ichida uning yo‘lini kesti.
Eshikning og‘ir metall korpusi ramkaga zarb bilan urildi. Xona devorlari titrab ketdi. Yuna cho‘chib tushib, orqaga tisarildi. Yigit esa sovuq, xotirjam va dahshatli darajada beshavqat harakat bilan eshik kalitini buradi. Temir tilchalarning bir-biriga ishqalanishidan chiqqan sovuq ovoz Yuna uchun qamoqxona eshiklarining abadiy yopilishidek eshitildi.
Yigit kalitni sug‘urib oldi-da, uni loqaydlik bilan xonaning eng qorong‘u burchagiga otib yubordi. Kalitning marmar polga tegib jaranglashi Yunaning ichida so‘nggi umid shishasini chil-chil qildi.
Dunyoning eng dahshatli qamoqxonasi — panjaralari temirdan emas, chorasizlikdan yasalgan xonadir. Va Yuna hozir aynan o‘sha devorsiz, ammo qochib bo‘lmas panjaralar ichida qolganini tushundi.
— "Bir tun"ga nima deysan, Yuna? — yigitning ovozi past, biroq tomirlardagi qonni muzlatib qo‘yadigan darajada o‘tkir va sovuq edi. Uning qorong‘ulikda miltillagan ko‘zlari shafqatsiz bir o‘yindan zavq olayotgan yirtqichning nigohini eslatardi.
Yuna dahshatdan eshitilarsiz ravishda orqaga chekila boshladi. Uning titroq oyoqlari o‘zi boyagina keltirib qo‘ygan qahva stoli chetiga urilib ketay deganda, yigitning baquvvat, sovuq qo‘llari qizning bilagidan mahkam changalladi. Shafqatsiz kuch bilan uni o‘ziga tortdi-da, ketidan shohona, ammo muzdek karavot ustiga uloqtirib yubordi.
Yuna yumshoq, ammo sovuq mato ustiga yiqilarkan, nafas ololmay qoldi. U zudlik bilan qaddini ko‘tarishga urinib, ko‘zlaridagi achchiq nafrat va qo‘rquv bilan yigitga tikildi.
— Nima qilyapsiz?! — Yunaning ovozi titrab chiqdi, ammo unda g‘urur alomatlari hali o‘chmagandi. — Menga ketishimga ruxsat bering! Ish vaqtim allaqachon tugagan. Ketishim kerak!
Yigit uning yoniga kelmadi ham. U shunchaki qo‘llarini shimining yonchoqlariga solib, qizga yuqoridan kamsituvchi, sovuq nigoh bilan tikildi.
— Sen allaqachon tun yarmida, soat o‘n ikkida mening xonamga o‘z oyoqlaring bilan kirib kelding, — dedi u, har bir so‘zini pichoqdek qizning yuragiga sanchib.
— Bu nima deganingiz?! Axir... axir o‘zingiz buyurdingiz! Men shunchaki topshiriqni... — Yuna o‘zini oqlashga, mantiqqa yopishishga urindi.
Yigit yengil, sovuq va istehzo bilan kulib qo‘ydi. Bu kulgu xonadagi tunsiz sukunatda nihoyatda dahshatli eshitildi.
— Demak, men senga buyurdim... Lekin agar buni men tan olmasam-chi? — Yigit bir qadam oldinga bosib, Yunaning ustiga soya solib keldi. — Hozir bu yerga kimdir kirib kelsa ham, yarim tunda mening xonamda turibsan. Va men shunchaki: "U o‘zi yonimga kelib shallaqilik qildi" desam... Xo‘sh, kimga ishonishadi deb o‘ylaysan? Mengami yoki bir arzimas xizmatkorgami? Shunday ekan, ovozingni o‘chir. Sharmanda bo‘lib, battar xor bo‘lmasliging uchun.
Yunaning tomoq qismiga achchiq xursinish kelib tiqildi. Uning ichidagi g‘urur va or-nomus alanga ola boshladi.
— Men shunchaki buyruqni bajardim! Men sizga fohisha emasman... Ko‘chadagi past fohishalaringizdan emasman! — dedi Yuna ko‘zlarida yosh, ammo ovozida nafrat bilan.
Yigit uning yoniga sekin egildi. Uning qo‘li Yunaning titrayotgan jag‘iga tegdi — bu tegish yumshoqlik emas, balki mulkdorning o‘z buyumiga teginishidagi sovuq hafsalasizlik edi.
— Sen mening xizmatkorimsan, — dedi yigit shivirlab, uning nafasi Yunaning yuzini muzlatib yubordi. — Nima aytsam, bajarishga majbursan. Xohishimni qondirish ham shular jumlasiga kiradi. Sen hali toza bo‘lsang kerak-a? Men hali hech qachon tozalikning ta’mini his qilib ko‘rmaganman... Demak, bugun buni tatib ko‘rar ekanman-da?
Ba'zan insonni jismonan zanjirlash shart emas, uning ruhini haqorat so‘zlari bilan bir umrga majruh qilish yetarli.
— Tegmang menga! — Yuna uning qo‘lini siltab tashlashga urindi.
— Xo‘sh, nima qilasan? — Yigit bitta ham muskuli qimirlamay, sovuqlik bilan savol berdi. — Baqirasanmi? Kimnidir chaqirasanmi? Nima qila olasan? Qo‘lingdan hech narsa kelmaydi. Bu saroydagi har bir jonzot menga ishonadi, senga emas.
Yuna o‘sha soniyalarda o‘zining qanchalar chorasiz, ojiz va yakka-yolg‘iz ekanligini butun borlig‘i bilan his qildi. Ichidagi nimadir — uning dunyoga, adolatga bo‘lgan ishonchi shisha idish kabi yerga tushib, chil-chil bo‘lib ketdi. U o‘zining ich-ichidan sinayotganini, parchalanayotganini eshitdi. Bu holatga tushishiga u aybdor emasdi, ammo jazo uning bo‘yniga tushayotgandi.
Nima bo‘lsa bo‘lsin... Ammo men nomusimni topshirib qo‘ymayman!" — degan so‘nggi jasorat uchquni uning ko‘zlarida yondi
Yuna birdan karavotdan sapchib turdi va bor kuchi bilan xona eshigi tomon otildi. U bo‘g‘zida to‘planib qolgan bor dardi va qo‘rquvini ovoziga jamlab baqira boshladi:
— Kim bor?! Yordam bering! Kim...
Uning ovozi oxirigacha yetib bormadi.
Ortidan yetib kelgan yigitning sovuq va baquvvat qo‘li Yunaning uzun sochlaridan shafqatsizlarcha changalladi va uni ortga — qattiq, muzdek polga qaratib uloqtirib yubordi.
Yuna polga qattiq yiqildi. Tizzalari va tirsaklaridagi og‘riq butun tanasiga tarqaldi. Soch tomirlaridagi achishish ko‘zlaridan yosh bo‘lib oqib tushdi.
Yigit uning tepasida qip-qizil olovsiz, sovuq va dahshatli zulmat kabi paydo bo‘ldi. U egilib, yiqilib yotgan qizning yuziga tikildi.
— Baqir-chaqirlaring bilan nimadir o‘zgaradi deb o‘ylaysanmi? — dedi u, ovozida hech qanday g‘azab yo‘q edi, faqatgina mutloq hukmronlik va shafqatsizlik bor edi. — Sen butunlay meniki bo‘lasan. Qo‘limdan seni hozirning o‘zida hech kim tortib ololmaydi. Va agar yana shunday ahmoqona qiliqlar qiladigan bo‘lsang... bu sen uchun juda badalga tushadi.