April 8, 2025

Only mine

Episode 1

---qayerda qolding..
Nega tashlab ketding...
Haqqing yóq edi ...

Mana seni yoqotganimga 4 yil bóldi hamon issiq tafting meni yodimda . Sen bilan ótqazgan har bir kunim yodimda. Tóģri men ósha kunlarni unutishga haqqim yoq. Meni borlig'im eding ....lekin ketding endi sen yóqsan ...menga qiyin juda qiyin sensiz bu dunyoning hech bir quvonchi tatimayapti lekin men Teo va Sian uchun yashayman ....
SENI ÓRNINGNI HECH KIM BOSOLMAYDI SEVGILIM--Minsol

Xonadan eshitilgan yiģi ovozi Jiminning hayollarini buzib yhbordi yugurib xonaga kirdi

-Ha óģlim men shu yerdaman kelaqol.....qorning ochdimi hozir singlingni ham kiyintirvolay birga ovqatlanamiz

Teo otasining gapiga quloq ham solmay tinmay yiģlardi. Xonaga yugurib enaga kirdi.

-Janob kechiring men .....men ular uxlashyapti deb nonushta tayyorlayotgandim

-hech qisi yoq Mari xonim Teo ni olib pastga tushavering men ózim Sian ni olib tushaman

Enaga Jiminga qarab bosh silkab yiģlaganidan yuzi jiqqa hól bólib ketgan Teo ni kótarib xonadan chiqdi...

Jimin bólsa shiringina bólib endi uyqudan uyģongan Sianga qarab kulib

-qizaloģim xuddi oyingga oxshaysan a ....ósha kózlar ósha quvnoq tabassum .

Shu payt Jiminning kózidan beixtiyor chilt etib kóz yosh yumalab tushdi. Jimin óziga keldiyu qizini kótarib pastga tushdi

-qani qani Mari buvimiz bizga nima nonushta tayyorlabdilar ekan -deb kulib stolga ótirdi Jimin

-janob bugun bótqa pishirdim Teoga yoqadi. Mana bu sizni ovqatingiz

-Mari xonim necha bor aytganman sizga meni janob demang . Siz menga onamdeksiz farzandlarimga buvidek shunchaki Jimin deb chaqiring

-tushundim óģlim

-vaaa manabu boshqa gap- dediyu ovqatlanishga tushib ketti

Shu payt eshik jiringladi va Mari xonim yugurib borib eshikni ochdi eshik oldida oliftalarcha kalta yubka va top kiyib olgan qiz turardi

-Salom Mari xonim - dediyu ayolni turtib ichkariga kirdi va tóģri oshxona tomon yurdi

-Salom Salom

-yana senmi - dedi Jimin boshini ham kótarmasdan

-ha albatta sevgilim yana men albatta kelamanda yaqinda bu meni ham uyim bóladi axir tóģrimi kichkintoylar ?

Shu gapni ayttiyu qiz bolalarga kóz tashladi

Jimin ovqatlanib bólib órnidan turdiyu qizni róparasida gavdalanib

-Mari xonim bolalarni xonasiga olib chiqing

Mari xonim Teo va Sian tepaga olib chiqib ketti

-Xósh gapir nima ishing bor

-Jonginam yaqinda tóyimiz balki bugun kelin kóylak tanlagani borarmiz a

-Arin..sen haligacha tushunmayapsan shekilli men faqatgina otamni qistovi bilan senga uylanyapman va menga seni manabu tóyda bóladigan dabdabang u tóyda kiyadigan kóylaging muhim emas

-Hah jonginam qóysangchi shunaqa gaplarni ózing ham ólib turibsanku ósha kuni menga och itdek yopishib ketganing esingdan chiqdimi

-ovozingni óchir bir marta sen bóldim degani endi senikiman degani emas!!!

Jimin jahl bilan yuqoriga kótarila yotgan edihamki Arin baqirdi

-SEN MENIKISAN ....FAQAT MENIKI

Jimin uni gaplariga etibor ham bermay yuguriga chiqib ketti .

Pov Arin
Seni albatta ózimniki qilaman hali meni qólimdan nimalar kelishini bilmaysan Park Jimin . Hammasi ósha xotining sabab uni unutolmayapsan ana endi hech qanday Park Minsol bólmaydi bu uyni hech bir burchagida uni eslatib turuvchi zarradek narsa ham bólmaydi endi bu uyda faqat Park Arin bóladi ....kórasan hali

Pov tugadi

Qiz kulimsirab uydan chiqib ketti.

-Mari xonim meni planlarim ózgarib qoldi. Iltimos bolalarni ózingiz parkka olib boring siz bilan ikkita yordamchini ham yuboraman . Bugun umuman vaqt topolmayman deb qórqaman

-yaxshi Jimin ózim olib boraman havotir olmang

Jimin Mari xonimga kulib qoydiyu shoshib chiqib ketti.

Yólda mashinani tez haydayotganida bir qiz tósatdan yólni órtasida paydo bop qoldi Jkmin shosha pisha tormozni bosdi

-Jin ursin nima qilyapsan esing joyidanmi? - deb mashinadan tushmasdan baqirdi va qizga qaradi hamki yuragi tóxtagandek bóldi nafas olish qiyinlashdi kózlari xiralashdi

Qiz qayta qayta egilib kechirim sórab shoshib yólni narigi tomonidan yugurib ketti. Jiminning oģzidan chiqqan sóz faqat shu edi:

-Minsol