January 6

NOMUS

:)3(:

.
.
.
.
.

Mira yotoq ustida jimgina o‘tirardi. Atrofga bir qarab chiqdi. Xona juda chiroyli bezatilgan edi oq va mayin ranglar, gullar, xira chiroqlar… Go‘yo bu yer baxt uchun tayyorlangandek, ammo uning yuragi hali bu baxtni qabul qilishga tayyor emasdi.

Hyunjin eshik tomon yurdi-da, sekin qulfladi. Qulfning past ovozi xonadagi jimlikni yanada chuqurlashtirdi. So‘ng u Miraning oldiga qaytdi. Hech shoshmasdan, ehtiyotkorlik bilan uning oyog‘idagi poshnali tuflisini yechdi. Mira beixtiyor qimirlamoqchi bo‘ldi, ammo Hyunjinning harakati sokin va hurmatli edi.

U qaddini rostlab,kostyumini yechdi va Miraga tikildi.

Hyunjin: Bilaman, — dedi u past, ammo aniq ovozda. — Nima sababdan bu to‘yga rozi bo‘lganingni, oʻzing hohlab emas.

Mira ko‘zlarini ko‘tarmadi.

Hyunjin: Shuning uchun, — davom etdi Hyunjin, — men sening orzularingga, erkinligingga cheklov qo‘yish niyatim yo‘q. O‘qishing, rejalaring barchasi o‘z holicha qoladi.
U bir lahza to‘xtadi.
— Faqat bitta so‘zimdan chiqmasang bas.

Xonada yana jimlik hukm surdi. Mira sekin boshini ko‘tardi, so‘ng hech narsa demay, boshini tasdiq ma’nosida qimirlatdi.
Bu bosh irg‘ash quvonch emasdi.
Bu kelishuv edi.
Ikki begonaning bir tom ostida yashashga majbur bo‘lgan kelishuvi.
Xonadagi chiroqlar xira porlab turar, tashqarida esa tun chuqurlashib borardi.

Hyunjin Miraga tikildi.

Hyunjin: Birinchi to‘y kechamizga tayyormisan?..

Mira bir zum jim qoldi. Yuragi tez ura boshladi. So‘ng sekin boshini tasdiq ma’nosida qimirlatdi. Bu rozilik ishonchdan tug‘ilgan edi.

Hyunjin biroz o‘ylanib turdi. Keyin ohista dedi:

Hyunjin: Kel… bu ko‘ylagingni yechib olaylik.

U ehtiyotkorlik bilan oq kelinlik libosining orqa tomonidagi tugmalarni yecha boshladi. Ko‘ylak qizning yelkasidan sirpanib, yerga tushdi. Xonadagi jimlik yanada chuqurlashdi.
Hyunjin shkaf tomonga borib, o‘zining keng, oq futbolkasini oldi-da, Miraga tutqazdi.

Hyunjin: Buni kiyib ol.

Mira hech narsa demay, tezda futbolkani kiyib oldi. U o‘zini biroz yengilroq his qildi.
Hyunjin chuqur nafas oldi.

Hyunjin: To‘g‘risi, hozir qiladigan ishlarim senga g‘alati tuyulishi mumkin. Balki tushunmasan ham…
— dedi u sekin. — Lekin men sening ixtiyoringga qarshi bitta ham qadam tashlamayman. Senga vaqt beraman. Qachon tayyor bo‘lsang, qachon o‘zing xohlasang o‘shanda birinchi tunimiz bo‘ladi.

Mira uning ko‘zlariga qaradi. Bu so‘zlar yuragidagi qo‘rquvni bir oz bo‘lsa ham yumshatdi. U beixtiyor yengil jilmaydi.

Mira: Meni tushunganingiz uchun rahmat…

Hyunjin javob bermadi. U faqat Mirani sekin bag‘riga bosdi. Bu quchoq ehtirosli emasdi bu himoya edi.
Bir ozdan so‘ng u gapirdi:

Hyunjin: Endi qaragin… odamlar ishonishi uchun, go‘yo biz birga bo‘lgandek, xonada ba’zi izlar bo‘lishi kerak.

