June 1, 2025

𝐀𝐔𝐓𝐈𝐒𝐌

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 6

Taehyung va Mira qo‘l ushlashib mehmonxona divanlarida asabiy o‘tirgan ota onasi qarshisiga chiqishdi.

- Aqildan ozganmisizlar, sen nima deganingni farqiga bordingmi Parklarni oldida obroyimizni bir pul qilding axmoq bola – otasi Taehyungga qahr to‘la nigohi bilan qarab gapirdi.

- Men haqiqatni aytdim, biz bir birimizni sevamiz va men allaqachon Mirani o‘zimniki qilib bo‘lganman – shu gapdan so‘ng qizning yuziga otasi tomonidan tarsaki kelib tushdi.

- O‘z akangni ostida yotadigan darajada yengiltaklik qildingmi. Yetim barbir yetimligini qilarkan. Sen Kimlar nomiga munosib emassan – bo‘ldi.

Shu gapdan so‘ng tarsaki zarbidan lablari qonab ketgan qiz yalt etib otasiga qaradi.

Oraga sukut kirdi. Taehyung ham Miradek ajabda. U bunday bo‘lishini kutmagandi.

Shuncha yildan beri tugushgan aka singil bo‘lmasak ham qonimiz bir deb o‘zini bosib hislarini jilovlab yurgandi.

Bu gap bir tomondan yaxshi bir tomondan yomon edi. Mira ko‘zlaridagi yoshni ortiq saqlab turolmay erkinlik berdi. Yoshlari to‘kilib qonagan labiga tegarkan sho‘rligidan biroz achishardi. Lekin bu achishish ko‘nglidagi og‘riqni oldida hech gap emas edi.

Hayollarida men noto‘g‘ri eshitdim, bunday bo‘lishi mumkinmas, qanaqasiga axir ular meni tuggan ota onam qonimiz bir men ularni bir parchasiman deb o‘zini ishontirdi lekin bo‘lmadi. Ko‘ngli tinchimadi.

Otasining keyingi so‘zlaridan so‘ng ko‘ngli tiklanmaydigan darajada chil parchin bo‘ldi.

- Onang ham sendaka suyuqoyoq edi. Seni menga taqqandi otasisan bu bola seniki degandi. Seni tug‘ganidan so‘ng og‘zini yopish uchun pul berdim oxirida pullarni olib seni menga tashlab juftakni rostladi. Hatto qonimdan bo‘lmasang ham senga mehr berdik hech narsaga zoriqtirmay o‘stirdik. Mana sening rahmating xuddi onang kabi rahmat aytyabsan tomiringda uni qoni bor barbir unga tortgansan.

Bu so‘zlar Mira uchun tavqi lanatdek eshitildi. Shuncha yil otam onam degan insonlar asli begona ekan.

Ko‘z yoshlari tinmay oqar ekan hali hanuz otasi unga bir begonaga qaragandek qarab turardi.

Mira jahl bilan uydan chiqib ketdi. Qolganlar nima qilishni bilmay bir birlariga qarab turishar ekan Taehyung qizni ortidan endi chiqmoqchi bo‘ldi. Amakisining ovozi uni to‘xtatib qoldi.

- Yosh qizni boshini aylantirib ostingga olding, uni hayotini barbod qilding endi xursandmisan Taehyung – istehzo bilan gapirib achchiq kulgu qildi – sen sabab hozir u haqiqatni eshitdi. Sen sabab umri davomida eshitmagan gaplarni eshitdi, shunchalik xo‘rlandi.

- Men sabab emas. Shuncha yil otaman deb yuribsizu lekin haligacha haqiqiy otalik qilolmadingiz. Agar unga chindan ham otalik qilishni istaganingizda Mirani emas meni so‘kkan bo‘lardingiz. Unga bunaqa gaplarni aytmasdingiz amakijon – yigit oxirgi so‘zlariga urg‘u berib aytdiyu divan chekadida turgan paltosini olib o‘girilib chiqib ketdi.

Eshikning zarb bilan yopilgani katta zalda aks sado berdi.

Zaldagilar esa jim o‘z hayolot dunyosida.

Mira uyidan chiqib ketganiga ko‘p bo‘lmasdan allaqachon uzoqlashib ketgandi. Taehyung yugurib qizning ortidan zo‘rg‘a yetib oldi.

Qizning qo‘llaridan ushlab o‘ziga qarashga majbur qildi. Natijada qiz yigitning ko‘ksiga mahkamlandi.

Yigit ko‘ksida tartibsiz nafas olib baqirib yig‘lashga tushgan qizni yupatishga urinib qo‘llari bilan o‘rab oldi. Orqasidan silab tinchlantirishga urinarkan qiz battar baqirib yig‘lardi.

- Chidolmayman bu haqoratlarga chidolmayamn nima sevgi gunohmi nega bizni munosabatimizga qarshilar axir boshqalaram sevishib yurishibdi. Biz esa har doim pinhona yuramizmi – ko‘zlaridagi yoshni kiyimining yengiga artib yigitga pastdan qarab gapirdi.

- Biz bu munosabatlarni yashirishga majbur emasmiz shunday ekan yur uyga qaytamiz havo juda sovuq – yigit qizni qo‘llaridan ushlab uyi tomon yetaklab ketardi.

‐ Tae sovuqqotdim – qizning tilidan ismini erkalanish bilan talaffus qilinganini eshitib erib ketti.

Qizni qo‘llarini ikki kafti orasiga olib ishqay ketdi. Yo‘l bo‘yi qo‘llarini kaftidan qo‘ymadi.

Uyga yaqin qizni yelkalaridan qo‘llarini o‘tirib quchog‘iga oldiUyga quchoqlashgan holda kirib kelishdi.

