June 12, 2025

𝐀𝐔𝐓𝐈𝐒𝐌

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 9

5daqiqaga yetmay nikoh oʻqib boʻlinishi bilan xamma xursand boʻlib bir birini tabriklashardi. Ayniqsa Asena dugonasi uchun juda xursand.

- Jungkook, balki ketarmiz yoshlarni bezovta qilmaylik har holda yangi oila – ayyorligi tutgan Asena Jungkookni yengil turtib qòygancha ayyorona nigohlari bilan uyalganidan koʻzlari bilan yer chizib turgan Miraga qarab turardi.

- Balki qolarsizlar birga nishonlardik

- Tae, doʻstim bizda yangilik bor shekilli shifokorga borishimiz kerak – koʻz qisib qoʻydi.

- Ooouu tabriklayman unda shoshilinglar bizga ham aytish esingizdan chiqmasin hoʻpmi

- Hoʻp mayli yaxshi qolinglar yoshlar

Doʻstlari bilan xayrlashgancha ichkariga kirgan juftlik baxtdan yettinchi osmonda uchishayotgandi.

Taehyung qitmirlik qilgancha Asena va Jungkookni ortidan eshikni yopgancha Mirani burchakka qisdi.

- Xoʻsh xotinjon, endi meni xursand qilarsiz – gapirgancha yuzini qizga yaqinlashtirib koʻzlarini yumdi.

- Xozirmi, balki keyinroq qilarman, axir yoʻlda charchaganmiz ikkalamiz ham – bahona qilgancha yigitni oʻzidan itararkan Taehyung ataylab qizni yanada burchakka siqib qoʻyardi.

- Baxonang oʻtmadi, charchogʻimni yozasan jonim, hidingga oshiq boʻldim. Senga toʻyishni istayman. Oʻzingga asir qilding oʻzimni boshqorolmayapman – gaplarini yakunlab qizni lablariga oʻzinikini bosgancha ozor bermasdan ehtiyotkorlik bilan boʻsa olishni boshladi.

Qiz hamma narsani unitdiyu yigitning lablariga banda boʻlgancha boʻshashib ketdi.

Qoʻllarini yigitning boʻyniga oʻrab har bir harakatga javob qaytarardi.

Lablardan qonib qizni yuziga qaragan Taehyung qizda ham oʻzidagi tashnalik borligini koʻrdiyu miyigʻida kuldi. Qizni koʻtargancha ikki oyogʻini beliga oʻrab oʻz xonalariga yoʻl oldi.

Qoʻllari qizni koʻtarish bilan band boʻlgan Taehyung tirsaki bilan xona eshigini ochib oyoqi bilan sekin surib kirishlari uchun yoʻl ochdi. Xuddi shu xarakatlar bilan eshikni qayta yopgancha toʻgʻri xona markazidagi chiroyli qilib bezatilgan yotoq tomon yoʻl olishdi.

Asena yotoqni xuddi ilk kechaga tayyorlagandek bezatgandi.

Atirgul barglari, ismlari yozilgan yostiqlar, nafis tungi koʻylak xuddi toʻydan keyingi ilk kecha uchun tayyorlangan xonani eslatardi.

- Bu yana nimasi – yotoqni koʻrgan qiz xayronligicha yigitga yuzlandi.

- Nima boʻldi jonim – yigit boʻlsa hali ham nima boʻlganini anglab yetolmadi yoki hozirgi qaynoq onlarda uning aqli ojizlik qilyapti.

- Yotoq, biz hammaga oshkora toʻy qilmadik, buni nima keragi bor edi- Bu Asenani fikri men ham qarshi edim, senga yoqmasligini ham aytim lekin u koʻnmadi- Bugungi kun uchun qachondan beri tayyorlanyapsizlar Taehyung – qiziqishi baland kelib yana soʻroqladi- Sen qaytganingdan beri. Biz juda koʻp harakat qildik, hammaga oshkora toʻy qilmoqchi edim lekin ota onamiz sabab bu xayollarim xayolligicha qoldi- Nega menga oʻshanda qoʻpol munosabatda boʻldingiz- Chunki hamma narsa meni asabiylashtirishga majbur qilardi- Men oʻzimni qisman boshqarolmay qolgandim, na tanam na aqlim oʻzimga boʻysunardi. Sensizlik menga ogʻir dard boʻldi.- Endi birgamiz hech qachon ayrilmaymiz