Mira: Shu shartmi?..

Hyunjin: Ha. Kerak. Sen aytganimni qilasan.

Mira: Xo‘p…

Hyunjin: Javonda yangi choyshablar bor. Birini olib kel.

Mira borib, toza choyshab olib keldi. Hyunjin esa ko‘ylagini yechib, xonaning bir burchagiga tashladi. Va yotoq ustiga chiqib hech kimni koʻzi tushmaydigan joyidan kichik pichoq yordamida tirnadi va qon chiqardi. Qon oppoq pastelni qizil rang bilan beladi. U barchasini tez, hech kim sezmaydigan tarzda qildi. Bu og‘riq emas balki zarurat edi.

Mira bo‘layotganlarni tushunib, cho‘chib ketdi. U darhol tibbiy qutichani topib, Hyunjinning qo‘liga malham surdi.

Mira: Nega bunday qildingiz?..

Hyunjin unga qarab, sokin ovozda dedi:

Hyunjin: Seni himoyalash uchun.

So‘ng u ishlatilgan buyumlarni ham xonaning bir chetiga olib qo‘ydi. Mira olib kelgan choyshabni esa yotoqga birga kuydirishdi.
Ular bu sirni birga ko‘tarishga majbur edilar.
Xonada yana jimlik hukm surdi.

Hyunjin: ana endi boʻldi...

Hyunjin mamnun holda jilmayib qoʻydi.

Hyunjin: men yuvinib chiqaman hohlaseng uxlashing mumkin.

Mira: qayerda yotaman ahir yotoq bitda ekan...

Hyunjin: tori yotoq bitta — hyunjin biroz oʻylanib turdida — bir ikki kun birga bitta yotoqda yotamiz oʻzimizni uyga qaytguncha hopmi...

Mira: hop...

.
.
.
.

Erta tong… Noyabrning oxirgi kunlari edi. Havo sovuq bo‘lsa-da, tong nihoyatda yoqimli edi. Tashqarida yomg‘ir mayin shivirlab yog‘ar, tomchilarning ohangi yurakka taskin berardi.

Hyunjin asta ko‘zlarini ochdi. Bir zum qayerdaligini anglab yetdi-da, yoniga qaradi.
Mira yonida yotar, xuddi kichkina ayiqchadek o‘ralib olib, mazza qilib uxlar edi. Sochlari yuziga to‘kilib tushgan, nafasi esa sokin va barqaror edi.

U sekin o‘rnidan ko‘tarilib, xonaga ko‘z yugurtirdi. Hamma joy saranjom-sarishta, toza edi. Kechagi shovqin-suron, tashvish va og‘ir qarorlar go‘yo bu xonaga yetib kelmagandek.

Hyunjin yana asta yotoqqa qaytib, joyiga yotdi. Yomg‘ir shivirlashi ostida ko‘zlarini yumay deb turganida, eshik sekin taqilladi.

Hyunjin: Kim?..

Tashqaridan tanish ovoz eshitildi:

— Nonushtaga tusharkansizlar.

Hyunjin qisqa javob berdi:

Hyunjin: Xo‘p.

U yoniga yana bir qarab qo‘ydi. Mira hanuz uxlab yotar, go‘yo butun dunyodan bexabar edi. Hyunjin esa ichida ilk bor g‘alati bir sokinlikni his qildi.

Hyunjin: Mira… Mira, tur. Nonushtaga tushamiz.

Mira yostiqni mahkam quchib oldi. U uyquni judayam yaxshi ko‘rardi, ayniqsa shunaqa yomg‘irli tonglarda uyg‘onish unga azobdek tuyulardi.

Hyunjin: Mira, tur dedim.

Mira: Yana biroz… iltimos…

Hyunjin: Yo‘q, tur. Ota-onam bizni nonushtaga chaqirishdi. Kutishvoti.

Mira yuzini yostiqqa bosdi.

