August 15, 2025

𝗙𝗔𝗧𝗛𝗢𝗠𝗟𝗘𝗦𝗦 | 6 — 𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲.

𝐼'𝑚 𝑜𝑛𝑙𝑦 𝑜𝑛𝑒 𝑤ℎ𝑜 𝑙𝑜𝑣𝑒𝑠 𝑦𝑜𝑢𝑟 𝑠𝑖𝑛𝑠!

PovMira: Chidab boʻlmas bosh ogʻrigʻini bilan koʻzlarimni ochdim. Boshimni koʻtarib atrofgni koʻzdan kechira boshladim, bu yer butunlay notanish xona edi.

Men xona markazidagi katta yotoqda yotardim, xona juda katta va hashamatli, shiftda toshlar bilan bezatilgan qandil osilib turardi. Shkaf va boshqa buyumlar ham xonaning dizaynga qarab tanlangan.

Bu xona menga oʻrta asrlardagi qoʻrgʻonlarni eslatib yubordi, ammo shunga qaramay uy klassik va zamonaviy uslubni uygʻunlashtirgan holda taʼmirlangan edi.

Yotoqda oʻtirib qanday qilib bu yerga kelib qolganimni eslashga urindim. Kecha tungi navbatchilikda ishlaganim yodimda, keyin esa....

Qayerda ekanligimni anglashim bilan koʻzlarim kattalashib ketdi. Nahotki oʻsha keksa cholning uyida boʻlsam!!? Yaramas! Uni rad etganim uchun endi majburlamoqchimi !?

Yoʻq, men bu yerda qola olmayman. Sekin xonadan chiqib uyni oʻrgana boshladim. Uy men oʻylagandan ham haybatliroq ekan, ammo jim jirt.

Sekin zinalardan tushdim, oshxonada kimlarnidir ovozi eshitilardi, menimcha hizmatchilar boʻlsa kerak. Orqa eshikni topib tashqariga chiqdim. Qoʻrgʻonning orqa tarafida bogʻ bor ekan.

Bu yer gullar va daraxtlar bilan bezatilgan, bogʻning markazida esa oʻrindiq oʻrnatilgan. Gullarning xushboʻy hidi dimogʻimga ufurdi, bu yerda har xil turdagi noyob daraxtlar va gullar bor ekan.

Gullardan chalgʻib aslida bu yerga nega kelganim esimga tushdi. Oʻsha chol kelib qolmasidan qochib ulgurishim kerak. Bogʻdagi panjara unchalik ham baland emas edi, ammo oshib oʻtsa boʻladi.

Mira

Panjaraga tirmashib buning ustidan chiqdim, ammo yerga shunday zarb bilan tushdimki ogʻriqdan ingrab yubordim. Ustimni qoqib oʻrnimdan turdim, tizzamni shilib olibman.

Oyogʻimni qoʻlimga olgancha yugurishni boshladim. Hatto oyoq kiyimim ham yoʻqligi uchun oyogʻim qoʻntalash boʻlib ketdi. Uy shahardan uzoqroqda, atrofi esa daraxtlar bilan oʻralgan edi. Oʻrmonga oʻxshagan joy, katta yoʻlga chiqib olish uchun bor kuchim bilan yugurdim.

Va nihoyat mashinaning signali eshitildi, oʻylab oʻtirmasdan uni toʻxtatish uchun qoʻlimni ikki yonga yoygancha mashinaning qarshisiga turdim.

Katta tezlikda yurib kelayotgan mashina meni urib ketishiga amin boʻlib koʻzlarimni chirt yumib oldim, lekin bu sodir boʻlmadi. Mashinaning shinalari yerga ishqalagancha birdan toʻxtadi.

Men koʻzlarimni ochib haydovching oynasini taqqillatdim. Yosh va kelishgan yigit ekan, menga hayrat bilan, huddi jinniga qaragandek qarab turardi.

— Janob, iltimos menga yordam bering. Meni oʻgʻirlab ketishdi, hatto qayerdaligimni ham bilmayman.

Unga iltijo koʻzlari bilan qaradim.

— Mashinaga chiq. — dedi yigit sovuq ovozda.

