June 24, 2025

Yovuz qayg'ular

O'lim... Biz bu hayotda doim yakun deb hisoblagan, bazida jazo va bazida mukofot sifatida qabul qilgan taqdir qo'yadigan nuqtadir. Qo'lida qalam tutib so'zlarni qator qo'yib gap, gaplardan esa hikoya yozgan yozuvchi o'zi tanlagan har bir so'zning egasidir va ayni damda nuqta yoki vergul o'rtasidagi tanlov ham uning izmida.
* * *
22-Fevral Italia

Tunning nomalum qismi, yo'lakda bor ovozi bilan dod solib yig'layotgan ayol va unga taskin berishga urinayotgan erkak. Qayta-qayta mushtdan zarba yegan oyoqlar hissiz go'yo, ular og'riqni sezmaydi, aksincha, ayolning dardlarini ba alamini yanada kuchaytiradi. Kasalhona bo'lishiga qaramay, tokchada umid kabi porlab g'uncha ochgan sariq moychechak va uning husniga oshiq deraza oynasi ayolga hamdard. Biri sochlari beliga tushgan, har doim oqqush kabi tik yurgan ayni damda ko'z yoshlariga ko'milib yerda tizzalab o'tirgan ayolga achinish bilan qarasa, boshqasi suygan yori unga ters o'grilgani uchun yosh to'kmoqda.Yo'lak oxirida yuziga niqob taqib olgan bir inson ham bu fojiaga guvoh. Yuzi deyarli ko'rinmasa ham ko'zlaridagi tubsiz jarlik va kipriklarga munchoq kabi tizilgan yoshlar uning bu voqeaga befarq emasligini tasdiqlaydi.
* * *
22-Fevral Turkiya

- So'ngi 1 yil ichida ilk bor qoniqish his qildim, - yigitning xotirjam va bosiq ovozi xona uzra past yangradi, - Men uning azob chekayotgan qiyofasidan rohat oldim. Menga qanday iltijo qilishi, qo'yib yuborishimni so'rab yalinishini kuzatish huzurli edi, - yigitning nigohlari noma'lum nuqtaga qaratilgan ko'yi bir maromda so'zlashda davom etdi.
Xira yoritilgan xonada doira shaklida terilgan stullarda o'tirgan odamlar yigitning so'zlarini tinglar ekan, bir biriga notinch qarab qo'yardi.
- Azizlar, jiddiy olmang, - doiradagi odamlar qatorida o'tirgan psixolog shoshgancha ko'tarinkilik ifoda etgan yuz bilan dedi, - Emir ko'pincha hayolida daxshatli narsalar yaratadi.
- Men uni azobladim..va bu menga rohat berdi, - Keremning ko'zlari psixolog tomon tik qaradi, - Va men endi boshladim.
* * *
Vaqt odimlar ekan, xonada stullarning surilgan tovushlari eshitilib odamlar asta sekin tarqay boshladi. Ifodasizlik qotgan yuz bilan eng so'ngilardan bo'lib joyidan qo'zg'algan Emir xonadan chiqish uchun qadam tashladi. Biroq o'rta yoshlardagi erkakning ovozi yigitni to'xtatib qoldi.
- Yana nimalarni boshlading, - asabiy ohangda so'radi psixolog, - 1 yil davomida qilgan harakatlarimga tupurgan holda yana o'z bilganimni qilyapman dema Kerem.
- Men ichimdagi g'azabni chiqarib yuborishim kerak edi, - befarqlik bilan dedi yigit, - Behuda nasixat qilishga urinmang. Maqsadimga sanoqli kunlar qoldi. Men bu imkonni uzoq kuttim va juda ko'p mehnat qildim.
- Nega bu haqida terapiya guruhida so'zlading, - jig'ibiyron bo'lishda davom etib so'radi erkak, - Sening jinoyatlaringni har bir bemor oldida yashirib yurishim kerakmi endi?
