𝐀𝐔𝐓𝐈𝐒𝐌
𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 1
Uyqusidan qo'rqib uyg'ongan qizning yomon tush ko‘rgani aniq edi.
Darhol kravati yonidagi tumbochka ustidan grafinni olib stakanga suv solib icha boshladi. Shunchalik qo'rqinchli tush ko'rgan bo'lsa kerak yuzlari xuddi kasal odamni yuzidek oqarib ketgandi.
- Huh, yaxshiyamki shunchaki tush ekan. Yana keldimi deb qo'rqib ketdim – chuqur uh tortdi qiz.
Birdan xona eshigi taqillab qizni yana qo'rqitib yubordi. 'U' keldimi deb qo‘rqa boshladi. Eshik ortidagi dugonasining ovozini eshitib ko‘ngli xotirjam bo‘ldi.
- Xoy, Mira, uyquchi yana qancha uxlamoqchisan? Yana biroz uxlasang o‘zim ketaman universitetga. Darslarga kech borib o'qituvchilardan dakki eshitasan – deya norozi ohangda gapirdi qiz.
- Bo‘ldi Asena allaqachon uyg‘onganman. Hozir yuvunib tezda chiqaman dugonajon – dedi jahli chiqib turgan dugonasini tinchlantirish uchun.
Yarim soat o‘tar o'tmas tayyor bo‘lgan Mira pastga dugonasining oldiga tushdi.
- Xayrli tong dugonajon, qalaysan? –tabassum bilan dugonasidan xol ahvol so‘radi.
- Sengayam xayrli tong. Menku yaxshiman sen yaxshimasga o‘xshaysan. Nimadir bo‘ldimi, yoki 'U' yana nimadir qildimi? –xavotirli ohangda so‘radi Asena.
- Yo‘q hech nima qilmadi, shunchaki yomon tush ko'rdim – dugonasini tinchlantirish uchun gapirdi.
- Mayli unda, yur xolam nonushta tayyor degandilar. Tezroq nonushta qilib ketishimiz kerak – qayergadir shoshilyotgan odamdek gapirdi.
- Bo‘ldi ketyapman, buncha shoshilasan o‘sha universitetga – hazilomuz gapirdi.
- Mira ustozlarni bilasanku sal kech qolsang ham tushuntirish xati va darsni qayta o'zlashtirish uchun 20 varaq ma'lumot yozasan, jonimga tegib ketdi yozaverish faqat seni deb tushuntirish xati yozishimga to‘g‘ri keladi qanaqa qizsan o‘zi – ham nolish ham mazax aralash gapirdi.
- Eyyy, faqat meni debmi, o'tgan hafta o‘sha Jungkook bilan uchrashaman deb necha marta kech qolding a gapir yolg'iz o‘zing uchrashsangku mayliya, meni nima keragim bor edi sizlarga – darrov arazlab oldi.
- 'Bo‘ldi, bo‘ldi, kechir, hammasiga men aybdorman' deyishimni kutma! – jiddiy ohangda qo'shib qo'ydi.
Qizlar oshxonagacha xazillashib ketishar edi.
Eyyyy – Mira shunday dediyu qarshisidan ko‘rgan insonidan rangi o‘chib ketdi, og‘ziga talqon solgandek lom lum demay turgan joyida tosh qotdi.
- Salom Asena...– va biroz sukut saqlab yana gapida davom etdi – Xayrli tong 'singiljonim' yaxshi yotib turdingmi? – deya yuzida samimiy tabassum bilan avval Asena bilan keyin esa Mira bilan salomlashdi.
- Xayrli tong Taehyung aka – deya tabassum bilan ko'rishdi Asena.
- Xayrli tong aka – deya Mira ham Taehyung bilan istar istamas so‘rashdi.
- Sizlarni oldingizga bormoqchi bo'lib turgandim o‘zi tushavermaganiz uchun –endi esa yuzidagi iliq tabassumni yo'qotib jiddiy qiyofada qizlarga yuzlandi.
- Mana tushdik borishingiz shart emas edi – titroq ovozda tilga kirdi Mira.
- Mayli, oshxonaga yuringlar – qizlarga yo'l bo'shatib chetga o'tdi va ayyorona tabassum qilib Mirani orqasidan qarab qoldi.
