Yoongi va Harining munosabatlari ham kundan kunga mustahkamlanib borardi. Avvallari faqat ish yuzasidan uchrashadigan ikki inson endi bir-biriga tayanch bo‘lib qolgan edi. Ular bu munosabatni hozircha hammadan sir tutishga qaror qilishgandi.
⸻
Kunlarning birida qizlar ofisda navbatdagi loyiha ustida ishlash bilan band edilar. Har kim o‘z kompyuteri qarshisida o‘tirib, chizmalar va hujjatlar bilan ovora edi.
Tushlik vaqti bo‘lgach, ovqat buyurtma qilishdi.
Ko‘p o‘tmay kuryer ovqatlarni olib keldi.
— Nihoyat! Ochlikdan o‘lyapman, — dedi Sua kulib.
Qizlar paketlarni ochib, ovqatlarni stol ustiga qo‘ya boshlashdi.
Shu payt Harining yuzi birdan o‘zgarib ketdi.
Ovqatning hidi burniga urilishi bilan uning ko‘ngli aynidi.
— Hmm…
U og‘zini qo‘li bilan yopdi.
— Hari, tinchlikmi? — dedi Haru xavotir bilan.
Ammo Hari javob bermadi. Shoshilgancha o‘rnidan turib, yuvinish xonasi tomon yugurdi.
Eshik yopilishi bilan ichkaridan qayt qilayotganining ovozi eshitildi.
Qolgan qizlar bir-biriga hayron qarab qolishdi.
— Nima bo‘ldi unga? — dedi Sua xavotir bilan.
Haru o‘ylanib qoldi.
— Ertalab ham rangi oqarib turgandek edi…
Mira esa indamay yuvinish xonasi eshigiga tikilib turardi. Negadir uning xayoliga birinchi bo‘lib bitta fikr keldi.
Nahotki…
Lekin u bu fikrini hozircha hech kimga aytmadi. Faqat Harining chiqishini kutib, xavotir bilan eshik tomonga qarab turardi.
Hari yuvinish xonasidagi oynaga uzoq tikilib qoldi.
Nahotki…
So‘nggi kunlarda ertalabki holsizligi, tez charchashi va hozirgina ovqat hididan ko‘ngli aynigani uning xayolidan bir fikrni o‘tkazdi.
Yo‘q… bo‘lishi mumkin emas… yoki…
U chuqur nafas olib, yuziga muzdek suv sepdi. Bir necha soniya o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi. Keyin yuz-qo‘llarini artib, tashqariga chiqdi.
Qizlar uni xavotir bilan kutib turishgandi.
Haru darrov yoniga keldi.
— Tinchlikmi? Nima bo‘ldi?
Hari o‘zini xotirjam tutishga urinib, yengil jilmaydi.
— Ertalab hech narsa yemagandim. Shunga oshqozonim buzilganga o‘xshaydi.
— Yo‘q. Sen endi og‘ir narsa ko‘tarmaysan. Men yig‘ishtiraman.
Hari uning shoshqaloqligini ko‘rib kulib yubordi.
Ertalabgacha Yoongi bu xabarni qanday qabul qilishidan qo‘rqib yurgan edi. Ammo hozir uning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, ichidagi barcha xavotir asta-sekin yo‘qolib borardi. Endi u bu yo‘lda yolg‘iz emasligini his qilgandi.
Shu tariqa Hari kerakli buyumlarini yig‘ishtirdi. Yoongi esa bir daqiqa ham uni yolg‘iz qoldirmadi. Mashinaga narsalarni joylashtirgach, ikkalasi Yoongining uyi tomon yo‘l olishdi.
Butun yo‘l davomida Yoongining yuzidagi tabassum yo‘qolmadi. Goho Hari tomonga qarab qo‘yar, goho esa kelajak haqida o‘ylanib jilmayardi.
Uyga yetib kelishgach, ular ichkariga kirishdi.
Bu payt Mira mehmonxonada kitob o‘qib o‘tirgan edi. Eshik ochilganini eshitib boshini ko‘tardi.
— Dada, keldingizmi…
U Hari ham Yoongi bilan birga kirib kelganini ko‘rib hayron bo‘ldi.
— Hari? Tinchlikmi?
Yoongi va Hari bir-biriga qarab olishdi.
Yoongi chuqur nafas olib, qizining qarshisiga o‘tirdi.
— Mira, senga aytadigan muhim gapimiz bor.
Mira kitobini yopib, ularga diqqat bilan qaradi.
— Eshitaman.
Yoongi Harining qo‘lidan ushladi.
— Men va Hari… bir-birimizni sevamiz.
Mira jilmayib qo‘ydi.
— Buni anchadan oldin sezgandim ammo bildirmagan edim.
Hari hayron bo‘lib Miraga qaradi.
— Rostdanmi?
Mira kuldi.
— Albatta. O‘sha kuniseni ataylab dadam bilan qoldirib ketganim bejiz emas edi.
Hari uyalib kulib yubordi.
Yoongi boshini chayqab kuldi.
— Demak, sen hammasini bilgan ekansan.
— Taxmin qilgandim, — dedi Mira.
Bir lahza jimlik cho‘kdi.
Shunda Hari sekin gap boshladi.
— Yana bir gap bor…
Mira uning jiddiylashganini ko‘rib xavotirlandi.
— Nima bo‘ldi?
Hari qo‘lini qorniga qo‘ydi.
— Men… homiladorman.
Miraning ko‘zlari katta ochildi.
— Rostdanmi?!
Hari sekin bosh irg‘adi.
Mira bir necha soniya indamay turdi. Keyin yuzida katta tabassum paydo bo‘ldi.
— Demak… men opa bo‘laman!