- Biz bu yerda o'z fikrlarimizni erkin gapira olamiz deb o'ylagandim, Shehmuzbey, - Kerem qo'llarini cho'ntagiga solgancha chiqish uchun xotirjam qadam tashladi, - Uning ustiga meni ruhiy kasalga chiqarib, kasalxonaga kelishga majbur qilayotgan o'zingiz emasmi?
Yigit o'sha bosiq va xotirjam qiyofa bilan xonani tark etdi. Uzun koridor bo'ylab yurgancha yo'lida davom etgan yigit xotirjam qiyofa bilan kecha tunda qilgan ishlarini hayolida qayta tikladi.
*Ular haq edi. Men telbaman.. Biroq qancha vaqt o'tmasin, hech qanday ruhiy terapiya men uchun davo bo'la olmaydi.
* * *
Mashina rulini qattiq qisgan holda haydayotgan erkak endi hayolot dunyosidan chiqib qo'lidagi bo'rtib chiqqan tomirlarga e'tibor berdi va chuqur uh tortgancha telefonga "Baba" deb saqlangan raqamga chaqiruv yubordi. Qisqa signallar va go'shak ortidan yoshi katta erkakning bo'g'iq va jiddiy ovozi yangradi.-- Bugun sendan yangilik eshitaman deb umid qilaman.
--Ish deyarli hal bo'ldi-- malum qildi yigit va boshqa tomonning javobiga qiziqdi.
-- Deyarli?-- so'zga urg'u berdi erkak--- Majlis qachon bo'lishini bilasan. Shunga ko'ra ish qil. Bu gal suhbatdoshning javobini kutmay yakunlagan katta yoshli erkak shundoq ham asabiylashayotgan Keremni battar ahvolga soldi. Qisqa
sukutdan so'ng yigitning ---Sh***t --- deb jag'ini qisib vishillashi eshitildi va yigit oyog'ini gazga qattiqroq bosdi.


23-Fevral Italia

Tong... Yana har doimgi kun tartibi bilan hamma narsa o'z vaqtida va o'rnida. Eshikni jahl bilan yopgan qiz hech narsaga e'tibor bermay sohilga qaragan deraza oldidagi ish stoliga shiddat bilan qadam bosdi va yoyilib yotgan bir qancha qog'ozlarni yerga uloqtirib yubordi.--- Gassso-- qisqagina so'kindi qiz va keyingi soniyada telefonga qo'l uzatib -‐-Entra nella mia stanza- va yana chuqur oh tortdi.
* * *
Bir qancha vaqt o'tgach xonaga o'zi kabi shoshilib kirgan qiz asabiy boshlig'I bilan yuzlashdi--- Sembri aver chiamato, signora.-- professorning nima sababdan chaqirganligiga oydinlik kiritmoqchi bo'ldi kotiba.
--Perché la stanza è di nuovo in disordine? Sai quanto mi infastidisca.--- xonadagi tartibsizlikni vaj qilgan bo'ldi qiz ko'zlarini asabiy yumib.
--Fornisci informazioni sull'ordine del giorno di oggi-- mavzuni kunlik tartibi haqida so'rab o'zgartirdi qiz. Qisqa daqiqalarda kotiba o'ziga kelib vazifasini davom ettirdi.
-- Hai un'importante operazione alle 12:00, e dopo avrai un incontro con il Presidente. In serata, parteciperai a una riunione con i cardiologi per redigere un rapporto sulla salute dei pazienti della settimana, e infine, ci sarà il turno di notte(Soat 12 da muhim operatsiyangiz bor va undan keyin janob rais bilan maslahat qabuli kechga esa kardiologlar majlisida haftalik bemorlarning soğliği haqida ma'lumotnoma tuzasiz va eng oxirgisi tungi navbatchilik)-- so'zlarini shoshilmay aytdi va qarshi tomonning yuz emotsiyasini ham ko'zdan qochirmadi.
