May 27, 2025

𝐀𝐔𝐓𝐈𝐒𝐌

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 2

Universitetga yetib kelgan qizlar shoshilib o‘z auditoryasi tomon ketishardi.

- Mira bu safar ham kechiksak men uchun ham tushuntirish xati yozasan – jahl bilan dugonasiga qarab gapirdi.

Qizlar auditoryaga kirishar ekan hali dars boshlanishiga bir necha daqiqa borligini bilib biroz tinchlanishdi.

Darslar ham boshlandi. Har doimgi qiziqarli darslar bugun nimagadir zerikarli tuyulardi Mira uchun.

Daqiqa sanab nihoyat oxirgi darsning oxirgi daqiqalarida o‘tirar ekan endi sabrsizlana boshladi.

Va nihoyat dars tugash vaqti. O‘qituvchidan vazifani oldiyu hammadan oldin xonadan chiqib universitet darvozasi oldida dugonasini kuta boshladi.

Dugonasi ham chiqarkan orqa tomondan Jungkook ya‘ni dugonasining sevgilisi kelayotganini sezdi. Demak bugun ham uyga yolg‘iz ketar ekan.

- Salom pochcha – deya qiz ham tabassum ila yigit bilan salomlashdi.

- Salom Mira – javoban u ham qiz bilan salomlashdi.

JUNGKOOK – universitet darvozasidan baland ovozda baqirib yugurib kelayotgan qiz hammani e‘tiborini tortdi.

- ASENA – yigit ham qizga javoban baland ovozda ismini aytib quchog‘ini shaylab sevgilisni quchib aylantira boshladi.

- Sizni sog‘indim – atrofdagilarga e‘tibor ham bermay erkalanib gapirar ekan hamon yigitning quchog‘ida edi.

- Men ham seni sog‘indim – dediyu qizni sovuqdan qizargan yuzidan o‘pib oldi.

‐ Men xam sogʻindim, endi ketamizmi – sovuqdan qaltirab turgan Mira kesatib gapirdi.

- Xoʻp xoʻp ketamiz, Mira ketamiz, buncha sabrsiz boʻlma

- Kxm kxm sizlarga mabodo halal bermadimmi? – ularni mazxara qila boshladi.

- Eyyy, Mira qo‘ysangchi. Biz bilan ketasanmi? – dugonasiga yuzlandi.

- Yo‘q, men bugun sayr qilmoqchi edm.

- Biz bilan keta qolsangchi – injiqlik qila boshladi.

- Asena aytdimku sayr qilmoqchiman – zarda qilib gapirdi.

- Ho‘p ho‘p mayli chaqib olishing shart emasdi. Uyingga yetib borganingdan so‘ng menga qo‘ng‘iroq qilib qo‘y tushunarlimi? – xuddi ona farzandiga bir nimalarnidir uqtirayotgandek gapirdi.

- Ho‘p yaxshi qolinglar – deb ikkala sevishganni yolg‘iz qoldirib eng yaqin bog‘ tomon yo‘l oldi.

Sovuq havodan rohatlanib sayr qilarkan bugungi ishlarni hayolidan o‘tkaza boshladi.

Biroz tinchlanib olganidan so‘ng uyi tomon yo‘l oldi.

Svetafor yoniga borib yashil yonishi biroz kutdi va yo‘ldan o‘tayotganda bir mashina katta tezlik bilan qizni ustiga qarab haydardi.

Qiz mashina signal ovozini eshitdiyu yon tomonga qarab u tomon kelayotgan mashinani ko‘rdi va ko‘zlarini qattiq yumib ajalini kutib olish uchun shaylandi.

Birdan eshitilgan mashina shinalarining yerga ishqalanish ovozidan nafasi ichiga tushdi.

O'tmishda sodir oʻzi bilan boʻlgan eski avtohalokat va oylab toʻshakka mixlanib yotgani esiga tushdiyu koʻzlarini qattiq yumdi.

Bir necha daqiqa ko‘zlarini qattiq yumib turar ekan hech qanday og‘riq his qilmayotgani g‘alati tuyulib ko‘zlarini ochdi.

