𝗗𝗼𝗻'𝘁 𝘀𝗮𝘆 𝘆𝗼𝘂 𝗹𝗼𝘃𝗲 𝗺𝗲 ! || 18 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲
— Yo hudoyiiim! Axir bu zoʻrku!
Dugonasiga bergan maslahati ish berganidan quvonib, Heinning koʻzlari chaqnab ketdi.
— Nimasi zoʻr? Endi uyalganimdan hatto uning koʻziga ham qaray olmayapman. — dedi Mira dugonasining gapini boʻlib.
— Nima sen turmush qurgandan soʻng faqat qoʻl ushlashamiz deb oʻylaganmiding ?
— Bu juda kutilmaganda roʻy berdi.
Miraning soʻzlarini eshitgach dugonasi yengil kulib qoʻydi.
— Toʻgʻrisi men ham buni ummumam kutmagandim. Nima rostan ham uning qarshisida raqsga tushdingmi? — dedi Hein kulgidan oʻzini zoʻrgʻa tiyib.
— Ha, boshqa ilojim bormidi ? Oʻzing emasmi meni shunga boshlagan.
Dugonasining jahlini koʻrib Hein chapak chalqancha battar kulardi.
— Men shunchaki hazillashgandim! Chindan ham bunday qilishing hayolimga ham kelmagan edi.
— Qanaqasiga? — .Miraning koʻzlari hayratdan kengayib ketdi. — Ustimdan kulyapsanmi !? Men sen yaramasni gapingga kirib oʻtiribmana!
Qiz jahl bilan dugonasining yelkasidan urdi.
— Hooy! Oʻzingni bos jamoat joyidamiz. Uni ustiga rejamiz ish beribdiku.
— Ish berishga ish berdi ku ya, ammo boshqa masala bor. — dedi Mira sumkasidan taqinchoqni chiqarib.
Dugonasining harakatlatini qiziquvchanlik bilan kuzatib turardi.
— Buni Taehyungning mashinasidan topdim.
Hein hayratdan jagʻi yerga tegay degancha, ogʻzini qoʻli bilan berkitdi.
— Bu kimga tegishli? Oʻsha qizil shaytongami?
Hein havotir va jahl aralash dugonasiga qaradi.
— Men oʻsha yaramasni oʻz qoʻllarim bilan bugʻib oʻldiraman! Bu yana nimasi, nega sen bilan yaqinlik qilganidan soʻng ham boshqa ayol bilan yuradi?
Dugonasining aziyat chekkanini koʻrib qizning qoni battar qaynab ketardi.
— Bilmayman Hein, baʼzida...— gapida davom etishdan oldin oʻylanib qoldi.— baʼzida unga turmushga chiqib xato ish qildimmi deb oʻylab qolaman..
Hein Miraning qoʻlidan tutib unga taskin berdi.
— Bu nima deganing a !? Sen emas u afsus chekishi kerak. Hech kimga oʻzingni oyoq osti qilib qoʻyma, hatto uni sevsang ham! Chunki... chunki bir kun kelib baribir afsuslanasan. Oʻz qadringni koʻrsatib qoʻy unga.
— Raxmat Senga, yaxshiyam borsan. Ammo..gapirish juda ham oson. U qanchalik ablah ekanligini yaqqol koʻrib tursamda men undan kecholmayman. Huddi u bilan birga boʻlish uchun barcha tahqirlashlarga ham tayyor dek man.
Lekin...— biroz sukunatdan soʻng yana gapida davom etdi. — lekin bu degani men uni boshqa ayol bilan boʻlishaman degani emas! Men unga oʻz joyini koʻrsatib qoʻyaman. U hech qachon mening oʻrnimni egallay olmaydi, u emas — men man uning ayoli!
Dugonasining oʻziga boʻlgan ishonchini koʻrgach Hein keng tabassum qildi.
— Mana endi oʻzingga kelding! Oʻsha qizil sochli alvastini adabini berib qoʻy!
Telefoniga kelgan habardan Miraning tabassumi bir zumda soʻndi.
« Agar suhbatingiz tugagan boʻlsa seni olib ketgani keldim. »
Dugonasining yuz ifodasi keskin oʻzgarganini sezib unga havotir bilan yuzlandi.
— Hammasi joyidami? — soʻradi Hein biroz jiddiyroq ohangda.
— H..ha, Taehyung meni olib ketgani kelibdi.