* * *
Bugungi kunni ham har doimgidek bor kuchi bilan ishlab yakunlagan qiz stoli ustida boshi bilan qo'llariga yotib, ko'zlarini yumib bir yutinib qo'ydi va ko'zlarini ocharkan qarshisidagi shisha ma'lumotnoma ustidagi Aylin Sönmez yozuzvi ustidan nozik va oppoq barmoqlarini yurg'azdi. Bu faxr va qoniqish tuyg'usi charchoqdan ezilgan tanani tetiklab ilgurmasidan oshqozonning karnayi qizni yana erinib ko'zini yumishga majbur qildi.

* * *
Kechagi tig'iz kundan keyin uyi oldida to'xtagan qiz taksiga pul berib rahmat aytishni ham unitmadi--Grazie.
Bir-necha daqiqada uyi joylashgan 6-qavatga lift orqali ko'tarilgan qiz eshikni ochish uchun bir qancha raqamlarni terdi va shoshilib uyiga kirdi. Uyquga bo'lgan intilish tufayli eshik oldidan yechinishni boshlagan qiz yuvinish xonamga kirib yengil tungi kiyimini kiydi va yotoqxona tomon yo'l oldi. Xonaga sochlarini bo'shatib, boshini uqalagancha kirgan qiz bir onda nafas olishni ham unutib qo'ydi. Oq marmarda ko'zga yaqqol tashlanib turgan qonli, qirmizi atirgullar qizni qo'rquzga soldi. Ko'zlarini bu manzaradan olib qochishga urungan qizning qorachiqlari yotoq ustidagi qora qutida qotib qoldi. Ikkilangan qadamlar bilan titragancha qadam bosib qutini qo'liga olgan qiz uni ochishga o'zida jurat topolmayotgandi. Nihoyat bor kuchini to'plagan Aylin qutini ochdi va undagi suratlarni qo'liga oldi va tanish chehralarni ko'rib ko'zlari hayratdan kattalashib ketdi. Suratlardan birining orqasiga yozilgan xat esa qizni aqldan ozdirgandek edi.--Seni buldum, endişelenme! Hayatta kaldım. Seni uzun süre aradım, umarım sen de beni ararsın. Eğer sen de yanıma gelemezsen, bu resimleri cenaze için getirirsin.(Seni topdim! Nahot qutuldim deb o'ylading. Men seni uzoq qidirdim menimcha endi sen ham men tomon shoshilishing kerak yo'qsa bu suratlarni janoza uchun olib kelasan)
* * *
23-Fevral Turkiya
Kamin oldida turk qahvasi ichib chuqur o'yga tolgan erkak qorachig'ini bir nuqtaga tikkan holda o'tirardi. Birdan eshikdan kirgan Seyit uni tubsiz hayolot ummonidan chiqarib, reallikka qaytardi. Shoshilib kirganida e'tibor bermagan xatosini qarshisida unga chuqur termulgan ko'zlar bilan to'qnash kelganidagina tushundi. Seyit ichida o'zini qarg'agancha -- Kechiring Ilyas og'a, men Cengizbeyni kelganini xabar qilmoqchi edim-- dedi va yana o'zini qarg'ashda davom etdi. Ko'pga cho'zilmagan sukunat bo'g'iq ovozdan titragandek edi.
-- Men har doim tartibni sevganman, ammo hali o'zimdek unga tayanadigan insonni uchratmadim-- Ilyas og'a endi qo'lidagi qahvani yonidagi kichik stolga qo'yib, tasbehni oldi va davom etdi-- Buni sendan kutish ahmoqlik bo'lardi. Cengizni chaqir.
