May 6

AMORE

Ep-1

.
.
.
.
.

Bahorning ilk kunlari edi. Ko‘chada mayin yomg‘ir yog‘ib, atrofga o‘zgacha sokinlik va musaffolik baxsh etardi. Odamlar shoshilmay yurib, yomg‘ir tomchilaridan panalangancha o‘z yumushlari bilan band edi.

Bugun tamaddixonada ham odatdagidan ancha kam odam bor edi. Ehtimol, bunga sabab ko‘chada yog‘ayotgan yomg‘ir bo‘lsa kerak — har kim iliq joyda qolishni afzal ko‘rayotgandek tuyulardi.

Ishdan juda charchagan qizlar kechqurun yig‘ilib, biroz dam olish uchun ichishga qaror qilishdi. Suhbatlar, kulgular orasida kayfiyat asta-sekin ko‘tarila boshladi. Shu payt Haru birdan taklif tashladi:

Haru: Kelinglar, bir o‘yin o‘ynaymiz.

Qizlar darrov qiziqib qolishdi.

Mira: Qanday o‘yin?

Haru: stol o‘rtasiga bo‘sh butulkani qo‘yib jilmaydi:

Haru: Butulkani aylantiramiz. Kimga tushsa, “haqiqat yoki jasorat”ni tanlaydi.

Hari: Zo‘r Boshladik!

Qizlar joylarini kengaytirib, doira hosil qilishdi. Haru butulkani aylantirdi. Butulka sekin aylanishdan to‘xtab, Suaga qaradi.

Mira: Haqiqat yoki jasorat?

Sua: Haqiqat

Haru kulimsirab savol berdi:

Haru: Qachon yigitlarni boshini aylantirib, pulini olishni to‘xtatasan?

Sua bir oz o‘ylanib turdi-da, yelkasini qisdi:

Sua: Turmushga chiqqanimdan keyin.

Hamma qizlar bir zumda kulib yuborishdi. Navbat Suaga o‘tdi, u butulkani yana aylantirdi. Bu safar Mira chiqdi.

Sua: Haqiqat yoki jasorat?

Mira: Jasorat

Hari yonidagi soju butulkasini ochib, unga uzatdi:

Hari: Buni bir ko‘tarishda ich.

Mira: Voy xudoyim, bu adolatsizlik!

Shunday bo‘lsa ham, u ichishni boshladi. Oxiriga yetganda zo‘rg‘a to‘xtadi:

Mira: Bo‘ldi… boshqa icholmayman.

Qizlar qarsak chalib yuborishdi. Mira ham kulib, butulkani aylantirdi. Bu safar u Hariga to‘g‘ri keldi.

Haru: Haqiqat yoki jasorat?

Hari: Jasorat

Mira ko‘zlarini qisib, biroz o‘yladi-da, shart qo‘ydi:

Mira: Hozir shu eshikdan kirgan birinchi erkakni o‘pasan.

Hari hayron bo‘lib qaradi:

Hari: Men senga oddiy shart bergandim-ku!

Mira kulib qo‘ydi:

Mira: Qani, boshladik, dugonajon.

Shu payt boshqa joyda mashina yo‘lda ketayotgan edi. Haydovchi rulga tikilgan, yo‘lni kuzatardi.

Suho: Janob, yaqin atrofda hojatxona ko‘rinmayapti, — dedi Suho biroz noqulay holatda.

Yoongi atrofga qarab:

Yoongi: Ana u yerda tamaddixona bor ekan, o‘sha yerga kirib chiq, — dedi.

Mashina to‘xtadi. Suho shoshilib ichkariga kirib ketdi. Yoongi esa uning ahvolidan kulimsirab qoldi.

Tamaddixonada esa qizlar hayajon bilan eshik tomon qarab o‘tirishardi.

Sua: Qani, kim kirarkin?

Shu payt Mira o‘rnidan turdi:

Mira: Men qo‘l yuvib kelaman.

Haru: Mayli

Mira chiqib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay, eshik ochildi. Ichkariga juda kelishgan, jiddiy ko‘rinishdagi bir erkak kirib keldi. U ishbilarmon odamga o‘xshardi.

