June 2, 2025

𝐀𝐔𝐓𝐈𝐒𝐌

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 8

Ayollarning baqir chaqiri sabab boshini stulga suyagancha oʻtirgan yigit ovoz kelayotgan tomonga bordi, vaholanki hamma Mirani xonasi oldida turib eshikni qoqib ochishini iltimos qilishardi.

Eshik oldiga kelib jon jahti bilan eshikni teshib yuborgudek qilib qoqayotgan yigit oxiri sabri tugab yelkasi bilan zarba bera boshladi.

Bir necha zarbada qulf buzulib eshik ochilishi bilan Taehyung oʻzini xona ichiga urib Mirani qidira boshaldi. Xonadan topa olmagach vannadan kelayotgan suv ovozi sabab ogohlantirishsiz vannaga kirib ketti.

Suv tagida bilagi kesilgan holda koʻzlari yumulib ketayotgan qiz vanna eshiki ochilishi bilan oʻsha tomonga qaradi. Kirgan kishini gʻira shira koʻrdiyu xushini yoʻqtodi.

Jon ilinjida qiz tomon yugurib koʻzdan kechirgan Taehyung qizning bilagidan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun sochiq olib mahkam qizning bilagiga bosdi.

Tezda qoʻllariga ehtiyotlab koʻtarib tashqariga yugurdi. Hech kimga etibor bermasdan uydan chiqdiyu qoʻriqchilarga mashinani tez tayyorlashlarini aytib mashina tomon yugurdi.

Shifoxonaga tez yetib kelgan yigit barcha shifokorlarni oyoqqa turg'izdi. Yigit eshikdan kirishi bilan baqir chaqiri butun shifoxonaga tarqaldi.

Bir necha soatdan beri xlor hidi anqib turgan xonada u yoqdan bu yoqqa sandiraklab borib kelib Mirani uygʻonishini kutayotgan Taehyung charchaganligi sabab ozroq dam olish uchun qizning kravati yonidagi divanga joylashdi. Biroz vaqt o'tgach qanday qilib uxlab qolganini sezmay koʻzlari uyquga ilindi.

Oz bo'lsada mizgʻib olgan yigit ko'zlarini ochishi bilan kravatda yotgan qizga qarab uni uyg'ongan yoki yoʻqligini tekshirish uchun o'rnidan turib kravatga yaqinlashdi.

Koʻzlari ochiq holda oppoq shiftga qarab yotgan qiz harakatni sezishi bilan yigit tomon koʻzlarini qaratdi. Ikkalasining nigohlari to'qnashib bir biridan ma'no izlab soʻlgʻin qarab turishardi.

Oxiri xonadagi sukutdan sabri tugab bitgan yigit tilga kirdi.

-Boshqa ahmoqlik qilmaysan deb umid qilaman – deya kravatning bir chetiga ehtiyotkorlik bilan oʻtirdi.

Qizdan javob olish uchun uning yuziga qaragan Taehyung qizdan sas sa'do chiqmagach urinishlari befoyda ekanini tushunib shunchaki jim turishni avfzal ko'rdi.

Bir necha daqiqa davom etgan sukunat yigit uchun yillardek tuyula boshladi. Sekin o'rnidan qoʻzgʻalib qizning yuzi tomon egilib issiq nafasini qizning yuziga purkab gap boshladi.

- Jim turib oʻzingni jazoyingni ogʻirlashtiryapsan sabrimni oxirgi tomchisi toʻlgach menga rahm soʻrab yalinishni foydasi boʻlmaydi unutma – deb qizning lablaridan kichik boʻsa olib yuzini biroz koʻtardi.

Qizni yuziga tushgan soch tolalarini ehtiyotkorlik bilan quloqlari orqasiga tarab qaddini rostladi.

- Iltimos meni tinch qo'ying barchasidan charchadim men ham boshqalardek erkin yashashni istayman qo'rqib pisib emas – qoʻli endi eshik tutishiga yetgan yigit shiddat bilan ortiga oʻgirilib qizni oldiga keldida iyagidan mahkam ushlab o'ziga qarashga majbur qildi.