Mira: Nonushta qilgim yo‘q… o‘zingiz tushavering, men biroz uxlayman.

Hyunjin: Yo‘q. Tur. Birga tushishimiz kerak.

Shunday deb Hyunjin Miraning qo‘lidan sekin tortib, uni o‘rnidan turqazdi. Mira xuddi uyqusiragan mushukchadek qadam tashlab, hammom tomonga yo‘l oldi.

Hyunjin: Tez chiq, men kutib turaman.

Mira javob bermadi, faqat eshikni yopib oldi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tdi. Mira o‘zini epaqaga keltirib chiqdi. Sochlari oddiygina yig‘ilgan, yuzi hali ham uyqudan uyg‘onib ulgurmagandek sokin edi, ko‘zlarida esa bolalarcha erinchoqlik bor edi.

Hyunjin unga qarab, bilinar-bilinmas jilmaydi.

Hyunjin: Yaxshi. Endi bo‘ldi.

Mira: (sekin) Keyingi safar bunchalik erta uyg‘otmaysiz…

Hyunjin: Bu uyda doim “erta" uygʻonish kerak.

Mira unga bir qarab qo‘ydi, nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, lekin indamadi. Keyin honaga koʻzi tushdi.

Mira: honani siz tozaladizmi...

Hyunjin: nega men tozalayman hizmatchilar tozalashgan..

Mira: hona qulf ediku...

Hyunjin: yoshimdan avval honani qulfini ochib qoygandim sababi men oyimni yaxshi bilaman ishonch hosil qilishlari kerak edi shunga...

Mira: ha tushunarli

Hyunjin: endi savollariz tugagan boʻlsa nonushtaga tushsak

.
.
.
.
.

Ular birga pastki qavatdagi oshxonaga tushishdi. Oshxonani yangi damlangan choy hidi va issiq nonning yoqimli isi to‘ldirib turardi. Stol atrofida Hyunjinning ota-onasi nonushta qilib o‘tirishardi.
Onasi ularni ko‘rib, yuzida muloyim tabassum paydo bo‘ldi.

Hyunjin: Hayrli tong.

Mira: Hayrli tong.

Onasi: Sizlarga ham hayrli bo‘lsin. Kelinglar, o‘tiringlar.

Ular stol atrofiga borib o‘tirishdi. Mira biroz tortinchoq edi, qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, atrofga sekin qarab qo‘ydi. Biroq onaning iliq nigohi va tabassumi uning ichidagi hayajonni biroz bo‘lsa-da bosdi.

Onasi: Mira, o‘zingni bemalol his qil. Bu uy endi seniki ham.

Bu so‘zlar Miraning yuragiga iliq kirib bordi.

Mira: Rahmat… juda mazali hid kelayapti.

Onasi jilmayib, uning oldiga non va choy surdi.

Onasi: Ertalab och qoringa issiq choy ichish foydali.

Hyunjin otasiga qarab qo‘ydi. Otasi sokin, ammo mehr bilan qaradi.

Mira ich-ichidan bu nonushta oddiy ovqat emasligini his qilardi. Bu uni yangi oilaga qabul qilish lahzasi edi.
Suhbat asta-sekin iliqlashdi. Mayda gaplar, kulimsirashlar, oddiy savollar… Hammasi Miraning ko‘nglini xotirjam qila boshladi. U o‘zini begona emas, balki asta-sekin shu oilaning bir bo‘lagidek his eta boshladi.

Nonushta paytidagi bu sokin va mehrli lahza Miraning yuragida uzoq vaqtga qoladigan xotiraga aylanardi.

......

Oradan uch kun o‘tdi. Bu uch kun odatiy, sokin kunlardek o‘tdi. Hech qanday janjal ham, ortiqcha shovqin ham bo‘lmadi.

Erta tongda Mira uyg‘onib, yoniga qaradi Hyunjin yo‘q edi. U sekin o‘rnidan turdi, shoshilmay tayyorlandi va pastga tushdi.

