AMORE
Yoongi kelayotgan mehmonni ko‘rishi bilan yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
Taehyung ham qo‘l uzatib, Yoongi bilan ko‘rishdi.
Yoongi mamnun ohangda ularning tanishtirishga kirishdi.
— Tanishib qo‘yinglar. Bu mening ayolim — Min Hari.
U Hari tomon mehr bilan qarab qo‘ydi.
So‘ng Jimin tomon ishora qildi.
Taehyung avval Jimin bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
— Men ham, — dedi Jimin odob bilan.
Keyin Taehyungning nigohi Miraga tushdi.
U labining chetida yengil tabassum bilan qo‘lini uzatdi.
— Tanishganimdan xursandman. Men Kim Taehyung.
Mira ham odob bilan uning qo‘lini siqdi.
— Men ham tanishganimdan xursandman.
Taehyung bir necha soniya Miraga qarab turdi. Qizning sokin va muloyim tabassumi beixtiyor uning e’tiborini tortgandi.
Buni chetda kuzatib turgan Jimin esa beixtiyor qoshlarini chimirdi. Jimin bilardi Taehyung kim va qanday ekanini.
U hech narsa demadi, ammo Taehyungning Miraga uzoqroq tikilib qolganini payqab, jaxli chiqardi.
Yoongi esa vaziyatni sezmagandek, kulimsirab gapni davom ettirdi.
— Taehyung chet eldagi hamkor kompaniyamiz rahbarlaridan biri. Ish yuzasidan ko‘p yillardan beri birga ishlaymiz. Va endi u Koreyada hamkormiz
— Umid qilamanki, bundan keyin ham tez-tez ko‘rishib turamiz, — dedi Taehyung ko‘zini Miradan uzmay.
— Albatta, — dedi Mira odob bilan jilmayib.
Jimin esa qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solgancha, indamay Taehyungga tikilib turardi. Uning ichida faqat gazab bor edi.
To‘y ham asta-sekin o‘z nihoyasiga yetib borardi. Mehmonlar birin-ketin yangi kelin-kuyov bilan xayrlashib, iliq tilaklarini bildirib uylariga qaytishardi.
Hovlida endi faqat yaqin insonlargina qolgan edi.
Jimin qo‘lidagi mashina kalitini aylantirib, Yoongining yoniga keldi.
— Amaki, men ham endi bora qolay.
— Ha, mayli. Ehtiyot bo‘lib bor.
Shu payt Mira ularning suhbatini eshitib qoldi.
— Shoshmay turing, men ham ketaman.
Yoongi hayron bo‘lib qiziga qaradi.
Mira labida ayyorona tabassum bilan otasiga qaradi.
— Sizlarni yolg‘iz qoldiray, deyapman-da.
Hari bu gapni eshitib uyalib kulib yubordi.
Mira esa kulgancha qo‘lini silkitdi.
— Kimdan o‘rgangan ekana? — deb Hari hazillashib kuldi.
— Bilmayman, — dedi Yoongi kulgisini yashirmay.
Mira zinadan yugurib chiqib, ko‘p o‘tmay oddiy kiyimlarini kiygan holda yana pastga tushdi.
U Hari bilan quchoqlashib xayrlashdi.
So‘ng Mira otasini quchoqladi.
Yoongi qizining peshonasidan o‘pdi.
Ikkovlon tashqariga chiqishdi. Jimin mashinaning eshigini ochib berdi. Mira o‘tirgach, o‘zi ham haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi.
Mashina asta hovlidan chiqib ketdi.
Yoongi va Hari esa eshik oldida turib, ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha ortidan qarab turishdi.
Yoongi sekin Harining qo‘lidan ushladi va oziga tortdi.
Hari jilmayib, qollarini uning yelkasiga qo‘ydi.
Hari qorniga mayin qo‘l qo‘ydi.
Yoongi ham uning qo‘lini ushlab, mehr bilan kuldi. Shu oqshom ular uchun yangi oilaviy hayotning ilk kuni edi.
Yo‘l bo‘yi Jimin va Mira turli kulgili mavzularda gaplashib, bir-birlarini masxara qilib kelishdi. To‘yda bo‘lgan qiziq voqealarni eslab kulishar, shu tariqa vaqt qanday o‘tganini ham sezishmadi.
Ko‘p qavatli turar joy oldiga kelishgach, mashinadan tushib lift tomon yurishdi.
Liftga kirishgach, Jimin qo‘lidagi kiyim solingan sumkaga qaradi.
— Nimaga yana kiyim olib olding?
U sumkaga ishora qilib so‘radi.
— Ertaga ishga boraman. Nima, shu oddiy kiyimda borishim kerakmi? Yoki Harudan kiyim olib tursam bo‘ladimi?
Jiminning yuzidagi tabassum bir zumda yo‘qoldi.
— Nima? Sen mening emas, Haruning uyiga kelayotganmiding?
— Ha. Nima deb o‘ylagandingiz?
Lift kerakli qavatga yetib to‘xtadi.
Ikkovlon tashqariga chiqishdi. Mira hech ikkilanmay Jiminning eshigi yonidan o‘tib, ro‘parasidagi xonadon eshigi oldiga bordi va qo‘ng‘iroqni bosdi.
Mira uning tomonga burilib qaradi.
— Nega unga hali ham imkon berib ko‘rmaysiz?
U gapini tugatishga ulgurmay, eshik ochildi.
— Hayrli kech, — dedi Mira tabassum bilan.
Haru shunda Jiminni ham ko‘rib, odob bilan salom berdi.