— Katta raxmat, janob.

Men hurmat yuzasidan tazim qilgancha mashinaga oʻtirdim.

Mashinaning ichi yigitning qimmat atirining yoqimli ifori bilan toʻlgan edi. Soʻngi rusumdagi mashina va qoʻlidagi soatga qaragandi, u juda boy koʻrinadi. Yaxshi tana tuzilishiga ega, sochlari peshonasiga tushib uning koʻrkiga koʻrk qoʻshib turardi.

Judayam kelishgan yigit ekan, yosh boʻlsa ham mendan katta koʻrinadi. Sovuq nigohlarini yoʻlda uzmasdan kelardi, men esa qanday qilib unga tikilib qolganimni sezmay qolibman.

Noqulaylik sezib tezda nigohimni boshqa tomonga qaratdim.

— Bu yerga qanday kelib qolganingni eslay olasanmi ? — dedi yigit yoʻldan koʻzini uzmay.

— Unchalik ham emas, chunki men hushimda emas edim. — Biroz sukunatdan soʻng soʻzimda davom etdim. — Ammo meni oʻgʻirlab ketgan odam kim ekanligini bilaman.

Yigit qoshlarini koʻtarib qaradi.

— Hoʻsh, kim ekan ? — soʻradi u.

— Keksa chol.

Yigit yarq etib qizga qaradi soʻng esa mashinaning oynasidagi oʻz aksiga.

— Men unga rad javobini berganim uchun meni oʻgʻirlab ketibdi. Yuzlari ajin bosgan, tasqara choʻl!

Qizning soʻngi soʻzlarini eshitgach, yigit mashinani birdan toʻxtatdi. Kutilmagan vaziyatdan qiz oldinga tirsalib ketdi.

— Nima men shunchalik qari koʻrinamanmi !? — jahl aralash ohangda gapirdi Taehyung.

— Men hali unday deganim yoʻq-ku.

Yigit rulni siqib chuqur nafas oldi.

— Oʻsha sen aytayotgan tasqara choʻl men boʻlaman!

Taehyung

Uning soʻzlarini eshitgach koʻzlarim kattalashib ketdi. Qanaqasiga axir?

Men hayratdan koʻzlarimni pir-piratdim va ikki yuzini kaftimga olib uni koʻzdan kechira boshladim.

— Qanaqasiga!? Nima, plastik operatsiya qoldirdingizmi!? Kecha bu darajada kelishgan emas edi-ku!

Yigit yutungancha qoʻlimni yuzidan olib tashladi.

— Kelishgan yuzimga til tekkizma! — dedi Taehyung.

— Agar meni siz oʻgʻirlab ketgan boʻlsangiz, unda meni hozir qayerga olib ketyapsiz, janob?

Yigit yana mashinani yurgazdi.

— Kim Taehyung. — dedi u sokin ovozda.

— Nima?

Men tushunmagandek qaradim.

— Janob deyishni bas qil, ismim Taehyung.

— Taehyung, siz mening savolimga javob bermadingiz.

Taehyung koʻz qiri bilan menga qarab qoʻydi.

— Seni uyimga olib ketyapman.

U sokin ovozda gapirdi.

— Nima? Nega!?

U javob bermadi, yaramas inson ham shu darajada sovuq boʻladimi. Oʻzi xohlasa gapiradi savol bersang javob bermaydi.

— Meni uyimga olib boring! — dedim men qatʼiy ohangda.

— U uy haligacha senga tegishli ekanligiga ishonching komilmi?

U mingʻiyda kulib qoʻydi.

— Jin ursin!

U haq ijara haqqini toʻlamaganim uchun uy egasi allaqachon buyumlarimni axlatga uloqtirgan boʻlsa kerak.

— Ammo nega meni uyingizga olib ketyapsiz? Kecha oʻsha qari choldan meni siz qutqardingizmi ?

Javob berishdan oldin biroz oʻylanib qoldi.

— Ha, oʻsha choldan seni men qutqardim. Endi esa men bilan uyga jim ket!

— Men sizning uyingizda qola olmayman!

Taehyung boshini quyi solgancha kulib qoʻydi.

— Boshqa tanloving bormi?

