October 3

AMORE

.
.
.
.
.
11-qism

Oradan ikki kun o‘tdi.

Shu qisqa vaqt ichida Mira va Temu bir-biriga ancha ko‘nikib qolishgandi. Temu har qadamda Miraning ortidan ergashar, u bilan turli mavzularda gaplashar, ba’zida esa shunchaki yonida o‘tirib, uning quchog‘iga suyanib olardi.

Mira ham Temuni asta-sekin o‘ziga yaqin ola boshlagandi. Bolakayning beg‘uborligi va samimiyligi uning qalbidagi og‘irliklarni biroz bo‘lsa-da yengillashtirardi.

Taehyung esa ularni kuzatib, kundan-kunga o‘zgarib borardi. Avvallari Miraga nisbatan sovuqroq va talabchan bo‘lgan bo‘lsa, endi uning holidan xabar oladigan, nima xohlashini so‘raydigan va unga ehtiyotkorlik bilan munosabat qiladigan bo‘lib qolgandi.

Uchovlari birga o‘tirgan paytlarda uy ichida avvalgidan ko‘ra iliqroq muhit paydo bo‘lardi.

Temu esa bundan juda xursand edi.

U uchun Mira allaqachon shunchaki otasining turmush o‘rtog‘i emas, balki o‘zi sog‘ingan mehrni berayotgan insondek tuyula boshlagandi.

Mehmonxonada Hari va Yoongi yonma-yon o‘tirib, samimiy suhbatlashib o‘tirishardi. Bir payt Yoongi chuqur xo‘rsindi.

— Qizimni sog‘inib ketdim…

Hari unga mehr bilan qaradi.

— Unda kechki ovqatga chaqiraylik.

Yoongi biroz o‘ylanib turdi.

— Yaxshi fikr. Unda Taehyungga telefon qilaman.

— Yo‘q, — dedi Hari jilmayib. — Avval Miraga qo‘ng‘iroq qiling. U sizning telefon qilganingizdan xursand bo‘ladi.

Yoongi bir zum jim qoldi. So‘ng telefonini olib, Miraning raqamini terdi.

Bu payt Mira uyda edi. Telefon jiringlaganini ko‘rib, ekranda “Dada” degan yozuvni ko‘rishi bilan ko‘zlari quvonchdan chaqnadi.

U darhol qo‘ng‘iroqqa javob berdi.

— Alo, dada!

Qizining quvnoq ovozini eshitgan Yoongining ham lablariga beixtiyor tabassum yugurdi.

— Salom.

— Ahvollaringiz yaxshimi?

— Ha, yaxshi. Sizlarchi?

— Biz ham yaxshimiz.

Yoongi bir oz sukut saqladi.

— Ertaga kechki ovqatga sizlarni taklif qilmoqchi edik.

Miraning ko‘zlari yana quvonchdan porladi.

— Rostdanmi? Albatta boramiz!

— Yaxshi unda.

Mira bir zum jim qoldi. Go‘yo anchadan beri yuragida turgan savolni berishga jur’at topayotgandek edi.

— Dada…

— Ha?

— Meni… kechirdingizmi?

Telefonning narigi tomonida sukut cho‘kdi.

Yoongi ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.

— Ha.

Miraning ko‘zlari yoshlandi.

— Rostdanmi?

Ammo Yoongi boshqa hech narsa demadi.

— Ertaga ko‘rishamiz.

Shunday deb qo‘ng‘iroqni yakunladi.

Mira esa telefonini qo‘llari orasida ushlab, bir necha soniya qimirlamay o‘tirdi. Keyin yuziga sekin tabassum yugurdi.

Oradan ikki kun o‘tgan bo‘lsa-da, u nihoyat otasining yuragida o‘zi uchun hali ham joy borligini his qilgandi.

Hari Yoongining yuzidagi mayin tabassumni ko‘rib, qiziqib so‘radi:

— Nima bo‘ldi?

Yoongi telefonini sekin stol ustiga qo‘ydi.