3 oy davomida yashirincha ota onasidan bexabar oʻrmon ichidagi sokin goʻshasida tinch hayot kechirayotgan juftlik uchun o'zlaridan boshqa olam yoʻq edi.Tashqi dunyo bilan deyarli aloqa uzilgan, goh gohida Asena va Jungkook ularni yoʻqlab kelardi. Gohida esa Miraning qistovi bilan koʻcha aylanishga chiqishardi.Baxtli kunlar abadiydek tuyulardi goʻyo ammo oldinda taqdirning ularga tayyorlab qoʻygan sinovi bor edi.Kechqurun paytiga yaqin uyda ovqat tayyorlash uchun masalliqlar kam qolganidan shikoyat qilgan qiz Taehyungdan shaharga borib kerakli narsalarni olib kelishini iltimos qildi.Taehyungga qolsa och ham yuraverardi ammo qizning iltimosini rad etolmay tezda yoʻlga tushdi.Bir necha soat ichida shaharga yetib borib eng yaqin savdo markazidan kerakli hamma narsani zahirasini toʻplagancha mashina bagajida yukladi. Mira uchun ham sevimli shurinliklarini olgancha oldi o'rindiqqa joylab oʻzi ham xaydovchi oʻrindigʻiga joylashdi.Shaharga yetib kelganidan kam vaqtda uyiga yetib kelgan yigit xarid xaktachalarini barchasini bir qilgancha qoʻllariga oldi. Uy eshigini ochgancha sekin kirdiyu oshxona tomon yoʻnalish oldi.Oshxonada qiz yoʻqligini koʻrib barcha xaridlarni oshxona stoli ustida qoldirgancha oʻz xonasi tomon yoʻl oldi.Zinalardan sekinlik bilan chiqqancha qo'lidagi shirinliklarni ayoliga bersa qanaqa xursand boʻlishini xayolidan oʻtkizdiyu xuddi oʻsha onga tushib qolganday quvonchdan yuzi porladi.Ammo yigitning quvonchi uzoqqa choʻzilmadi. Xonaga kirishi bilan polda yotgan ayolini koʻrdiyu qoʻldagi shirinliklarni uloqtirgancha shosha pisha u tomon oshiqdi.Qizni quchogʻiga olganida u xushidan ketganini angladi, qizning burni qonagan ham edi. Taehyung Miraga nisbatan qilgan bu bee‘tiborligi sabab oʻzini ayblay boshladi.Tezda Mirani qoʻllariga koʻtarganicha shosha pisha avval xonadan keyin uydan chiqib mashinani orqa oʻrindiqiga joylashtirgancha mashinani tezda boshqarib kasalxona tomon yoʻl oldi.Yarim soatdan beri haliyam shifoxonaga yetib kelolmagandi. Ayni damda shahardan tashqarida hamma narsadan uzoqda tinch koʻringan hayoti hozir toʻsiqdek edi.1 soatga qolmay shifoxonaga borib hammani oyoqda tik turishga majbur qilgan yigit ayni damda operatsiya xonasining oldida yuragi xavotir ila toʻlib oʻrnida tinch turolmasdi.Gʻamdan oʻzini yeb bitirar ekan nihoyat doʻsti boʻlmish Jungkook va Asena xavotirlangancha xalloslab kelishdi.Ilk bora yigit ojizligini oshkor qilgancha koʻz yoshlariga erk berdi. Uzoqdan kelayotgan Jungkook yigitni ahvolini koʻrib yanada tezlashdiyu uni yupatishga tushdi.- Taehyung boʻldi, oʻzingni bos doʻstim hammasi yaxshi boʻladi- Yaxshi boʻlmaydi, Jungkook, yaxshi boʻlmaydi. Uni xolatida operatsiyadan o'ndan bir odam tirik qolarkan men usiz chidolmayman- Oʻsha bittasi Mira boʻladi, tinchlan, biroz kut shifokorlar chiqib uni yaxshiligini aytishadi.Jungkook Taehyungni yupatgancha uzun yoʻlak oʻrtasida qolishdi. Asena boʻlsa hammasini ichiga yutdi. Yigʻlagisi kelardiyu lekin dugonasi uchun irodasini ojiz qilishni istamadi.Vaqtdan foydalanib Asena Taehyung va Mirani ota onasiga qoʻngʻiroq qilib boʻlib oʻtgan voqealarni bir boshidan to'laligicha tushuntirdi.1 soatga yetmay kelishgan kattalar Mirani axvolidan xavotirlangancha operatsiya xonasining oldiga kelishdi. Kelishlari bilan hammani soʻroqlab nima boʻlganini to'laligicha bilib olishgach qizga bee‘tibor bo‘lganliklari sabab oʻzlarini ayblashdi.