* * *
Xonaga 3 marta taqillatishdan keyin kirgan Cengiz kiriboq Ilyas og'aning qo'lini o'pib unga hurmat ko'rsatdi. Barini jimgina kuzatgan og'aning ilk so'zi-- Bajardingmi?-- bo'ldi. O'zining xotirjam va o'rmon rangidagi ko'zlarini ishonch bilan qarshisidagi erkakka tikib-- Unga sovg'angizni yubordim. Menimcha unga bu juda yoqdi-- biroz jilmaygancha. Ko'zlarida o'zgacha olov porlagan erkak qo'llarini keng yozib, Cengizni imladi. Bu holatni kutamagan yigit hissiz otasi tengi erkakni bag'riga bosdi. Bu Cengizni ichidagi muz qalbiga olov tegib qitiqlagan edi go'yo. Biroq o'sha vishilab aytilgan 3 so'z buning barchasi bir tomosha ekanligiga tasdiq bo'ldi-- Sinan o'lishi kerak. Bir zumda yana o'z qiyofasini tiklagan yigit qaddini tik ko'tardi va ortiga o'grilib eshik oldida ko'zlari yerda chiziq chizgancha turgan Sinnanga befarq nigohlar bilan qaradi. Har doim yonida olib turadigan o'sha o'z ismi o'yib yozilgan sovuq parolini qo'liga oldi va keyingi soniyada hech qanday hissiz uni o'ylab, ko'zlarini zerikarli holda yumi. Uzoqqa cho'zilmagan by sovuq xotirjam muhitni quloqqa yoqimsiz to'pponcha ovozi buzdi.O'q zarbidan ko'zini yumishga ham ulgurmagan yigit. Qonga belangan ko'zlar masum va hayotga tashna edi. Go'yo nimadandir umid qilib kutgandek.
--Sen yaxshi shogirtsan - dedi Ilyas siniq va ma'nosiz jilmayib. --Nega deb ham so'rab o'tirmading. Men sendagi shu jihatni qadrlayman--dedi u yana kamin oldidagi kursini egallab.
--Buni so'rashga ehtiyoj yo'q. Men sizning o'zgarmaganingizni juda yaxshi bilaman va Sinanning xatosiga ko'z yumishingizdan umid ham qilmadim. Garchi eshikni taqillatmagani uchun kimnidir o'ldirish ahmoqona va erish tuyulsa ham, bu botqoqda ulg'aygan odamlar uchun bu shunchaki yozilmagan qonun.
Cengiz yana sovuq xotirjamlik bilan xonani tark etib ketti. Balki u yana aldangani hisobini mazlumdan olgandir. Xonada esa o'lik sukunat Sinanning sovuq tanasini sizib chiqib isitiyotgan qonga mutanosib shaklda jirkanchlikni yaratardi.
* * *
23-Fevral Italia
Aerapot kutish zalida minglab odamlar orasida hech kimni eshitmayotgan Aylin vaqt ichida yo'qolib qolgandi. Asabiy titrayotgan oyoqlar va har zamon chiqarilayotgan chuqur va og'riqli nafas qizni ruhiy holati yaxshi emasligini bildirib turadi.
*Nahot hammasi rost bo'lsa. Men chindan ham qaytyapmanmi? Shuncha yildan so'ng men uning qarshisiga chiqamanmi? U nima qiladi menga? Men yana bir bor barbot bo'lish uchun ketyapmanmi yoki bu safar bari o'zgaradimi?
24-fevral Turkiya
Shafaqqa termulib o'tirgan yigitning ko'zlari ma'nosiz bir nuqtada qotgan. O'tmishning yoqimsiz xotiralari hamon soya kabi ta'qib qiladi uni. Bu sukunatni esa telefon jiringlaahi buzdi.
-Eshitaman amakijon- yigitning kesatiq so'zlari ortidan yoqimsiz ammo o'ziga yarashadigan tabassumi namoyon bo'ldi.
- Hammasi sen rejalashtirgandek-dedi va - yana senga ishonmay xato qilgan ko'rinama.
- Demak, u kelyapti shundaymi?