Taehyung akamga hayronman bir qarasang oddiy odamdek, bir qarasang vaxshiy psixopatdan farqi yo‘q. Balki AUTISM sabablidir. Lekin men Autismni bunaqa belgilarini o‘qimaganmam. Xuddiki uni ichida ikki xil inson yashaydi biri mehribon va oq ko'ngil, birisi vaxshiy maxluq. Menga qilgan ishlarini o'ylasam qo'rqib ketaman. U sababli kechasi xonam eshigini ham derazalarni ham qulflab yotaman. Bu kasali tuzalarmikin o‘zi. Menam o‘z uyimda erkin yashay olarmikanman. Nima bo‘lsa ham undan uzoq bo'lsam bo'lgani.
"AUTISM — miya rivojlanishining buzilishidan kelib chiqadigan va ijtimoiy o'zaro ta'sir va aloqada aniq va keng qamrovli tanqislik, shuningdek cheklangan qiziqishlar va takrorlanadigan harakatlar bilan tavsiflangan kasallik. Ota-onalar odatda bolaning hayotining dastlabki ikki yilida buzilish belgilarini sezadilar. Erta xulq-atvor va kognitiv aralashuv bolada o'z-o'ziga yordam ko'rsatish, ijtimoiy o'zaro ta'sir va muloqotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin bo'lsa-da, hozirda autizmni to'liq davolay oladigan ma'lum usullar mavjud emas. Balog'atga yetganidan so'ng, kamdan-kam bolalar mustaqil hayotga o'tishga muvaffaq bo'lishadi, ammo ba'zilari muvaffaqiyatga erishadilar. Bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli bola o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. "
Qizlar 'U' deyotgan o‘sha inson Taehyung edi. Mira undan shunchalik qo‘rqar ediki xatto tasavvur qilish qiyin.
Hamma stol atrofida yig‘ilarkan bir biriga yoqimli ishtaha tilagancha 7 kishi nonushta qila boshlashdi. Ular Mira, Taehyung, Kim Chanyon va Kim Jinshu ya‘ni Taehyungning ota onasi, Kim Chanyeol va Kim Jiwon ya‘ni Miraning ota onasi.
Chanyon va Chanyeol egizak aka ukalar. Xotinlari Jinshu va Jiwon bilan bir maktabda bir sinfda o‘qishgan. Chanyon va Jinshu sevishib turmush qurishgan. Ammo Chanyeol va Jiwon haqida bunday deyolmayman. Va 7-kishi Asena Eren u Koreyadagi eng mashhur biznesmenning yagona qizi.
Stol atrofida hamma har doimgidek o‘z joyida o‘tirishardi. Bugun Asena kelganligi sababli Mira Taehyungning yoniga o‘tirib qoldi.
Taehyung ham ayyorligi tutib vaqtni boy bermay Miraga tegajonlik qila boshladi.
Yigit stol ostidan sovuq qo‘llarini qizning ochiq soniga qo‘yib silay boshladi. Sovuq qo‘llar soniga tegib qo‘nar ekan Mira bundan seskanib ketdi lekin hech narsa deyolmasdi.
Boshqalar nonushta qilish bilan band bo‘lganligi sababli Mira va Taehyungni payqashmadi.
Taehyungning qo‘li asta qizning sonlari bo‘ylab tepalab borar ekan qiz qarshiligining oqibati nima bo‘lishini bilib shikoyat qilolmasdi.
Yigit endi chegarani buzmoqchi edi ya‘ni oxirgi nuqtaga yetib kelayotganda qiz sochiqqa labini artib keskin oʻrnidan turdi.
- Men nonushta qilib bo‘ldim. Ruxsatingiz bilan men ketsam – toʻyganini ma'lum qilib kattalardan ruxsat so‘ragancha xonasiga chiqib ketdi.
Asena ham uni ortidan dasturxondan turish uchun ruxsat so‘rab ketdi. Ularning izidan Taehyung qarab qoldi.
-Mira tayyor bo‘lsang ketamiz – dedi.
- Asena sen mashinada kutib tur men 5 daqiqada chiqaman – dedi iloji boricha o‘zini sokin ko‘rsatib.
- Mayli, ko‘p qolib ketma faqat – deya nasixat qilib xonadan chiqib ketdi.
Asena chiqib ketishi bilan o‘zini bo‘sh qo‘yib pastda bo‘lgan ishlarni analiz qilib kalta universitet formasining yubkasini pastga tortib qoʻydi, javoni oldiga borib universitet formasi boʻlmasada uzunroq yubka olib kiydi.