O‘zidan yarim metr uzoqlikda to‘xtab qolgan mashinani ko‘rdiyu tirik qolgani uchun biroz xursand bo‘ldi.

Lekin xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Mashina ichidagi yigitga endi e‘tibor bergandi va uni ko‘rib biroz xayrat aralash nigohda boqib turardi.

Yigit mashinasidan jahl bilan tushib qiz tomon katta qadamlar bilan kelar ekan qiz holsiz yerga o‘tirib oldi.

Yigit qizni qo‘lidan siltab o‘rnidan turg‘azib o‘shqira ketdi.

- Aqildan ozganmisan nega qochmading ulgirmasam nima bo‘lardi? – jahl bilan biroz ovozini ko‘tarib gapirdi.

Yigit ham qizdan kam qo‘rqmagan edi.

‐ Nega mashinani to‘xtatdingiz? Qulay imkoniyat edi necha yillik armoningizga yetardingiz. Axir tug‘ilganimdan beri ancha harakat qilgandingiz meni o‘ldirish uchun. Yoki fikrizdan qaytdingizmi – alamli gapirdi.

Taehyung avval ham qizni o‘ldirishga uringandi tug‘ilganidan beri unga nafrat ko‘zlari bilan boqardi.

Mira tug‘ruqxonadaligidayoq Taehyung undan nafratlanib bo‘lgandi. Tug‘ruqxonadan uyga kelganida esa Mirani og‘ziga yostiq bosib o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Yaxshiyamki Jinshu xonim kelib o‘g‘lini to‘xtatib qolgan.

So'ng Mira 5 yoshga to'lar kuni bazmda uni bassey yoniga olib ketib suvga itarib yuborgan. Bu safar ham omadi kelib dadasi qutqarib qolgan.

Mira 12 yosh paytida Taehyung kechasi uning xonasiga qo'lida pichoq bilan kirib o'ldirmoqchi bo'lgan lekin onasi uni to'xtatib qolgan.

Bunga o'xshash holatlar ko'p takrorlanib turgan. Bu voqealardan so'ng Mira xonasini eshigini ham deraza va balkonni eshigini ham qulflab yotardi. Iloji boricha akasidan bekinib yurardi.

Lekin oxirgi 1 yil ichida Taehyungning Miraga munosabati o'zgargandi. U qizga shilqimlik qila boshlagandi.

Qiz ham yigit o‘z akasi bo‘lganligi sababli unga qilgan shilqimliklarini kimgadir aytsa sharmanda bo‘lishidan xavotirlanib hech kimga aytmagandi.

Yigit birdan qizni quchib oldi.

- Kechir meni, iltimos kechir – qayta qayta kechirim so‘rarkan endi ovozida pushaymonlik sezilib turardi.

Qiz yigitni siltab quchog‘idan chiqdi. Endi ortga bir qadam tashlagan edihamki birdan burni qonay boshladi.

Burnini qo‘li bilan to‘sarkan yigit xavotirlanib dastro‘molini qizga tuttirdi.

- Yaxshimisan, nima bo‘ldi, nega burning qonayapti? – yigitning xavotiri shundoqqina sezilib turardi.

- Hech narsa bo‘lmadi shunchaki darslar charchatdi shekilli – dediyu boshi aylanib yigitni qo‘liga yiqildi. Nafas olishi qiyinlashib asta hushini yo‘qotdi.

- Mira, Mira nima bo‘ldi senga ko‘zingni och Mira – yigit qattiq xavotir bilan qizni o‘ziga keltirishga urinardi.

Yigit vaqtni boy bermasdan qizni mashinasining orqa o‘rindiqiga yotqizib kasalxona tomon mashinani harakatlantirdi.

Taxminan 10 daqiqalarda eng yaqin kasalxona yetib kelishdi.

Yigit kasalxona ichiga qizni qo‘llarida ko‘targancha shoshilib kirarkan butun shifoxonani oyoqqa turg‘izdi.

- Doktor, doktor kim bor unga yordam bering, doktor – baqirib kasakxonadagi har bir shifokorni hattoki qabulxonada o‘tirgan hodimni ham u tomon kelishga majbur qilgandi.