Sua: Qani, Hari xonim, Shartni bajaring.

Hari yuragi tez ura boshlaganini sezdi. Ammo do‘stlarining kulgusi va undovi uni oldinga undadi. U asta erkak yoniga bordi. Erkak kassada suv uchun pul to‘layotgan edi.

Hari uning yelkasiga yengil tegdi. Erkak o‘girildi.

Hari: Kechirasiz… — dedi Hari.

Erkak gapirmoqchi bo‘lgan zahoti, Hari tezda undan bosa oldi

Erkak hayratdan qotib qoldi. Qizlar esa qarsak chalib, kulib yuborishdi.

Aynan shu payt Mira qaytib keldi. U vaziyatni ko‘rib, birdan rangi oqarib ketdi. Qo‘rqib ketib, tezda narsalarini yig‘a boshladi va chiqib ketmoqchi bo‘ldi.

Hari esa uzr so‘rab, ortiga qaytmoqchi edi. Shu payt erkak uning qo‘lidan mahkam ushladi va baland ovozda:

Yoongi: Miraaaa! — deb baqirdi.

Qizlar bir zumda jim bo‘lib qolishdi.

Mira eshik oldida to‘xtab, sekin ortiga o‘girildi. Ko‘zlari erkakka tushdi.

Mira: Ha… dada, — dedi u sekin.

Hamma qizlar hayratdan bir-biriga qarab qolishdi.

O‘sha payt ular tushunishdi: hozirgina Hari o‘pgan erkak Miraning otasi Yoongi edi. Ammo qanaqasiga?

Bu gapdan barcha qizlar qotib qolishdi, xonada birdan jimlik cho‘kdi.

Yoongi qoshlarini chimirib, sovuq ohangda gap boshladi:

Yoongi: Bu yerda nima bo‘layotganini tushuntirib berasizlarmi?

U hanuz qo‘lidan ushlab turgan Hariga o‘tkir nigoh tashladi. Hari esa nima qilishni bilmay, qo‘lini tortib olishga harakat qildi.

Hari: M-men… bu shunchaki o‘yin edi… — dedi

Shu payt Mira ortiga qaytib, dadining yoniga yaqinlashdi. Uning ovozi past, lekin shoshqaloq edi:

Mira: Dada, men tushuntirib beraman…

Yoongi sovuqqina qarab turdi:

Yoongi: Kutyapman.

Mira chuqur nafas oldi:

Mira: Biz ishdan chiqdik, juda charchagan edik. Shunchaki ovqatlanib, biroz o‘yin o‘ynayotgandik… “haqiqat yoki jasorat”. Hari jasoratni tanlagan edi, keyin biz… shunaqa shart berdik, xolos.

Yoongi qoshlarini chimirdi:

Yoongi: Agar charchayotgan bo‘lsang, ishlama.Seni hech kim majburlamayapti.

Mira boshini egdi:

Mira: Xo‘p…

Yoongi qizining qo‘lini qo‘yib yubordi. Shu payt Hari oldinga chiqib, ehtiyotkorlik bilan gap boshladi:

Hari: Uzr, janob… men bilmagandim.

Yoongi unga sovuq nigoh tashladi:

Yoongi: Bu shartni kim o‘ylab topgan bo‘lsa, o‘sha uzr so‘rasin.

Xona yana jimjit bo‘lib qoldi. Hech kim gapirishga jur’at eta olmadi.

Mira vaziyatni yumshatishga urinib dedi:

Mira: Dada, vaqt ham kech bo‘lib qoldi… uyga ketaylik.

Yoongi darrov javob qaytardi:

Yoongi: Vaqt endi esingga keldimi? Kim buyurganini bilmoqchiman.

Mira bir zum ikkilanib turdi. So‘ng past ovozda:

Mira: Uzr… boshqa qaytalanmaydi… men edim

U boshini egib, otasining yonida jim turib qoldi.

Yoongining ichida g‘azab qo‘zg‘aldi, lekin u o‘zini bosishga harakat qildi. U sekin Miraning iyagidan ushlab, boshini ko‘tardi va ko‘zlariga tik qaradi:

Yoongi: Sen bilan uyda gaplashaman. Tushundingmi?

