May 15

AMORE

Ep-2

.
.
.
.
.

Endigina pol artishni tugatayotgan paytida eshik ochilib, Yoongi ichkariga kirib keldi. Jimin qo‘lidagi chetga olib, ortiga qaradi.

Yoongi qoshlarini chimirib atrofga nazar tashladi:

Yoongi: Yarim kechasi bu yerda nima qilyapsan

Jimin xotirjam javob berdi

Jimin: Polga narsa to‘kib yuborgandim. Shuni tozalab qo‘yayotgandim.

Yoongi divanga borib o‘tirdi.

Yoongi: Sendan boshqa odam yo‘qmidi? Xizmatchilar nima qiladi unda?

Jimin yengil kuldi:

Jimin: Hech qisi yo‘q. Ular ham dam olsin-da. Bo‘ldi, tozalab bo‘ldim.

U qo‘lini yuvib kelib, Yoongining ro‘parasiga o‘tirdi. Xonada biroz jimlik

Yoongi: Mira qayerda

Jimin: Xonasiga chiqib ketgandi, — dedi Jimin.

Yoongi bosh irg‘adi

Yoongi: Ha, yaxshi… Busandagi ish nima bo‘ldi? Hal qildingmi?

Jimin ham ishchan ohangga qaytdi:

Jimin: Ha, hammasini hal qildim. Mollarni o‘z egalariga shaxsan o‘zim topshirib chiqdim.

Shundan keyin ular ish haqida ancha vaqt gaplashib o‘tirishdi. Taxminan yarim soatlardan so‘ng Yoongi o‘rnidan turdi.

Yoongi: Mayli, sen ham endi dam ol.

U pastki qavatdagi xonasi tomon yurdi. Eshik oldiga yetganda birdan to‘xtab, ortiga qaramasdan gapirdi:

Yoongi: Ha, yana bir gap… Ustinga hech bo‘lmasa mayka kiyib ol. Qizlaring qoldirgan izlar bilinib turibdi. Mira ko‘rsa, o‘zing uyalib qolasan.

Jimin beixtiyor kulimsiradi.

Jimin: Xo‘p, — dedi past ovozda.

Yoongi xonasiga kirib ketguncha kutib turdi. So‘ng chuqur nafas olib, tepa qavatga ko‘tarildi.

Miraning xonasi eshigini sekin ochdi. Xona jimjit edi. Mira charchoqdan yuvinib chiqib, uxlab qolgan edi. Nam sochlari yostiqqa yoyilib tushgan, yuzi esa odatdagidan ancha sokin ko‘rinardi.

Jimin asta yaqinlashdi. Bir necha soniya jim turib uni kuzatdi. So‘ng egilib lablaridan bosa oldi

Jimin: Xayrli tun… — deb pichirlab.

Keyin ortiga qaytib, xonadan sekin chiqib ketdi.

_______

Erta tong har doimgidek boshlandi. Kompaniyada ishlar qizg‘in ketayotgan edi. Xodimlar o‘z ishlari bilan band, har bir bo‘limda shoshqaloqlik sezilib turardi.

Jimin esa jahlini zo‘rg‘a bosib turardi.

Jimin: Janob Lee, sizga bitta topshiriq berilgan edi. Shuni ham eplay olmadingizmi? Qoyil! — dedi u asabiy ohangda.

Yoongi ham jiddiy yuz bilan ularni kuzatib o‘tirardi. Xonadagi bosimni sezmaslikning iloji yo‘q edi.

Janob Lee boshini egib:

Lee: Meni mazur tuting. Ularning soxta kompaniya ekanidan xabarim yo‘q edi…

Jimin qoshlarini chimirdi:

Jimin: Hujjatlarini aniq tekshirganmidingiz?

Lee: Ha, hammasi ishonchli va toza ko‘ringandi. Mana, hujjatlarni ko‘ring.

Janob Lee qo‘lidagi hujjatlarni uzatdi. Jimin ularni stol ustiga qo‘ydi, Yoongi esa olib sinchiklab ko‘z yugurtirdi.

Bir necha soniyadan keyin hujjatlarni stolga tashladi va sovuqqina gapirdi:

Yoongi: Chiqishingiz mumkin.

Lee: Xo‘p, janob.