- Yashamayapsanmi erkinlikda yana qanday erkinlik kerak senga. 2 yil qayеrdadir yurding meni ahvolimni tasavvur qilganmisan shu 2 yil davomida, qanday azoblanganim, tasavvur qilolmaysan, chunki sen faqat oʻzini o'ylaydigan odamsan – jahl bilan qizni iyagini qoʻyib yuborib xonani tark etdi.

Mira xonada yolgʻiz qolib Taehyungning so'zlarini yaxshilab oʻylab unga nohaqlik qilganini tushunib yetdi.

Bolalikdan dushmandek Miraga tish qayragan Taehyung qizni sevib qolganidan beri avvalgi qoʻpol muomalasi hatti harakatlarini yigʻishtirib iloji boricha qizga muloyim boʻlishga harakat qilayotgandi. Ammo qizning bugungi aytgan gaplari uni yuragini tirnab oʻtgandi.

Bir necha kundan beri davom etayotgan ikkala sevishgan o'rtasidagi tortishmovchilikka oxiri sabri yetmay Mira yakun yasash uchun Taehyungning xonasiga yo'l oldi.

Eshikni taqillatib ruxsat berishini ketmasdan ichkariga kirib ketgan qiz stulda boshini suyanchig'iga qoʻyib koʻzlari yumuq holda tartibsiz nafas olayotgan yigitning yoniga sekin borib yelkasiga qoʻl qoʻydi.

Xonaga kirgan qizni anglamagan yigit yelkasiga qoʻngan iliq kaft sabab koʻzlarini ochdi. Qarshisida unga tabassum qilgancha qarab turgan qizni koʻrib ich ichidan yuragi taskin topib qizni o'ziga yaqin tortib olib tizzasiga joyladi.

Nafis iforiga mast bo'lib yuzini qizning bo'yniga koʻmib nafas yetishmagandek tartibsiz nafas olib qizning iforiga to'yib oldi. Qizning bo'ynidan uzoqlasharkan koʻzlarini yumib olgancha lablarida kichik tabassum qilayotgan qizni koʻrib oʻzining ham yuziga tabassum yugurdi.

– Tae, meni kechiring. Oʻsha kuni aytganingizdek men faqat oʻzimni oʻylabman. Sizni sevaman deb oʻylabmanu lekin sizning ahvolingiz istirobingizni tushunmabman.

Iltimos meni kechiring – koʻzlari yumuq holda pichirlab aytilgan soʻzlar nafaqat qizning balki yigitning ham koʻzlari namlanishiga sabab boʻldi.

Yigit qizning bo'ynidan boshlab mayin silab lablarida toʻxtadi. Qancha tatib ko'rsa ham kamlik qiladigan bu lablardan yana tatib koʻrishni istab lablarini birlashtirdi. Dastlab sekinlik bilan olinayotgan boʻsaga qiz ham javob qaytara boshladi.

Mira qoʻllarini Taehyungning boʻynida o‘tirib sochlari orasida kaftini sayr qildirarkan yigit qizning lablariga umurbodga banda boʻlgandek qizdan ajralishni istamasdi.

Nafas yetishmovchiligi boshlanib ikkalasi ham ogʻir ogʻir nafas olib bir biridan ajralishdi. Chuqur nafas olgancha ikkalasi ham peshonalarini bir biriga mahkamlagan yigit va qiz anchadan buyon cho'kib ketishni istagan oʻsha koʻzlarga qarashdi.

Qahvarang ikkala koʻz ham to'qnashib bir birining dengiziga choʻktirardi go'yoki. Tillar ojiz qolib koʻzlar gaplasharkan yigitning tinchimas qoʻllari qizning har bir qarichini silab allaqachon oʻrganib chiqqan edi.

‐ Mira – shivirladi, qizning tanasida xuddi mayda hasharotlar oʻrmalab yurgandek tuyuldi – seni sevaman, seni soʻnggi nafasimgacha sevaman, toki ruhim tirik ekan faqat seni sevadi, sendan boshqalar menga qiziq emas – soʻzlarini yakunlab qizning koʻzlariga qayta gʻarq boʻldi.