Yana ko‘ngilsizliklar bo‘lmasin deb jimgina tepaga ko‘tarilishdi.

Mira o‘z xonasi eshigi tutqichini ushlagan edihamki Taehyung uni qo‘llaridan ushlab o‘z xonasiga yetaklab ketdi.

Ichkariga kirishlari bilan qizni o‘zi va eshik o‘rtasida qoldirdi. Biroz egilib qizning yuziga tushib turgan sochlarini orqaga tashlab barmoqlarini qizning lablarida sayr qildirdi.

Shu payt tashqaridan salyutlarning baland ovozi yangradi.

-Yangi yil kirib keldi, aytishlaricha yangi yil kirib kelganda yoningda kim bo‘lsa o‘sha inson bilan butun yil bo‘yi birga bo‘larkansan. Xo‘sh buni tekshirib ko‘rish uchun bizda 1 yil vaqtimiz bor – yigit gaplarini yakunlab qizning lablaridan mayin bo‘sa ola boshladi.

Ayni paytda kattalar yoshlar bexabar ularni taqdirini hal qilishardi.

‐ Mirani chet elga yuboraman oʻqishini oʻsha yerda davom ettiradi yoki Taehyung oila qurib farzandli bo'lmaguncha qaytmaydi – qatiy gapirdi qizning otasi boʻlmish inson.

- Qanday qilib unga koʻzingiz qiyadi oʻzi yarim jon 1kun sogʻ yursa 5kun kasaldan boshi chiqmaydi. U buni ko'tarolmaydi. Iltimos bunday qilmang – yalina ketdi.

- Qachondan beri qarorlarim muhokama qilinadigan boʻldi ayttimdi bajariladi, Mira ketadi. Kerak boʻlsa qaytib bu yerlarda qorasi koʻrinmаydi.

-Kechgi reysda Germaniyaga uchib ketasan – toʻsatdan aytilgan otasining gapidan nonushta qilayotgan holatda oʻtirgan qiz birdan tiqilib yòtalib qoldi.

-Nega meni xabarim yoʻq ketayotgan menmi yoki siz – achchiqi chiqqan qiz qarshisidagi odam otasi ekanini ham unutdi goʻyo.

-Otang bilan gaplashayotganingni unutdingmi deyman, Qachondan buyon meni qarorlarim oila davrasida muhokamaga qo'yiladigan boʻldi, sen kimsanki menga bunaqa muomala qilyapsan – qiz oʻzi ham anglab yetmagan muomalasi uchun umrida eshitmagan otasining baland ovozini eshitib choʻchib keti.

Biroz muddat jim bir nuqtaga tikilib oʻtirdiyu xoʻrligi kelib yigʻlagancha xonasiga chiqib ketdi.

Uni ortidan butun oila vakillari qizga xavotirlangancha qarab qolishdi.

-Xirsing oqibatini ko'rdingmi Taehyung. Yosh qiz umrida eshitmagan gaplarni eshityapti, avval koʻrmagan muomalasini endi koʻryapti, uni shu yoʻl bilan azoblamoqchimisan endi – otasi tomonidan gapirilgan gaplar Taehyungga ogʻir botdi.

Avvaliga etibor bermaslikni lozim topdiyu lekin hozir gapirmasa xato boʻlishini sezib gap boshladi.

- Meni hech qanday xatoyim yoʻq, xirsimning aloqasi ham yoʻq men unga tegingandirman lekin pastkash emasman. U haliyam qiz bola tekshirib koʻrishingiz mumkin. Men oʻz nafsimni va tilimni kerakli joyda va vaqtda tiya olaman, amakimga oʻxshamayman Otajon – amakisiga o'tkir nigoh tashlagancha oʻzi ham qizning ortidan chiqib ketdi.

Tepa qavatga chiqib Miraning xonasiga kirish uchun ruxsat soʻrab ichkariga kirdi.

Qarasaki qiz allaqachon jamadonini tayyorlab qoʻygan ekan. Biroz qizga keyin jamadonga qarab turdiyu keyin gap boshladi.

- Rostdan ham ketmoqchimisan Mira? Meni yolgʻiz tashlab ketishga qanday koʻzing qiyyapti – qizni qoʻllaridan ushlab koʻzlariga qarashga harakat qildi.

-Men boshqa chidolmayman eng yaxshi yoʻl bu meni ketishim, shundagina butun oila tinch yashaydi,Taehyung iltimos meni unuting, siz mendan ham yaxshi qizga loyiqsiz – yigitning koʻzlariga iltijo nigohi bilan tikildi, soʻzlarini aytar ekan oʻzini yigʻidan zoʻrgʻa tiyardi.

-Mira nahotki ikki ogʻiz soʻz uchun vos kechsang shunchalik ojizmisan kurashmaysanmi biz uchun.

-Biz degan soʻz yoʻq boʻlib oʻtgan ishlarni oʻsmirlik xatosi deb xisoblang boshqa narsa emas, iltimos aka.

-Hali afsuslanasan ishon.

Oraga sukut cho'kib biroz muddat bir birlariga qarab turishdiyu qiz oʻz ishiga qaytdi yigit esa xonani tark etdi.

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃 6 𝐓𝐔𝐆𝐀𝐃𝐈

𝐘𝐎𝐐𝐈𝐌𝐋𝐈 𝐌𝐔𝐓𝐎𝐋𝐀𝐀

𝐌𝐔𝐀𝐋𝐋𝐈𝐅 𝐌𝐈𝐑𝐀 𝐑𝐎𝐒𝐀𝐋𝐘𝐍

𝐕𝐄𝐋𝐕𝐄𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