— Nazarimda, u juda xursand bo‘lib ketdi…

Hari jilmaydi.

— Uni kechirganingizdan xursandman. Endi Jimin ham kelishi kerak. Axir biz bir oilamiz. Ertaga u ham birga bo‘lsin.

Yoongi bir oz o‘ylanib turdi. So‘ng bosh irg‘adi.

— Xo‘p.

U telefonini yana qo‘liga oldi va Jiminning raqamini terdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, qo‘ng‘iroq ulandi.

— Alo, tog‘a?

— Jimin, ertaga kechki ovqatga uyga kel.

Telefonning narigi tomonida bir necha soniya sukut saqlandi.

Jimin hali ham tog‘asining undan xafa ekanini o‘ylab yurgandi. Shu sababli bu taklifni kutmagandi.

— Men ham boraymi?

Yoongi uning savolidan biroz hayron bo‘ldi.

— Nima deganing bu? Albatta borasan. Sen ham bizning oilamizsan.

Jimin chuqur nafas oldi.

— Xo‘p, tog‘a. Boraman.

— Yaxshi. Ertaga ko‘rishamiz.

— Mayli.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi.

Yoongi telefonini joyiga qo‘ydi.

Hari esa unga qarab jilmaydi.

— Ko‘rdingizmi? Sekin-sekin hammasi o‘z joyiga tushadi.

Yoongi uning qo‘lidan ushladi.

— Umid qilaman…

Taehyung Miraning yuzidagi quvonchni ko‘rib, qiziqib so‘radi:

— Tinchlikmi? Juda xursand ko‘rinyapsan.

Mira jilmayib unga qaradi.

— Dadam bizni ertaga kechki ovqatga taklif qildilar.

Taehyungning yuzi biroz jiddiylashdi.

— Sen nima deding?

— Albatta boramiz, dedim.

Taehyung Miraning yoniga yaqinlashdi.

— Men rozi bo‘lmasam-chi?

Mira uning gapidan kulib yubordi. Qo‘llarini Taehyungning yelkasiga qo‘yib, unga yaqinlashdi.

— Bilaman… Siz yo‘q demaysiz. Shundaymi?

Taehyung javob berish o‘rniga jilmaydi.

Mira Taehyunga yaqinlashib lablaridan mayin bosa oldi.

Taehyung esa qizning belidan quchib, uni o‘ziga yaqinroq tortdi.

— Demak, mening fikrimni ham oldindan bilarkan-san?

Taehyung ham bosani chuqurlashtirdi Mira kulib, undan biroz uzoqlashdi.

— Albatta.

Taehyung yana unga yaqinlashmoqchi bo‘lganida, Mira uni to‘xtatdi.

— Bo‘ldi, yetadi. Hozir Temu ko‘rib qoladi.

Taehyung qoshlarini chimirdi.

— Nima qilibdi?

Mira kulib yubordi.

— U hali yosh bola. Bizni shunday ko‘rsa, keyin sizdan so‘rayveradi.

Taehyung ham kuldi.

— Mayli, unda yana kechroq gaplashamiz.

Shu payt eshik ortidan Temuning ovozi eshitildi:

— Dada! Oyijon! Qayerdasizlar?

Mira va Taehyung bir-birlariga qarab kulishdi.

— Ko‘rdingizmi? — dedi Mira. — Aytdim-ku.

Taehyung boshini chayqab, eshik tomon yurdi.

— Kelyapman

Ertangi kun ham tezda o‘tib, kechki ovqat vaqti ham yaqinlashdi.

Mira va Temu allaqachon kiyinishib, tayyor bo‘lib olishgandi. Temu hayajon bilan dadasini kutar, Mira esa vaqti-vaqti bilan soatga qarab qo‘yardi.

Ammo Taehyung hali kelmagandi.

Nihoyat, Miraning telefoni jiringladi.

— Alo, Taehyung? Kelyapsizmi?

— Ha, ha, kelyapman. Tashqariga chiqinglar.

— Xo‘p.

Mira telefonni qo‘ydi.

— Temu, ketdik. Dadang keldi.

