July 7

AMORE

6-qism
.
.
.
.
.

Yoongi kelayotgan mehmonni ko‘rishi bilan yuzida tabassum paydo bo‘ldi.

— Xush kelibsan, Taehyung.

Taehyung ham qo‘l uzatib, Yoongi bilan ko‘rishdi.

— Rahmat. Baxtli bo‘linglar.

Hari muloyim jilmaydi.

— Rahmat.

Yoongi mamnun ohangda ularning tanishtirishga kirishdi.

— Tanishib qo‘yinglar. Bu mening ayolim — Min Hari.

U Hari tomon mehr bilan qarab qo‘ydi.

— Bu esa qizim — Min Mira.

So‘ng Jimin tomon ishora qildi.

— Va jiyanim — Park Jimin.

Taehyung avval Jimin bilan qo‘l berib ko‘rishdi.

— Tanishganimdan xursandman.

— Men ham, — dedi Jimin odob bilan.

Keyin Taehyungning nigohi Miraga tushdi.

U labining chetida yengil tabassum bilan qo‘lini uzatdi.

— Tanishganimdan xursandman. Men Kim Taehyung.

Mira ham odob bilan uning qo‘lini siqdi.

— Men ham tanishganimdan xursandman.

Taehyung bir necha soniya Miraga qarab turdi. Qizning sokin va muloyim tabassumi beixtiyor uning e’tiborini tortgandi.

Buni chetda kuzatib turgan Jimin esa beixtiyor qoshlarini chimirdi. Jimin bilardi Taehyung kim va qanday ekanini.

U hech narsa demadi, ammo Taehyungning Miraga uzoqroq tikilib qolganini payqab, jaxli chiqardi.

Yoongi esa vaziyatni sezmagandek, kulimsirab gapni davom ettirdi.

— Taehyung chet eldagi hamkor kompaniyamiz rahbarlaridan biri. Ish yuzasidan ko‘p yillardan beri birga ishlaymiz. Va endi u Koreyada hamkormiz

— Umid qilamanki, bundan keyin ham tez-tez ko‘rishib turamiz, — dedi Taehyung ko‘zini Miradan uzmay.

— Albatta, — dedi Mira odob bilan jilmayib.

Jimin esa qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solgancha, indamay Taehyungga tikilib turardi. Uning ichida faqat gazab bor edi.

Kechki ovqatdan so‘ng ular mehmonxonada televizor tomosha qilib, samimiy suhbat qurib o‘tirishardi. Xonani iliq va sokin muhit qoplagan edi. Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i jaranglab, barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi.

Yoongi o‘rnidan turib eshik tomon yurmoqchi bo‘ldi, ammo undan oldin Mira jilmayib:

— O‘zim ochaman, — dedi.

U eshik oldiga borib, sekin tutqichni buradi. Eshik ochilishi bilan qarshisida turgan ayolni ko‘rib, ko‘zlari hayratdan kattalashdi.

— Siz… — dedi u hayron ohangda.

Eshik ortida turgan ayol ham Miraga tikilgancha, bir lahza indamay qoldi. Go‘yo ikkalasi ham bu uchrashuvni kutmagandek edi.

Orqa tomondan eshitilgan tanish ovoz esa sukunatni buzdi.

— Sumin…

Yoongining ovozida hayrat, sog‘inch qorishib ketgandi.