Jimin bir lahza unga qaradi, ammo hech narsa demadi.
Shu so‘zlarni aytib, u yonidagi eshikni ochdi-da, ortiga qaramasdan o‘z uyiga kirib ketdi.
Haru uning ortidan bir necha soniya termulib qoldi.
So‘ng sekin xo‘rsinib, Miraga qaradi.
— U hali ham mendan xafa, shundaymi?
— Xafa emas… shunchaki hali yuragini ishontira olmayapti.
— Demak, kutishda davom etaman.
Mira uning yelkasiga mayin qo‘l qo‘ydi.
— Ba’zan eng qimmatli insonlar uchun biroz kutishga arziydi.
Haru ham sekin jilmaydi va ikkalasi birga uy ichkarisiga kirib ketishdi.
Shu tariqa kunlar birin-ketin o‘ta boshladi.
Harining homilasi ham kundan-kunga ulg‘ayib borardi. Kechagina homilador ekanini bilgan bo‘lishsa, mana endi to‘rtinchi oyini qarshi olayotgandi. Yoongi esa Harini bir daqiqa ham yolg‘iz qoldirmas, ovqatidan tortib dam olishigacha hamma narsaga e’tibor berardi. Mira esa har kuni ularning uyiga kelib, bo‘lajak ukasi yoki singlisi bilan hazillashib, Harining qorniga gapirib ketishni odat qilgandi. Ular bilan birga yashardi ammo ora orada ularni yolgiz qoldirardi.
⸻
Kechki ovqatdan so‘ng ular mehmonxonada televizor tomosha qilib, samimiy suhbat qurib o‘tirishardi. Xonani iliq va sokin muhit qoplagan edi.
Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i jaranglab, barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi.
Yoongi o‘rnidan turib eshik tomon yurmoqchi bo‘ldi. Ammo undan oldin Mira jilmayib:
— O‘zim ochaman, — dedi.
U eshik oldiga borib, sekin tutqichni burdi.
Eshik ochilishi bilan qarshisida turgan ayolni ko‘rib, ko‘zlari hayratdan kattalashdi.
— Siz… — dedi Mira hayron ohangda.
Ayol ham bir necha soniya indamay turdi.
— Mira…
Mira uning bu gapidan battar hayratlandi.
Ayol javob berishga ulgurmay, ort tomondan eshitilgan tanish ovoz sukunatni buzdi.
— Sumin…
Yoongi eshik yoniga kelishi bilan joyida qotib qoldi.
Uning ko‘zlarida hayrat, sog‘inch va ishonchsizlik qorishib ketgandi.
Hari ham divandan turib, navbatma-navbat Yoongi va eshik oldida turgan ayolga qaradi.
— Yoongiaaa… — dedi ayolning ovozi titrab.
Mehmonxonani og‘ir sukunat qopladi.
Miraning ko‘zlari bir zumda yoshga to‘ldi.
U o‘zini tutolmay ayolni mahkam quchoqlab oldi.
Sumin ham mehr bilan uni bag‘riga bosdi.
— Qayerlarda yuribsiz? Sizni juda sog‘indim axir…
Sumin Miraning sochlarini silab qo‘ydi.
— Men ham seni sog‘indim, kichkina.
Mira darrov boshini ko‘tarib, arazlagandek labini burdi.
— Mayli, mayli. Endi katta qiz bo‘lib qolibsan.
Yoongi ham oldinga yurib, Suminni samimiy quchoqladi.
Bu manzarani kuzatib turgan Hari beixtiyor qoshlarini chimirdi. Erining boshqa ayolni bemalol quchoqlaganini ko‘rib, ichida yengil rashk uyg‘ondi.
U o‘rnidan turib, ularning yoniga yaqinlashdi.
Sumin esa Yoongiga qarab kuldi.
— Lanati, shunaqayam tog‘a bo‘lasizmi? Toyingizga chaqirmadingiz.
Hari bu gapni eshitib hayron bo‘ldi.
Shunda Sumin nihoyat Hariga e’tibor qaratdi.
U muloyim jilmayib, boshini egdi.
Hari ham odob bilan javob qaytardi.
Yoongi vaziyatni tushuntirib qo‘ydi.
— Sumin, tanishib qo‘y. Bu mening ayolim — Hari.
Hari ham bosh irg‘ab salomlashdi.
— Hari, bu esa opamning qizi. Jiminning opasi. Bir necha yil safarda bo‘lib, endi qaytib keldi.
Hari ichidagi noqulaylik darrov yo‘qoldi.
— Demak, siz Jiminning opasisiz?
Shu payt Mira hazillashib dedi:
— Mana, endi uyimiz yana gavjum bo‘ladi.
Sumin kulib Miraning burnini sekin chimdib qo‘ydi.
— Sen hali ham o‘sha-o‘sha ekansan.
Xona ichidagi taranglik asta-sekin yo‘qolib, o‘rnini yana samimiy suhbat egallay boshladi.
Ular mexmonxonaga kirib otirishdi. Mira Suminga har xil savollar berib gapirar edi shu payt Yoongi Italiyan tilida gapirdi…
— Haru sen qanaqasiga qochib kelding…
Haru ham sergak tortib unga qaradi va Italiyan tilida javob qaytardi…
— Meni yaralashdi va kecha aperatsiya boldim va qochdim…
Yoongi asabiylashdi va hayrat bilan unga qarab yana kores tilida gapirdi…
— Voqt ham kech boldi endi honaga chiqib dam olinglar men esa Haru bilan biroz holi qoldiringlar…