— Senga omad, ammo men aytgan soʻzlarni doim yodingda saqla.
Mira ohirgi marta dugonasiga iliq tabassum bilan qaragancha qahvaxonani tark etdi.
PovMira: Qahvaxonadan chiqishim bilan koʻzim besabrlik bilan qoʻl soatiga qaragancha meni kutayotgan erimga tushdi. Mashinasiga suyangancha odatdagidek koʻrkam koʻrinardi.
Ustida klassik uslubda, ammo unchalik ham rasmiy boʻlmagan kiyim, qoʻllarini choʻntagiga solgancha juda jiddiy koʻrinardi.
Menga oʻrqa oʻgirilib turgani uchun kelganimni ham sezmadi. Endi u tomon bir qadam tashlar tashlamasim, joyimda toshdek qotib qoldim.
Chamasi 5-6 yoshli kichik qizaloq Taehyung tomon yugurib borib uning oyoqlaridan quchoqlab oldi.
Taehyungning jiddiy ifodali niqobi butunlay sinib, uning oʻrnini iliq tabassum egalladi.
— Sen qayerdan kelib qolding, kichkintoy? — qizchaning boʻyi barobar uning qarshisida tiz choʻkkancha gapirdi yigit.
Qiz boʻlsa Taehyunging soʻzlarini javobsiz qoldirib, huddi yoʻqolib qolgan kuchukchadek atrofga alanglab oyisini qidirardi. Men sekin ularga yaqinlashdim.
— Oyingni yoʻqotib qoʻydingmi? — soʻradi u, huddi qizchaning yuz ifodasidan oʻqib olgandek.
Qizaloq tasdiq maʼnosida bosh irgʻadi qoʻydi. Taehyung mayin tabassum qilgancha qizchaning qoʻlidan tutib oʻrnidan turdi.
— Uchar shar! — qizcha koʻzlari chaqnab qoʻli bilan havoli sharchalar soʻtayotgan amakiga ishora qilib.
Yigit aniqlik kiritish uchun soʻradi, javoban esa yana sukunat faqat bosh irgʻash.
PovMira: Taehyung qizaloqning jajji qoʻlchalarini oʻzining katta kaftining orasiga olib, havoli sharchalar tomon yoʻl oldi.
Uning tabassumi shu darajada begʻubor ediki, men Taehyungni oldin hech qachon bunday koʻrmaganman. U kichkina bolalarni yaxshi koʻradi, ular esa Taehyungni undanda koʻproq.
Uzoqdan ular huddi ota va qizdek koʻrinishda. Bu qizcha unga butunlay begona boʻlsada uning tabassumini koʻrish uchun xohlagan barcha narsasini olib berayotgan edi
Uning otalik mehrini tasavvur qilish juda ham qiyin, agar u bilan unga oʻxshash jajji qizalolimiz boʻlsa uni yeru koʻkka ishonmasa kerak. Shu payt hayolimga bir fikr keldi, u men bilan hirsi uchun emas balki farzandli boʻlish uchun tunni oʻtkazgandir?
Taqdirning ishlari juda qiziq, a ? Bir kun shu insondan nafratlanishim uchun toʻla sabab bersa, ertasi kuni uni sevishim uchun bundan ikki barobar koʻp sabab beradi.
Lekin endi menga baribir. Uni xatolari bilan sevaman. Undan vos kechish uchun mingta sabab boʻlsada, qolish uchun bitta sabab topaman. Hatto bir kun kelib bu qarorimdan afsuslansamda, farzandlarimning shunday otasi borligidan hech ham afsuslanishmaydi.
Shu payt qayerdandir bir ayol kelib hayollarimni tarqatib yubordi. Oʻrta yoʻlda toʻxtab qolganimni angladim.
Ayol shoshib borib Taehyung va qizaloq turgan tomonga yaqinlashdi.
— Nega uzoqqa ketib qolding? Sendan juda ham havotir oldim.
Ayol hansirab nafas olgancha qizini bagʻriga bosdi va soʻng Taehyungga oʻgirildi.
Yigit qizchaga qarab qoʻl silkib qoʻydi.
— Men albatta shar va boshqa shirinliklarning pulini toʻlayman. — ayol hijolat boʻlgancha hamyonini ocharkan Taehyung uning harakatlarini toʻxtatdi.