- Men ham sizni sevaman toki hayot ekanman bu yuragim, tanasida, ruhim sizniki, oʻzgaga tegishli boʻlmaydi – yigitning bagʻriga singgib ketdi. Nam koʻzlaridan yoshlar oqib yigitning kiymini hoʻl qildi.

-Mira yigʻlama iltimos

-Taehyung ketaylik, bizga hech kim toʻsqinlik qilmaydigan makonga, faqat baxtli yashaydigan joyga men siz bilan hammasiga roziman, iltimos – yigitning quchogʻidan chiqib koʻzlariga iltijoli tikildi.

-Malikam nima desa shu boʻladi. Ertaga ketamiz hoʻpmi – erkalagancha qizning sochlarini siladi.

Erta tongdan hech kimni ogohlantirmasdan o'zlariga kerakli buyumlarini yigʻib tayyorlangan juftlik oxirgi bor jonajon xonalariga qarab chuqur xoʻrsindiyu eshikni qulflab qulfga qanaqadir yozuv yozilgan qogʻozcha ilib ehtiyotkorlik bilan uyni tark etishdi.

Uy eshigidan chiqishlari bilan uyidan ajralishni istamaygina yana bir bor ortiga oʻgirilib qarab turgan qizning bilaglaridan yigitning qoʻli ushlab mashinasi tomon yetaklab ketdi.

Mashina shahardan chiqib togʻ atrofi boʻylab oʻrmon ichiga singgib ketarkan Miraning ichida gʻalati tuygʻu tinchlik bermasdi.

Mashina oynasiga boshini tiragancha togʻ uchlaridagi oppoq qorlarga tikilgancha hayollari ogʻushida adashib yo'lini yoʻqatay deganda yigitning tomoq qirishi reallikka qaytardi.

- Xafamisan – koʻzlari bilan goh yoʻlga goh qizga qaragancha savol berdi.

- Xafamasman, ichimda g'ashlik bor, nimadandir koʻnglim toʻlmadi. Ammo bilolmayapman nimaligini – chuqur xoʻrsingancha oynadan boshini koʻtargancha mayus nigohlarini yigitga qaratgancha gapirdi.

- Menga ishon, hammasi yaxshi boʻladi – qizning qoʻlini bir kafti orasiga olib lablariga yaqinlashtirgancha mayin boʻsa bilan siyladi. – kutilmagan baxtli damlarimiz hali oldinda.

Qiz yuziga mayin tabassum olib Taehyungga javob qaytardi, soʻngra yigitning qoʻliga chirmashgancha boshini yelkasiga qoʻyib koʻzlarini yumdiyu sokinlikka choʻmdi.

Uzoq yoʻldan soʻng nihoyat manzillariga yetib kelishgan yoshlar uncha katta bo'lmagan xashamatli qishki villa oldida uyni koʻzdan kechirib turisharkan eshik ochilib ichkaridan koʻrinish bergan juftlik Mirani hayron qoldirdi.

Xayratini yashirmagancha bir eshik oldida turgan juftlikka bir yonidagi yigitga qarab turardi.

- Bu yerda nimalar boʻlyapti – Mira yuzidagi hayratini yoʻqotmagancha savol bilan Taehyungga yuzlandi.

- Toʻy boʻlyapti jonim – xazilomuz ohangda gapirdi.

Yigitning soʻzlaridan soʻng Mira baland ovozda kuldi.

- Azizam, sekinroq kul butun oʻrmonni boshingga koʻtarding – qizga jim ishorasini qilgancha bilagidan ushlab oʻziga yaqinlashtirdi.

- Taehyung, siz ham bunaqa xazil qilmangda. Kimni toʻyi bo'larmish Asena bilan Jungkooknimi? Oʻzi yaqinda turmush qurishdi – lablaridan tabassumni yoʻqotmagancha yigitning xazil deb bilgan gaplariga miriqib kulib oldi.

- Bizni toʻyimiz, azizam. Ichkarida nikoh oʻqish uchun davlat xodimi bizni kutyapti va Asena va Jungkook bizning nikohimiz guvohi boʻlish uchun bu yerdalar – qizning belidan sekin qoʻllarini oʻrab olib oʻziga yaqinlashtirdida faqat oʻzi va qizga eshitiladigan ovozda qizning qulogʻiga pichirladi.