Soʻngra kravatining ustiga o‘tirar ekan birdan eshik zarb bilan ochilib Taehyung kirib keldi.
Qiz bo‘lsa qo‘rqanidan qaltirab o‘rnidan turib yigit kelayotgan tomonga qarama qarshi tarafga asta qadam bosib kelardi va oxiri devorga urilib to‘xtadi.
Chegaraga yetib kelgan qiz amakivachcha akasi qanday jazo berishi haqida o‘ylay boshladi.
Taehyung Mirani devor va tanasi orasida qoldirib qizning ikki yon tarafini ikki qo‘li bilan berkitdi.
- Xo‘sh,singiljon, nega ruxsatimsiz stoldan turib ketding?– uning ovozi hozir qizga shunaqangi qo‘rqinchli eshitilardiki qizni titroq bosa boshladi.
- Senga savol berdim, javobingni kutyapman!– qizdan sado chiqmagandan so‘ng qizni siquvga ola boshladi.
Yigit asta qizning bo‘yniga egilib hidlay boshladi. Qiz bu holatdan noqulay bo‘lib yuzini yon tomonga burdi.
Yigitning jahli chiqib birdan qizni bo‘g‘a boshladi. Qiz dab durustdan bo‘lgan ish sababli gangib qoldi va tipirchilay boshladi.
Yigit bir necha daqiqa qizni bo‘g‘ib havoda muallaq ko‘tarib turdi. Qizni tipirchilashi Taehyungning jahlini endi maksimal darajaga ko‘tarib yubordi va qizni birdan polga irg‘itib yubordi.
Jon holatda polga yiqilgan qiz juda katta og‘riqni his etib qimirlolmay qoldi. Keyin Taehyung qizning yoniga egilgancha uning qulogʻiga shivirlab tilga kirdi:
- Bilasanmi singiljon sening xatoying nima? – biroz sukut saqlab jiddiy qiyofada yana davom etdi - Seni xatoying menga qarshilik qilishingda, men o‘rnatgan qoidalarga rioya qilmasligingda, men senga savol bersam shunchaki jim turishingda. Bu qiliqlaring qanchalik jahlimni chiqarishini bilasanmi? Yo‘q bilmaysan, bilganingda menga qarshi bosh ko‘tarmagan bo‘larding, shundaymi singiljon? – jiddiy qiyofada va hissiz ohangda gapirdi. Qizning sochlarini silab quloqlari orasiga oldi.
Choʻntagidan soch uchun qisqich chiqarib Miraning sochini yigʻib taqib qoʻydi. Qiz ham akasining jahlidan qoʻrqib jim turardi.
Ko‘ftangni yech! – keyingi gapdan Mira akasiga yalt etib qaradi – yaxshilikcha o‘zing yech, men yordamlashsam oxiri yomon bo‘ladi! – qat‘iy gapirdi yigit oʻrnidan turish barobarida.
Yigitning teshib yuborgudek nigohini qat‘iy va jahl aralash buyruqini eshitib biroz ikkilanib polda o‘tirgan holatda ko‘ftasini tugmalarini bo‘shata boshladi.
Oxirgi tugma va egnidagi ko‘ftani yechib qo‘liga oldi. Faqat bitta ichkiyimda qolgandi holos.
Yigit kishining oldida birinchi marta bu ahvolda turgan qiz uyatdan yer tagiga kirishga tayyor edi.
Hali ham sovuq polda o‘tirar ekan yuzi yerdan uzilmasdi. Yigit ayyorona tabassum qilib yana jiddiy qiyofasiga qaytdi.
- O‘rningdan tur-da menga teskari o‘giril! – yigitni buyruq ohangda aytilgan gaplarini qiz so‘zsiz bajarar edi.
Mira asta o‘rnidan turib akasiga teskari o‘girilib oldi. Yigit belidagi kamarini bo‘shatib qo‘liga olarkan, qiz kamarning yechilgan ovozini eshitib hayoliga kelgan bema‘ni fikrdan qo‘rqa boshladi.
