May 19

AMORE

Ep-3
.
.
.
.
.

Oʻtirgan zahoti Jimin Mirani ozi tomonga tordi va lablaridan chuqur va extirosli bosa ola boshladi…

Mashinadagi kichik, ammo ehtirosga to‘la bo‘sadan so‘ng ikki yosh asta bir-biridan uzoqlashdi. Salon ichida faqat ularning tezlashgan nafaslari eshitilib turardi. Mira hanuz yuragi tez urayotganini his qilardi, Jimin esa bir necha soniya unga tikilib qoldi.

So‘ng u sekin jilmayib, mashinani qayta ishga tushirdi.

Tungi shahar chiroqlari oynadan lipillab o‘tarkan, mashina Jiminning uyi tomon yo‘l oldi. Mashina ichidagi sukunat avvalgidek noqulay emasdi.

Mashina asta-sekin uy tomon yetib keldi. Jimin yashaydigan joy baland ko‘p qavatli turar joylardan biri edi. U mashinani yerosti turargohiga ehtiyotkorlik bilan joyladi.

Ikkalasi ham indamay mashinadan tushishdi. Jimin mashina eshigini qulflayotgan paytda Mira lift tugmasini bosdi. Bir necha soniyadan keyin lift eshiklari ochildi. Avval Mira, uning ortidan esa Jimin ichkariga kirdi.

Jimin kerakli qavat tugmasini bosdi.

Lift yuqoriga ko‘tarilar ekan, ichkarida og‘ir sukunat hukm surardi. Jimin yo‘l bo‘yi bir og‘iz ham gapirmadi. Uning jiddiy yuzi va jimligi Mirani yanada asabiylashtirardi.

Mira ichida turli xayollar bilan band edi.

U Jiminning bu sukutidan uning juda asabiy ekanini sezib turardi. Lift devoridagi oynada ularning aksi ko‘rinib turardi: biri sovuqqina jim, biri esa ichida ming xil o‘y bilan turardi.

Nihoyat lift kerakli qavatga yetib to‘xtadi. Eshiklar asta ochildi.

Mira birinchi bo‘lib chiqdi. Jimin esa ortidan yurib, uy eshigi oldida to‘xtadi. Mira uning eshik parolini kiritayotganini korib yuragi biroz tez ura boshladi.

Jimin indamay eshikni ochdi.

Ikkalasi ham ichkariga kirishdi. Uy ichidagi sokinlik esa lift ichidagi sukunatdan ham og‘irroq tuyulardi.

Jimin eshikni yopishi bilan Mirani devorga suyab, yana bo‘sa ola boshladi. Bu safargi bo‘salar avvalgidan ancha shoshqin va ehtirosli edi. Go‘yo ichida yig‘ilib qolgan barcha hissiyotlarini shu orqali chiqarayotgandek.

Mira ham uning bo‘salariga javob qaytarardi. Yuragi tez urar, nafasi esa asta-sekin chalkashib borardi. Jimin bir qo‘li bilan qizning belidan mahkam ushlab turarkan, ikkinchi qo‘li bilan ustidagi pidagini yechib, polga tashladi.

So‘ng u Mirani birdan ko‘tarib oldi.

Mira beixtiyor uning yelkasidan ushladi. Hali ham lablari bir-biridan ajralmagan holda, Jimin uni yotoqxona tomon olib ketdi.

Xonaga kirgach, u Mirani ehtiyotkorlik bilan yotoqqa qo‘ydi. Bir necha soniya ikkalasi ham bir-biriga tikilib qoldi.

Jimin qizning unga tikilib qolganini sezib, yengil kulib qo‘ydi.

Jimin: Nima, mening mushaklarim haligi “latta”nikiga o‘xshamas ekanmi?

Yigit oʻz shimini ham yechib polga tashladi va asta Miraga yaqinlashdi. Mira esa uning gapidan nihoyat hammasini tushungandek bo‘ldi.

Mira: Siz… boyagi gaplarim uchun jahlingiz chiqqanmidi?

Jimin boshini bir tomonga og‘dirib kulimsiradi.

Jimin: “Jahl” — dedi past ovozda. — Men shunchaki asabiylashdim.

U Miraning yuziga yaqinlashib, ko‘zlariga tikildi.

Jimin: Nega deysanmi? Chunki menga tegishli bolganlarga boshqa birov ko‘z olaytirishini yoqtirmayman.

Bu gapdan Miraning yuragi yana tez ura boshladi. Jimin esa uning yuzidan tushib ketgan soch tolalarini qulog‘i ortiga surdi. Ularning orasidagi masofa tobora qisqarib, xona ichidagi taranglik yanada kuchayib borardi.