Janob Lee chiqib ketishi bilan eshik yana ochildi va Suho ichkariga kirdi.

Yoongi hujjatlarni unga uzatib dedi:

Yoongi: Manavi hujjatdagi odamni yer tagida bo‘lsa ham topinglar. Bizdan olgan pullarining hammasini undirib olinglar. Yana bizga o‘xshab kimlarni aldagan bo‘lsa, ularning pullarini ham qaytarib beringlar uxogi uch kun muxlat…

Suxo: Xo‘p bo‘ladi, janob, — dedi Suho va chiqib ketdi.

Jimin esa chuqur xo‘rsinib, xonadagi kursilardan biriga o‘tirdi.

Jimin: Yo xudo… kelib-kelib shunga ham ishonamanmi endi? Endi dizaynerni qayerdan topaman?

Yoongi unga qarab qo‘llarini birlashtirdi:

Yoongi: Asabiylashganing bilan muammo hal bo‘lmaydi. Undan ko‘ra o‘yla. Oy boshida loyiha topshirilishi kerak…

Jimin jim bo‘lib qoldi. U bir necha soniya o‘ylanib o‘tirdi. Birdan ko‘zlari chaqnab ketdi.

Jimin: To‘xtang…

Yoongi unga qaradi:

Yoongu: Nima bo‘ldi?

Jimin: Axir Mira ham dizayner-ku. Ularning kichik bo‘lsa ham kompaniyasi bor. Eng muhimi ishonchli.

Yoongi bir oz o‘ylanib qoldi.

Yoongi: To‘g‘ri aytyapsan… ammo ular buni eplay olisharmikin?

Jimin: Avval Mira bilan gaplashish korish kerak.

Yoongining nigohi o‘ychanlashdi. Balki bu ularning muammosiga yechim bo‘lishi mumkin edi.

_____

Bu payt Mira hali ham shirin uyquda edi. Qalin pardalar ortidan kirayotgan quyosh nuri xonani asta yoritayotgan bo‘lsa ham, u yostiqni quchoqlagancha uxlab yotardi.

Shu payt yonidagi telefoni baland ovozda jiringlab yubordi. Mira qoshlarini chimirib, yostiqni boshiga bosdi, ammo telefon tinmasdi. Asabiylashib, kim qo‘ng‘iroq qilayotganiga ham qaramasdan go‘shakni ko‘tardi.

Mira: Alo… — dedi uyqusiragan ovozda.

Telefonning narigi tomonidan Yoongining jiddiy ovozi eshitildi:

Yoongi: Kompaniyaga kelib keta olasanmi qizim? Bir masala bo‘yicha gaplashib olishimiz kerak.

Mira ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib, karavotda o‘tirib oldi.

Mira: Men uy qamog‘idaman va dam olmoqchi edim dadajonim. Qanday masala? Telefonda ham aytavering.

Yoongi bir zum jim qoldi, keyin gap boshladi:

Yoongi: Bilasan, biz loyiha boshlagandik. Uni oy boshigacha topshirishimiz kerak edi, ammo muammo chiqdi. Hozir bizga dizaynerlar kerak. Buni tugatish qo‘lingizdan keladimi?

Miraning uyqusi birdan ochilib ketdi.

Mira: Ha, shu masalami? Albatta eplaymiz. Lekin undan oldin ofisga borib shartnoma tuzib kelasizlar.

Shu payt yon tomonda o‘tirgan Jimin ovozini balandroq qildi:

Jimin: Shartnoma? Bizga ishonmaysanmi?

Mira yengil kuldi:

Mira: Ishonamiz. Ammo hammasi hujjat bilan bo‘lsa, ishonchliroq bo‘ladi. Men hozir qizlarga aytib qo‘yaman. Sizlar kelib shartnomani imzolab ketasizlar.

Yoongi bosh irg‘adi:

Yoongi: Mayli. Unda bugun borib shartnoma tuzib kelamiz.

Shunday deb qo‘ng‘iroqni yakunladi.

Telefonni qo‘yishi bilan Yoongi Jimin tomonga qaradi.

Yoongi: Ana, masala hal bo‘ldi desa ham bo‘ladi.

Jimin yengil jilmaydi:

Jimin: Ha.

