AMORE
Mira hayron bo‘lib otasiga qaradi.
Yoongi uning xavotirini sezib, xotirjam ohangda javob berdi.
— Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Shunchaki uzoq vaqtdan beri ko‘rishmaganmiz, gaplashadigan mavzularimiz ko‘p.
Hari ham ularga bir qarab qo‘ydi. Yoongining ovozi xotirjam bo‘lsa-da, uning nigohidagi jiddiylikni payqagandi.
— Sizlar ham uzoq o‘tirmanglar.
Ikkala ayol zinadan yuqoriga ko‘tarilib ketishdi.
Mehmonxonada esa faqat Yoongi bilan Haru qoldi.
Yoongi bir necha soniya indamay turdi. So‘ng uning jiddiy nigohi Haruga qadaldi.
— Endi menga boshidan oxirigacha hamma gapni aytib ber. Nima bo‘ldi? Kim seni yaraladi? Va nega qochishga majbur bo‘lding?
Yoongi mehmonxona eshigini ichkaridan yopdi. So‘ng jiddiy qiyofada Suminning qarshisiga kelib to‘xtadi.
Sumin bir lahza ikkilanib turdi. Keyin sekinkiymini yechib, yon tomonidagi bintni ochdi.
Yoongi yarani ko‘rishi bilan qoshlarini chimirdi.
Yara ancha chuqur edi. Operatsiya qilingan joydagi choklar zo‘riqqanidan yana ochilib, bint orasidan qon sizib chiqayotgandi.
— Jin ursin… — dedi u past ovozda.
— Men aytgandim-ku, qochmasligim kerak edi, — dedi Sumin achchiq kulib.
Yoongi javob bermadi. U bir chetda turgan birinchi yordam qutisini olish uchun endi burilgandi, eshik sekin ochildi.
Uning qo‘lida dori qutisi bor edi.
Sumin buni ko‘rishi bilan shoshilib kiyimini tushirib, yarasini yashirishga urindi.
Yoongi esa hayron bo‘lib Hariga qaradi.
— Men senga dam olgin, degandim-ku.
— Bu kerak bo‘ladi deb o‘yladim.
— Ammo men senga dori qutisi kerakligini aytmadim-ku.
Hari qo‘lidagi qutini stol ustiga qo‘yib, eriga tikildi.
— Ammo yaralangan odamga dori qutisi kerak bo‘lishini tushunish unchalik qiyin emas.
Yoongi javob topolmay bir necha soniya indamay qoldi.
Hari uning gapini tugatib qo‘ydi.
Uning nigohi avval Yoongiga, keyin Suminga ko‘chdi.
Bu gapni eshitgan Suminning ko‘zlari hayratdan kattalashdi.
Yoongi esa butunlay jim bo‘lib qoldi.
— Xavotir olmanglar. Men suhbatlaringizni eshitib qolganim uchun emas, sizning yuzingizdagi xavotirni ko‘rib dori olib keldim.
U dori qutisini Yoongi tomonga surdi.
— Avval uning yarasini davolang. Qolgan savollarni keyin ham bersangiz bo‘ladi.
Shu gapdan so‘ng xonadagi tarang muhit biroz yumshadi. Yoongi indamay dori qutisini ochdi, Sumin esa Hari tomonga minnatdor nigoh bilan qarab qo‘ydi.
Yoongi ehtiyotkorlik bilan Suminning bintlarini yechdi. Operatsiya qilingan joy yana ochilib, qon sizib chiqa boshlagandi.
U indamay yarani antiseptik bilan tozalab, malham surdi. Har bir harakati nihoyatda ehtiyotkor edi.
Hari esa hech narsa demay mehmonxonadagi divanga borib o’tirdi. U ikkalasining suhbatiga aralashmas, faqat jimgina kuzatardi.
Bir necha daqiqalik sukunatdan so’ng Sumin past ovozda gap boshladi.
— Buni Mira bilishini istamayman.
— Xo’p. Men unga hech narsa aytmayman.