Yigit qizning barcha kiyimlaridan halos qildi. Jimin qizni lablaridan bosa olarkan Mira ham unga qoshilib bosa olardi. Jiminning qollari qizning tanasi boylab sayr qilar ekan bundan qizning tanasida extiros boshlanib ketti. Jimin lablari bilan bosa olsa qollari bilan esa qizni kokraklarini qattiq ezib oynar edi

Mira: ayy sekinroq

Jimin: bugun sekin degan soz ishlatmaymiz faqat ismimni aytib tezlatishimni sora

Qizni ostini uqalashni boshladi. Qizni ostini nam bolganiga ishonch hosil qilib ogohlantirishsiz kirtib yubordi.

Mira: imxxx…

Jimin qizni oyoqlarini belidan orab oldi va unga judda tez kirib chiqishni boshladi. Bundan qiz ham yigit ham rohat bilan nola qilishar edi.

Sal kam ikki soat davom etgan aloqadan keyin xona ichini og‘ir sukunat egalladi. Tashqarida tun allaqachon chuqurlashgan, faqat deraza ortidagi shahar chiroqlari xira yorug‘lik berib turardi.

Oxirgi marta Miraning chuqur kirib Jimin chuqur nafas oldi-da, uning yoniga yotdi. Xona ichida hali ham issiq va ehtirosli muhit sezilib turardi. Ikkisi ham holdan toyganidan ko‘p o‘tmay uyquga ketishdi.

Erta tong.

Deraza ochiq qolgani uchun bahorning mayin shamoli xonaga kirib, pardalarni asta tebratardi. Quyoshning iliq nuri yotoqqa tushib turardi.

Mira sekin ko‘zlarini ochdi Yoniga qaradi Jimin yo‘q edi.

U yana boshini yostiqqa qo‘ymoqchi bo‘lganida, yuvinish xonasi eshigi ochildi. Beliga faqat birgina sochiq o‘ragan Jimin tashqariga chiqdi. Sochlaridan hali ham suv tomchilab turardi.

Jimin: Hayrli tong, — dedi u xotirjam ohangda.

Jimin sochiqni olib, kiyinishni boshladi. Ammo Mira unga javob qaytarmadi.

Yigit uning jimligini sezib, ortiga qaradi.

Jimin: Nima, mendan xafamisan?

Mira istehzoli kulib qo‘ydi.

Mira: Yo‘q, juda xursandman.

U yotoqqa suyangancha Jimin tomonga ensa qotirib qaradi.

Jimin ko‘ylagining tugmalarini qaday turib xo‘rsindi:

Jimin: Menga unday qarama. Asabimni buzishing kerak emasdi.

Mira bir necha soniya jim qoldi. So‘ng past, ammo titroq ovozda gap boshladi:

Mira: Bizning oramizda nima bor, Jimin?

Yigitning harakati sekinlashdi.

Jimin: Nima demoqchisan?

Mira ko‘zlarini undan uzmadi.

Mira: Biz kimmiz demoqchiman. Na oramizda sevgi bor… na boshqa aniq narsa. Bu meni charchatdi. Qachongacha shunday yashaymiz bilmayman. Ba’zida siz meni, ba’zida men sizni… shunchaki bir-birimizni qoniqtirib yashayotganimizdan toydim.

Gapining oxirida uning ovozi sinib ketdi. Mira ko‘z yoshlarini yashira olmay yig‘lab yubordi.

Jimin sekin uning yoniga kelib, yuzidan oqayotgan yoshlarni artdi.

Jimin: Seni bu ishlarga men majburladimmi? Yo‘q. O‘zing ham rozi bo‘lgansan, shundaymi?

Bu gap Miraga yanada og‘ir botdi.

Mira: O‘sha tunga ming la’nat… — dedi u titroq ovozda.

Shunday deb, jahl bilan o‘rnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Eshik yopilishi bilan xona yana jim bo‘lib qoldi.

Jimin bir necha soniya joyida qotib turdi. So‘ng sekin boshini egib, o‘zicha pichirladi:

Jimin: O‘zim ham ichimda nimalar bo‘layotganini bilmayman…

U kiyinishini tugatdi-da, avval xonadan, keyin esa uydan chiqib ketdi.

Oradan yarim soatcha o‘tgach, Mira yuvinish xonasidan chiqdi. Sochlarini sochiq bilan artarkan, telefonini qo‘liga oldi.

Jimindan xabar kelgan edi.