-Kerem, menda hali ham biroz shubha bor. Agar hammasi biz o'ylagandek bo'lmasa, u qizni shunchaki yo'q qilib yuboradi va biz buni isbotlolmay qolamiz- chuqur xo'rsindi erkak.
- Men buni qancha kutdim. Sizningcha, endi o'sha qizni deb voz kechishim kerakmi?- yuzi tundlashib ketdi- Men uchun hamma narsa o'z ahamiyatini yo'qotib bo'lgan. Shunday ekan endi meni chalg'itishga urinmang- o'rnidan turib sigaretasini qidira boshladi.
- Tushunarli- hafsalasiz gapirdi Shehmuz.- Yigitlar uni kutib olishadi. Keyin yana gaplashamiz.
- Yaxshi- tutun aralash havoni puflagan ko'yi javob berdi va suhbatga yakun yasovchi tovush sado berdi.
* * *
***
- Bugun bitishi kerak edi- vishshiladi yigit.
- Cengizbey, buni imkoni yo'q- xo'jayining g'azabini bilsa ham jim turmadi.
- Menga qara Usmon- chuqur nafas oldi- Men imkon bor yo'qligi bilan qachondir qiziqqanmanmi? Men aytdim demak bo'ladi.
- Cengo, men sening do'stingman. Shuning uchun yana aytaman. Buni iloji yo'q. Hali kutish kerak. Sen emasmiding Ilyasdan qutilamiz degan?
- Rejani bekor qilganimni eslolmayman- stol ustidagi suvni oldi- Yana sen nimadan bunchalik qo'rqyapsan?- suvni ichdi.
-Bizni Ilyasdan keyin ham hayotimiz bor. Bu jarlikka chuqurroq kirishimizni istamayman. Bu oxiri yo'q yo'l. Tushunsangchi- deyarli baqirdi Usmon.
- Birinchi marta odam o'ldirmayapmizku. Nega buncha xavotir olasan?
- Bu birinchisi emas to'g'ri, lekin bu ish tobora odatga aylanyapti. Ko'rmayapsanmi?- suv idishini irg'itib yubordi.
- Ozgina qolganda bunday qilma. Hammasini barbot qilasan- endi Cengiz ham asabiylasha boshladi.
- Unda tezroq bitir shu lanatini- Ko'zini yumib ochdi- Bo'lmasa bizni bitiradi bu.
- Kelishdik sen bu yerda ko'p qolma. Bugun ket.
- Tushundim- Usmon avval xonani keyin uyni tark etdi.
* * *
Aylin*
Oh yuragim, buncha tipirchilamasa og'zimdan chiqib ketay deydi-ya! Ancha yillardan keyin ona shahrimga va men doim sog'inib yashagan insonlar davrasiga qaytyapman. Garchi yaxshilik bilan bo'lmasa ham men endi uydaman. Hozir bo'ladiganlarni o'ylasam sochimning tolasigacha titrab ketyapman... Mana hozir taksida Izmir ko'chalarini tomosha qilib ketyapman. Buning zavqi boshqa ekan. Endi doim shunday bo'ladi, hammasi o'zgardi endi baxtsizlik va eng asosiysi yolg'izlik yo'q. Haydovchi kelganimizni aytganda gangib qoldim ochig'i. Shunchalik hayolga berilibmanki... Ey xudoyim men keldim.
* * *
Hovlining old qismi moychechaklar bilan to'lgan bog' bilan o'ralgan. Ichkari bog'da esa katta, atrofga o'zgacha manzara baxsh etayotgan majnuntol. Shilqim shamol uning sochlarini silaydi, yorini erkalaydi. Bu sokin manzarani uncha uzoq bo'lmagan ko'cha burilishidagi o'rindiqqa yaqin joydan bir nigoh jovdirab kuzatadi. Aylin eslaydi. Hammasini... Mana shu majnuntolga dadasi bog'lab bergan arg'imchoqni, opasi va singlisi bilan shu bog'da yugurgancha shodon kulganini, onasi ovqatga chaqirganda ham parvo qilmay dadasini yo'liga intizor bo'lganini va o'sha hech qachon bo'lishini istamagan ammo rad etib bo'lmas o'zgarishlar bilan hayotini butunlay zulmatga g'arq qilgan kunni... Birdan yuragi hapqirib ketdi. Go'yo hozir yana o'sha kunga qaytadigandek. Yo'q u buni xohlamaydi.