Men yana jimib qoldim. Undan qochib ketgan taqdirda ham qayerga boraman? Yonimda bir won boʻlsa ham pulim yoʻq. Agar meni qutqargan boʻlsa yomon odam boʻlmasa kerak.

— Mayli ish va yangi uy topgunimcha siz bilan yashab turaman.

Mashina qoʻrgʻon qarshisiga kelishi bilan temir darvozalar avtomatik ravishda ochildi. Qoʻrgʻonning oldi tarafi men oʻylaganimdan ham hashamatli edi va bir vaqtning oʻzida qoʻrqinchli.

Huddi ertakdagi ajdarholarning saroyiga oʻhshaydi. Men ham deyarli ajdarholarning asirasiga aylangan malikadekman, kulgili toʻgʻrimi? Bu odam men uchun hafsizmi, unga ishonsa boʻladi yoʻqmi bilmayman ham. Ammo allaqachon hayol surishni boshladim.

Mashina toʻxtab u tushdi va mashinani aylanib oʻtib men tomondagi eshikni ochdi. Buni iltifot maʼnosida koʻrib endi mashinadan tushay deganimda oyogʻim yerga yetmasidan, u meni kelin uslubida koʻtarib oldi.

— Hooy! Oʻzim yura olaman!

Men yiqilib tushmaslik uchun uning yoʻgʻon boʻynidan quchib oldim.

— Yura olishingni bilaman.

U shunday degancha qarshiliklarimga qaramay meni ichkariga olib kirdi.

Hizmatchilar bizga hayrat bilan boqib turishardi. Menimcha ular bunday manzarani koʻrishga odatlanishmagan. U zinalardan ehtiyotkorlik bilan tepa qavatga chiqishni boshladi va sal oldingina men uygʻongan xonaga kirdi.

Oyogʻi yordamida eshikni ochib meni yotoq tomon boshladi va oʻsha yerga joylashtirdi men esa unga hayrat bilan tikilib turardim.

U qoʻllarini yotoqning ikki yoniga qoʻyib mening yuzim tomon egildi. Uning yuzi shu darajada yaqin ediki qaynoq nafasi terimni quydirardi, yoqimli ifori esa dimogʻimni toʻldirdi.

U hech bir soʻzsiz menga qarab turardi, huddi birin ketin yuzimni oʻrganayotgandek. Biroz muddatdan soʻng qoʻli bilan iyagimdan ushlab koʻziga qarashimga majbur qildi.

— Mendan qochib ketishni hatto hayolingga ham keltirma. Mendan soʻramasdan bu uyning ostonasidan ham hatlab oʻtmaysan. Boshqa yigitlarni esa hayolingdan chiqar endi sening hayotingdagi yagona erkak bu — men!

U iyagimdan qattiqroq siqib soʻzida davom etdi.

— Boshqa erkaklarga yaqinlashmaysan, ular bilan gaplashmaysan, hatto qaramaysan ham! Agar mendan qochib ketishga urinsang men baribir seni topaman. Qancha yugursang ham oʻhirgi manzil — men boʻlaman! Tushundingmi ?

Men qoʻrqqanimdan tez tez bosh irgʻadim.

— Gapir tushundingmi!?

U birdan sochimdan mahkam siqqancha boshimni orqaga tortdi.

— Ha, tushundim!

Ogʻriqdan ingrab javob berdim. U mamnun jilmaygancha sekin sochimni qoʻyib yubordi va ularni silab qoʻydi.

— Aqilli qizaloq... — pichirladi Taehyung xonani tark etib eshikni qulflashdan oldin.

Pov MiraEshikning qulflash ovozi xonada yangragan zahoti yuragim qafasimga sig‘may urishni boshladi.

Nafasim bexosdan tezlashdi. Xonada faqat o‘zim va uning hidiga singib ketgan havodan boshqa hech narsa yo‘q edi.

Uning so‘zlari hamon qulog‘imda aks-sado berardi: “Sen menikisan… boshqa erkaklarga qaramaysan…” Bu gaplar tanamni muzlatib yubordi, ammo shu bilan birga, negadir ichimda tushunib bo‘lmaydigan issiqlik ham uyg‘ondi. Bu hissiyotdan qo‘rqishim kerakmi yoki uni qabul qilishim kerakmi — bilmayman.

