NOMUS
Felix tun yarmiga yaqin uyga qaytdi. Uy ichida chiroqlar xira yonib turardi, jimlik esa yurakni siqardi. Eshikni sekin yopdi-da, chuqur nafas oldi. Bugun aytiladigan gaplar oson emasligini yaxshi bilardi.
Mehmonxonada ota-onasi o‘tirardi. Onasining ko‘zlari televizordagi namoyishda boʻlsa ham hayoli tarqoq, otasi esa odatdagidek sukutda, ammo ichidagi g‘azabni yashira olmayotgandek edi.
Felix ularning ro‘parasiga o‘tirdi.
Felix: Dada… oyi… gaplashishib olishimiz kerak.
Janob Lee sekin boshini ko‘tardi.
Janob Lee: Gapir. Yana nima sharmandalik chiqdi?
Felix: Men bir qarorga keldim. Boshqa yo‘l qolmadi.
Onasi xavotir bilan unga tikildi.
Lee xonim: Qanday qaror, bolam?..
Felix: Mirani turmushga beramiz.
Xonaga og‘ir jimlik cho‘kdi. Onasining qo‘lidagi narsa yerga tushib ketdi.
Lee xonim: Nima?.. Mira hali o‘qiyapti-ku…
Otasi bir zum jim qoldi, keyin achchiq kulib yubordi.
Janob Lee: Har tun tungi klublarda yuradigan yigitgami?
Felix: Ha. Lekin hozir gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Odamlar qarayapti, barmoqlar bilan ko‘rsatyapti. Yana bir singlim ham sharmandalikka qolsa… ko‘tara olmaymiz.
Lee xonim: Mira buni xohlamaydi… u boshqacha axir…
Felix: Bilaman. Lekin boshqa iloj yo‘q. Hyunjin rozi. To‘y tez bo‘ladi. Shunaqa qilmasak, yuzim yerga qarab qoladi.
Janob Lee: Demak… bir qizimni evaziga boshqasini qurbon qilamiz…
Felix javob bermadi. Chunki javob yo‘q edi.
Felix sekin zinadan ko‘tarilib, Miraning xonasi oldida to‘xtadi. Bir lahza ikkilanib turdi-da, eshikni taqillatdi.
Ichkaridan ovoz kelmadi. Felix eshikni sekin ochdi.
Xonada dars ustolini oldida nimadirni qaralayotgan edi.
Felix ichkariga kirib, eshikni yopdi.
Felix: Men senga aytadigan gapim bor. Muhum gap.
Mira yuragi hapriqib ketganini his qildi.
Felix o‘tirib, qo‘llarini bir-biriga qisdi.
Felix: Seni… turmushga beramiz.
Mira kulib yuborgandek bo‘ldi, ammo kulgi chiqmay, lablari qaltiradi.
Xonadagi sukunat yanada og‘irlashdi.
Felix past ovozda javob berdi:
Miraning ko‘zlari katta ochildi.
Mira: Tanimaydigan yigitgami?..
Felix boshini qimirlatdi.
Mira sekin o‘rnidan turdi.
Mira: Aka… men uni tanimayman. U meni xohlamaydi ham. Men o‘qiyapman-ku…
Felix ovozini ko‘tarmadi, ammo so‘zlari pichoqdek keskin edi.
Felix: Bilaman. Lekin oilamiz uchun shunaqa bo‘lishi kerak.
Mira: Demak… men ham majburmanmi shundaymi?..
Felix indamadi. Bu tasdiq edi.
Mira ko‘zlarini yumdi. Yuragi siqilib, nafasi bo‘g‘ildi.
Felix bir zum jim qoldi, so‘ng sekin dedi:
Felix: Mira… lekin boshqa yo‘l yo‘q.
Mira yuzini burib, derazaga qaradi. Ko‘zidan bitta yosh sirg‘alib tushdi.
Bu tun uning hayotidagi eng sovuq tunlardan biri edi.
To‘y kuni
Bugun to‘y kuni edi. Shu sabab to‘y bo‘ladigan maskan erta tongdan boshlab bayramona ruhga burkangan, har bir burchagi did bilan bezatilgan edi. Oqartirilgan pardalar, billur qandillar, mayin musiqa hammasi tashqaridan qaraganda mukammal baxt manzarasini eslatardi.