Aylin*
Uyimga kelib kirishga yuragim betlamadi. Keyinroq shu yerdan o'tayotgan Tefik amakini uchratdim. U meni tanimadi... G'alati bo'lar ekan. Suhbat yakunigacha umid bilan qaradim unga balki tanib qolar deb. Afsus bu imkonsiz! Axir u meni 7 yoshimda ko'rgan edi. Italiyada yashagan kezlarim uyga qaytsam meni hech kim tanimasligini bilardim-kuya, lekin buni his qilish va yashalmagan hayotim uchun begona kabi istirob chekish shunchalik og'riqli bo'ladi deb hayolimga ham keltirmagan edim.Tefik amakimning aytishicha, dadamdan keyin bobom oyimga bu uydan ketishni ko'p marta aytibdi. Oyim singlim dadamni qidirib o'sha maydonchaga ketib qolganidan keyingina bu yerda qola olmasligini tushunibdi. Ular hozir yozgi villada yashashyotgan ekan. Bu yerda uzoq qolmay mehmonxona topib joylashdim. Shahar markazida bo'lgani uchun anchagina gavjum ammo boshqa qidirishga xohishim ham holim ham yo'q.
Eshik oldida tik qotgan qizga o'tirishni ishora qilgan Ilyas o'zini xotirjam tutishga harakat qilmoqda. Qadahga qimmat vinodan quyib qiz tomon uzatib, unga sinchiklab termuldi. Aylin qora ko'zoynagini yechib nigohlaridagi tushunarsiz his bilan erkakka qaradi.
Kerem
Men bu qasosni yillar davomida orzu qilib yashadim. Endi hamma narsa men tarafda: kuch ham, vaqt ham. Usmon ham endi menga muammo bo'lmasa bo'ldi. U bilan birga katta bo'ldik, hayot uchun birga kurashdik, ammo hayotimda hech narsa meni bu tubsiz jarga itarganlarga bo'lgan nafratimdan ustun emas! Xatto o'zim ham! Ha o'zim ham. Uzoq o'tmish siniqlariga razm solar ekanman eshikning taqillagan ovozi meni bir zumda ortga qaytardi. O'zim ishongan odamlarimdan biri Serdar xonaga ijozatim bilan kirgach har doimgidek menga hisobot topshirdi.
- Qiz keldi- dedi Serdar tomoq qirib va yana davom etdi.- Aeroportdan chiqishi bilan eski uyiga bordi, ammo ichkariga kirmadi. Hozir esa mehmonxonada- deb gapini yakunladi.
- Ilyaschi? U nimalar bilan band? - yuzi tundlashib so'radi Kerem.
- Majlisga tayyorlanyapti- qisqa gapirdi va birdan- Aytgancha Seyit.. Seyit o'ldi- ilg'ab bo'lmas mung bilan gapirdi Serdar.
- Qara taka yana ozgina yayrab qolsin. Keyin o'zi to'kkan qonlarga bo'g'ilib o'lishini ta'minlayman- Shishadagi vinoni qadahga quyib simirishni boshladi.
- Serdar endi tezlashmasak bo'lmaydi. Bir tarafdan Usmon, yana majlis hammasi birdaniga bo'lyapti shundog'am- yigit gapini yakunlagach Serdar ichidagilarini tiliga chiqara boshladi.
- Unda bugun qizga uchrashuv haqida xabar qilaman. Ilyasga esa o'zingiz aytarsiz- rejani bayon qildi.
