𝐑𝐈𝐕𝐀𝐋 𝐇𝐀𝐔𝐍𝐓 / 𝐉𝐉𝐊
Tongi qahva- bu meni sergak tutadigan, bema'ni kunlarimning istamagam ishlarim bilan shugʻulanishimga kuch beradigan yagona narsa. Shuning uchun hozirda o'zimning sevimli finjonimda qahva ichyabman. Oyim men uchun maxsus yasagan oqqush tasviri tushurilgan bejirim finjon.
Oyim har doim noyob narsalarni yasashni yaxshi ko'radigan ijodkor odam edi. Oyimning zulmatga toʻla dunyosidagi yorqin yorug'lik nurlariga to'la hodisa edi. Oyim har doim baland parvoz qilishni yoqatiradigan oqqush kabi edi. Oyim ulg'ayganimda, unga o'xshashligimni orzu qilgan hamma narsa edi. U ... edi...
Ammo sevimli otam oyimning qanotlarini sindirmaguncha, uni qamoqxona qafaslariga asira qilmagunicha.
Otam oyimning baland uchishini yoqtirmasdi. U har doim oyimning oyog'i ostida bo'lishini xohlardi, xuddi tuproqqa qorishib, istalgan vaqtda uning ustidan bosib oʻtishi mumkin edi. Shuning uchun u oyimni dahshatli tarzda parchaladi.
Va bu dunyo shunday edi. Men tug'ilgan dunyo.
Ayollar bu dunyoda erkak tomonidan faqat ikki xil qarash sifatida ta’svirlanadi. Ayol yo fohisha yoki u bizning mafiya jamiyatining odamlari uchun quroldir.
Ular hech qachon boshqa hech narsaga aylana olmasdi
Shu sabab otam meni qurol sifatida foydalanmoqchi boʻlganida, oyim qurol bo'lishimga ruxsat berdi. Ha bu tanlov ikkinchisidan koʻra afzalroq edi.
"Ota!" Men uni otam sifatida tan olishni istamayman. Unga o'xshagan odam! U hech qachon ota, er, o'g'il, yoki inson boʻla olmadi. U shunchaki kuch-qudratga chanqoq boʻlgan jonzot. U har doim oyimni qiynoqqa solishidan nafratlanaman, u meni har doim qurol sifatida koʻrdi, meni hech qachon o'z farzandi sifatida ko'rmaganidan nafratlanaman. Hech kimga yomonlik qilmagan odamlarni o'ldirgani uchun uni yomon ko'raman. Men uni butun qalbim bilan yomon ko'raman.
Va yana bu uyga qaytib kelganimdan nafratlanaman!
4 yil oldin men nihoyat bu uydan ko'chib ketishga muvaffaq bo'lgandim, o'qish va oyim yoqtirgan ballerina boʻlish maqsadlari tufayli boshqa davlatga ketishga muvaffaq bo'lgandim. Bu yerga boshqa qaytib kelmasligimga umid qilgandim. Men oyimni bu do'zaxdan qutqaraman deb o'ylagandim.
Ammo omadni noto'g'ri talqin qilganga oʻxshayman va men ayni damda do'zax qari boʻlgan bu uyning katta balkonida o'tiribman.
Qahva ichib, hayotiy qarorlarim haqida qayta o‘ylab, miyamdagi notinch o‘ylarim olamiga g‘arq bo‘laman. Oʻz xayollarimga shunchalik adashib qoldimki, sarhadsiz ummon tubiga shunchalik chuqur kirib ketamanki, xonamga kimdir kirganini, balkon eshigi oldida turganini ham sezmay qolaman.
“Senga o'xshagan aqlli boshi va o'limni ochiq oydin koʻrstadigan xatti-harakatlari bor go'zal qiz balkonda o'tirib xayolparastlikga berilib ketmaydi Malika...