Ammo bu to‘y boshqalarnikidan baribir ajralib turardi.
Odatda to‘ylarda oq atirgullar hukmron bo‘lardi poklik, begunohlik ramzi sifatida. Bu yerda esa oq rang o‘rnini ko‘k atirgullar egallagan edi. Zalning har bir tomonida, sahna atroflarida, hatto kirish yo‘laklarida ham ko‘k atirgullar jilolanib turardi.
Bu bejiz emasdi.
Ko‘k atirgul tabiatda yo‘q. U imkonsiz orzu, sir, noyoblik ma’nosini anglatar edi. Aynan shu sabab Hyunjin bu gulni tanlagan edi. Uning uchun bu nikoh ham oddiy emasdi majburiyat bilan boshlanayotgan, ichida sirlar yashiringan, ammo baribir noyob bo‘lgan bir ittifoq.
Mehmonlar gul tanloviga hayron bo‘lib qarashar, kimdir hayrat bilan, kimdir esa pichirlab izohlar berardi:
— Qarang, qanday noodatiy bezak…
— Ko‘k atirgul emish… juda kam uchrar ekan…
— Shu yoʻl bilan hammani eʼtiborini oʻzligiga qaratmoqchidirde...
Hyunjin esa bularning barini befarq qarshi olar, ammo ich-ichida nimadir bezovta edi. Huddiki " men tori ish qilyabmanmi" der edi..
Bir oz narida, yopiq xonada, Mira kelinlik libosida o‘tirardi. Oq ko‘ylak tanasiga yarashgan bo‘lsa-da, yuzidagi rang oqarib ketgan, nigohlari esa xuddi ko‘k atirgullar singari sovuq va sokin edi. Bu ko‘ylak uning orzulari uchun emas, balki taqdiri uchun tikilgandek tuyulardi.
U oynaga qaradi. Oynadan unga quvonchli kelin emas, balki o‘z orzularini jimgina kuzatayotgan qiz tikilib turgandek edi.
Bugun u kelin bo‘lardi.
Ammo yuragi… hali ham ozodlikni orzularda edi.
Mira ko‘zguga tikilib o‘tirardi. Chiqish vaqti tobora yaqinlashib, yuragi har bir soniyada kuchliroq ura boshlagan edi. Oqartirilgan kelinlik libosi tanasiga yarashgan bo‘lsa-da, ko‘zlarida quvonchdan ko‘ra chuqur o‘y va sokinlik mujassam edi.
Shu payt eshik sekin ochildi. Xonaga otasi Janob Lee kirib keldi.
Otasi bir zum unga tikilib qoldi, so‘ng ko‘zlarida iliqlik paydo bo‘ldi.
Janob Lee: Juda ham chiroyli bo‘lib ketibsan. Go‘yo farishtaning o‘zi.
Janob Lee Miraning yoniga kelib, uning qo‘llarini ushladi. Sovuq barmoqlarini kaftlari orasiga olib, mayin o‘pdi. Bu o‘pichda mehr ham, afsus ham, kechirim ham bor edi.
Janob Lee: Rahmat senga, qizim… Bizning ishonchimizni oqlading. Singlingning aqlsizligi evaziga sen qurbon bo‘lding. Orzularingdan biz uchun voz kechganing uchun… uzr so‘rayman.
Mira yuragi siqilib ketganini his qildi, ammo yuzida mayin jilmayish paydo bo‘ldi.
Mira: Nega unday deysiz, dada… Balki orzularimni hali amalga oshirarman. Hammasi hali oldinda.
Shunday deb u otasini mahkam quchib oldi. Bu quchoq vidodek og‘ir, ammo muhabbatga to‘la edi.
Bir oz vaqt o‘tgach, Janob Lee qizining qo‘llaridan ushlab, uni sekin eshik tomon yetakladi. Ular birga yo‘lak bo‘ylab yurishar ekan, zal tomondan musiqa ovozi yangradi.
Bu kelinning chiqish vaqti edi.
Otasi Mirani kuyov tomon boshlab borar, har bir qadam esa Miraning hayotida yangi, noma’lum sahifani ochib borayotgandek tuyulardi goʻyo.
Mira sekin yurib kelib, Hyunjin yonidan joy oldi. Ularning orasida bir qarich masofa bo‘lsa-da, go‘yo butun bir dunyo bordek tuyulardi. Zalda yana jimlik cho‘kdi.
