October 18

BY FATE I’M HIS | JJK

𝐶ℎ𝑎𝑝𝑡𝑒𝑟 26

Yoʻq
Jin Ursin!

Qarshimdagi noutbukni xirillab, qo‘llarim bilan siltab stolimdan pastag uloqtirdim. Tanamda endi hech qachan tuganmas g'azab paydo bo'ldi va bomba kabi portladi. Koʻz oʻngimdagi barcha narsa hodisalar,qon rangida, qizil tusda gavdalanayotgan edi.Men Zuhaning,hayotining har bir la'nati qismini oʻrganib chiqdim, lekin bu iflos haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Savdo markazidagi barcha video kuzatuv kameralrida hech qanday ta’svir yoʻq. Bunchalik aqlli boʻlgan bu la’nati kim? U qanday yoʻl tutishimni bilar edi va men u haqida bilish uchun ma’lumotlarni topishimdan oldin, u har qanday ma’lumot,videolarni yo'q qildi. Yanni Zuhani himoya qilish uchun yuborgandim, lekin u uning yonida bo'lish o'rniga, savdo markazini aylangan, buning uchun ham javob kerak edi. Bularning hammasi oʻyin. Hayotimda hech qachon bunday aldanganimni his qilmaganman.

"Demak,sen men bilan ajrashganingda va Jorjiyaga uylanganingda qanday tuygʻularni his qilganimni endi bilasan "

Qasos.

Yuraging sevgan insoning tomonidan parchalanishi,shunday his-tuygʻularni his qildiradimi? .Men o'z qoidalarimga qarshi chiqdim va unga ishondim, uning oldida o'zimi ochiq-oydin koʻrstadim va u menga yaqinlashishiga ruxsat berdim.Hech qachon biror kishini yaqinlashishiga ruxsat bermaganman, lekin u orqamdan ish qilib, mendan qasos oldi.

Ortimdan,Zuha bir la’nati iflos bilan uchrashdi

Xiyonat ichimni olovdek kuydiryabti. Qo'limga qurol va pichoqni olib. Eski ombordan chiqdim. Red bilan Yan mashinam yonida turardi, Yanning o'ng yuzi butunlay shishib ketgan,o'ng ko'zi esa qon talash axvolda, bu jarohatlar zarbalarim tufayli edi. U bunga loyiq. Ularning ikkisiga ham e'tibor bermay, mashinamga o'tirdim,mashinani ishga tushirib hayday boshladim, qayerga ketayotganimni bilmayman, xuddi aqldan ozgan odam kabi mashinani to'liq tezlikgida haydardim. Burunboʻshligʻimda hali hamon Zuhamdan kelayotgan o‘sha la’natining hidini sezib turardim. Koʻzlarim oldini qon rangli parda egallagandi.Diqqatimni yoʻlga qaratishga deyarli imkonsiz bo'lgunga qadar qoplaldi bu tuman. Qo‘llarimni rulga zarb bilan urdim, yuragim ogʻriyabti.

Chidab bo'lmas ogʻriq ichimdan oʻt kabi yonyabti.O'pkamga havo yetishmasdi,qancha nafas olishga urinmayin, tomog'imdagi bo'lak hatto tabiiy harakatga ham to'sqinlik qilardi.

Zuha men kabi munosabatlarimiz haqida aqldan ozmaydi, men u uchun hamma narsani qila olaman, u esa men uchun hech narsa qila olmaydi. Buni bilardim, lekin men unga bo'lgani kabi u ham menga hayotini,bag'ishlanganiga ishonardim, u bizda mavjud bo'lgan bu rishta haqida etarlicha oʻylaydi deb oʻylardim. Axmoqqa o'xshab jilmaydim, orqamdan birov bilan uchrashdi, meni boshqa birovga alishtirdi.

Qayerda? Qanaqasiga?

To'g'ridan-to'g'ri kirish imkonim bo'lmagan joy uning ota-onasining uyi edi. Uning ota-onasi bu ahmoqni biladimi? Valentin Min meni qanchalik yomon ko'rishini bilaman, u qizini men kabi yirtqich bilan ko'rishni istamaydi.

Men ahmoqman, lekin qayerda xato qildim?

Zuhaga uylanganimdan soʻng, har safar Vladislav va Valentina Minga yordam berardim. Ularning kompaniyasining barcha qarzlarni to'ladim, kompaniyasini bozorda yaxshi mavqega olib chiqdim.Vladislav Min uchun eng yaxshi tibbiy davolanishni,ularni himoya qila olishimni isbotlashga harakat qildim.