Taehyungning soʻzlaridan xayron boʻlib oʻzini yigitdan uzoqlashtirib uning yuzidan xazil ifodasini qidirishga uringan Miraning xarakatlari besamar ketdi. Yigitning yuzida faqat jiddiylik bor edi.

- Demak hozir bizning qonuniy nokohimiz boʻladi toʻgʻrimi – ishonmay yana bir bor eshitganlariga amin boʻlish uchun qayta soʻradi.

Taehyung ham qizni savoliga boshini tasdiqlash manosida irgʻigancha javob berdi.

- Ota onamizchi, Taehyung. Biz ularning ruxsatisiz hech narsa qilishga haqqimiz yoʻq.

- Mira, ular bizni emas oʻz manfatlarini o'ylashadi. Endi oʻzing fikrla ular bunga rozi boʻlishadimi? Seni kimgadir turmushga berishadi, meni esa kimgadir uylantirishadi, oqibatda bir emas ikki emas to'rt odam baxtsiz boʻladi, Mira endi oʻzing qaror qabul qil.

- Nima boʻlgan taqdirda ham biz ularni ogohlantirib qo'yishimiz kerak edi.

- Oxirgi qaroringni ayt, Mira. Bu imkoniyat boshqa boʻlmasligi mumkin.

- Roziman

Miraning so'zidan soʻng Taehyung darhol uni koʻtarib aylantirdi. Toʻsatdan boʻlgan ishdam qiz esa yigitning bo'ynidan quchib to'xtatishini soʻray boshladi.

- Boʻldi azizam bizni kutib qolishdi Katta villaga kirishlari bilan qizil atirgul yaproqlari bilan bezatilgan yoʻlakchadan katta zal tomon yoʻl olishdi Mira shunaqangi xursand ediki goʻyoki bundan oldin umuman baxt nimaligini his qilmagandek.

Zalga kirishlari bilan oq atirgul barglari bilan katta yurakcha qilib bezatilgan zalning markaziga yurishdi. Yurakcha atrofi oq atirgul barglari bilan ichi esa qizil barglar bilan bezatilgandi.

U yerda qizil quticha va gipsofilali guldasta bor edi. Taehyung qizdan oldin borib quticha va guldastani olib qizni oldiga keldi.

Tiz choʻkkancha qutichani ochib oʻng qoʻliga oldi chap qoʻlida esa gipsofila edi.

- Men hamma kabi romantik emasman, oʻz qobiqiga bekinib olgan odam edim ammo sen meni bu qobiqdan ozod qilding. Senga qancha yomonlik qilsam sen menga teskarisini qilding. Mira menga turmushga chiqasanmi seni baxtli qilishga va'da beraman – qizil rangli baxmal qutichani ochib ichidan nafis uzukni oshkor qildi.

Mira xursandligidan koʻzlari yoshlanib yig‘lardi.

Taehyung oʻrnidan turib qo'lidagi gulni qizga berdiyu uning koʻz yoshlarini artdi.

Qizil baxmal qutini yana bir bor qizga ko'rsatib ichidagi uzukni oldiyu Miraning nozik barmoqiga mosladi.

Uzuk oʻz egasini topgandek qizning barmog'ini yanada nafis ko'rsatib turardi.

Nigohlar toʻqnashgan on orqa tomondan eshitilgan baland ovozdagi tabriklar juftlikni etiborini tortdi.

- Nikoh o'qish uchun davlat xodimi kelgan sizlarni kutib qoldi – Asena yuzida mamnuniyat bilan gapirdi.

- Xozir boramiz – ikkalasi ham bir vaqtda gapirishdiyu tezda zalni tark etib yon tomondagi xonaga yoʻl olishdi.

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 8 𝐓𝐔𝐆𝐀𝐃𝐈

𝐘𝐎𝐐𝐈𝐌𝐋𝐈 𝐌𝐔𝐓𝐎𝐋𝐀𝐀

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅 𝐌𝐈𝐑𝐀 𝐑𝐎𝐒𝐀𝐋𝐘𝐍

𝐕𝐄𝐋𝐕𝐄𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