Qo‘rquv va xavfsizlik orasidagi chegara shu qadar nozik ediki, men qaysi tomonda ekanimni ajrata olmay qoldim. Uning qo‘llari — qattiq, ammo isinish istagi uyg‘otuvchi.

Nigohi — sovuq, ammo shu sovuqlik ichida meni butunlay o‘ziga tortadigan kuch bor.

Nega undan qochishga o‘ylamayapman? Nega ichimning bir qismi “qol” deya pichirlayapti? Axir u meni hech qachon tanlash imkonimni bermagan odam…

Lekin shu bilan birga, u menga qaraganda dunyoda hech kimning bo‘lmaganday qaraydi.

O‘zimni hushimdagi asirdek his qilyapman — qafas oltindan bo‘lsa ham, baribir qafasligicha qolaveradi. Ammo shu qafasdan chiqishni hohlayapmanmi?..

* * *

PovKarina: Men hammom tomon yo‘l olaman, charchoqqa to‘la. Eshikni qulflamasdan, vannani issiq suvga to‘ldiraman va qandolatxonadagi rezavorli desertdek hid taratib turgan ko‘pik orasiga cho‘kaman.

Issiq suv tanamni o‘rab, men bo‘shashaman. Yarim soatcha yotaman, choy ichaman va uxlashga o‘taman, deb o‘ylayman. Ertaga dam olish kuni, shuning uchun…

Shu joyda bilmay qolaman — uxlab qolibman. Tushimda men okeanda suzayapman, quyosh nuri ostida yaltiragan tiniq suvni qo‘llarim bilan kesib o‘taman, nafas olish uchun havoga muhtoj emasman.

Suzaman, suzaman… to‘satdan chuqurlikdan ko‘tarilgan dahshatli maxluqning panshalari menga tegadi. Orqamga qarayman — orqamda qon izi qolmoqda. Maxluq shu izdan meni topgan.

Uning panshalari qo‘llarim va oyoqlarimni o‘rab, tubga tortadi. Ammo kimdir birdan yelkalarimdan ushlab, yuqoriga tortadi. Men pushti tong ostida qum ustida bo‘laman.

Qutqaruvchim menga egiladi, sochlarimdan silaydi, yuzimga tegadi, barmoqlari bo‘ylab bo‘ynim va yelkalarimni chizadi. Uning nafasi yuzimga uriladi.

Va men bu odamni tanimasam-da, birdan g‘alati, o‘tkir istak paydo bo‘ladi: uning nafasini ushlashni, uni yutib olishni, unga egalik qilishni xohlayman. Va boshimni uning lablariga tekkizish uchun buraman.

Karina

Meni xuddi tok urgandek bo‘ladi. Labimda bahor qorining erishi… Ko‘ksimni nimadir kesadi, ammo chidashga majburman. Va ochilgan yuragimga yanar quyosh tegadi.

Men qutqaruvchimni o‘pishni, uning yuziga tegishni, ko‘ksiga yuzimni bosishni, ismimni takrorlayotgan ovozini eshitishni xohlayman. Ammo hech urinishim muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.

— Tinchlan, tinchlan… — qulog‘imga masxarali shivirlash eshitiladi. — Juda erta emasmi, malika?

U ketadi. Men esa qirg‘oqda yolg‘iz qolaman. Demon kuladi, va men uning kulgisidan uyg‘onib ketaman — hamon vannada yotibman, suv allaqachon sovib qolgan.

Judayam sovuq, oyoqlarim esa uvishib qolgan. Qanday qilib hammomda uxlab qoldim — o‘zim ham tushunmayman.
Suvdan chiqib, shoshilinch sochiq bilan qurilanaman va sevimli xalatimni kiyib, yotoqxonaga yo‘l olaman

. U yerda meni gullar kutmoqda. Bugun ularning suvini almashtirmadim, ba’zilari xira ko‘rinadi. Ular menga ranjigandek boqadi, men esa xo‘rsinib, parvarish qilaman.