Bu gaplarni eshitib, qo'limda ushlab turgan finjonim tushib ketishiga oz qoldi. Baxtga qarshi uni tushurib yubormadim, sovuqqon, xotirjam harakat bilan ovozning manbasi tomon qarayman.
Eshik oldida, g'alati kalta shorti kiygan, sochlari tartibsiz, uyqudan endigina uyg'onib shoshib xonamga kirgan odam turardi.
Jimin!! Sizga nima bo'ldi aka. Nega yarim yalang'ochsiz. Va eng asosiysi nega bu yerdasiz.
U uyqudan esnayabti, uning qanchalik uyqusi kelyotgani aniq bilinardi, lekin baribir oldimga keldi, sababi bu juda shoshilinch va muhim narsa. Qiziq, bu nima bo'lishi mumkin! U menga aytishidan oldin, miyam darhol juda ko'p keraksiz fikrlar o'tadi,
“Malika, bugun kechqurun topshiriq bor. Juda muhim . Kecha ofisda bo'lganimda otang menga buyruq berdi, lekin juda band boʻldim va uyga kelishim bilan uxlab qoldim. Kecha buni ayta olmadim va ko'zimni ochishim bilan seni xonanga yugurdim.
Amakivachamga nga qarab xo'rsinaman, unga gapirishdan oldin o'ynoqi ko'zlarimni aylantiraman,
“Nima bilan band edingiz”
U gapirayotganda ko‘zini orqaga qaytaradi, qo‘llarini tartibsiz sochlariga tekizib orqaga suradi,
“Bu hozir muhim emas va hech bo'lmaganda men sen kabi er yuzidagi aqldan ozgan baxtga qiziqmaydigan zerikarli gunohsiz emasman”
“Ha, albatta, siz aloqa xudosisiz.
Va bu meni qiziqtirmaydi yoki boshqa narsalar ham! Menga hech qachon qiziqarli aloqni taqdim eta oladigan odamni topmadim! Vazifa nima ekanligini ayting”
“Sen birinchi bo'lib boshlading, hip, mavzuni to'xtataylik. Vazifa -
U bir necha qadam tashlab, topshiriq qanday ekanligini boshlaganda yonimga o‘tirdi.
Turli mafiyalar tomonidan uyushtirilgan katta ziyofatga borish va u yerda otam anchan beri aqldan ozgan narsalarni qilishning jirkanch missiyasi.
U menga turli mamlakatlarning eng yirik mafiyalari to'planadigan, katta ziyofatning imkoniyatidan foydalangan holda, odamlar telefonlari tizimidagi aloqalarni bog'laydigan va ularning muhim ma'lumotlarini xakerlik orqali o'g'irlash uchun bu ziyofatga borishimiz kerakligini tushuntirdi.
Shubhasiz, otam men va Jiminni bu vazifani bajarish uchun tanlagan, sababi texnologiyadan qurol sifatida foydalanishda bizdan boshqa biror kimsa yoʻq. Chunki biz bu ishga yillar davomida professionallardek tayyorlanganmiz.
Jimin men bajarishni istamaydigan missiyaning butun rejasini eshitishga majbur qiladi. U menga rejalar haqida batafsil ma'lumot berishda davom etar va men diqqatni jamlashga ko'p harakat qilaman, lekin men har ikki daqiqada muvaffaqiyatsizlikka uchrayman.
Jimin uning gaplarini eshitmayotganimni payqab qoldi:
Gapirayotganda qo‘limdan chimchilab oldi.
“Sen diqqatini saqlolmaydigan ahmoqsan”
Javob berar ekanman, uning qo'lini siltadim
“Siz ahmoqsiz. Uningizni o'chiring”
Jim bo'lginda va gaplarimni eshit. Bu ziyofatda juda ko'p yirik mafiyalar bo'ladi va biz hammasini telefonni buzib kirishimiz shart emas. Biz bu ziyofatga tashrif qiluvchilar ro'yxatini oldik va bu erda bitta maxsus ism bor. Bu ismga e'tibor ber. "Jeon Jungkook." u haqida bilasanmi.