Yoongi bintni bog’lay turib so’radi:
— Buni kim qilgan deb o’ylaysan?
— Kim ham bo’lardi… Meni kimdan berkitgan bo’lsangiz, o’sha meni topdi. Bu safar meni butunlay yo’q qilmoqchi edi… ammo ulgurmadi.
Yoongining qo’llari bir zum to’xtadi.
— Demak, u hali ham seni qidiryapti…
Yoongi bintni mahkam bog’lab bo’ldi.
Sumin bir necha soniya jim turdi.
— Ertagacha meni qanday qamoqqa kirgazgan bo’lsangiz, shunday olib chiqasiz. Keyingi haftada esa men yana o’z ishimga qaytaman.
— Yo’q. Men bunga rozi emasman.
— Chunki seni yana yo’qotishni istamayman.
— Yoongi… ikki yil oldin ham shunday degandingiz.
Uning nigohi bir nuqtaga qadaldi.
— Agar o’shanda meni yashirib qo’ymaganingizda, Enid hanuz erkin yurmagan bo’lardi.
Bu ism tilga olinishi bilan xonadagi havo yanada og’irlashdi.
— Biz seni himoya qilmoqchi edik.
— O’sha “himoya” sababli u yana qancha odamga zarar yetkazdi, bilasizmi?
Hari indamay ularni tinglab o’tirardi. U bu voqealarning asl mohiyatini hali tushunmagan bo’lsa-da, Suminning ko’zlaridagi alamni yaqqol ko’rib turardi.
Sumin qat’iy ohangda davom etdi:
— Bas. Endi meni hech kim yashirmaydi.
— Ertaga meniosha yerdan olib chiqasiz.
So’ng Hari tomonga qarab muloyimroq jilmaydi.
— Va Jimin bilan gaplashing. Menga chet elga chiqish uchun hujjatlarimni tayyorlashni boshlasin
U Suminning fe’lini yaxshi bilardi. Agar u bir qarorga kelgan bo’lsa, uni bu fikridan qaytarish deyarli imkonsiz edi. Shu sababli u faqat chuqur xo’rsinib, qo’lidagi bintlarni yig’ishtirish bilan cheklandi.
Hammasi o‘z iziga tushgandek edi. Uyda ham, ishda ham tinchlik hukm surardi. Ammo bu osoyishtalik uzoq davom etmadi. Toki shu kungacha
⸻
Ertalab odatdagidek kompaniyada ish qizg‘in davom etardi.
Yoongi esa kabinetida stol ustidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirib, navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Shu payt eshik taqilladi.
— Kiring.
Eshik sekin ochilib, ichkariga Taehyung kirib keldi.
Yoongi uni ko‘rishi bilan yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
— O-o, xush kelibsan.
Taehyung ham kulimsirab bosh irg‘adi.
— Rahmat.
Yoongi qo‘lidagi ruchkani stolga qo‘yib, qarshisidagi kresloga ishora qildi.
— O‘tir. Qanday shamollar uchirdi?
Taehyung kelib o‘tirdi. Ammo bu safar uning odatdagi quvnoq qiyofasi yo‘q edi. Nigohi jiddiy, chehrasi esa biroz tarang ko‘rinardi.
Yoongi buni darrov sezdi.
— Tinchlikmi?
Taehyung chuqur nafas oldi.
— Bir masala bo‘yicha kelgandim.
— Eshitaman.
Honada yana sukunat hukum surdi.
Kech kirib, uy ichini sokinlik egallagandi. Yoongi hali ishdan qaytmagan, Hari esa xonasida dam olayotgan edi. Mira esa yotoqxonasida kitob varaqlab o‘tirardi.
Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Xizmatkor borib eshikni ochdi.
Eshik ortida did bilan kiyingan, chehrasi sovuqqina ayol turardi.
— Janob Min uydami? — deb so‘radi u.
— Yo‘q, hali ishdan qaytmadilar.
— Tushunarli. Men Mirani ko‘rish uchun kelgandim.