- Janob tinchlaning, qizga nima bo‘ldi?– deb so‘radi yoshi kattaroq shifokor yigitni tinchlantirish uchun.

‐ Burni qonadi keyin boshi aylanib xushini yo‘qotdi – xovliqib gapirarkan ular tomon kelayotgan zambilni ko‘rib u tomon tez yurib borib qo‘lidagi qizni zambilga qo‘ydi.

‐ Bemorni darrov ko‘rik xonasiga olib boring qon tahlili qiling – sokin ohangda hamshiralarga buyruq berib asta ular bilan ko‘rik xonasiga kirib ketishdi.

Yarim soatdan beri xona eshigi oldida asabiy u tomondan bu tomonga yurayotgan yigitni e‘tiborini xonadan chiqqan shifokor tortdi.

- Doktor axvoli yaxshimi, o‘ziga keldimi, jiddiy hech narsa yo‘qmi?– xovliqib shifokorni savollarga ko‘mib tashadi.

- Tinchlaning, xonimni axvoli yaxshi. Shunchaki qon bosimi ko‘tarilgan yana gemoglabin kamligi ham sabab bo‘lgan jiddiy narsa yo‘q. Men sizga dorilar retseptini yozib beraman. Hammasini o‘z vaqtida ichishini nazorat qiling. Marhamat meni xonamga yuring o‘sha yerda bafurja gaplashib olamiz – asta yigitga tushuntirdi.

Shifokorni ortidan xonasiga kirib hamma narsani gaplashib oldi. Va shifokor bergan retsepni olib dorixona tomon ketdi. Eng yaqin dorixonadan dorilarni olib qizni oldiga kirdi. Qiz allaqachon hushiga kelib ketish uchun shaylanyotgandi.

- Nega darrov o‘rningdan turib olding biroz yotib damingni ol keyin ketamiz – qizga xavotirli gapirdi.

- Men yaxshiman aka. Bu yer menga yoqmayapti uyga ketmoqchiman uyda dam olaman – akasiga ta‘kidlab xonadan chiqish uchun shaylandi.

- To‘xta, mayli uyga ketamiz – rozi bo‘ldi yigit.

Mashinaga joylashib uyi tomon ketisharkan ikkalasi ham jim ketardi. Mira horg‘in ko‘rinardi. Uning axvoli Taehyungning ich etini kemiryotgandi.

Mashina oynasidan boshini biroz chiqarib jimgina atrofni kuzatayotgan qiz kayfiyati yo‘qligi bilinib turardi.

Oradagi sukunatni Taehyung buzdi.

- Mira axvoling yaxshimi ranging o‘chib ketgan horg‘in ko‘rinyapsan – sokin ohangda yonidagi qizga yuzlandi.

- Yaxshiman dedimku aka – asabiylashgancha ovozini yigitning ovozidan biroz ko‘tarib gapirdi.

Shundan so‘ng toki uylariga yetib borguncha umuman gaplashishmadi.

Mira mashinadan tusharkan biroz boshi aylanyotganini sezdi lekin Taehyungga sezdirmay o‘zini odatdagidek tutdi.

Uyga kirishi bilan onasiga duch keldi. Qizining holatini ko‘rib Jiwon xonim uni savolga tutdi.

- Mira qizim senga nima bo‘ldi nega oqarib ketgansan qayeringdir og‘riyaptimi? – ketma ket qizidan xavotir olgancha so‘roqlay boshladi.

- Oyi yaxshiman shunchaki burnim qonadi bilasiz bu menda oddiy hol – qiz yonida uni so‘roqlab turgan onasini tinchlantirdi.

- Rostdan ham shundaymi aniq boshqa narsa bo‘lmadimi qara lekin mendan nimanidir yashiryotgan bo‘lsang yaxshilik kutma mendan – yana biroz qiziga savol berib siquvga ola boshladi.

- Oyi aytdimku hammasi joyida to‘g‘rimi aka – Taehyungga imlab gapirdi.

- To‘g‘ri kelinoyi qizingiz rost gapiryapti – qizning yolg‘oniga sherik bo‘ldi. Lekin o‘zi ham bilmasdi nima uchun bunday qilganini.