Qorachigʻlarimni koʻtarib unga qarayman.
“Men u haqida qayerdan bilaman. Yodingizdan chiqan boʻlsa sizga eslataman men bu yerda 4 yil davomida yo'q edim Jimin! Va men kechagina qaytib keldim. Xo'sh, men uni qanday bilaman”
Agar men unga shunday ko'z bilan qaragan bo'lsam, u hozir gapirayotganda menga shunday ko'zlar nigohini qaytaradi.
“Jiddiymisan. Aytmoqchimanki, sen bu mamlakatdan tashqarida boʻlganingni bilaman, lekin dushmanlaring haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasliging kerak degani emas? Mafiya dunyosi qanday ishlashini bilasan.
Men javob berar ekanman, uning so‘zlaridan xo‘rsinaman,
“Bilaman va bu dunyoning ichida mavjudligim menga yoqmaydi. Bu hayotdan qochib ketmoqchi edim, lekin qo'limdan kelmaganga o'xshaydi”.
“Malika bu imkonsiz. Sen omon qolish uchun har bir jangga yoʻnaltirilgan mafiyasan va sen otangnj o'zi xohlagan manzilga yetkaza oladigan yagona odamsan. U seni shunday tarbiyalagan. U seni qochishingga hech qachon ruxsat bermaydi”.
U haq. Otam meni ketishimga hech qachon ruxsat bermasdi. Meni bu doʻzaxda ushlab turish uchun zaifligimni juda yaxshi biladi. Oyim. U o'z qizini qoʻrqitish uchun o'z xotinidan foydalanadigan yuraksiz jirkanch hayvon.
“Malika quloq sol, bu dunyoda omon qolishing va janglarda g'alaba qozonishing uchun barcha raqiblaring haqidagi ma'lumotlarni bilishing kerak. Enga katta dushmaning boʻlgan bu odam, "Jeon Jungkook".
Tarqoq fikrlarimni bir joyga toʻplab, butun diqqatimni Jiminning so'zlariga berishga harakat qilaman. Chunki u bu odamga juda jiddiy qarayabtu! Men bu odamda nima borligini bilmayman, lekin shuni ayta olamanki, mening amakivachcham Park Jimin hech narsadan qo'rqmaydi, ammo unda, bu odamdan qo'rquvning ozgina qismi sezilardi.
“Jeon Jungkook bu mamlakatda hamma uni "Yosh Lord Jeon" deb ataydi, bu yerdagi eng yosh, ammo eng kuchli mafiya. Taxminan 4 yil oldin sen mamlakatdan chiqib ketganingdan so'ng, u bizning imperyamizga katta qora quyuniga o'xshab yo'q joydan ko'tarilib, asta-sekin hamma narsani egallab oldi. Uni qayerdan kelganini hech kim bilmaydi, lekin kelajakda uni qayerda bo'lishini hamma biladi. U allaqachon mamlakatning yarmini boshqaradi va qolgan yarmini egallashga harakat qilmoqda.
U har bir mafiya odami qo'rqadigan odam. Va u otangning eng katta raqibi. Va...
Uning so'zlarini diqqat bilan tinglaganimdan so'ng, o'sha odam haqida gapirishda davom etdi, bu odamning xususiyatlarini yoda tutishga harakat qilaman.
Va uning so'zidan men tushungan narsa shundaki, "Lord Jeon Jungkook" bu doʻzaxdagi barcha hayvonlarning eng yovuzidir.
Jimin gapirayotgan bu yigit odamlarning jonini yeydigan, nonushtada qonini ichadigan shafqatsiz yirtqich hayvon bo'lsa kerak.
Chunki jamiyatimizdagi tog‘ining cho‘qqisiga shu yo‘l bilan chiqish mumkin.