— Yaxshi!

Ikkalasi tashqariga chiqishdi.

Taehyung mashinadan tushib, ularga eshik ochib berdi. Temu darhol orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Mira ham uning yoniga joylashdi.

Taehyung hayron bo‘lib Miraga qaradi.

— Nega oldimga o‘tirmading?

Mira indamadi.

Taehyung mashinani ishga tushirib, unga yana bir qarab qo‘ydi.

— Xafa bo‘lma endi. Biroz kech qolganim uchun shunchalik arazlayapsanmi?

Mira yana javob bermadi.

Taehyung uning sukutidan nima bo‘lganini tushunmay, bir muddat jim qoldi.

Orqa o‘rindiqda esa Temu dadasiga, keyin Miraga qarab qo‘yardi.

Mira derazadan tashqariga qarab, indamay o‘tirardi.

Taehyung esa uning nega bunchalik jim bo‘lib qolganini o‘ylab, mashinani Yoongilarning uyi tomon haydashda davom etdi.

Min xonadoni

Taehyung, Mira va Temu nihoyat Minlar xonadoniga yetib kelishdi. Taehyung mashinani to‘xtatgach, uchovlari birgalikda uy tomon yurishdi.

Taehyung eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi.

Oradan ko‘p o‘tmay, eshik ochildi. Qarshilarida Hari turardi.

— Ooo, xush kelibsizlar! — dedi Hari yuzida iliq tabassum bilan.

— Rahmat, — dedi Mira va darhol Harining holidan xabar oldi. — O‘zingiz qalaysiz? Qiynalmay yuribsanmi?

Hari kulib, qorniga bir qarab qo‘ydi.

— Ha, yaxshiman. Hali o‘zim yuribman-ku.

Mira ham jilmaydi.

— Ehtiyot bo‘l, xo‘pmi?

— Xo‘p, xo‘p. Qani, ichkariga kiringlar.

Temu esa Hariga qarab qiziqib qoldi.

— Siz Hari xola bo‘lasizmi?

Hari bolakayga mehr bilan qaradi.

— Ha, men Hari xolaman. Sen esa Temu bo‘lsang kerak?

Temuning ko‘zlari chaqnab ketdi.

— Ha! Meni qayerdan bildingiz?

—Oyijoning aytib berganlar.

Temu onasiga qarab qo‘ydi.

— Oyim men haqimda ko‘p gapiradilarmi?

Mira kulib yubordi.

— Juda ko‘p.

Mira esa ularning suhbatini kuzatib, beixtiyor jilmaydi.

— Qani, bolalar, ichkariga kiraylik, — dedi Hari. — Hamma sizlarni kutyapti.

Ular uy ichiga kirishar ekan, Mira bir zum to‘xtab, chuqur nafas oldi.

Bugun u yana o‘z oilasi davrasiga qaytib kelgandi.

Ichkariga kirishgach, Mira birinchi bo‘lib otasining oldiga bordi.

— Dadajon!

Yoongi ham qizini bag‘riga bosib, mehr bilan hol-ahvol so‘rashdi.

— dada. Sizni sog‘indim.

Shu payt Temu Miraning yoniga kelib, Yoongiga qiziqib qaradi.

— Oyijon, bu kim?

Mira jilmayib, bolakayga qaradi.

— Bu sening bobong bo‘ladi.

Temuning ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi.

— Rostdanmi?

Yoongi ham qo‘llarini unga tomon uzatdi.

— Qani, o‘zimga kel-chi, kichkintoy.

Temu bir zum Taehyungga qaradi. Nigohidan go‘yo «Maylimi?» deb so‘rayotgani bilinib turardi.

Taehyung jilmayib, bosh irg‘adi.

— Boraver.

Temu shu zahoti Yoongining oldiga yugurib bordi. Yoongi uni bag‘riga ko‘tarib oldi.

— Xo‘sh, kichkintoy, tanishamizmi? Men sening bobong Yoongi bo‘laman.

Temu unga sinchiklab qarab turdi.