Ularning qiziga nisbatan xatti-harakatlarim avvaliga unchalik yaxshi bo'lmaganinu tan olaman,lekin o'zimni yaxshilashga harakat qildim. Munosabatlarni,turmushni boshqara oladigan odam emasman, sababi bolaligimdan faqat qurol bilan muomala qilishni o'rganganman. Oʻzimni Zuhadan uzoqroq tutdim, Don Zuhaga bog'langanimni tushunishini xohlamadim, lekin uni himoya qilish jarayonida Zuhani xafa qilganimni angladim. Darhol bu yo'limni o'zgartirishni va uning uchun o'zimni butunlay boshqa odamga aylantirishni o'yladim.

Hatto psixologga bordim, shunda o'zimni tushunishga va Zuhaga loyiq bo'lishga bir qadam yaqinlashaman deb hisobladim. Sabrli odam emasman, lekin uni oldida g'azabimni bosishga harakat qildim. Men undan boshqa hech kimga ahamiyat bermaganman.

Va hech qachon Donga qarshi bo'lmaganman, lekin faqat uning uchun, g'ururim haqida oʻylamasdan, o'zimnni noqulay holatda ushlab turdim. Meni haqorat qilishlariga chiday olaman, lekin Zuhani kim haqorat qilgan bo'lsa,ularni tirik qoldirmadim. Hali ham kimdir menga teginishiga toqat qilolmayman, lekin faqat u uchun, teginishiga ruxsat berish uchun o'zimga qarshi kurashdim va unga mehrimni ko'rsatishim uchun uni oʻpdim.U menikiliginu aytmagan, lekin uni meniki ekanligiga ishonardim.Men uni himoya qilish uchun hech qachon qilmoqchi bo'lmagan hamma narsalarni qildim. Albatta, bu u xohlagan gʻamxoʻrlik bo'lmasligi mumkin, lekin men uni xavfsiz boʻlishini hohlardim.

U uni sevadimi? Uni shunchalik sevadiki, uni mendan ustun qo'yabtimi?

Balki uni yetarlicha sevgandir, lekin mening unga bo'lgan muhabbatim oldida uning sevgisi hech narsa emas. Eng mantiqiy narsa, Zuha meni aldayotganini bilib, mendan uzoqlashishiga ruxsat berish edi, lekin men bunga hech qachon yo'l qo'ymayman.Men u bilan hech qachon munosabatlarimni tugata olmayman. U meni aldayapti, lekin u meniki ekanligini unutdi, u meniki, Jeon Jungkookniki.

Oʻsha la’natini topaman, unga azobli o'lim beraman. Zuhani,homilador qilish hatkatlarini davom ettiraman. Biz bu erga kelganimizdan keyin, soxta tabletkalarni Zuhaning homiladorlikni nazorat qiluvchi tabletkalari bilan aralashtirgandim. Zuha tez orada farzandimga homilador bo'ladi va men bilan birga bo'lishdan boshqa iloji qolmaydi. Mashinamni ishxonam oldiga joylashtirib, mashinadan tushdim va eshikni qattiq ochib-yopdim.

Men Zuhadan boshqa hech kimga o'z ifodalarimni ko'rsatmaganman, lekin bugun o'zimni nazorat qilolmadim, g'azab olovida dahshatli yondim. Qoʻl ostimdagi ishchilarga g'azabimni ko'rsatmaslik uchun, o'zimga qarshilik ko'rsatishim kerak edi. Xodimlarim menga ta’zim qilishdi,ularga e’tibor bermay, liftdan kabinamga chiqdim. Kabinamning oldiga yetib kelganimda, Jorjiya xonam yaqinida edi, menga jilmayib qo'ydi. U nimadir dedi, lekin unga umuman quloq solmadim. Kabinaga kirishim bilan kabinam eshigini uning yuziga yopdim. Qonim qaynab ketyabti, ayni paytda sigaret,viskini va shunchaki meni aldagan ayolni xohlardim. Min Zuha o'zining muloyim teginishlari va shirin tabassumlari bilan meni tinchlantiradigan yagona ayol va shuning uchun ham u doim menga qarshi g'alaba qozonadi. Butun dunyo bilan kurashishim mumkin edi, lekin unga qarshi emas, u mening zaifligim edi va men unga qarshi doimo magʻlub boʻlaman.

Men iste'mol qilgan spirtli ichimliklar miqdori haqida hech qanday tasavvurga ega emasman, lekin qancha ichsam ham, Zuhaning sevgilisini miyamdan olib tashlash uchun kamlik qilardi.

Xonam eshigi ochilib, ichkariga Jorjiya kirdi. U qizil baland poshnali tufli hamda qizil tor shoyi ko'ylak kiygandi. Sochlarining rangi ochiq, yuziga ko'p bo'yanish qilgan, lablarini qizil lab bo'yog'i bilan bo'yagan edi. Xayolimda Zuhaning o‘sha qizil lab bo‘yog‘i bilan lablarini bo‘yab turgan aksi keldi. Uning lablari ustida tilimni siljitishlarim, u lablarim bilan qanday oynashi haqidagi fikrlar meni qamrab oldi.