Nima qilmoqchi, kamarini yechdimi, nima yo‘q, faqat bu emas. Itoatsizligim uchun meni zo‘rlamoqchimi? U rostdan ham psix haqiqiy psix. Autism unga juda yomon ta‘sir qilgan, arzimagan aybim uchun meni zo‘rlamoqchi. Iltimos faqat bu ishni qilmasin. Nima qilsa ham roziman yana ursa ham yana jonimga qast qilsa ham o‘ldirib yuborsa ham roziman, faqat akamning oldida benomus bo‘lib qolmasam bo‘lgani. Ey xudoyim unga insof ber...
Qiz ichida hayol surar yalinarkan birdan badaniga tekkan kamardan hayoli buzilib baqirib yubordi. Yigit darrov egilgancha qizning ogʻzini katta kafti bilan yopti. Qulogʻiga yana shivirlagancha gapirdi.
- Baqirsang zoʻrlayman – qizning miyasiga tokdek urilgan gapdan koʻzlari katta ochildi. Taehyung ham nima deganini endi anglab yetdi. Sekin kaftini qizning ogʻzidan olib yana ishida davom etdi.
Kamarning bir zarbasi qizning badani shilinishi uchun yetarli bo‘ldi.
Kamarning izi shunchalik og‘rirdiki hatto yelkasidan to beligacha o‘rni qolib qonay boshlagandi.
Yigit qizning badanidagi qonni ko‘rib xuddi psixdek kula boshladi. Qiz esa og‘riqdan yig‘lardi boshqa ish qo‘lidan kelmasdi ham.
Yigit yuzidagi kulguni yo‘qotib yana avvalgi jiddiy qiyofasiga qaytib qizga nasixat qila boshladi.
- Agar yana bir marta meni yonimdan mendan ruxsatsiz ketib qolsang yoki savol berganimda javob bermasang bundanda battar ahvolga tushasan. Shu gapimni qulog‘ingga yaxshilab quyib ol. Gaplarimni tushundingmi? – oxirgi so‘zlariga urg‘u berib gapirdi.
- H...ha, tushundim – yigit xonaga kirganidan beri ilk bor qizni ovozini eshitib mamnun jilmaydi.
- Aqilli qizaloq. Endi esa universitetga bor, yigitlar bilan muloqot qilganingni eshitsam jazo olasan. Tushundingmi? – yana qizni siquvga ola boshladi.
- Tushundim – yana o‘sha titroq ovozda boshini silkib javob berdi.
- Yana kalta yubka kiysang yoki sochingni yoysang yaxshilik kutma mendan
Yigit xonadan chiqib ketarkan Mira yana ko‘z yosh to‘ka boshladi.
Qo‘ng‘iroq ovozi sababli biroz o‘zini tuttib javob berdi.
- Alo Asena tushyapman – deya dugonasining gapini eshitmay qo‘ng‘iroqni yakunladi.
Qiz tezda yuvinish xonasiga kirib orqasidagi qonni tozalab qo‘lidan kelgancha bint bilan o‘rab kiyinib darrov uydan chiqib dugonasining mashinasiga o‘tirdi.
Dugonasining kelgani sababli Asena haydovchiga mashinani harakatga keltirish uchun izn berib dugonasini so‘roqqa tutdi.
- Nega qolib ketding. Shoshmachi, nima yig‘ladingmi, ranging ham oqarib ketgan. Nima bo‘ldi tezroq gapir – xavotirli gapirarkan Mira nima deyishni o‘ylab qoldi va javob berdi.
- Hech narsa bo‘lmadi. Shunchaki kecha universitet oshxonasida yegan ovqatim yoqmagandi. Ko‘nglim aynib biroz qayd qildim, shunga qolib ketdim – dugonasi yolg‘onini sezib qolmasligi uchun iloji boricha sokin gapirdi.
- Rostdan ham shunday bo‘ldimi – ishonqiramay yana savol berdi.
- Menga ishonmayapsanmi? Qachondir sendan sir saqlaganmanmi? – Asenani ishonchsizlikda aybladi.
- Yo‘q yo‘q ishondim bo‘ldi faqat janjallashmaylik – agar davom etsa oxiri qanday yakun topishini bilib indamadi.
Nima ham derdim amakivachcha akam stol atrofida menga tegajonlik qilgani sababli unga qarshilik qilib turib ketganim uchun jazoladi deymanmi keyin esa dugonamni oldidagi oxirgi obroyimni ham o‘z qo‘llarim bilan yo‘q qilgan bo‘laman. Kechir Asena lekin buni senga aytolmayman. Afsusdaman.