— Men esa Temuman. Ammo siz juda yosh ko‘rinar ekansiz.

Yoongi kulib yubordi.

— Shunaqami? Demak, bobong yosh ko‘rinarkan-da?

U Temuning loppi yuzlaridan mehr bilan o‘pib qo‘ydi.

Temu esa birdan jiddiy qiyofa kasb etdi.

— Unda siz bobom bo‘lsangiz, buvim ham bormi?

Yoongi kulib, Hariga qaradi.

— Ha, albatta. Ana u.

Temu Hariga qaradi.

— Men ularni xolam degandim…

Hari ham kulib yubordi.

Temu davom etdi:

— Ammo ular ham juda yosh ko‘rinar ekanlar.

Bu gapdan keyin xonadagi barcha kulib yubordi.

Hari esa kulgancha Temuga yaqinlashdi.

— Voy, buncha shirinsan Temu janoblari.

Temu ham kulib yubordi.

Yoongi esa uni bag‘rida mahkam ushlab:

— Mana, endi oilamizda yana bir kichkina odam paydo bo‘ldi, — dedi.

Mira otasiga va Temuga qarab jilmaydi.

Uning ko‘nglida qandaydir iliq tuyg‘u paydo bo‘lgandi. Temuning bu oilaga shunchalik tez kirishib ketayotganini ko‘rib, ich-ichidan xursand edi.

Barcha dasturxon atrofiga yig‘ilib, kechki ovqatni boshlashdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Jimin va Haru ham kelib, ularga qo‘shilishdi.

Mira ularni ko‘rib, mamnun jilmaydi.

— Sizlarni yana birga ko‘rib turganimdan juda xursandman.

Haru ham jilmayib bosh irg‘adi.

— Rahmat.

Dasturxon atrofida samimiy suhbatlar davom etardi. Hamma bir-biri bilan gaplashib, kulishar, xonadonda anchadan beri bo‘lmagan iliq muhit hukm surardi.

Yoongi esa Temuni o‘z tizzasiga o‘tkazib, unga ovqat yedirardi. Temu bundan juda xursand edi. U bobosining yonidan ketishni xayoliga ham keltirmasdi.

Bir mahal Temu Yoongiga qarab so‘radi:

— Bobojon, siz meni bog‘chadan olib keta olasizmi?

Yoongi hech ikkilanmay javob berdi:

— Albatta. Qachon desang, o‘sha kuni borib seni olib ketaman.

Temuning ko‘zlari quvonchdan chaqnadi.

— Uraaa! Bu juda zo‘r! Endi men do‘stlarimga bobom haqida maqtanaman. Mening bobom ularning bobolaridan yosh va kelishgan ekanini ham aytaman!

Taehyung darhol o‘g‘liga qaradi.

— Temu, uyat bo‘ladi.

Ammo Yoongi kulib yubordi.

— Hechqisi yo‘q. Temu shunday xohlasa, bir kunni tanlaymiz. O‘sha kuni bog‘changga o‘zim borib, seni olib ketaman. Keyin meni bilan uyga borasan, ertasi kuni esa yana oz uyinga qaytasan. Qalay?

— Zo‘r bo‘ladi!

Temu quvonchdan sakrab ketay dedi.

Yoongi uning boshini silab qo‘ydi.

— Unda kelishdik.

— Kelishdik, bobojon!

Temu xursand bo‘lib, yana Yoongining bag‘riga suyanib oldi.

Buni kuzatib turgan Mira beixtiyor jilmaydi. Taehyung ham o‘g‘lining bunday xursandligini ko‘rib, yuzida tabassum paydo qildi.

Hari esa Yoongiga qarab kulimsiradi.

— Nazarimda, bugun siz yangi nabirangizni o‘zingizga butunlay o‘rgatib oldingiz.

Yoongi Temuni mahkamroq quchib:

— Nima qilay, nevaram o‘zi juda shirin ekan, — dedi.

Temu darhol gapga qo‘shildi:

— Men ham bobomni yaxshi ko‘raman!