Zuhaning qip-qizil lablari meni ehtirosimni oshiradi. Lekin hozir mening Zuham oldimda emas.

Viskidan bir qultum ichib,diqqatimni Jorjiyaning ko‘zlariga qaratdim. U xuddi fohishadek men tomon yura boshladi, Uni qo'l ishorasi bilan to'xtatdim. “Nega bu yerdasan? Nima xohlaysan?"

“Sen...”— deb g'o'ldiradi,ko'zlari chaqnadi.

Jiddiy holatda jilmaydim. "Men?"

"Ha, Jungkook. Yillar oldin seni ko'rganimdan beri sen bilan bo'lishni xohladim, o'sha kundan boshlab o'zimni sen bilan tasavvur qildim. Men senga turmushga chiqdim, lekin seni o‘zimnikiga aylantira olmafim”. — dedi u sekin, ko‘k ko‘zlaridan yosh milltiladi. "Bugun men bilan ajrashding, lekin hech bo'lmaganda men ketishdan oldin oxirgi marta seni meniki deb tasavvur qilishimga imkon bera olasanmi?"

"Yo'q," men qisqa javob berdim va unga eshik tomon ishora qildim. "Agar o'lishni xohlamasang, bu xonadan chiq."

"Jungkook!" haqiqiy fohishadek qichqirdi.Uning bu ahvoliga ahmoqligi sabab bo'ldi.

U xotinidan boshqa hech kimni o'ylamaydigan erkakning oldida boʻlishni istadi va bu uning aybi edi,u buning uchun etarli darajada javob bermadi.

"Jungkook, Zuhada menda yo'q nima bor? Nega meniki bo'la olmaysan? ” — so‘radi u.

Men Zuhamni hech qachon boshqa ayol bilan taqqoslamaganman. Uning,u boʻlgani,faqatgina oʻzi boʻlgani uchun yaxshi ko'raman, aqldan ozganimning aniq sababi yo'q edi.

Sukunat. Unga javob bermadim, unga javob berishim shart emas edi.

"Jungkook menga Zuhaga qargan, ko'zlar bilan qara. Men sen uchun hamma narsaga tayyorman. Agar sen bo'ysunishimni istasang, men itoat qilishga tayyorman. Shunchaki bir marta ayt, - dedi yig'lab, ko'zlaridan yoshlarning oqishini to'xtata olmay, lekin menga baribir?. "Jungkook, biror bir soʻz ayt." men qilmadim.

"Nega menga tegmaysan?"

Chunki men Zuhaga tegishliman. Men Zuhnikiman. U mening yuragimni, ongimni, tanamni va ruhimni boshqaradigan yagona ayol.

"Jungkook, iltimos, menga tegin", deb yolvordi u.

Hali ham javob bermadim.

U ko'z bilan aloqani uzdi, qo'li orqasiga siljitib,ko'ylagining tugmachsini yechdi va ko'ylagi pastga sirg'alib tushdi. U kabinamning o'rtasida yalang'och turardi, lekin ko'zlarim ko'zlariga qadalgan edi.Koʻzarim unda boʻlsada,aqlim,qalbim,butun vjudim Zuhada edi.

Viskidan ko'proq qultum ichganimda,Zuhaning yuzi xiralashib, o'zgarib, ko'zlarim oldida o'zgara boshladi. Kastumimni olib o‘rnimdan turib,nafasim ostida so‘kindim.

Jorjiya tomon yurib,uning yalang'och tanasiga kostumimni tashladim, ko'zlariga qaradim. "Ongingdan bu fikrni olib tashla, meni o'zingniki qilish fikrini, aks holda seni o'ldirishim kerak."

Kabinadan chiqib, liftga kirdim. Shimim cho'ntagida tebranayotgan telefoni chiqardim. Barmoqlarim telefonim ustida turardi, Zuhadan son-sanoqsiz qo'ng'iroqlar va xabarlar kelgan.Ularga qaramay telefonni o'chirdim.

Ko‘z o‘ngimda uning kulib turgan chehrasi ko‘rinar, xayollarimdan kino tasmasi kabi o‘tar, uning kulayotgan ovozi qulog‘imda aks-sado berar, jonim unga talpinar, yuragim unga telbadek oshiqardi.

Hamyonimni olib. Undan oyimning surati va yonida Zuhanimg kulib turgan surati bor edi. - “Buni qilishingga sabab nima edi Binafsha? Agar qasos olishni istasang, meni o‘ldirishing kerak edi”.