So‘ng uni qo‘yib yuborib, ortiga o‘girilgancha chiqib ketdi.

Mira esa dugonalari bilan qisqacha xayrlashdi. Uning ko‘zlarida noqulaylik va xavotir aralash edi. U shoshilib tashqariga chiqdi va otasining ortidan borib, mashinaga o‘tirdi.

Mashina yo‘lga tushdi. Ular Yoongining uyi tomon yo‘l olishdi. Salon ichida og‘ir sukunat hukm surardi hech kim gapirmas, faqat motorning bir maromdagi tovushi eshitilardi. Nihoyat, Mira bu jimlikka chiday olmadi:

Mira: Dada…

Yoongi ko‘zini yo‘ldan uzmagancha, sovuqqina javob berdi:

Yoongi: Menga hech narsani tushuntirishing shart emas. Ammo bunday holat boshqa takrorlanmasin.

Mira bir zum jim qoldi, keyin sevinchini yashira olmay:

Mira: Rostanmi? — dedi-da, birdan otasini quchib oldi.

Yoongi biroz yengil tortgandek bo‘ldi, lekin darrov jiddiy ohangda qo‘shimcha qildi:

Yoongi: Lekin uch kun uydan chiqmaysan.

Mira: Dadaaa… — Mira norozi ohangda cho‘zib yubordi, ammo baribir yuzida kulgi paydo bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmay, ular uy oldiga yetib kelishdi. Mashina to‘xtadi. Mira eshikni ochib tushdi, ammo Yoongi o‘rnidan qimirlamadi.

Mira hayron bo‘lib egilib ichkariga qaradi:

Mira: Sizlar tushmaysizlarmi?

Yoongi qisqa javob berdi:

Yoongi: Bizning ishlarimiz bor. Sen uyga kir, dam ol. Yuvinib ham ol sendan alkogol hidi juda kelayapti.

Shunday deb, mashina yana harakatga tushdi va uzoqlashib ketdi.

Mira esa yengil kulib qo‘ydi. Barcha bo‘lib o‘tgan voqealarga qaramay, ichida qandaydir yengillik paydo bo‘lgan edi. U uy eshigini ochib, ichkariga kirib ketdi.

Mira hotirjam oshxonaga kirib, muzdek suvdan ichdi. Biroz o‘ziga kelgandek bo‘ldi. Shu payt ortidan kimdir uni quchib oldi. Kutilmagan harakatdan Miraning tanasi bir zumda taranglashdi.

Mira: Qachon qaytib kelding?

Jimin: Seni sog‘indim, — dedi Jimin past ovozda.

U Miraning boynidan hidladi va osha joydan bosa oldi

Mira: Mendan uzoqroq tur. Men dam olmoqchiman.

Jimin jilmaygandek bo‘ldi:

Jimin: Men ham… sen bilan dam olmoqchiman.

Deya u Miraning tanasi boylab qolini yurgazib unga tegina boshladi

Mira: Yo‘q. Hozir emas. Men charchaganman

Jimin bir lahza to‘xtab qoldi.

Jimin: bilasanmi uch kun sensiz qiynaldim hech kim meni senchalik qondira olmaydi shuning uchun sening shirin nollaringni eshitish menga hordiq beradi.

Xonada yana qisqa, ammo keskin sukunat paydo boldi. Jimin qizni oziga qaratdi va qisqa lablaridan opdi.

Min Yoongi korinishidan yosh korinadi ammo 38 yoshda biznesmen ishbilarmon qurol oldi sotisi bilan ham shugullanadi bitta qizi bor hotini bilan ajrashgan

Min Mira 19 yoshda dizaynerlik boyicha ishlaydi va komiks chizishni yaxshi koradi. Unda Andromaniya kasalligi bor

Park Jimin 24 yoshda Yoongini oʻgay opasini oʻgʻli Yoongi bilan birga ishlaydi.

Shin Hari 23 yoshda ota onasi yoq u ham dizaynerlik boyicha ishlaydi

.
.
.
.
.

1-qisim tugadi