AMORE
Mana, nihoyat to‘y kuni ham yetib keldi.
Tong sahardan Minlar xonadonida shoshqaloqlik hukm surardi. Xizmatkorlar mehmonlarni kutib olish uchun so‘nggi tayyorgarliklarni ko‘rishar, bezaklar yana bir bor tekshirilar, hovlida esa gullarning yoqimli hidi taralib turardi.
Ammo bu quvonchli muhitda faqat bitta insonning ko‘ngli g‘ash edi.
U deraza oldida oppoq to‘y libosini kiygancha jim turardi. Ko‘zlari uzoqqa qadalgandi. Bir necha kun ichida hayoti butunlay o‘zgarib ketgandi.
Otasi bilan hali ham deyarli gaplashmagan.
Yoongi esa bu to‘yni qizining baxti uchun emas, uning kelajagini saqlab qolish uchun to‘g‘ri qaror deb o‘ylardi.
Mira esa… bu qarorga rozi bo‘lgani bilan, yuragi hali ham bunga tayyor emasdi.
Shu payt eshik sekin taqillatildi.
Ichkaridan Harining mayin ovozi eshitildi.
Hari xonaga kirib, oppoq libosdagi Mirani ko‘rishi bilan bir zum to‘xtab qoldi.
Hari uning yoniga kelib qo‘lidan ushladi.
Mira javob berishdan oldin ko‘zlariga yosh qalqdi.
— Bilmayman… Hammasi juda tez bo‘ldi.
— Hali hammasi yaxshi bo‘ladi. Faqat o‘zingni yo‘qotma.
Pastki qavatda esa Yoongi qora kostyumda mehmonlarni kutib olishga tayyor turardi.
Uning chehrasi odatdagidek jiddiy edi.
Ammo ich-ichidan yuragi g‘ash edi.
Qizini bugun uzatayotgan bo‘lsa-da, oxirgi kunlarda aytilgan og‘ir so‘zlar va yuz bergan voqealar uni ham tinch qo‘ymayotgandi.
Tashqarida esa mehmonlar birin-ketin kelishni boshlashgan, to‘y marosimini boshlash uchun esa sanoqli daqiqalar qolgan edi.
Mira xonasida deraza oldida jim turardi. Oppoq libosi tong nurlarida yanada ko‘rkam ko‘rinar, ammo uning chehrasida kelinchakka xos quvonchdan asar ham yo‘q edi.
Bu ovozni eshitgan Mira ortiga burildi.
Jimin sekin ichkariga kirib, eshikni yopdi. Bir necha soniya Miraga tikilib qoldi. So‘ng uning yoniga kelib, divanga o‘tirdi.
Mira mayin jilmayishga urindi.
Nihoyat Jimin chuqur xo‘rsinib gap boshladi.
— Mira… hammasi men sabab bo‘ldim.
Jimin ko‘zlarini yerga qadadi.
— Agar o‘sha voqea bo‘lmaganida… bugun sening hayoting boshqacha bo‘lardi. Orzularing, rejalaring… Hammasi o‘z yo‘lida ketardi.
Uning ovozida aybdorlik yaqqol sezilib turardi.
— Men sabab sen o‘zing xohlamagan yo‘lga kirayotgandeksan.
— Balki… Taehyung ham meni orzularim tomon olib borar.
Bu gapni aytsa-da, ovozida ishonch sezilmasdi.
— Lekin bir narsani bilaman… Men seni baxtsiz ko‘rishni hech qachon istamaganman.
— Meni kechir. Balki ming marta kechirim so‘rasam ham kamdir.
— Sizni allaqachon kechirganman.
Bu javobni eshitgan Jiminning ko‘zlari namlandi.
U o‘rnidan turib, Miraning bagʻriga bosdi.
— Baxtli bo‘l… Qaysi yo‘lni tanlasang ham.
Xuddi shu payt eshik yana taqillatildi.
Bu safar ichkariga Yoongi kirdi.