Xabarda qisqagina yozilgandi:

“Bugun ishga borma. Dugonalaringni ham ogohlantirib qo‘y. Soat 11:00 da mana bu manzilga yetib kel.”

Mira uzoq vaqt ekranga tikilib qoldi. Ammo javob yozmadi.

Shunchaki chuqur xo‘rsinib, dugonalariga qo‘ng‘iroq qilib, bugun ishga bormasliklarini aytib qoydi.

Ertalabdan qizlar yig‘ilib bo‘lishgandi. Bugun ular loyiha qilinadigan obyektni ko‘rgani borishlari kerak edi. Hamma tayyor turardi, ammo soat deyarli o‘nga yaqinlashsa ham, hali hech kim kelmagandi.

Hari qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab, asabiy yurib qo‘ydi.

Hari: Nahotki unutishgan bo‘lsa… — dedi u norozi ohangda.

Sua esa divanda o‘tirib telefon titkilardi:

Sua: Balki yo‘lda qolishgandir.

Hari oxiri chidamay telefonini olib, Janob Minga qo‘ng‘iroq qildi.

Ko‘p kutmay, narigi tomondan jiddiy ovoz eshitildi:

Yoongi: Eshitaman.

Hari: Janob, bizni olib ketgani kelasizlarmi? — dedi Hari tez-tez gapirib.

Telefon ortida qisqa jimlik bo‘ldi.

Yoongi: Kim edi bu?

Hari ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.

Hari: Yo xudoyim… men Shin Hari. Kecha shartnoma tuzgandik. Bugun obyektni ko‘rgani borishimiz kerak edi. Siz olib ketamiz deganingiz uchun kutib turgandik.

Qizning qanchalik asabiylashayotgani tez gapirayotganidan bilinib turardi.

Yoongining birdan esiga tushdi.

Yoongi: Ha… to‘g‘ri. Bo‘ldi, hozir borib sizlarni olib ketamiz.

Hari darrov rad etdi:

Hari: Shart emas. Manzilni bering, o‘zimiz boramiz.

Yoongi bir soniya o‘ylanib:

Yoongi: Xo‘p, — dedi.

Qo‘ng‘iroq tugashi bilan u manzilni yubordi. So‘ng mashina kalitlarini olib, o‘zi ham yo‘lga chiqdi.

Qizlar ham yo‘lga chiqishdi. Mashina ichida ular loyiha haqida gaplashib borishardi. Ko‘p o‘tmay, yuborilgan manzilga yetib kelishdi.

Bino oldida Suho va Yoongi ularni kutib turardi.

Yoongi qizlarni ko‘rishi bilan oldinga yurdi:

Yoongi: Mazur tutasizlar, qizlar. Rostan ham hayolimdan ko‘tarilibdi.

Haru muloyim jilmaydi:

Haru: Hechqisi yo‘q, janob.

Yoongining nigohi qizlar orasida kimnidirdir qidirayotgandek yurdi.

Yoongi: Mira qani? Nega ko‘rinmayapti?

Qizlar bir-biriga qarab qolishdi. Bir necha soniyalik noqulay jimlikdan keyin Sua gapirdi:

Sua: Kecha biroz ichgandik… Mira uxlab qoldi. Shunga chaqirmadik.

Yoongi bir lahza indamay turdi. Uning yuzidan nimani o‘ylayotganini bilish qiyin edi.

Yoongi: Tushunarli, — dedi oxiri.

Shundan keyin ular bino ichkarisiga kirishdi. Ichkarida hali ta’mir boshlanmagan katta va keng joy bor edi. Devordagi chizmalar, qurilish jihozlari va ochiq qolgan beton hididan bu yer hali tugallanmagan loyiha ekanligi bilinib turardi.

Hari atrofga qarab yurarkan:

Hari: Bu joy juda katta ekan.

Suho bosh irg‘adi:

Suho: Restoran va premium lounge birgalikda qilinadi. Shu sabab dizayn juda muhim.

Qizlar ham asta-sekin ish muhitiga kirib ketishdi. Hari planshetini olib, joy o‘lchamlarini yozishni boshladi. Sua esa devor va oynalarga qarab turli g‘oyalarni aytardi.

Yoongi ularning ishga jiddiy yondashayotganini kuzatib turarkan, ichida biroz yengillik his qildi. Balki bu safar loyiha haqiqatan ham yaxshi qo‘llarga topshirilgandi.

Soat asta-sekin o‘n birga yaqinlashardi. Mira Jimin yuborgan manzil tomon yo‘l oldi. Mashina oynasidan tashqariga qarab ketarkan, ichida allaqanday xavotir paydo bo‘layotgandi.