Shu payt rohib oldinga chiqdi. Uning ovozi sokin, ammo qat’iy edi. U nikohning ma’nosi, mas’uliyati va sabr haqida so‘zlar ayta boshladi. Har bir so‘z zal bo‘ylab taralar, yuraklarga sekin singib borardi.
So‘ng rohib kelin va kuyovga yuzlandi.
Miraning ovozi past, ammo aniq eshitildi
Hyunjin bir lahza sukut saqladi, keyin u ham sekin javob berdi:
— Unda sizlarni er-xotin deb e’lon qilaman.
Zalda yana bir bor hayajonli shovqin ko‘tarildi. Musiqa mayin yangradi. Rohib tabassum bilan qo‘shimcha qildi:
— Endi bir-biringizni bosa olishingiz mumkin.
Hyunjin Miraga qaradi. Uning ko‘zlarida ikkilanish, mas’uliyat va noma’lum hissiyotlar uyg‘onib ketdi. U bir zum kutdi, so‘ng sekin egilib, Miraning lablariga yaqinlashdi. Ularning lablari ehtiyotkorlik bilan birlashdi bu ehtirosli emas, balki sokin, majburiy va nozik bir o‘pich edi.
Shu zahoti zalni qarsaklar ovozi tutdi. Mehmonlar quvonch bilan olqishlashar, kimdir tabassum qilar, kimdir esa hayrat bilan qarardi.
Mira va Hyunjin asta-sekin mehmonlar davrasiga qo‘shilishdi. Ular kelgan mehmonlar bilan salomlashib, tabriklarni qabul qila boshlashdi. Tashqaridan qaraganda hammasi mukammal to‘yga o‘xshardi.
To‘y marosimi ham sekin-asta o‘z nihoyasiga yetdi. Musiqa o‘chdi, qarsaklar tinchidi, mehmonlar birma-bir xayrlashib, o‘z uylariga tarqala boshlashdi. Shu bilan kelin-kuyov ham yo‘lga tushdi.
Hyunjinning ota-onasi bir necha kun ular bilan birga yashashlarini aytishdi. Bu gap qaror tarzida yangradi. Hyunjin qarshilik qilishni istadi, ammo vaziyatni tushunib, indamadi. Hozir bahs qilishga ham, tushuntirishga ham kuchi yo‘q edi.
Mashina to‘xtaganida, ular yangi uy oldida edilar.
Uy tashqaridan ham salobatli, ichkaridan esa yanada chiroyli edi. Yorug‘liklar mayin, ranglar sokin, hamma narsa did bilan tanlangandek. Bu uy baxt uchun qurilgandek tuyulardi, ammo ichidagi ikki qalb hali bu baxtga moslashib ulgurmagandi.
Mira sekin qadam tashlab ichkariga kirdi. Kelinlik libosi og‘ir, oyog‘i esa kun bo‘yi hayajon va charchoqdan holdan toygan edi. Ular xonasi ikkinchi qavatda joylashgan edi. Zinapoyaga chiqarkan, Miraning qadamlarida sekinlik, biroz qiyinchilik sezildi.
Hyunjin buni payqadi.
U bir lahza to‘xtadi-da, hech narsa demay, Miraga yaqinlashdi. So‘ng ehtiyotkorlik bilan uni koʻtarib oldi.
Mira hayrat bilan unga qaradi.
Hyunjin Mirani ko‘targancha zinapoyadan yuqoriga chiqdi. Bu harakatda majburiyat emas, balki tabiiy ehtiyotkorlik bor edi. Mira yuragi tezroq ura boshlaganini his qildi, ammo indamadi. U faqat boshini sekin egib, uning yelkasiga suyanib turdi.
Xonaga kirishdi.
Bu ularning xonasi edi. Keng, yorug‘, sokin. Oqartirilgan parda asta silkinar, hona judda ham chiroyli bezatilgan edi, to‘y shovqinidan keyingi sukunat xonani to‘ldirib turardi. Hyunjin Mirani ehtiyotkorlik bilan karavotga o‘tqazdi.
Bir zumga ikkalasi ham jim qoldi.
Bu jimlik uyatli emasdi.
Bu jimlik yangi boshlangan, ammo hali nomi qo‘yilmagan hayotning jimligi edi goʻyo.