Soat — tonggi to‘rt yarim. Xayolimdan yarim o‘pishli g‘alati tush ketmaydi. Nega u bunchalik haqiqiy bo‘ldi?

Men haqiqatan ham kimningdir nafasini his qilgandek bo‘ldim. Haqiqatan ham kimningdir labiga tekkandek…

O‘zimcha uning nima qilganini o‘ylab chiqdim, ammo hech xulosaga kelmadim. Yagona tushungan narsam: Yoongi — Sirli oshiq bo‘lishini xohlamayman.
* * *

PovJungkook:Jungkook navbatdagi missiyasidan so‘ng ijaradagi kvartirasiga charchagan holda qaytadi.

Chiroq yoqmay, pidjakni yechadi, beparvo qilib bir chetga irg‘itadi va hammomga kiradi. Yonib turgan yuzini muzdek suv bilan yuvadi — suv qoramtir sochlaridan oqib, ko‘ylagiga tushadi.

Derazani ochadi — bu la’nati arzon uyning ichida juda dim. Monitorlarni tekshiradi — barcha kameralar ishlayapti. U uyda. Aniq uyda. Ammo qaysi xonada — noma’lum. Ham everywhere chiroq yonib turibdi.

Uning kiyimlari u o‘zicha “gullik xona” deb ataydigan joyda yotibdi. Ammo o‘zi yo‘q. Ehtimol, hammom yoki hojatxonada, lekin bir soat, ikki, uch soat o‘tadi — Karina ko‘rinmaydi.

Uchinchi soat oxirida u xavotir ola boshlaydi. Kameralar oldidagi kresloga o‘tiradi va qizning kvartirasi xonalaridan ko‘ra o‘tmishdagi bir manzarani ko‘radi.

Tun. Iliq, ammo shamolli. To‘lin oy — xuddi sariq fonusga o‘xshaydi. Shovqin — deraza yoki eshikdan kelayotgan g‘iyqillash. Yengil, ammo bezovta qiluvchi.

U uxlay olmaydi, ulkan karavotida yonboshlab yotadi, yostiq yonida telefon. Shamol derazalarga urilayotgandek, shu la’nati g‘iyqillash quloqlarida jaranglaydi.

Oxiri keskin turib ketadi va yalangoyoq holda xonasidan chiqadi. Ikkinchi qavat koridori bo‘ylab yuradi — bu hashamatli hovlida endi faqat u va onasi yashaydi (xizmatkorlarni hisobga olmaganda, albatta). Va bu g‘alati shovqin nima ekanini tushuna olmaydi.

Jungkook

Uyqu bermaydigan xotiralar unga tinchlik bermaydi. Va u, nimanidir sezgandek, yonidagi mehmonxona bo‘lib xizmat qiladigan, kalitsiz ochiladigan xonaga yuguradi, balkonga chiqadi va onasining yotoqxonasidagi balkonga o‘tadi. Xonada u yo‘q, to‘shak yoyilgan, polga sinib tushgan bokal yotibdi, yonida esa qip-qizil sharob to‘kilgan.

Ammo aniq eshitilayotgan bir ovoz bor — hammom tomondan kelayotgan g‘iyqillash. Bu shamolda shitirlayotgan ochiq deraza edi.

U shoshib hammomga yuguradi va u yerda tanani ko‘radi. Bu yelkasigacha qora sochli, o‘rtacha yoshdagi, past bo‘yli, ozg‘in ayol edi. U hushsiz, atrofda turli tabletka va kapsulalar sochilib yotardi.

U muzlab qoladi, ammo iroda kuchi bilan o‘zini qo‘lga olib, onasining yelkasidan ushlab, ko‘zini ochishga iltijo qiladi, keyin esa xususiy tez yordam va qo‘riqchilarni chaqiradi.

Rublyovkadagi hashamatli shaharchaga tez yordam mashinasi go‘yo uchib keladi. Hammasi tez va tartibli o‘tadi. Onasini qutqarishadi. Ma’lum bo‘lishicha, u uxlatadigan dori ichgan, keyin esa qayt qilishga qarshi doridan ham ichib, yiqilgan.