Jiminning aytgan so'zlariga ko'ra, u men butun qalbim bilan yomon ko'rishim kerak bo'lgan yana bir shayton ekanligiga aminman.~~~~~~~~~~
Men vazifamizni bajarishimiz kerak bo'lgan ziyofat barining peshtaxtasida o'tirib soatga qarayman vaqt kechasi soat 20.00 bo'ldi.
Bugun kiyimim va bo'yanishimga qo'shimcha kuch sarfladim, chunki men bir vaqtning o'zida betakror ajoyib, kuchli va esda qolarli bo'lib koʻrinishim kerak. Sababi bu doʻzaxni tark etib, kecha kelganimga 4 yil bo'ldi. Bugun esa otamning quroli sifatida buyuk birinchi vazifam.
Jimin zalning narigi burchagida men tanimaydigan odamlar bilan gaplashmoqda. Bugun kechqurun missiyam uchun mo'ljallanganlardan boshqa hech kimni bilishni ham xohlamayman.
Rejani tuzayotganda Jimin menga ismlar ro'yxatini va asosiy vazifamning fotosuratlari bilan berdi.
Men o‘sha suratlarni ko‘rdim, ogohlik bilan har bir yuzni o‘rgandim.
Lekin men qo'shimcha e'tibor bergan yuzim, aslida kimga e'tibor berishim kerak edi, lekin men e'tibor berishim kerak boʻlgan odam yagona
Ismining ostiga qizil chiziq tortilgan odam.
Men uning suratini qayta-qayta tomosha qilib, tasodifiy erkakning birgina suratini ko‘rib, birinchi bor sevib qolgan qizaloqdek hayratga tushmasligim kerak edi. Bundan tashqari, u oddiy odam ham emas! U bu doʻzaxbing eng dahshatli mafiya qiroli. Va yana, men odamlar Lutiferni qilgan ishlarini qila oladi deb atayotganini eshitdim!
Yo'q, men yana u haqida keraksiz narsalar haqida o'ylayabman. Men jang maydonida mag'lub bo'lishim kerak bo'lgan bunday odamni tasavvur qilmayman.
Miyamdan keraksiz fikirlarni haydab chiqarib, chalg'ish uchun shampandan bir qultum ichaman.
Shampaning ta'midan tilimni burib, sochlarimni qulog'im ortiga oʻtkazaman. Toki, kimdir meni kuzatib turgandek tuyulmaguncha.
Bu tuyg'u butun vujudimdan elektr to'lqinidek o'tdu. Chunki bu nafaqat menga kimdir, balki ov uchun o‘ljaga tikilayotgandek tikilib turgandek tuyuldi.
Yo'q, bunday bo'lmasligi kerak. Hech kim menga bunday qaramasligi kerak!
O'zimning barcha noqulayliklarimni itarib, menga tikilib turgan xususiyatga qarashga qaror qildim. Chap tomonimga qarayman, kimdir devorga orqasini suyab yolg'iz turganini ko'rdim.
utun e'tiborimni uning figurasiga qaratganimdan keyin ham bu odam menga tik qarab turibdi.. ko'zlarim kim bilan bog'langanligini anglaganimda nafas olaman.
“Bu Lyutsiferning o'zi, Yosh Lord Jeondan boshqa hech kim emas. Bir kun kelib yo'q qilishim kerak bo'lgan odam”
Odatda, kimdir birovga tikilib qolganda qo'lga tushsa, ko'zlarini olib qochadi. Lekin u buni qilmadu. U menga hamon tikiladi, ko‘zlari ko‘zlarimga qadalgan, koʻzlarida bir tomchi uyat ham, uzr ham ko‘rinmaydi.
Koʻlarimni undan uzmay, nafas olaman. Bu men ko'zlarimni olib tashlay olmaganim uchun emas, balki undan ko'zimni uzolmayyaman; uning ko'zlari!
Uning ko'zlari! Men umrim davomida bunday chiroyli ko'zlarni ko'rmaganman !!