U yugurib kelib avval Harini, keyin otasini quchoqladi.
— Tabriklayman! Men juda xursandman.
Yoongi qizini bag‘riga bosib kuldi.
— Demak, rozisan?
Mira boshini qat’iy qimirlatdi.
— Albatta. Dadam baxtli bo‘lsa, men ham baxtliman. Hari esa allaqachon men uchun yaqin inson bo‘lib qolgan edi endi onam boladi
Bu gaplarni eshitgan Hari ko‘z yoshlarini yashira olmadi.
O‘sha kuni u nafaqat Yoongining sevgisini, balki Miraning ham samimiy qabulini his qildi. Shu ondan boshlab ular bir tom ostida yangi oila sifatida yangi hayot boshlashga qaror qilishdi.
To‘y kuni.
Nihoyat, uzoq kutilgan kun ham yetib keldi.
Yoongining uyi bayramona bezatilgan edi. Oqartirilgan gullar, mayin chiroqlar va nafis bezaklar hovliga o‘zgacha fayz bag‘ishlab turardi. Harining qaroriga ko‘ra, to‘y dabdabali emas, faqat yaqin insonlar ishtirok etadigan kichik va samimiy marosim tarzida o‘tkaziladigan bo‘lgandi.
Mehmonlar o‘z joylarini egallab bo‘lishgach, hammaning nigohi zina tomonga qaratildi.
Sekin qadam tovushlari eshitildi.
Hari zinadan pastga tusha boshladi.
U o‘ziga juda yarashgan, ixcham oq libos kiygan edi. Yengil pardoz va sodda taqinchoqlar uning tabiiy go‘zalligini yanada ochib turardi.
Yoongi unga qarashi bilan yuragi tez ura boshladi.
Go‘yo bu uning hayotidagi ilk nikoh marosimidek hayajonlanayotgandi.
Hari esa zinadan tushar ekan, ko‘zlarini Yoongidan uzmasdi. Erkakning nigohidagi mehr va hayajonni ko‘rib, uning ham lablariga beixtiyor tabassum yugurdi.
Mira esa chetda turib, ikkalasiga qarab mamnun jilmayardi.
Hari Yoongining yoniga kelib to‘xtadi.
Yoongi uning qo‘lidan ohista ushladi.
— Juda go‘zalsan, — dedi u past ovozda.
Hari uyalib kuldi.
— Rahmat.
So‘ng ikkalasi nikohni o‘qiydigan rohibning qarshisiga borib turishdi.
Rohib marosimni tantanali tarzda boshlab, nikohning ma’nosi, oila va o‘zaro hurmat haqida iliq so‘zlar aytdi.
Shundan so‘ng u ikkalasidan ham rozilik so‘radi.
Yoongi ikkilanmasdan:
— Roziman, — dedi qat’iy ovozda.
Hari esa ko‘zlari namlanib:
— Men ham roziman.
Rohib tabassum bilan bosh irg‘adi va nikohni o‘qib bo‘lgach, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.
— Bugundan boshlab sizlar bir oilasizlar. Hayotingiz mehr, ishonch va baxtga to‘lsin. Bir-biringizni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlang va oilangizga doimo tinchlik yor bo‘lsin.
Atrofdagilar qarsak chalishdi.
Yoongi va Hari bir-birlariga qarab jilmayishar, nihoyat uzoq kutgan baxtli onlari haqiqatga aylanganini his qilishardi. Bu kun ular uchun nafaqat yangi sahifaning, balki yangi hayotning boshlanishi edi.
Nikoh marosimi yakunlangach, Yoongi va Hari mehmonlar orasiga kirishdi. Kelgan har bir mehmon bilan alohida ko‘rishib, tabriklarini qabul qilishar, samimiy suhbat qurishardi. Hovli kulgi va quvonchga to‘lib ketgandi.
Birozdan so‘ng ular Mira va Jimin turgan joyga yaqinlashishdi.
Mira ularni ko‘rishi bilan yuzida iliq tabassum paydo bo‘ldi. U otasi tomon bir qadam tashlab, uni mahkam quchoqladi.
— Dada, tabriklayman.
Yoongi ham qizini bag‘riga bosdi.
— Rahmat, qizalog‘im.
So‘ng Mira Harining yoniga o‘tib, uni ham quchoqladi.
—Seni ham tabriklayman… Endi rasman onam bo‘ldingiz.
Hari ko‘zlari namlanib kulib yubordi.
— Rahmat, Mira.
Shu payt Jimin ham ularga yaqinlashdi.
— Tog‘ajon, tabriklayman. Rostini aytsam, bunday bo‘lishini umuman kutmagandim.
Yoongi kulib uning yelkasiga qoqdi.
— Rahmat. Endi navbat seniki.
Jimin qoshlarini chimirdi.
— Yana boshlandingizmi?
— Albatta, — dedi Yoongi kulib. — Endi sen ham uylanishing kerak.
Mira kulgisini yashira olmadi.
— Dada, qo‘ying. Unga qaysi qiz qarardi bu ketishda halli beri uylanmaydi.
Jimin esa hazillashib qo‘llarini ko‘tardi.
— Meni tinch qo‘yinglar. Bugun to‘y sizlarniki.
To‘rtalasi kulib yuborishdi.
Xuddi shu payt ularning yoniga qora kostyum kiygan, kelishgan bir erkak yaqinlashdi.
U muloyim tabassum bilan Yoongiga qo‘l uzatdi.
— Janob Min Yoongi, avvalo sizni chin yurakdan tabriklayman.
To‘rtovlonning nigohi bir vaqtning o‘zida notanish mehmonga qaratildi. Atmosfera yana jiddiy tus ola boshladi.