— Taehyung

Mira 'har doimgidek burnim qonadi' deb aytdi avval ham burni qonagan lekin men bilmaganman ishlar bilan band bo‘lganligim sabablidir. Maylikuya lekin nega oyisiga hushidan ketganini aytmadi nimanidir yashiryapti menimcha uku mayli men nega uni yolg‘oniga yon bosdim? Aqildan ozyapsan Kim Taehyung yaqinda aniq ruhiy kasalliklar shifoxonasidan joy olasan.

- Mayli bolalar unda darrov ust boshingizni almashtirib oshxonaga tushing ovqat ham deyarli tayyor – xuddiki yosh bolalariga gapiryotgan onadek gapirdi.

- Yaaa oyi siz aytasizu biz qilmaymizmi hozir 10 daqiqaga yetmay oshxonada bo‘laman kuting – qiz ham onasiga yosh bolacha gapirdi.

Hamma o‘z xonasiga tarqaldi. Mira xonasiga kirdiyu eshikni yopib eshikka suyanib qoldi. Biroz muddat shu holda turib keyin darrov ust boshini alishtirib yuz qo‘llarini yuvib oshxona tomon yo‘l oldi.

Yo‘lda akasini uchratib qoldi. Shunchaki jim ketishni ma‘qul topib ikkalasi ham oshxona tomon jim ketishdi.

Hamma o‘z o‘rnida jimgina ovqatlanib o‘tirisharkan janob Chanyeon gap boshladi.

- Taehyung yaqinda Amerikalik hamkorlar bilan shartnoma tuziladi. Amerikaga ketasan. Shartnoma tuzilguncha o‘sha yerda qolasan. Yana Amerikadagi kompanyada biroz muammo bor ekan o‘sha muammoni ham hal qilib kelasan – ovqatlanish barobarida o‘g‘liga qilishi kerak bo‘lgan yumushlarni tushuntirdi.

- Mira sen ham akang bilan ketasan, – endi Chanyeol tilga kirib qiziga gapira ketdi – akangni bilasan begonalar bilan munosabatga kirishishda qiynaladi. Sen hamkorlar bilan gaplashasan akang kompanyadagi muammolarni hal qiladi. Yana uni yonida yur ish o‘rganasan. Nimadir qiyinchilik tug‘dirsa akang tushuntiradi.

Dadasining gaplaridan qiz yalt etib dadasiga qaradi va sekin nigohini avval amakisiga keyin bo‘lsa akasiga qaratdi.

Amakisining yuzidan hech qanday ifoda topmadi. Akasining yuzida esa shaytoniy tabassum. Buni ko‘rgan qizning dami ichiga tushdi va tilga kirdi.

- Dada meni o‘qishim... – gapini yakunlamasdan dadasi uni gapini bo‘ldi.

- O‘qishingni hal qildim, tashvishlamna. Ovqatlanib bo‘lib tayyorlan, bugun kechki soat 10 da uchib ketasizlar shaxsiy samolyotda.

Qiz hech narsa deya olmadi ham.

Ovqatdan so‘ng Mira istar istamas kiyimlarini, kerakli buyumlarini jamadoniga joyladi.

Soat ham 9:30 bo‘lgandi. Qiz harakatini qilib qo‘lida jamadon bilan mehmonxonaga chiqdi.

Mehmonxonada akasidan boshqa barcha oila a‘zolari bor edi.

- Qizim akangni chaqirib chiq ish xonasida bo‘lsa kerak.

Amakisining davati bilan mehmonxonadan chiqib uyning avval hech ham kirib ko‘rmagan hatto eshigi oldidan qaltirab o‘tadigan xonasi oldiga borib eshikni taqillatdi lekin javob kelmadi. Bir necha bor taqillatishlar foyda bermagach eshikni ochib xona ichiga kirdi.

Qiz avval hech kirmagan xonasiga kirarkan xayratdan yoqa ushlagandi.Xona biroz qorong‘u. Xonada deyarli hamma narsa oq va qora rangdan iborat edi.