— Keragi yoʻq, shunchaki uni hursand qilmoqchi boʻldim holos. — u qizchadan koʻz uzmagancha jilmayib qoʻydi.
— Sizning oldingizda juda hijolatda man, aslida...— ayol biroz sukunatdan soʻng soʻzida davom etdi. — aslida qizim otasiz oʻsgan shu sabab ham sizni otasi deb oʻyladi shekilli.
— Sizni tushunib turibman, agar sal boʻlsada unga otalik mehrini his qilishga yordam bergan boʻlsam men hursandman.
Ayol qizning qoʻlidan ushlab mayus tabassum qildi.
— Misu, amakiga raxmat aytmaysanmi?
Jajji Misu Taehyungga qiziquvchanlik bilan qarab turgancha soʻng keng tabassum qildi.
Yigit boshini quyi solgancha yengil kulib qoʻydi.
— Tanishganimdan hursandman, Misu.
Qizcha hayr degancha qoʻlini silkib qoʻydi. Taehyung toki ular koʻzdan gʻoyib boʻlguncha Misuga mehr toʻla tabassum bilan boqib turardi.
Men hech ikkilanishsiz uning yoniga shoshgancha oʻrtidan quchib oldim. Taehyung tanasiga yugurgan iliqlikdan hayron boʻlgancha men tomonga oʻgirildi.
— Sen qachon kelding? — soʻradi u, mendan bunday harakatlarni kirmaganligi yuzidan ayon edi.
— Ancha boʻldi, sizlarni uzoqdan kuzatib turgan edim.
Hali ham undan uzoqlashmagancha gapirdim. Meni eng hayratlantirgan narsa shuki u hech qanaqa qarshilik koʻrsatmay, aksincha qoʻllarini belimdan oʻrab oldi.
Tanalarimiz shu darajada yaqin ediki uning yurak urishini koʻksimda his qila olardim. Uning qaynoq nafasiga qoʻshib yoqimli yalpizni eslatuvchi ifori dimogʻimga ufurdi.
Men ortiq hech qanday soʻz aytmadim, u ham bu sukunatni buzishdan bosh tortdi. Shunchaki nigohlar nigohlarda, yuraklar yuraklarda, biz birimizni taftimizni his etdik huddi ikki yurak birlashgan dek.
Kecha shahar ustidan qora pardadek osilgan edi. Ko‘chalarda neondan sachragan chiroqlar, asfaltga qo‘shilib ketgan yomg‘ir hidi, uzoqdan kelayotgan shovqin... Bularning hammasi unga tanish, qo‘rqinchli va shu bilan birga o‘ziga tortuvchi edi.
Jimin shu joylarga qaytmaslikka qasamyod qilgandi. Ammo oyoqlari xuddi o‘ziga bo‘ysunmasday, yana o‘sha tor ko‘chalar sari olib bordi uni. Qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, yuragi allaqachon qaror qilib bo‘lgandi.
Tor hovlida odamlar to‘planib bo‘lishgan edi. Qo‘llarida sigaret, lablarida shovqinli kulgi, ko‘zlarida esa ochlik va qiziqish. Ular bugun qon ko‘rishni, kimningdir yiqilishini intiqlik bilan kutishardi. Havoda bir zum jimlik bo‘ldi, so‘ng kimdir baland ovozda uning nomini aytib yubordi:
Shu lahza hamma nigohlar unga qadaldi. Yuragi go‘yo qafasdan chiqib ketmoqchiday ura boshladi. Bu uning nomi, ammo bu nom unga og‘ir yukday eshitilardi.
U qo‘liga sovuq charm qo‘lqoplarni olib, bir lahzaga to‘xtadi. Ko‘ksida ikkita ovoz kurashardi: biri uni orqaga qaytishga undar, boshqasi esa “sen bu olovdan qocholmaysan” derdi. U chuqur nafas oldi. Havodan tatib kelayotgan chang va tamaki hidi o‘rniga qalbida yalpizdek o‘tkir va sovuq bir tuyg‘u uyg‘ondi.
Bir zumda hammasi sukunatga cho‘mgan kabi bo‘ldi. Faqat uning yurak urishi, faqat uning ichki hayqirig‘i eshitilayotganday. Odamlar orasidagi qichqiriqlar ham endi xira, uzoqdagi shovqin kabi edi.