Yoongi o‘rnidan turib, stol ustidagi hujjatlarga qaradi.

Yoongi: Hujjatlarni tayyorla. Bu safar birga boramiz.

Jimin esa bosh irg‘ab honadan chiqib ketti…

___

Mira Hari bilan telefonda gaplashib, bugun kompaniyadan shartnoma uchun odamlar kelishini aytdi. Hari ham hammasini tushunganini bildirib, tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Jimin va Yoongi ofisga kelishdi. Ularni kirishda Sua kutib oldi.

Sua: Xush kelibsiz, janoblar, — dedi Sua muloyim tabassum bilan.

Jimin bosh irg‘adi:

Jimin: Xushvaqt bo‘l, Sua. Hari qayerda? Uni oldiga kelgandik.

Sua: Xonasida, — dedi Sua yo‘l ko‘rsatib.

Yoongi va Jimin koridor bo‘ylab yurib, Hari ishlaydigan xonaga kirishdi.

Hari stol ustida hujjatlar bilan band edi. Eshik ochilgach, avval Jimin, uning ortidan Yoongi kirib keldi.

Hari darrov o‘rnidan turdi:

Hari: Hayrli kun.

Yoongi: Hayrli kun, — dedi Yoongi. — Mira aytgandir, shartnoma bo‘yicha kelgandik.

Hari bosh irg‘adi:

Hari: Ha, Mira aytdi. Kelinglar, o‘tiringlar.

Ular qarshisidagi o‘rindiqlarga o‘tirishdi.

Hari tartibli qilib qo‘yilgan hujjatlarni olib gap boshladi:

Hari: Mira bizga asosiy ma’lumotlarni tushuntirgan. Men hozir shartnomani beraman, tanishib chiqasizlar. Agar ma’qul kelsa, imzolaymiz.

U qo‘lidagi qog‘ozlarni Yoongiga uzatdi. Yoongi hujjatlarni olib, diqqat bilan o‘qishni boshladi. Xonada bir necha soniya jimlik hukm surdi.

Bir payt Yoongi qoshlarini chimirdi:

Yoongi: Nima uchun bu yerda to‘lovning ellik foizi oldindan qilinishi kerak deb yozilgan?

Hari xotirjam ohangda javob berdi:

Hari: Chunki biz qilgan ish ayrimlarga yoqmasligi mumkin yoki loyiha tugagandan keyin to‘lovni bermaslik holatlari ham bo‘ladi. Shu sabab mehnatimiz behuda ketmasligi uchun yarim to‘lovni oldindan olamiz. Ish yoqadimi yoki yo‘qmi bu mijozning qarashi. Biz esa qo‘limizdan kelgancha sifatli qilib beramiz halos.

Yoongi unga bir necha soniya tikilib turdi. So‘ng bosh irg‘adi:

Yoongi: Tushunarli. Men bu yerdagi shartlarga roziman.

Hari stol ustidagi ruchkani unga uzatdi:

Hari: Unda imzo cheking va to‘lov chekini ko‘rsating.

Yoongi “xo‘p” degandek bosh irg‘ab, hujjatlarga imzo qo‘ydi. Keyin telefonidan online to‘lov qilib, chekni ko‘rsatdi.

Hari hammasini tekshirib chiqdi va jilmaydi:

Hari: Yaxshi. Namunalarni ko‘rsatamizmi yoki o‘zingizning qandaydir ideyangiz bormi?

Yoongi kursiga suyangancha javob berdi:

Yoongi: Avval namunalarni ko‘raylik. Keyin o‘z fikrimizni aytamiz.

Hari: Mayli

U kompyuterini o‘zlariga qaratib, birin-ketin oldingi loyihalar va dizayn namunalarini ko‘rsata boshladi.

Shin Hari 22 yoshda Mira bilan birga ishlidi. Ota onasi yoq yetimxonada katta bolgan hozida Sua bilan birga bir kvartidada yashaydi.

Hari pov: Yo xudoyim bu erkak nima uchun mening idealimdek keng boyli mushakdor chiroyli ishbilarmon ammo farzandli nega

U xayollariga sho‘ng‘ib ketgan paytida Yoongining ovozi uni o‘ziga keltirdi.

Yoongi: Mana shu varianti ma’qul keldi. Qo‘lingizdan keladimi?