Zinalardan pastlayotganida, eshik yonida Hyunjinni ko‘rib qoldi. U endigina yugurishdan qaytgandek, hansirab suv ichardi. Yonida esa bir xizmatchi qiz turar, nigohini undan uzmasdi.
Mira zinadan tushib, to‘g‘ri Hyunjin yoniga bordi.

Mira: Hayrli tong.

Hyunjin: Senga ham.

Xizmatchi qiz: Hayrli tong, xonim.

Qiz shunday deb tezda u yerdan chiqib ketdi.

Hyunjin Miraga diqqat bilan qaradi.

Hyunjin: Nimadir bo‘ldimi?

Mira: Yo‘q, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Siz avvalroq boshqa uyga ketamiz, degandiz…

Hyunjin biroz qoshini chimirdi.

Hyunjin: Ha, aytgandim. Nega birdan ketishni eslatding? Yoki bu yerda kimdir ko‘nglingni xafa qildimi?

Mira: Yo‘q-yo‘q, hech kim xafa qilgani yo‘q. Bugun shanba, dushanbadan o‘qishim boshlanadi. Shunga biroz tayyorgarlik ko‘rishim kerak edi.

Hyunjin boshini tasdiq ma’nosida qimirlatdi.

Hyunjin: Ha, tushundim. Unda oyim bilan gaplashaman. Tushlikdan keyin ketamiz, xo‘pmi?

Mira yengilgina jilmayib, boshini qimirlatdi.

Tushdan so‘ng

Ko‘p qavatli uylar oldidagi garajda to‘xtagan mashinadan juftlik tushdi. Hyunjin yukxonani ochib, bir-ikki chamadonni oldi. Mira ham yonida yordam berdi.

So‘ng liftdan foydalanib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan qavatga ko‘tarilishdi.

Bu bino juda qimmat turar-joylardan biri edi. Shu sababli har bir qavatda atigi bitta xonadon joylashgan, sukunat va osoyishtalik hukm surardi.

Hyunjin kalit o‘rniga eshik yonidagi panelga yaqinlashdi, kodni terdi va eshik ochildi. U yon tomonga o‘girilib, Miraga yuzlandi.

Hyunjin: Mana, marhamat. Xush kelibsan.

Mira: Rahmat.

Hyunjin ichkariga kirishdan oldin eshik qulfini ko‘rsatdi.

Hyunjin: Qara, bu uy eshigi pinkodli. Paroli — 0998. Tushunarlimi?

Mira: Ha, eslab qoldim.

Hyunjin bosh irg‘ab, eshikni kengroq ochdi.

Hyunjin: Yuraqol, endi ichkariga kiramiz.

Mira sekin qadam tashlab uyga kirdi. Oldinda uni butunlay yangi hayot, yangi makon va hali o‘zi ham anglab yetmagan tuyg‘ular kutib turgandek edi.

Ular ichkariga kirishdi. Uy ichi keng, yorug‘ va sokin edi.

Hyunjin chamadonlarni qo‘liga olib, zinaga qaradi.

Hyunjin: Sening xonang ikkinchi qavatda. Olib chiqishga yordam beraman.

Mira endi nimadir demoqchi edi-ki, Hyunjinning telefoni jiringlab qoldi. U ekranga bir qaradi-da, javob bermay cho‘ntagiga solib qo‘ydi.

Ammo telefon yana jiringladi. Bu safar ohangi ham bezovtaroq edi.

Mira beixtiyor unga qaradi.

Mira: Javob bermaysizmi?

Hyunjin chuqur nafas oldi, go‘yo ichidan nimanidir bosib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi.

Hyunjin: Nima deysan?
Telefon ortidan ayol ovozi eshitildi, ohangi sovuq va o‘tkir edi.

— Uyingizga ko‘chib boribsiz.

Hyunjinning yuz ifodasi o‘zgardi.

Hyunjin: Nima ishing bor?

— Men sizni sog‘indim. Hozir uyingiz oldida turibman. O‘n daqiqada chiqmasangiz…

.
.
.
.
.
3- qism tamom