Xizmatkor uni ichkariga taklif qildi.
Ayol hech ikkilanmay ikkinchi qavatga ko‘tarilib, Miraning xonasi oldiga bordi va eshikni taqillatdi.
Ichkariga kirgan ayolni ko‘rgan Mira bir zumda joyida qotib qoldi.
Sara labida mayin tabassum bilan unga yaqinlashdi.
U Mirani quchoqlamoqchi bo‘ldi.
Ammo Mira darhol bir necha qadam ortga chekindi.
Sara qo‘llarini sekin tushirdi.
— Seni ko‘rgani keldim, qizalog‘im.
— Axir gapimni ham aytmadim-ku.
Mira shunday deb eshikni ochdi va qo‘li bilan chiqish tomon ishora qildi.
Sara bir necha soniya unga tikilib turdi. So‘ng labida sirli kulgi paydo bo‘ldi.
U eshik tomon yurdi. Eshik oldiga yetgach esa ortiga burilib, xotirjam ohangda dedi:
— Ammo dadangga bitta gapni yetkazib ketaman.
Sara ko‘zlarini Miraga qadadi.
— Buni hozir emas… unga aytganimda bilasan.
— Jimin’ga mendan salom aytib qo‘y.
Shu so‘zlarni aytib, u ortiga qaramay xonadan chiqib ketdi.
Mira esa eshik oldida qotib qoldi.
Yoongi mashinasini hovliga olib kirishi bilan darvoza oldida turgan ayolga ko‘zi tushdi.
U erkakni ko‘rishi bilan labida xira tabassum paydo bo‘ldi va unga qarab yurdi.
Yoongining yuzi bir zumda sovuq tortdi.
— Kim Taehyung Miraning qo‘lini so‘radi. Men esa rozilik berdim. Shuni senga aytgani keldim.
Yoongining qoshlari chimirildi.
— Sen kimsanki qizimning hayotini hal qilasan?
— Meni kuldirma. O‘n besh yil oldin qizingni tashlab ketgan ekansan. Endi esa o‘zingni ona deb atayapsanmi? Sening bunga haqqing yo‘q.
Sara indamay unga tikilib turardi.
Yoongi qat’iy ohangda davom etdi:
— Yana bitta gap. Men Taehyungga ham aytdim. Men qizimni unga bermayman.
Shu so‘zlarni aytib, Yoongi uy tomon burildi.
Ammo Sara uning ortidan gapirdi.
— Sening… benomus qizingni Taehyungdan boshqa hech kim olmaydi.
Bu gap Yoongining g‘azabini portlatdi.
U bir zumda ortiga burilib, Saraning oldiga bordi-da, uning yoqasidan mahkam ushladi.
Aksincha, xotirjam tikilib turardi.
Yoongining jag‘i qattiq qisildi.
Sara sekin uning qo‘lidan bo‘shashishga urinib dedi:
— Jimin bilan Miraning o‘rtasida nima bo‘lganini bilasanmi?
Yoongining ko‘zlari bir lahzaga o‘zgardi.
Sara past, ammo aniq ovozda davom etdi.
— Sen bilmagan juda ko‘p haqiqatlar bor, Yoongi. O‘sha voqeadan keyin ular orasida nimalar bo‘lganini ham bilmaysan…
U bilgan voqealarni birma-bir aytib berdi.
Har bir gap Yoongining yuragiga og‘ir zarba bo‘lib urilardi.
Gap tugashi bilan u Saraning yoqasini qo‘yib yubordi.
Yoongining nafas olishi tezlashgan, qo‘llari musht bo‘lib tugilgandi.
Ko‘zlarida ishonchsizlik, alam va g‘azab bir-biriga qorishib ketgan edi.
Sara esa mashinasi tomon yurarkan, faqat bitta gap qoldirdi.
U mashinasiga o‘tirib, hovlidan chiqib ketdi.
Yoongi esa bir necha soniya joyida qotib turdi.
So‘ng keskin burilib, uy ichkarisiga kirib ketdi.