Agar deraza shitirlab ovoz chiqarmaganida nima bo‘lishini kim biladi? U onasini yo‘qotishni xohlamagan. Va ona ham o‘z o‘g‘lini yo‘qotishni xohlamagan.

Unga Karina hammomda juda uzoq qolayotgandek tuyuladi. Onasi haqidagi xotiralar tinchlik bermaydi.

Uning hozir o‘ziga biror zarar yetkazishini istamasdi. Uch soatga yaqin vaqt o‘tgach, u qaror qiladi — qizning kvartirasiga boradi.

Pillapoyadan ko‘tarilib, eshikni sekin ochadi. Karina hammomda butunlay yalang‘och, qolgan ko‘pik ham uni deyarli yopmaydi. U tarqalib yotgan nam sochlari bilan go‘yo bir suv parisi edi. Avvaliga unga qiz nafas olmayotgandek tuyuladi, shunchaki tekshiradi.

Yaqin egilib, Karinaning faqat uxlayotganini tushunadi. U uni uyg‘otishdan qo‘rqmaydi — biladi, uning uyi chuqur uyquda, o‘zi esa juda ehtiyotkor.

Ammo hammomni tark etish o‘rniga, o‘zi ham bilmay, sochlariga tegadi, barmoqlarini uning ipakdek yuz terisidan o‘tkazadi, bo‘yniga tegadi, so‘ng xuddi o‘pmoqchidek juda yaqin egiladi. Uning tomirlarida adrenalin jo‘sh uradi. Uyg‘onadimi yoki yo‘qmi? Ko‘radimi yoki yo‘qmi? Baqiradimi yoki?..

Yoki u uning kichkina og‘zini qo‘li bilan berkitadimi, qiz esa qutulishga urinayotganda sochlariga qo‘lini tiqib, ularni mushtiga o‘raydimi, shunda u yengil og‘riq sezadimi va itoat etishga majbur bo‘ladimi?

Devorlariga lablari deyarli tegib turganda, u birdan nima qilayotganini tushunadi — hozir hammasini xavf ostiga qo‘yayotganini anglaydi. Aqlini yo‘qotdimi?

Birinchi marta u Karina yonida shunchalik yaqin, birinchi marta unga ochiqchasiga tegmoqda, birinchi marta bunday kuchni his qilmoqda — bu nima? Laanatmi yoki o‘ziga rom qiluvchi sehrmi? Balki, akasi ham shunday his qilgandir? U sehrgar qizmi?

Bu fikr uni o‘ziga keltiradi. Orqaga chekinmoqchi bo‘ladi, lekin ulgurmaydi — qiz uyquda unga yaqinlashadi, lablari tegadi va u xuddi chaqmoq urilgandek yuragida zarba his qiladi.

— Tinchlan, tinchlan, — xirillab deydi u. — Hali juda erta, shunday emasmi, malikacha? — Va ketadi.

Karina ko‘zini ochganida, u eshikni sekin yopib chiqib ketadi. U aniq biladi — bu qizda aqldan ozdiradigan nimadir bor. Gul yuborishga esa hali erta. Qo‘ysun, u qayerga yo‘qolganini tushunishga urinib ko‘rsin.

O‘z kvartirasida u bugun qiz uchrashgan yigitni eslaydi. Va istehzo bilan jilmayadi — bu raqib emas, undan osongina qutuladi. Ikkinchi raundni boshlash vaqti keldi.

U monitor qarshisida uxlab qoladi, u esa eshik yonida kutib, vaqti-vaqti bilan darchadan qarab turganini kuzatib. Tentak.

Yoki shunday ko‘rinmoqdami? Axir, hech kim bu kichkina yovuz jonivor aslida qandayligini bilmaydi. Lekin u ham it kabi bo‘ysundiriladi.

Nega u faqat uni malikacha deb atadi?..

6 — 𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲 𝗲𝗻𝗱.

__
Marhamat Moonlights yoqimli mutola, yoqadi degan umiddaman. Agar qiziq boʻlsa albatta fikringizni kamentariyada yozib qoldiring, chunki fikringiz men uchun juda muhim. Keyingi qsimni tezroq oʻqishni xohlaysizmi kamentariya va reaksiyani koʻp qilib qoʻyila 💗