November 17

MADMUMAZEL

Parijning eng goʻzal saroylaridan birida hashamatli balet musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Katta sahnada nafis harakatlar bilan raqsga tushayotgan juftlik goʻyo musiqa ohangiga singib ketgandek. Ularning har bir qadami, har bir burilishi san’at asaridek mukammal. Zal toʻla minglab tomoshabinlar hayrat va zavq bilan bu sehrli manzarani tomosha qilmoqda ularning nigohlari sahnadagi goʻzallikdan uzilmaydi. Shu on, Parij kechasi san’at, muhabbat va orzular uygʻunligiga aylanadi.

Va nihoyat raqs o‘z nihoyasiga yetdi. Sahnani jimgina sokinlik qopladi — tomoshabinlar hayratdan so‘ng bir lahzaga nafasini ham ushlab turishdi. Barcha ishtirokchilar parda ortida hayajon bilan natijani kutishardi. Yuraklar bir xil urar, ko‘zlar esa sahna tomon qadalgandi.

Shu payt natijalar e’lon qilina boshlandi:

— “Koreya balet maktabining vakillari — Kim Mira va Felix Lee g‘olib deb topildilar!”

Zal qarsaklardan jaranglab ketdi. Sahnaga chiqqan Mira va Felix tabassum ila bir-biriga qarashdi — ularning mehnati, kechayu kunduzgi mashg‘ulotlari, har bir qadamdagi fidoyiligi nihoyat o‘z samarasini berdi. Shu on saroyni chin san’at g‘alabasi yoritib yubordi.

Miraga sovrin tantanali tarzda topshirildi. U hayajon va quvonchdan jilmayib, sovrinni qo‘llarida mahkam ushlab turardi. Tomoshabinlarning olqishlari tinmayotgan paytda, u ko‘zlari bilan zalni aylanib chiqdi — kimnidir izlayotgandek. Nihoyat, u nigohlar orasidan tanish chehrani ko‘rdi. Bu — uning otasi edi. Mira beixtiyor qo‘llarini ko‘tardi va otasiga silkitib, “men uddaladim” degandek jilmaydi.

Shundan so‘ng sahnaga Felix va Mirani qisqa so‘z uchun mikrofon qarshisiga chaqirishdi. Avval Felix so‘z olib, jamoasi va ustozlariga minnatdorchilik bildirdi. So‘ng navbat Miraga keldi. U chuqur nafas olib, titroq ovoz bilan dedi:

— “Men juda ham hursandman. Barchangizga tashakkur! Ayniqsa, meni doimo qo‘llab-quvvatlagan otamga katta rahmat…”

Shu so‘zlarni aytgan zahoti Mira ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Zalda o‘tirgan otasi esa faxr va mehr bilan unga qarab turardi. Shu on, sahnada faqat g‘alaba emas — mehr, fidoyilik va orzularning kuchi ham nishonlanayotgan edi.

Bayram nihoyasiga yetdi. Sahnadagi chiroqlar asta o‘chib, zalda faqat iliq xotiralar qoldi. Ishtirokchilar kiyimlarini almashtirib, orqa sahnadan chiqib kelishar edi. Mira va Felix ham yonma-yon chiqishdi. Tashqarida ularni Miraning ota-onasi va ukasi kutib turardi.

Mira otasini ko‘rgan zahoti yuzida keng tabassum paydo bo‘ldi. U yugurib borib, otasining bag‘riga o‘zini tashladi. Namjoon esa qizini qattiq quchib, mehr bilan sochlarini siladi:

— “Barakalla, mademoiselle! Men senga ishongandim,” — dedi u faxr bilan.

Mira esa otasiga qarab, ko‘zlari namlanib dedi:

— “Men sizlar kelmaysizlar deb o‘ylagandim…”

Namjoon jilmayib, mashina tomon yurdi:

— “Qanday qilib kelmasligimiz mumkin, qizim, shunday muhim kunda!” — dedi u, orqadan bir dasta katta gul olib chiqib, Miraga uzatar ekan.

— “Bu gullar senga, qizalog‘im. Ular doim shunday ochilib tursin — sening yuragingdek,” — deb, qizining yuzidan mehr bilan o‘pdi.

Shu payt Miraning ukasi hazil aralash gapirib qoldi:

— “Qanday qizalog‘im,? U allaqachon 18 yoshda, tez orada 19ga kiradi-ku!”

Hammaning nigohi bir zumda unga qaratildi. Namjoon esa kulib dedi:

— “O‘g‘lim, bu nima deganing? Men uchun opang doim qizalog‘im bo‘lib qoladi, shundaymi?”

Mira otasining qo‘lidan ushlab, mehr bilan jilmaydi:

— “Huddi shunday, dadajon,” — dedi u va otasining yuzidan o‘pib qo‘ydi.

Oila bag‘rida mehr, faxr va quvonch bilan to‘la bu lahza Parij kechasini yanada yorqinroq qilgandek edi.