Uning ko'zlari qora tunnelga o'xshaydi, u ichida kimdir adashib qolib, boshqa hech qachon chiqolmaydi. Agar ularning ruhi tanalarini tark etsa va tanasi tuproqga aylangan taqdirda ham, ruh hech qachon o'sha tunneldan chiqolmaydi.
Va uning yuzi, fotosuratdagidan, haqiqiy hayotga qarashi! Uning jag' chizig'i shunchalik o'tkirki, olmosni kesib, uni chiroyli shaklga aylantira oladi. Uning burni o'tkir o'qga o'xshaydi. Uning lablari pushti oyning, yarim oy fazasiga o'xshaydi!
Bog'langan uzun sochlari sehrlangan ko'rinishini mukammal darajada namoyon etadi!
Uning qora kostyumi, keng yelka va mukammal mitti belini oʻziga hos tarzda ochib beradi
U haqidagi hamma narsa, uning har bir tafsiloti o'zimning ichki dunyomni shubha ostiga qo'yadi, u haqiqatan ham insonmi yoki boshqa narsami?
Bir necha soniya ichida juda ko'p fikrlar! Men u haqida hamma narsani oʻylashni to'xtatishim kerak. Unga qarashni to'xtatishim va o'sha bir necha lahzalarda sodir bo'lganini hech qachon tushunmagan qarash musobaqasini o'ynashni to'xtatishim kerak! Unga qarashni to'xtatishim kerak. Ko'zlarimni olishim kerak, men boshqa tomonga qarashim kerak, men ...
Jimin ikki qo'li bilan yelkamni silkitadi, u so'nggi bir necha soniya ichida ismimni chaqirayotganini tushundim! Oh, xudo, uning ko'zlarida shunchalik adashib qolgandimki, yonimda Jimin borligini sezmay qoldim! Menga nima boʻldi?
“Biror narsaga yoki kimgadir tikilish bilan band ekanligingdan, ismingni chaqirganimni eshitmading”
“Kechirasiz, Jimin, men hayolga berilibman”
U nafasi ostida sekin pichirladi, shunda uning gaplarini mendan boshqa hech kim eshitmasdi:
“Hayolga choʻmdingmi? Hayolingdan chiqa olasanmi? Agar mamnuniyat bilan shunday qilsang hozir rejamizni amalga oshirishni boshlay olardik”
“Ha, vazifa, reja. Keling, bu ustida ishlashni boshlaylik ...”
Jiminni rejamiz ustida ishlashni boshlashga ishontirib aytaman.Ammo bardan chiqishdan oldin, ko'zlarim uyalmay yana bir necha daqiqa oldin turgan odamni ko'rish uchun oʻsha tomonga qarab ketadi.
Qarachigʻlarimni harakatga keltirib, uyalmasdan odamni qidiraman, uning o'rniga bo'sh devorni ko'raman. U o'zining cheksiz jumboqli xususiyati bilan u yerdan allaqachon ketib boʻlgandi.
Boshimni chayqab, barcha fikrlarni silkitib, asosiy ishimga qadam qo'yaman.
Har xil maqsadli odamlar bilan kamida o'n besh daqiqa o'ynab, ularni qandaydir tarzda shaxsiy telefonlarini olish uchun manipulyatsiya qilib, ahmoqona o'yin va pul tikish bahonasida telefonlarini o'yinning bir qismi sifatida olib, Jimin va men nihoyat chiplarni ulashni tugatdik.
Quvonarlisi, biz bu ishni bajarish uchun unchalik katta nomlar ro‘yxatini olmadik, lekin gap shundaki, ro‘yxatda hali ham bir kishi qolgan. Qizil chiziq, bir necha lahza oldin men bilan koʻz urushtirish musoboqasini o'tkazayotgan odam.