Quloqlarimga baland tovushlar kelib urulganida, darrov ko‘zlarikni ochdim. Tanamni vahimaga qoplab, karavotdan sakrab turdim. Bu tovushlar pastki qavatdan kelayotgan edi, qo‘limni ko‘kragimning chap tomoniga qo‘yib, yuragimni changalladim. Ko‘zlarimni pirpiratib, xonaga qaradim. Kiyimlarim xonanng har tomonida sochiqlib yotardi, shkafim esa butunlay tartibsiz holatda edi. Oshqozinmdagi narsalar og'zimga keldi, xonaga koʻz yugurtirdim, uni qidirdim, lekin uni yerda topolmadim.

Jin Ursin!

Iltimos, yo'q, yo'q, yo'q.

Pastdan singan oyaning ovozini eshitdim, xonamdan yugurib chiqib,darhol pastga yugurdim. Mina va Jorjiya zina yonida turishardi. Ayiq bu yerda yo'q ,uni Red bilan allaqachon Jiminning uyiga yuborgandim, juda ko'p nohush holatlar bo'lishiga ishonchim komil edi va kichkina kuchukcham bularning barchasiga guvoh bo'lishini xohlamadim.

Mehmonxona butunlay daxshatli ahvolga kelgan, hamma narsa polda singan holda yotardi.

Va bu manzarani yaratgan ham odamning oʻzi ham shu erda edi.

U divanda o'tirar, barmoqlarida viski shishasi ushalb turardi va mushaklari taranglashgan edi. Uning qo‘lidagi,binafsha rangli qutimni ko‘rib butun vujudim cholg‘uning uzilgan torlariday,boʻshashib ketdi. Qutidan koʻzlarini olib menga qaraganida,shu on bu yerdan gʻoyib boʻlishni hohlab qoldim.

Uning koʻzlaridagi gʻazab ,meni o'ldirmoqchi edi va bu yuzida yaqol ko'rinib turardi. "Zuhadan boshqa hamma bu erdan chiqsin, xonangizning eshigini yoping va agar kimdir bu erda nima bo'layotganini bilmoqchi bo'lsa,hammangni o'ldiraman", deb gapirardi lekin,nigohlari menda edi.Mina va Jorjiya ketishdi, eshik oldida turgan tansoqchilar ham tashqariga chiqib eshikni yopdilar, endi katta mehmonxonada faqat Jungkook va men qolgandik.Titrayotgan oyoqlarim bilan Jungkook tomon yurdim, uning qorong'u, va qoʻrqinchli nigohidan qo'rqayotgandim. Tanamning har bir hujayrasi tezlik bilan harkatlanardi va bu yerdan qochishimni maslahat berardi, lekin unga hech narsa aytmay,katta xato qildim. O'shanda qo'rqib ketgandim, hech narsani o'ylamay sukut saqlashni afzal koʻrib,qasos uchun deya yolgʻon gapirdim va bundan juda afsuslandim. U bilan hamma narsani hal qilishim kerak edi va buning uchun avvalo Jungkookni tinchlantirishim kerak edi.

"Bir qadam ham tashlama,Min Zuha..." dedi u qorong'u va tahdidli ovozda va mening qadamlarim avtomatik ravishda to'xtadi. U qadahdan bir qultum viski ichdi-da, so‘ng qadahni stol ustiga qo‘ydi. Jungkookga turmushga chiqanimdan,keyin Jeremiga yozgan xatlarimni qoʻliga oldi, bularning barchasi Jeremidan kechirim so'rab yozilgan xatlar edi. “Sen sevgilinga emas,menga bokiraligingni berganing uchun, mehr ila oʻsha la’nati iflosdan kechirim so‘rab xat yozding, lekin bir marta ham uning ismini tilga olmagansan, sen juda aqllisan”.

Bir soniya ko'zlarimni yumib, chuqur nafas oldim va unga qaradim: "Jungkook, bu sen o'ylayotgan narslar emas,men senga hammasini tushuntirib beraman".

"Seni eshitaman deb o'ylaysanmi, Zuha?" – savol berdi u Jeremi menga bergan qutidan zanjirni chiqardi. "Sen bu zanjirni tunlari qoʻlinga olib,sevgilingni eslab yig'lar eding,toʻgʻrimi?" — darhol boshimni chayqadim. Qorqinchli kulib, zanjirni uzib, polga tashladi. "Yolg'on gapirma, men bu zanjirni ushlab yig'layotganingni ko'rganman." qutini yerga uloqtirdi, qutini oyog‘i ostiga olib sindirdi, xatlarni yirtib tashladi. "Sen yolg'onchisan, Zuha. Sen yolg'ondan boshqa hech narsani bilmaysan." yirtilgan xatni yuzimga otib va u yerdan keta boshladi.