Manzilga yaqinlashgan paytda telefoniga yana xabar keldi.

“3-qavat, 27-xona. Ichkarida seni doktor Sara ismli ayol kutib oladi. Qolganini o‘zi tushuntiradi.”

Mira xabarni bir necha soniya tikilib o‘qidi.

U ko‘rsatilgan binoga kirib, lift orqali uchinchi qavatga ko‘tarildi. Koridordagi jimjitlik yuragini yanada bezovta qilardi. Nihoyat “27” raqami yozilgan eshik oldida to‘xtadi va sekin taqillatdi.

Sara: Kiring, — degan muloyim ovoz eshitildi ichkaridan.

Mira eshikni ochib ichkariga kirdi.

Mira: Salom… men Min Mira bo‘laman.

Xona yorug‘ va sokin edi. Javonlarda kitoblar, stol ustida esa gullar turardi. Qarshisidagi ayol unga iliq tabassum qildi.

Sara: Ha, xabardorman. Keling, o‘tiring.

U o‘rnidan turib Mirani kutib oldi. Mira asta borib kresloga o‘tirdi.

Ayol choynakdan bakal ichiga choy quyib, uning oldiga qo‘ydi.

Sara: Avval o‘zimni tanishtirsam, ismim Sara. Men psixologman.

Mira odob bilan bosh irg‘adi:

Mira: Tanishganimdan xursandman.

Sara yengil jilmaydi.

Sara: Bu kungaboqar choyi. Juda foydali va tinchlantiruvchi. Iching… va o‘zingizni erkin qo‘yishga harakat qiling.

U Miraga diqqat bilan qaradi.

Sara: Siz bilan hamma narsani gaplashishimiz uchun, avvalo o‘zingiz bunga ruxsat berishingiz kerak. Bu yerda sizni hech kim ayblamaydi. Shunchaki tinglaymiz va tushunishga harakat qilamiz.

Mira choydan sekin ho‘pladi. Xona ichidagi iliq muhit va Saradagi sokinlik asta-sekin uning tarangligini kamaytirayotgandek edi.

Sara indamay Miraga qarab turardi. Xona ichida faqat choy hidining mayin isi va qizning titroq nafasi sezilib turardi.

Sara: Menga bir boshidan aytib berishingiz mumkin, — dedi Sara sokin ovozda.

Mira achchiq kulib qo‘ydi.

Mira: Ichimdan nimalar o‘tayotganini siz qayerdan ham bilasiz…

Sara boshini yengil qimirlatdi.

Sara: Hammasini emas… ammo yetarlicha bilaman. Janob Park menga ayrim narsalarni aytgan. Men shu yerda sizga o‘sha og‘irlikni yengib o‘tishga yordam berish uchunman.

Mira indamadi. Qo‘lidagi choyga tikilgancha jim o‘tirardi.

Sara muloyim ohangda davom etdi:

Sara: Qani… boshlang.

Mira chuqur nafas oldi. Qo‘llari sekin titrardi.

Mira: O‘sha kecha mening tug‘ilgan kunim edi… o‘n sakkizga to‘lgandim. Do‘stlarim bilan clubda nishonlash uchun yig‘ilgandik. Kulib, o‘ynab mazza qilayotgandik…

U bir lahza to‘xtab ko‘zlarini yumdi.

Mira: Men ichmaslikka qaror qilgandim. Chunki ichsam o‘zimni yo‘qotib qo‘yishimni bilardim. Ammo bir yigit majburlayverdi…
Afsuski… u ichimlikka dori qo‘shgan ekan. Men buni bilmagan edim.

Sara diqqati bilan uni tinglab turardi.

Mira: Ko‘p o‘tmay o‘zimni yomon his qila boshladim. Haligi yigit meni clubdagi xonalardan biriga olib kirdi… Keyin yotoqqa itardi…

Miraning ko‘zlariga yosh to‘ldi.

Mira: U menga yaqinlashayotgandi. Men qarshilik qilardim… ammo hushim joyida emasdi. Go‘yo qo‘llarim ham ishlamasdi…

Qizning ovozi titrab ketdi.

Mira: Shu payt eshik ochildi. Jimin kirib keldi.

U beixtiyor yengil nafas oldi, go‘yo o‘sha onni yana ko‘rayotgandek.

Mira: U haligi yigitni mendan tortib olib, musht tushurib doposlar edi. Men esa divanda oyoqlarimni quchoqlab qaltirab o‘tirardim…

Mira ko‘z yoshlarini artdi.