- Ha ertaga Ilyas hamma qilganlari uchun javob beradi!
Serdar xonadan bosh silkigancha chiqib ketdi. Men esa yana qon rangidan farq qilmaydigan vinoni ichib o'zimning g'labamni nishonlayapman.
* * *
Tashqaridan qaraganda anchagina sovuq atmosferaga ega ko'shk... Go'yo hayotning yakuni aynan shu yerda. Yillar davomida mazlumlar qonini to'kkanlarning oshyoni bu. Katta va jigarrang darvoza ochilgan ichkariga qora mers uzun yo'lak bo'ylab ichkariga harakatlanadi. Mashinadan tushgan yigit qora ko'zoynagini chap cho'ntagida qizil ro'molchasi bor qora kastumining yengini to'g'rilagan bo'lgandan keyin yechdida uni o'sha qizil rang ustidan belgi sifatida qoldirdi.
* * *
O'tgan galgi xatodan farqli ravishda xona eshigi 3 marta taqilladi va sovuqqina ijozatdan so'ng xizmatchi yigit uni ochishga jazm etti.
- Kerembey sizni ko'rmoqchi ekan- dedi xizmatchi tomoq qirib va tasdiq olgandan so'ng yana xonani tark etdi.
Xonaga doimgi tartiblardan so'ng kirgan Kerem rejasining debochasini qo'yishini o'ylab sergak tortdi va Ilyasning kamin oldidagi o'rindig'i qarshisidan joy oldi. Nozik sukunatni birinchi Kerem buzdi.
-- Sizga yangiligim bor-- yigit ajib ayyorlik aralash quv bilan nigohini otashdan olgan Ilyasga tikildi.
-- Agar vaqt sarflashga arzimasa aytmay qo'ya qol-- Ilyas betoqatlandi, biroq Kerem uni cho'rt kesib, -- Mumtozbeyning javohiri topildi desamchi?-- yigit g'olibona jilmaydi. Unga tikilgan savol nigohini anglab davom etdi, -- O'shanda o'lgan qizchaning qabridan boshqa inson DNKsi aniqlandi.-- Ilyas uzoq o'tmish tahtidini his qildi.
-- Xo'sh hozir qayerda ekan?- tund qaradi Keremga.
--Bingo u hozir Turkiyada va ayni biz bilan bir shaharda-- mag'rurona tabassum bilan Keremning ko'zlari porladi.
--Menga uni olib kel- Ilyas qat'iy buyurdi. Qarshi taraf ham o'z niyatiga erishdi.
-- Uchrashuv vaqti va joyini sizga o'zim xabar beraman- xonani tark etishdan oldin ma'lum qildi yigit.
* * *
* * *
Aylin bunday charchoqli kundan keyin uyqu saltani tomon oson yo'l oldi. Xona bo'ylab faqat qizning nafasi eshitib turardi. Bu holat eshik taqillagunga qadar davom etdi. Istamaygina ko'zini ochgan qiz xohishsiz yostiqdan boshini ko'tardi-yu, eshik tomon harakatlana halat bog'ichini bog'ladi. Doimiy eltuv xizmatining uni qanday topgani haqida bosh qotirgan holda yotoq to'g'risida joylashgan divan borib joylashdi.
Aylin*
Turkiyaga kelganimga endi 1 kun bo'ldi. Eltuv xizmati meni qanday... Yo'q shoshma axir meni bu yerda hech kim tanimaydiku! Shoshilib qutini ochdim ichidagi qora konvert mening gumonlarimni tasdiqladi. Bu o'sha... O'qiganlarimni anglolmay ovoz chiqarib o'qishga qaroq qildim.
-- Ertaga tongda Beykozdagi eski masjidda soat 5 da ko'rishamiz qizaloq.- yurakcha. Bu qanaqa ahmoqlik yurakcha emish. Tong sahardan u yerga chaqirganiga qaraganda meni uzoq