U bir lahza Jimin va Miraga qarab turdi.
— Biz biroz yolg‘iz gaplashish kerak.
U Miraga so‘nggi bor qarab, mayin tabassum qildi.
Shunday deb xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilgach, xonada faqat Yoongi va Mira qoldi. Og‘ir sukunat ikkisini ham qurshab oldi. Yoongi esa qiziga qarab, bir necha kun oldin aytgan og‘ir so‘zlari yodiga tushgan bo‘lsa-da, gapni qayerdan boshlashni bilmay turardi.
Yoongi xonaga kirgach, bir necha soniya Miraga indamay tikilib turdi.
Ko’zlarida avvalgidek g’azab emas, balki og’ir iztirob bor edi.
Mira esa boshini egib turardi.
Faqat qo’lini ko’tarib, Miraning peshonasidan ohista o’pdi.
Bu — go’yo minglab aytilmagan so’zlarning o’rnini bosgan sukut edi.
Miraning ko’zlariga yana yosh qalqdi.
U sekin qizining qo’lidan ushladi.
Xonadan ikkalasi birga chiqishdi.
Pastki qavatda mehmonlar allaqachon yig’ilishgan, marosim boshlanishini kutishardi. Ularni ko’rgan zahoti atrof sukutga cho’mdi.
Yoongi qizining qo’lini mahkam ushlagancha, uni sekin qadamlar bilan marosim o’tkaziladigan joy tomon boshlab bordi.
Mira esa otasining yonidan indamay yurardi.
Har bir qadami unga og’ir tuyulardi.
Marosim maydonchasiga yetishgach, Taehyung qora kostyumda ularni kutib turardi.
U Mirani ko’rishi bilan labida samimiy tabassum paydo bo’ldi.
Yoongi bir lahza Taehyungning ko’zlariga tikildi.
So’ng sekin Miraning qo’lini ushlab, uni Taehyungning qarshisiga olib keldi.
Bir necha soniya hech kim gapirmadi.
Yoongi chuqur nafas olib, qizining qo’lini sekin Taehyungning qo’liga qo’ydi.
Yoongining ovozi past, ammo qat’iy edi.
— Men uchun bu dunyodagi eng qadrli inson.
— Sizga va’da beraman. Uni hech qachon xafa qilmayman.
Yoongi yana bir bor Miraga qaradi.
Ko’zlari namlangan bo’lsa-da, buni hech kimga sezdirmadi.
U asta qizining qo’lini qo’yib yubordi.
Mira esa otasining ortidan termulib qoldi.
Shu lahzada u bir narsani his qildi.
Otasi uni kechirmagan bo’lishi mumkin edi…
Ammo baribir qo’lidan ushlab, hayotining navbatdagi bosqichigacha o’zi olib kelgandi. Bu esa, barcha og’riqlarga qaramay, uning qalbida hali ham otalik mehri so’nmaganidan darak berardi.
Mira xonasida deraza oldida jim turardi. Oppoq libosi tong nurlarida yanada ko‘rkam ko‘rinar, ammo uning chehrasida kelinchakka xos quvonchdan asar ham yo‘q edi.
Bu ovozni eshitgan Mira ortiga burildi.
Jimin sekin ichkariga kirib, eshikni yopdi. Bir necha soniya Miraga tikilib qoldi. So‘ng uning yoniga kelib, divanga o‘tirdi.
Mira mayin jilmayishga urindi.
Nihoyat Jimin chuqur xo‘rsinib gap boshladi.
— Mira… hammasi men sabab bo‘ldim.
Jimin ko‘zlarini yerga qadadi.
— Agar o‘sha voqea bo‘lmaganida… bugun sening hayoting boshqacha bo‘lardi. Orzularing, rejalaring… Hammasi o‘z yo‘lida ketardi.
Uning ovozida aybdorlik yaqqol sezilib turardi.
— Men sabab sen o‘zing xohlamagan yo‘lga kirayotgandeksan.
