ZAYTUN KOʻZLIGIM
Parijning eng goʻzal saroylaridan birida hashamatli balet musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Katta sahnada nafis harakatlar bilan raqsga tushayotgan juftlik goʻyo musiqa ohangiga singib ketgandek. Ularning har bir qadami, har bir burilishi san’at asaridek mukammal. Zal toʻla minglab tomoshabinlar hayrat va zavq bilan bu sehrli manzarani tomosha qilmoqda ularning nigohlari sahnadagi goʻzallikdan uzilmaydi. Shu on, Parij kechasi san’at, muhabbat va orzular uygʻunligiga aylanadi.
Va nihoyat raqs o‘z nihoyasiga yetdi. Sahnani jimgina sokinlik qopladi tomoshabinlar hayratdan so‘ng bir lahzaga nafasini ham ushlab turishdi. Barcha ishtirokchilar parda ortida hayajon bilan natijani kutishardi. Yuraklar bir xil urar, ko‘zlar esa sahna tomon qadalgandi.
Shu payt natijalar e’lon qilina boshlandi:
— Koreya balet maktabining vakillari — Kim Mira va Lee Felix g‘olib deb topildilar!
Zal qarsaklardan jaranglab ketdi. Sahnaga chiqqan Mira va Felix tabassum ila bir-biriga qarashdi ularning mehnati, kechayu kunduzgi mashg‘ulotlari, har bir qadamdagi fidoyiligi nihoyat o‘z samarasini berdi. Shu on saroyni chin san’at g‘alabasi yoritib yubordi.
Miraga sovrin tantanali tarzda topshirildi. U hayajon va quvonchdan jilmayib, sovrinni qo‘llarida mahkam ushlab turardi.
Tomoshabinlarning olqishlari tinmayotgan paytda, u ko‘zlari bilan zalni aylanib chiqdi kimnidir izlayotgandek. Nihoyat, u nigohlar orasidan tanish chehrani ko‘rdi. Bu uning otasi edi. Mira beixtiyor qo‘llarini ko‘tardi va otasiga silkitib, “men uddaladim” degandek jilmaydi.
Shundan so‘ng sahnaga Felix va Mirani qisqa so‘z uchun mikrofon qarshisiga chaqirishdi. Avval Felix so‘z olib, jamoasi va ustozlariga minnatdorchilik bildirdi. So‘ng navbat Miraga keldi. U chuqur nafas olib, titroq ovoz bilan dedi:
— Men juda ham hursandman. Barchangizga tashakkur! Ayniqsa, meni doimo qo‘llab-quvvatlagan otamga katta rahmat…
Shu so‘zlarni aytgan zahoti Mira ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Zalda o‘tirgan otasi esa faxr va mehr bilan unga qarab turardi. Shu on, sahnada faqat g‘alaba emas mehr, fidoyilik va orzularning kuchi ham nishonlanayotgan edi.
Bayram nihoyasiga yetdi. Sahnadagi chiroqlar asta o‘chib, zalda faqat iliq xotiralar qoldi. Ishtirokchilar kiyimlarini almashtirib, orqa sahnadan chiqib kelishar edi. Mira va Felix ham yonma-yon chiqishdi. Tashqarida ularni Miraning ota-onasi va ukasi kutib turardi.
Mira otasini ko‘rgan zahoti yuzida keng tabassum paydo bo‘ldi. U yugurib borib, otasining bag‘riga o‘zini tashladi. Namjoon esa qizini qattiq quchib, mehr bilan sochlarini siladi:
— Barakalla, qizim! Men senga ishongandim, — dedi u faxr bilan.
Mira esa otasiga qarab, ko‘zlari namlanib dedi:
— Men sizlar kelmaysizlar deb o‘ylagandim…
Namjoon jilmayib, mashina tomon yurdi:
— Qanday qilib kelmasligimiz mumkin, qizim, shunday muhim kunda! — dedi u, orqadan bir dasta katta atirgul olib chiqib, Miraga uzatar ekan.
— Bu gullar senga, qizalog‘im. Ular doim shunday ochilib tursin sening yuragingdek, — deb, qizining yuzidan mehr bilan o‘pdi.
Shu payt Miraning ukasi hazil aralash gapirib qoldi:
— Qanday qizalog‘im,? U allaqachon 18 yoshda, tez orada 19ga kiradi-ku!
Hammaning nigohi bir zumda unga qaratildi. Namjoon esa kulib dedi:
— O‘g‘lim, bu nima deganing? Men uchun opang doim qizalog‘im bo‘lib qoladi, shundaymi?
Mira otasining qo‘lidan ushlab, mehr bilan jilmaydi:
— Huddi shunday, dadajon, — dedi u va otasining yuzidan o‘pib qo‘ydi.