"Seni eshitaman deb o'ylaysanmi, Zuha?" – savol berdi u Jeremi menga bergan qutidan zanjirni chiqardi. "Sen bu zanjirni tunlari qoʻlinga olib,sevgilingni eslab yig'lar eding,toʻgʻrimi?" — darhol boshimni chayqadim. Qorqinchli kulib, zanjirni uzib, polga tashladi. "Yolg'on gapirma, men bu zanjirni ushlab yig'layotganingni ko'rganman." qutini yerga uloqtirdi, qutini oyog‘i ostiga olib sindirdi, xatlarni yirtib tashladi. "Sen yolg'onchisan, Zuha. Sen yolg'ondan boshqa hech narsani bilmaysan." yirtilgan xatni yuzimga otib va u yerdan keta boshladi.

"Jungkook...

"uning ismini aytib, unga qarab yugurdim, bilagidan ushlab, to'xtatdim. “Meni eshit”, dedim ko‘zimdagi yoshlarni toʻxtata olmasdan. Hamma narsani qanday tushuntirishni bilmayman, lekin harakat qilaman.

"Nega men seni eshitishim kerak?"

"Iltimos-"

"Seni eshitishga tayyor boʻlganimda, sen sykutni afzal koʻrding?"

"Oʻsha onda juda qo'rqdim," ko'z yoshlarim meni bo'g'ishni boshlagandi. "Seni aldaganim yo'q, men senga yolg'on gapirmadim."

“Yoʻq sen hali ham yolg'on gapiryapsan ..."

"Yo'q, yolg'on gapirmayapman, iltimos menga ishon", dedim iltijo ohangda, yuragim qattiq urardi. Jungkook ishonmay boshini chayqab qo'limdan bilagini tortib ola boshladi. “Ketma. Qilma. Iltimos... — yigʻlab yubordim, lekin u menga quloq solmadi, ikki qoʻlim bilan bilagini ushlab, tizzamga choʻkaladim. "Bir marta meni eshit, Jungkook."

"Nima qilyapsan, Zuha, tur," Jungkook baqirdi va meni turgʻizmoqchi bo'ldi, lekin inkoran boshimni chayqadim.

Uning ko'zlariga qaradim, hech narsa demadim, chunki hech narsa aytolmayotgandim. Ko‘zlarimdan yosh oqishdan to‘xtamasdi. Tomog‘im qurib, tomog‘imga nimadir tiqilib, nafas olishga ham imkon bermasdi. Xavotir tufayli ko'kragim og'riyapti. Og'zim bilan nafas olishga harakat qilardim, lekin nafas o'pkamga etib bormayotgandi,natijada charchadim, ko'kragim yuqoriga va pastga siljidi.

Jungkook nafasi ostida so'kinib, oldimda tiz cho'kdi. Bilagimdan ushlab o'ziga tortdi,men darhol uni quchoqladim. Unga qarab, nimadir deyishimdan oldin meni to'xtatdi. - “Hozir hech narsa dema, nimga aytmoqchi boʻlsang,keyin aytasan , - deb pichirladi,qo'limdan ushladi. U kichkina barmog'imni og'ziga olib, tishlari orasiga olib tishladi, so'ng so'rdi.Asta-sekin, tinchlana boshladim va nafas olishim maromiga tusha boshladi. Hamon uning yuragiga boshimni qo'yib yig'lardim.

Beliga qo‘llarimni mahkam bog‘ladim. "Oʻsha vaqtda mendan u haqida so'raganingda juda qo'rqib ketdim, Jungkook va men hech narsani o'ylamay, sukut saqladim,bu qasos ekanligini aytim. Sni aldayotganim yo'q, buni qilish xayolimga ham kelmagan."

Jungkook meni toʻxtatmadi, bu meni tinglayotganini anglatardi, shuning uchun ko'zlarimni yumdim va uning yurak urishini tinglashda davom etdim.

“U yigitim edi, ikkimiz ham munosabatda edik, lekin u otasining kompaniyasining ishlari uchun Rossiyadan chiqib ketdi va shu vaqt oraligʻida senga turmushga chiqdim. Men hech qachon u bilan qo'ng'iroqlar yoki uchrashuvlar orqali gaplashmaganman, men unga nikohimizdan oldin so'nggi xabarni yuborgan edim,unga u mendan yaxshisiga loyiqligi haqida yozilgan edi. Turmush qurganimizdan keyin senga bokiraligimni berdim va qachon sen bilan jismonan birga boʻlganimda, unga nisbatan, oʻzimni aybdor his qilardim, shuning uchun undan kechirim so'rash uchun shu xatni yozdim. Bokiraligmni senga berganimdan umuman afsusda emasman. Men uni sog'inib yig'lamadim,u mening yigitim hamda oʻtmishimni birga oʻtkazgan yaxshi do'stimga nohaqlik qilganim uchun yig'lardim, unga ahvolimni va nima uchun u bilan ajrashganimni aytolmasdim. ”.