Jimin qo‘lqoplarni kiyib, maydonga qadam qo‘ydi. Ko‘zlari qorong‘ida porlab turar, yuzida esa hech qanday ifoda yo‘q edi — na qo‘rquv, na g‘alaba ishtiyoqi. U faqat o‘zini eshitardi.
“Bu safar men yiqilmayman,” dedi ichida. “Bu safar men o‘zimni yo‘qotmayman. Lekin... agar yiqilsam ham, bu mening tanlovim bo‘ladi.”
Shu so‘zlar bilan u ring markaziga bordi. Atrofdagi qiyqiriqlar yana uyg‘ondi, odamlar hayqirib qo‘l ko‘tardilar. U esa hech narsani ko‘rmadi, hech narsani eshitmadi. Uning uchun endi faqat bir yo‘l bor edi — jang.
U kechning qorong‘u chiroqlarida maydonga yana qaytdi. Havoda chang va tamaki hidi aralashib ketgan, odamlarning shovqin-suronlari esa atrofni qamrab olgan edi. Bu yerga yig‘ilganlarning hammasi Jiminni tanirdi — uning nomi ularning orasida afsonaga aylanib ulgurgandi. Ularning nigohida qandaydir ishonch, qandaydir kutish bor edi, go‘yo ular bugun ham uning qudratini ko‘rishni istashardi.
Jimin esa sukut bilan maydonga qadam qo‘ydi. Yelkasiga tushgan qora kurtkasi uning silueti ostida yanada sokin va xavfli ko‘rinardi. Nigohlarida o‘t, yuragida esa sokin lekin qat’iy bir kuch bor edi.
— Jimin yana qaytdi! — deya kimdir baqirdi, va olomonning ichidan kuchli qarsaklar, xitoblar yangradi.
Jang boshlanayotganini e’lon qilishganda, uning raqibi ko‘zlarida nafrat, yuzida shafqatsiz tabassum bilan maydonga kirdi. U baland bo‘yli, kuchli ko‘krakli, panjalari qotib qolgan yigit edi.
Ammo Jimin bir qadam ham orqaga chekinmadi. U nafasi bilan tinchlikni, harakati bilan kuchni, ko‘z qarashi bilan esa raqibini titratardi.
Ular bir-biriga yaqinlashishdi. Qon tomirlardagi adrenalin go‘yo havoni ham titratayotganday edi.
Birinchi zarba raqibdan keldi — og‘ir va qattiq musht. Lekin Jimin boshini engilgina chetga burib, shamolday tezlik bilan undan qochib ketdi. Shu zahoti uning ko‘zlarida chaqmoq chaqnadi va qarshi hujum boshlanib ketdi.
Uning zarbalari raqibni birdan chalg‘itdi: chap qo‘li bilan yuziga, o‘ng qo‘li bilan qorniga, so‘ng oyog‘i bilan kuchli zarba berdi. Raqib orqaga chayqaldi.
Ammo jang hali tugamagan edi. Raqib qayta tiklanib, qahr bilan unga tashlandi. Ularning har bir urishi havoda chaqmoqdek tovush qoldirardi. Qon, ter va g‘azab hidi birlashib, maydonni to‘ldirardi.
Jimin esa har bir zarbasida nafaqat kuchini, balki ruhini ham qo‘shayotgandi. U o‘zini odatiy jangchi emas, balki adolatni tiklash uchun kurashayotgan jangchi kabi his qildi. Uning mushtlari yulduzlar singari chaqnardi, har bir harakati esa raqsdek go‘zal edi.
Nihoyat, hal qiluvchi zarba vaqti keldi. Raqibning bo‘sh qolgan yon tomonidan Jimin chaqqonlik bilan o‘tib, yashin tezligida kuchli zarba berdi. Raqib yerga quladi.
U esa sokinlik bilan qo‘lini pastga tushirdi, yelkasidagi changni sekin qoqib qo‘ydi. Ko‘zlarida g‘alaba porlardi, ammo yuragida hamon xotirjamlik hukm surardi. Chunki u bilardi — bu faqat navbatdagi jang emas edi.
Jimin sochik bilan boʻynidagi terni artgancha ringni tark etdi. Hali hamom ogʻir nafas olardi, sochlari toʻzgʻib va terga botgan edi. Ammo bularning hech biri u uchun ahamiyatsiz.
Hatto gʻalaba ham u uchun odatiy holga aylangan edi. Yigit muzlatgichdan suv olib divanga choʻkdi. Suvni bir koʻtarishda icharkan qarshisiga kelib oʻtirgan yigit uning etiborini egalladi.
