NOMUS
Qishning ilk kunlari odamlarga o‘zgacha bir kayfiyat bag‘ishlagan, shahar ko‘chalarida esa mayin sovuq bilan aralash quvonch nafasi sezilib turardi.
Soat kechki 18:12 ni ko‘rsatgan paytda restoranning deraza yonidagi stol atrofida bir yigit o‘tirar, qo‘lidagi soatga tez-tez qarab qo‘yar, finjondagi issiq kofesidan mayda ho‘plar edi. Uning nigohlarida kutish, sabrsizlik va biroz sovuqqonlik aralash edi.
Shu orada eshik ochildi va shoshilgan qadamlar ostida bir qiz xonaga kirib keldi. U bu yigitni hayotda hech qachon ko‘rmagan edi faqat suratda. Ammo ismini bilardi. Telefonidagi rasmga qarab, asta-sekin deraza tomondagi stolga yaqinlashdi.
Mira: Kechirasiz, janob… siz Hwang Hyunjinmisiz?
Yigit qizni boshdan-oyoq bir qarab oldi. Nigohi sovuqqina, ammo bepisand emasdi.
Hyunjin: Ha, menman. Siz… Mira?
Hyunjin: O‘tiravering. Biror narsa ichasizmi?
Mira: Yo‘q, rahmat. Hech narsa xohlamayman.
Yigit chuqur nafas oldi va kofesini chetga surdi.
Hyunjin: Unda darrov maqsadga o‘taman. Men 28 yoshdaman, biznes bilan shug‘ullanaman. Yana… boshqa ishlari ham ko‘p odamlar qatoridanman. Rostini aytsam, men o‘z xohishim bilan uylanayotganim yo‘q. Ota-onamning bosimi bo‘lgani uchun shu qarorga kelganman.
Lekin baribir… birga yashab ketamiz, degan umidim bor . Bir haftadan so‘ng to‘y. Shunga qadar keraksiz gap-so‘z yo boshqa muammolar bo‘lmasin. Tushunarli-mi?
Mira boshini asta qimirlatib, jimgina tasdiq berdi. Qizning ko‘zlarida tashvish va bir oz og‘riq porlab turardi.
Hyunjin kresloga suyandi-da, o‘rnidan turdi:
Hyunjin: Xo‘p, unday bo‘lsa men ketdim. Ishlarim ko‘p. O‘zing uyingga yetib olarsana. To‘yda ko‘rishguncha.
U shunday deb restoranni tark etdi. Mira esa joyida qotib qoldi. Ko‘zlariga yig‘i qalqib chiqib, u deraza ortidagi qorli manzaraga tikilgancha o‘zini yolg‘iz va biroz bechora his qildi.
Qiz restorandan chiqqach, sovuq shamol yuziga urildi. Qishning kechki sukunati go‘yo uning ichki bo‘shlig‘iga ham singib borayotgandek edi. U asta-sekin uyiga qaytdi. Uy eshigidan kirishi bilan ichkaridagi sokinlik uni yana ham ezdi go‘yo butun uyga suv quygandek mutlaqo jimjit edi.
Mehmonxonada akasi Felix televizor qarshisida o‘tirgan, ammo diqqatini ekrandan ko‘ra singlisiga qaratdi.
Felix: Xo‘sh, nima bo‘ldi? Ko‘rishdingmi qanday o‘tdi?
Mira ko‘zlarini yerga tikdi, ovozi esa juda past chiqdi:
Mira: Ha… Men xonamga chiqaman.
Qiz javob ham qilmay, sekin zinadan o‘tib o‘z xonasiga yo‘naldi. Xonaga kirganida, har doim unga quvonch va tinchlik bag‘ishlab kelgan yorqin, chiroyli xona bugun unga begona bo‘lib tuyuldi. Deviaridagi suratlar, yumshoq yoritgichlar, yoqimli hid barchasi birdan ko‘ziga keraksiz tuyildi.
Bu xonada ilk bor u o‘zini yomon his qildi. Go‘yo xona emas, devorlari ham uning ichki og‘rig‘ini eshitib turardi. U chuqur nafas oldi-da, qo‘lini uzatib, chiroqlarni o‘chirib yubordi. Xona bir zumda qorong‘u, g‘amgin zulmatga cho‘mdi.