Buyumlar shunaqangi tartib bilan joylashtirilgan ediki bu inson mehnati ekaniga ishonish qiyin edi.

Qiz xona ichiga qiziqish bilan kirib borarkan katta javon va unda tartib bilan joylashtirilgan kitoblarni ko‘rib javon yoniga bordi.

Kitoblar bir tekis qilib harflar bo‘yicha tartiblangandi. Qiz bundan yanada xayratlandi. Bu javonda taxminan 500 yoki 600 kitob bordek tuyulardi va bularni tartiblash uchun oddiy emas daho odam bo‘lish kerak edi.

Mira qo‘lini endi bir kitobga olib bormoqchi bo‘lganda orqadan kelgan ovozdan cho‘chib ketdi.

- Tegma – qatiy va baland ovozda gapirdi yigit.

- Uzr, haligi soat 9:30 dan o‘tdi aeroportga ketishimiz kerak. Amakim sizni chaqirishimni aytgandi,– biroz qaltiragan ovozda gapirdi.

‐ Tushyapman ketishing mumkin lekin hech narsaga tegmay ket– gaplarini aytdiyu o‘girilib boshqa tomon ketdi.

~~~

Bir necha soatlik parvoz davomida uxlab qolgan qizni yigitning siltashi uyg‘otdi.

- Mmmm uyg‘ondim, qayerga keldik... Haya esimdan chiqibdi – o‘zini koyigandek ichidan nimadirlar deb mingg‘irlardi.

Samolyotdan tushib oldindan buyurtirilgan mehmonxona tomon ketishdi.

Mehmonxonaga kelisharkan mehmonxona menejeri ularni kutib oldi.

- Xush jelibsiz janob xonim– iltifotli ovozda gapirdi.

- Rahmat bizga xonalarimizni ko‘rsatsangiz– ichidagi barcha qatiyatni yig‘ib gap boshladi qiz.

- Bir muammo bor edi haligi...– menejer ikkilanib gapirdi.

- Xo‘sh, qanday muammo ekan

- Haligi sizlarga 2 ta xona buyurtma qilingandi lekin bizda 1 ta xona bo‘sh ikkinchi xonani boshqa birovga ijaraga berishibdi

- Ming lanat nega boshqaga berasiz nima aqildan ozganmisizlar, biz hozir buyurtma berganimiz yo‘q oldindan buyurtma berilgan xonalardan birini shunchaki kimdirga berib yuboralmaysiz, axmoqgarchilik – qizning jahli mingga chiqqandi.

- Mira janjal boshlama tinchlan – anchadan beri ularni jim kuzatayotgan yigit endi tilga kirdi – hech qisi yo‘q biz bir xonada qolamiz.

- Men ...– dedi va gapi Taehyung tomonidan buruldi.

- Bo'ldi biz bir xonada qolamiz xona kalitini beravering– yigit menejer tomon qo'lini cho'zdi.

Menejerdan kalitlarni olishi bilan o'zining ham qizning ham yuklarini olib yo'l boshladi.

Taehyung ham lab chetida kulgancha xona tomon ichida ming xil xayol qilib ketardi.

~

Xonaga kirarkan xonani ko'rib qizning og'zi ochilib qoldi. Xona shunchalik chiroyli edi qiz qarashdan to'xtamayotgandi.

Biroz vaqt xonani kuzatib yangi xona bilan tanisharkan yuvinish xonasidan oʻzidan biroz oldin choʻmilib chiqishini malum qilib kirib ketgan Taehyung pastiga bir sochiq o'rab chiqdi.

Qiz uni ko'rib o'zini olib qochdiLekin yigit qizning ortidan ketdi va yotoqxonaga kirganda qizning ortidan kirdi va xona eshigini sekin qulfladi.

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 2 𝐓𝐔𝐆𝐀𝐃𝐈

𝐘𝐎𝐐𝐈𝐌𝐋𝐈 𝐌𝐔𝐓𝐎𝐋𝐀𝐀

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅 𝐌𝐈𝐑𝐀 𝐑𝐎𝐒𝐀𝐋𝐘𝐍

𝐕𝐄𝐋𝐕𝐄𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