“Asosiy maqsadi hali ham qo'limizda emas. Uni ushlash biz uchun juda qiyin bo'lishini bilardim. Ammo bu ahmoqni hech qayerda ko'rmadim! Lyutsifer qayerga ketdi”
“Bilmadim! Balki u ketgandir? Men uni oxirgi 30 daqiqa davomida ziyofatda ko'rmadim”.
“Jin ursin, yo'q!. Otang ishimizni to‘g‘ri bajara olmaganimizni bilib qolsa, rosa jahli chiqadi”.
Akamning so'zlariga qo'shilaman. Otam bu ahmoqlikdan jinni bo'lishi aniq. Faqat uning yuzi telbalarcha g'azablangan yuzga aylanishini o'ylab, mening qimmatbaho boshimda og'riq turdi.
Jimin akamga qarayman, asablarimni tinchlantirish uchun chuqur nafas olaman va unga qarab gapiraman:
“Umid qilamanki, u hali ham ushbu binoning ichida. Siz pastdagi joylarni qidiring, men yuqoriga chiqaman, maylimi?”
Amakivacham bu fikrga qo‘shilib, bosh chayqadi. Ikkimiz ham ziyofat zalidan chiqdik, yo'llarimiz ajrala boshlaydi:
“Undan ehtiyot bo'l”. Agar u eng katta raqibining yagona qizi ekanligingni bilsa, qanday o'yin o'ynashini bilmaymiz.
Boshimni qimirlatib, unga mendan xavotir olmasligini aytaman, chunki jangovar mahoratim va maxfiy qurollarimga to'liq ishonaman.
Yuqoridagi koridorlarni, xonalarni birma-bir qidiraman, lekin bu binoda mavjud boʻlmagandek u yo'q edi. Har bir qavatni qidirib, adrenalinim tez shakllanayotganda u bilan to'g'ridan-to'g'ri yuzlashishga umid qilaman. Har safar har bir qavatda, bu qidiruvimning oxiri deb o'ylayman, menimcha, u oldimda nomaqbul mehmondek paydo bo'lardi, balki u paydo bo'lmaydi.
Yiqoridagi barcha qavatlarni qidirgandan so'ng, faqat qidirish uchun faqat bitta qavat qoldi. 75-qavatli bu baland binoning poli emas, balki tomi.
Tomning eshigi oldiga borganimda, kirish tomon qadamlarimni qat'iy bosib, eshikdan kiraman.
Katta tomning keng maydoniga oldinga qadam tashlayotganimda yarim sovuq shabada to'lqini tanamga ohista tegmoqda.
Avvaliga atrofda hech kim yo'qligini ko'rdim, bu ichimni biroz xafa qiladi.
Ammo izlayotgan odamni topish umidimni butunlay yo'qotmayman.
Oʻsha yerning katta devori yonifga turib, uni o‘sha yerda topish umidida devorning egri chizig‘ini kesib o‘ta boshlayman.
Devordan o'tmoqchi bo'lganimda, kimdir meni qattiq devorga mahkamladi, to'satdan kimdir orqamdan tortib, tanamni qoʻpol harakatlar bilan aylantirayotganini his qildim.
Hamma narsani qayta tafakkur qilish uchun menga bir necha soniya kerak bo'ladi, nihoyat meni devorga mahkamlab, iyagim ostida o'tkir pichoqni ushlab, tomog'imga ishora qilib, biroz bosib turgan odamni ko'rdim.
Ko‘zimni uning yuziga qo‘yib, qimirlamaslikka harakat qilaman.
Uning menikiga yaqinroq bo'lgan yuzi, uyalmasdan menga tik qaraydigan ko'zlari ichida his-tuyg'ularining bir qismini ham ko'rsatmaydi. Pichoqni tomog‘imdan mahkam ushlagancha menga tik tikiladi.