— Balki… Taehyung ham meni orzularim tomon olib borar.
Bu gapni aytsa-da, ovozida ishonch sezilmasdi.
— Lekin bir narsani bilaman… Men seni baxtsiz ko‘rishni hech qachon istamaganman.
— Meni kechir. Balki ming marta kechirim so‘rasam ham kamdir.
— Sizni allaqachon kechirganman.
Bu javobni eshitgan Jiminning ko‘zlari namlandi.
U o‘rnidan turib, Miraning bagʻriga bosdi.
— Baxtli bo‘l… Qaysi yo‘lni tanlasang ham.
Xuddi shu payt eshik yana taqillatildi.
Bu safar ichkariga Yoongi kirdi.
U bir lahza Jimin va Miraga qarab turdi.
— Biz biroz yolg‘iz gaplashish kerak.
U Miraga so‘nggi bor qarab, mayin tabassum qildi.
Shunday deb xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilgach, xonada faqat Yoongi va Mira qoldi. Og‘ir sukunat ikkisini ham qurshab oldi. Yoongi esa qiziga qarab, bir necha kun oldin aytgan og‘ir so‘zlari yodiga tushgan bo‘lsa-da, gapni qayerdan boshlashni bilmay turardi.
Rohib marosimni tantanali tarzda yakunladi. Nikoh so‘zlari yangradi va ikki yosh rasman er-xotin deb e’lon qilindi.
Mehmonlar ularni qarsaklar bilan tabriklashdi. Birin-ketin baxt tilaklari yangradi, suratlarga tushildi, to‘y esa ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Ammo bu quvonchli muhit orasida Mira o‘zini begona his qilardi. U tabassum qilardi, lekin bu tabassum yuragidan emas, odob yuzasidangina edi.
Taehyung esa buni sezardi. Shu sababli u Mirani biror narsaga majburlamadi, faqat yonida bo‘lib, o‘zini imkon qadar muloyim tutishga harakat qildi.
Kech kirib, mehmonlar ham asta-sekin tarqala boshlashdi.
Nihoyat, kelin-kuyov ham kuzatilib, Taehyungning uyiga yo‘l olishdi.
Mashina ichida chuqur sukunat hukm surardi.
Na Mira, na Taehyung biror og‘iz so‘z aytardi.
Faqat mashina oynasi ortidagi chiroqlar birin-ketin ortda qolib borardi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, ular uy oldiga yetib kelishdi.
Taehyung avval mashinadan tushdi. So‘ng aylanib kelib, Miraning eshigini ochdi.
Mira bir zum ikkilanib turdi-da, uning qo‘lidan ushlab mashinadan tushdi.
Taehyung darhol qo‘lini tortib olmadi, faqat Mira muvozanatini tiklab olguncha ushlab turdi.
So‘ng ikkalasi yonma-yon uy tomon yurishdi.
Taehyung eshikni ochib, Miraga yo‘l berdi.
Mira sekin ichkariga qadam qo‘ydi.
Uy keng va did bilan bezatilgan edi. Har bir burchak ozoda, shinam va zamonaviy ko‘rinardi. Yangi gullarning yoqimli hidi butun xonaga taralgan, mayin yorug‘lik esa uyga iliq muhit bag‘ishlab turardi.
Mira atrofga bir nazar tashladi.
Taehyung eshikni yopib, uning yoniga keldi.
— Bilaman… bugun siz uchun juda og‘ir kun bo‘ldi.
Uning ovozi sokin va muloyim edi.
— Sizni hech narsaga shoshiltirmayman. Bu uyni o‘zingizni uyingizdek his qilishingiz uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha kutaman.
Mira unga hayrat bilan qaradi.
U Taehyungdan bunday gaplarni kutmagandi.
Shu birgina so‘z bilan javob berdi u.
Mira indamay bosh irg‘adi va Taehyung ortidan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Yangi hayotning ilk qadamlari aynan shu uyning ostonasidan boshlanayotgandi.