Hari shoshib kompyuter ekraniga qaradi. Yoongi tanlagan loyiha zamonaviy va murakkab dizaynlardan biri edi.

Hari: Ha, albatta. Bizga ishonavering, — dedi Hari o‘zini qo‘lga olib.

Yoongi bosh irg‘adi:

Yoongi: Unda kelishdik.

Shunday deb u o‘rnidan turdi. Jimin ham ortidan ergashdi. Ular eshik tomon yurishayotganda Hari birdan esladi:

Hari: Ertaga vaqtingiz bo‘lsa, obyekt qayerdaligini ko‘rsata olasizlarmi?

Yoongi ortiga qarab:

Yoongi: Ha, albatta, — dedi.

Ular aynan ofisdan chiqib ketayotgan paytda eshik ochildi. Ichkariga qo‘lida oppoq atirgullar tutgan bir yigit kirib keldi.

Han: Hammaga salom. Mira keldimi? — dedi u tabassum bilan.

Haru boshini chayqadi:

Haru: Yo‘q, bugun kelmadi.

Eshik oldiga yetgan Jimin bu gapni eshitib to‘xtadi. Sekin ortiga burilib, yigitga sovuq qaradi.

Jimin: Mirani sen nima qilasan?

Yigit hayron qolsa ham o‘zini tutdi:

Han: Men uni sevgan yigitiman. Siz kim bo‘lasiz?

Jimin bir qadam oldinga yurdi.

Han: Men esa akasiman. Muammo bormi?

Sua sekin, faqat o‘zi eshitadigan qilib pichirladi:

Sua: Hmm… “akasi” emish…

Yigit noqulay kulib qo‘ydi:

Han: Yo‘q, janob. Men Han Jisung.

Jiminning yuzi o‘zgarmadi.

Jimin: Tanishganimdan juda ham xursand emasman, — dedi u ensa qotirib.

So‘ng yigitning qo‘lidagi gullarga qaradi.

Jimin: Bu gullar Miragami?

Han: Ha, Mira uchun edi…

Jimin bir zum ham kutmay, gullarni uning qo‘lidan tortib oldi.

Jimin: Qaytib singlimning yonida o‘ralashma.

Shunday deb, gullarni qo‘lida ushlagancha Yoongining ortidan chiqib ketdi.

Ofis ichida esa bir necha soniya chuqur jimlik saqlanib qoldi. Han hayrat bilan eshik tomonga qarab qolgan, Sua bilan Haru esa kulgini zo‘rg‘a bosib turishardi.

Han Jisung 23 yoshda 2 yildan beri Mirani sevadi hali Miradan sevgisiga javob olmagan bolsada uni ortidan yuradi

Yoongi: Nega bechora bolaga jahl qilasan? — dedi Yoongi mashinaga o‘tirishi bilan.

Jimin xavfsizlik kamarini taqib, jahli bosilmagan holda javob berdi:

Jimin: Nima uchun Miraning boshini aylantiradi? Axir u hali yosh.

Shunday deb, qo‘lidagi oq atirgullarni orqa o‘rindiqqa jahl bilan tashladi.

Yoongi esa uning bu holatidan kulgisi kelib, boshini yengil chayqadi. Mashina uy tomon yo‘l oldi. Kompaniyada ular uchun boshqa ish qolmagandi.

Uyga yetib kelishgach, Jimin yana gullarni qo‘liga oldi va hech narsa demasdan ichkariga kirib ketdi. Yoongi esa ortidan jilmaygancha yurdi.

Uy ichiga kirishi bilan Jimin baland ovozda:

Jimin: Mira! — deb chaqirdi.

Mira yuqori qavatdagi xonasidan chiqib qaradi. Pastda Jimin qo‘lida gullar bilan, yonida esa Yoongi turganini ko‘rib, hayron bo‘ldi.

Mira: Nima bo‘ldi? — dedi u zinadan pastga tusharkan.

Jimin uning oldiga kelib, birdan qo‘lidagi gullarni Miraning oyoqlari ostiga tashladi.

Jimin: Mana, doim yoningda o‘ralashib yuradigan oshiq sevgiling yuboribdi, singiljon.