Havodan nafas olishni to'xtataman, uning ko'zlariga va shaytoniy, ammo farishtalarga o'xshash yuziga qarayman. Ko'zlarimni uning lablariga olib oʻtaman, u tinmay menga tikilib turgan lablarini bir-biriga bosganini payqab qoldim. Uning yarim oy pushtirang ablariga, pastki lab ostidagi xoliga, pastki labning bir tomonidan pirsing qilinga labiga va o'tkir xushbichim yuzining har bir detaliga tikilib qolaman.
Toʻxta yoʻq, men bunday narsalarni his qilmaslugim kerak, u qo'lidagi pichoq bilan meni har soniyada o'ldirishi mumkin! O'sha pichoq bilan bitta tilim va men o'laman! Ammo shunga qaramay, uning tafsilotlariga qarab, bu vaziyatda keraksiz narsalar haqida o'ylashni to'xtata olmayman. O'zimni himoya qilish uchun hech qanday harakat qilmayman, chunki
nafasimni devorga mahkam bog'lab turganimni tushunaman.
“Senga o'xshagan yaxshi qizlar bu dunyo zulmatiga ovora boʻlmasligi kerak, kichik Renard”
U bu so'zlarni qulog'imning terisi ostida aytishi bilan miyam o'ylashdan to'xtaydi.
Uning ovozi! To'g'ri eshitdimmi? Uning ovozi, unchalik chuqur emas, unchalik engil emas, unchalik og'ir emas, lekin shunchalik xayoliy o'ziga qaram ovoz! Uning so'zlari og'zidan qanday chiqayotgani, jumlani aytganida qanday dahshatli san'at asari yaratyabti! To'g'ri fikrlay olmayman, havodan nafas ololmayman! O'ylaymanki, hozir nafas ololmaslikdan o'lishim mumkin!
U esa pichog'ini terimga qattiqroq bosib, yana gapirayotganda burnini, burnimga bir oz tegizdi.
“Kichik Renardan qo'rqyapsanmi. O'tkir pichog'im bilan tomog'ingizni kesishimdan oldin oxirgi tilaging qanday bo'lishi haqida o'ylayapsanmi”
Koʻzlarimni astalik bilan yumib, uzoq vaqt davomida ushlab turgan nafasimni bo'shatishga harakat qilaman. Qo'llarimni uning qo'llariga ko'tarib, ushlayman va qandaydir tarzda jangovar mahoratim bilan uni devorga mahkamlab, pichoqni o'z bo'g'ziga qarata oldim.
Uning bo'yi baland bo'lgani uchun yuziga qo'l cho'zganim uchun yuziga qarash uchun boshimni ko'taraman.
U menga qarshi kurashishini kutaman, lekin u buni qilmaydi. Hozircha.
Gapni boshlaganimda uning jim turishidan foydalanaman,
“Men yaxshi qiz emasman, janob Jeon. Hayotim gunohlarga to'la. Va hatto o'lishdan ham qo'rqmayman, ayniqsa, juda chiroyli odam meni o'ldirayotganda ...
Jin Ursi , umuman aytmasligim kerak bo'lgan keraksiz so'zlarni valdirayabman. Menga umuman nima bo'lganini bilmayman!
Keyingi soniyada gapirishni to'xtataman, u pichoqni qoʻlimdan tortib olib, havoda uchayotganini his qilaman.
Tomning iflos poliga yiqilib tushganimda, u ustimda turib, qo'llari to'g'ridan-to'g'ri tomog'imga borib, meni biroz bo'g'ib qo'ydi.
Uning peshonasiga tushayotgan mayda sochlari, uning metall zanjiri yuzim oldida havoda tebranayotganini ko'raman, men uning lablarini qiyshayib kulayotganini, og'zini sekin keng ochayotganini ko'raman.
“Unda men sizga o'zgacha g'amxo'rlik qilishim kerakmi? Bilsang kerak, men ular chaqiradigan Lyutsiferman va Lyutsifer dahshatli gunohlar qiladigan go'zal qizlarga g'amxo'rlik qiladi va eng yomon gunohkorga aylanadi...”