- Belgilar namoyon boʻla boshlaganda e'tiborli boʻlib koʻrikka olib borishim kerak edi – Mirani onasi koʻz yoshlarini tiyolmagancha afsus qildi.- Sizlar unga ota onasi kabi munosabatda boʻlmadingiz hech zamon. Faqat bosim ostida uy qizi qilib tarbiyaladingiz chizgan chiqizdan chiqmaydigan qildingiz. Xamma yangi narsalardan haypiqadigan qildingiz, yillar davomida dardini ichiga yutdi, mana endi oʻsha dardlar oʻzini namoyon qilyapti – Taehyung ortiq jim turolmadi.Yigitning soʻzlaridan soʻng kattalar oʻzini koʻproq his qilgancha afsus chekkancha turishardi faqat.Uzoqdek tuyulgan 1 soat vaqtdan soʻng nihoyat operatsiya xonasining eshigi ochilishi bilan tezda xona oldiga borib olgan Taehyung shifokorni soʻroqlay boshladi.- Axvoli yaxshimi, nima boʻldi- xavotirlangacha shifokorni yo'lini toʻsdi.- Axvoli neytral, hozircha operatsiya yaxshi oʻtdi deya olaman, lekin hammasini oxirgi 2 soat xal qiladi, uni hayotga qaytishi yoki qaytmasligi shu vaqt oralig'ida ma'lum boʻladi – doktor tibbiy niqobini yechgancha hozirgi vaziyatni ma'lum qildi.Nihoyat shifokor aytgan 2 soat oʻtdi, shifokor Mirani axvolini ma'lum qilish uchun yana qayta chiqdi.- Xammasi joyida, qizni axvoli yaxshilashyapti, uni palataga oldik, ertaga tush paytiga oʻziga keladi, xozir narkoz tasirida uxlayaptiNihoyat shifokor yaxshi yangilik aytarkan, Taehyungdan barcha gʻamlar ketib yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻldi.Ertasi kuni yigit tushgacha qizni uygʻonishini kutib palatasi oldidan ketmadi, tushga yaqin qizni xushiga kelganini aytishgandan soʻng hech kimga yoʻl qoldirmay birinchi boʻlib oʻzi oldiga kirdi.- Mira – ohista shivirladi. Qadamini tezlatib qizni oldidagi stulga oʻtirdi.- Axvoling yaxshimi goʻzalim oʻzingni yaxshi his qilyapsanmi – qizni qoʻllarini kafti orasiga olmoqchi edi lekin botinolmadi unga ozor berishdan qoʻrqdi.- Boshim ogʻriyapti, biroz noqulay bo‘lyapman- Oʻtib ketadi hammasi, sen bilanman doim- Taehyung- Nimadir kerakmi sevgilim bemalol ayt muhayyo qilaman- Meni bagʻringizga bosing, sizni issiq quchogʻingizni sogʻindim- Ozor berishdan qoʻrqaman- Hech nima boʻlmaydi iltimosYigit sekinlik bilan qizga yaqinlashib asta bagʻriga bosdi. Ozor berishga jazm qilolmay qizni sekin ushladi.Oradan 1 oycha vaqt oʻtarkan qiz allaqachon shifoxonadan ruxsat olib oʻz uyiga qaytgandi. Oila azolari ham oldingidek qoʻpol munosabat qikishmasdi. Deyarli barchasi yaxshi edi faqat qizning otasi avvalgidek sovuq munosabatini saqlab qolgan edi.

Quyosh yorishib yerdan qorongʻulikni haydar ekan bir biriga tikilgancha oshxona stolida nonushta qilayotgan juftlik uchun o'zlaridan boshqa kimsa yoʻq edi goʻyo. Bir biriga mevalardan ilingancha ogʻziga solib qoʻyisharkan kattalardan xavotir olishmas edi. Vaqt hali 6 boʻlmay uyg'ongan juftlik qah qaha otgancha bir birini goh qitiqlar goh oʻpib qoʻyar goh kulgili hazillar bilan ichak uzdi qilib kuldirishardi. Bemahal qizning telefoniga boʻlgan qoʻngʻiroq ikkalasini ham sergak torttirdi. Noma'lum raqam va allamalda qilingan qoʻngʻiroq yigitni biroz shubhaga tortdi. Qiz telefoniga javob berish uchun endi qoʻllariga olib qulog'iga yaqinlashtirar ekan toʻsatdan yigit uni yulib oldida oʻzi javob berdi.– Alo – dedi qoʻpol ovozda boshqa tarafda turgan odam ham biroz jim turib qoʻngʻiroqni yakunladi.Yakunlangan ammo faqat birgina Alo deya yakunlangan qoʻngʻiroqdan shubhalangancha Miraga sovuq ifoda bilan qaragan Taehyung qo'lidagi telefonni qizga tutqizdi.Oraga noqulay sukunat choʻkarkan qiz yeyotgan narsasi tomogʻini qirib oʻtardi yigit boʻlsa bir nuqtaga tikilgancha nimadir haqida oʻylardi.Yarim soat shu ahvolda oʻtirarkanlar asta sekin kattalar nonushta uchun pastga tusha boshlashdi. Birga oʻtirgan Mira va Taehyungni koʻrib janob Chanyon qoshlari chimirib yoshlarning oldiga kelib oʻtirdi. Goh nigohini jahldan qizarib ketayotgan Taehyungga goh yerga qaragancha nima qilishni bilmay oʻtirgan Miraga qarab qoʻyardi. Qiz ming bir hijolat boʻlib oxiri xonasiga turib ketdi.

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 9 𝐓𝐔𝐆𝐀𝐃𝐈

𝐘𝐎𝐐𝐈𝐌𝐋𝐈 𝐌𝐔𝐓𝐎𝐋𝐀𝐀

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅 𝐌𝐈𝐑𝐀 𝐑𝐎𝐒𝐀𝐋𝐘𝐍

𝐕𝐄𝐋𝐕𝐄𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