Mira: Keyin Jimin yonimga keldi. “Mira, senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi… Men esa nima bo‘layotganini tushunmasdim.

Sara sekin:

Sara: Keyinchi?..

Mira: U meni dush tagiga olib bordi. Muzdek suv yoqdi… lekin foydasi bo‘lmadi. Tanam yonayotgandek edi… men o‘zimni boshqara olmayotgandim.

Mira labini tishlab, boshini egdi.

Mira: Jimin nima bo‘layotganini tushunardi. Ammo nima qilishni bilmay qolgandi. Men esa… yig‘lab unga yordam so‘radim.

Xona yana jimib qoldi.

Mira past ovozda davom etdi:

Mira: U ham juda qo‘rqib ketgandi. Menga qarab… yig‘lab yubordi. Yuzimni ushlab mendan qayta-qayta kechirim so‘radi…” Mira hozirgi boladigan ishlardan meni kechir” dedi.

Sara uning oldiga bir quti salfetka surdi. Mira esa ko‘z yoshlarini yashirishga urinib, chuqur nafas oldi.

Mira: Bilaman… bu bo‘lib o‘tgan ishlarda na mening, na Jiminning aybi bor, — dedi u past ovozda. — Ammo shundan keyin biz… o‘zimizni boshqara olmay qolamiz.

U bir lahza jim qoldi.

Mira: Bu voqea bo‘lganiga bir yildan oshdi. Lekin hali hammasi o‘sha kechadagidek tuyuladi. Ba’zida undan nafratlanaman… ba’zida esa faqat uni yonimda ko‘rgim keladi. Nima his qilayotganimni o‘zim ham tushunmayman.

Sara diqqat bilan tinglab o‘tirardi. Uning yuzida na hayrat, na ayblov bor edi — faqat tushunishga urinish.

Sara: Tushunarli, — dedi u sokin ovozda. — Siz juda og‘ir travma boshdan kechirgansiz, Mira.

Mira boshini sekin ko‘tardi.

Sara davom etdi:

Sara: O‘sha kecha siz qo‘rquv, uyat va ojizlikni bir vaqtning o‘zida his qilgansiz. Jimin esa sizni qutqargan yagona inson bo‘lib qolgan. Shu sabab miyangiz uni xavfsizlik va taskin bilan bog‘lab qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Mira indamay tinglardi.

Sara: Bu hislar noto‘g‘ri degani emas, — dedi Sara muloyim ohangda. — Ammo sizning munosabatingiz travmadan keyingi hissiy bog‘liqlikka o‘xshaydi. Sizlar bir-biringizga yaqinlashgansizlar… lekin o‘sha voqeaning og‘irligi hali ham orangizda turibdi.

Mira asta boshini egdi.

Mira: Demak… men aqldan ozmaganmanmi?

Sara yengil jilmaydi.

Sara: Yo‘q. Siz shunchaki uzoq vaqt davomida ichingizdagi og‘riqni yolg‘iz ko‘tarib yurgansiz.

Miraning ovozi titrab chiqdi.

Mira: Iltimos… bundan qutulishimga yordam bering men foxishalardek yashashdan charchadim.

Sara unga bir necha soniya jim qarab turdi. So‘ng muloyim jilmayib, bosh irg‘adi.

Sara: Albatta, Mira.

U stol ustidagi daftarni yopib qo‘ydi va biroz oldinga egildi.

Sara: Ammo avval bir narsani tushunishingiz kerak. Siz “foxisha” emassiz. Siz shunchaki og‘ir voqeani boshdan kechirgansiz va tanangiz ham, miyangiz ham o‘sha kechadan keyin o‘zini himoya qilish usulini topgan.

Mira indamay tinglardi.

Sara: Bu jarayon vaqt oladi. Balki qiyin ham bo‘lar. Lekin siz yolg‘iz emassiz. Biz buni asta-sekin yengamiz.

Sara unga bir stakan suv uzatdi.

Sara:Birinchi qiladigan ishimiz — sizni aybdor his qilishdan qutqarish. Chunki o‘sha kechada ayb sizda bo‘lmagan.

Miraning ko‘zlari yana namlandi.

Sara: Keyin esa o‘zingizni tushunishni o‘rganamiz. Siz nimani his qilyapsiz, nimadan qo‘rqyapsiz, Jimin siz uchun aslida kim — bularni asta-sekin aniqlaymiz.

Mira sekin bosh irg‘adi.

U uzoq vaqtdan beri birinchi marta ichidagi og‘irlik biroz yengillashayotgandek his qildi.

.
.
.
.
.
3- qism tugadi