Uning ovozida rashk va jahldorlik bilinib turardi. So‘ng oyog‘i bilan gullarni bosib, ensa qotirgancha xonasiga chiqib ketdi.

Mira hayrat bilan polga sochilib yotgan oppoq atirgullarga qaradi.

Mira: Nimalar bo‘lyapti, dada?

Yoongi kulgisini yashirishga urinib

— Ofisdan chiqayotganimizda bir bola “Mirani sevaman” deb shu gullarni berib yubordi. Shunga akalik mehri jo‘shib ketdi shekilli. Seni qizg‘anayapti, chamamda.

Mira esa hanuz nima deyishni bilmay, gullarga qarab turardi. Jiminning bunchalik jahl qilishi unga g‘alati tuyulgandi.

Kech bo‘lib, ovqat vaqti ham yetib keldi. Uy ichiga yoqimli taom hidi taralgan, dasturxon esa turli ovqatlar bilan to‘ldirilgandi. Barcha stol atrofiga yig‘ildi.

Bir muddat faqat idish-tovoq ovozi eshitilib turdi. So‘ng Yoongi ovqatidan ko‘z uzmay gap boshladi:

Yoongi: Mira, sen o‘sha bolani taniysanmi?

Mira qoshiqni sekin qo‘yib, otasiga qaradi.

Mira: Taxminan ikki yil bo‘ldi tanishganimizga. Doim meni sevishini aytadi… ammo men aniq javob bermaganman.

Yoongi: Nega?

Mira biroz o‘ylanib yelkasini qisdi:

Mira: Bilmayman… ichimdagi unga bo‘lgan hissiyotlarni tushunmayman hali.

Yoongi bosh irg‘adi.

Yoongi: Menga bekorchi yigitlarga o‘xshab ko‘rindi.

Mira darrov boshini ko‘tardi:

Mira: Yo‘q, unaqa emas. U hali o‘qiydi, bu yil bitiradi. Otasining ham kompaniyasi bor edi adashmasam. Yolg‘iz o‘g‘il. Kelishgan, chiroyli, mushakdor, aqlli… ko‘p qizlar unga mahliyo.

Yoongi qoshiqni stolga qo‘yib, unga qaradi:

Yoongi: Yo xudo… uyalmaysanmi, otangning oldida shunaqa gaplarni gapirishga?

Mira kulib yubordi.

Mira: Nima qilibdi…

U yana ovqatlanishda davom etdi.

Shu payt Jimin sovuqqina ohangda gapirdi:

Jimin: Tog‘a, bugun uyda bo‘lasizmi?

Yoongi: Ha, bugun uydaman

Jimin bosh irg‘adi-da, o‘rnidan turdi.

Jimin: Unda men uyimga ketdim.

Uning ovozida allaqanday jahl aralash hissiyot bor edi. Hech kimga qaramasdan chiqib ketdi.

Mira bilan Yoongi esa ovqatlanishda davom etishdi.

Oradan yarim soatcha o‘tgach, Miraning telefoni jiringladi. Ekranga qarasa Jimin.

Jimin: Nima deysiz? — dedi u qo‘ng‘iroqni ko‘tarib.

Narigi tomondan Jiminning past, ammo jiddiy ovozi eshitildi:

Jimin: Biror bahona qilib uydan chiq. Men kutib turibman.

Mira hayron bo‘ldi:

Mira: Dadam ruxsat bermaydilar.

Jimin chuqur xo‘rsindi:

Jimin: Asabimni o‘ynama. Tez chiq. O‘n besh daqiqa vaqt senga… bo‘lmasa o‘zim kiraman va osha yerda bor ovozing chiqguncha s*kaman

Mira:Xo‘p, xo‘p… hozir.

Mira shoshilib telefonni qo‘ydi. So‘ng Yoongining yoniga borib, bugun Haruning uyida qolmoqchi ekanini aytib ruxsat so‘radi. Yoongi uzoq surishtirmadi va ruxsat berdi.

Mira tezda kiyimlarini olib, tashqariga chiqdi. Uy oldida qora mashina uni kutib turardi.

U eshikni ochib, indamay mashinaga o‘tirdi.

Otirgan zahoti Jimin Mirani ozi tomonga tordi va lablaridan chuqur va extirosli bosa ola boshladi…

.
.
.
.
.

2- qusim tamom