Uning ko'zlariga qarayman, gaplaridan ahmoqdek jilmayib, aslida avvalgidan biroz qattiqroq bo'g'ayotganini unutibman.
Uning bo'g'ishu tomog'imga ham og'riq keltirmagani uchun, aksincha, undan o'zim tushunmaydigan narsani olish istagi bilan qonimni qaynatishini qanday unutaman.
Oramizdagi havo shunchalik qaynoq muhitga aylanadiki, unga mukammal javob berdim,
“Lyusifer gunohkorni goʻzal demaydi, toʻgʻrimi?”
U yana yuzini xavfli tarzda menikiga yaqinlashtirdi va gapirayotganda qattiq erkak tanasini menkiga bosdi.
“Sen haqiqatan ham Renardsan. Sen hatto o'xshaysan ...
“Tilimni og'zimning ichiga burab, lablarimni katta ochib, uning yuziga qarab savol beraman,
“Nima uchun Renard janob Jeon.Tushuntirib bera olasizmi”
U hech narsaga javob bermaydi, savolimga javob berishga ham majbur emas, tanasini tanamdan olib, tik turgancha. U yerga yotgan qomatimga qaradi.
“Park Zuha sen bilan uchrashish unchalik yoqimli boʻlamdi. Umid qilamanki, biz hech qachon boshqa uchrashmasligimiz va hech qanday sharoitda bunday vaziyatni boshdan kechirmasligimiz kerak. Umid qilamanki, sen ham xuddi shuni istaysan...”
U esa boshqa so‘z demasdan, ortiga qaramay tomdan chiqib ketdi.
Poldan turib, kiyimimdagi changni qoqib tashlayman, sochlarimni to'g'rilab, asta-sekin nafasim ostidan ming'irlayman,
"Lekin men janob Jeon bilan yana uchrashamiz degan umiddaman. Va men buning aksini tilayman."
.
.
.
.
.
Pastga qadam tashlab, yugurib kelayotgan Jiminni uchratdim. U menga qarab yugurib gapirdi.
“Uni oldin topa olmadim, lekin uni binodan chiqib ketayotganini ko'rdim! Uni ketishidan oldin topmadingmi.Ishni bajara oldingmi”
“Uni topdim, lekin ishni bitira olmadim”.
Hotirjam ohangda gapiraman, missiyadagi muvaffaqiyatsizligim uchun aybdor emasman.
Shunday bo'lsa-da, missiya butunlay muvaffaqiyatsiz emas. Biz boshqalarning telefonini buzishga muvaffaq bo'ldik.
Ammo qizil chiziqli chizilga odamni yo'qotish, bu yerdagi asosiy maqsad edi, otamning rejasi uchun katta muvaffaqiyatsizlik.
Jiminga kulib qaradim, undan sovuqonlik bila so'radim,
“Aka u odam haqida ko'proq ma'lumot to'play olasizmi.Jeon Jungkook. O'ylaymanki, haqiqiy missiyada uning tafsilotlarini chuquroq bilish zarar qilmaydi ...
𝐵𝑢 𝑚𝑒𝑛𝑔𝑎 𝑡𝑒𝑔𝑖𝑠ℎ𝑙𝑖 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑐 𝑒𝑚𝑎𝑠.
𝐹𝑎𝑛𝑓𝑖𝑐𝑛𝑖 𝑊𝑎𝑡𝑡𝑝𝑎𝑑 𝑖𝑙𝑜𝑣𝑎𝑠𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑜𝑙𝑖𝑏 𝑡𝑎𝑟𝑗𝑖𝑚𝑎 𝑞𝑖𝑙𝑦𝑎𝑏𝑚𝑎𝑛, 𝑖𝑚𝑙𝑜 𝑥𝑎𝑡𝑜𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑢𝑧𝑢𝑟 𝑠𝑜'𝑟𝑎𝑦𝑚𝑎𝑛.