Jungkook hamon jim edi.

“Bugun savdo markaziga borganimda, erkaklar bo'limida sen uchun kiyim sotib olayotgan edim va u yerda to'satdan paydo boʻldi. Oradan ancha vaqt oʻtgandan keyin meni ko‘rib xursand bo‘ldi, lekin men juda hayratda qoldim. U yuzimdan o'pdi va lablarini lablarimga qo'ydi, lekin ishon, men darhol undan qochdim.Yanning u yerga kelayotganini ko'rdim va meni u bilan shunday ko'rib, vaziyatni noto'g'ri tushunishidan qo'rqib ketdim. Darhol uni itarib yuborib, uyga qaytdim va keyin bu hodisalar sodir bo'ldi ... "

Nihoyat chuqur nafas olib,Jungkookning yuziga qaradim. Uning yuzini qora soya qoplagan, ko‘zlari avvalgidek qorong‘u edi.

"Men u bilan turmush qurganimizdan keyin uchrashmadim Jungkook, menga ishon." baqirib yubordim.

U boshini ko'tardi, ko'zlarimga qarshadan bosh tortdi, jag'ini qisib, uzoqga tikildi. "Demak,sevgan yigiting bor edi va ehtimol sen uni hali ham uni yaxshi ko'rasan."

“Yo'q. Uni sevaman deb o'ylardim, lekin men uni sevish odatiga bogʻlanib qolgandim,uni hech qachon sevmaganman, Jungkook. Qo‘limni qorin bo‘shlig‘iga qo‘yib, lablarimni iyagiga qo‘ydim.

Uning tomog'idan past, bo'g'ilgan shovqin eshitildi. "Demak, sen meni aldamagansan, uni hech qachon sevmagansan, shuning uchun menga uning ismini ayt, shundagina men har bir gapinga ishonaman".

"Jungkook sen uni xafa qilasan, u hech narsa qilmagan, u begunoh, bizning munosabatlarimiz haqida hech qanday tasavvurga ega emasdi", dedim past ovozda.

Jungkook oxiri quchog'iga qaradi va bosh barmog'i bilan ko'z yoshlarimni artdi. "Agar u bizning munosabatlarimiz haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmasa,uning ko'z o'ngida sen bilam aloqa qilish orqali munosabatlarimiz koʻrsataman."

Ko‘zlarimni ogʻriq bilan yumdim. "Jungkook..."

"Sevganing senga ajoyib yolgʻon hikoyalarni o'rgatibti, Zuha." u og'riq bilan iyagimni chimchiladi, ogʻriqdan pichirladim. "U hayotingning har bir qismidan o'z ismini o'chirib tashlabti va sen ham uning ismini hech qayerda tilga olmading. U savdo markazining video kuzatuv kamerasi tasvirlarini ham buzib kirgan, shuning uchun men u haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Bugun o‘zini qutqarib qolishi mumkin, balki ertaga ham, lekin men uni tez orada topaman, va uni azobda o‘ldiraman”.

Jungkook o'rnidan turdi, men ham uning tanasiga qo'llarimni bog'lab, u bilan birga turdim. "Jungkook, menga ishonmaysanmi?"

“Ehtimol, agar savolarimga javob berganingda edi, men ahmoqdek ishongan bo'lardim. Ammo men bilgan barcha ma’lumotlar sen hali ham yolg'on gapirayotganingni ko'rsatmoqda. Va sen menga uning ismini aytmayabsan." - dedi u, xulq-atvori butunlay muzdek boʻlib, soʻng uydan chiqib ketdi.

Butun vujudimda og'riqni his qilyapman.Sevgan insonimga yolg'on gapirganim uchun bu azobning har bir qarichiga loyiqman.

Saroy eshigining yopilgan ovozi qulog‘imga eshitildi.

Bu yuragimiznning singan ovozi edi.

Har doim boshqalarga zarar yetmasligini oʻylash orqali Jungkookning ishonchini va biz o'rnatgan eng zaif rishtani yo'qotaman deb oʻylamagandim.

Yoʻq.

Yoʻq.

Qanaqasiga?

Endi nima boʻladi?

Hozir to'g'ri vaqt emas, butun hayotimiz tarqoq va chalkash boʻlganida?

Mening hayz koʻrishim ikki hafta kechikdi.

