November 25

XATO

—1—

Hayot… har doim ham biz tasavvur qilganimizdek nurafshon, shirin va ertaklarga to‘la bo‘lmaydi. Ba’zan u odamni sinaydi, ba’zan esa eng quvonchli kun ham ko‘ngilni g‘ash qiladigan og‘riq bilan bosh­lanadi.

Bugun Mira va Hyunjin toʻylariga bir yil boʻlgan kun.

Mira ertalab odatdagidek o‘qishga tayyorlanib, asta pastga tushdi. Oshxonada Hyunjin allaqachon o‘tirar, nonushtani sokin, o‘z holicha qilayotgan edi. Qoshlarining orasida tund chiziq, nigohi esa odatdagidan sovuqroq edi.

Mira bir so‘z demay uning qarshisiga o‘tirdi. Choynakdan choy quyarkan, ko‘ngli nimadandir bezovta bo‘ldi. U Hyunjinga sekin qarab qo‘yardi ehtimol, bugungi sana esiga tushar, hech bo‘lmasa bir tabassum qilarmikan, degan umid bilan.

Ammo Hyunjin… hech narsani sezmagandek, beparvolarcha nonushtasini davom ettirdi. Biror marta ham Miraga qarab qo‘ymadi. Nihoyat, likobini surib qo‘ydi, stulini sekin itardi va hech qanday so‘zsiz o‘rnidan turdi.

Mira uning ketayotgan qadam tovushlarini eshitib qoldi.
Hyunjin eshikni ochdi. Lekin ortiga ham bir qarab qo‘ymadi.

U shunchaki indamay chiqib ketdi.

Miraning yuragi esa shu sokinlik ichida og‘irroq urib qo‘ydi xuddi o‘z to‘y sanasini faqat o‘zi eslayotgandek…

Mira Hyunjinning indamay ketganini ko‘rgach, chuqur xo‘rsinib qo‘ydi. To‘y yilligi ertak bo‘lish o‘rniga, yana bir oddiy, hatto og‘riqli kun bo‘lib qolgandi.

Lekin vaqt kutmaydi. U bugun ham o‘qishga borishi kerak edi. Mira asta tayyorlanib, sumkasini oldi va uydan chiqdi. Sovuq shabada yuziga tegarkan, ichidagi alamni bir zum bo‘lsa ham sovitgandek bo‘ldi.

Mira hozirda universitetda iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha 4-kursda o‘qirdi. Bu yil bitiradi. Oldinda himoya, amaliyot, imtihonlar — katta mas’uliyatlar kutib turardi.
U nimaga erishishni aniq bilardi: mustaqil hayot, o‘z kuchiga tayanish, hech kim bosimi bo‘lmagan kelajak.

Mira universitet hovlisiga kirib keldi. Shamolda uning sochlari yengil tebranar, qoʻlida daftar-uskunalari. Darvoza yonida esa uzoqdan nimanidir kutib turgandek, uning azaliy doʻsti Bangchan koʻrinardi. U Mirani koʻrishi bilanoq yuziga tabassum yugurdi.

Mira: Salom.

Bangchan: Vah nihoyat kelding!

Mira: Nega kesatasan Men senga aytdimmi kutib tur deb?

Bangchan: Xoʻp, xoʻp, qizishma. Yur, ketdik.

Ular yonma-yon yurib ketishdi. Aslida esa shuncha tortishishlariga qaramay, ikkalasi ham buni koʻnikkan edi chunki ular bolalikdan birga ulgʻaygan, ajralmas ahil doʻstlar edi. Va hozir ham shu mehr, shu yaqinlik oʻzgarmagan…

Vanihoyat soat millari 20:00 ni ko‘rsatdi. Hyunjin kompaniyadagi oxirgi hujjatlarni tugatib, charchoq aralash nafas bilan uyiga qaytdi. Uy esa g‘ira-shira, g‘alati sukunatga cho‘mgan, go‘yoki hech kim yashamaydigan bo‘sh makon kabi edi. U bir og‘iz gapirmay to‘g‘ri o‘z xonasiga chiqdi, kiyimlarini almashtirib dushga kirdi. Sovuq devorlar ham bugun unga begona tuyulardi.

Dushdan chiqqach, u mehmonxonaga tushdi. Bar stolidan viskiy olib, o‘ziga bir stakan quydi. Yorug‘lik ostida ichimlikning oltin ranglari miltillab turardi. Hyunjin kresloga yonboshlab o‘tirib, sokinlikka cho‘mgancha o‘y sura boshladi. U ichki bo‘shliqni to‘ldirish uchun ichimlikni emas, balki biror iliqlikni, biror odamni kutayotgandek edi…

Shu payt tepadan sekin qadam tovushlari eshitildi. Mira zinadan tushib kelardi.

Mira: Hayrli kech.