Mira karavotga cho‘kdi. Charchoqdan ham ko‘ra ko‘proq ruhiy og‘irlik uni ezardi. Ko‘zlarini yumdi, lekin fikrlarini o‘chirib bo‘lmadi Hyunjinning sovuq so‘zlari, uning bepisand nigohi qulog‘ida jaranglab turardi.
Bu tun unga uzoq va og‘ir kechishi aniq edi.
Bir hafta avval…
Mira universitetdan quvonchga to‘la kayfiyatda uyiga qaytayotgan edi. Darslar yaxshi o‘tgan, do‘stlari bilan kulishgan, kuni chiroyli kechgandi. Ammo u eshikni ochishi bilan bu quvonch bir zumda so‘nib, o‘rnini vahimali jimlik egalladi.
Uy odatdagidek iliq va shovqinli emasdi aksincha, havoda og‘irlik, ziddiyat va alam hidlari aralash edi.
Mehmonxona tomon qadam tashlar ekan, uning yuragi hapriqib ketdi. U yerda onasi burchakda o‘tirgancha qo‘llari bilan yuzini to‘sib, qattiq yig‘layotgan edi. Otasi esa singlisining ro‘parasida turib, unga o‘tkir, g‘azabli nigohlarini qadagan. Felix esa bir necha bor joyidan turib, asabiy ravishda u yoqdan bu yoqqa yurardi. Eng achinarlisi singlisi Miya yerga cho‘kkalab olib, otasining oyog‘i ostida titrab yig‘lardi.
Mira: Nima bo‘ldi? Tinchlikmi?!
Felix keskin burildi, yuzidagi asab alomatlari yanada kuchaydi.
Felix: Yo‘q, tinchlik emas!. Nima bo‘lganini bilasanmi?
Mira yuragi hapriqib, ovozi titrab javob berdi:
Mira: Yo‘q… bilmayman. Nima bo‘ldi?
Felix tishlarini qisib, singlisini ko‘rsatdi.
Felix: Mana shu "singlin" kimdandir homilador bo‘libdi. Eng yomoni men buni ko‘chadagi odamlardan eshitdim. Uydagilar esa jim…!
Miraning ko‘zlari kattalashib ketdi.
U qattiq larzaga tushgancha onasining yonidan joy topib, titrab o‘tirib qoldi.
Shunda otasi, Janob Lee, birdan ovozini ko‘tardi. Uning ovozi xonani larzaga soldi.
Janob Lee: Hoy, qiz! Senga nima yetmayapti edi?! Nega bunday yo‘l tutding?!
Miya boshini ko‘tara olmadi. Sochlari yuzini to‘sib, ko‘z yoshlari yerga to‘kilar edi.
Lekin otasi uning gapini tugatishga fursat bermadi.
Janob Lee: Endi men odamlar oldida qanday yuz ko‘rsataman? Qanday bosh ko‘tarib yuraman?! Bu uyga sharmanda bo‘lding! Ey, yuzsiz!
Miya: Kechiring, dada… iltimos…
Otasi esa alamini tiyolmay, qo‘lini ko‘tardi-da, qizining yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Urilgan ovoz Miraning yuragini tilka-pora qildi.
Mira darrov o‘rnidan sakrab turdi, singlisini himoya qilish uchun oldiga yugurdi.
Ammo Felix ham ovozini ko‘tardi:
Felix: Mira, sen aralashma! Ho‘nangga bor!
Felix: Xonanga bor dedim senga! Aralashma bu ishga!
Uning baqirigidan uy ichida yana bir jimlik cho‘kdi. Mira ko‘zlariga yosh to‘lib, boshini egdi-da, sekin zinapoyaga qarab yurdi. Har bir qadam bilan yuragiga alam ortib borardi.
Bu kecha Miraning oilasi uchun ham, uning qo‘shiqdek quvonchli hayoti uchun ham burilish nuqtasi bo‘lgan edi…
Oradan tort kun o‘tdi. Bu tort kun Felix uchun ham, butun oila uchun ham eng og‘ir kunlar bo‘ldi. Mansabdor shaxslar, tanish-bilishlar orasida gap tez tarqaldi “Felix singlisiga qaray olmabdi”, “tarbiyasi bo‘sh ekan”, degan gap-so‘zlar unga o‘qday sanchilardi. Uning nomi atigi tort kun ichida oyoq osti bo‘ldi.
Shu iztirobli damlarda Felixning miyasiga birdan bir fikr keldi. U qo‘lini cho‘zib telefonini oldi va uzoqdan beri tanish bo‘lgan raqamni terdi.