Bu katta muammo emasdi, hayz ko'rishim boshidan beri muntazam ravishda bo'lmagan, va men ularni tartibga saqlash uchun homiladorlikni nazorat qiluvchi tabletkalarni ichardim. Men ba'zida tabletkalarni ishishni to'xtatardim, lekin Jungkook bilan turmush qurganimdan so'ng, u prezervativ ishlatmagani sababli,hech bir kun ham toʻxtatmasdan tabletkalarni ichishni boshladim. Shu kungacha bitta ham tabletkani o'tkazib yubormadim, munosabatlarimiz beqaror bo'lganida bunga yoʻl qoʻyolmasdim.

Ammo so‘nggi kunlarda boshim aylanib, ko‘ngil aynishini boshladi, ertalab uyg‘onganimda boshim qattiq aylandi, nima yesam ham bachrasini tashqariga chiqazdim.

Jungkook o'sha kechadan soʻng saroyga qaytmadi. Ikki kun buyon, uni kutyabman. Unga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldim, lekin uning telefoni hali ham o'chirilgan edi. Jungkook qo'riqchilariga meni qasrdan chiqmaslikni buyuribti, men hatto asosiy eshikdan ham chiqolmadim.

Shusiz ham hech qaerga ketishni istamasdim, shu yerda qolardim va Jungkookning gʻazabini bosishini kutardim.Jungkookning barcha g'azabiga chidashga tayyor edim. U menga aytadigan hamma narsani tinglashga tayyorman. Uning barcha aytganini qilishga tayyorman. Nafaqat bu, balki u menga bermoqchi bo'lgan jazoni ham olishga tayyor edim, cm men xato qildim va Jungkook menga shunday munosabatda bo'lishga haqli edi.

Ikki kundan keyin ahvolim yomonlashdi. Mina ikki kun davomida yonimda boʻldi, ahvolim qandayligini payqab,homiladorlik testini oʻtakazishimni maslahat berdi. Qasrdan chiqa olmasdim, shuning uchun Minadan homiladorlik testi olib kelishini iltimos qildim. Mina men uchun test to'plamini buyurtma qildi.

Allaqachon to'rtta testdan foydalandim va har bir test bir xil natijani ko'rsatdi, lekin oxirgi umidim bilan ishon hosil qilish uchun oxirgi testdan ham foydalandim. O'ylaganimdek natija bo'lishi uchun qo'llarimni birlashtirib duo qilardim.

Ovozli signal... Bip... Ovoz!

Taymer jiringladi va men ko'zlarimni sekin ochdim. Testni qo'limga oldim va u yana shu natijani ko'rsatdi, ikkita chiziq.

Bu homilador ekanligimni anglatardi.

Men birinchi farzandimizga homilador edim.Tanam qotib qoldi va men o'zimni his qila olmafim, haqiqatan ham. Nafas ololmayotgandim, yoki nafas olmaslikni afzal ko'rgdim. To'satdan qusgim keldi. Yuvinish xonasi tomon yugurmadim, barbir qusmayman, ertalabdan buyon hech narsa yemadim, hatto bir qultim suvni ham to'g'ri icholmagandim.Tomog‘imga nimadir tiqilib, nafas olishga imkon bermayotgan edi, yo‘talib, tupurishga urindim, lekin hech narsa chiqmadi.Sovuq suv bilan yuzimni yuvdim, oyoqlarim qaltirayotgandi. Yuvinish xonasiga o'tirdim, homiladorlik testini mushtimga mahkam ushladim va ikkinchi qo'lim bilan sochlarimni mahkam ushladim. Yana testga qaradim va ko'z yoshlarimni boshqara olmadim, qo'llarimni og'zimga qo'yib yig'lay boshladim.

Oʻzimni umuman tushuna olmayabaman, ayni damda xursand bo'lganimdanmi yoki chindan ham xafa bo'lganimdan yig'layotganmidim. Men Jungkookning farzandiga homilador bo'lishni rejalashtirmagan edim, lekin yuragimda uzoq vaqtdan g'alati baxt hissini his qildim. Xayolimga Jungkokning farzandi bilan tushgan surati keldi, lekin tez orada bu siymo yana yo'qoldi.

Jungkookning hozirgi ahvoli va munosabatlarimiz haqida o'ylab xafa bo'ldim. Jungkook farzandli bo'lishni xohlaydimi yoki yo'qligini bilmayman. Shu paytgacha biz hech qachon bola haqida gaplashmaganmiz. Jungkookni bilganim uchun, u bolaga umuman qiziqmagan deb o'ylayman.Agar u bu bola j xohlamasa va meni bu bolani abort qilishga majbur qilsa-chi? Men bolamni o'ldirmoqchi emasman.Boshimni chayqab ko'z yoshlarimni artdim. Bu haqda iloji boricha tezroq Jungkook bilan gaplashishim kerak, axir bu mening ichimda o'sib borayotgan hayot haqida. Agar u bu bolani xohlamagan bo'lsa….,lekin hech qachon, hech qanday sharoitda ham bolani abort qilmayman.