— Eski Jimin yana qaytibdida. — dedi u mazax ohanggida.
— Agar ustimdan kulish uchun kelgan boʻlsang koʻzimdan daf boʻl!
Jimin qoʻlidagi suv idishini zarb bilan stolga qoʻydi, qarshisidagi yigitni hush kelayotgani koʻzidan maʼlum edi.
— Qoʻysangchi, qoyilmaqom jang qilding. Toʻgʻrisi yana qaytasan deb oʻylamagandim.
Niki gapirish barobar katta miqdordagi pulni stol ustiga qoʻyib Jiminga uzatdi.
— Men bu yerga koʻngil xushlik uchun kelganim yoʻq! Menga pul kerak. — dedi yigit qatʼiy ohangda.
— Ahvolingdan habarim bor, shuning uchun senga taklif bermoqchiman.
Yigitning yuziga yoyilayotgan ayyorona tabassumdan maʼlumki bu narsaning ohiri baxayr emas edi.
Jimin unga qosh chimirib qaradi. Yigit choʻntagidan qogʻozga ehtiyotkorlik bilan oʻralgan moddani stol ustiga qoʻydi.
— iloji boricha koʻproq mijoz olib kelishing kerak. Haqqini yaxshi toʻlayman.
Niki qarshisidagi yigitning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatardi. Jimin allaqachon bular noqonuniy ravishda sotiladigan narkotik moddalar ekanligini anglab uni Niki tomon surdi.
— Bu ishlaringga meni aralashtirma!
Niki bor ovozda kulib yubordi bu hursandchilikdan emas balki alamdan chiqqan telbanamo kulgi edi.
— Bundan bosh tortyapsanmi? Hatto har kuni ogʻzi burning qon boʻlib jang qilsang ham men taklif qilayotgan pullarni topa olmaysan!
Jimin keskin oʻrnidan turdi va chiqish eshigi tomon harakatlandi.
— Onangning operatsiyasiga pul kerak, toʻgʻrimi? Taklifimni yana bir bora oʻylab koʻr!
Nikining soʻzlaridan yigitning qadamlari ostonada toʻxtadi, ammo ortiga oʻgirilmadi. Hozir eshitgan soʻzlarini miyasida tahlil qilarkan hech bir soʻz aytmay u yerni tark etdi....
PovJimin: Qonim qaynab ketdi. U nimani oʻylaydi oʻzi? Men pul uchun, janglarda yiqilib-turganimga qaramay, halol kurashaman. Lekin qoʻlimni bulgʻab, hayotimni botqoqqa tortadigan ishni qilmayman. Onam... Onamning koʻzlari koʻz oldimda gavdalandi. U har kuni ogʻriqlarni yashirib, menga kuch bagʻishlaydi.
Mening yagona maqsadim uni qutqarish. Ammo shu yoʻlda men oʻzimni yoʻqotib qoʻysam-chi? Agar qoʻllarim qonga, qalbim esa qora savdolarga boʻyalib ketsa-chi?
Niki bilmaydi, men uchun bu puldan ham kattaroq narsa borligini. U mening qatʼiyatimni, ruhimni sindira olmaydi. Lekin yuragimning tubida bir ogʻir savol yonib turibdi: nega taqdir meni doim shunday sinovlarga qoʻyadi?
Men bemaqsad jang qilmayman. Har bir zarbam — hayot uchun kurash. Har bir yiqilishim — yana turish uchun saboq. Ammo onamni yoʻqotish qoʻrquvi... u eng katta dushmanim.
Xuddi ikki yoʻlning chorrahasida qolgandekman: biri shon-sharaf, ammo ogʻirliklar bilan; ikkinchisi esa oson, lekin qorongʻi va iflos. Men qaysinisini tanlashim kerak? Yoʻq! Men yomon yoʻlni tanlamayman.
Hatto tunlarim och, kunlarim qon boʻlsa ham, qalbimni sotmayman. Chunki onam meni jinoyatchi emas, odam boʻlib tarbiyalagan. Agar men oʻz ruhimni sotib, uni qutqarsam ham, oxirida u mening koʻzimga qarab: “Oʻgʻlim, bu senmisan?” — deya soʻrashi mumkin.
Men bunga yoʻl qoʻymayman. Qonim toʻkilsin, yiqilay, ammo ruhimni sotmayman!