Telefondan sokin, ammo beparvo ovoz eshitildi.
Hyunjin: Har doimgiday… tungi klubdaman.
Felix: Hozir boraman. muhim ishim bor.
Aloqa uzildi. Felix chuqur nafas olib, e’tiborini jamlab, o‘sha klub tomon yo‘l oldi.
Tungi klub tashqaridan jimjit va oddiy ko‘rinsa-da, ichkariga qadam qo‘ygan insonni darrov shovqin-ko‘pik, chaqnagan rang-barang chiroqlar, tamaki hidi, spirtli ichimliklar aralash og‘ir atmosfera qarshi olardi. Bu yer odamlar o‘z azobini musiqaga qo‘shib yashiradigan maskan edi.
Shu notinch olamning bir chekkasida, qorong‘iroq o‘rindiqda Hyunjin keng o‘tirar, qo‘lida sigareti, yonida esa tizzasiga suykalib o‘tirgan bir qiz bilan vaqt o‘tkazardi. U butunlay erkin, tartibsiz hayotning timsolidek edi.
Felix uni darrov tanidi. Yoniga borib to‘xtadi.
Hyunjin: Ooo, do‘stim! Kelyapsanmi?
Felix: Gaplashib olsak bo‘ladimi?
Hyunjin: Albatta.
Hyunjin tizzasidagi qizga ishora qildi. Qiz bir so‘z demay, jilmayib o‘rnidan turdi va ularni yolg‘iz qoldirdi.
Hyunjin: Yaxshimisiz? Biron narsa bo‘ldimi?
Felix chuqur nafas olib, stolda turgan alkogoldan o‘ziga quydi. Hech ikkilanmay bir ho‘plab ichdi. Ko‘zlari qizarib, qo‘llari esa biroz titrardi.
Hyunjin: Vaziyat jiddiy shekilli. Gapir, nima bo‘ldi?
Felix: Sen o‘sha kuni aytganding-ku, uylanish uchun qiz izlayotganingni…
Hyunjin: Ha, izlayapman. Hali topganim yo‘q.
Felix bir zum jim qoldi, keyin keskin qaror bilan gapirdi:
Felix: Men… men senga singlimni beraman.
Hyunjin ichayotgan ichimligiga tiqilib qoldi, yo‘taldi, ko‘zlari kattalashdi.
Felix: Kichik singlim… homilador bo‘lib qolgan. Hozir hamma shuni gapiryapti. “Felixni singlisi sharmanda qildi”, deyishyapti. Endi o‘zimni himoya qilolmayapman.
Hyunjin labini tishlab kulimsiradi.
Hyunjin: Shuning uchun meniga to‘y boxona tiqishtirmoqchimisan? To‘ydan keyin bolaga “ota” kerak bo‘lmasin deb, shunaqa qilyapsanmi?
Felix kulib qo‘ydi, lekin kulgisi achchiq va alamli edi. U yana bir qultum ichdi.
Felix: Yo‘q. Men senga… Mirani bermoqchiman. Unga ishonaman. U aqlli, halol. U uyatga qolmaydi. Lekin boshqa biror narsa bo‘lishidan oldin uni turmushga berib qo‘ymoqchiman.
Hyunjin bir muddat jim turdi. Ko‘zlarida qiziqish bilan ichki hisob-kitob aralash chiroq yonib o‘chdi.
Hyunjin: Axir Mira o‘qiredi-ku? Keyin… menga rozi bo‘ladimi?
Felix: Ha, o‘qiydi. Bu yil o‘qishini tugatadi. Rozi qilaman. Qanday bo‘lsa ham.
Hyunjin stakanni ushlab, Felixga tikildi:
Hyunjin: Yaxshilab o‘ylab ko‘r. Men bu menman. Meni bazi ishlarim bor, xarakterim ham og‘ir. Shunaqa odamga singlingni ravo ko‘rasanmi? Mendek insonga pok singlingniya
Felix boshini egdi. Ovozida og‘ir, majburona taslimlik bor edi:
Felix: bilaman lekin nimadir qilishim kerak-ku shuning uchun shu yoʻlni tutaman, ota onang bilan gaplash men ham gaplashaman
Hyunjin: Mayli-ku lekin yana bir bor oʻyla.
Shu so‘zlar bilan ikki yigitning hayoti ham, Miraning taqdiri ham o‘sha kundan boshlab butunlay o‘zgarib ketdi…