Bu bola uchun ikkimiz ham javobgarmiz va agar u mening farzandim uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmasa, men butun mas'uliyatni yolg'iz o'zim olishga tayyorman.

Hali bilinishga ham ulgurmagam qornimga qo‘limni qo‘ydim va birdan shu paytgacha his qilmagan kuchli tuyg‘u butun vujudimni qamrab oldi. Bu bizning qornimda ko'tarib yurgan farzandimiz, mening bolam.Bu kichkina hayot bizning xatolarimiz uchun jazo ola olmaydi.Jungkook bilan gaplashishim kerak edi, men bu bolani yo'qotishni xohlamayman.

Oʻzimnj o‘nglab, hammomdan chiqdim. "Yaxshimisiz, Zuha xonim?" Mina xavotir bilan so'radi, u hammom tashqarisida turar, tashvishli ifoda bilan qo'lini ko'kragiga qoʻydi. Men hojatxonaga ichkarisida boʻlganimdan beri u shu yerda turgandir. "Yaxshimisiz?" — deb yana so‘radi u va qo‘limga tegmoqchi bo‘ldi, lekin qo‘lini cho‘zishga ulgurmay, men irqilib ketdim.

Jungkook oxirgi marta men bilan aloqada boʻlgandam beri menga nima bo'lganini bilmasdim, shundan keyin birovga tegishdan qo'rqdim, birovga tegishni o'ylab yuragim titrab ketdi. Ayiq menga yaqinlashganda ham hatto irkilib qoldim. Bu qo'rquvim tufayli edi, men Yanning yuzini ham davolay olmadim, unga teginishdan juda qo'rqdim.Oʻzimni bunday tutmaslikka harakat qilardim, lekin bu reaktsiya o'z-o'zidan paydo bo'ldi.

"Yaxshiman... Kechirasan, Mina... Bunday munosabat bildirganim uchun..." qo'limni oldinga koʻtarib uni toʻxtatdim, qo'rqib ketdim.

“Hey, Hammasi joyida, Zuha xonim. , chuqur nafas oling va yig'lashni bas qiling." — dedi Mina iliq ovozda va orqaga qadam tashladi. U qo'lini yuqoriga va pastga harakatlantirib va nafas olishini ko'rsatdi.

Yig'layotganimni ham sezmay qoldim. Xudo, nega bularning hammasi men bilan sodir bo'lmoqda?

Ko'z yoshlarimni artib, Mina aytganini qildim.

Nafas oling. Nafas oling.

Men buni bir muncha vaqt takrorladim va o'zimni biroz yaxshi his qildim.

"Qanday natija chiqdi?" so‘radi u qo‘limdagi homiladorlik testiga qarab.

Testni unga qaratdim va “Men homiladorman, Mina”.

Mina menga yaqinlashdi va qo'limdan testni oldi. U ishonch hosil qilish uchun testga qaradi, soʻng menga qarab,jilmayib qo'ydi. "Men sizga aytdim, Zuha xonim Tabriklayman!” — deb samimiy tilak bildirdi, shunchaki bosh irg‘ab qo‘ydim, lekin tezda uning yuzidagi tabassum yoʻoldi. “Homiladorligingiz haqida xoʻjayinga qanday aytasiz? U sizning qo'ng'iroqlaringizni ham qabul qilmayabtiki?"

“ Lekin baribir bu haqda unga aytishim kerak, Mina. Bu erda Red yoki Yan bormi?”

"Red shu yerda . Uni bir oz oldin tashqarida soqchilar bilan gaplashayotganini ko'rdim, lekin nega ular haqida so'rayapsiz, Zuha xonim? u savol nigohlari bilan menga tikildi.

“Uydan chiqa olmayman va Jungkookning telefoni hali ham o'chirilgan. Homiladorlik haqidagi xabarimni Red orqali Jungkookga yetkazishim kerak." – dedim past ovozda.

Jungkookning shkafi tomon yo'l oldim, undan qalam, qog'oz va konvert oldim, keyin divanga o'tirdim. Mina ham yonimga joylashdi. Xat yozganmda ko'z yoshlarimga erkinlik berdim.

Men homiladorman, Jungkook. Homiladorlik testlarini o'tkazdim, ularning barchasi ijobiy. Tez orada ota-ona bo'lamiz. Iltimos, meni kechir, uyga qayt, gaplashishimiz kerak. Seni sog'indim.

Binafsha.

𝐽𝑒𝑜𝑛 𝑍𝑢ℎ𝑎

𝐽𝑒𝑜𝑛 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘

Bu menga tegishli fanfic emas,wattpad ilovasidan olib tarjima qilyabman.

Yoqqan boʻlsa fikr yozishni unutmang!

Xatolar boʻlsa uzur!

Translated by:Neo