Oila bag‘rida mehr, faxr va quvonch bilan to‘la bu lahza Parij kechasini yanada yorqinroq qilgandek edi.
Oradan biroz vaqt o‘tib Miraning onasi Sua xonim ham suhbatga qo‘shildi. U hazil aralash kinoya bilan Namjoonga qarab dedi:
— O‘zi men kelmasam ham bo‘lar ekan. Namjoon, o‘zingiz kelganingiz yaxshi bo‘ldi, chunki qizingiz sizdan boshqa hech kimni ko‘rmaydi shekilli.
U shunday deb hazilomuz ishora qildi. Bu gapni eshitganlar kulib yuborishdi. Mira esa darrov onasining oldiga borib, uni quchoqladi.
— Nega unday deysiz, onajon? Sizni ham juda yaxshi ko‘raman. Faqat dadamni sal ko‘proqda
dedi u kulib, otasiga koʻz qisib qarab.
— Ha-ha, mayli, seni otang tugʻgan-ku. Baribir seni tabriklayman, qizim. Yutuqlaring bundan ham ko‘p bo‘lsin.
U Miraning yuzidan mehr bilan o‘pib qo‘ydi. So‘ng Felixga qarab qo‘shib qo‘ydi:
— Felix, seni ham tabriklayman. Bu yutuqda sening ham mehnating ancha.
Felix muloyim jilmayib javob berdi:
— Rahmat, Sua xola. Juda xursand bo‘ldim.
— Aka, aka, meni eshityapsizmi?
Katta yo‘lda ketayotgan mashinaning orqa o‘rindig‘ida aka-singil o‘tirishardi. Aslida esa faqat singlisi gapirardi akaning xayoli butunlay boshqa joyda edi.
Soniya biroz jahli chiqib ovozini ko‘tardi. Shunda Suga xayolidan chiqib, unga qaradi.
— Ha, ha, nima bo‘ldi? Nega baqiryapsan?
— Uzr, eshitmay qolibman. Qaytadan aytchi.
— Men ham bugun birinchilikni qo‘lga kiritdim, bilgan bo‘lsangiz.
— Ha, bilaman. Sen skripkani shunaqangi ajoyib chaldingki, hamma hayratda qoldi, singiljon.
U mehr bilan singlisining yuzidan o‘pib qo‘ydi.
— Koreyaga qaytganimizda nima istasang, bajo keltiraman. Hopmi?
Soniya darrov akasining ko‘zlariga umid bilan qaradi.
— Nima istasam, o‘shani hammasini?
Suga uning qarashidan nimani nazarda tutayotganini sezib, ensasini qotirdi.
— Men sen o‘ylagan narsani nazarda tutmadim.
Soniya darrov xafa bo‘lib, lablarini burishtirdi.
— Yo tavba, shunaqayam qiz boladimi? Men u yigitni xohlamayman. U sendan sakkiz yosh katta axir!
— Nima qilibdimush Bo‘ldi mavzuni o‘zgartir. Uyga borgach gaplashamiz. Ha, aytgancha, baletda yutgan o‘sha bola bilan qiz ham sen bilan o‘qiymimi?
Shundan keyin mashina ichida yana sukut cho‘kdi.
— Qizim, sen shu yerda qolasanmi yoki biz bilan ketasanmi?
Mira hayrat bilan otasiga qarab.
— Voy, dada, sizlar bugun ketasizlarmi?
— Ha, albatta. Ertaga muhim ishlarim bor, shuning uchun qaytishim kerak.
Shunda Felix ham suhbatga qo‘shildi
— Ha, biz qolmoqchi edik. Ertaga shaharni aylanishni va yutug‘imizni nishonlashni rejalashtirgandik, amaki.
Namjoon bir oz o‘ylanib turdi-da, bosh irg‘adi.
— Unday bo‘lsa mayli. Felix, unga ko‘z-quloq bo‘l, hopmi?
— Dada, men yosh bola emasman-ku
— Albatta, amaki. Xavotir olmang, uni ehtiyot qilaman.
Otasi kulimsirab bosh qimirlatdi.
— Unda biz ketdik. O‘zingizni ehtiyot qilinglar, hopmi?
Ular bir-birlari bilan iliq xayrlashishdi. So‘ng Miraning ota-onasi aeroportga yo‘l olishdi.
Mira va Felix esa mehmonxonaga ketishdi.
— Mira bir narsa soʻramoqchi edim.
— Nima uchun otangni bu qadar yaxshi koʻrasan? aytmoqchimanki mening ham otam bor lekin bu qadar mexribon emas.
Mira biroz oʻylanib qoldi va kulimsirab javob berdi.
— Chunki u mening haqiqiy otam emas.
— Qanaqasiga? Men buni bilmagan edim.
— Shunaqasiga gapirishga gap koʻp lekin shuni aytamanki haqiqiy otam judda vaxshiy va insofsiz edi.