Hyunjin u tomonga bir qarab qo‘ydi-da, sovuq ovozda:
— Senga ham.

Mira hech narsa demay oshxonaga kirib suv ichdi va yana chiqib ketdi. U orqasiga qaytishi bilan Hyunjinning telefoni jiringlab qoldi. U beparvo go‘shakni ko‘tardi.

Hyunjin: Eshitaman.

Bona: Salom, azizim. Qalaysan?

Hyunjin: Nima deysan?

Bona: Bugun kelmading. Seni sog‘indim.

Hyunjin: Senga qachondir hisob berganmanmi?

Bona (kulimsirab): Hmm… bugun to‘y kuning bo‘lgani uchun hotining bilan nishonlayapsanmi?

Hyunjin beixtiyor o‘rnida tik o‘tirib qoldi.
— Nima deysan?

Bona: Axir bugun to‘ying bo‘lganiga bir yil bo‘ldi-ku. Hozir xotinig bilan birga nishonlayotgandirsan, deb o‘yladim.

Hyunjin: Bona, bu kun mening esimda ham yo‘q edi. Sen eslatding toʻyim boʻlgan kuni.

Shu payt zinadan chiqayotgan Mira Bona ismini, suhbatning ohangini eshitib qoldi. Yuragi birdan siqilib ketdi… go‘yo kimdir ichida nimanidir yulib tashlagandek. U hech narsa demay, bir zum to‘xtadi-da, ko‘zlari namlanib, tezda yuqoriga qaytib ketdi.

Hyunjin Miraning holatini ko‘rib qoldi. Suhbatning qanchalik og‘ir ekanini endi anglagandek bo‘ldi. U bir so‘z aytmay go‘shakni qo‘ydi.

Hyunjin: Ayy, lanati… Qanday qilib bu kunni unutdim? U hafa bo‘lgan bo‘lsa kerak…

O‘zini o‘zi koyigancha zinaga yugurdi, Miraning honasiga yetib bordi. Eshikni ochmoqchi bo‘ldi lekin u qulflangan edi.

Xona ichida Mira eshikka suyanib turardi. So‘ng kuchsizgina yotoqqa borib o‘zini tashlab yubordi.

Mira: Nima deb o‘ylagan eding? U hattoki bu kunni ham unutgan… Ming la’nat bo‘lsin hammasiga…

Ko‘z yoshlariga chiday olmay, yostiqqa yuzini yashirdi. Yig‘isi ichida asta-sekin holdan toydi va ko‘zlari yumilib, uyqu uni og‘ir quchoq kabi o‘ziga tortdi…

Ertalabki tong sokin, havo biroz salqin edi. Mira odatdagidek erta uyg‘onib, o‘qishga tayyorlandi. Sochlarini yig‘ib, kitoblarini sumkasiga joyladi. Ichida kechagi og‘riq hali ham so‘nmagan, yuragi og‘ir edi. Pastga tushganida esa zinaning eng pastida Hyunjinga to‘qnash kelib qoldi.

Hyunjin stol yonida turgan, charchoq bilan birga xavotir ham yuzidan bilinib turardi.

Hyunjin: Hayrli tong…

Mira unga qarashga ham kuch topolmadi. Shunchaki boshini yengil chayqab qo‘ydi. Ovoz chiqarmasa ham, uning jimligi hammasidan og‘ir edi.

Hyunjin: Gaplashib olamizmi? Kechagi kun… rost aytam, men… unutibman. Uzur.

Mira yelkasini qimirlatib qo‘ydi, ammo ko‘zlarida alam uchqunlari porladi.

Mira: Hechqisi yo‘q. Axir… eslab qolishingizga sabab ham yo‘q edi.

Hyunjin o‘sha so‘zlardan bir zumda seskanib ketdi, ko‘niki olmagan og‘riqday qattiq botdi.

Hyunjin: Unday dema… bu mutlaqo unday emas.

Mira chuqur nafas oldi. So‘zlar og‘ir, ammo yuragida yig‘ilib yotganini aytmasdan bo‘lmasdi.

Mira: Balki… ajrasharmiz.

Hyunjinning nafas olishi ham to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U hayrat, qo‘rquv va pushaymonlikni bir vaqtda his qildi.

Hyunjin: Nega birdan bu qarorga kelding?

Mira uning ko‘ziga tik qarashga majbur bo‘ldi. Ovozi titrar, ammo qat’iy edi.

Mira: Bu qarorga… boshida kelishgan edik. Sen ham, men ham… istagimiz yo‘qligini aytgandik. Faqat vaqt… shunchaki o‘tdi. Lekin hech narsa o‘zgarmadi. Shunday emasmi

U shunday deb sumkasini olib chiqib ketdi. Hyunjin esa uning ortidan qarab turarkan, birinchi marta bu so‘zlar haqiqiy bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqandek edi...

1-qisim tamom

.
.
.
.
.