Bu gapdan so‘ng dasturxon atrofidagi barchaning yuziga tabassum yugurdi.

Оvqаtdаn sо‘ng Мirа birоz tоzа hаvо оlish uсhun tаshqаrigа сhiqdi. Наvо sаlqin, tun esа sоkin edi.

Vаqt hаm аnсhа keсh bо‘lib qоlgаndi. Jimin vа Наru hаm uylаrigа qаytishgа qаrоr qilishib, bаrсhаlаr bilаn хаyrlаshib tаshqаrigа сhiqishdi.

Ulаr eshik оldidа turgаn Мirаni kо‘rib qоlishdi.

— Кetаyарsizlаrmi? — deb sо‘rаdi Мirа.

— На, endi bоrаmiz, — dedi Jimin.

Мirа jilmаydi.

— Ishхоnаdа nimа gарlаr? Мensiz zerikmаyарsizlаrmi?

Наru kulib yubоrdi.

— Zerikyарmiz. Оrаmizgа tezrоq qаyt.

— Аlbаttа qаytаmаn. — Мirа birоz о‘ylаnib turdi. — Таehyungdаn sо‘rаb kо‘rаmаn.

— Аytgаnсhа… — dedi Наru birdаn.

— На?

Наru Мirаgа qаrаb, kulimsirаdi.

— Аnаvi оshiqing bоr-ku…

Мirа hаyrоn bо‘ldi.

— Кim?

— О‘shа seni deb kelаverаdigаn yigit-dа. Оdаmning jоnigа tegdi.

Мirаning kо‘zlаri kаttаlаshdi.

— Yо‘g‘-e! Наli hаm kelаyарtimi?

— На, kelаyарti. Yetmаgаndаy, qо‘lidа dоim sen yахshi kо‘rаdigаn оq аtirgullаr.

Мirа bоshini сhаyqаdi.

— Rоstdаn hаm hаli hаm umidini uzmаgаnmi?

Jimin hаm suhbаtgа qо‘shildi.

— U hаttо mening оldimgа hаm kelib, seni sо‘rаdi.

Мirа ungа qаrаdi.

— Yаnа?

— На. Shunсhаlik yахshi kо‘rаr ekаn seni.

Мirа birоz jim qоldi.

— Мeni hаmmа yахshi kо‘rishinibilаmаn .

Наru vа Jimin bir-birigа qаrаb kulib yubоrishdi.

Аmmо ulаr bir nаrsаni bilishmаsdi.

Еshikning nаrigi tоmоnidа Таehyung turаrdi.

U tаsоdifаn ulаrning suhbаtini eshitib qоlgаn vа indаmаy turаrdi.

Мirаning bоshqа bir erkаk hаqidа gарirаyоtgаnini, о‘shа erkаk esа hаli hаm uni sevishini eshitgаn sаri Таehyungning yuzi tоbоrа jiddiylаshib bоrаrdi.

Аyniqsа, uning qо‘lidа оq аtirgullаr bоrligi hаqidаgi gар Таehyunggа yоqmаgаndi.

U Мirаning bоshqа erkаk tоmоnidаn sevishini eshitib, iсh-iсhidаn rаshk qilа bоshlаdi.

Demаk, hаli hаm kelаverаdi…

Таehyungning nigоhi sоvuqlаshdi.

U о‘zi hаm tushunmаgаn hоldа rаshk qilаyоtgаnini аnglаb yetdi.

Ахir Мirа endi uning хоtini edi.

Аmmо negа uning о‘tmishidаn qаytа-qаytа раydо bо‘lаyоtgаn bu insоn Таehyungning g‘аshigа tegаyоtgаndi?

U eshik yоnidа yаnа bir neсhа sоniyа jim turdi.

Sо‘ng heсh nаrsа bо‘lmаgаndek, iсhkаrigа qаytib kirdi.

Аmmо uning хаyоlidа fаqаt bittа sаvоl аylаnаrdi:

«Мirа u yigitni hаli hаm yахshi kо‘rаdimi?»

.
.
.
.
.
11- qism tamom